Authors

  • Choriyeva Durdona Anvarovna
  • O`ktamjonova Diyora Dilshod qizi

Author Biographies

  • Choriyeva Durdona Anvarovna

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,

  • O`ktamjonova Diyora Dilshod qizi

    “Maktabgacha ta’lim

    psixologiyasi va pedagogikasi”  yo’nalishining 4 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94311

Abstract

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya kilish kitobdagi rasmlarni ko‘rib chiqish jarayonida tanishadilar, maktabda tasviriy san’atning turlari rang tasvir, grafik, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlar bilan yanada chuquroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari xilma-xildir, rasm, mazmunli dekorativ va loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlari hisoblanadi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

159

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY

FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARI

Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,

O`ktamjonova Diyora Dilshod qizi “Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi” yo’nalishining 4 kurs talabasi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarda bolalar

asosan amaliy ish bajaradilar, san’at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya kilish

kitobdagi rasmlarni ko‘rib chiqish jarayonida tanishadilar, maktabda tasviriy

san’atning turlari rang tasvir, grafik, haykaltaroshlik va dekorativ san’at asarlar bilan

yanada chuquroq tanishadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tasviriy faoliyat

mashg‘ulotlari xilma-xildir, rasm, mazmunli dekorativ va loy, applikatsiya, qurish-

yasash

mashg‘ulotlari

hisoblanadi.

Maktabgacha

ta’lim

tashkilotida

mashg‘ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang‘ich sinflarda ta’lim-

tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg‘ulotlari bilan uzviy ravishda olib boriladi.

Bolalar guruxdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida,

qalamdan, mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z harakterini va qo‘l kuchini idora

etishga o‘rganadilar. Bu esa, malakani egallash, bolalarda qo‘lini yengil, erkin bir

tekisdagi harakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakldagi,

kattalikdagi, turli proporsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish

xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, harakatini, predmetning

uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar. Maktabgacha ta’lim

tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat materialdan toza va tartibli

foydalanishga o‘rganadilar, ularni toza saqlashga faqat zarur materiallardan

foydalanishga, ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar. Bu

mashg‘ulotlar bolalarda diqqatni, ko‘rish xotirasini rivojlantiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

160

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tayyorlov guruxida naturaga qarab rasm

chizish yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga

yaqinlashadi. Bolalar naturani analiz qilishga butun umumiy shaklni xomaki

qog‘ozga tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini

to‘g‘rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar. Naturaga qarab tasvirlashda ishning

ketma-ketligini ko‘rsatib, bolalar tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning

boshlang‘ich bosqichidagina amalga oshiriladi.

Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida geometrik shakllarni topa olishga yoki

ko‘ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi kattaligi, uzunligi, balandligini,

qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishini bilan tanishishni bolalarni

maktabni boshlang`ich sinfida elementar matematik tushunchalarini puxta

egallashlariga yordam beradi.

Qurish-yasash mashg‘ulotlarida materiallardan qurish yasash bolalarda ko‘z

bilan chamalashni shakllantiradi va bolalarni maktabdagi texnik darslarni egallashga

yoki o‘zlashtirishga yordam beradi.

Tasviriy faoliyat bolalarni ahloqiy tarbiyalaydi. Bolalar ishlarida o‘z hayotida,

jamiyatda bo‘layotgan voqea-xodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo‘ladilar,

hayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan

ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish,

qiyinchiliklarni yengish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi.

Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi

sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni o‘rtoqlarining

ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining

ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.

Tasviriy faoliyat-bu bolalarni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini bajarishda

tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyat hisoblanadi. Tasviriy faoliyat bolalarga

estetik tarbiya berishning asosiy, vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-

kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgini

bo‘laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi- bu rangi, ritmi,

proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog‘liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilma-


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

161

xilligini sezsa, yoki aks etsa u shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan

zavq oladi, bahramand bo‘ladi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda

predmetga va uning ba’zi sifatlariga nisbatan estetik baho berishga o‘rganadilar.

Ularda tasviriy san’at asarlarini tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg‘uni,

munosabatni tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarda badiiy ijodiy o‘stirishda muhim

rol egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o‘sishi-bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok

etishni va obraz yaratishda zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikmalarni egallash hisoblanadi.

Masalan: tabiatga yoki istirohat bog‘iga sayr, kuz faslida ekskursiya uyushtirish.

Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak atrofni kuzatiishda kelib chiquvchi estetik

his-tuyg‘u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to‘g‘ri baho berish, Vatanga

nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin.

Bolalarni o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga

yoqadigan, ular ko‘rganda quvonadigan qilib yaratish-bu badiiy, axloqiy

tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi.

rasm, loy, qurish materialllari bo‘yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy

faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo‘ladi.

