CLASSIFICATION OF PHILOSOPHICAL DIDACTIC WORKS OF MIR ALISHER NAVOI

HAC
Google Scholar
To share
Shodmanova, I. (2024). CLASSIFICATION OF PHILOSOPHICAL DIDACTIC WORKS OF MIR ALISHER NAVOI. Modern Science and Research, 3(1), 471–475. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28274
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the classification of Mir Alisher Navoi's philosophical didactic works and their characteristics. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

471

MIR ALISHER NAVOIYNING FALSAFIY DIDAKTIK ASARLARI TASNIFI

Shodmanova Iroda

Bandixon tuman kasb-hunar maktabi ona tili va adabiyot fani òqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10524855

Annotatsiya. Mazkur maqolada Mir Alisher Navoiyning falsafiy didaktik asarlari tasnifi

va ularning o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan. Maqola davomida asosli
fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan. Maqola so’nggida xulosa va takliflar keltirilgan.

Kalit so’zlar: Alisher Navoiyning falsafiy didaktik asarlari, turkiy adabiyotning mashhur

va tengsiz vakili, ezgulik, adolat, nafosat.

CLASSIFICATION OF PHILOSOPHICAL DIDACTIC WORKS OF MIR

ALISHER NAVOI

Abstract. This article provides information about the classification of Mir Alisher Navoi's

philosophical didactic works and their characteristics. During the article, reasonable opinions
and considerations are mentioned. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Key words: philosophical didactic works of Alisher Navoi, famous and unparalleled

representative of Turkish literature, goodness, justice, sophistication.

КЛАССИФИКАЦИЯ ФИЛОСОФСКО-ДИДАКТИЧЕСКИХ

ПРОИЗВЕДЕНИЙ МИР АЛИШЕРА НАВОИ

Аннотация. B данной статье представлена информация о классификации

философско-дидактических произведений мир алишера навои и их характеристика. В ходе
статьи приводятся обоснованные мнения и соображения. Выводы и предложения
приведены в конце статьи.

Ключевые слова: философско-дидактические произведения алишера навои,

известного и непревзойденного представителя турецкой литературы, добро,
справедливость, утонченность.


Hazrat Alilsher Navoiy turkiy adabiyotning mashhur va tengsiz vakili hisoblanadi, boisi

ulug‘ mutafakkir turkiy til ravnaqi uchun mislsiz xizmat ko‘rsatgan. Navoiy ijodini ulkan
tog‘ning eng yuqori cho‘qqisiga qiyoslashadi. Bu, albatta, haq gap. Alisher Navoiy asarlari
zamirida bir olam ibratli ma’no hamda hayotiy saboq mujassam. Bu esa o‘z navbatida bizni haq
yo‘ldan og‘ishmay yurishimiz va komillikka yetishishimiz uchun zarur bo‘lgan hayotiy
saboqlardir.

Insonni olam gultoji deb ulug‘lagan hazrat Navoiyning butun hayoti ijodi zamiridagi

ezgulik, adolat, nafosat kabi yuksak tuyg‘ular dunyoni obod va munavvar qildi, bashariyatni
ma’naviy halokatdan qutqardi degan qat’iy ishonch mujassam. Nizomiddin Mir Alisher Navoiy
asarlarida orasida tinchlik va insonparvarlikni tarannum etuvchi g‘oyalar juda ko‘p uchraydi.
Mazkur asarlarda tinchlikning naqadar ulug‘ ne’mat ekanligi, osonlikcha erishib bo‘lmasligi
alohida e’tirof etiladi. Biz buning yaqqol misolini Navoiyning davlat arbobi sifatida yurt
ravnaqi, xalqning farovonligi yo‘lida qilgan barcha sa’y-harakatlari misolida ham ko‘rishimiz
mumkin.

Insonlarning eng ulug‘i o‘ziga ravo ko‘rgan yaxshilikni o‘zgalarga ham ravo

ko‘rganlaridir. Ya’ni: “Yaxshidin yomonlar ham yomonlig‘ ko‘z tutmas, yaxshi yomonlarg‘a ham


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

472

yaxshilig‘ni unutmas. Yaxshiliq qila olmasang, yomonliq ham bore qilma. Yaxshiliqdan
yomonlig‘ni yaxshiroq bilmasang, yaxshilarga qo‘shul, yaxshiliq tegrasida evrula olmasang,
yaxshilar tegrasida evrul”- deydi.

Ta’kidlash zarurki, falsafiy-didaktik asarlarini eng asosiylaridan biri bu «Hayratul-abror»

dostoni hisoblanadi.

