Authors

  • Choriyeva Durdona Anvarovna
  • Ortiqboyeva Marjona Toxir qizi

Author Biographies

  • Choriyeva Durdona Anvarovna

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti

  • Ortiqboyeva Marjona Toxir qizi

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo`nalishi 4 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94314

Abstract

Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama rivojlantirish, axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruxiy jixatdan tayyorlash, mehnat qilish xohishini singdirib borishdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

128

FAOLIYAT MARKAZLARIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALAR MEHNATINI TASHKIL ETISH

Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,

Ortiqboyeva Marjona Toxir qizi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi yo`nalishi 4 kurs talabasi

Mehnat tarbiyasining asosiy maqsadi bolalarni har tomonlama rivojlantirish,

axloqli qilib tarbiyalash, kelajakdagi mehnat faoliyatiga ruxiy jixatdan tayyorlash,

mehnat qilish xohishini singdirib borishdir.

Mehnat tarbiyasining vazifalari xilma-xildir, shuning uchun ularni guruhlar

bo‘yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi (V.I.Loginova):

Birinchi guruh vazifalari bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga pedagogik

ta’sir ko‘rsatish bilan belgilanadi:

1.

Bolalarni maqsad qo‘yishga, mehnat malakalari, ko‘nikmalari, mehnat

madaniyati bo‘yicha kerakli materiallar va mehnat qurollarini tanlab olishga

o‘rgatish.

2.

Bolalarda bo‘lajak mehnat faoliyatini shakllantirish, mehnat

jaryonlarini mehnatda qatnashuvchilar o‘rtasida taqsimlash, mehnatda yaxshi

natijalarga erishish malakalarini shakllantirish.

3.

Mehnat faoliyatining dastlabki ijtimoiy sabablarini shakllantirish,

buyumlar va harakatlarga qiziqish uyg’otish orqali mehnat natijalariga erishish, katta

guruhlarda esa mehnatning ijtimoiy ahmiyatli ekanligini tushinib yetish.

Ikkinchi guruh vazifalari kattalar mehnatiga ijobiy munosabatni tarbiyalashga

qaratilgan:

1)

Bolalarga kattalarni qanday natijalarga erishish uchun mehnat

qilayotganini tushuntirish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

129

2)

Bolalarda mehnat axliga hurmatni, ularga qo‘lidan kelganicha yordam

berish xohishlarini tarbiyalash.

3)

Kattalarning mehnat natijalarini asrab-avaylashga o‘rgatish.

Uchinchi guruh vazifalari mehnat faoliyatida bola shaxsini shakllantirishga

qaratilgan:

-

Bolalarda mehnatsevarlik, har qanday mehnatda katnashish, boshlagan

ishini oxiriga yetkazish uchun bor kuchini ayamaslik, o‘z shaxsiy mehnatiga nisbatan

to‘g’ri munosabatni tarbiyalash.

-

Javobgarlik,

mustaqillik,

maqsadga

qaratilganlilik,

qat’iylik,

tashabbuskorlik va faollik, sabr-matonatlilik, chidamlilik kabi bola shaxsining

axloqiy sifatlarini tarbiyalash.

-

Madaniy xulq va o‘z tengdoshlariga nisbatan ijobiy munosabatni

tarbiyalash, o‘zaro kelishgan holda birga ishlay olish, jamoa ishida natijaga

erishguncha o‘z mehnati bilan qatnashish, o‘zi va o‘rtoqlarining mehnatini xolisona

baholash, yordam berish va hokazo...

Bolalar mehnatining mazmuni «MTTda ta’lim va tarbiya dasturi»ning

birinchi va ikkinchi kichiq guruhlar uchun «Mehnat faoliyati uchun zamin

tayyorlash» bo‘limida, o‘rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlarida esa «Mehnat»

bo‘limida berilgan.

Kattalar mehnati bilan tanishtirish hamma yosh guruhlari uchun

«Mashg’ulotlarda ta’lim berish», «Tevarak-atrof bilan tanishtirish va ijtimoiy hayot

xodisalariga qiziqishni tarbiyalash» bo‘limlarida berilgan. Katta va maktabga

tayyorlov guruhlari uchun qo‘l mehnatining mazmuni «Qurish-yasash» bo‘limida

berilgan.

Dasturda bolalar mehnatiga mustaqil faoliyat va axloqiy tarbiyaning vositasi

sifatida qaraladi.

Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni

kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ularga kattalarning mehnati ijtimoiy-foydali

mehnat bo‘lib, narsa va buyumlarni yaratishga qaratilganligi, ular har bir kishi va

butun xalq uchun zarur ekanligi to‘g’risida tushuncha berib boriladi. Masalan,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

130

o‘simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish orqali ulardan olinadigan mahsulot kimlar

uchun va nima maqsadda ishlatilishi to‘g’risida bilim va tushunchalar berib boriladi.

Kattalarning mehnati bilan tanishtirish yana quyidagi maqsadni ko‘zlab ham

amalga oshiriladi: kattalar mehnati to‘g’risida aniq bilim va tasavvurlar berish,

mehnatni va mehnat natijalarini qadrlashga o‘rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbat

uyg’otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni sifatli bajarishga o‘rgatish.

Kattalar mehnati bilan tanishtirishning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:

- har bir kishi mehnatining ijtimoiy moxiyati;

- mehnat ahli o‘rtasidagi ijobiy o‘zaro yordam berish munosabati;

- har qanday kasb ham muxim ekanligini tushuntirish.

Mehnat faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari bilan tanishtirish:

1.

Mehnatning maqsadi, uning ijtimoiy ahamiyati;

2.

Materiallarni tanlash (mehnat materiallari);

3.

Jihozlash (mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan asboblarni tayyorlab olish);

4.

Mehnat jarayoni (maqsadga erishish uchun bajariladigan mehnat

harakatlari);

5.

Natija-mehnat mahsuli.

MTT dasturiga binoan har bir yosh guruhidagi bolalar kattalar mehnati

to‘g’risida quyidagi bilim va tasavvurlarni egallab olishlari lozim:

Kichik guruh:

1. Ayrim kasb egalarining mehnat jarayoni.

2. Mehnat jarayonidagi mehnat harakatlari.

3. Mehnat jarayonini amalga oshirish uchun kerakli materiallar.

4. Ma’lum bir mehnat jarayonini bajarish uchun jihozlar.

5. Mehnat natijasi.

6. Kishilar mehnatining ijtimoiy ahamiyati.

O‘rta guruhda mehnat to‘g’risida qo‘shimcha tasavvur va bilimlar beriladi:

- Harakat sifati xakida.

- Kishilarning mehnatini yengillatuvchi moslamalar.

- Kishilarning mehnatga muhabbati.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

131

Katta va maktabgacha tayyorlov guruhida yana yangi tasavvur va bilimlar

beriladi:

1.

Kishilar mehnatini yengillatadigan mashina va mexanizmlar to‘g’risida.

2.

Kishilar mehnati jamoa harakterida ekanligi to‘g’risida.

3.

Jamoa mehnati jarayonida kishilarning o‘zaro munosabatlari to‘g’risida.

4.

Mehnat qahramonlari, xalqimizning mehnat an’analari xaqida.

Kattalar mehnati bilan tanishtirishning vosita va metodlari MTT da bolalarni

kattalar mehnati bilan tanishtirish har xil tashkiliy yo‘llar va metodlar orqali amalga

oshiriladi.

Birinchi yo‘l – ekskursiya, mashg’ulot, maqsadli sayrlar orqali bolalarni

kattalar mehnatiga yaqinlashtirish. Bunda kuzatish, kino va diafilm, diapazitiv,

teleeshittirish, badiiy adabiyot, ko‘rgan va eshitgani to‘g’risida suhbat, tarbiyachi va

bolalarning hikoyalari. Tarbiyachining hikoya va tushuntirishi, didaktik o‘yinlar kabi

turli-tuman metodlardan foydalaniladi.

Ikkinchi yo‘l – mashg’ulot va mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda kattalar

mehnatini bolalarga yaqinlashtirish. Gigienik va pedagogik jihatdan mumkin bo‘lgan

ishlarni (binoni tozalash, idish yuvish, yuvilgan kirlarni dazmollash va tahlash,

bayram kiyimlarini tikish, bolalar bilan o‘yin, mashg’ulot uchun kerakli materiallarni

tayyorlash va boshqalar) bolalar oldida bajarish. Kuzatish, ko‘rsatib tushuntirish,

suhbat, tarbiyachining so‘zlab berishi va shunga o‘xshash materiallardan

foydalaniladi. Kuzatishdan keyin bolalar bilan shunga o‘xshash mehnat turlarini

tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lar edi: kutubxonaga borib kelgandan keyin

yirtilgan kitoblarni yamash, modalar atelesiga borib kelgandan keyin qo‘g’irchoqqa

kiyim tikish va hokazolar.

Uchinchi yo‘l – bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari.

Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari har xil bo‘lishi mumkin (xona

o‘simliklarini yuvish, polizda ko‘chat yoki urug’larni ekish uchun jo‘yaklar

tayyorlash, binoning ichini tozalash va h.k.).

Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlarini tashkil etish shakllari ham

ish mazmuniga qarab har xil bo‘ladi:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

132

1.

Asosiy ishni kattalar bajarishadi, bolalar qo‘llaridan kelganicha yordam

beradilir.

2.

Tarbiyachi ishni boshlab beradi, qolganini bolalar o‘zlari mustaqil

davom ettirishadi.

3.

Kattalar boshlab beradi, bolalar davom ettiradi, keyin esa bolalar va

kattalar birgalikda bajarishadi.

Bolalar kattalar bilan birgalikda mehnat qilishlari orqali mehnat malaka va

ko‘nikmalarini tez va oson egallab oladilar, ularning kattalar mehnati to‘g’risidagi

bilimlari boyidi, bunday mehnat bolalarga quvonch bag’ishlaydi.

Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirishda hamma metod va vositalardan

keng ravishda foydalaniladi.

Shunday qilib kattalar mehnati bilan tanishtirish bolalar mehnat va axloqiy

tarbiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Mehnat qilish muntazam tarzda bo‘lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa va

kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, u tarbiya vositasiga aylanadi.

O‘z-o‘ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo‘lib, unda bolalar

ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqatlanishga, yuvinishga, kiyinish va yechinishga,

o‘yinchoqlarni yig’ishtirib qo‘yishga o‘rgatiladi. O‘z-o‘ziga xizmat qilish jarayonida

bolalarda mustaqillik, ma’lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi,

bolalar qo‘llaridan kelgan ishni o‘zlari bajarishga o‘rganadilar. O‘z-o‘ziga xizmat

bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg’otadi, batartiblikka, intizomli

bo‘lishga, xulq-odobga o‘rgatadi.

Bolalar xo‘jalik-maishiy mehnatga MTTda va oilada jalb etiladi. Uning

mazmuni har xil bo‘ladi: xona va MTT maydonchasini yig’ishtirish, stolni bezatish

va stoldagi idish tovoqlarni yig’ishtirish,choy idishlarini, kug’irchoq kiyimlarini,

mayda narsalarni yuvish, mashg’ulotga kerakli materiallarni tayyorlab qo‘yish,

mashg’ulotdan keyin stol ustidagi narsalarni yig’ishtirib olish va hokazo.

Tabiatdagi mehnat bolaning har tomonlama rivojlanishida muxim ahamiyatga

ega bo‘lib, o‘simlik va hayvonlar, yil fasllari, jonsiz tabiat to‘g’risidagi bilimlar

manbai, bolalarda mehnatsevarlikni, tabiatga extiyotkorlik munosabatini tarbiyalash


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

133

vositasidir, shu bilan birga bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni ekishga

tayyorlash va o‘g’itlash, ko‘chatni o‘tkazish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish

kabi bir qancha mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallab oladilar. Mehnatning

asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar organizmini chiniktiradi, ularning

sog’ligini mustaxkamlaydi.

Qo‘l mehnati - mashg’ulot, o‘yinlarga mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan

o‘yinchoq va qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha bolalar mehnatidir (qog’oz

qiyqimlarini tashlash uchun, o‘simliklar urug’i uchun qutichalar, qo‘g’irchoq

kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va shunga o‘xshash narsalar tayyorlash).

Qo‘l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi narsa, buyum vujudga

keladi. Bolalar yopishtirish, bo‘yash, qirqish, arralash, mix qoqishni, tikish va shunga

o‘xshash oddiy mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallab oladilar. Ularda ijodkorlik,

topog’onlik, zexnlilik xislatlari o‘sadi.

Bolalarda mehnat faoliyatini shakllantirish. Mehnat faoliyati har xil mehnat

jarayonlaridan tashkil topgan, har xil mehnat turlarini birlashtiruvchi keng

tushunchadir. Mehnat jarayoni-mehnat faoliyatining o‘ziga xos bir bo‘lagi bo‘lib,

uning tarkibida esa mehnat faoliyatining hamma tarkibiy qismlari, mehnatning

maqsadi, material va mehnat qurol-aslaxalari, biron natijani yuzaga keltirish

maqsadiga erishish uchun sarf qilingan barcha mehnat harakatlari, mehnat sabablari

va mehnat maxsuli yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Mehnat faoliyatini egallash – bu birinchi navbatda mehnat jarayonini uning

tarkibiy qismlari bilan birgalikda egallab olishdir. Shunga qarab bolalarning mehnat

tarbiyasi vazifalari belgilanadi va ular qo‘yidagilardan iboratdir:

1.

Bolalarni bo‘lajak mehnat faoliyati oldidan maqsad qo‘yishga o‘rgatish.

