FROM THE HISTORY OF LITERATURE TEXTBOOKS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Vohidova, N., & Murtazayev, B. (2023). FROM THE HISTORY OF LITERATURE TEXTBOOKS. Modern Science and Research, 2(5), 441–444. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20245
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, the "History of Uzbek literature" school textbooks are analyzed and some relevant conclusions are drawn. The authors of the article looked as much as possible at the contents of the textbook "History of Uzbek Literature" created in 1979 for evening shift schools by Natan Mallayev. This is a glimpse into the history of textbooks, and the study of textbook history reveals important aspects.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

441

ADABIYOT DARSLIKLARI TARIXIDAN

Vohidova Nilufar Abdumalik qizi

Termiz davlat universiteti magistranti

Murtazayev Babanazar Xurramovich

Ilmiy rahbar, Termiz davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7941990

Annotatsiya.

Maqolada “Oʻzbek adabiyoti tarixi” maktab darsliklari tahlil nazaridan

oʻtkazilib, maʼlum miqdorda taalluqli xulosalar chiqariladi. Maqola mualliflari Natan
Mallayevning kechki smenali maktablar uchun 1979-yilda yaratilgan “Oʻzbek adabiyoti tarixi”
darsligining mundarijasini imkon qadar qarab chiqishgan. Bu darsliklar tarixiga bir nazar boʻlib,
darsliklar tarixini oʻrganish muhim jihatlarni namoyon etadi.

Kalit soʻzlar:

Oliygoh, maktab, darslik, tarix, poydevor, adabiyot, muallif, moʻljal, tahlil,

nashr, bob, qism, jamiyat, sinfiy, shoʻro, siyosat, xarakter, adabiy, mundarija, hodisa, qamrov.

FROM THE HISTORY OF LITERATURE TEXTBOOKS

Abstract.

In the article, the "History of Uzbek literature" school textbooks are analyzed and

some relevant conclusions are drawn. The authors of the article looked as much as possible at the
contents of the textbook "History of Uzbek Literature" created in 1979 for evening shift schools by
Natan Mallayev. This is a glimpse into the history of textbooks, and the study of textbook history
reveals important aspects.

Key words:

University, school, textbook, history, foundation, literature, author, target,

analysis, publication, chapter, part, society, class, council, policy, character, literary, content,
event, coverage.

ИЗ УЧЕБНИКОВ ПО ИСТОРИИ ЛИТЕРАТУРЫ

Аннотация

В статье анализируются школьные учебники «История узбекской

литературы» и делаются соответствующие выводы. Авторы статьи максимально
ознакомились с содержанием учебника «История узбекской литературы», созданного в
1979 году для вечерних школ Натаном Маллаевым. Это беглый взгляд на историю
учебников, а изучение истории учебников раскрывает важные аспекты.

Ключевые слова:

вуз, школа, учебник, история, основа, литература, автор, цель,

анализ, издание, глава, часть, общество, класс, совет, политика, персонаж,
литературный, содержание, событие, размах.


Oliygohlar va oʻrta maktablar uchun yaratilgan oʻzbek adabiyoti darsliklari oʻzining uzoq

yillik oʻtmishiga ega, toʻgʻri bu darsliklar hozirda eskirdi, ular oʻz xizmatini ado etib boʻlgan.
Lekin ayni shu darsliklar hozirda yaratilayotgan darsliklar poydevori ekanini ham zinhor
unutmasligimiz lozim. Oʻrta taʼlim maktablarining 8–9 sinflari uchun “Oʻzbek adabiyoti tarixi”
darsliklarining yaratilishida olimlarimizdan Natan Mallayev, Saʼdulla Ismatov va Gʻulom
Karimovning xizmatlari oʻta katta. Zikr etilgan olimlarimizdan Natan Mallayevning maktablar
uchun darsliklari 1953-yildan boshlab nashrlari amalga oshirillan. Bu hodisa oz emas, koʻp emas
qariyb 40 yillik jarayonni qamrab olishi bilan gʻoyat eʼtiborlidir. Natan Mallayevning nafaqat
kunduzgi maktablar, balki kechki maktablar uchun yozgan darsliklari ham oʻzining maʼlum
tarixiga egaligi ila ajralib turadi. Toʻgʻri hozir kechki maktablar yoʻq, shu tarixni oʻrganish nuqtayi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

442

nazardan ayni kechki maktablarning 8-sinfiga moʻljallangan ixtiyorimizdagi “Oʻzbek adabiyoti
tarixi”ning 1979-yilgi nashrini qarab chiqib tahlil etishga jazm etdik! (2)
Darslikning “Kirish” qismidan soʻng keluvchi mundarijasi ushbu xilda: “Eng qadimgi adabiy
yodgorliklar” (–B. 13–35) “XIV–XVI asrlar adabiyoti” (–B.36–115); XVII–XVIII asrlar va XIX
asrning birinchi yarmi adabiyoti (–B. 116–144); “XIX asrning II yarmi va XX asr boshlari
adabiyoti” (–B. 145–208). Kitobning moʻjaz kirish qismida “Adabiyot – soʻz sanʼati” (–B. 3–4);
“Soʻz sanʼatining ikki turi: xalq ogʻzaki ijodi va yozma adabiyoti” (–B. 4–5); “Sinfiy jamiyatda
adabiyotning sinfiy xarakteri” (–B. 5–6) mavzulari sharhlanib soʻngra oʻsha davr uchun yetakchi
maqomga molik shoʻro mafkurasiga mos qarashlar doirasida fikr bayoni izhor etiladi. Mazkur
darslikning “Eng qadimgi adabiyot yodgorliklar” bobidagi “Xalq ogʻzaki ijodi” qismida Mahmud
Qoshgʻariy (XI asr) “Devonu lugʻotit turk” (turkiy soʻzlar toʻplami ) qomusiy asari misolida
maʼlum miqdorda nazariy qarashlar aytib oʻtiladi. Soʻngra “Toʻmaris” va “Sharq” tarixiy
afsonalari mavzui ila tahlil davom ettirilib, ularga oid fikrlar tizimi izhori aytilib, taalluqli
xulosalar yasaladi. “Toʻmaris” va “Shiroq tarixiy afsonalari bizning zamonamizgacha yunon
tarixchilari Gerodotning (484–425) “Tarix” va Polienning (eramizdan avvalgi II asr), “Harbiy
hiylalar” asarlari vositasida yetib kelgan. Har ikki tarixiy afsonalarning tafsilotlari
ajdodlarmizning ahamoniylar shohi eramizdan avvalgi Kir (Kirovush, 529-yil) va Doro I (521–
486)ga qarshi kurash voqealarida namoyon boʻladi. Toʻmaris va Shiroq oʻz qabilalarining baxtu
saodati yoʻlida bosqinchi dushmanlarga keskin zarbalar berishdi. Jang halokatsiz boʻlmaganidek
Toʻmaris sevimli oʻgʻlidan judo etilsa, Shiroq yurti va eli uchun ongli ravishda jonini fido etishga
shay turadi. “Oysuluv” ertagida Oysuluv va uning Kunbotir oʻgʻli Shiroq kabi Doro hamlasiga
qaqshatgich zarba beradi. Ona va oʻgʻil Oysuluv hamda Kunbotirning harakatlari Toʻmaris va
oʻgʻlining Kirga qarshi turish voqealarga koʻp jihatdan mushtaraklik kasb etadi.
Keyingi sahifalar muhabbat va sadoqatni, doʻstlik va mardlikni, yurtparvarlik va
elparvarlikni tarannum etuvchi mashhur “Alpomish” dostoni qadimgi yunonlarning “Iliada” va
“Odisseya”, armanlarning “Sosunlik Dovud”, qirgʻizlarning “Manas” singari qaxramonlik
eposlari qatorida turadi. “Alpomish” dostonining gʻoyaviy motivlari ijobiy qahramonlari
Alpomish, Barchin, Qorajon, Qaldirgʻoch, shuningdek, salbiy obrazlardan Boyboʻri, Koʻkaldosh,
Surxayil kampir, zolim podsho Toychaxon, xoin Ultontoz orqali asarning badiiy qimmati ham
nazardan soqit etilmagan holda muallif tarafidan ixcham izohlanadi.
Umuman olganda “Qadimiy adabiy yodgorliklar” bobining mavzular olami oʻz xususiyatlari
jihatidan uning “Yozma adabiyot” qismi ancha muxtasar. Unda tarixiy sharoit, oʻlkamizning arab
xalifaligi tomonidan ishgʻol eilishi, Islom dinining kirib kelishi hodisalari tilga olib oʻtiladi. Oʻrta
Osiyoda IX–XII asrlar madaniyat va ilm-fan rivoji bilan bir qatorda Yusuf Xos Hojibning
“Qutadgʻu bilig” (Saodatga olib boruvchi bilim), Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq”
(Haqiqatlar armugʻoni) asarlari dunyo yuzini koʻrdi. “Qutadgʻu bilig” va “Hibatul haqoyiq”
asarlari turkiy tilli xalqlar adabiyotining yuksalishiga munosib hissa qoʻshdi.
“Oʻzbek adabiyoti tarixi” darsligining “XIX–XVI asrlar adabiyoti” bobi hajman katta boʻlib,
uning muqaddimasida tarixiy muxit, ayniqsa, Chingizxon istilosi keltirgan shikastlar, Amir Temur
davlatining paydo boʻlishi qisqacha eslatib oʻtiladi. Bundan tashqari Samarqand, Hirot, Andijon,
Buxoro va Balx shaharlarining yiriklashuvi hamda madaniy markazlarga aylanish jarayoni qaydini
topadi. Ayniqsa, Sulton Ulugʻbek Mirzo (1394–1449)ning hukmronlik yillari (1409–1449) sodir
etilgan va roʻy bergan ilm-fan inkishofi behad ardoqqa sazovordir. Shoirlardan Nizomiy Ganjaviy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

443

(1441–1209), Lutfiy (1366–1465), Jomiy (1414–1492) va Fuzuliy (1498–1556) ijodiy bisotiga
kichik chizgilar beriladi. Shu tarzda Alisher Navoiy (1441–1501) ijodiy faoliyatiga keng qamrovli
tahlil nazardan oʻtkiziladi. Alesher Navoiyning bolalik chogʻlari, tahsil yillari, Samarqandlik
kezlari, Sulton Husayn Boyqaro (1438–1506)ning taxt tepasiga kelishi munosabati bilan uning
muhdorlik, nihoyat amirlik faoliyati gʻoyat siqiq tarzda ifodalanadi. Ammo muallif Natan
Mallayevning Alisher Navoiy haqidagi moddiy qiyinchilik masalasiga muvofiqlasha olmaymiz,
buning oʻz sabablari bor. Biz bu bilan darslik muallifini tanqid etish fikridan yiroqmiz, boisi ushbu
oʻrinda ham shoʻro mafkurasining taʼsiri kuchlilik qilgan. Vaholanki, “Boburnoma”da zikr
etilishicha “Mir Alisher Navoiy Hiridin Samarqandgʻa kelgan fursatlar Ahmad Hojibek bila boʻlur
edi.” (1–B.22).
Alisher Navoiyning Samarqandda boʻlgan kezlari xususida tagʻin “Boburnoma”ning 153-
sahifasida oʻqiymiz: “Samarqandgʻa bordi, necha yilkim, Samarqandta edi, murabbiy (ustozi) va
muqavviy (qoʻllab-quvvatlovchi)si edi”, Ahmad Hojibek haqida “Boburnoma”da yana quyidagilar
bitiladi: “Hiriy hukumatini Sulton Abusaid Mirzo necha mahal munga berib edi. Obogʻasi
(amakisi) Jonibek oʻlgandin soʻng aning muchasi (hisob-kitobi)ni berib, Samarqandgʻa yubordi.
Xushtabʼ va mardona kishi edi. “Vafoiy” taxallus qilur edi. Sohibi devon erdi, sheʼri yamon emas
edi...” (1–B.21–22). Demak Ahmad Hojibek avvaliga Hirotda keyin esa Samarqandda hokimlik
qilgan edi va Sulton Abusaid Mirzo (1424–1469)ning toʻngʻich oʻgʻli Sulton Ahmad Mirzo (1450–
1494) amirlari safida boʻlgan. Koʻrinadiki, Alisher Navoiy Samarqanddagi tahsil yillari shahar
hokimi Ahmad Hojibekning himoyasi va homiyligida boʻlgan, ortiqcha izohga zarurat yoʻq.
Ochigʻini aytganda bu maʼlumotlarni Natan Mallayev bilgan, bunga shubha yoʻq, faqat shoʻro
hukumati zoʻgʻimi bularni aytishga imkon bermagan.
Alisher Navoiy borasida ustoz Natan Mallayev oʻz fikrlarini davom ettirar ekan Navoiyning
obodonchilik sohasidagi xizmatlarini sanab oʻtadi. Navoiy mamlakat poytaxti Hirotda va boshqa
shaharlarda ham koʻplab inshoot, ravot, hovuz, hammom, koʻprik va madrasalar bunyod etdi.
Alisher Navoiy oʻz atrofliga ilm ahli – olimlarni, ahli nazm va nasr – shoir va adiblarni, ahli navo
– xonanda va sozandalarni, ahli muarrix – tarxnavislarni, ahli musiqiy ahli – bastakorlarni xullas
ahli ayyom – zamonasining peshqadam kishilarini uyushtiradi. Shu zaylda Navoiy sheʼriyati va
“Xazoyinul –maoniy” (Maʼnolar xazinasi)ning yaratilish tarixi, kulliyot tarkibidagi toʻrt devon
tufayli, keyinchalik “Chor devon” nomini oladi. “Xazoyinul maoniy” tarkibidagi devonlar
sahifasidan joy olgan gʻazal yetakchi janrlardandir. Gʻazallardan “Soda shayx” va “Mehribone
topmadim” maxsus qarab chiqilib atroflicha tahlilga jalb etiladi. Yana janrlardan ruboiylar va
tuyuqlarning falsafiy ifodasi bilan birga, ularda ilgari surilgan gʻoyalar olami izohlab beriladi.
“Xamsa” va xamsanavislik anʼanasida Alisher Naoiyning oʻrni, ushbu anʼananing talablari va
oʻziga xos ikkishofi, ahamiyati masalalariga atroflicha munosabat izhor etiladi. Navoiy
“Xamsa”sining ilk dostoni “Hayratul abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) falsafiy - irfoniy
va axloqiy - taʼlimiy mavzular olamidan iborat. Asarning asosini yigirma maqolat oʻzida tajassum
etadi va maqolotlarda ilgari surilgan gʻoyalar, hikoyatlar mazmuni ila quvvatlanadi.
Qolgan “Layli va Majnun”, “Sabʼai sayyor” (Yetti sayyor ), “Saddi Iskandariy” (Iskandar
devori) dostonlari ila qisqacha tanishtiruv amalga oshiriladi. “Farhod va Shirin” dostoni maxsus
nazardan oʻtkizilib, keng mulohaza va chuqur mushohadalar xulosalarning asosli ekanini toʻkis va
toʻliq tasdiqlaydi. “Farhod va Shirin” ning ikkinchi bir nomi “Mehnatnoma”dir, bu asar gʻoyasiga
hamohang boʻlib, uning mafkuraviy yoʻnalishini belgilashda behad muhimdir. Darslikda “Savol


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

444

va topshiriqlar” alohida qimmatga ega, chunki ana shu vosita orqali oʻquvchi mavzuning ichki
tizimiga kirishga intilishi tabiiy hodisadir. Bu esa har bir oʻtilgan mavzuni mustahkamlashdagi
ahamiyati cheksiz ekani bilan bir qatorda oʻquvchining qiziqishini taʼminlashda shoyista xizmat
qiladi. Bu xil “Savol va topshiriqlar” darslikdagi mavzular olamining qimmati va ahamiyatini
belgilashda muhimdir. Biz ana shu xil “Savol va topshiriqlar”ning darslik kitobida yigirma beshta
ekanini aniqladik, ularning Navoiy qismida beshta, Bobur qismida uchta ekanini kuzatdik.
Ochigʻini aytganda darslik kitob doirasidagi “Savol va topshiriqlar” qismining oʻzini maxsus
oʻrganish koʻplab uslubiy jihatlarni hal etishda, xulosalar yasashda beqiyosligi muqarrardir.
Darslikning qolgan mavzulari Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530), Maxmur (vafoti
1844), Munis (1778–1829), Ogahiy (1809–1874), Turdi (1641), Gulxaniy, Zavqiy (1853–1921),
Avaz (1884–1919), Muqimiy (1850–1903), Furqat (1858–1909) ijodlarini hozircha toʻxtatish
maʼqul topildi, zotan uning davom ettirilishi maqola hajmining kattalashuviga olib kelishi tabiiy.
Bu hol anglashilmovchiliklarni keltirib chiqaririshi va mavzuning yoritilishi darajasiga putur
yetkazishi hisobga olinib, uning davomini keyingi maqolalarda va kuzatuvlarda davom ettirishini
maʼqul topdik.

REFERENCES

1.

Bobur, Zahiriddin Muhammad. Boburnoma: nashrga tayyorlovchi P.Shamsiyev. –
Toshkent: Yulduzcha, 1989. –368 b.

2.

Mallayev N.M. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Kechki (smenali) ishchi yoshlar maktablarining 8-
sinf uchun darslik. –Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1979. – 208 bet.

3.

Mallayev N.M, Karimov Gʻ.K., Ismatov S.I. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 9-sinf uchun darslik.
Oʻn uchinchi nashri. –Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1990. –272 b.

4.

Homidiy Hamidjon. Sulaymonov Moʻminjon. Matonat –Toshkent: “Kafolat print
company”, 2022. – 64 b.


References

Bobur, Zahiriddin Muhammad. Boburnoma: nashrga tayyorlovchi P.Shamsiyev. –Toshkent: Yulduzcha, 1989. –368 b.

Mallayev N.M. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Kechki (smenali) ishchi yoshlar maktablarining 8-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1979. – 208 bet.

Mallayev N.M, Karimov Gʻ.K., Ismatov S.I. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 9-sinf uchun darslik. Oʻn uchinchi nashri. –Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1990. –272 b.

Homidiy Hamidjon. Sulaymonov Moʻminjon. Matonat –Toshkent: “Kafolat print company”, 2022. – 64 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов