Eftaliylar Buyuk Ipak yo‘lida

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
188-191
33
7
Поделиться
Султанов, Ш. (2023). Eftaliylar Buyuk Ipak yo‘lida. История и культура центральной Азии, 1(1), 188–191. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/history-culture/article/view/17100
Ш Султанов, Университет Аль-Бухари

учитель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi muammolari ustida qator tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Hozirda Markaziy Osiyo hududining geografik yaxlitligi, tarixiy voqealarning unda joylashgan barcha davlatlar va xalqlarga daxldorligi, ular etnomadaniy umumiylik asosida yaratilgan madaniy va ma’naviy merosning vorislari ekanligini anglab yetish davri keldi. Buni amalga oshirish uchun avvalo tarixning ana shunday davrlarini mansublilikka berilmasadan xolisona oʻrganish, tadqiq etish lozim. Tariximizning ana shunday davrlaridan biri eftalitlar davridir.

Похожие статьи


background image

188

настенным живописям в Дуньхуане и Согде») // Дуньхуаняньцзю. -
Ланьчжоу: 1988 (2). -С. 82-84.

10. Ци Дунфан. Тандайцзиньиньцияньцзю («Танское золото и

серебро»). -Пекин: 1999.-С.389

11. У Хун. Хуахуаюй фугу – фансингодэциши («Китаизация и ретро:

откровение

каменного

саркофага

в

форме

жилища»)

//

Наньцзинишусюэюаньсюэбао. -Нанкин: 2005 (2).- С. 1-6.

12. Jiping Jhang. Story of the Silk Road. Beijing: China International Press,

2005.176p.; Zhijuan Liu. The Story of Silk. Beijing: Foreign Languages Press,
2006. 160 p.

13. Zhijuan Liu. The Story of Silk. -Beijing: Foreign Languages Press,

2006. -160

14. Би Бо. Каогусиньфасяньсоцзянь Канцзюйюй Сутэ (Кангюй и Согд

по новым археологическим находкам). тезисы докладов. -Ланьчжоу: 2011.-
С.4-8

15.

Дуань

Цин.

Сутэшандуйдаоюйтянь

BH4-135

чжиюйтяньвэйшудэцзеду («Прибытие согдийского каравана в Хотан:
расшифровка хотанского документа BH4-135») // Сутэжэньцзайчжунго. -
Пекин: 2016. – С. 96-115.

16. Лин Мэйцунь. Сиюйкаогуюйишу («Археоголия и искусство

Западного края»). -Пекин: 2017. – С.174

17. Пэн Ланьцзя, Ян Янлин, Древний шелковый путь Китая. В 2-х т. -

Ташкент, 2018.-С.18.

18. Чжан Хунчао Инициативы председателя КНР Си Цзиньпина в

области культурной дипломатии. Журнал международного права
международных отношений № 4 (99 ). 2021

EFTALIYLAR BUYUK IPAK YO‘LIDA

Sultonov Sh.E.

o‘qituvchi

Аl-Buxoriy universiteti

Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi

muammolari ustida qator tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Hozirda Markaziy
Osiyo hududining geografik yaxlitligi, tarixiy voqealarning unda joylashgan
barcha davlatlar va xalqlarga daxldorligi, ular etnomadaniy umumiylik asosida
yaratilgan madaniy va ma’naviy merosning vorislari ekanligini anglab yetish davri
keldi. Buni amalga oshirish uchun avvalo tarixning ana shunday davrlarini
mansublilikka berilmasadan xolisona oʻrganish, tadqiq etish lozim. Tariximizning
ana shunday davrlaridan biri eftalitlar davridir.

Malumki, bugungi Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan oʻz zamonasining

buyuk davlatlari Qangʻ va Kushon podsholiklarining milodiy asr boshlarida
boshlangan inqirozi shimoldan koʻchmanchi turkiy qabilalarning hujumi natijasida
yanada kuchaydi. Dastlab, xioniylar, toharlar va ular bilan birga kirib kelgan kichik


background image

189

etnoslar va eftalitlar bunga yorqin misol boʻla oladi. Bu turkey qabillar hududa oʻz
davlatlariga asos soldilar. Ulardan ayniqsa oʻlka hududida yuz yildan ortiq vaqt
davomida oʻz hukumronligiga ega boʻlgan eftalitlarning oʻrni alohida ahamiyatga
egadir.

Ta’kidlash kerakki, eftalitlar davrida turkiylar va mahalliy aholi oʻrtasidagi

munosabatlar asosida bu davrdagi davlatchilik holati va evolyutsiyasi xolis, ilmiy
asoslangan, manbalarga suyangan holda ochib berilgan maxsus tadqiqotlar mavjud
emas.

