ABOUT THE CONTENT OF THE EPIC "SUHAYL AND GULDURSUN"

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Mamatqulov, B., & Murtazayev, B. (2023). ABOUT THE CONTENT OF THE EPIC "SUHAYL AND GULDURSUN". Modern Science and Research, 2(5), 1093–1097. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20526
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The article analyzes the epic "Suhail and Guldursun" by Saifi Saroi, focuses on the adventures of the heroes, their activities, and draws relevant conclusions. Events such as the creation of the epic, its value, the events of the image, the art of the adventure of the main characters are carefully considered. Attention is also paid to common myths and legends that are close to this work, they are comparatively studied, and their significance and role are not overlooked.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1093

“SUHAYL VA GULDURSUN” DOSTONI MUNDARIJASIGA DOIR

Mamatqulov Botir

Termiz davlat universiteti talabasi.

Murtazayev Babanazar Xurramovich

Ilmiy rahbar, Termiz davlat universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7972487

Annotatsiya.

Maqolada Sayfi Saroyining “Suhayl va Guldursun” dostoni tahlili amalga

oshirilgan boʻlib, qahramonlar sarguzashti, ularning faoliyatiga diqqat qaratilib, taalluqli
xulosalar yasalgan. Dostonning yaratilishi, uning qiymati, tasvir voqealari, bosh qahramonlar
sarguzashti badiiyati kabi hodisalar atroflicha qarab chiqiladi. Shu asarga yaqin turuvchi mos,
mushtarak afsona va rivoyatlarga ham eʼtibor qaratilib, ular qiyosan oʻrganilib, ularning
ahamiyati, tutgan oʻrni kabilar ham nazardan soqit etilmagan.

Kalit soʻzlar.

Doston, xalq, ijod, qahramon, sarguzasht, ishq, sevgi, muhabbat, Temur,

Toʻxtamish, Suhayl, Guldursun, jang, zindon, sahro, choʻl, qum, jazirima, chanqoqlik, tashnalik,
qabr, fojia, oʻlim, qiyos, taqqos, muqoyasa.

ABOUT THE CONTENT OF THE EPIC "SUHAYL AND GULDURSUN".

Abstract.

The article analyzes the epic "Suhail and Guldursun" by Saifi Saroi, focuses on

the adventures of the heroes, their activities, and draws relevant conclusions. Events such as the
creation of the epic, its value, the events of the image, the art of the adventure of the main
characters are carefully considered. Attention is also paid to common myths and legends that are
close to this work, they are comparatively studied, and their significance and role are not
overlooked.

Keywords.

Epic, folk, creativity, hero, adventure, love, love, love, Temur, Tokhtamysh,

Suhayl, Guldursun, battle, dungeon, desert, desert, sand, heat, thirst, thirst, grave, tragedy, death,
comparison, comparison, comparison.

О СОДЕРЖАНИИ ЭПОСА «СУХАЙЛ И ГУЛДУРСУН»

Аннотация.

В статье проведен анализ эпоса Сайфи Сарои «Сухайл и Гульдурсун»,

акцентировано внимание на приключениях героев, их деятельности, сделаны
соответствующие выводы. Тщательно рассматриваются такие события, как создание
эпоса, его значение, имиджевые события, художественность приключения главных героев.
Обращается внимание и на распространенные мифы и легенды, близкие к данному
произведению, они сравнительно изучаются, не упускается из виду их значение и роль.

Ключевые слова.

Эпос, народ, творчество, богатырь, приключения, любовь, любовь,

романтика, Темур, Тохтамыш, Сухайл, Гулдурсун, битва, подземелье, пустыня, пустыня,
песок, зной, жажда, жажда, могила, трагедия, смерть, сравнение, сравнение, сравнение.


“Suhayl va Guldursun” dostonini professor Abduqodir Hayitmetov (12) “Oʻzbek tili va

adabiyoti” jurnalining 1974-yil 4-sonida soʻz boshi yozgan va Nasrullo Davron nashr ettirgan edi.
Bu doston 1966–67 yillar olib borilgan izlanishlar natijasida shoir Nasrullo Davron tomonidan
qoʻlga kiritiladi. Qoʻlyozma Fargʻona, Oʻzbekiston tumani Kamolxon Sultonov xonadonida
saqlangan, u 1398-yili Misrda koʻchirilgan, kotib Abul ibn Qodirdir. Qoʻlyozma moʻjaz boʻlib,
uning muqaddimasidan soʻng Tugʻlixoja Xorazmiy, Mavlono Isʼhoq Xorazmiy, Mavlono Ahmad
Urganjiy gʻazallari beriladi. Tugʻlixoja va Mavlono Isʼhoq nomlari Sayfi Saroyi (1321–1396)ning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1094

“Guliston bit-turkiy” qoʻlyozmasi sahifalaridagi mushoira qismida ham uchraydi. Ammo Mavlono
Ahmad Urganjiy nomi sheʼriyat muxlislariga, mumtoz adabiyotimiz muhiblariga maʼlum emas
edi. Qoʻlyozmaning keyingi sahifalaridan Sayfi Saroyining 2 bayti, 2 qitʼasi va 82 baytdan iborat
“Suhayl va Guldursun” dostoni joy olgan.

“Suhayl va Guldursun” mundarijasi debocha ila ibtido topib, u asar mavzusini va

mazmunini ifoda etadi:

Emas afsona chin ushbu bitilmish,
Bu chin, afsonatek ishqda yetilmish (7–B.76).

davomi:

...Temur Urganja tortib keldi lashkar,
Koʻrub koʻz – koʻr, boʻlub qoldi quloq – kar.
Oʻlib qatti soʻgʻishdi Toʻxtamishxon,
Tiri oyrildi tuvgʻondin tugʻushgʻon.
Suhayl alpni elittilar asirgʻa,
Hama qoldi boʻlub ojiz bu sirgʻa (7–B.76).

Doston 19 baytdan iborat debochasi ila boshlanadi, dostonning 2-qismi “Suhaylning chohda

yotmishi” deb nomlanadi va u 6 baytli, 3 - qism 11 baytli, uning sarlavhasi: “Suhaylning tush
koʻrishi” deyiladi. Dostonning 4-qismi: “Shoh qizi Guldursun Suhaylni koʻrgani va uni sevib
qolgʻonin bayoni” deya atalib, u 12 baytli, uning boshlanmasi:

Oʻlan uzra qurulgʻon xaymada shoh,
Zafardin shod boʻlub yotmishdi ogoh.
Bor erdi shoh qizi Guldursun oti,
Tilim evrilmas aytmogʻi sifoti (7–B.77).

Dostonning 5-qismi “Guldursunning chohga tushub Suhayl bilan soʻzlashgani” tarzida nomlanib,
u 10 baytlidir. Dostonning xotimaviy 6-qismi 24 baytli, u “Suhayl bilan Guldursunni chohdan
chiqib qochganlari bayoni” deb nomlanib, ikki sevishganning kimsasiz sahro sari qochgani
voqeasini hikoya qiladi. Sahro quyosh taftidan alanga sifat oʻt ichida yonmoqda:

Alar koʻp yurdivu sahrogʻa kirdi,

Gunashdin sahro uzra doʻzax erdi (7.–B.78).

Ochlik va suvsizlikdan, gunash – quyosh alangasidan doʻzaxga aylangan sahro qoʻynida
Guldursun hushidan ketib yiqiladi. Suhayl suv va non ilinjida behuda sahro kezadi:
Suhayl bordi topargʻa suvgʻa, dongʻa,

Vale darmon berolmay qoldi jongʻa(7.–B.78).

Choʻlning otashi ogʻushida Guldursun tashnalikdan halok boʻladi, bu holga chiday olmagan
Suhayl:

“Menga yaxshi, – dedi, – yor birla oʻlmak,

Na lozim gʻam bilan dunyoda qolmak” (7.–B.78).

oʻz bagʻriga tigʻ sanchadi, ana shu bayt “Uch bulbul gulshani”dagi “Suhayl va Guldursun” (10–
B.329)da ayni shu xilda, ammo ustoz N.M.Mallayev kitobida bir soʻzda farqni kuzatdik:
Menga yaxshi bukun yor bilan oʻlmak,

Na lozim gʻam bilan dunyoda qolmak (5.–B. 261).

Dostonning oxirgi baytida uning yozilgan 796 (1394) yili qayd etiladi:

Yeti yuz toʻqson olti navroʻz oyi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1095

Xatm etti buni Sayfi Saroyi (7–B.78).

Dostonda Amir Temur (1336–1405) va Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishxon nomlari tilga

olinadi, bunda ayrim tarixiy voqealarga ishora borligi sir emas. Amir Temur 1389–91 va 1394–95
yillar Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamishxonga qarshi yurishlar uyushtiradi, bungacha Toʻxtamishxon
1387–88 yillar Movarounnahrga hujum qilgan edi. Ana shu Toʻxtamishxonning beboshligi Amir
Temurni junbushga soladi, 1394–95 yillardagi yurishlar chogʻi Shimoliy Kavkaz, Terek daryosi
vohasida Toʻxtamishxon qoʻshinini tamoman tor-mor etib, Volga daryosi sohilidagi qator
shaharlarni vayronaga aylantiradi, natijada Oltin Oʻrda xonligi oʻz nufuzini yoʻqotib, mayda
xonliklarga parchalanib ketadi.

Amir Temur va Toʻxtamishxonning rus zaminida roʻy bergan qirgʻin barot qurolli

toʻqnashuvlari ayrim afsona hamda rivoyatlarda aks etganini kuzatamiz. Shunday rivoyatlardan
birini ustoz Natan Mallayev hikoya qiladi bu afsona Chelyabinsk viloyati Temurlang temir yoʻl
bekatidagi Temurlang minorasi haqida Amir Temur bilan jangda Toʻxtamishxon yengilib, koʻp
askarlari va oʻgʻli asirga tushadi, Toʻxtamishxon oʻgʻlining jasoratini eshitgan Temurning qizi
yigitni sevib qoladi, uni zindondan ozod etadi. Sevishganlar qochib ketayotganida Temur askarlari
ularni yetib oladi, tengsiz toʻqnashuvda yigit halok boʻladi, alamiga chiday olmagan qiz oʻziga
xanjar sanchib oʻladi. Oshiq yigit, maʼshuqa qiz mardligiga qoyil qolib, tan bergan Temur ularni
ehtirom bilan dafn ettirib, oʻsha yerda yodgorlik minorasi bunyod qildiradi. Demak Sayfi Saroyi
bu xil talay afsonalar bilan tanish boʻlib, ana shular asosida oʻzining ajoyib dostonini yaratgani
maʼlum boʻladi (5–B.261–262).

Ustoz Natan Mallayev yana bir “Guldursun afsonasi” nomli afsonaning mazmunini hikoya

qiladi, afsonada aytilishicha qadim Qoroqolpogʻistonda koʻhna moziy zamonda Guliston degan
obod shahar boʻlgan ekan. Dushman shaharni qamal qilibdi, Guliston shohi aholini mudofaaga
safarbar etibdi. Qamal choʻzilib ketibdi, har ikki tomon ham holdan toyibdi, mudofaachilarning
va dushmanning sillasi quribdi, oziq-ovqat taqchilligi tasiri sezilibdi. Mudofaachilar dushmanni
chalgʻitish niyatida bir necha semizroq sigirga oxirgi don-dunni yedirib, sigirlarni shahar
darvozasidan tashqariga chiqarib yuboribdi. Ochlikdan tinka madori qurigan dushman sigirlarni
soʻyib qarashsa, ularning yaxshi boqilganiga iqror boʻlib, shahar aholisining oziq-ovqat zaxirasi
koʻp ekan degan fikrga kelibdi. Dushman ketish taraddudiga tushibdi, shunda Guliston shohining
yengiltak qizi Guldursun dushman lashkarboshisiga mahfiy maktub yoʻllab, unga asl voqeani
anglatdi. Boisi Guldursun qala ustida jangni kuzatib dushman lashkarboshligʻini sevib qolgan edi,
ehtirosi ustun kelgan togʻ qizi xiyonat yoʻliga oʻtdi. Shahar aholisi taslim boʻldi, lashkarboshi
Guldursunning harakatidan xursand boʻlsa-da, otasiga sodiqlik qilmagan, menga ham xiyonat
qiladi deb, qizni sochlaridan ot dumiga bogʻlab sudratib oʻldiribti. Guliston shahri xarobaga
aylanibdi, bunga sababchi boʻlgani uchun vayronaga Guldursin deb nom berishibdi.

Ustoz Natan Mallayev tagʻin ayni shunga monand bir rivoyatni mutaffakir Alisher

Navoiyning “Tarixi mulki Ajam” asarida “Shopur zul Aktor” faslida kuzatadi (5–B.166).
Rivoyatda keltirilishicha, Toyir degan shohning Malika nomli qizi otasi va yurtdoshlariga xiyonat
qiladi. Malika ota yurti darvozasini Shopurga ochib beradi va Shopurga turmushga chiqadi, lekin
Shopur otasiga vafo qilmagan menga vafo qilarmidi, deb uni qatl ettiradi (6–B.214–216).

Bu mavzuga oʻxshash yana bir rivoyat “Dol podsho va uning qizi malika Varzina haqida

ertak” deb ataluvchi sheriy ertak Boltajon Sodiqov qalamiga tegishli (9). Ayni shu mavzu bir
paytlar yurtdoshimiz taniqli adib Mengziyo Safarovning “Ona tuproq qoʻshigʻi” asarida berilgan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1096

edi. B.Sodiqov rivoyat mazmunini M.Safarov asaridan olgan (8). “Ona tuproq qoʻshigʻi”da hikoya
etilishicha, “Dalvarzintepa” Surxon vohasining eng katta va koʻrkam shaharlaridan biri ekan.
Shahar Dal ismli podshohning poytaxti va uning Varzina nomli goʻzal qizi bor ekan. Shahar
muxtasham va mustaxkam ekan, uning ovozasi Ali degan pahlavonning qulogʻiga yetib boripti.
Ali Dalvarzin shahriga qoʻshin tortadi, buni eshitgan Dal podshoh shahar atrofidan keng va chuqur
xandaqlar qazdiribti va uni suvga toʻldiribti. Ali shaharni qamal qilibti, lekin uni zabt etish
choʻzilib ketibdi. Axiri Ali hiyla izlab topibdi, u Dal podshoning goʻzal qizini oʻziga rom eish
uchun baland dor qurdiribdi. Baland dor ustida Ali oq salla va oq yaktakda erta tongdan kech
shomgacha chiroyli oʻyinlar koʻrsata boshlabdi. Ali mohir dorboz ekan, dorda oʻynayotgan
navqiron yigitning chaqon harakatlari qiz eʼtiborini oʻziga tortibdi. Shoh qizi bora-bora Aliga
oshiq boʻlib qoladi, bir kuni shahar ichidan koʻk kaptar uchib kelib dor arqoniga qoʻnibdi. Kaptar
boʻynida xat bor ekan, xat Varzinadan Aliga ekan. Qiz yigitning muddaosini soʻrabti, yigit qizni
deb bu yurtga kelgani, qizini Aliga ravo koʻrmagan Dal podshoni jazolash niyatida ekanini aytadi.

Shunday qilib yozishmalar davom etibdi, qizdan Ali shaharga suv qayerdan kelishini

soʻraydi. Qiz buni batafsil tushuntirib beribdi. Shimolda Toʻpalang degan togʻ daryosi oqadi, sen
shu daryoni top va ikki qopga tarang qilib somon tiqib tarang qilib daryoga tashla. Qoplarni kuzatib
bor. Qoplar toʻpalangning Qoratogʻ daryosi bilan qoʻshilgan joyiga borganda ulkan girdobga
tushib aylana boshlaydi. Oʻsha joyga askarlaringni eng chaqqonlarini kirit, suv quyiladigan oʻra
bor. Shu oʻraning qopqogʻini yopsa, shaharga keladigan suv gʻippa bugʻiladi

(8–B.142). Dal

podshoning qizining vafosizligini sinovdan oʻtkazgan pahlavon Ali, sen padaringga vafo
qilmading, menga vafo qilarmiding deb qizni qatl qilipti. Koʻrinadiki, qadim zamonlarda ibtido
topgan bir rivoyat turli koʻrinishlarda zamonlar osha bizning davrgacha yetib kelishi va intihosiga
yetishi hayratli hodisadir.

Suhaylu Guldursun” dostonining badiiy xususiyatlari oʻziga xos, unda ishlatilgan qofiya

tizmi, radif qoʻllash, tajnisdan foydalanish yaxshi natijalar bergan. Bularning bari shoirning
sanʼatkorligidan dalolatdir, chunonchi tajnisdan unumli istifoda etiladi:
Suhayl xusni erur Yusufdin oli, (oliy-yuqori),
Etar mot olmani, yuzining oli. (qizilligi)
Biyik ardamlari bor, soʻzi shirin, ( chuchuk)
Boʻlur oshiq oni koʻrganda Shirin. (nom, ism.–B.76).
Kechin boʻlgʻach, borib posbonga oʻtru (yoniga)
Oʻzin xohishin aytdi anda oʻtru (toʻgʻri).
Koʻrub Guldursun ogʻlab holigʻa yuz (sanoq son),
Choh ichra kirdi, qoʻydi yuzina yuz ( Yuz –chehra–B.77).
Uchib kelmas edi qushlar bu yergʻa, (bu yerga)
Topilmas erdi suv tashna har ergʻa... (yigitga)
Iloho asran Sayfi Saroying, (shoirning oʻzi)
Xalos aylab zulmdin keng saroying ( saroy –B.78).
Chiroyli qofiya vositasida qahramon ichki ruhiyatini ochib berilishi tahsinga loyiq:
Suhayl shu yoʻl oʻza bormoqda gʻamgin,
Sevinchi qora kiygan, koʻzi namgin.
Uning koʻnglinda soʻngʻinlik hamisha,
Koʻrunmas unga gulzoru na besha(–B.76).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1097

Yoki :
Va oni tashladilar katta chohga ,
Sira osmoy alar goʻsh ohu vohga.
Gunash dunyo yuzindin chohga botti
Uzilgan gul tekin tuproqda yotti.
U yotgan choh icha yoʻq shuʼlai nur,
Oʻlangamas, tiriga eordi bir goʻr (–B.76).
Yuqoridagi tasvirlar Suhaylning asirga olinishi va zindonga solinishi voqealariga taalluqli boʻlib,
qahoamon ahvolotini anglashda ham muhimdir.
Guldursunning chohga tushib Suhayl ahvolidan voqif boʻlish voqeasi ayniqsa, bu holdagi
Suhayl kayfiyati yaxshi ifodalangan:
Oʻnginda tushdakin koʻrganga u shod (–B.77),
Alam toshi sinib, dil boʻldi ozod (–B. 78).
Ayniqsa, sevishganlarning jazirama choʻldagi ochlik va tashnalik ahvoli, qiynoq holati, nihoyat
ularning azobda oʻlimga mahkum etilishi ancha diqqatli tasvirini topgan:
Suhayl ohidin shu dam qoʻpti boʻron,
Aning tekkim boʻzuldi charxi davron.
Alar uzra toʻkuldi, koʻmdi tuproq,
Bu sirni tanho sahro bildi koʻproq (–B.78).


REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
– Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2016. – 58 b.

2.

Bobomurodov Mamat (1938–2000)ning “Varzinshoh va Dallioy” asari. Taassufki bu asar bilan
tanish emasmiz.

3.

Mallayev N.M. Oʻzbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1965. – 746 b. (Xalq ogʻzaki
ijodi. “Guldursun afsonasi”.– B.200–201).

4.

Mallayev N.M. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob. Uchinchi nashri. – Toshkent:
“Oʻqituvchi”, 1976. – 664 b.

5.

Navoiy Alisher. Asarlar. 15.t. T.14. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot
nashriyoti, 1967. –272 bet. (Tarixi muluki Ajam. – B.183–238. Shopur Aktov. – 214–216).

6.

Sayfi Saroyi. Suhayl va Guldursun // Oʻzbek tili va adabiyoti. 1974. –№ 4. –B.75–78. Nashrga
tayyorlovchi Nasrullo Davron.

7.

Safarov M. Ona tuproq qoʻshigʻi. Qissalar, esselar, hikoyalar. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat
nashriyoti, 1989. – 352 b.

8.

Sodiqov Boltajon. Dol podsho va uning qizi malika Varzina haqida ertak. // Termiz oqshomi.
–2012. –16-yanvar.

9.

Suhayl va Guldursun // Uch bulbul gulshani: [Toʻplam]. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat
nashriyoti, 1986. –648 b.– (Oʻzbek adabiyoti boʻstoni). Mundarija: Yusuf va Zulayho (Durbek.)
Gulistoni bit-turkiy (Sayfi Saroyi.–B.326–330) Xusrav va Shirin (Qutb Xorazmiy).

10.

Fozilov Ergash. Kirish // Saroyi Sayfi. SHEʼRLAR. GULISTON. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom
nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1968. – 256 bet (–B.3–7).

References

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston”, 2016. – 58 b.

Bobomurodov Mamat (1938–2000)ning “Varzinshoh va Dallioy” asari. Taassufki bu asar bilan tanish emasmiz.

Mallayev N.M. Oʻzbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1965. – 746 b. (Xalq ogʻzaki ijodi. “Guldursun afsonasi”.– B.200–201).

Mallayev N.M. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Birinchi kitob. Uchinchi nashri. – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1976. – 664 b.

Navoiy Alisher. Asarlar. 15.t. T.14. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1967. –272 bet. (Tarixi muluki Ajam. – B.183–238. Shopur Aktov. – 214–216).

Sayfi Saroyi. Suhayl va Guldursun // Oʻzbek tili va adabiyoti. 1974. –№ 4. –B.75–78. Nashrga tayyorlovchi Nasrullo Davron.

Safarov M. Ona tuproq qoʻshigʻi. Qissalar, esselar, hikoyalar. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1989. – 352 b.

Sodiqov Boltajon. Dol podsho va uning qizi malika Varzina haqida ertak. // Termiz oqshomi. –2012. –16-yanvar.

Suhayl va Guldursun // Uch bulbul gulshani: [Toʻplam]. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1986. –648 b.– (Oʻzbek adabiyoti boʻstoni). Mundarija: Yusuf va Zulayho (Durbek.) Gulistoni bit-turkiy (Sayfi Saroyi.–B.326–330) Xusrav va Shirin (Qutb Xorazmiy).

Fozilov Ergash. Kirish // Saroyi Sayfi. SHEʼRLAR. GULISTON. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1968. – 256 bet (–B.3–7).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов