AHMAD YASSAWI SECT: THE ISSUE OF ZIKR AND THE STATUS OF ZAKIR

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdullayeva , N. (2023). AHMAD YASSAWI SECT: THE ISSUE OF ZIKR AND THE STATUS OF ZAKIR. Modern Science and Research, 2(5), 438–440. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20244
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the issue of dhikr in Ahmad Yassavi and his sect, yassavi sect, Zakir status, analyzes of Proverbs, interpretation of dhikr in Proverbs, opinions on Zakir issue in Proverbs.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

438

AHMAD YASSAVIY TARIQATI: ZIKR MASALASI VA ZOKIR MAQOMI

Abdullayeva Nilufar Ibragim qizi

Termiz davlat universiteti O‘zbek adabiyotshunosligi 2-bosqich magistranti

E-mail:

nilufarabdullayeva789@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7941917

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Ahmad Yassaviy va uning tariqati, Yassaviy tariqatida zikr

masalasi, Zokir maqomi haqida so‘z yurutiladi, hikmatlarning tahlili, hikmatlarda zikr talqini,
hikmatlarda Zokir masalasi haqida fikrlar yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Ahmad Yassaviy, Devoni hikmat asari, tasavvuf, tariqat, nafs, Haqqa yetish,

Zokir obrazi, zikr usullari, arab tili.

AHMAD YASSAWI SECT: THE ISSUE OF ZIKR AND THE STATUS OF ZAKIR

Abstract.

This article discusses the issue of dhikr in Ahmad Yassavi and his sect, yassavi

sect, Zakir status, analyzes of Proverbs, interpretation of dhikr in Proverbs, opinions on Zakir
issue in Proverbs.

Keywords:

Ahmad Yassavi, Devani Hikmat's work, Sufism, sect, lust, truthfulness, Zakir

image, methods of remembrance,Arabic language.

СЕКТА АХМАДА ЯСАВИ: ПРОБЛЕМА ЗИКРА И СТАТУС ЗАКИРА

Аннотация.

В этой статье рассматривается вопрос Ахмада Яссави и его секты,

вопрос о зикре в суре Яссави, вопрос о статусе Закира, анализ пословиц, толкование зикра
в притчах, размышления о Закире в притчах.

Ключевые слова:

Ахмед Яссави, труд мудрости Девони, суфизм, тарикат, нафс,

достижение истины, образ Закира, методы зикра, арабский язык.


O‘zbet mumtoz adabiyoti hamda islom adabiyotining katta bir ustuni bo‘lgan Xoja Ahmad

Yassaviy Yassi yaqinidagi

Sayram shahri, taxminan XI asrning 2-yarmida yashab

ijod etgan. Yassaviy chigʻatoy tilida

ijod qilgan.

Yassaviy tugʻilgach, koʻp oʻtmay onasi

— Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi.
Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashgʻul boʻladi. Yassaviy opasi bilan
Yassiga koʻchib borgach, ustozi Arslon bobo bilan uchrashadi va undan tahsil oladi (“Yetti
yoshda Arslon bobom izlab topdim...”). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal
oʻzlashtirgan. Oʻsha zamonlarda ilm-maʼrifatning Movorounnahrdagi markazlaridan
boʻlgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yigʻilishgan. Arslon bobo
koʻrsatmasi bilan Yassaviy ham Buxoroga boradi. Davrning eng peshqadam olimi va sofiysi
Shayx Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, unga murid tushadi. Buxoroda u arab tili bilan
bir qatorda fors tilini ham chuqur oʻrganadi. Forsiyda yaratilgan tasavvufiy adabiyot bilan
tanishadi. Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy, Abdulloh Barqiy, Xoja Hasan Andoqiylar bilan
hamsuhbat va hammaslahat boʻlib, Yusuf Hamadoniy muridlari qatoridan oʻrin oladi.
Xoja Ahamad Yassaviyning bizgacha yetib kelgan asari “Devoni hikmat” bo‘lib,

"Devoni

hikmat"da ilohiy ishq va oshiqlik, Haqqa yetish sirlari, Zokir va uning ma’naviy
martabasi, maʼrifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari
nihoyatda samimiy va taʼsirli ohanglarda yoritib berilgan. "Devoni hikmat"dagi
barcha sheʼrlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod
namunalari ham kiritilgan. Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida maʼlum


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

439

oʻzgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning oʻnlab izdoshlaridan hech biri ustozlari
boshlagan

gʻoyaviy,

axloqiy,

maʼnaviy

maʼrifiy

va

mafkuraviy

yoʻnalishni

oʻzgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan oʻnlab
qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning "Javohir ul-abror min amvojil bihor" asari
ham toʻla tasdiqlaydi.

Ahmad Yassaviy Allohga boʻlgan ishqni haqiqiy sanaydi. Chin oshiqning sifatlariga diqqat

qaratadi. Xoʻsh, chin oshiq kim? Shoir nazdida chin oshiq boʻlish uchun “Alloh debon
ichga nur”ni toʻldirish, butun tanadagi tomir-u suyaklar larzaga kelgan holda “Haq zikri”ni
qilish, rohat farogʻatdan kechish lozim boʻladi. Shoir ishqni bebaho dur-gavharga
oʻxshatadi. Biroq bunday gavharni ishqsiz, nafs qutqusiga uchragan “har nomardga sotib”
boʻlmaydi. Ahmad Yassaviyning barcha hikmatlariga xos yana bir xususiyatni taʼkidlash
oʻrinli boʻladi. Bu – nafsga qarshi kurash masalasi. Shoir hamma vaqt nafsdek baloyi
azimni yenga olmagan odamga achinadi, unga tanbeh beradi. Nafsini jilovlagan odam
sabr-qanoatga erishadi.

Ahmad Yassaviy hikmatlarining tasavvuf falsafasiga tegishli jihatlari ustida mulohaza

yuritganda,

oshiqning

shariat,

tariqat,

maʼrifat

bosqichlaridan

oʻtib

haqiqat

martabasiga yetishini eslash oʻrinli boʻladi. Shoir bu bosqichlarda islom dini
hukmlarini oʻzida mujassam etgan shariatni yaxshi bilish zarurligini oʻqtiradi. Shuning
uchun ham “Shariatsiz tariqatga kirib boʻlmas”, “Tariqatga shariatsiz kirganlarni,
Shayton kelib imonini olur ermish” yoki “Soʻfinaqsh boʻlding valek hargiz musulmon

boʻlmading” kabi misralarni yozadi. Insonning soʻzi amaliga, tashqi koʻrinishi ichki
olamiga mos kelishi lozim. Tashqaridan qaraganda odam taqvodor soʻfiga oʻxshash –
soʻfinaqsh boʻlishi, lekin u amalsiz boʻlishi mumkin, bundaylarga Yassaviy tanbeh
berib “hargiz musulmon” boʻlmading deydi.

Ahmad Yassaviy tasavvufga inson maʼnaviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida

qaraydi. Tasavvuf negizida ruhiy tarbiya turadi. Ruhiy tarbiya bashariyatning toʻgʻri
yoʻldan yurishiga yordam beradi. Toʻgʻri yoʻl esa haqiqatni anglashga olib kelishi
lozim. Haqiqatni anglash oʻzlikni anglashdir. Bunga erishish uchun odam shariat
hukmlarini toʻla bajarishi va qalbida Yaratguvchiga muhabbat boʻlishi kerak.
Yassaviy har vaqt nafs haqida gapirganida unga insonning kamolotiga xalaqit
beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi. Nafsga “shum” sifati beriladi.
Shuningdek, shoir “nafsi bad”, “nafs yoʻli”, “nafs ilgi” singari istioralarni ham qoʻllaydi.
Adib toʻgʻridan toʻgʻri nafsga qarshi kurashni, uning yoʻrigʻiga yurmaslikni targʻib qiladi.
Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin
ifodalarda koʻrsatib beradi.

Yassaviy o‘z hikmatlarida Zokir kim va u qanday tarbiyalanishi, uning Alloh uchun

qilishi kerak bo‘lgan zikrlarini ham shoirlik yo‘li bilan chiroyli tavsiflab bera oladi o‘z
hikmatlarida.

Xulosa, Ahmad Yassaviy hayoti va ijodini o‘rganar ekanman, u shaxsning islom

olamida, tasavvuf tarixida o‘rni beqiyos ekanligiga yana birbor guvoh bo‘ldim.
Hikmatlarni tahlil qilish davomida har bir hikmatning xulosasida Allohga yetish, Haqni
tanish, zikr etish, imon keltirish va taqdirga ishonish kabi g‘oyalarning ilgari
surulganini bildim. Har bir hikmatning o‘zgacha bir hikmati bor, bir-birini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

440

takrorlamagan holda yangi va yangi g‘oyalarni ilgari suradi bu misralar, Yassaviy
ijodini qancha o‘rgag‘sak shuncha kam, hali bu baytlar qanchadan qancha oltinga teng g‘oya va
fikrlarni o‘zlarida yashirib turishibdi.

REFERENCES

1.

A.Saʼdiy. Yasaviy kim edi? (nashrga tayyorl. B. Doʻstqoraev) -T.: 1994.
E. Rustamov. Ahmad Yasaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi. «Oʻzbek tili va
adabiyoti» jurn. 1972, № 4-5;

2.

Fitrat. Ahmad Yasaviy. «Tanlangan asarlar» (nashrga tayyorl.H.Boltaboev). 2-jild. —T.:
Maʼnaviyat, 2000;

3.

I.Haqqul. Ahmad Yasaviy. Hayoti va ijod yoʻli. — T.: 2001.

4.

N.Hasanov. Turkiyada yassaviyshunoslik. -T.:1999.

5.

Saviya.Uz.
Arxiv.Uz

References

A.Saʼdiy. Yasaviy kim edi? (nashrga tayyorl. B. Doʻstqoraev) -T.: 1994.

E. Rustamov. Ahmad Yasaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi. «Oʻzbek tili va adabiyoti» jurn. 1972, № 4-5;

Fitrat. Ahmad Yasaviy. «Tanlangan asarlar» (nashrga tayyorl.H.Boltaboev). 2-jild. —T.: Maʼnaviyat, 2000;

I.Haqqul. Ahmad Yasaviy. Hayoti va ijod yoʻli. — T.: 2001.

N.Hasanov. Turkiyada yassaviyshunoslik. -T.:1999.

Saviya.Uz.

Arxiv.Uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов