Authors

  • Choriyeva Durdona Anvarovna
  • Maxamatova Shoxista Nuriddin qizi

Author Biographies

  • Choriyeva Durdona Anvarovna

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,

  • Maxamatova Shoxista Nuriddin qizi

    “Maktabgacha ta’lim

    psixologiyasi va pedagogikasi”  yo’nalishining 4 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94315

Abstract

Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

122

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY

KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH

Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,

Maxamatova Shoxista Nuriddin qizi “Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi” yo’nalishining 4 kurs talabasi

Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan

kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega

bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik

nima? Inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita “qobiliyat”

ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali

foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta

olish”ni yoritishga xizmat qiladi

“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida

kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda

mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro

munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la

ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda

harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.

Kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:

murakkab jarayonlarda;

noaniq vazifalarni bajarishda;

bir-biriga zid ma’lumotlardan foydalanishda;

kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda.

Kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarni quyidagilarda: ijtimoiy

kompetentlik,

shaxsiy

kompetentlik,

texnologik

kompetentlik,

ektremal


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

123

kompetentlik, psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion, kommunikativ

va boshqa kompetentlik ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Quyida kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha

yoritiladi.

Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

1. Ijtimoiy kompetentlik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish

ko‘nikma, malakalariga egalik, subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.

2. Maxsus kompetentlik –faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, vazifalarni

oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, ushbu kompetentlik negizida

psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ

kompetentlik ko‘zga tashlanadi.

3. Psixologik kompetentlik – ijtimoiy jarayonda sog‘lom psixologik muhitni

yarata olish, ota-onalar va ta’lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy

muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish

va bartaraf eta olish;

4. Metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona

tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va

vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish,

vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;

5. Informatsion kompetentlik – axborot muhitida zarur, muhim, kerakli,

foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli,

o‘rinli, samarali foydalanish;

6. Kreativ kompetentlik – pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish,

o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

7. Innovatsion kompetentlik – pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim

sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi

g‘oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish;

8. Kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari,

jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga

ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

124

9. Shaxsiy kompetentlik – izchil ravishda ijobiy o‘sishga erishish, malaka

darajasini oshirib borish, faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

10. Texnologik kompetentlik –ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish,

zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

11. Ektremal kompetentlik – favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik

jarayon ishdan chiqqan)da, nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri

harakatlanish malakasiga egalik.

Shunday

qilib,

maktabgacha

ta`lim

yoshdagi

bolalarni

ijtimoiy

kompetentligini layoqatlilik, imkoniyatga egalik va shu bilan birga, ma’lim bir

harakatlar natijasi sifatida talqin etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda,

kompetentlik – faoliyatga doir kategoriya bo‘lib, maktabgacha ta`lim yoshdagi

bolalarning qo‘yilgan vazifalarni bajarishga qaratilgan ijtimoiy va boshqa faoliyati

jarayonida namoyon bo‘ladi.

Kompetentlik – individning umuman jamiyatda va xususan kasbiy sohasida

muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi uchun zarur bo‘lgan, atrofidagi obyektlar va

subyektlar bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ma’lum bir malakalari va tajribalari

shakllanganligining muayyan darajasi demakdir.

Bir qator tadqiqotlarda kompetentlik va uning o‘ziga xos jihatlari

o‘rganilgan. Bunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova va B.Nazarovalar tomonidan

olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.

Psixologik nuqtai­nazardan, A.K.Markovaning fikricha, kompetentlik –

muayyan insonning xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga munosibligi darajasi

bo‘yicha insonning individual xarakteristikasi demakdir

1

.

N.A.Muslimov o‘zining tadqiqot ishida kompetentlikning shakllanganlik

asosini oltita sifatlar, ya’ni motivatsion xislatlar (insonning butun hayoti davomida

shakllanib, rivojlanib boruvchi ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarni qamrab oladi),

intellektual salohiyat (barcha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga

intiladi), irodaviy sifatlar (maqsadga intiluvchanlik, ichki va tashqi to‘siqlarni,

jismoniy va aqliy zo‘riqishlarni yenga olishlik, o‘zini tuta bilishlik va tashabbuskorlik

1

X.Meliyev, O.Jamoldinova, K.Risqulova “Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati” 2021 y.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

125

xislatlari), amaliy ko‘nikmalar (psixologik, pedagogik, metodik va texnik -

texnologik qobiliyatlar, amallar, individning faoliyat va muloqotning turli

sohalaridagi ko‘nikmalari), hissiy sifatlar (o‘z hissiyotlarini boshqarishning zaruriy

malakalarini shakllantirishi, o‘zining aniq hislari (qahr, g‘azab, bezovtalik, arazlash,

hasad, hamdardlik, uyalish, mag‘rurlik, qo‘rqish, ko‘ngilchanlik, muhabbat va

boshqalar)ni boshqarishi hamda o‘z hissiy holatlarini va ularni keltirib chiqaruvchi

sabablarni tushunishi) hamda o‘z–o‘zini boshqara olish (maqsadlarni va ularga

erishish vositalarini tanlashdagi erkinlik, vijdonlilik, o‘z faoliyatiga tanqidiy

yondashuv, harakatlarning keng qamrovliligi va anglanganligi, o‘z xulqini

boshqalarniki bilan qiyoslab borishi, kelajakka ishonchi, o‘z jismoniy va psixologik

holatini talab darajasida tutib turishi va boshqara olishi) sifatlari tashkil etishini

ta’kidlab o‘tadi.