2.

Mehnat jarayonini, mehnat faoliyatini rejalashtirib olishga o‘rgatish.

3.

O‘z ish joyini tayyorlab olishga, mehnat madaniyatiga o‘rgatish.

4.

Mehnat malakasi va ko‘nikmalarini o‘rgatish.

5.

Bajarilgan mehnatning natijasi, sifati va ahamiyati, qancha vaqtda

bajarilganligiga qarab o‘zining va boshqalarning ishini to‘g’ri baholashga o‘rgatish.

6.

Mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

134

7.

Jamoa mehnat faoliyati vaqtida bolalarda ijobiy munosabatlarni

shakllantirish.

Maqsad qo‘yish. Maqsad qo‘yish kattalar taklif etgan maqsadni qabul

qilishdan boshlab to o‘zi mustaqil maqsad qo‘yadigan bo‘lguncha rivojlanib boradi

(o‘simlikka suv quyishdan to uni o‘stirguncha). Bolalarning o‘z oldilariga maqsad

qo‘yib ish bajarishlarini rivojlantirishlari uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:

1.

Bolalar mehnat qilishdan ko‘zlangan maqsadni tushinib yetishlari kerak

(nima uchun u yoki bu ishni bajarishlari kerak, undan ko‘zlangan natija nima?);

2.

Kutilgan natijani rasm, qurilma va shunga o‘xshashlar tarzida

ko‘rsatmali tasavvur eta bilish;

3.

Ishning mo‘ljallangan vaqtda bajarilishi;

4.

Bolalar kuchi yetadigan ishlarni qilishi (masalan, ko‘chat o‘tkazish,

o‘simlikni sug’orish, ularni parvarish qilish vahokazo..) kerak.

Bola o‘z mehnatidan ma’lum bir natijaga ega bo‘lishni anglab yetgan

taqdirdagina u mehnat faoliyatining maqsadini mustaqil belgilaydi va ishtiyoq bilan

mehnat qiladi.

Mehnat malakalari va ko‘nikmalarini egallab olish – Maktabgacha ta’lim

yoshidagi bolalar mehnati jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Agar bola

mehnat harakatlarini bilmasa, u hech qachon mehnat natijasiga erisha olmaydi.

Bolalar mehnat malakalari va ko‘nikmalarini egallab olganlaridagina mehnat

jarayonini bajonidil bajaradilar. Masalan, tikishda ipni o‘lchab kesib olish, ninaga

o‘tkazish, uchini tugish, tikish; o‘yinchoq yasash uchun egish, bukish, tahlash,

burchaklarini bukish, qirqish, tikish kabi mehnat harakatlarini egallab olishlari kerak

bo‘ladi. Bu ish harakatlarini ma’lum tartib bilan bajarish uchun har bir bola o‘z

mehnat faoliyatini rejalashtirib ola bilishi kerak.

Avvaliga mehnat faoliyatini rejalashtirib olishni bolalarga tarbiyachi

o‘rgatadi: mehnat maqsadini tushuntiradi, kerakli materiallarni, mehnat qurollarini

tanlaydi va uni har bir bola oldiga tayyorlab beradi va bolalarga mehnat faoliyati

jarayonini qanday tartibda bajarish kerakligini tushuntiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

135

Mehnatning sababi, ya’ni bola nima uchun mehnat qilishini bilishi kerak. Bu

quyidagi shart-sharoit ta’sirida rivojlanadi:

1.

Bolalar mehnatidan keladigan natijani va uning ijtimoiy mohiyatini

bilishlari kerak.

2.

Bolalar yasagan buyumlardan MTTda, oilada foydalanish kerak.

3.

Bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatini amaliy jihatdan tashkil etish.

4.

Bolalar mehnatining natijasini, uning boshqa kishilar uchun foydasini

baholash.

Shunday qilib, mehnat jarayonining undagi tarkibiy qismlar bilan egallab

olinishi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining boshlanishi

hisoblanadi.

Tarbiyachi bolalarni o‘simlik va hayvonlarni kuzatishga, o‘zgarishlarni

aniqlab borishga, burchakdagi o‘simlik va hayvonlarga g’amxo‘rlik bilan

munosabatda bo‘lishga, ularda yuz beradigan o‘zgarishlarni ko‘ra bilish va ular

to‘g’risida so‘zlab berishga o‘rgatadi. Yozda navbatchilarga ertalab gulpushtalarni

sug’orish, guldasta tuzash, gul solingan guldonlar suvini almashtirish topshiriladi.