Biroq, bu davrni chuqur oʻrganish, atroflicha tahlil etish va voqealarga

obyektiv baho berish oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixida muhim bosqichi
boʻlgan ushbu davrdagi koʻplab qarama-qarshiliklarni bartaraf etish bilan bir
qatorda XXI asr boshlarida vujudga kelgan hududiy va etnik mansublik kabi
muammoli masalalarning yechimini topishga ham yordam beradi.

Ma’lumki, eftalitlar turli nomlar ostida manbalarda tilga olib oʻtilgan.

Masalan, armancha "hyeptal", "hyetal", "tetal"; Yunoncha - "eftalit", "Abdel",
"eftal", "Oqovlar"; Suriy - "eptalit", arabcha - "baland", "hyetal"; Oʻrta forscha -
"heptal" va "hyeptal". Zardushtiy manbalarida ular ba’zan "pyoz", hind
manbalarida "hula" koʻrinishida uchraydi; Arab manbalarida eftalitlar "haitallar"
deb atalgan boʻlsa-da, ba’zida ular "turklar" deb nomlanadi va arman manbalarida
ularni kushonlar nomi bilan tanishtirishadi [1]. Xitoy manbalarida eftalitlar "ye-
da", "ye-diyen", "idan", "e-ta-lito" kabi uchraydi [2]. Yuqorida sanab oʻtilgan
barcha variantlardan, tarix fanida ularning nomi eng koʻp ishlatilgani -
"eftalitlar"dir [3].

Yana bir jihat eftalitlarning kimlar avlodi ekanligi boʻyicha turlicha

qarashlarning bugungi kunda ham mavjudligidir. Albatta bu holning aniqlanishuvi
etnik jarayonlarga ham anchayin oydinlik kiritadi. Chunonchi, Arman tarixchisi
Sebeos, Sosoniy hukmdori Perozni magʻlub etgan tetallar (eftalitlar)ni turklarga
tenglashtirib, “Xurmuzd II ning onasi turklardan edi” degan ma’lumot beradi va
turklarni maskut (massaget)larga aloqador, – deb koʻrsatadi [4].Antik davr
tarixchisi Prokopiy Keseriyskiy ham eftalitlar- “oqxunnlar” haqida: “ular
(eftalitlar) boshqa xunn xalqlari kabi koʻchmanchi emaslar, ammo azaldan hosildor
yerlarda oʻtroqdurlar. Bir podsho tomonidan boshqariladi va qonuniy
davlatchiligiga egadurlar. Oʻzaro va qoʻshnilari bilan rumliklar va forslardan kam
boʻlmagan adolatga rioya qiladilar” – deb, yozgan edi [5].VI asrning Vizantiya
tarixchisi Kesariya Prokopisi shunday yozgan edi: "eftalitlar – bu xunlarning
odamlari va ular deyilgan, ammo ular biz biladigan xunlar bilan aralashmaydilar va
ular bilan aloqa qilmaydilar, chunki ular bilan chegara hududi yoʻq va ular
yaqinida yashamaydi. Ular boshqa xunnik xalqlari singari koʻchmanchi emaslar,
ammo uzoq vaqtdan beri yaxshi yerga joylashib kelishgan. Shuning uchun ular fors
qoʻshinidan tashqari Rimliklarga hujum qilmadilar. Ular tanasi oq, tashqi
koʻrinishi xunuk boʻlmagan, ularnikiga oʻxshash hayot tarsi boʻlmagan va xuddi
shu podshoh tomonidan boshqarilgan va huquqiy davlatchilikka ega boʻlganlar
kabi, oʻzlari va qoʻshnilari oʻrtasida adolatni saqlaydigan biron bir hayvon turiga
ega boʻlmagan xunlardan. Rimliklar va forslardan koʻra yomonroqdir" [6].


background image

190

Shunday qilib, Kesariya Prokopiyasi, eftalitlar, garchi xunnik xalqi boʻlishiga
qaramay, tashqi ma’lumotlarda ulardan farq qilishini aytadi. VI asrning yana bir
Vizantiya tarixchisi Mirinskiyning Agatiysi qisqacha yozadi: "eftalitlar – bu xun
xalqidir"[7]. Eftaliylar haqida ma’lumot qoldirgan oʻrta eroniy tilidagi “Bahman
yasht” asarida: “bosqinchilar (eftaliylar) turklar yoki qizil xioniylar” edi, - deb
keltiradi. Bu ma’lumot ham eftaliylarning etnik mansubligi xususida ayrim
aniqliklarni beradi [8]. Eftalitlar tili masalasida izlanish olib borgan V.B. Xenning
va V.A. Livshis kabi olimlar tangalar tahlili orqali Toxariston eftaliylari tilini
baqtriya tiliga taqqoslaganlar. Ammo biror-bir manba eftaliylarni eroniy tilli
ekanligini tasdiqlamaydi. Faqat ularni yuechjilarga bogʻliq jihatlari “Bey shi”
solnomasida ta’kidlanadi xolos. Unda: “ular (yeda - eftalitlar) gogyuy
(uygʻurlarning) bir tarmogʻi boʻlib, urf-odatlari, bir qancha jihatlari bilan turk
(tukyu)larga oʻxshash”, - degan xulosalar mavjud[9]. Qolaversa, VII asrda xitoylik
muallifi Vey Chiye oʻzining "Si-fan-chi" asarida shunday ta’kidlaydi:
"Ma’lumotlar uzoq mamlakatlardan keladi, va chet tillar buzilish va
tushunmovchiliklarga duch kelmoqda, ayniqsa bu juda uzoq vaqt davom etadigan
holatlarga tegishli. Shunday qilib, biz aniq bir narsani bilmaymiz. Shu sababli,
eftalitlarning kelib chiqishi haqidagi savolni halqilib boʻlmaydi” [10].

Yana bir masala eftalitlarning “oq” va “qizil” ranglari orqali talqin

qilinishidir. V.A. Livshis Afrosiyob devoriy suratlaridagi shaxslarni “oq xionlar”
va “qizil xionlar”, - deb mulohaza bildiradi. Bunday boʻlinish qizil xun va oq xun
tarmoqlari, keyinchalik ham sariq va qora turkash, oq, sariq, qora qipchoq, sariq
uygʻur kabi boʻlinishlar aslida turkey xalqlarda saqlangan. U ham eftaliylarning ilk
ajdodlari turkiylar bilan bir qavmga mansubligini tasdiqlaydi.

A. Otaxoʻjayevning takidlashicha, Sugʻddagi eftaliylar tili sugʻdiylashib

borgan. Chunki manbalarda eftaliylarga nisbatan qoʻllanilgan nomlanishlar,
mazmuni X asr muarrixi Ba’lamiy fikricha, buxoroliklar tilida hayatila-haytal-
“kuchli odam” ma’nosida keltirilgan [11]. Takidlash lozimki, Etnik jarayonlar
uchun e’tiborli jihati xioniy, kidariy va eftaliylarning kelib chiqishi bir tarmoqdan
ekanligida edi. Shu bois, ular oʻrtasida mintaqadagi hokimiyat almashuvi
toʻqnashuvlarsiz roʻy bergan. Bu hol mintaqadagi etnik simbioz jarayonlariga ham
zamin hozirlagan. Xioniylarning marhumlarni olovda yoqib, soʻng suyaklarini
kumush idishga solib koʻmish odati Xorazmdagi Kangʻqal’a va Koʻhna Uvays
shahar manzilgohlaridagi topilmalar bilan aynanligi, ularning kelib chiqishini
Orolboʻylaridagi sak-massaget substratidagi xun-turk ta’sirida shakllangan degan
faraz mavjud [12]. Xuddi shu kabi A.N. Bernshtam ham oʻrta va quyi Sirdaryo
hamda Amudaryoning etaklarini eftaliylar shakllangan hududlar deb koʻrsatadi
[13]. Chunonchi, Eftaliylar davlati qaysidir ma’noda Qangʻ davlatining vorisi ham
edi. Chunki Eftaliylar davlati aholisining etnik tarkibi Qangʻ davlati etnik tarkibi
bilan bir xil boʻlgan [14].

Eftaliylar ham Qangʻ kabi mintaqa viloyatlari ma’muriy boshqaruvni tashqi

nazorat asosida amalga oshirgan. Qolaversa Karim Shoniyozov ham oʻz
tadqiqotlarida ushbu ma’lumotlarni tasdiqlaydi [15]. Shuni qoʻshimcha takidlash
lozimki, eftalitlar Oʻzbekiston hududlariga toʻsatdan kirib kelib qolganlari yoʻq


background image

191

albatta. Bungacha ham ular hudud aholisi bilan ayniqsa Qangʻ davlati bilan
yaqindan aloqa qilgan. Demak yuqoridagi etnoslar Oʻrta Osiyo etnik muhiti uchun
begona emasligini va ular bundan oldin ham bu hudud aholisi bilan aloqa qilib
kelganligini, etnik aralashuv oldin ham kuchli boʻlmasa-da mavjud boʻlganligini
koʻrsatadi.

Адабиётлар:

1. Сударева М. Происхождение Эфталитов. – Ташкент, 2012.– С. 5.
2. AhmedovB. O’zbekiston tarixi manbalari. –Toshkent: O’qituvchi, 2001. –

B. 42.

3. Ртвеладзе Э.В. Великий Шелковый путь. Энциклопедический

справочник. Древность и раннее средневековье. – Ташкент, 1999. – С. 271.