Ularni o‘quv faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni tinglashga, uning ko‘rsatmalarini

bajarishga o‘rgatadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani hal etishda, uning asosiy va muhim

hal etish yo`llarini-izlab topish bu o‘quv faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir.

Tasviriy faoliyat jarayonida o‘z ishini nazorat qilib borish, maktabda vazifalarni

bajarida ham rol o‘ynaydi. Shuningdek bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik

jihatdan ham tayyorlanib boradi. Maktabda: qiziqishga hoxish, yangiliklarni bilishga

intilish, maqsad sari intilish, tartibli holda shug‘ullanish va shu kabilar. Shunday qilib,

tasviriy faoliyat jarayonida olgan malakalar bolalarni maktab hayotiga tezda kirishib

ketishiga asos bo‘ladi.

Shunday qilib, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalardagi badiiy did va

ijodiy qobiliyatlar o‘sadi va bu orqali maktabda o‘qishga tayyorlanib boriladi. Chunki

bolalar predmetlar bilan uzviy bog‘lanadilar, ularning o‘ziga hos sifatlari, shakli,

rangi bilan, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o‘xshashligini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

162

aniqlaydilar, bu esa, bolalarni sensor tarbiyalashga, ko‘rgazmali, obrazli fikr

yuritishga imkon beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.

Sh.T.Nurmatova “Tasviriy faoliyatga o`rgatish nazariyasi va metodikasi”

Uslubiy qo`llanma 2018 y.

2.

Chorieva,

D.

(2020).

DIAGNOSTICS

AS

A

BRANCH

OF

PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND TYPE OF

RESEARCH ACTIVITY OF A TEACHER. European Journal of Research and

Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).

3.

Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI

OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda

pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.

4.

Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С

АГРЕССИВНЫМИ ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и

возможности для личностного роста (pp. 152-161).

5.

Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях

дошкольного образования. Актуальные проблемы современного образования:

опыт и инновации, 86.

6.

Чориева, Д. А., & Ражабова, Г. Ф. (2022). ЗНАЧЕНИЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО

ДИАГНОСТИЧЕСКОГО

СРЕДСТВА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.

Results of National Scientific Research International Journal, 1(6), 327-343.

7.

Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА

ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН

ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона

Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети

Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва

педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.

б. доценти. Образование и инновационные исследования международный

научно-методический журнал, (9), 99-102.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

163

8.

Chorieva, D. A. BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY

MAHORATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 385.

9.

Anvarovna, C. D. (2024). MANAGEMENT OF INNOVATIVE PROCESSES

IN

PRESCHOOL

EDUCATION.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 58-62.

10.

Anvarovna, C. D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK

DIAGNOSTIKA

VA

KORREKSIYALASHNING

О

‘ZIGA

XOS

XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В

МИРЕ, 37(6), 48-53.

11.

Anvarovna,

C.

D.

(2024).

TA’LIM-TARBIYA

JARAYONIDA

INNOVATSION

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK

DIAGNOSTIK

SAMARALI

METODLARDAN

FOYDALANISH.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 54-57.

12.

Choriyeva, D., & Ahmadova, S. (2023). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

ertaklarning ahamiyati. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali, 1(2-3).

13.

Durdona, C. (2023, December). KREATIVLIK ORQALI BOLALARNING

QOBILYATLARINI OSHIRISH. In " Conference on Universal Science Research

2023" (Vol. 1, No. 12, pp. 302-305).

14.

Durdona, C. (2023). BOLALARDA KREATIVLIK QOBILYATINI

RIVOJLANTIRISH. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN,

1(5), 265-270.

15.

Choriyeva, D. (2023). OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA

AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY VAZIFALAR. Talqin va tadqiqotlar,

1(32).

16.

DURDONA, C., & SHAHNOZA, K. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING

O ‘RNI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(7), 191-196.

Most read articles by the same author(s)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Shodiyeva Mashhura Eshmamat qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATI MODELI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Omonova Nigina Davron qizi, O‘YIN BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Axmadjanova Mavludaxon Akramjon qizi, IJTIMOIY PEDAGOGIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI VA ASOSIY TAMOYILLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ergasheva Mahliyo Baxtiyor qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNAT TARBIYASIGA O`RGATISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Mohichehra Amatjon qizi, BOLANI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEKSHIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, To`lanova Muxlisa Abbos qizi, MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARINING OILA BILAN HAMKORLIGI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rejabova Xurshida Otabek qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY RIVOJLANTIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Kumushoy Anvarjon qizi, MAKTABNING BOLA SHAXSIGA QO`YADIGAN ASOSIY TALABLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Zaylobiddinova Muxtasar Abdumajid qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATINING MAQSADI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ibragimova Laylo Shuxrat kizi, EDUCATING CHILDREN THROUGH FAIRYTALES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

1 2 > >>