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda tortinchoqlik hissi ustun bo‘ladi.

Bunda bola bilan ko‘proq syujetli rolli markazlarda jamoaviy tarzda faoliyat olib

borishi kerak. Hozirgi zamonaviy texnologiyalar rivojlangan davrda bola texnika

bilan emas, insonlar bilan ko‘proq muloqot qilishi lozim.

Buning uchun esa bugungi kun tarbiyachisi boshchiligida bolalar

kompetensiyalarini shakllantirish orqali bolalarda hayotiy vaziyatlarda kattalar va

tengdoshlari bilan muloqotda axloq va me’yor qoidagilariga amal qilgan o‘zini tuta

bilish mahoratini oshirib borishi kerak. Tarbiyalanuvchining o‘z ichidagi menini topa

olishiga ko‘maklashishi, iste’dodini kashf etishida bugungi kun tarbiyachilarining

mas’uliyati kattadir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarlarining pedagogik jamoalari bu

sohada izchil ish olib borishlari lozim. Shuni inobatga olgan holda tarbiyalanuvchini

ijtimoiy muhitga moslashtirish jarayonida bolalarni qo‘llab-quvvatlash orqali ularda

ijtimoiy kompetensiya orqali madaniylilikni rivojlantirish o‘z yechimini kutayotgan

dolzarb muammo ekanligini alohida ta’kidlash lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.

D.Ro`ziyeva “Ijtimoiy pedagogika” o`quv qo`llanma 2015 y.

2.

N.Egamberdiyeva “Ijtimoiy pedagogika” o`quv qo`llanma 2009 y.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

126

3.

Chorieva,

D.

(2020).

DIAGNOSTICS

AS

A

BRANCH

OF

PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND TYPE OF

RESEARCH ACTIVITY OF A TEACHER. European Journal of Research and

Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).

4.

Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI

OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda

pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.

5.

Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С

АГРЕССИВНЫМИ ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и

возможности для личностного роста (pp. 152-161).

6.

Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях

дошкольного образования. Актуальные проблемы современного образования:

опыт и инновации, 86.

7.

Чориева, Д. А., & Ражабова, Г. Ф. (2022). ЗНАЧЕНИЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО

ДИАГНОСТИЧЕСКОГО

СРЕДСТВА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.

Results of National Scientific Research International Journal, 1(6), 327-343.

8.

Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА

ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН

ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона

Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети

Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва

педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.

б. доценти. Образование и инновационные исследования международный

научно-методический журнал, (9), 99-102.

9.

X.Meliyev, O.Jamoldinova “Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati”

O`quv qo`llanma 2021 y.

10.

Chorieva, D. A. BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY

MAHORATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

127

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 385.

11.

Anvarovna, C. D. (2024). MANAGEMENT OF INNOVATIVE PROCESSES

IN

PRESCHOOL

EDUCATION.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 58-62.

12.

Anvarovna, C. D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK

DIAGNOSTIKA

VA

KORREKSIYALASHNING

О

‘ZIGA

XOS

XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В

МИРЕ, 37(6), 48-53.

13.

Anvarovna,

C.

D.

(2024).

TA’LIM-TARBIYA

JARAYONIDA

INNOVATSION

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK

DIAGNOSTIK

SAMARALI

METODLARDAN

FOYDALANISH.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 54-57.

14.

Choriyeva, D., & Ahmadova, S. (2023). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

ertaklarning ahamiyati. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali, 1(2-3).

15.

Durdona, C. (2023, December). KREATIVLIK ORQALI BOLALARNING

QOBILYATLARINI OSHIRISH. In " Conference on Universal Science Research

2023" (Vol. 1, No. 12, pp. 302-305).

16.

Durdona, C. (2023). BOLALARDA KREATIVLIK QOBILYATINI

RIVOJLANTIRISH. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN,

1(5), 265-270.

17.

Choriyeva, D. (2023). OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA

AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY VAZIFALAR. Talqin va tadqiqotlar,

1(32).

18.

DURDONA, C., & SHAHNOZA, K. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING

O ‘RNI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(7), 191-196.

Most read articles by the same author(s)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Shodiyeva Mashhura Eshmamat qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATI MODELI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Omonova Nigina Davron qizi, O‘YIN BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Axmadjanova Mavludaxon Akramjon qizi, IJTIMOIY PEDAGOGIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI VA ASOSIY TAMOYILLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ergasheva Mahliyo Baxtiyor qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNAT TARBIYASIGA O`RGATISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Mohichehra Amatjon qizi, BOLANI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEKSHIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, To`lanova Muxlisa Abbos qizi, MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARINING OILA BILAN HAMKORLIGI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rejabova Xurshida Otabek qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY RIVOJLANTIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Kumushoy Anvarjon qizi, MAKTABNING BOLA SHAXSIGA QO`YADIGAN ASOSIY TALABLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Zaylobiddinova Muxtasar Abdumajid qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATINING MAQSADI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ibragimova Laylo Shuxrat kizi, EDUCATING CHILDREN THROUGH FAIRYTALES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

1 2 > >>