4. Камолиддин. Ш.С. К вопросу о происхождении Саманидов //

Archivum Eurasiae Medii Aevi, edited by Th.T.Allsen, P.B.Golden, R.K.Kovalev
and A.P.Martinez, 15 (2006/2007). –Wiesbaden: Harrassowitz Verlag, 2008.

5. Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида

турк-суғд муносабатлари–Тошкент:ART-FLEX,2010. – Б. 149.

6. Гафуров Б.Г. Таджики Древнейшая, древни и средневековая история.

–М.: Изд-во восточной лит-ры, 1972. – С. 206.

7. Сударева М. Происхождение Эфталитов. –Ташкент, 2012. – С. 6.
8. Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида

турк-суғд муносабатлари– Тошкент:ART-FLEX, 2010. – Б. 150.

9. Xўжаев A, Айтбаев А., Қўлдошев Ш., Думаниёзова. Ф. Марказий

Осиё тарихи Хитой манбаларида.–Тошкент, 2016. – Б. 87; Отахўжаев А. Илк
ўрта асрлардаги сиёсий, ижтимоий-иктисодий ва маданий муносабатларда
Суғд ва Чоч // O‘zbekiston tarixi.– Тошкент, 2009. –№ 1. – Б. 150.

10. Сударева М. Происхождение Эфталитов. –Ташкент, 2012. – С. 6;

Ильясов Дж. Некоторые замечания к проблеме эфталитов // Transoxiana.
История и культура. Сб. статей. – Ташкент, 2004. – С.117.

11. Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида

турк-суғд муносабатлари.– Тошкент: ART-FLEX,2010. – Б. 150.

12. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari. –Toshkemt: O’qituvchi,

2001.– B. 42; Madarimov A. Fuzailova G. Manbashunoslik. –Toshkemt:
O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. –131 b.

13. Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида

турк-суғд муносабатлари. – Тошкент:ART-FLEX, 2010. – Б. 150.

14. Шониёзов К. Қанғ давлати ва қанғлилар. (Ўзбек халқининг сиёсий

ва этник тарихидан). – T.ошкент: Fan, 1990. – Б. 54-55.

15. Шониёзов К. Қанғ давлати ва қанғлилар. (Ўзбек халқининг сиёсий

ва этник тарихидан). – Tошкент: Fan, 1990. – Б. 23-24.

Библиографические ссылки

Сударева М. Происхождение Эфталитов. – Ташкент, 2012.– С. 5.

AhmedovB. O’zbekiston tarixi manbalari. –Toshkent: O’qituvchi, 2001. – B. 42.

Ртвеладзе Э.В. Великий Шелковый путь. Энциклопедическийсправочник. Древность и раннее средневековье. – Ташкент, 1999. – С. 271.

Камолиддин. Ш.С. К вопросу о происхождении Саманидов // Archivum Eurasiae Medii Aevi, edited by Th.T.Allsen, P.B.Golden, R.K.Kovalev and A.P.Martinez, 15 (2006/2007). –Wiesbaden: Harrassowitz Verlag, 2008.

Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари–Тошкент:ART-FLEX,2010. – Б. 149.

Гафуров Б.Г. Таджики Древнейшая, древни и средневековая история. –М.: Изд-во восточной лит-ры, 1972. – С. 206.

Сударева М. Происхождение Эфталитов. –Ташкент, 2012. – С. 6.

Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари– Тошкент:ART-FLEX, 2010. – Б. 150.

Xўжаев A, Айтбаев А., Қўлдошев Ш., Думаниёзова. Ф. Марказий Осиё тарихи Хитой манбаларида.–Тошкент, 2016. – Б. 87; Отахўжаев А. Илк ўрта асрлардаги сиёсий, ижтимоий-иктисодий ва маданий муносабатларда Суғд ва Чоч // O‘zbekiston tarixi.– Тошкент, 2009. –№ 1. – Б. 150.

Сударева М. Происхождение Эфталитов. –Ташкент, 2012. – С. 6; Ильясов Дж. Некоторые замечания к проблеме эфталитов // Transoxiana. История и культура. Сб. статей. – Ташкент, 2004. – С.117.

Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари.– Тошкент: ART-FLEX,2010. – Б. 150.

Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari. –Toshkemt: O’qituvchi, 2001.– B. 42; Madarimov A. Fuzailova G. Manbashunoslik. Toshkemt: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. –131 b.

Отахўжаев А. Илк ўрта асрлар Марказий Осиё цивилизациясида турк-суғд муносабатлари. – Тошкент:ART-FLEX, 2010. – Б. 150.

Шониёзов К. Қанғ давлати ва қанғлилар. (Ўзбек халқининг сиёсий ва этник тарихидан). – T.ошкент: Fan, 1990. – Б. 54-55.

Шониёзов К. Қанғ давлати ва қанғлилар. (Ўзбек халқининг сиёсий ва этник тарихидан). – Tошкент: Fan, 1990. – Б. 23-24.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов