Authors

  • Choriyeva Durdona Anvarovna
  • Tojiboyeva Ozoda Alisher qizi

Author Biographies

  • Choriyeva Durdona Anvarovna

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,

  • Tojiboyeva Ozoda Alisher qizi

    Maktabgacha ta’lim

    psixologiyasi va pedagogikasi”  yo’nalishining 4 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94278

Abstract

Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o’zida aks ettiradigan o’nlab tarbiya tasniflari mavjud.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

33

BARKAMOL SHAXS FAZILATLARINI TARKIB TOPTIRISHDA

TARBIYA METODLARILARINING O`RNI

Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,

Tojiboyeva Ozoda Alisher qizi “Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi” yo’nalishining 4 kurs talabasi

Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari

faqat nazariy vazifalarni o’zida aks ettiradigan o’nlab tarbiya tasniflari mavjud.

Metodlar o’ziga xos xarakteriga ko’ra ishontirish, mashq, rag’batlantirish va

tanbeh berishga bo’linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi u

o’zida yo’nalganlikni, o’ziga xoslikni, qo’llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu

tasnifga metodlarning ko’proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning

umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o’zida ishontirsh, faoliyatni tashkil

etish, o’quvchilarning hulq-atvorini rag’batlantirish metodlarini qamrab oladi.

I.S.Makarenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi:

tushuntirishli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o’rgatish va mashq metodlari,

rag’batlantirish, to’sqinlik qiluvchi, boshqarish, o’zini-o’zi tarbiyalash.

Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko’ra metodlarni ikki guruhga

bo’lish mumkin:

1. Ahloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha,

g’oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.

2. Hulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir

etuvchi.

Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bogʻliq boʻladi. Tarbiya

metodlari barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan boʻladi. Shuning

uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya

metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

34

Bolalar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda boʻladi. Bu

ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining

qay darajada oʻrinli va samarali tanlanganligiga hamda mohirona qoʻllanganiga

bogʻliq. Tarbiya metodlarini toʻgʻri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda

bolalarning oʻz-oʻzini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Masalan,

oʻqituvchi birinchi sinf bolalari bilan ishlash jarayonida bolalarni ular uchun yangi

boʻlgan mehnat faoliyatini oʻrgatishda bolalarning hulq-atvor qoidalarini, ularda kun

tartibi aniq boʻlishi muhimligini, ularga bolalarning qat’iy tartibga amal qilishi

zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi.

Metodning ijobiy va salbiysi bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni

yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning

samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.

Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog’liq.

1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari.

Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi,

balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo’lsa, unga erishish metodlari unga

muvofiq bo’lishi zarur.

2. Tarbiya mazmuni.

Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar

bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan

emas, balki aniq fikr bilan bog’lash g’oyat muhimdir.

3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.

U yoki

shunga o’xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog’liqlikda hal

qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko’rsatkichi emas. Unda

egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi

o’z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg’usini boshlang’ich ta’lim, o’rta ta’lim va

o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida ta’lim olayotgan o’quvchilarda ham

shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida

turli metodlar qo’llaniladi.

4.

Jamoaning shakllanganlik darajasi.

O’zini o’zi boshqarishning jamoa

shaklining rivojlanishi bilan bog’liqlikda pedagogik ta’sir ko’rsatish metodlari ham


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

35

o’zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi

tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.

5. Tarbiyalanuvchilarning individual o’ziga xosliklari.

Umumiy metodlar,

umumiy dasturlarning o’zi tarbiyaviy o’zaro ta’sir etishning asosi bo’la olmaydi.

Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o’ziga

xosligini rivojlanishiga, o’ziga xosligini saqlashga, o’zining «Men»ini amalga

oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo’llashga harakat qiladi.

6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar.

Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-

gigyienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim,

pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart-

sharoitlar bo’lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda ko’rinadi.

Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi.

7. Tarbiya vositalari.

Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari

sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan

mustahkam bog’langan va birgalikda qo`llaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham

mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo’llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi

ko’rgazmali qo’llanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot

vositalari.

8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi.

Tarbiyachi odatda faqat o’zi

biladigan va qo’llashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko’plab metodlar

murakkab bo’lganligi bois, o’qituvchida ko’p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday

mas’uliyatdan bo’yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat

qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib

metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past bo’ladi.

9. Tarbiya vaqti.

Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo’lsa, «kuchli

harakatlantiruvchi» metodlar qo’llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning

«ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va

«ayaydigan» metodlarga bo’linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish

bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o’rgatish bilan bog’liq.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

36

10. Kutiladigan natija.

Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga

erishishiga ishonch bo’lishi kerak. Buning uchun qo’llanilayotgan metod qanday

natijaga olib kelishini oldindan ko’ra bilish kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.

D.A.Choriyeva “Milliy tarbiya” O`quv qo`llanma.2023 y.

2.

K.Turg`unboyev, M.Tolipov, I.Oxunov “Ijtimoiy pedagogika asoslari” 2008 y.

3.

X.Meliyev, O.Jamoldinova “Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati”

O`quv qo`llanma 2021 y.

4.

Chorieva,

D.

(2020).

DIAGNOSTICS

AS

A

BRANCH

OF

PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND TYPE OF

RESEARCH ACTIVITY OF A TEACHER. European Journal of Research and

Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).

5.

Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI

OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda

pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.

6.

Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С

АГРЕССИВНЫМИ ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и

возможности для личностного роста (pp. 152-161).

7.

Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях

дошкольного образования. Актуальные проблемы современного образования:

опыт и инновации, 86.

8.

Чориева, Д. А., & Ражабова, Г. Ф. (2022). ЗНАЧЕНИЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО

ДИАГНОСТИЧЕСКОГО

СРЕДСТВА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.

Results of National Scientific Research International Journal, 1(6), 327-343.

9.

Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА

ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН

ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона

Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети

Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

37

педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.

б. доценти. Образование и инновационные исследования международный

научно-методический журнал, (9), 99-102.

Most read articles by the same author(s)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Shodiyeva Mashhura Eshmamat qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATI MODELI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Omonova Nigina Davron qizi, O‘YIN BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Axmadjanova Mavludaxon Akramjon qizi, IJTIMOIY PEDAGOGIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI VA ASOSIY TAMOYILLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ergasheva Mahliyo Baxtiyor qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNAT TARBIYASIGA O`RGATISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Mohichehra Amatjon qizi, BOLANI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEKSHIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, To`lanova Muxlisa Abbos qizi, MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARINING OILA BILAN HAMKORLIGI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rejabova Xurshida Otabek qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY RIVOJLANTIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Kumushoy Anvarjon qizi, MAKTABNING BOLA SHAXSIGA QO`YADIGAN ASOSIY TALABLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Zaylobiddinova Muxtasar Abdumajid qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATINING MAQSADI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ibragimova Laylo Shuxrat kizi, EDUCATING CHILDREN THROUGH FAIRYTALES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

1 2 > >>