Bolalarning mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllaridan yana biri qo‘l

mehnati bo‘yicha mashg’ulotdir. Bilim va malaka birinchi marta berilayotgan bo‘lsa

va tushuntirish hamda barcha bolalarga yaqqol, ko‘rgazmali qilib ko‘rsatishni talab

etgan xollarda ana shunday mashg’ulotlar o‘tkaziladi.

Bolalarning jamoa mehnati dastlabki jamoachilik asoslarini shakllantirishda

muhim ahamiyatga ega. Jamoa mehnatida birgalikda harakat qilish, o‘zaro yordam,

shu bilan birga mehnat taqsimoti ham mujassamlashgan bo‘ladi. Bunda mehnat

yutuqlaridan birgalikda quvonadilar, ish yaxshi chiqmasa birgalikda qayg’uradilar.

Mehnat bolalarga quvonch bag’ishlaydigan qilib rejalashtirilishi lozim. U

ma’lum izchillik bilan amalga oshirib borilishi kerak. Mehnat qilishlari uchun hamma

bolalarga yetarli miqdorda kerakli qurollar, asboblar bo‘lishi, ular bolalarning

yoshiga, imkoniyatiga mos kelishi, o‘zlari mustaqil foydalanadigan qilib

joylashtirilishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

136

1.

N.Kayumova “Maktabgacha pedagogika” Darslik 2019 y.

2.

Chorieva,

D.

(2020).

DIAGNOSTICS

AS

A

BRANCH

OF

PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND TYPE OF

RESEARCH ACTIVITY OF A TEACHER. European Journal of Research and

Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).

3.

Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI

OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda

pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.

4.

Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С

АГРЕССИВНЫМИ ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и

возможности для личностного роста (pp. 152-161).

5.

Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях

дошкольного образования. Актуальные проблемы современного образования:

опыт и инновации, 86.

6.

Чориева, Д. А., & Ражабова, Г. Ф. (2022). ЗНАЧЕНИЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО

ДИАГНОСТИЧЕСКОГО

СРЕДСТВА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.

Results of National Scientific Research International Journal, 1(6), 327-343.

7.

Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА

ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН

ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона

Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети

Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва

педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.

б. доценти. Образование и инновационные исследования международный

научно-методический журнал, (9), 99-102.

8.

Chorieva,

D. A. BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY

MAHORATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 385.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

137

9.

Anvarovna, C. D. (2024). MANAGEMENT OF INNOVATIVE PROCESSES

IN

PRESCHOOL

EDUCATION.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 58-62.

10.

Anvarovna, C. D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK

DIAGNOSTIKA

VA

KORREKSIYALASHNING

О

‘ZIGA

XOS

XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В

МИРЕ, 37(6), 48-53.

11.

Anvarovna,

C.

D.

(2024).

TA’LIM-TARBIYA

JARAYONIDA

INNOVATSION

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK

DIAGNOSTIK

SAMARALI

METODLARDAN

FOYDALANISH.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 54-57.

12.

Choriyeva, D., & Ahmadova, S. (2023). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

ertaklarning ahamiyati. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali, 1(2-3).

13.

Durdona, C. (2023, December). KREATIVLIK ORQALI BOLALARNING

QOBILYATLARINI OSHIRISH. In " Conference on Universal Science Research

2023" (Vol. 1, No. 12, pp. 302-305).

14.

Durdona, C. (2023). BOLALARDA KREATIVLIK QOBILYATINI

RIVOJLANTIRISH. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN,

1(5), 265-270.

15.

Choriyeva, D. (2023). OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA

AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY VAZIFALAR. Talqin va tadqiqotlar,

1(32).

16.

DURDONA, C., & SHAHNOZA, K. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING

O ‘RNI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(7), 191-196.

Most read articles by the same author(s)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Shodiyeva Mashhura Eshmamat qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATI MODELI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Omonova Nigina Davron qizi, O‘YIN BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Axmadjanova Mavludaxon Akramjon qizi, IJTIMOIY PEDAGOGIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI VA ASOSIY TAMOYILLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ergasheva Mahliyo Baxtiyor qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNAT TARBIYASIGA O`RGATISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Mohichehra Amatjon qizi, BOLANI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEKSHIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, To`lanova Muxlisa Abbos qizi, MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARINING OILA BILAN HAMKORLIGI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rejabova Xurshida Otabek qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY RIVOJLANTIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Kumushoy Anvarjon qizi, MAKTABNING BOLA SHAXSIGA QO`YADIGAN ASOSIY TALABLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Zaylobiddinova Muxtasar Abdumajid qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATINING MAQSADI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ibragimova Laylo Shuxrat kizi, EDUCATING CHILDREN THROUGH FAIRYTALES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

1 2 > >>