«Hayratul-abror» («Yaxshilarning hayrati») dostoni 1488 yilda yozilgan bo`lib, 64 bobdan

tarkib topgan. Jami 3988 bayt (7976 satr)dan iborat. Dostonning 21 bobimuqaddima, 40 bobi-
asosiy qismi bo`lib, 20 maqolot, 20 hikoya va masaldan tashkil topgan. So`nggi 3 bobi-
xotimasidir.

Dostonning asosini 20 maqolot tashkil etadi, hikoya va masallar ularga ilovalar sanaladi.

Dastlabki to`rt maqolot imon, islom, salotin va «riyoyi xirqapo`shlar suluki» haqida bo`lib, keyingi
maqolotlarda axloqiy tushunchalar xususida bahs etadi. Shoir olg`a surgan axloqiy-ta`limiy
qarashlar silsilasida xulq-odobni, mehnatsevarlikni, saxovatpeshalikni, mehribonlik va
adolatpeshalikni, umuman, insonni sharaflovchi ezgu fazilatlarni targ`ib etish va insonni
tubanlashtiruvchi yaramas odat va xislatlarni shafqatsiz tanqid qilish yetakchi tamoyildir.

Jumladan, beshinchi maqolatda karam xususida mulohaza yuritiladi. Unda saxiylik bilan

baxillik bir-biriga qarshilantirilib, axloqiy mohiyatiga baho beriladi.

Shoir talqinicha, saxovat-olijanob insoniy fazilat, lekin uning o`ziga xos shartlari bor. Bular

tubandagilar; a) saxovat ehtiyojga nisbatan beminnat bo`lganidagina joizdir; b) saxiylik deb to`kib
sochish -isrofdir; v) kimdandir tama`girlik bilan saxovat kutish-haromdir.

Binobarin:

Oni saxiy anglagil, ey xushmand,
Kim ani davlat qilibon sarbaland.
Holi agar yaxshi durur, gar taboh,
Kimsadin etmas tama`i molu joh,
Har neki haq, bersa qanoat qilur,
Ham neki amr etsa itoat qilur.

(«Ey hushyor odam, sen shunday odamni saxiy deb bilki, baxt-davlat uning boshini yuqori

ko`tarib, ahvoli yaxshi bo`lsa ham, yomon bo`lsa ham birovdan molu amal tama` qilmasa. Bunday
odam xudo nima bersa-qanoat etadi, nimani buyursa-bo`ysunadi». («Hayratul-abror», Nasriy
bayon qiluvchi A. Hayitmetov. T., G`ASN, 1974, 49-6.) Navoiy saxovatni shu xilda
tushuntirarkan, kishilarning saxovatiga ko`z tikishdan ko`ra o`z qo`l kuchi bilan kun ko`rish
naqadar olijanob insoniy fazilatligini ko`rsatish maqsadida «Hotami Toyi hikoyati»ni keltiradi.

To`qqizinchi maqolotda ishqni vasf etsa, o`ninchi maqolotda rostgo`ylik va to`g`rilikdan

bahs yuritadi. Bunda shoir xilma-xil o`xshatishlar vositasida rostgo`ylik va to`g`riliknint
yolg`onchilik va egrilikdan afzallik xususiyatlarini ochib beradi. Nihoyat yolg`on so`zlashi tufayli
ovchi tuzog`iga ilingan durroj (tustovuq) holatini bayon etuvchi «Sher bilan durroj» masalini
keltiradi. Masalda keltirilishicha, bir beshada sher yashar, har gal bolalasa, chumolilar (mur) uning
bolasini nobud qilaverganidan yurak oldirib kuygandi.

Shu sababli:
Tishlabon ul moyai payvandini
Og`zida asrar edi farzandini.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

473

Biroq shu «beshada» bir durroj ham yashar, hamisha sher vahmidan cho`chiyverganidan

qo`qqisdan: «fir eta» uchar, bundan shervachcha seskanib ketardi. Bu holdan sher g`am chekardi,
Nihoyat sherning Ko`ngli bu ishdin bo`lib ozorlik, Boshladi durroj bila yorlik.

Va unga boshiga har qanaqa tashvish tushsa, ko`maklashmoqqa so`z berib, qo`qqisdan

uchaverib, uning bolasini qo`qitmasligini shart qilib qo`ydi. Endi durroj uning yonida cho`chimay
emin-erkin yashay boshlaydi. Hatto shu eminligiga ishonch hosil qilish uchun sherni sinamoqchi
bo`lib, bir gal ovchi domiga tushdim deya faryod ko`tardi. Sher uni qutqarmoqqa borsa, faryod
yolg`on bo`lib chiqadi. Durroj bu harakatini bir necha bor takrorladi. Shu sababli sher unga
ishonmay qo`ydi, Boshqa bir mahalda durroj chindan ham sayyod domiga tushadi. Bu gal u:

Qichqiribon dom aro ul mubtalo,
Necha dedi, tot meni tuttilo.
Sher kulogiga etib ul makol,
Savtini doyimgidek etti xayol.
Ko`p eshitib erdi bu yolg`onini,
O`yla gumon etti chin afg`onini.
Har necha kim rost fig`on ayladi,
Sidqini ham qkizb gumon ayladi.
Shu tarika, durroj o`z yolg`onining qurboni bo`ldi. Masaldan kelib chiqqan xulosa shu!
Alisher Navoiy ana shu axloqiy-ta`limiy qarashlarini butun hayoti va ijodiy faoliyatining

sintezi bo`lgan «Mahbub ul-qulub» («Qalb sevgilisi», 1500) asarida yanada chuqurlashtiradi. Bu
asar ustozlari Shayx Sa`diyning «Guliston», «Buston» va Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston»
singari didaktik bitiklari an`analaridan ijodiy ilhomlanib yozilgan bo`lib, tarkibiy jihatdan uch
qismdan iborat:

Birinchi qismi «Xaloyiq ahvoli va atf`oli kayfiyatida» («Kishilarning ahvoli, fe`l-atvori va

gap-so`zlarining ahamiyati haqida») bo`lib, 40 fasldan tashkil topgan. Ularda jamiyatdagi turli
ijtimoiy tabaqalar hamda ularning ijtimoiy mavqeini tavsiflash etakchilik qiladi. Odil podsholar,
beklar, nomunosib noyiblar (o`rinbosarlar), zolim podsholar, diyonatsiz sadrlar (mansabdorlar),
maqtanchoqlar, yasovullar, lashkarlar, shayxul-islom, qozilar, qonunshunos muftilar, mudarrislar,
tabiblar, mutasavvuflar (bularni nazm gulistonining xushovoz qushlari deb ataydi muallif),
kotiblar, maktab ahli, mutrib va mug`anniylar, ashulachilar, qissaguylar, va`zxonlar, munajjimlar,
savdogarlar, kosiblar, xalq amaliy san`ati ustalari, mirshablar, zindoniylar, qoravullar, dehqonlar,
bezorilar, g`arib va bechoralar, gadoylar, qushchilar va ovchilar, uylanish va xotinlar, riyokor
shayxlar, xarobot ahli-rindlar haqida batafsil ma`lumotlar berarkan, feodal jamiyatga xos ijtimoiy
tabaqalanish xususiyatlarini ochadi.

Bunday vaziyatda Navoiy o`z zamonasining ulkan jamiyatshunosi sifatida gavdalanadiki,

u bergan ma`lumot XV asrdagi ijtimoiy munosabatlar tarixini o`rganishda hamon qimmatli manba
sifatida xizmat qiladi.

Navoiy iqtidorli o`quvchilarni, olimlarni, kotiblarni, shoirlarni san`atkorlarni hurmat

qilishga chorlaydi. Uningcha o`qish ham, o`qitish ham g`oyat mas`uliyatli ish, chunki beqiyos
qunt, havas va g`ayratni talab etadi. Bolalarni savodli, bilimli qilish yo`lida o`qituvchi chekadigan
zah, mat ozmuncha emas. Binobarin, shogirdning burchi, garchi ustoz unga bir harf o`rgatgan esa-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

474

da, o`sha ustoz hurmatini joyiga qo`ymoqdan iborat. Shogird ustozni umr bo`yi izzat qilmog`i,
unutmasligi lozim:

Haq yo`lida kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,
Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Asarning ikkinchi qismi «Hamida af`ol va zamima hisol xosiyatida» («Yaxshi fe`llar va

xislatlar to`g`risida») tarzida nomlangan va u o`n bobdan iborat bo`lib, axloqiy masalalarga
bag`ishlangan. Unda inson axloqi yaxshi fe`llar va yomon xislatlarga bo`lingan holda talqin
qilinadi. Yaxshi fe`llar silsilasida tavba, qanoat, sabr, tavoze` va odob, ishq tavsiflanadi, ularning
mohiyatini ochish niyatida kichik-kichik tamsiliy voqealar keltirilib, inson kamolotidagi ahamiyati
ko`rsatiladi.

Asarning uchinchi qismi «Mutafarriqa favoyid va amsol surati» («Turli foydali maslahatlar

va maqollar») tarzida nomlangan bo`lib, 118 tanbihdan tashkil topgan. «O`zbek tilining izohli
lug`ati»da «tanbih» arabcha so`z bo`lib, «nojo`ya xatti-harakat uchun beriladigan ta`zir, koyish,
ogohlantirish yoki jazo» ( II t.,116-6.) tarzida izohlansa-da, Navoiyda u hikmat ma`nosida
qo`llangan. Zero, ularda Navoiy umr bo`yi kuzatgan hayotiy tajribalarini lo`nda, qisqa va obrazli
qilib, aforistik darajada ifoda etgan. S.G`anieva to`g`ri qayd etganidek, bu tanbihlarda «odam va
odamiylik haqida, chin insoniy fazilatlar to`g`risida asrlar mobaynida xalq tajribasi va bilimining
qaymog`i sifatida yig`ilgan fikrlar, shuningdek, Navoiyning uzoq hamda murakkab hayot
tajribalarining natijalari, xulosalari keltirilgandir. Navoiyning o`zi qayta-qayta takrorlagan «oz
so`z–soz so`z» hikmatiga to`la rioya qiladi va hech qanday mubolag`asiz aytish mumkinki, deyarli
xar bir jumla ta`kid va tanbih aforistik xarakterga ega bo`lgan hikmat va donolik namunalarini
yaratadi.»

«Navoiy aforizmlari» nomi ostida ular alohida terilib, 1947-yilda Hodi Zarif va 1961- yilda

Y.Eshonqulovlar tomonidan kitobchalar shaklida nashr etilishi bejiz emas.

«O`ziga bino qo`ygan odam-aqlsizdir; o`ziga zeb bergan-beor, satangdir» «Eshitmoq-

kishini boyitadi; ko`p gapirmoq-sayozlatadi, ko`p gapirgan-ko`p yanglishadi. Ko`p yegan-ko`p
yiqiladi. Tan kasalining asosi-ko`p yemakdir, qalb kasalining-sababi ko`p demakdir. Ko`p demak-
so`zga mag`rurlik, ko`p yemak-nafsga bandalikdir». «Takabburlikshayton ishi va manmanlik-
nodon ishi.»

«Xudparastlikdan butparastlik yaxshiroqdir.» «Insoniyat bog`ining eng go`zal daraxti-

ehsondir va odamiylik xazinasining eng bebaho gavhari xam ehsondir.» «Saxovatsiz odam-
yog`insiz bahor bulutiga va hidi yo`q mushk-anbarga o`xshaydi.» «Himmat ahlining ixtisosi-
saxovatdir.» Himmatsiz kishi-er sonida emas,» Oliyhimmat odam-balandparvoz lochindir;
behimmat-sichqon ovlovchi kalxatdir.» «Himmat egasi-qashshoq bo`lsa ham tubanlik qilmas;
Himmatsiz odamxazina topsa ham buyuklarga teng bo`lmas.» «Yaxshiliklarni topmoq-
edirmoqdir; ayblarni yashirmoq-kiydirmoqdir.» «Aytur so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt.»

Bular shoirning avlodlarga qaratilgan o`gitlarigina emas, balki barhayot da`vatlari bo`lib,

zamonlar osha navqiron naslni komillik sari undab kelmoqda.

Buyuk mutafakkir ana shunday o`lmas g`oyalar bilan kishilikning yangi-yangi avlodlari

qalbiga yo`l topib, mangulik kasb etib kelmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

475

REFERENCES

1.

Alisher Navoiy, Maxbub ul-qulub. Yoshlar matbuoti nashriyoti. – T.: 2022, 142-bet

2.

Alisher Navoiy, Hayrat ul-abror. Tamaddun nashriyoti, -T.: 2021(Sharh va nasriy bayon muallifi
Akrom Malik. Uchinchi kitob. 11 – 20- maqolatlar va xotima), 32-bet

3.

http://kh-davron.uz/kutubxona/islomiy-adabiyot/alisher-navoiy-arbaininingnasriy-bayoni-va-
taxriji.htm

References

Alisher Navoiy, Maxbub ul-qulub. Yoshlar matbuoti nashriyoti. – T.: 2022, 142-bet

Alisher Navoiy, Hayrat ul-abror. Tamaddun nashriyoti, -T.: 2021(Sharh va nasriy bayon muallifi Akrom Malik. Uchinchi kitob. 11 – 20- maqolatlar va xotima), 32-bet

http://kh-davron.uz/kutubxona/islomiy-adabiyot/alisher-navoiy-arbaininingnasriy-bayoni-va-taxriji.htm

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов