Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari

inLibrary
Google Scholar
doi
Выпуск:
CC BY f
98-119
1
0
Поделиться
Абдураимова, Х., & Исмоилов, И. (2024). Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari. Узбекистан: язык и культура, 1(1), 98–119. https://doi.org/10.47689/ULAC-vol1-iss1-y2024-pp98-119
Хафиза Абдураимова, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
Магистрант.
Ильёс Исмоилов, Ташкентский государственный университет узбекского языка и литературы имени Алишера Навои
Доктор филологии (Доктор наук) Кафедра истории узбекской литературы
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Turkiy adabiyot, xususan, o'zbek adabiyoti tarixida Alisher Navoiyning o'rni beqiyos. Shu maqolada Alisher Navoiyning g'azallari, liri-kasidagi obrazlar mohiyatiga yetishga harakat qilinib, uning badiiy tasvir-lari hamda talqinlarining sabablari bir qadar ochib berilgan. Maqola uchun aynan Xizr obrazining tanlab olinishi tasodif emas. Xizr turkiy xalqlar mifologiyasi, fblklori, adabiyotida juda ham mashhur shaxs hisoblanadi. Shu qadar mashhurligidan maqol va matallarga obraz bo'lib xizmat qilgan. Turkiy adabiyotning ulkan ustuni bo'lgan Alisher Navoiyning ushbu obrazga munosabati, albatta, qiziqarli. Shu sabab ham maqolaga aynan Alisher Navoiy lirikasidagi Xizr obrazi tasvirlari manba sifatida tanlangan. Maqolada Xizr obrazi bilan bog'liq ham ilmiy, ham badiiy, ham mifik qarashlarni o'rganib, ularning Alisher Navoiy ijodiga qay daraja-da ta’sir etganligi tadqiq qilingan. Maqolani yozish jarayonida bir necha xorijiy hamda milliy manbalar, diniy adabiyotlarga ham murojaat qilingan.

Похожие статьи


background image

ISSN 2181-922X 98

119

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi

talqinlari

Xafiza Abduraimova

1

Ilyos Ismoilov

2

Abstrakt

Turkiy adabiyot, xususan, o‘zbek adabiyoti tarixida Alisher

Navoiyning o‘rni beqiyos. Shu maqolada Alisher Navoiyning g‘azallari, liri-

kasidagi obrazlar mohiyatiga yetishga harakat qilinib, uning badiiy tasvir-

lari hamda talqinlarining sabablari bir qadar ochib berilgan.

Maqola uchun aynan Xizr obrazining tanlab olinishi tasodif emas.

Xizr turkiy xalqlar mifologiyasi, folklori, adabiyotida juda ham mashhur

shaxs hisoblanadi. Shu qadar mashhurligidan maqol va matallarga obraz

bo‘lib xizmat qilgan. Turkiy adabiyotning ulkan ustuni bo‘lgan Alisher

Navoiyning ushbu obrazga munosabati, albatta, qiziqarli. Shu sabab ham

maqolaga aynan Alisher Navoiy lirikasidagi Xizr obrazi tasvirlari manba

sifatida tanlangan.

Maqolada Xizr obrazi bilan bog‘liq ham ilmiy, ham badiiy, ham

mifik qarashlarni o‘rganib, ularning Alisher Navoiy ijodiga qay daraja

-

da ta’sir etganligi tadqiq qilingan. Maqolani yozish jarayonida bir necha

xorijiy hamda milliy manbalar, diniy adabiyotlarga ham murojaat qilingan.

Kalit so‘zlar:

Alisher Navoiy, Xizr, Xidirillez, g‘azal, Muso (a.s),

Iskandar, solih banda, talmeh, timsol, obraz, Xizr-u xatt, Xizri rah, payg‘am-

bar, valiy.

Kirish

Mifologiya, folklor va adabiyot tarixida Xizr bilan bog‘liq

turli-tuman qarashlar mavjud. U mifologiyada g‘ayrioddiy qudrat va

sehrga ega prototip sifatida gavdalanadi. Folklorda asosiy qahramon

– alplarning doimiy yo‘ldoshi, rahnamosi. Adabiyot tarixida abadiy

barhayotlik timsoli, tiriklik suvi nasib etgan, donishmand qahramon.

1

Abduraimova Xafiza Allanazarovna

– Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti.

E-mail:

abduraimovaxafiza@navoiy-uni.uz

ORCID ID:

0009-0008-4636-9133

2

Ismoilov Ilyos Abduqayumovich

– filologiya fanlari doktori (DSc), Alisher Navoiy

nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

E-mail:

ismoilov@navoiy-uni.uz

ORCID ID:

0000-0002-8077-7914

Iqtibos uchun:

Abduraimova, X., Ismoilov, I. 2024. “Alisher Navoiy g‘azaliyotida

Xizr obrazi talqini”.

O‘zbekiston: til va madaniyat

1(2): 98-119.

98

Uzbekistan: Language and Culture 2024/1(2)


background image

Diniy manbalarda esa solih, valiy zot yoki payg‘ambar sifatida ham

ko’rsatiladi.

Burhonuddin Rabg‘uziy “Qisasi Rabg‘uziy” asarida shunday

yozadi: “Xizr ma’nisi yashil bo‘lur. Qayu tosh uza Xizr alayhissalom

o‘ltursa, ul yer ko‘karur erdi. Ba’zilar aydilar, Xizr yalavoch erdi.

Ba’zilar aydilar, yalavoch ermas, solih, muslih erdi. Tag‘i sayram-

lig‘. Bani Isroilda ulg‘ardi. Mangu suyin ichib tirik qoldi, ammo Ilyos

mursal yalavoch turur” [Rabg‘uziy 1990, 28].

Turk olimi Özhan Öztürk Xizr obrazi turkiy xaqlar og‘za-

ki ijodida ham mashurligini ta’kidlaydi. Israel Friedlander, Ernest

Budge va A.J.Wensinck kabi olimlar miloddan avvalgi uchinchi

mingyilliklarga oid bo‘lgan Shumer yodgorliklaridagi Bilgamish

dostoni qahramoni Bilgamishning do‘sti Enkidu bilan ikki dengiz

orasida yashovchi, abadiy hayot siridan voqif otasi Utnapishtimni

izlab safarga chiqishi motivini Sharq adabiyotidagi Xizr obrazi bi-

lan bog‘lashganini qayd etadi. Olim o‘z maqolasida shunday yozadi:

“Türk efsane ve masallarında da Hızır’ın bahsi bolca geçmektedir:

Dede Korkut masallarında Boğaç Han’ın yarasını tedavi eden şifacı

rolünde olan Hızır, Manas destanında Manas doğduğundan itibaren

kahraman için dua eden bir veli, Şah İsmail ve Gülizar destanında

ise İsmail’in gözüne mil çekilirken yetişip kurtaran, Saltukname’de

Sarı Saltuk’u alevlerden kurtaran, Köroğlu’nun Türkmen varyantın

-

da bizzat kahramana Köroğlu adını veren doğaüstü bir varlık olarak

tasvir edil-miştir” [URL 2].

Ingliz tilidagi manbalarda Yaqin Sharq mamlakatlari,

xususan, turkiyzabon xalqlarda bahor va yoz faslining boshlanishi

nishonlanadigan 5- va 6-may kunlari “Hidirillez” festivali o’tkazi-

lishi, bu nom Xizr va Ilyos nomlarining qorishuvidan paydo bo‘lgani

aytiladi. Ilyos yahudiylik va nasroniylikda tanilgan, miloddan avvalgi

IX asrda Isroil shohligining shimoliy qismida yashagan tarixiy shaxs.

U yahudiylikda buyuk payg’ambarlardan biri hisoblangan, yahudiy-

larga Xudodan yuz o’girib, butlarga sig‘inganlarning boshiga katta

baxtsizliklar kelishini bashorat qilgan. Ilyos (a.s) o‘liklarni tiriltirgan

va amalga oshuvchi bashoratlar sohibi ham deyiladi. Yahudiylik va

nasroniylikda uning qiyomatgacha yerga qaytishi bashorat qilingan.

Xizr va Ilyos “bu dunyo va oxiratning ikki “qo‘riqchi ruhi” sifatida

tasvirlanadi. Xizr hayot suvini ichib, o‘lmaslikka erishgani bois Idris,

Iso va Ilyosni o’z ichiga olgan to’rtta abadiy hayot egalaridan biriga

aylangan.

Yirik folklorshunos Shomirza Turdimovning yozishicha,

epik dostonlarda qo‘llaniluvchi “eran” so‘zi sof turkiy asosli so‘z

bo‘lib, “homiy ruh” ma’nosiga ega va u dostonlarda Xizrga nisbat

99

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari


background image

beriladi. Olimning fikricha, Xizr eran. U Go‘rog‘lining doimiy ham

-

rohi. Xalq orasidagi Xizr ko‘rgan odamning uzoq yashashi haqidagi

qarashlar- ning tasdig‘i sifatida ham Go‘ro‘g‘lining hayoti misol kelti-

riladi. Olim o‘z tadqiqotida Xizr bilan bog‘liq xalq orasidagi turli afso-

na va rivoyatlarni keltirib o‘tadi va muhim jihat sifatida: “… uning

doimo el kezib, tuyqusdan paydo bo‘lib, yana yo‘qolib qolishi, boqiy

umr ko‘rishidir. Odamlar orasida komillikka erishgan odamlargi-

na Xizrni tanib, u bilan doimiy ko‘rishib tura oladilar, deb anglana-

di” [Turdimov, 2011, 40-44] kabi xulosalarni beradi. Olim Xizrning

qadimgi xalqlarning odam kultiga sig‘inishi doirasida kelib chiqqan

obrazligi hamda qadimda u “Quyosh ma’budi” sanalganligini

ta’kidlaydi: “Quyosh yer yuzidagi jami tiriklikning quvvat manbayi

hisoblanadi, quyosh haroratining oshishi ko‘klamni tug‘diradi, qish

uyqusiga ketgan tabiatni qayta uyg‘otadi. Xizrning eposdagi va xalq

tasavvuridagi barcha xususiyatlarida ushbu tushunchalar mujas-

sam. Bu esa uning qadimda quyosh ma’budi sanalganligini yana bir

bor tasdiqlaydi. Xizr tarixan butun tirik tabiat, yashillik, ezgulik ilohi,

yaratuvchi eran – Quyosh timsolida anglangan, e’tiqod qilingan”.

Yana folklorshunos olim M.Jo‘rayevning fikricha: “Xizr suv

kulti bilan bevosita aloqador ezgu homiy sanaladi” [Jo‘rayev, Sho-

musarov, 2001, 109]. Ozarbayjon folklorshunosi M.Seyidovning

Xizr haqidagi fikri esa quyidagicha: “Qam (shomon) va undan-da

qadimiy dunyoqarashlar bilan bog‘liq bo‘lmish Xizrni birgina nom-

lanishidagi uyg‘unlikka asoslanib arab mifologiyasiga taalluqli deb

bilish ilmiy adolatsizlik va haqiqatga zid borishdir”. Ushbu olim Xizr

so‘zi umumturkiy so‘z, ya’ni “хыз” – “issiqlik”, “qizimoq” ma’nosida,

“ыр” esa “kishi”, “hurmatli”, “muqaddas iloh” ma’nolaridagi so‘z deb

izohlaydi [Seyidov, 1983, 107]. Ushbu fikrlarga deyarli barcha folk

-

lorshunos olimlar qo‘shiladilar.

F.Nurmonov nomzodlik dissertatsiyasida bu haqda

shunday yozadi: “Tilshunos olim V.G.Ahmetyanov Volgabo‘yi xalqlari

mifologiyasida ham Xizr obrazi mavjudligini aniqlab, bu obrazning

genezisini arab folklori bilanbog‘laydi. Uning fikricha, “Xizr” so‘zi

arabcha “xazara” (doimiy yashillik) so‘zidan kelib chiqqan. Dar-

haqiqat, arab tilidagi “Al-huzur” so‘zi “yashil rang”, “Al-huzrat” so‘zi

“Ko‘kat, maysa”, “Huzari” leksemasi “yashil rangli qush”, “al-huzarat”

esa “yashil” ma’nosini anglatadi” [Nurmonov, 2007, 57]. N.Jo‘raqo‘zi-

yevning “Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar va turkiy folklorda

kosmogonik mifologiya” nomli dissertatsiyasida Xizr obrazining

mifologik asoslariga aloqador muhim fikrlar bildirilgan. Olim, jum

-

ladan, shunday yozadi: “Gʻulom Akramov Xizr obrazi haqida fikr

yuritib, “Xizr obrazi va “xizr suyi”ning mifologik tasavvur qatlami,

100

Xafiza

ABDURAIMOVA, Ilyos ISMOILOV


background image

asosan, yor-ma’shuqaning mukammal go‘zalligi ifodasi talqini uchun

qo‘llanilgan metaforali assotsiasiyalardir” degan fikrlarni ilgari sura

-

di. Olim, bundan tashqari “Xamsa”da mifologik zamon va makon

munosabatlari haqida ham izlanishlar olib borgan. Ayniqsa, “Hayrat

ul-abror”dagi maqolat va hikoyatlarining ijobiy qahramonlari – gar-

chi o‘tmishda mifologik va epik zamonda yashasalar-da, asosan, mif-

ning umumbashariy g‘oyalari zamiridan kuch olgan”, degan fikrlari

e’tiborga molikdir” [Jo‘raqo‘ziyev, 2018, 82].

O‘zbek adabiyotshunosligida ham Xizr obrazi ancha batafsil

o‘rganilgan. Professor Najmiddin Komilov “Tasavvuf” kitobida “Xoja

Xizr hayot suvi – abadiy tiriklik suvini ichgan, u hamma voqeadan,

hamma ahvol-u hamma kechinmalardan xabardor; narsalar xosiyati

va qonuniyatini oldindan biladi, Xudo unga o‘z bilimini tuhfa etgani”

[Komilov, 2009, 39] haqida yozadi.

Asosiy qism

Xizr obrazining tarixiy asoslariborasida qarashlar xil-

ma-xil, lekin biz ushbu tadqiqotda islomiy asoslardan kelib chiqib,

xususan, Alisher Navoiyning qaydlariga tayanib, bu obrazning

ko‘proq badiiy talqinlarini o‘rganishga harakat qilamiz.

Qur’oni Karim “Kahf” surasining oltmishinchi oyatidan

sakson ikkinchi oyatigacha Muso (a.s) va solih banda rivoyati kelt-

iriladi: “60. Muso (o‘zining xizmatkor) yigitiga: “To ikki dengiz

qo‘shiladigan yerga yetmaguncha yoki uzoq muddat kezmaguncha

yurishdan to’xtamayman”, – degan paytini eslangiz.

Izoh: Muso (a.s.) ning xizmatkor yigiti Yuvsha’ (a.s.) edi-

lar. Shu oyat bilan Muso va Xizr (a.s.) lar qissasi boshlanadi. Bunga

sabab Muso (a.s.) Haq Taolodan: “Mendan ham ilmi, martabasi

yuqoriroq bandang bormi?” – deb so’raganda, U: “Ha, bor” – de-

gan. “Qaysi yerdan uni topurman?” – deganlarida, “Bir baliqni sa-

vatchaga solib dengiz bo’yidan yurib boraverasan. Baliq yo‘qolgan

joydan uni topursan” deydi. Baliqni savatchaga solib, uni xizmatkori

qo‘liga berib yo‘lga ravona bo‘ladilar” [Mansur, А. 2004, 302].

“Sahihi Buxoriy” ning “Kitobut tafsir” ida “Alloh taoloning:

Bir kuni Muso o‘z yigitiga “to ikki dengiz qo‘shiladigan yerga yet-

magunimcha yoki uzoq muddat kezmagunimcha yurishdan to‘xta-

mayman” deganini esla” degan qovli haqidagi bobda ham Muso (a.s.)

va Xizr haqida Sa’id ibn Jubayrdan rivoyat qilinadi [Buxoriy, 1991,

20]. Aynan mana shu hadisi sharifdan Qur’oni Karimdagi “solih ban-

da” ning ismi Xizr ekanligini bilib olamiz. Chunki Qur’onda “Xizr”

ismi tilga olinmasdan “Muso va Solih banda” deyiladi, Hadisda esa

“Muso va Xizr” deb aniqlashtiriladi. Mazkur qissa aksar tafsirlarda

101

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari


background image

sharh qilinar ekan, savatdagi tuzlangan baliq yo‘qolgan joydagi suv

obi hayot ekanligi aytiladi. Chunki o‘lik baliqning suvga suvga tushib

yo‘qolishi suvning tiriltirish xususiyatiga dalolat deb tushunilgan.

Qur’oni Karim, hadisi shariflar va ko‘plab avliyo-yu ulamo-

larimizning shu kabi rivoyatlari orqali bizga yaxshi tanish bo‘lgan

Xizr va uning qissasi Navoiy ijodi, xususan, she’riyatida qanday ba-

diiy talqin etilgan? Navoiy Xizr obrazi va u bilan bog’liq timsollardan

qanday poetik maqsadlar uchun foydalangan yoki ushbu turkum-

dagi timsollar shoir ijodida qanday badiiy funksiya bajargan? Bizni

mana shu kabi masalalar qiziqtiradi. Shubhasiz, Navoiy Xizr va u

bilan bog’liq timsollar tasvirida mazkur islomiy asoslarga tayangan,

ulardan ta’sirlangan. Biroq ana o’sha ta’sirning qay yo‘sinda amalga

oshgani va qay tarzda badiiy aks etganini tekshirish, bir qarashda

ko‘zga tashlanmaydigan jihatlarni konkretlashtirish juda muhim

masala hisoblanadi.

Alisher Navoiyning o‘zi tomonidan turkiy tilda tartib

berilganoltita she’riy devoni bizgacha yetib kelgan. Quyidagi statis-

tik jadvalda Navoiyning Xizr atamasi va obrazidan qaysi devonida

necha marta foydalangani yaqqol ko‘rinadi. Bu jarayonda takrorlar

va o‘xshashliklar ham uchrashini unutmaslik kerak.

1-jadval

Devonlar

G‘azal Muxammas Tuyuq Soqiynoma Qit’a

Badoye’ ul-bidoya

28

1

Navodir un-

nihoya

14

G’aroyib us-sig‘ar

20

Navodir ush-

shabob

15

Badoye’ ul-vasat

17

1

1

Favoyid ul-kibar

21

2

1

Ta’kidlash kerakki, Navoiyning Xizr obrazi bilan bog’liq badiiy

talqinlarini tasavvuf ta’limotining g’oyalarisiz to’laqonli tushunib

bo’lmaydi. Shu bois Navoiy ijodida ko’p uchrovchi ushbu obraz

tadqiqini uning so’fiyona ma’nolarini anglashdan boshlash zarur.

Tasavvuf istilohlarining lug‘atlarida “Xizr” so‘zi, asosan,

quyidagicha izohlanadi: “Hızır: Arapça, yeşil demektir. Hz. Musa

(s.) zamanında yaşamış, veli mi, peygamber mi olduğu konusunda

anlaşmazlık bulunan bir mübarek zât. Oturduğu yerdeki sararmış

otlar, kalkınca yeşerdiği için, kendisine Hızır (yeşil) dendiği

kaydedilir. Âb-ı hayat denilen ebedîlik suyunu, Hz. Ilyas (a) ile

bulup içtiği için, her ikisinin kıyamet gününe kadar bir tür dirilikle

102

Xafiza

ABDURAIMOVA, Ilyos ISMOILOV


background image

yaşadığına inanılır. Tasavvufta bast (ümitle dolma, ruhen genişlik ve

coşkunluk, anlama ve kavramada açilma halidir) haline Hızır, kabz

(ruhen tutukluk, içine kapanmaö bır şey düşünmeye ve söylemeye

isteksizlik) haline Ilyas denir. Zamanın kutbuna “Hızır-ı Vakt” adı

verilir” [Cebecioğlu E. 2004, 274].

Alisher Navoiy ham o‘z asarlarida Xizr haqida bir necha

bor to‘xtalgan bo‘lib, ularda bu siymoning turli talqinlari, xususan,

diniy-irfoniy talqinlariga ishoralar mavjud. Navoiy “Tarixi anbiyo

va hukamo” asarida Xizr to‘g‘risida quyidagicha ta’rif keltiradi:

“Xizr a.s. ni mursal debdurlar. Va ul Arfaxshad binni Somning o‘g‘lon-

laridindur va Zulqarnayn zamonida aning mulozimi erdi. Zulqar-

nayn hayvon suyi xiyoli bila zulumotqa kirgonda Xizr a.s. ani boshlab

kirdi. Va derlarkim, Ilyos a.s. dog‘i bila erdi. Umidkim, quyiroq zikr

bo‘lg‘ay. Ul suvni Tengri taolo bu ikovga nasib qildi va Zulqarnayn

mahrum yondi. Va ba’zi debdurlarkim, haq taolo Xizr a.s. g‘a ilmi la-

dunni nasib qildi va hayvon suyi iborat ondindur. Ahli islom mu’taqi-

di uldurkim, Xizr a.s. umri jovid topibdur. Va Xoja Muhammad Por-

so q.s. ba’zi nusxada mundoq bitilibdurkim, Xizr a.s. Sabzavorning

Kavk otlig‘ kentidindur va holo Hazrat Risolat sallallohu alayhi

vasallam dinidadur va imom Shofe’i rahmatullohi mazhabidadur,

vallohu taolo a’lam” [Navoiy, 1990, 127].

Navoiy shu asarida yana “To‘rt yuz hakim xizmatida erdilar.

Aflotuni olihi boshlig‘ va Arastudek vaziri bor erdi. Sekiz ming shoh

va shahzoda xidmatini qilur erdilar. Olamning bahru barin olib, hay-

von suyi tamannosi bila zulumotqa kirdi. Aning bila kirgan mulozim-

lardin biri Xizr, biri Ilyos alayhumus-salom erdilar. Ul suv alarg‘a

nasib bo‘lub, Skandar mahrum yondi…”, – deya Xizr va Iskandar

munosabati haqida ham to‘xtalib o‘tadi [Navoiy. 1990, 127]. Navoiy

Xizr haqida ma’lumot berar ekan, u haqida qarashlar, huddi bugun-

ki kun kabi, xilma-xil ekanligini aytib, asosiy e’tiborni Iskandar bi-

lan bo‘lgan munosabatiga qaratadi. Ya’ni aynan obi hayotni izlab

yo‘lga chiqqan yo‘ldosh ekanligiga urg‘u beradi. Muhim jihati shuki,

Navoiy Xizrni “umri jovid topibdur” deb ta’kidlaydi. Ushbu ta’kid bu-

gunki kungacha davom etib kelayotgan Xizr barhayotmi yoki yo‘q

degan savollarimizga Navoiydan javobdir.

Bundan tashqari Xizr obrazi Navoiy epik dostonlarida ham

ko‘p bora qo‘llanilgan. Xususan, “Saddi Iskandariy”ning bir necha

o‘rinlarida Xizrnomi uchraydi:

Arastu bila o‘q, Balinos edi

Ki, bu Xizr edi, ul bir Ilyos edi [Navoiy 1990, 120].

103

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari


background image

***

Qurug‘luq aro Xizr o‘lub rahbari,

Tengiz ichra Ilyos edi yovari [Navoiy 1990, 145].

***

Yo‘q, Iskandari olamoroda bahs,

Erur balki Xizr-u Masihoda bahs [Navoiy 1990, 249].
Navoiy dostondagi Chaxcharon daryosi tasvirida ham Xizr

detalidan ustalik bilan foydalanib ketadi:

Yana bir anga Chaxcharon rud o‘lub

Ki, ul rud hayvon suyidin to‘lub.

Yeri rif’at ichra falakdin nishon,

Bu rud anda ul nav’kim Kahkashon.

Ushoq toshlari axtari tobnok,

Latofat aro, o‘ylakim durri pok.

Suyi xosiyatda ziloli hayot,

Topib andin ichkan o‘lumdin najot.

Qirog‘inda har gulbuni axzare,

Baqo ichra bir Xizr payg‘ambare [Navoiy 1990, 264].
E’tiborlisi, Navoiy bu baytlarda ham Xizrga payg‘ambar si-

fatini berib o‘tadi. Chunki “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida Xizr-

ni “mursal debdurlar” degan edi. Mursal – elchi qilib yuborilgan,

payg‘ambar kabi ma’nolarni anglatadi. Bulardan kelib chiqadiki,

Navoiy Xizr payg‘ambar degan qarashlarga ishongan.

Aytish mumkinki, Xizr Qur’oni Karim, hadisi sharif-u tasavvuf

lug‘atlarida ham, Navoiyning o‘z asarlarida ham bir valiy, rahnamo

siymo sifatida e’tirof etiladi. Ammo bir obraz yoki timsol har doim

bir ma’no yoxud poetik fikr ifodasi uchun ishlatilmasligi ham ayon

haqiqat. Shu ma’noda, Navoiy lirikasida Xizr qanday badiiy maqsad-

lar bilan, qaysi o‘rinlarda qo‘llanilganini maxsus tekshirish zarurati

bor.

O‘rganishlar davomida to‘plangan statistik ma’lumotlar

asosida Xizr obrazining Navoiy lirikasidagi tasvirlarini quyidagicha

tasniflash mumkin:

1. Xizr abadiyat bilan bog‘lab talqin qilingan baytlar;

2. Xizr suvi yoki obi hayot talqini kelgan baytlar;

3. “Xatt” detali hamda “yashillik” motivi uchrovchi baytlar;

4. Xizr va Iso Masih obrazi birga tasvirlangan baytlar;

5. Xizr va Iskandar munosabati tasvirlangan baytlar;

6. Xizrga do‘st, rahnamo, dardkash sifatida murojaat qilingan

104

Xafiza

ABDURAIMOVA, Ilyos ISMOILOV


background image

baytlar.

Masalaga mana shu tasnif asosida yondashilsa, mohiyat bir-

muncha teranroq ochiladi.

Xizr va abadiy hayot

Yuqoridagi manbalarda ko‘rdikki, Xizr tiriklik suvini

ichganligi tufayli boqiy umrga ega deb tasavvur qilinuvchi Iso, Idris

va Ilyos (a.s) larning biri sifatida qayd etiladi. Ushbu obraz Navoiy

lirikasida ham eng ko‘p aynan abadiy hayotmotivi bilan bog‘liq

holda uchraydi. “Badoye’ ul-vasat” dagi 386-g‘azal hamda “G‘aroy-

ib us-sig‘ar”dagi 359-g‘azal bir xil mazmunda bo‘lib, ularda abadiy

hayot bilan bog‘liq baytlar quyidagicha kelgan:

Labing xat zohir etti, Xizr umri bersalar o‘lgum,

Xususankim, Xizrg‘a hamdam o‘lg‘ay obi hayvoning.

Qayd etish kerakki, Navoiy lirikasida Xizrobrazi tasviri

kelgan baytlarning deyarli hammasi tasavvufiy ma’no kasb etadi.

Ushbu baytda, sodda qilib aytilsa, “labingda xat (mo‘y) ko’rindi, endi

Xizr o‘ziga nasib etgan obi hayoting tufayli erishgan abadiy hayot-

ni beraman desalar ham o’lishga tayyorman” deyilmoqda. Ushbu

nasriy bayonda mazmun bir qadar ravshanlashgan bo‘lsa-da, bari-

bir asl ma’no yuzaga chiqmagan. Bunga sabab baytdagi lab, xat (lab

chetidagi mayin tuk, mo’y), obi hayvon kabi so‘fiyona istilohlardir.

Mana shu atamalarning irfoniy ma’nolari anglansa, masala oydinla-

shadi.

Unga ko‘ra, lab so‘z yoki rahmoniy nafs (insondagi ilohiy

sifatlar)ga, xat ruhlar olamning namoyon bo‘lishiga, obi hayot esa

orif-lar istilohida ba’zan ishq-u muhabbat sarchashmasini bildirib,

kimki undan ichsa, hargiz yo‘qlikka yuz tutmaydi va foniy bo‘lmay-

di. Va yana ma’shuq og‘ziga ishora, gohida ashyoning haqiqati, zoti

ma’nosida keladi (“Mir’oti ushshoq”).

Mazkur ma’nolardan kelib chiqilsa, “labingda xat (mo’y)

ko’rindi” deyilganda “so‘zlaring yoki ilohiy sifatlaring tufayli ruhlar

olami (yuksaklik dargohi) namoyon bo’ldi” degan ma’no nazarda

tutilgan. Ruhlar olamining shohidi bo‘lish darajasiga yetish, oshiq

nazdida, asl muddaodir. Shu bois u o‘lishga ham rozi, garchi abadiy

hayot taklif etsalar ham. Aslida, Xizr obrazi ham Navoiy lirikasida

Yorga yetishgan inson, haqiqiy ishq vakili va shu bahramandlik tu-

fayli abadiy tirik qolgan timsol sifatida tasvirlanadi. Ammo ushbu

baytda lirik qahramon haqiqiy ishqqa yetishganini aytar va bun-

dan sururlanar ekan, o‘zini Xizrdan ham baland olib, unga nasib

etgan abadiylikdan voz kecha olishiga urg‘u beradi. Aslini olganda

esa oshiqlar maslagida haqiqiy ishqqa noyil bo‘lish ham abadiyat

105

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari


background image

qozonish sifatida qabul qilingan. Shu ma’noda, Xizr obrazi ushbu

baytda o‘ziga xos tarzda uzoq yashovchi oddiy inson sifatida talqin

etilgan deyish mumkin.

Xizr obrazi bilan bog’liq holda kelgan abadiy hayot motivi tur-

li baytlarda turlicha poetik maqsadlar ifodasi uchun xoslanadi. Ma-

salan:

Ey Xizr, hayvon suyi tut dam-badamkim yor uchun,

Sadqa qilmoqliq uchun har lahza bir jon istaram.

[Badoye’ ul-bidoya, 509-g‘azal].

Ushbu baytda ham ilohiy ishqning go‘zal tasviriga duch ke-

lamiz. Yorga (Allohga) sadqa qilish, fido qilish uchun har lahza men

-

ga bir jon kerak, axir, bu ishqni ko‘tarish bir jismga og‘irlik qiladi.

Shu sabab ham lirik qahramon Xizrga murojaat qilib, menga ham

obi hayotdan ichir, abadiy o‘lmaydigan jonga muyassar bo‘lib, butun

umrimni yorimga qurbon qilib o‘tkazay, deydi. Taslimiyat, ishq kuchi

g‘azaldan g‘azalga yuksalaveradi. G‘aroyib us-sig‘arning 629-g‘azali-

da ham yuqoridagi bayt kabi go‘zal ishq tasviri keladi:

Yuz Xizr umridin ortuqroqdurur, ming jon berib

Bir qadam qo‘ymoq muyassar gar bo‘lur jonon sari.
Ya’ni uning jon berib jonon sari bir qadam bosmoq – yuz-

ta Xizrning umridan afzaldir. Ushbu baytda ham Xizrning umrbo-

qiyligi chin oshiqning jonfidoligiga zid qo‘yilmoqda. Navoiy Xizr

va abadiy hayot motividan, odatda, oshiqning fidoiyligi, jondan

kechishga tayyorligini bo‘rttirishda foydalanadi. “Favoyid ul-kibar”

ning 453-g‘azalidagi maqta’ bilan go‘yoki ushbu ishq tasviri yakun-

langandek tuyiladi. Lekin bu ishq Navoiyni butun umr tark etmagan-

ligi barchaga ma’lum:

Saranjom o‘lmak ermish, ey Navoiy,

Xizr umri muyassar bo‘ldi sog‘in.
Ey Navoiy, oqibat o‘lim mayidan totmoq ekan, ana endi Xizr

umri muyassar bo‘ldi deb hisobla. Ya’ni o‘lim hayotning tugashi

emas, balki abadiy umrning boshlanishidir. So‘fiylar tili bilan aytgan

-

da, o‘lim shunchaki makon-u manzilni o‘zgartirish emas, bu dunyo-

dan u dunyoga ko‘chish va bu yerdagidan yaxshiroq va abadiy hayot-

ga erishishdir. Navoiy ham o‘lim sharobini xursandlik bilan xo‘pla,

chunki mana shu sharob obi hayot kabi senga abadiy hayotni beradi

deydi. O‘lim orqali erishilgan abadiy hayotgina haqiqiy oshiqni o‘z

ma’shuqasi, ishqiga yetkazadi. Bunday oshiqlar uchun o‘lim chindan

ham obi hayot, xursanchilik bilan qabul qilinadigan bir holatdir.

106

Xafiza

ABDURAIMOVA, Ilyos ISMOILOV


background image

Xizr va obi hayot

Xizr obrazi Navoiy lirikasida eng ko‘p “Xizr va obi hayot” ma-

salasi doirasida uchraydi. Xizr obrazi genezisi haqida so‘z yuritgani-

mizda ushbu obrazni obi hayot timsolisiz tasavvur qilib bo‘lmasligi

oydinlashgan. Hattoki, xalq orasida ham bu juda mashhur ekanligini

F.Nurmonov o‘z nomzodlik dissertatsiyasida aytib o‘tadi [Nurmonov

2007, 58-80]. Alisher Navoiy lirikasidagi Xizr obrazini ham obi hayot

timsolisiz tasavvur qilish qiyin:

Jomi Jam ichra Xizr suyi nasibimdur mudom,

Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.

[Badoye’ ul-bidoya, 26-g‘azal].

Bu o‘rinda “Xizr” so‘zi o‘z lug‘aviy ma’nosida emas, balki “obi

hayot” atamasi bilan bog’liq holda kelgan. Ya’ni Xizr obi hayotni

ichib, abadiy hayotga erishganligi uchun obi hayotni “Xizr suvi” ham

deyilishidan ushbu g‘azalda o‘rinli foydalanilgan. G‘azal boshdan oxir

so‘fiyona ruhda yozilgan bo‘lib, ushbu bayt ham tasavvufiy ma’no

-

ga ega maqta’dir. Soqiy, Jomi jam va Xizr suyitimsollari manbalarda,

asosan, tasavvufiy istiloh sifatida keladi.

Cam: - Farsça. Kadeh, bardak manasindadır. Tasav

-

vuf ıstılahında, Allah dostunun kalbi için kullanılır. Cam-ı cem:

Farsça-Arapça. Toplanma kadehi manasınadır. Gönül içinkullanılan

bir tâbirdir [Cebecioğlu 2004, 115-116].

Navoiy asarlari izohli lug‘atida esa Jomi Jam afsonaviy Jam-

shid qadahi deb ta’riflanadi. Soqiy – tasavvufda ma’rifat, haqiqat

(bodasi)ni ulashuvchidir. Ba’zan soqiydan murod Kavsardir va u

goho murshidga ham nisbat beriladi. Soqiy barcha mavjudotga fayz

beruvchi, sarxushlik ulashuvchi manbadir [Kononov. 1984, 590].

Boshqa bir manbada shunday deyiladi: “Soqiy Xudodirki, oshiqlar-

ga haqiqat mayini ichiradi va ularni mahv-u foniy qiladi. Bu so‘z

istiora yo‘li bilan “murshidi komil”ni anglatadi. Soqiy biror qavm yo

qabilaning diniy rahbari va oshiqlar yuzidan ma’naviy husn sharobi-

ni ichadigan ma’shuqdir” [Kononov. 1984, 594]. Johdan murod esa

johillik, ya’ni mansab, shon-shuhrat, davlat, boylik kabi ma’nolardir.

G‘azalning ushbu baytimaqta’ bo‘lganligi uchun xulosaviy fikr shu

baytda ifodalangan. Ya’ni Jamshid jomi (ko‘nglim) ichida hamisha

Xizr suyi (haqiqiy ishq) nasibam ekan, ey soqiy (yo Alloh yoki mur-

shid), men barcha shon-u shuhrat hamda boyliklarimni tark aylab

senga gado (qul) bo‘ldim. Haqiqiy ishq yo‘liga kirgan oshiqning eng

birinchi va asosiy vazifalaridan biri dunyodan yuz o‘girib, faqat ishq

va ezgu amallar bilan mashg‘ul bo‘lish. Ilohiy ishq ham huddi shun-

day, ya’ni ishq qalbiga nur indirgan oshiq dunyo orzu-havasidan

107

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari


background image

batamom qo‘l uzib, faqatgina qalbini o‘rtovchi ishq bilan mashg‘ul

bo‘lishi lozim. Shunday ekan, qalban so‘fiy bo‘lgan shoir Navoiyning

ushbu baytini shaxsiy iqrori, qalbining tub-tubidagi yashirin ishqi

ifodasi deb talqin qilish mumkin bo‘ladi.

Obi hayot timsoli Xizr obrazi bilan bog‘liq holda kelgan bayt-

lar, misradan misraga sayqallanib boraveradi. O‘lgan insonga jon

bag‘ishlash, tiriltirish ma’nosidagi baytlar (Badoye’ ul-bidoya, 613,

Navodir un-nihoya, 631); Xizr bulog‘i va xizr suvining bog‘liqligi,

Xizr buloq suvini qanday topganligi syujetidan tashbeh sifatida foy-

dalanilishi (Badoye’ ul-vasat, 547, Navodir ush-shabob, 533); obi

hayotning davolovchi xususiyati haqidagi bayt va misralar (Favoy-

id ul-kibar, 176, Badoye’ ul-vasat, 527) shoir devonlarida ko‘plab

uchraydi.

Xizr va xatt. Xizr va yashillik

Yana bir e’tiborni o‘ziga tortadigan jihat Xizr so‘zining ko‘plab

g‘azallarda “Xizr xatting” yoki “Xatti Xizring” shaklida “xatt” detali

bilan birga qo‘llanilishidir:

Xizr xatting sabzasi, hayvon suyi no‘shi labing,

Ul su mavjidin bo‘lub bir davri tavqig‘abg‘abing.

[Navodir un-nihoya, 441-g‘azal].

Tasavvufda xat – kibriyolik (ulug‘lik, buyuklik) hijobi;

Muhammadiy haqiqatga, ba’zan vujud martabasiga yaqinroq bo‘lgan

arvoh olamiga ishora; Mahbub yuzida latofat, noziklik, go‘zallik bilan

xat chizilgan durkim, u – barcha noziklik va husn-u jamol nuktalarini

jamlovchidir. Agar xat va mahbub yuzini ko‘rsang, shak-shubhasiz,

kasratni vahdat deb bilasan va senga ma’lum bo`ladiki, vahdat – kun-

duz, kasrat – kechasidir. Xat – g‘ayb olami [URL 2]. Yuqorida ta’kid-

langanidek, Xizr, obi hayot obrazi qo‘llanilgan baytlarning aksari

tasavvufiy mazmunga ega. G‘azalning ushbu baytida Navoiy go‘zal

tashbeh qilib, poetik manzara chizadi. Shu bilan birga tasavvufona

ishqning ishoralarini ham singdirib ketadi. Xizr Navoiy lirikasida

abadiy tiriklik suvini ichib, vahdatga yeta olmayotgan sarson-sar-

gardon oshiq sifatida ko‘p tasvirlanadi. Shundan kelib chiqib bayt

tarkibidagi “Xizr xatting sabzasi” birikmasini xat(t)ingning sabzasi –

Xizri deb talqin qilish mumkin. Ammo bu talqinda tasavvufiy ma’no

ochilmaydi. Bu kabi birikmalarning asl tasavvufiy ma’nolariga yetish

uchun Navoiy lirikasidagi boshqa shu kabi baytlarni ko‘rib chiqish

ham lozim bo‘ladi:

Xizr xattingning ajab yo‘q sabz-u xurram bo‘lmog‘i,

108

Xafiza

ABDURAIMOVA, Ilyos ISMOILOV


background image

Lab-balab chunkim suv berur chashmayi hayvon anga.

[Badoye’ ul-bidoya 23-g‘azal].

Ilyos Ismoilov o‘zining “Navoiy ijodida Iskandar va obi hayot”

nomli maqolasida shunday yozadi: “Navoiy “Favoyid ul-kibar” ning

88-g‘azalida aytadiki, Xizr – yorning xati, xizr chashmasi – yorning

labi, obi hayot esa yorning nutqidir… biz uchun muhimi yor xati-

ning Xizr, yor so‘zining esa obi hayot ekanidir. Modomiki, Xizr obi

hayot tomon yo‘l boshlar ekan, xat yor so‘ziga ishora qiladi”. Xat –

soliklar nazdida ruxlar olamining namoyon bo‘lishiga ishora yoki

xatdan murod yuksaklik, ya’ni yolg‘iz ruhlar olamidir… xat jon olami

sabzazori sifatida ham qo‘llaniladi, shu bois uni “Dori hayvon”, ya’ni

hayot uyi deb ham nomlashadi. Shabustariy aytadiki, bu yerda yuz

Xudo husnining mazharidir, xat (mo‘y)dan maqsad esa yuksalik dar-

gohini ifodalashdir” [Sajjodiy 1370, 353]. Ushbu ta’riflardan ko‘ri

-

nadiki, Navoiy xat detalini tasavvufiy ma’noda oshiqning ma’shuq

visoliga yetishish (so‘fiyning Alloh jamoli, marhamatiga erishuvi)

yo‘ldagi eng muhim belgi, ya’ni jamol zohir bo‘lganining ilk belgisi si-

fatida qo‘llaydi. Xizr xatingning – mo‘yingning yam-yashil, shod-xur-

ram ekanligiga xayron emasman, chashmayi hayvon (yor so‘zi)dan

doimiy tarzda qonib ichgach, xurram bo‘lishi tabiiy, deydi. Bu yerda

yana bir e’tiborli jihatlardan biri shundaki, nima uchun mo‘y (xat)

aynan Xizr (yashil, tiriltiruvchi) bilan birikma sifatida kelayotganli-

gidir. Yashil rang hayot timsoli, hayot bo‘lganida ham bahoriy va eng

xushnud damlarga ishora qiluvchi rang. Sebzi: Farsça, yeşillik de

-

mektir. Sebz yeşil anlamına. Hakiki vahdetle birleşen mutlak kemal.

Tasavvuf lug‘atlarida ham yashillik baxt ifodasi sifatida beriladi. Xat

yor jamoli zohir bo‘lishining ilk belgisi bo‘lgani, yorning oshiqqa jon

bag‘ishlovchi so‘zlariga ishora qilgani uchun ham yashil tusli va aba-

diy hayot egasi ma’nolariga ega so‘z Xizr bilan birgalikda qo‘llaniladi.

Zero, Yor jamolining zohir bo‘lishi ham oshiqqa “mutlaq komil” lik

baxsh etadi.

Xizr obrazining yashillik ma’nosi haqida so‘z yuritilar ekan

quyidagi g‘azalga ham to‘xtalib o‘tish lozim:

Chamanda tozalig‘din har quruq shoxe erur Xizre,

Magarkim andin o‘tmish obi hayvonim xirom aylab.

[Badoye’ ul-bidoya, 75-g‘azal].

Bu g‘azalda Xizr so‘zining lug‘aviy ma’nosi, “yashillig”idan

o‘rinli va juda go‘zal tarzda foydalanilgan. Ab-ı hayavan: Farsça, di

-

rilik suyu Ebedi hayat verdiği zannolunan su. Tasavvufta bu terim

“irfan”ın müteradifi olup nurun pırıltıları ve İlâhî tecelliler için de

109

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari


background image

kullanılır [Cebecioğlu 2004, 30]. Chaman – bog‘, bu o‘rinda, ehtimol,

takka – so‘filarning makonida quruq shox yo‘q, barchasi Xizr (yashil,

o‘lmas, qurimas) chunki bu bog‘dan obi hayvon oqib o‘tgan. Obi

hayvon tasavvuf lug‘atida keltirilganidek “irfon” – haqiqiy ishq. Cha-

man - haqiqiy ishqqa vasila bo‘lgan, tasavvufning barcha bosqichlar-

idan o‘tib so‘ngi bosqichga yetishgan so‘fiyning qalbi, undagi quruq

shoxlar esa insondagi barcha yomon xislatlar jamlanmasi. Bunday

qalbdan oqib o‘tgan obi hayvon – Alloh so‘fiyga nasib etgan himmat

qalbni barcha yomonliklardan poklashi haqiqatdir. Huddi shu maz-

munga yaqin bo‘lgan yana bir g‘azalda yozadi:

La’li bir so‘z birla yuz yilliq o‘lukni Xizr etar,

Go‘yiyo Ruhulloh ushbu obi hayvon ichradur.

[Badoye’ ul-bidoya, 154-g‘azal].

Ushbu g‘azalda Navoiyning go‘zal tashbehlariga yana bir

bor duch kelamiz. Bilamizki, yashillik – tiriklik razmi. Xizr so‘zin-

ing lug‘aviy ma’nosi esa, yuqorida ham keltirib o‘tilganidek, yashil

demakdir. G‘azalning shu baytida Navoiy ustalik bilan Xizr so‘zidan

foydalanadi. Yorning, ma’shuqaning labi, dudog‘i bir og‘iz so‘z aytsa-

gina bo‘ldi “yuz yillik o‘lukni Xizr etar”. Go‘yoki “ruhulloh” – Ol-

lohning ruhi, Iso payg‘ambar mana shu obi hayvon – yorning lab’i,

so‘zi hayot suvining ichida yashiringan. Bundagi timsol va obrazlar

ham yuqoridagi g‘azal bilan ayni.

Xizr va Iso Masih

Navoiy poetikasini, xususan, g‘azaliyotini o‘rganish asnosida

Xizr obrazi juda ko‘p hollarda Masih, Iso nomlari bilan birga qo‘llani-

lishi ko‘zga yaqqol ko‘rinadi. Ma’lumki, Iso Masih ham tug‘ilgan-u

o‘lmagan payg‘ambar hisoblanadi va unga ergashuvchi din vakil-

lari Iso (a.s.) ning tirikligi, ularga rahnamolik qilishi va bir kuni

qaytishiga qattiq ishonishadi. Mana shu jihatdan Xizr va Iso bir bi-

riga o‘xshash prototiplardir. Ya’ni, tug‘ilgan, biroq o‘lmagan. Yana bir

o‘xshashlik Iso (a.s) ning o‘likni tiriltira olish qobiliyatidir. Huddi obi

hayot – Xizr suvini ichgan o‘lik ham tirilganidek.

Navoiy Xizr va Masih obrazlaridan juda unumli foydalangan.

Ikki katta obrazni bir-biri bilan bog‘liq holda ko‘plab g‘azal baytlari-

da uchratamiz. Hatto Navoiy “Xizr-u Masih” radifli butun boshli ikki

-

ta g‘azal ham bitgan. Ushbu g‘azallarning biri “Badoye’ ul-vasat”ning

103-g‘azali, ikkinchisi esa “Favoyid ul-kibar”ning 103-g‘azalidir.

G‘azallardan biri to‘qqiz, biri esa yetti baytlik. Xizr va Masih obrazlari

Navoiy lirikasida qay tarzda namoyon bo‘lishini aynan mana g‘azal-

lar belgilab beradi:

110

Xafiza

ABDURAIMOVA, Ilyos ISMOILOV


background image

Ey, xat-u jonbaxsh la’lingdin nishon Xizr-u Masih,

Balki bu ikki uyotidin nihon Xizr-u Masih.

[Badoye’ ul-vasat, 103-g‘azal].

Ya’ni, ey yor, Xizr-u Masih xating va jon bag‘ishlovchi labing-

dan nishona, balki Xizr-u Masih xating va labingdan uyalgani tufayli

yashirindir.

Masih har qanday dardni davolay oluvchi, o‘likni tirilti-

ra oluvchi ekanligi ma’lum. G‘azalning eng e’tiborli jihati Xizr va

Masih obrazlari birga qo‘llanilib, radif sifatida foydalanilganidir.

Poetik jihatdan ham g‘azal asosiy ma’nosini tashuvchi so‘z radif-

ga olinadi. Demak, ushbu g‘azalda urg‘u Xizr va Masihga berilgan.

Ikkisining birga qo‘llanilishi esa anglashilgan ma’noni bo‘rttirishga

xizmat qilgan. Yuqoridagi maqta’da xat Xizrga hamda jonbaxsh la’l

Masihga tashbeh qilingan.

Xat labing uzra, labing yuz uzradur qilg‘on kebi

Obi hayvon-u quyosh uzra makon Xizr-u Masih.

[Badoye’ ul-vasat, 103-g‘azal].

Xizrning makoni yo‘q, odamlar orasida kezib yuradi. Ammo

hadis va Qur’oni Karimda keltirilgan rivoyatlarda u ikki dengiz

oralig‘ida yashaydi. Iso esa xristianlar e’tiqodiga ko‘ra, Quyosh-

ning o‘g‘li hisoblanadi. Go‘yo xatingning labing ustida, labingning

yuzing ustida go‘zal tarzda joylashgani Xizrning ob hayvon uzra,

Masihning esa Quyoshda yashashiga o‘xshaydi. G‘azal baytma-bayt

yor tasviri mubolag‘alari bilan davom etaveradi. G‘azal poetikasida

asosiy ma’no maqtadan oldingi baytga tushishi ma’lum. Bu g‘azalda

ham asosiy ma’no aynan ana shu maqta’dan oldingi baytda ifodala-

nadi:

Xattidin la’lig‘a yettim, la’lidin toptim hayot,

Ul ikav bo‘ldi manga, ey xasta jon, Xizr-u Masih.

Soliki foniy tavajjuhdin taraddud aylamas,

Yotsalar mahviy shuhud bo‘lg‘an zamon Xizr-u Masih.

[Badoye’ ul-vasat, 103-g‘azal].

Xat oshiq jamoli zohirining ilk belgisi, la’l visol. Visol – haqiqat

bosqichi, lomakonga yetish. Xizr – ma’shuqasini izlayotgan abadiy

sargardon oshiq, Masih ham huddi shunday. Xat(t) orqali visolingga

yetishib aslimni, haqiqiy o‘zligimni, hayotimni topdim, ana shu ikki

narsa menga o‘zligimni topishimga Xizr va Masih bo‘ldi. Ya’ni o‘lik

qalbimning ishq nuri bilan tirilishi Xizrning abadiy hayotga erishuvi

va Masihning o‘likni tiriltirishi kabidir, demoqchi shoir. So‘fiy

111

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari


background image

tavajjuhda hech ham ikkilanmaydi, taraddulanmaydi. Zotan, u ana

shu tavajjuh yo‘lida umrini sarf qiladi. Shunday zamon bo‘ladiki,

deydi Navoiy, mahviy narsa shuhud bo‘ladi, ya’ni jismi izsiz yo‘q

bo‘lgan Iso paydo bo‘ladi yoki o‘zi istagan kishilarigagina ko‘rinadi-

gan Xizr zohir bo‘ladi. Huddi shu kabi vaqtlar g‘animat, taraddudlan-

maydigan vaqt. Odamzot bir umrana shu kabi oniy lahzalar uchun

yashaydi, o‘shanday buyuk tavajjuhlar uchun so‘fiylar tariqat yo‘llar

-

ida sinaladi. Ayni baytlarda Navoiy ulug‘ kun – qiyomatga ham ishora

qiladi. Ushbu ishorada esa go‘zal talmeh bilan Masih va Xizr obra-

zlaridan foydalanadi.

Yana bir “Xizru Masih” radifli g‘azal “Favoyid ul-kibar”ning

103-g‘azalidadir. Ushbu g‘azal 7 baytlik. G‘azal ma’nosi deyarli

yuqoridagi g‘azal bilan bir xil, faqat poetik tasvirbiroz boshqacha.

“Badoye’ ul-vasat”dagi g‘azalning matla’dan keyingi bayti va ushbu

g‘azalning matla’dan keyingi bayti ayni bir xil, uslub o‘zgacha:

Xat labingg‘a muttasildur, lab yuzungakim, erur

Obi hayvonu quyoshqa muttasil Xizr-u Masih.

[Favoyid ul-kibar, 103-g‘azal].

Maqta’dan oldingi baytda oldingi g‘azalga qaraganda ushbu

g‘azalda ma’no kuchaytirilib beriladi:

Sabzayi xat ko‘rguzub, jonbaxsh labdin so‘z degach,

Bo‘ldilar ul hayrat ichra muzmahil Xizr-u Masih.

[Favoyid ul-kibar, 103-g‘azal].

“Sabzayi xat” haqida yuqorida fikr yuritdik. Xizr hadisda

insonlar ichidagi eng bilimdon inson deb keltiriladi. Insonning bilimi

qanchalik yuksak bo‘lsa, hayrati shunchalik kam bo‘ladi. Masih ham

o‘z zamonining eng bilimdon kishisi bo‘lib, hattoki o‘lgan insonni

tiriltirish ilmiga ega bo‘lgan. Demak, har ikkisining ham hayrati juda

oz. Ammo kasrat (xat) vodiysida jonbaxsh la’lidan (Allohning so‘zi;

bu g‘azal, ehtimol, na’t g‘azal bo‘lib Payg‘ambarimizning so‘zlari

haqida ham gap ketayotgan bo‘lishi mumkin) so‘z eshitgach, ushbu

so‘zlarning hayratidan hatto Xizr va Masih ham o‘zlarini yo‘qotib

qo‘ydilar. Ko‘rib chiqilganidek, Navoiy Xizr va Masih obrazlaridan

unumli foydalangan. Talmehga, asosan, abadiy hayot, tiriltiruvchi

xususiyat, bilimdonlik kabi xislatlarini asos qilib olgan.

Xizr va Iskandar

Iskandar va Xizr munosabatlari tasviri ham Navoiy ijodining

ajralmas va muhimqismlaridan biridir. Bu shoir lirikasida ham yaq-

qol seziladi. Ilyos Ismoilovning yuqorida ta’kidlangan maqolasida

112

Xafiza

ABDURAIMOVA, Ilyos ISMOILOV


background image

bu borada shunday deyiladi: “Navoiy Iskandar mavzusiga daxldor

obraz va syujetlardan mana shunday yuksak irfoniy g‘oyalar ifodasi

uchun san’atkorona foydalangan. Shoir lirikasida ba’zan butun bosh-

li g‘azal shu masala doirasidagi obrazlar asosiga quriladi. Shoir ular-

da lirikada faol qo‘llanuvchi Iskandar bilan aloqador muhim obra-

zlar ma’nolarini ham ochib beradi” [Ismoilov 2017, 56-62]. Ushbu

fikrlarning tasdig‘i “Navodir ush-shabob”ning, 178, 172-g‘azallar

-

ida, “Navodir un-nihoya”ning 142-g‘azalida hamda “Badoye’ ul-va-

sat”ning 69-g‘azallarida yaqqol ko‘rinadi. Mazkur maqolada ayni

mavzuga aloqador quyidagi fikrlar ham keltiriladi:

“Xat sanga Xizr-u labing – chashmayi Xizr,

Nutqung – ul chashma aro obi hayot…

Zulfung ovvora ko‘ngullardin erur,

Yuz Skandarni iturgan zulmot.
Lirik qahramon g‘azalning dastlabki baytida yorga murojaat

etib, unda barcha yaxshi sifatlarning mavjudligi haqida umumiy tav-

sifni keltiradi. Keyingi baytlarda bu tavsif tafsilotlar bilan asoslab

boriladi. Unga ko‘ra, Xizr – yorning xati (labi ustidagi mayin tuk), Xizr

chashmasi – yor labi, obi hayot – yor so‘zlari bo‘lib, zulmat esa ovvo-

ra ko‘ngilni – yuzlab Iskandarlarni adashtiruvchi qora zulfidir. Bayt-

dagi Xizr, Xizr chashmasi, obi hayot va zulmat obrazlari muayyan

ma’nolaridan tashqari ular, Navoiyga ko‘ra, tegishlicha xat, lab,

so‘z va zulf kabi ma’nolarga ham ega. Yuqoridagi to‘rt obrazning

ikkinchi ma’nolari, irfoniy nuqtayi nazarda, yanada chuqurroq mohi-

yat kasb etgan, unga ko‘ra xat – ruhlar olamining namoyon bo‘lishiga,

lab – so‘z yoki rahmoniy nafasga (insondagi ilohiy sifatlarga), nutq

– g‘ayb sirlari izhoriga, zulf esa erishib bo‘lmas mutlaq haqiqat-

ga ishora. Demak, Navoiy ijodida Iskandar mavzusiga oid obrazlar

batamom ramziylashib, irfoniy g‘oyalar ifodasi uchun bo‘ysundi-

rilgan bo‘lishi ham mumiin. Bunda hatto Iskandar ham yuqoridagi

ikkinchi baytda bo‘lgani kabi, o‘z tarixiy ildizidan uzilib, yor ko‘yida

sarson-sargardonlar yoki umumlashma obraz sifatida talqin qilina-

di. Darhaqiqat, ikkinchi baytda qo‘llangan Iskandar, zulmat obrazlari

va iturmoq, ya’ni yo‘q qilmoq, adashtirmoq fe’li talmehi sifatida obi

hayot afsonasiga ishora qilayotgan bo‘lsa-da, Navoiy unda bu obraz-

larning ijodida anglatgan majoziy ma’nolarini nazarda tutgan”

[Ismoilov 2017, 61-62].

Gar Skandar mulki birla Xizr umri bersalar,

Uyla mulk-u buyla umri jovidondin kechkamen.

[Badoye’ ul-vasat, 470-g‘azal].

113

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari


background image

“Badoye’ ul-vasat”dagi ushbu 470-g‘azalda ham Iskandar va

Xizr obrazlaridan ilohiy muhabbatga bo‘lgan sadoqat ifodasi uchun

foydalanilgan.Xulosa shuki, Navoiy lirikada Iskandar va Xizr muno-

sabati tasviridan, obi hayot voqeasidan obrazidan ilohiy ishqning

mubolag‘ali tasviri uchun foydalanadi. Chinakam oshiqning kechin-

malari yuksakligini badiiy isbotlashda zidlovchi sifatida foydalanadi.

Xizrga murojaat

Lirikada inson qaysidir ma’noda o‘zining parallel umrini

yashaydi. Tug‘iladi, ulg‘ayadi, kuladi, yig‘laydi, ehtimol, o‘ladi ham.

Hatto bir emas, bir necha bor o‘ladi… Navoiy o‘z real hayoti bilan

birga lirikasi-yu dostonlari ichida yashagani aslo inkor etilmaydi.

Lirika shoirning parallel ravishdagi hayoti ekan, u yerda ham shoir

uchun yo‘ldosh, sirdosh, rahnamo zarur bo‘ladi. Navoiyda bunday

rahnamolar ko‘p bo‘lgan: Jomiy, Nizomiy, Dehlaviy… Shoirning lirika-

dagi rahnamolari orasiga Xizrni ham kiritish lozim. Xizr shoir,

ijodkor emas. Ammo u har bir adashgan insonning yo‘lboshlovchi-

si. Navoiy ba’zi g‘azallarida Xizr bilan suhbat quradi [Badoye’ ul-

vasat, 648-g‘azal]; ba’zilarida unga arzi hol qiladi [G‘aroyib us-sig‘ar,

225-g‘azal]; yana ba’zilarida esa unga yo‘l ko‘rsatuvchi [Navodir

ush-shabob, 398-g‘azal] sifatida qaraydi.

Qo‘lda, ey Xizri rahim, xasta Navoiy qo‘lini,

Kim bu yo‘l po‘yasidin bag‘ri oning toldi yana.

[Badoye’ ul-bidoya, 648-g‘azal].

Inson hayotida sodir bo‘ladigan oddiy hollardan biri –

toliqish! Ammo bu g‘azalda nazarda tutilgan toliqish butunlay bosh-

qacha. U tariqat bosqichlaridan birma-bir o‘tib borayotgan, ilohiy

ishqqa yetish, ma’shuqaning jamoliga nazar solish yo‘lida sarson-u

sargardon bo‘lgan (Xizr kabi) oshiqning toliqishidir. Ammo bu ishq-

da toliqqan oshiq yengiladi, toliqish va to‘xtash mumkin emas. Hud-

di Xizr kabi doimiy harakatda bo‘lish lozim. Ushbu baytda Navoiy

Xizrga oddiy “Ey, Xizr” deb emas, “Xizri rahim” (yo‘ldagi Xizr) deb

murojaat qilayotgani ham shunga ishora. Xizri rah – yo‘ldagi Xizr, de-

gani. Navoiy Xizri rah deganda pir, yorni nazarda tutadi. Aynan Xiz-

rning o‘zini emas.

Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o‘lgum, vah,

Manga bo‘lsang ne Xizri rah, yetib, ey obi hayvonim.
Obi hayvon – ilohiy ishqqa noil qiluvchi irfon, haqiqat suvi,

zulmat esa qalbi ishqdan mahrum, dardi dunyo bo‘lgan insonlardir.

Shu kabi ishqsiz insonlar ichida o‘lib qolmasligim uchun, ey obi hay-

114

Xafiza

ABDURAIMOVA, Ilyos ISMOILOV


background image

von, menga yo‘ldagi Xizrim bo‘l. Toki men ham haqiqat izlab sar-

son-sargardon bo‘lsam ham, abadiyatim Haq bo‘lsin. Navoiy “Fa-

voyid ul-kibar”ning 591-g‘azalida aniq qilib Xizrni rahbarim deb

ta’kidlaydi:

Sabzayi xatting xayoli birla savdo dashtidin,

Gar Navoiy chiqsa, tong yo‘q, Xizr erur chun rahbari.
Navoiy Jamolingga eltuvchi yo‘lning xayoli bilan ishqning

zulmatidan tirik chiqib kelsa, hech ham ajab emas, chunki uning

rahbari, yo‘lboshlovchisi Xizrdir.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy Xizrning payg‘ambar

ekanligiga ishongan. Xizr haqidagi mifologik, folklor, afsonaviy qa-

rashlardan ham boxabar bo‘lgan hamda lirikada, xususan, g‘azal-

larida ushbu obrazni barcha qarashlargamuvofiq tarzda tasvirlagan.

Xizrning rahnamo sifatidagi timsoli tasviri bilangina chegaralan-

magan. Yoki faqat payg‘ambarlik sifatiga urg‘u bermagan. Navoiy

so‘z o‘yinlarida ham, go‘zal tashbeh va isitioralarda ham Xizr tim-

solidan keng foydalangan. Ko‘plab g‘azallarida obraz sifatida, yana

ko‘plab g‘azallarida timsol sifatida gavdalantirgan. Atorflicha yon

-

dashilib, barcha boshqa tarixiy shaxslar bilan aloqasi, hamkorligiga

ham diqqat qaratgan, nazardan qochirmagan. Biroq hamisha Xizr

talmehli bayt-u g‘azallarda irfoniy ma’noni saqlab qolgan. Faqat

oshiqona g‘azalda tasvirlab qolmay, na’t g‘azallarda ham murojaat

qilgan. Obraz shoir ijodida muhimligining yana bir isboti, Xizr-u

Masih radifli ikkita ma’nosi bir xil g‘azalning ikki xil farqli usul

-

da berilishidir. Tashbehlarning, so‘zlarning boshqa boshqa

qo‘llanilishidir. Eng muhimi, barcha mifologik qarash-u afsonalar-

ga oid tasvirlar qo‘llash jarayonida aslo islom ta’limotidan chetga

chiqilmagan, adashtirilmagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki,

Xizr obrazi Navoiy lirikasidagi eng muhim va katta obrazlardan biri

hisoblanadi.

Adabiyotlar

Навоий, Алишер. 1987. Бадойиъ ул-бидоя. МAT. 20 томлик. Т.1. –

Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1987.Наводир ун-ниҳоя. МAT.20 томлик. Т.2. –

Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1988. Ғаройиб ус-сиғар. МAT. 20 томлик. Т.3. –

Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1989. Наводир уш-шабоб. МAT. 20 томлик. Т.4. –

Тошкент: Фан.

115

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari


background image

Навоий, Алишер. 1990. Бадоеъ ул-васат. МAT. 20 томлик. Т.5. –

Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1990. Фавойид ул-кибар. МAT. 20 томлик. Т.6. –

Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер.1990. Садди Искандарий. МAT. 20 томлик. Т.11. –

Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1990. Тарихи анбиё ва ҳукамо. МAT. 20 томлик. Т.16.

– Тошкент: Фан.

Кононов ва б. 1984. Навоий асарлари изоҳли луғати. 4 томлик. Т.1. –

Тошкент: Фан.

Кононов ва б. 1984. Навоий асарлари изоҳли луғати. 4 томлик. Т.2. –

Тошкент: Фан.

Кононов ва б. 1984. Навоий асарлари изоҳли луғати. 4 томлик. Т.3.

– Тошкент: Фан. Кононов ва б. 1984. Навоий асарлари

изоҳли луғати. 4 томлик. Т.4. – Тошкент: Фан.

Комилов, Нажмиддин. 2009. Тасаввуф. Тошент: Мовароуннаҳр –

Ўзбекистон.

Uludağ. S.2002. Таsavvuf terımlerı sözlüğü. Istanbul: Kabalcı Yayınevi.

Cebecioğlu E. 2004. Tasavvuf terimleri ve deyimleri sozluğu. İstanbul: Agac

Kitabeyi Yayinlari.

Sajjodiy, Sayyid Ja’far. 1370. Farhangi istilohot va ta’biroti irfoniy. Tehron:

Tohuriy.

Мансур, Абдулазиз. 2004. Қуръони карим (маъноларининг

таржимаси). – Тошкент: Тошкент ислом университети.

Rabg‘uziy Nosiruddin Burhonuddin. 1990. Qisasi Rabg‘uziy. T.2. – Tosh-

kent: Yozuvchi.

Турдимов, Шомирза. 2011. “Гўрўғли” достонлари генезиси ва

тадрижий босқичлари. Тошкент: Фан.

Nurmonov, Furqat.2007. Xizr obrazi genezisi va uning o‘zbek folkloridagi

talqini. Nomzodlik dissertatsiyasi. Toshkent.

Jo‘raqo‘ziyev, Nodir. 2018.Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar va turkiy

folklorda kosmogonik mifologiya. PhD dissertatsiya. Toshkent.

Jo‘raqo‘ziyev, N. I. “Model of the world order in the literature and folklore

of the ancient Turkic peoples.” BULLETIN of the L.N. Gumily-

ov Eurasian National University. Philology Series 134, no. 1

(2021): 23–36.

Ismoilov, Ilyos. 2017. Navoiy ijodida Iskandar va obi hayot. Til va adabiyot

jurnali 5: 56 – 62.

Мадиримова, С. (2019). Мутриб ижодида Навоий анъаналари.

in Li-

brary

,

19

(1), 440-441.

Сирожиддинов Ш., Умарова С. Ўзбек матншунослиги к̨ирралари. –

Akademnashr, 2015.

Юсупова, Д. (2016). Ўзбек мумтоз ва миллий уйғониш адабиёти.

Алишер

Навоий даври). Т:“Тамаддун”-2016

.

Sh, S., Yusupova, D., & Navoiyshunodlik, D. O. (2018). Darslik.

T.:

TAMADDUN

.

Юсупова, Д. (2013). Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи.(Алишер Навоий

даври).

Т.: Akademnashr

, 11-13.

116

Xafiza

ABDURAIMOVA, Ilyos ISMOILOV


background image

Умарова, С. (2023). Суйима Ғаниева илмий-адабий мероси: тадқиқот

усуллари ва мезонлари. Каталог монографий, 1(4), 3–90.

HAMROYEVA, O. (2024). “ NAVOIYNING FORSIY SHOIRLIGʻI...”

XUSUSIDA.

Alisher Navo’i and 21 st century

,

1

(1).

Jalolovna, H. O. CORRELATION BETWEEN THE SCIENCE OF RHYME AND

THE SCIENCE OF BADE’.

SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA

STATE UNIVERSITY

,

181

.

Amonov, S. N. (2024). Navoi And Tabiby: Literary Following.

SPAST

Reports

,

1

(1).

Jabborov, N. (2024). Artistic Interpretation of the Futuvvat Idea in Alisher

Navoi’s Works. SPAST Reports, 1(1).

Internet manbalar

URL:http://navoi.natlib.uz:8101/uz/devoni_foniy_davomi_un_tuqqizin-

chi_tom/izohlar/

URL: https://ozhanozturk.com/2018/03/27/hizir-hizir-aleyhisselam-is-

lam/

URL:https://www.hurriyetdailynews.com/who-was-the-hizir-in-hidire-

llez-46185

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Lavhul_mahfuz

Interpretations of the image of Khizr in the

poetry of Alisher Navoi

Khafiza Abduraimova

1

Ilyos Ismoilov

2

Abstract

The place of Alisher Navoi in the history of Turkish literature, espe-

cially Uzbek literature, is incomparable. In this article, an attempt is made

to get to the essence of the images in Alisher Navoi’s ghazals and lyrics,

and the reasons for his artistic images and interpretations are revealed to

some extent.

1

Abduraimova, Khafiza

– Graduate student of Tashkent State University of Uzbek

Language and Literature named after Alisher Navoi.

E-mail:

abduraimovaxafiza@navoiy-uni.uz

ORCID ID:

0009-0008-4636-9133

2

Ismoilov, Ilyos

– Doctor of Philology (DSc), Alisher Navoi Tashkent State Univer-

sity of Uzbek Language and Literature, Department of History of Uzbek Literature,

associate professor, etc.

E-mail:

ismoilov@navoiy-uni.uz

ORCID ID:

0000-0002-8077-7914

For citation:

Abduraimova, K., Ismoilov, I. 2024. “Interpretations of the image of

Khizr in the poetry of Alisher Navoi”.

U

zbekistan: Language and Culture.

1(2):

98-

119.

117

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari


background image

It is no coincidence that the image of Khizr was chosen for the

article. Khizr is a very famous person in the mythology, folklore and

literature of the Turkic peoples. Due to its popularity, it has served as an

image for proverbs and sayings. The attitude of Alisher Navoi, a great pillar

of Turkish literature, to this image is certainly interesting. For this reason,

the images of the image of Khizr in Alisher Navoi’s lyrics were chosen as a

source for the article.

The article examines both scientific, artistic and mythical views

related to the image of Khizr, and to what extent they influenced Alisher

Navoi’s work. In the process of writing the article, several foreign and na-

tional sources, religious literature were also referred to.

Key words:

Alisher Navoi, Khizr, Khidirillez, ghazal, Musa, Iskandar,

righteous servant, talmeh, symbol, image, Khizr-u khatt, Khizri rah, prophet,

guardian.

References

Navoiy, Alisher. 1987. Badoyi’ ul-bidoya. MAT. 20 tomlik. T.1. – Toshkent:

Fan.

Navoiy, Alisher. 1987. Navodir un-nihoya. MAT. 20 tomlik. T.2. – Toshkent:

Fan.

Navoiy, Alisher. 1988. Gʻaroyib us-sig‘ar. MAT. 20 tomlik. T.3. – Toshkent:

Fan.

Navoiy, Alisher. 1989. Navodir ush-shabob. MAT. 20 tomlik. T.4. – Toshkent:

Fan.

Navoiy, Alisher. 1990. Badoye’ ul-vasat. MAT. 20 tomlik. T.5. – Toshkent:

Fan.

Navoiy, Alisher. 1990. Favoyid ul-kibar. MAT. 20 tomlik. T.6. – Toshkent: Fan.

Navoiy, Alisher. 1990. Saddi Iskandariy. MAT. 20 tomlik. T.11. – Toshkent:

Fan.

Navoiy, Alisher. 1990. Tarixi anbiyo va hukamo. MAT. 20 tomlik. T.16. –

Toshkent: Fan.

Al-Buxoriy, Ismoil. 1991. Al-jome’ as-sahih. 2 jildlik. 1-jild. – Toshkent: Qo-

muslar bosh tahririyati.

Kononov va b. 1984. Navoiy asarlari izohli lug‘ati. 4 tomlik. T.1. – Toshkent:

Fan.

Kononov va b. 1984. Navoiy asarlari izohli lug‘ati. 4 tomlik. T.2. – Toshkent:

Fan.

Kononov va b. 1984. Navoiy asarlari izohli lug‘ati. 4 tomlik. T.3. – Toshkent:

Fan.

Kononov va b. 1984. Navoiy asarlari izohli lug‘ati. 4 tomlik. T.4. – Toshkent:

Fan.

Komilov, Najmiddin. 2009. Tasavvuf. Toshkent: Movarounnahr – O‘zbeki-

ston.

Uludağ. 2002. Tasavvuf terımlerı sözlüğü. Istanbul: Kabalcı Yayınevi.

Cebecioğlu E. 2004. Tasavvuf terimleri ve deyimleri sozluğu. İstanbul: Agac

Kitabeyi Yayinlari.

118

Xafiza

ABDURAIMOVA, Ilyos ISMOILOV


background image

Sajjodiy, Sayyid Ja’far. 1370. Farhangi istilohot va ta’biroti irfoniy. Tehron:

Tohuriy.

Abdulaziz Mansur. 2004. Qur’oni karim (ma’nolarining tarjimasi).

Toshkent: Toshkent islom universiteti.

Rabg‘uziy Nosiruddin Burhonuddin. 1990. Qisasi Rabg‘uziy. T.2.

Toshkent: Yozuvchi.

Nurmonov, Furqat. 2007. Xizr obrazi genezisi va uning o‘zbek folkloridagi

talqini. Nomzodlik dissertatsiyasi. Toshkent.

Jo‘raqo‘ziyev, Nodir. 2018. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar va turkiy

folklorda kosmogonik mifologiya. Nomzodlik dissertatsiya.

Toshkent.

Jo‘raqo‘ziyev, N. I. “Model of the world order in the literature and folklore

of the ancient Turkic peoples.” BULLETIN of the L.N. Gumily-

ov Eurasian National University. Philology Series 134, no. 1

(2021): 23–36.

Ismoilov, Ilyos. 2017. Navoiy ijodida Iskandar va obi hayot. Til va adabiyot

jurnali 5: 56 – 62.

Мадиримова, С. (2019). Мутриб ижодида Навоий анъаналари.

in

Library

,

19

(1), 440-441.

Сирожиддинов Ш., Умарова С. Ўзбек матншунослиги к̨ирралари. –

Akademnashr, 2015.

Юсупова, Д. (2016). Ўзбек мумтоз ва миллий уйғониш адабиёти.

Алишер Навоий даври). Т:“Тамаддун”-2016

.

Sh, S., Yusupova, D., & Navoiyshunodlik, D. O. (2018). Darslik.

T.:

TAMADDUN

.

Юсупова, Д. (2013). Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи.(Алишер Навоий

даври).

Т.: Akademnashr

, 11-13.

Умарова, С. (2023). Суйима Ғаниева илмий-адабий мероси: тадқиқот

усуллари ва мезонлари. Каталог монографий, 1(4), 3–90.

HAMROYEVA, O. (2024). “NAVOIYNING FORSIY SHOIRLIGʻI...”

XUSUSIDA.

Alisher Navo’i and 21 st century

,

1

(1).

Jalolovna, H. O. CORRELATION BETWEEN THE SCIENCE OF RHYME AND

THE SCIENCE OF BADE’.

SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA

STATE UNIVERSITY

,

181

.

Amonov, S. N. (2024). Navoi And Tabiby: Literary Following.

SPAST

Reports

,

1

(1).

Jabborov, N. (2024). Artistic Interpretation of the Futuvvat Idea in Alisher

Navoi’s Works. SPAST Reports, 1(1).

Web information

URL:http://navoi.natlib.uz:8101/uz/devoni_foniy_davomi_un_tuqqizin-

chi_tom/izohlar/

URL: https://ozhanozturk.com/2018/03/27/hizir-hizir-aleyhisselam-is-

lam/

URL:https://www.hurriyetdailynews.com/who-was-the-hizir-in-hidire-

llez-46185

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Lavhul_mahfuz

119

Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari

Библиографические ссылки

Навоий, Алишер. 1987. Бадойиъ ул-бидоя. MAT. 20 томлик. T.l. -Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1987.Наводир ун-ниҳоя. МАТ.20 томлик. Т.2. -Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1988. Ғаройиб ус-сиғар. MAT. 20 томлик. Т.З. -Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1989. Наводир уш-шабоб. MAT. 20 томлик. Т.4. -Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1990. Бадоеъ ул-васат. MAT. 20 томлик. Т.5. -Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1990. Фавойид ул-кибар. MAT. 20 томлик. Т.6. -Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер.1990. Садди Искандарий. MAT. 20 томлик. T.11. -Тошкент: Фан.

Навоий, Алишер. 1990. Тарихи анбиё ва хукамо. MAT. 20 томлик. T.16.-Тошкент: Фан.

Кононов ва б. 1984. Навоий асарлари изохди луғати. 4 томлик. T.l. -Тошкент: Фан.

Кононов ва б. 1984. Навоий асарлари изоҳли луғати. 4 томлик. Т.2. -Тошкент: Фан.

Кононов ва б. 1984. Навоий асарлари изохди луғати. 4 томлик. Т.З.

- Тошкент: Фан. Кононов ва б. 1984. Навоий асарлари изохди луғати. 4 томлик. Т.4. - Тошкент: Фан.

Комилов, Нажмиддин. 2009. Тасаввуф. Тошент: Мовароуннаҳр -Ўзбекистон.

Uludag. S.2002. Tasavvuf tenmleri sdzliigii. Istanbul: Kabalci Yaymevi.

Cebecioglu E. 2004. Tasavvuf terimleri ve deyimleri sozlugu. Istanbul: Agac Kitabeyi Yayinlari.

Sajjodiy, Sayyid Ja'far. 1370. Farhangi istilohot va ta'biroti irfoniy. Tehron: Tohuriy.

Мансур, Абдулазиз. 2004. Қуръони карим (маъноларининг таржимаси). - Тошкент: Тошкент ислом университети.

Rabg'uziy Nosiruddin Burhonuddin. 1990. Qisasi Rabg'uziy. T.2. - Tosh-kent: Yozuvchi.

Турдимов, Шомирза. 2011. "Гўрўғли” достонлари генезиси ва тадрижий босқичлари. Тошкент: Фан.

Nurmonov, Furqat.2007. Xizr obrazi genezisi va uning o'zbek folkloridagi talqini. Nomzodlik dissertatsiyasi. Toshkent.

Jo'raqo'ziyev, Nodir. 2O18.Qadimgi turkiy yozma yodgorliklar va turkiy folklorda kosmogonik mifologiya. PhD dissertatsiya. Toshkent.

Jo'raqo'ziyev, N. I. "Model of the world order in the literature and folklore of the ancient Turkic peoples." BULLETIN of the L.N. Gumilyov Eurasian National University. Philology Series 134, no. 1 (2021): 23-36.

Ismoilov, Ilyos. 2017. Navoiy ijodida Iskandar va obi hayot. Til va adabiyot jurnali 5: 56 - 62.

Мадиримова, C. (2019). Мутриб ижодида Навоий анъаналари. in Library, 19(1), 440-441.

Сирожиддинов Ш., Умарова С. Ўзбек матншунослиги ^ирралари. -Akademnashr, 2015.

Юсупова,Д.(2016).Ўзбекмумтозвамиллийуйғонишадабиёти.Алишер Навоий даври). Т:"Тамаддун"-201б.

Sh, S., Yusupova, D., & Navoiyshunodlik, D. 0. (2018). Darslik. T.: TAMADDUN.

Юсупова, Д. (2013). Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи.(Алишер Навоий даври). Т.: Akademnashr, 11-13.

Умарова, С. (2023). Суйима Ғаниева илмий-адабий мероси: тадқиқот усуллари ва мезонлари. Каталог монографий, 1(4), 3-90.

HAMROYEVA, 0. (2024). " NAVOIYNING FORSIY SHOIRLIG'I..." XUSUSIDA. Alisher Navo'i and 21 st century, 1 (1).

Jalolovna, H. 0. CORRELATION BETWEEN THE SCIENCE OF RHYME AND THE SCIENCE OF BADE'. SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY, 181.

Amonov, S. N. (2024). Navoi And Tabiby: Literary Following. SPAST Reports, 1(1).

Jabborov, N. (2024). Artistic Interpretation of the Futuvvat Idea in Alisher Navoi’s Works. SPAST Reports, 1(1).

Internet manbalar

URL:http://navoi.natlib.uz:8101/uz/devoni_foniy_davomi_un_tuqqizin-chi.tom/izohlar/

URL: https://ozhanozturk.com/2018/03/27/hizir-hizir-aleyhisselam-is-lam/

URL:https://www.hurriyetdailynews.com/who-was-the-hizir-in-hidire-llez-46185

URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Lavhul_mahfuz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов