MIDDLE PALEOLITHIC STONE WORKSHOPS IN THE KYZYLKUM AREA

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Tursunqulov, F. (2023). MIDDLE PALEOLITHIC STONE WORKSHOPS IN THE KYZYLKUM AREA. Modern Science and Research, 2(7), 84–87. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21783
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article covers the study of the material culture of the Stone Age communities of the Middle Paleolithic stone workshops in the Qizilqum area.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

84

QIZILQUM HUDUDIDA O’RTA PALEOLIT DAVRI TOSH USTAXONALARI

Tursunqulov Fozilbek Narziqul o’g’li

https://doi.org/10.5281/zenodo.8118862

Annotatsiya

. Ushbu maqolada Qizilqum hududida o`rta paleolit tosh ustaxonalarining

tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganish yoritilgan.

Kalit so'zlar:

Qizilnura 1, Qorasigir havzasi, uchrindilar, Echkiliksoy, Lavlakon,

terassalar, tosh qurollar.

MIDDLE PALEOLITHIC STONE WORKSHOPS IN THE KYZYLKUM AREA

Abstract.

This article covers the study of the material culture of the Stone Age communities

of the Middle Paleolithic stone workshops in the Qizilqum area.

Key words:

Kyzylnura 1, Karasigir Basin, hitches, goats, beets, terraces, stone weapons.

КАМЕННЫЕ МАСТЕРСКИЕ СРЕДНЕГО ПАЛЕОЛИТА НА ТЕРРИТОРИИ

КЫЗЫЛКУМА

Аннотация.

В данной статье рассматривается изучение материальной культуры

общин каменного века среднепалеолитических каменных мастерских на территории
Кызылкума.

Ключевые слова:

Кызылнура 1, карасигирский пруд, Козий овраг, Лавлакон,

террасы, каменные орудия труда.


O’zbekiston hududi tosh davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda Qizilqum

sarhadlari o’ta istiqbolli bo’lib, o’ziga xos o’rni borligi ma’lum bo’ldi. Tadqiqotlar ko’rsatishicha,
Qizilqum hududi paleolit davridanoq odamzod tomonidan o’zlashtirilgan ekan. Aniqrog’i, mazkur
hududdan paleolit davrining barcha taraqqiyot bosqichlari hamda mezolit, neolit davriga oid
yodgorliklar tadqiq etildiki, bu butun tosh asri davrida uzluksiz madaniyat yaratilganligini
ko’rsatdi.

Xususan, qator muste davriga oid yodgorliklar tadqiq etilgan. Qo’lga kiritilgan manbalar

bu moddiy madaniyatda o’z o’rniga ega. Qizilqum bo’yicha 1-marta 1962 yili E.D.Mamedov
tomonidan Qizilnura 1 nomli paleolit yodgorligi kashf etilgan. Bu yodgorlik 1966 va 1970 yillari
XAE ilmiy xodimi A.V.Vinogradov tomonidan atroflicha o’rganildi . Qizilnura 1 yodgorligi
Qizilqum miqyosida nisbatan yirik yodgorlik hisoblanadi. U Qorasigir havzasining sharqiy
qismida joylashgan. Yodgorlikda 2 metr chuqurlikkacha qidiruv shurfi qazilgan, bu gorizont
pleystotsen davri pastki qismiga to’g’ri keladi. Qizilnura 1 yodgorligida madaniy qatlam saqlanib
qolinmagan. Yer sathi uncha katta bo’lmagan maydonda 84 150 ga yaqin tosh qurol yig’ib olingan.
Tosh buyumlari ichida bir yoki ikki maydonli disksimon tosh o’zaklari, qo’l cho’qmorlari,
otshepdan yasalgan tosh qurollar, uchburchaksimon paykonlar, turli shakldagi otsheplardan
yasalgan qirg’ichlar, ponasimon qurollar uchraydi.

Must`e davriga oid tosh buyumlari ichida 26% ishlov berilgan qurollar bor.

A.V.Vinogradov tadqiqoticha tosh buyumlar ichida 6,7 % ni paraqali element, 64% levalua
elementi, 29% ni ish maydonlari to’g’irlangan element tashkil etadi. Tadqiqotchini fikricha
Qizilnura 1 makoni tosh qurollari kolleksiyasi unchalik katta emas, lekin levalua elementi uni
muste kompleksi ekanligini ravshan ko’rsatib turibdi. A.V.Vinogradov fikricha Qizilnura tosh
qurollari O’rta Osiyo miqyosidagi muste yodgorliklaridan Teshiktosh g’or makoni pastki madaniy
qatlami qurollariga juda o’xshash. Nisbatan kamroq bo’lsada Qayroqqum, Xojikent kabi levalua-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

85

muste yodgorliklari qurollariga ham o’xshashlik jihatlari bor. Ayaqagitma paleolit makonlari
(Boshog’itma 1,2,4,6- 15,31-38). XAE ilmiy xodimlari tomonidan 1967 yil Sharqiy Ayaqagitma
havzasi arxeologik jihatdan atroflicha o’rganilgan. Tadqiqot jarayonida 21 ta paleolit makonlari
aniqlangan. A.V.Vinogradov E.D.Mamedovlar tadqiqotida Sharqiy Ayaqagitmada 4ta terassa
yaqqol kuzatiladi. Asosan, birinchi va ikkinchi terassalar sathida paleolit makonlari joylashgan.
Boshog’itma makonlari ichida 36-37 makonlari nisbatan yirikroq hisoblanadi. Boshog’itma 37-
makonidan hammasi bo’lib, 92 nusxada tosh buyumlar topilgan. Shulardan 69 tasi otshepdan
yasalgan buyumlar hisoblanadi.

Tosh buyumlar sirtidan otsheplar uchirib olganliklari izlari ko’rinib turibdi. Boshog’itma

11- makonidan disksimon tosh o’zaklari topilgan. Bu makonlar tosh qurollari ko’p jihatlari bilan
Qizilnura 1 makoni tosh qurollariga o’xshash. Qorasigir havzasi sharqiy qismi paleolit
yodgorliklari (Qizilnura 2-7,8-20). 1970-yili A.V.Vinogradov va E.D. Mamedovlar Qorasigir
havzasi sharqiy qismida yana arxeologik tadqiqotlar olib borishib, qator paleolit makonlarini
aniqlashgan. Bu makonlar Qizilnura 1 makonidan farq qilib, ulardan topilgan tosh qurollar soni
ikki, uchtadan to o’ttiztagacha boradi.

Faqatgina havzaning g’arbiy-janubiy qismidan topilgan makonlarda nisbatan ko’proq tosh

buyumlar uchratilgan. Xususan, Qizilnura 16 makonidan 100 dan ortiq tosh buyumlar qo’lga
kiritilgan. Topilgan tosh qurollarini tipologik jihatdan bir necha guruhga bo’lish mumkin. Tosh
qurollar muste davri jamoalariga tegishli.

Echkiliksoy vohasidan oz sonli bo’lsada paleolit davriga oid makonlar topilgan. Paleolit

yodgorliklari Qorabog’quduq, Xo’jagumbazdan topilgan. Hammasi bo’lib, 5 ta makondan iborat.
Janubiy-g’arbiy Qizilqum paleolit yodgorliklari tosh buyumlari jigar-kulrang rangli
chaqmoqtoshli tog’ jinslaridan yasalgan. A.V.Vinogradov ko’rsatishicha, sanoqli bo’lsada qora
rangli chaqmoqtoshli slanslardan ham qurollar yasalgan. Hattoki qayroqtoshdan yasalgan 85
paykonlar hamda disksimon bir taraflama ishlov berilgan tosh o’zaklari ham uchraydi.

Lavlakan paleolit makonlari. A.V.Vinogradov, E.D.Mamedovlar Qizilqumning ichki

hududlari xususan, Lavlakan ko’li atrofida qator paleolit davri yodgorliklarini tadqiq etishgan. Bu
makonlar Lavlakan 34,29,203,219,40,108,368 kabilar hisoblanadi. Lavlakan paleolit qurollari
paykonlar, qirg’ichlar, tishsimon usulda ishlov berilgan tosh qurollari hisobalanib, Qizilnura,
Ayaqagitma muste qurollariga o’xshash.O’z navbatida Ko’lbuloq makon qurollariga yon
tomoniga chuqurcha hamda tishsimon usulida ishlov berilganligi bilan o’xshaydi.
A.V.Vinogradovning tadqiqoticha Qizilqum hududida so’nggi paleolit davriga oid yodgorliklar
noma`lum bo’lib kelmoqda edi.

Aniqrog’i, Ayaqagitma havzasi sharqiy qismida bir nechta makonlar so’nggi paleolit

davriga oidligi ehtimoli to’g’risida fikr bildirilgan edi. Lekin bu fikr keyingi tadqiqotlarda o’z
isbotini topmadi. Keyinchalik, A.V.Vinogradov tosh qurollari sirtini mog’or bosish bo’yicha
nisbatan yangirog’ini hisobga olib, bu qurollar so’nggi paleolit davri jamoalariga tegishli bo’lishi
mumkin degan fikrni ilgari surdi. Shu nuqtai nazardan Qizilnura 15 –makonini so’nggi paleolit
davri jamoalariga tegishli deb hisobladi. Qizilnura 15-makoni o’z moddiy madaniyati bilan
Ustyurt hududidagi Esen 2 hamda Markaziy va G’arbiy Qozog’istondagi bir qancha so’nggi
paleolit yodgorliklariga moddiy madaniyat jihatidan o’xshash degan fikrni ham bildiradi.

Qizilnura 1 makoni. Qizilqum bo‘yicha 1-marta 1962 yili E.D.Mamedov tomonidan

Qizilnura 1 nomli paleolit yodgorligi kashf etilgan. Bu yodgorlik 1966 va 1970 yillari XAE ilmiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

86

xodimi A.V.Vinogradov tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Qizilnura 1 yodgorligi Qizilqum
miqyosida nisbatan yirik yodgorlik hisoblanadi. U Qorasigir havzasining sharqiy qismida
joylashgan. YOdgorlikda 2 metr chuqurlikkacha qidiruv shurfi qazilgan, bu gorizont pleystotsen
davri pastki qismiga to‘g‘ri keladi. Qizilnura 1 yodgorligida madaniy qatlam saqlanib qolinmagan.
Er sathi uncha katta bo‘lmagan maydonda 150 ga yaqin tosh qurol yig‘ib olingan. Tosh buyumlari
ichida bir yoki ikki maydonli disksimon tosh o‘zaklari, qo‘l cho‘qmorlari, otshepdan yasalgan tosh
qurollar, uchburchaksimon paykonlar, turli shakldagi otsheplardan yasalgan qirg‘ichlar,
ponasimon qurollar uchraydi. Must’e davriga oid tosh buyumlari ichida 26% ishlov berilgan
qurollar bor.

A.V.Vinogradov tadqiqoticha tosh buyumlar ichida 6,7 % ni paraqali element, 64% levalua

elementi, 29% ni ish maydonlari to‘g‘irlangan element tashkil etadi. Tadqiqotchini fikricha
Qizilnura 1 makoni tosh qurollari kolleksiyasi unchalik katta emas, lekin levalua elementi uni
must’e kompleksi ekanligini ravshan ko‘rsatib turibdi. A.V.Vinogradov fikricha Qizilnura tosh
qurollari O‘rta Osiyo 86 miqyosidagi must’e yodgorliklaridan Teshiktosh g‘or makoni pastki
madaniy qatlami qurollariga juda o‘xshash.

Nisbatan kamroq bo‘lsada Qayroqqum, Xojikent kabi levalua- must’e yodgorliklari

qurollariga ham o‘xshashlik jihatlari bor. Ayaqagitma paleolit makonlari (Boshog‘itma 1,2,4,6-
15,31-38). XAE ilmiy xodimlari tomonidan 1967 yil SHarqiy Ayaqagitma havzasi arxeologik
jihatdan atroflicha o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida 21 ta paleolit makonlari aniqlangan.
A.V.Vinogradov E.D.Mamedovlar tadqiqoticha SHarqiy Ayaqagitmada 4ta terassa yaqqol
kuzatiladi. Asosan, birinchi va ikkinchi terassalar sathida paleolit makonlari joylashgan.
Boshog‘itma makonlari ichida 36-37 makonlari nisbatan yirikroq hisoblanadi. Boshog‘itma 37-
makonidan hammasi bo‘lib, 92 nusxada tosh buyumlar topilgan. SHulardan 69 tasi otshepdan
yasalgan buyumlar hisoblanadi.

Tosh buyumlar sirtidan otsheplar uchirib olganliklari izlari ko‘rinib turibdi. Boshog‘itma

11- makonidan disksimon tosh o‘zaklari topilgan. Bu makonlar tosh qurollari ko‘p jihatlari bilan
Qizilnura 1 makoni tosh qurollariga o‘xshash. Qorasigir havzasi sharqiy qismi paleolit
yodgorliklari (Qizilnura 2-7,8-20). 1970-yili A.V.Vinogradov va E.D. Mamedovlar Qorasigir
havzasi sharqiy qismida yana arxeologik tadqiqotlar olib borishib, qator paleolit makonlarini
aniqlashgan. Bu makonlar Qizilnura 1 makonidan farq qilib, ulardan topilgan tosh qurollar soni
ikki, uchtadan to o‘ttiztagacha boradi.

Faqatgina havzaning g‘arbiy-janubiy qismidan topilgan makonlarda nisbatan ko‘proq tosh

buyumlar uchratilgan. Xususan, Qizilnura 16 makonidan 100 dan ortiq tosh buyumlar qo‘lga
kiritilgan. Topilgan tosh qurollarini tipologik jihatdan bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Tosh
qurollar must’e davri jamoalariga tegishli.

Qizilnura 15 makoni. Bu yodgorlik havzaning shimoliy-g‘arbiy qismida joylashgan.

Makon maydoni 300*300 m o‘lchamga teng keladi. A.V.Vinogradov fikricha Qizilnura 15
yodgorligi chaqmoqtoshli tog‘ jinsiga birlamchi ishlov beriladigan ustaxona hisoblanadi. Makon
maydoni sathida uch joydan 464 nusha tosh buyumlari topilgan. Tosh buyumlari ichida 350 dan
ortig‘ining sirt qismi juda silliqlanib ketgan. Uchchala tosh qurollari jamlangan punktlar tosh
qurollari tipologik jihatdan bir-birlaridan farq qilmaydi.

Tosh qurollari ichida keskich qurollar, tishsimon ishlov berilgan qurollar ko‘pchilikni

tashkil qiladi. Turli shakldagi qirg‘ich qurollar ham o‘z ishlov berilish usuliga ko‘ra must’e davri


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

87

jamolariga tegishli. Echkiliksoy vohasidan oz sonli bo‘lsada paleolit davriga oid makonlar
topilgan. Paleolit yodgorliklari Qorabog‘quduq, Xo‘jagumbazdan topilgan. Hammasi bo‘lib, 5 ta
makondan iborat. Janubiy-g‘arbiy Qizilqum paleolit yodgorliklari tosh buyumlari jigar-kulrang
rangli chaqmoqtoshli tog‘ jinslaridan yasalgan. A.V.Vinogradov ko‘rsatishicha sanoqli bo‘lsada
qora rangli chaqmoqtoshli slanslardan ham qurollar yasalgan.

Hattoki qayroqtoshdan yasalgan 87 paykonlar hamda disksimon bir taraflama ishlov

berilgan tosh o‘zaklari ham uchraydi( A.V.Vinogradov, Mamedov 1970). Lavlakan paleolit
makonlari. A.V.Vinogradov, E.D.Mamedovlar Qizilqumning ichki hududlari . Xususan, Lavlakan
ko‘li atrofida qator paleolit davri yodgorliklarini tadqiq etishgan. Bu makonlar Lavlakan 34,29,
203,219,40,108,368 kabilar hisoblanadi. Lavlakan paleolit qurollari paykonlar, qirg‘ichlar,
tishsimon usulda ishlov berilgan tosh qurollari hisobalanib, Qizilnura, Ayaqagitma must’e
qurollarigi o‘xshash.O‘z navbatida Ko‘lbuloq makon qurollariga yon tomoniga chuqurcha hamda
tishsimon usulida ishlov berilganligi bilan o‘xshaydi.

Qoraqalpog‘iston sarhadlari Ustyurt platosida ashel va muste davriga A.V.Vinogradov,

E.Bijanov va M.Qosimovlar tomonidan Borsakelmas, Esen qirlaridan topilgan Esen 1,2,4,5,6,
Qoraquduq yodgorliklari kiritilgan. Xullas, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ma’lumki, O‘rta
Osiyo sarhadlari kishilik tarixi taraqqiyoti tosh asri o‘rta paleolit (muse) davrida odamzod
yashashib, o‘ziga xos madaniyat yaratishgan ekan. Bu haqda Tojikiston, O‘zbekiston,
Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston hududlarida amalga oshirilgan tadqiqotlarda qo‘lga
kiritilgan arxeologik, antropologik manbalar dalolat beradi.

A.P.Okladnikov, V.A.Ranov, N.Toshkenboev, M.Qosimov, R.Suleymanovlar O‘rta Osiyo

sarhadlarida muste davri jamoalarining moddiy madaniyati bir tomondan Old Osiyo (A guruhi),
ikkinchi tomondan SHarqiy hududlar Sibir, Mongoliya, Xitoy (B guruhi) sarhadlari muste davri
jamoalari moddiy madaniyatiga o‘xshashligini ta’kidlashgan. SHuningdek, V.A.Ranov,
N.Toshkenboev, M.Qosimov, R.Suleymanovlar muste jamoalarining moddiy madaniyatini
mahalliy madaniy variantlarga bo‘lishgan. Keyingi yillarda O‘zbekiston-Rossiya xalqaro
arxeologik ekspeditsiyasi (O‘.Islamov, R.Suleymanov, A.P.Derevyanko) xodimlari tomonidan
muste davriga oid bir qator yangi yodgorliklar topilishiga erishilgan.


REFERENCES

1.

А. В. Виноградов Древние охотники и рыболовы среднеазиатского междуречья
Москва, 1980

2.

Касымов М. Р. Кремнеобрабатывающие мастерские и шахты каменного века Средней
Азии. Ташкент, 1972 б

3.

N.O`. Xolmatov O`rta Osiyo Arxelogiyasi: tosh asri Toshkent, 2020





References

А. В. Виноградов Древние охотники и рыболовы среднеазиатского междуречья Москва, 1980

Касымов М. Р. Кремнеобрабатывающие мастерские и шахты каменного века Средней Азии. Ташкент, 1972 б

N.O`. Xolmatov O`rta Osiyo Arxelogiyasi: tosh asri Toshkent, 2020

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов