RESEARCH ISSUES OF UZBEK CHILDREN'S SEASONAL RITUAL FOLKLORE

HAC
Google Scholar
To share
Esanov, A. . (2023). RESEARCH ISSUES OF UZBEK CHILDREN’S SEASONAL RITUAL FOLKLORE. Modern Science and Research, 2(9), 15–19. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24074
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the issues of studying Uzbek children's seasonal ritual folklore. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Similar Articles


background image



15

O‘ZBEK BOLALAR MAVSUMIY MAROSIM FOLKLORINING O‘RGANILISH

MASALALARI

Alijon Esanov

Termiz davlat universiteti, Erkin tadqiqotchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8328489

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

o‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklorining o‘rganilish

masalalari haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan.

Maqola so’nggida xulosa va takliflar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

o‘zbek bolalar mavsumiy marosim folklori, bolalarning o‘yinlari, xalq

og‘zaki ijodi.

RESEARCH ISSUES OF UZBEK CHILDREN'S SEASONAL RITUAL FOLKLORE

Abstract.

This article talks about the issues of studying Uzbek children's seasonal ritual

folklore. During the article, reasonable opinions and considerations are mentioned. Conclusions

and suggestions are given at the end of the article.

Key words:

folklore of Uzbek children's seasonal ceremony, children's games, folklore.

ПРОБЛЕМЫ ИССЛЕДОВАНИЯ СЕЗОННОГО ОБРЯДОВОГО ФОЛЬКЛОРА

УЗБЕКСКИХ ДЕТЕЙ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются вопросы изучения детского

сезонного обрядового фольклора узбеков. В ходе статьи приводятся обоснованные мнения

и соображения. Выводы и предложения приведены в конце статьи.

Ключевые слова:

фольклор узбекских детских сезонных обрядов, детские игры,

фольклор.

Folklor asarlarini tinglab voyaga yetayotgan bolalarning o‘yinlari, sho‘xliklari, xayollari,

qiziqishlari, gap-so‘zlari... Bular bolalarning ma’naviy dunyosini boyitadigan omillardandir.

Agarda kattalar bu o‘ziga xos bolalar dunyosini tushunib, uni to‘g‘ri baholay olsalar, bolalarning

kelajagi uchun katta ish qilgan bo‘ladilar

1

. Ma’lumki, og‘zaki adabiyot yozma adabiyot paydo

bo‘lmasdan ilgari, uzoq, o‘tmishdayoq mavjud bo‘lgan. Bu adabiyot xalq badiiy kamoloti va

ma’naviy boyligining bitmas-tuganmas xazinasidir. Xalq og‘zaki ijodi xalqning mehnat jarayoni

asosida yuzaga kelgan bo‘lib, uning kundalik turmushi bilan chambarchas bog‘langan. Bolalar

1

Жумабоев М. Болалар адабиёти. – Т.:Ўқитувчи, 2008. – Б.8.


background image



16

folklori xalq poetik ijodining uzviy bir tarkibiy qismini tashkil etadi. Mazkur tarkib tez aytish,

sanama, topishmoq kabi ko‘plab janrlardan tashkil topgan. Kattalar xalq og‘zaki ijodidagi qo‘shiq

va ertaklar bolalar folkloridagi bolalarga moslashtirilgan holda yaratilib kelingan.

“Marosim folklori” tushunchasi, o‘z navbatida, ikki muhim komponentni o‘zida

mujassamlashtiradi. Bular marosimning syujetikasi (kechish tarzi va bajariladigan xatti-

harakatlar) va uning so‘z (verbal) komponenti bilan bog‘liq uzvlardan iborat”

2

. O‘zbek bolalar

mavsumiy marosim folklorining genezisiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ajdodlarimizning

qachonlardir animistik va totemistik e’tiqodlari asosida shakllanib, endilikda o‘sha mohiyatini

yo‘qotgan yalinchoqlar va hukmlagichlar bolalar repertuarida hozirgi kungacha yashab kelmoqda

Mavsumiy va oilaviy-maishiy marosimlarining turlari ko‘p bo‘lib, ular tarixan boy va

qadimiy hamda mehnatkash xalqning kundalik hayotdagi mehnat faoliyati davomida qadimgi

davrlardan shakllangan bo‘lib, o‘zida xalq badiiy tafakkuri, hayotiy kechinmalari, orzu-umidlari,

madaniyati va ma’rifati o‘z ifodasini topgan. Shuni ham aytish kerakki, ma’lum marosimlar va

ularda ijro etiladigan qo‘shiqlar (masalan, Sust xotin, Choy momo, Qo‘sh haydash) endilikda o‘z

mavqeyini yo‘qotgan bo‘lsa-da, ammo ijtimoiy-badiiy tafakkurning rivojlanishi jarayonida

ma’lum ahamiyat kasb etib kelmoqda.

O‘zbek bolalar folklori namunalarini to‘plash, nashr etish va ilmiy estetik qimmatini

oshirish masalalari o‘tgan asrning 20-yillariga to‘g‘ri keladi. 1919-yili Fitrat boshliq bir guruh

shoir va olimlar birinchi adabiy uyushmani tuzganlarida, unga “Chig‘atoy gurungi” deb nom

berishgan. Fitrat va uning maslakdoshlari mo‘g‘ul istilosidan o‘zlariga qadar turkiy tilda yaratilgan

adabiyotni o‘zbek xalqining ma’naviy boyligi sifatida saqlab qolish va xalqning tom ma’nodagi

mulkiga aylantirish maqsadida bu boy adabiy merosni to‘plash, o‘rganish va nashr etishni o‘z

oldilariga vazifa qilib qo‘ydilar... “Gurung”ning ilmiy va ijodiy dasturini amalga oshirishga

kirishgan Abdurauf Fitrat o‘zbek mumtoz adabiyotini uning qadimgi davrlaridan boshlab

o‘rganishga kirishdi; Elbek xalq ijodi namunalarini to‘plash va o‘rganishni o‘z zimmasiga oldi”

3

.

1937-yilda Elbek tomonidan to‘plab tartib berilgan “Bolalar qo‘shig‘i”, Oxunjon Safarov

tomonidan tartib berilgan “O‘zbek xalq ijodi” seriyasida 1984-yilda bosilib chiqqan “Boychechak”

to‘plamlari juda katta ilmiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbek bolalar folklorini o‘rganish 60-

yillardan e’tiboran izchillasha bordi. Z.Husainovaning “O‘zbek topishmoqlari” (1966),

G‘.Jahongirovning “O‘zbek bolalar folklori” (1975), shuningdek, O.Safarovning “Bolalarni

erkalovchi o‘zbek xalq qo‘shiqlari” (1983), “O‘zbek bolalar poetik folklori” (1985), “Alla-yo alla”

2

Саримсоқов Б. Ўзбек маросим фольклори. – Тошкент: Фан,1986. – Б.16.

3

Каримов Н. ХХ аср адабиёти манзаралари.1-китоб. – Тошкент: “O’zbekiston”, 2008. – Б.235.


background image



17

(1999), “Chittigul” (2004), “O‘zbek xalq bolalar o‘yinlari” (2012), Sh.Galiyevning “O‘zbek

bolalar o‘yin folklori” (1998) singari tadqiqotlari tufayli bu boradagi izlanishlarning samaralari

ko‘zga tashlandi

4

.

O‘zbek folkloriga oid ilk tadqiqotlardan biri rus sharqshunosi N.P.Ostroumovning

Qozonda nashr etilgan kitobida bolalar tomonidan ijro etiluvchi “Ramazon” qo‘shiqlari bilan

bog‘liq qaydlar uchraydi

5

.

Folklorshunos H.Ro‘zmetovning tadqiqotida o‘zbek bolalar folklori o‘rganilish tarixining

tadrijiy taraqqiyoti alohida tizim sifatida tadqiq etilgan. U o‘z ishida XX asr boshlaridagi

N.Budzinskiyning tadqiqotiga alohida e’tibor qaratib shunday yozadi: Bu maqolada toshkentlik

Odil Rashid degan bir boladan yozib olingan qo‘shiqlar matni o‘zbek tilida nashr etilganligi

folklorshunoslik uchun muhim ilmiy qimmatga ega. Ayniqsa, “Boychechak qo‘shig‘ining matni

originalligi bilan ajralib turadi. Qo‘shiqlar orasida bugungi kunda ham bolalar repertuarida

saqlanib qolgan “Olatoy-bulatoy” tipidagi matnlar ham uchraydi”.

Shuningdek, H.Ro‘zmetov tadqiqotchilar ro‘yxatini davom ettirar ekan, Yu.Kazbekov,

A.Divayev, N.N.Pantusov, A.Vasilevning

6

maqola va qaydlarini sanash bilan birga “o‘sha davr

matbuoti va adabiyotini yanada batafsilroq ko‘zdan kechirganda bu ro‘yxatni yana davom ettirish

mumkin bo‘ladi”, degan qarashlarni ilgari surish orqali qimmatli ma’lumotlarni berib o‘tadi: “XX

asrning 20-30-yillariga kelib, o‘zbek folklori va etnografiyasi bilan izchil shug‘ullangan rus

sharqshunos

va

etnograflari

M.S.Andreyev,

Ye.M.Peshchereva,

A.K.Borovkov,

Ye.K.Borovkovalarning bolalar folklorini tadqiq etishga bag‘ishlangan dastlabki jiddiy ilmiy

tadqiqotlari yuzaga keldi. Xususan, M.S.Andreyev “Havzak-havzak” o‘yinining bir nechta

variantini qiyosiy tadqiq etgan bo‘lsa, Ye.M.Peshchereva Farg‘ona vodiysi, Toshkent shahri va

viloyati, Zarafshon vohasi va Janubiy O‘zbekiston hududlaridan o‘zi to‘plagan bolalar o‘yinlari

va o‘yin folklori namunalarini tahlil qilib, “Assalom jiyda bodom”, “Chittigul”, “Chuchvara

qaynaydi-yo”, “Oftob chiqdi olamga”, “Olatoy-bulatoy”, “Sadr”, “Asha bolam”, “O‘g‘oloq” kabi

o‘yin qo‘shiqlari haqida qiziqarli mulohazalarni bildirgan. A.K.Borovkov esa o‘zining “O‘zbek

bolalarining o‘yinlari” nomli maqolasida Chimkent, Kattaqo‘rg‘on, Toshkent shaharlaridan

to‘plangan folklor materiallari asosida o‘sha davrda bolalar orasida urf bo‘lgan an’anaviy o‘yinlar

to‘g‘risida muhim ma’lumotlarni keltirgan”

7

.

4

Сафаров О., Баракаев Р., Жамилова Б. Болалар адабиёти. – Бухоро: “Дурдона” нашриёти, 2019. – Б. 36.

5

Остроумов Н.П. материалы к изучению наречия сартов Туркестана. Стих в честь месяца Рамазана (сартский

текст и русский перевод). – Казань,1898. – С.2-8.

6

Диваев А. Игры киргизских детей // Туркестанский сборник. Т.440. – Ташкент, 1875. – С.837;

7

Рўзметов Ҳ. Хоразм болалар фольклори: Филол. фан. номз. ...дисс. – Тошкент, 2005. – Б. 15-16.


background image



18

Istiqlol tufayli marosim folklorining ilgari nashr etilmagan yoki qisman ommalashtirilgan

namunalari chop ettirildi. Folklorshunos T.Mirzayev va M.Jo‘rayevlar tomonidan nashr ettirilgan

“Navro‘z” kitobi (tuzuvchilar: T.Mirzayev va M.Jo‘rayev, 1992-yil), yilboshi bayrami va bahoriy

udumlar bilan aloqador urf-odat hamda marosimlarda ijro etiladigan qo‘shiqlar tahliliga

bag‘ishlangan “Navro‘z qo‘shiqlari” (M.Jo‘rayev, 2007-yil) xalqimizning tabiat hodisalari bilan

aloqador inonch va ta’birlari jamlangan “Ob-havo darakchilari” to‘plami (to‘plab nashrga

tayyorlovchi; M.Jo‘rayev, 1996-yil), “Ulug‘oy umidlari”, “Yo ramazon qo‘shiqlari” (to‘plab

nashrga tayyorlovchi: M.Jo‘rayev va Sh.Shomusarov, 2001-yil), o‘zbek dafn va ta’ziya

marosimlari folklori namunalaridan tarkib topgan. “Bo‘zlardan uchgan g‘azal-ay” (nashrga

tayyorlovchi O.Safarov, D.O‘rayeva, 2005-yil) singari kitoblar xalqimizning marosim folklorini

to‘la nashr etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi”.

Shu o‘rinda Surxon vohasi folklorining va xalq amaliy san’atining sayqallanishida, badiiy

jihatdan zamonaviy va jozibali jilo topishida Boysun tuman xalq ta’limi bo‘limi qoshidagi

“Quralay“ bolalar folklor etnografik xalq dastasi ham o‘zbek xalqining madaniy merosi sifatida

asrdan-asrga o‘tib kelayotgan “Boychechak”, “Chittigul”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Yomg‘ir

yog‘aloq”, “Laylak keldi” kabi bolalar qo‘shiqlarini ijro etib, ularning saqlanishiga o‘z hissasini

qo‘shib kelayotganini e’tirof etish mumkin. Biroq, Surxondaryo bolalar folklorining o‘ziga xos

xususiyatlarini ochib beruvchi alohida tadqiqot vujudga kelmadi. Latifa Xudoyqulovaning

“Surxondaryo to‘y marosim qo‘shiqlari” nomli nomzodlik ishi to‘y marosim qo‘shiqlari tadqiqiga

bag‘ishlangani bilan farq qiladi. Bolalar mavsumiy marosim folklorining tadqiqi muammosiga

bag‘ishlanganligi ishimizning dolzarbligini ta’minlaydi.

So‘nggi yillardagi kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek folklorshunosligida bolalar

folklori manbalarining to‘planishi, o‘rganilishi tarixini tasniflab o‘rgangan olimlarimiz

qarashlarida bahs-munozaraga sabab bo‘luvchi holatlar ham uchraydi. Bolalar folklorining yozib

olinishi va ommalashtirilishi tarixini XI asrdan, ya’ni Mahmud Koshg‘ariyning faoliyatidan

boshlash hozircha qo‘limizda mavjud bo‘lgan material nuqtai nazaridan balki to‘g‘ridir. O‘zbek

bolalar folklori materiallarining to‘planishi va o‘rganilish tarixini quyidagicha davrlashtiriladi:

1. Bolalar folklorini to‘plashning ilk bosqichi – eng qadimgi davrlardan to XIX asrning

oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

2. Bolalar folklorining o‘lkashunoslik yo‘nalishida to‘plab, ommalashtirilishi bosqichi –

XIX asr oxiridan XX asrning boshlari, aniqrog‘i, oktabr to‘ntarishigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga

oladi.


background image



19

3. Bolalar folklorining ilmiy o‘rganilish bosqichi XX asrning 20-yillaridan 90-yillarigacha

bo‘lgan davrni qamrab oladi.

4. Bolalar folklorini o‘rganish va ommalashtirishning mustaqillik davri bosqichi – 1991

yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi”.

Xulosa qilib aytganda, istiqlol yillarida barcha sohalarda bo‘lganidek, milliy urf-

odatlarimiz bilan bog‘liq an’ana va marosimlarimizni tashviq etishga keng yo‘l ochilishini alohida

ta’kidlash mumkin.

REFERENCES

1.

Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. – Toshkent: Fan, 1974. – 222 b.

2.

Bolalar adabiyoti. Majmua. – Toshkent: O‘qituvchi, 1993. – B.58-59.

3.

Jahongirov G‘. O‘zbek bolalar folklori. – Toshkent: O‘qituvchi, 1975. – 102 b.

4.

Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. – T.: O‘qituvchi, 2008. – B.8.

5.

Jo‘raev M. O‘zbek mavsumiy marosim folklori. – Toshkent: Fan, 2008. – 252 b.

References

Alaviya M. O‘zbek xalq marosim qo‘shiqlari. – Toshkent: Fan, 1974. – 222 b.

Bolalar adabiyoti. Majmua. – Toshkent: O‘qituvchi, 1993. – B.58-59.

Jahongirov G‘. O‘zbek bolalar folklori. – Toshkent: O‘qituvchi, 1975. – 102 b.

Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. – T.: O‘qituvchi, 2008. – B.8.

Jo‘raev M. O‘zbek mavsumiy marosim folklori. – Toshkent: Fan, 2008. – 252 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов