Liy ta’lim muassasalari talabalarida muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda rolli (o‘yinli) muloqot

  • Самаркандский Государственный Университет, Узбекско-финский педагогический институт
CC BY f
247-249
40
23
Поделиться
Хасанов, А. (2022). Liy ta’lim muassasalari talabalarida muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda rolli (o‘yinli) muloqot. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 247–249. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp247-249
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada pedagogika oliy o'quv yurtlari talabalarining malakasini oshirish jarayonini o'zgartirishni nazarda tutuvchi "kommunikativ kompetentsiya" ni shakllantirishga e'tibor qaratish zarurligi ta'kidlangan. Aytishlaricha, u butun faoliyati davomida uni yaxshilashga harakat qilishi kerak.

Похожие статьи


background image

247

OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA MULOQOT

KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA ROLLI

(O‘YINLI) MULOQOT

A.A.Xasanov ( SamDU O‘zFinPI)

Abstract. This article emphasizes the need to focus on the formation of

"communication competence", which involves changing the process of professional
development of students of pedagogical universities. It is said that he should strive to
improve it throughout his career.

Keywords: communication competence, future teacher, approach, intensive teaching,

role communication, communication situation, verbal and nonverbal means, authentic
materials

Respublikamizda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan talab va munosabat yildan-yilga

oshib bormoqda. Xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar
ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 20
19-
yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli qarori, “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni
o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PF-5117-sonli qarorlari fikrimizning yaqqol
isbotidir

O‘zbekistonning umumjahon ta’lim muhitiga kirishi, mehnat bozorida chet tilining

kasbiy ahamiyati pedagogik OTMda chet tilini o‘qitishni, pedagogik OTM talabalarining
kasbiy rivojlanishlari jarayonini o‘zgarishini nazarda tutuvchi, «muloqot kompetensiyasi»ni
shakllantirishga yo‘nalganligini talab etadi. Bo‘lajak o‘qituvchi mazkur kompetensiyaga ega
bo‘lishi va pedagogik OTMda o‘qish vaqtida uni egallashga ongli intilishi hamda butun
kasbiy yo‘li davomida uni takomillashtirishga intilishi kerak.

Til obyektiv voqyelik to‘g‘risidagi fikrni ifodalash vositasi hisoblanib, uning

xususiyatlari va qonuniyatlari boshqa fanlarning predmeti hisoblanadi, ushbu ma’noda til
o‘quv fan sifatida “fanlararo” hisoblanadi.

Muloqot kompetensiyasini rivojlantirish davomida

shaxsiy yo‘naltirilgan,

madaniyatshunoslik va kreativ kabi yondashuvlarni amalga oshirish jarayonida ta’lim
oluvchining shaxs xususiyatlarini inobatga olish, o‘quv jarayonining muloqot
motivasiyasiga katta e’tibor qaratiladi. Chet tilini egallash usullari qatorida rivojlantiruvchi
imkoniyatga ega bo‘lgani afzal hisoblanadi: fikr uyg‘otadi, uni ifodalash vositalarini
rivojlantiradi, hissiyotlarni, obrazli tasavvurlarni boyitadi, muloqotning umumiy
madaniyatini va umuman ijtimoiy xulqni takomillashtiradi.

Chet tili bo‘yicha mashg‘ulotlarda intensiv o‘qitish prinsiplarini amalga oshirish –

o‘quv materialini va o‘quv jarayonini rolli (o‘yinli) tashkil etish; G.A. Kitaygorodskaya
tomonidan ishlab chiqilgan jamoaviy (guruhli) o‘zaro aloqalar pedagogik OTM talabalarida
muloqot kompetensiyasini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib hisoblanadi.

Rolli muloqot ijtimoiy rollar bilan bog‘liq muloqot sifatida ifodalanadi, ya’ni ta’lim

oluvchilar shunchaki shaxs sifatida emas, balki avvalo ma’lum ijtimoiy rollarning
tashuvchilari siftida muloqot qiladilar. Har bir ijtimoiy rol ortida mazkur tilga oid
jamiyatning madaniy xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan, jamiyat tomonidan belgilangan nutqiy
va nonutqiy xulq me’yorlari mustahkamlanadi. Ta’lim oluvchilarning rollar-maskalarda
ifodalangan ijtimoiy rollarni egallashlari, ta’lim oluvchini unga zarur bo‘lgan verbal va


background image

248

noverbal standart strukturalarning me’yoriy bog‘liq majmui bilan rolni ijro etishi kerak
bo‘lgan vaziyatga “tushirish”ga imkon beradi, bu ularni qo‘llashning mustahkam malakasini
shakllantirishga ko‘maklashadi.

Ammo barcha rollar ijtimoiy va shaxslararo bo‘lganligi sababli, ijro etiluvchi va

haqiqiy rollar, lingvo-ijtimoiy-madaniy jihatdan nutqiy va nonutqiy xulqning me’yorlari va
stereotiplari bilan bog‘liq, muloqot kompetensiyani rivojlantirish uchun ikki vazifani hal
etish zarurati yuzaga keladi: 1) taklif etilgan rollarning maqsadi va ijro etish foydasini
tushuntirish (o‘qitishdan avval maqsadga muvofiq); 2) o‘qituvchi tomonidan verbal va
noverbal muloqot vositalari, modellari va xulq stereotiplari majmuini xorijiy va o‘z madaniy
sosiumlarida aniq ifodalash va tabaqalashtirish.

Muloqot kompetensiyasini rivojlantirish ijtimoiy-psixologik me’yorni, xulq

ssenariylari va modellarini qo‘llash adaptiv ko‘nikmalarini rivojlantirish va tili
o‘rganilayotgan jamiyatda ma’lum ijtimoiy yoki shaxslararo rolga xos bo‘lgan mazkur
me’yorlarni stereotiplashtirishga imkon beruvchi shaxsiy-rolli o‘zaro aloqalarning muayyan
sharoitlarini tashkil etishni nazarda tutadi.

Muloqot vaziyatining barcha asosiy komponentlarini hisobga olishga katta e’tibor

qaratish lozim bo‘lib, ularga quyidagilar taalluqli: muloqotchilar va ularning ijtimoiy rollari,
ular orasidagi munosabatlar, muloqot maqsadi, mazmuni, vositalari, joyi, vaqti va kanallari.
Ammo muloqot kompetensiyasining rivojlanishi nazarda tutilganida mazkur
komponentlarni hisobga olishgina yetarli emas. Bu holatda o‘quv faoliyatini tashkil
etishning asosiy birligi sifatida ta’lim oluvchilarga taklif etiladigan vaziyat didaktik vazifani
hal etishi kerak, ya’ni vaziyatga mos nafaqat leksik-grammatik vositalarni, balki xulqning
ma’lum stereotiplari va ssenariylarini ham kirituvchi me’yoriy nutqiy va nonutqiy xulqni
ta’minlashi kerak.

Modellashtirilgan vaziyatlar ta’lim oluvchilarga aniq bilimlarni berishi va verbal xulq

qat’iy tartibga solinadigan va inson nimani amalga oshirishi mumkinligi va bunda nimani
gapirishi mumkinligini to‘liq belgilab beradigan, standart nutqiy vaziyatlarda lingvo-
ijtimoiy-madaniy me’yorlardan foydalanish malakalarini hosil qilishi mumkin.

Shuningdek verbal vaziyatlarda nutq va xulq shakllarini tanlash ham muhim bo‘lib,

ular nutq shakli mazmun bilan yaqin bog‘lanmagan bo‘ladi. Bunday vaziyatda
suhbatdoshlarning ijtimoiy-shaxsiy o‘zaro munosabatlari, ularning umumta’limiy darajalari,
muloqotchlar tomonidan qo‘llaniladigan suhbatning ohangi, noverbal vositalar muhim
ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazkur tavsiflar ko‘pincha o‘zgarishi mumkinligi sababli, nutq
shakli ham o‘zgarishi mumkin, ammo mazmun o‘zgarmas bo‘lib qoladi.

Guruhli o‘zaro aloqaning batafsil tahliliga berilmay, muloqot kompetensiyasining

rivojlanishi nuqtai nazaridan ahamiyatli bo‘lgan ayrim jihatlarga to‘xtalib o‘tamiz: a)
o‘quvchilar bir-birlari bilan faol muloqot qiladilar; b) ular o‘rtasida yaxshi o‘zaro
munosabatlar yuzaga keladi; c) har kimning muvaffaqiyatining sharti boshqalarning
muvaffaqiyati hisoblanadi.

Talabalarga xos bo‘lgan nutqiy va nonutqiy xulq me’yorlari bilan tabiiyga yaqin

vaziyatlarda muloqot qilib, o‘zaro aloqaga kirishadilar. Bunda ular nafaqat o‘zlarining
bevosita suhbatdoshlariga, balki boshqa insonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi fikrlarni inobatga
olishlari zarur. Bu muloqotni o‘rgatishda muloqot xulqining refleksivligi jihatini
kuchaytirishga olib keladi.

O‘qish davomida talabalarning faol o‘zaro aloqalar ularning har birida o‘zini,

o‘zining yangi nutqiy va nonutqiy xulqini yanada aniq idrok etish hamda muloqot bo‘yicha
o‘z sheriklarini baholash ehtiyojini tug‘diradi. Shu tariqa, muloqot jarayonida insonning
o‘z-o‘ziga, muloqotda o‘z xulqiga ekstrapolyasiyasi sodir bo‘ladi.


background image

249

G.A.Kitaygorodskaya ta’kidlaganidek, intensiv o‘qitishda axborot almashish va

o‘zaro boyitish jarayonida o‘quvchilarning doimiy faol jalb etilganliklarini ta’minlashi
kerak bo‘lgan, o‘quv o‘zaro aloqalari turlari to‘g‘risidagi masala alohida ahamiyatga egadir.
Buning uchun quyidagilar qo‘llaniladi: 1) juftlikda ishlash; 2) uchlikda ishlash; 3) kichik
guruhda; 4) ikki jamoada; 5) o‘quvchi – guruh; 6) o‘qituvchi – guruh; 7) o‘qituvchi – kichik
guruh tartibida ishlash va h.k.

Muloqot kompetensiyasining rivojlanishi o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan,

ta’lim oluvchilarning haqiqiy muloqot faoliyatlarini modellashtiruvchi vaziyatlar orqali
mumkin bo‘lganligi sababli, autentik materiallar (matnlar yoki videofonogrammalar),
muammoli topshiriqlardan foydalanish, mazkur jarayonda samarali va mahsuldor
hisoblanadi.

Shu tariqa, o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchini rolli xulqning ma’lum sifatlarini

buyurib, o‘qituvchi unga yangi madaniyatga jalb etish, uni tushunish va haqiqiy muloqotni
imitasiyalovchi jarayonda muloqot instrumenti sifatida qabul qilish imkonini beradi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari

(Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlardagi akademik litseylarda matematika o‘qitish misolida).
Ped.fan.dokt…diss. avtoref.

2.

Abdurakhmanova F.M. Psychosemantic features of translation into english in the

scientific literature // Theoretical & applied science

Учредители

:

Теоретическая

и

прикладная

наука

. – 2022. –

№. 2.

С

. 52-55.

3.

Ashurov A.A. Kommunikativ kompetensiya tushunchasi va uning mazmun

mohiyati. Scientific-methodological electronic journal “Foreign Languages in Uzbekistan”,
2020, No 1(30), 76–83.

4.

Китайгородская, Г.А. Активизация учебной деятельности / Г.А. Ки

-

тайгородская.

М.: Изд

-

во Моск. гос. ун

-

та, 1982.

Вып. 11.

173 с.

5.

Китайгородская, Г.А. Методика интенсивного обучения иностранным

языкам / Г.А. Китайгородская.

М.: Высш. шк.

, 1988. –

342 с.

6.

Ковальчук, М.А. Личность и ролевое общение в

интенсивном обучении

иностранным языкам / М.А. Ковальчук; Под ред. Г.А. Китайгородской.

-

М., 1990.

-

С.

19-27.

7.

Коршунов, Н.Л. О природе закономерностей педагогической деятельности /

Н.Л. Коршунов // Педагогика.

– 1993. –

№ 5.

С.

58-61.

8.

Ашуров, Шахобиддин саидович. "к проблеме типологии субстанциальных

синтаксем (на примере английского и узбекского языков)." ученый xxi века 2

-5

(2016).

Библиографические ссылки

Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlardagi akadcmik litseylarda matematika o‘qitish misolida). Ped.fan.dokt...diss. avtoref.

Abdurakhmanova F.M. Psychosemantic features of translation into english in the scientific literature // Theoretical & applied science Учредители: Теоретическая и прикладная наука. - 2022. - №. 2. - С. 52-55.

Ashurov A.A. Kommunikativ kompetensiya tushunchasi va uning mazmun mohiyati. Scientific-methodological electronic journal “Foreign Languages in Uzbekistan”, 2020, No 1(30), 76-83.

Китайгородская, Г.А. Активизация учебной деятельности / Г.А. Китайгородская. - М.: Изд-во Моск. гос. ун-та, 1982. - Вып. 11,- 173 с.

Китайгородская, Г.А. Методика интенсивного обучения иностранным языкам /Г.А. Китайгородская. - М.: Высш, шк.,1988.- 342 с.

Ковальчук, М.А. Личность и ролевое общение в интенсивном обучении иностранным языкам / М.А. Ковальчук; Под ред. Г.А. Китайгородской. -М., 1990.-С. 19-27.

Коршунов, Н.Л. О природе закономерностей педагогической деятельности/Н.Л. Коршунов //Педагогика.-1993. - № 5. - С. 58-61.

Ашуров, Шахобиддин саидович. "к проблеме типологии субстанциальных синтаксем (на примере английского и узбекского языков)." ученый xxi века 2-5 (2016).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов