Oziq-ovqatlarni qabul qilishga tayyorgarlik va ayniqsa, ovqatlanish butun ovqat hazm qilish tizimiga boshlang'ich ta'sir ko'rsatadi. Bu ovqat hazm qilish shiralari sekretsiyasining kuchayishi, shuningdek, oshqozonning qisqa muddatli bo'shashishi va proksimal ingichka ichak harakatining pasayishi bilan namoyon bo'ladi.
Alkaloidlar fiziologik taʼsiriga koʻra har xil: ularning baʼzilari asab tizimini susaytiradi yoki qoʻzgʻatadi, boshqalari nerv uchlarini falaj qiladi, qon tomirlarini kengaytiradi yoki toraytiradi, boshqalari ogʻriq qoldiruvchi taʼsirga ega hisoblanadi. Xromatografiya, spetoskopiya kabi usullar orqali o`rganilib kelinmoqda, va bu usullarda yuqori natijalarga ega bo`lib kelinmoqda. Bu usulning afzallikari shundaki, alkaloidlarni o`rganayotganizda, alkaloidlar tarkibidagi qo`shimchalar, organik va meniral moddalarni hamda biologik obʼyektlarning analizini o`rganish uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Xromatografiya usulida alkaloidlar tarkibidagi birikmalarni aniqlash, ajratib olishni oʻrganishda keng qoʻllanadi. Spetoskopiya usulida esa alkaloidlarga nur orqali ta`sir qilish orqali o`rganiladi. Ultrabinafsha nurlari orqali va bazi reagentlar orqali alkaloidlarning kimyoviy tarkibi o`rganilib kelinmoqda.