INFLUENCE ON THE GROWTH, DEVELOPMENT AND YIELD OF COTTON WHEN USING THE STIMULATOR WITH A SUSPENSION

HAC
Google Scholar
To share
Safarova, N., Tuxtayev, S., Hamroyeva, S., & Nazarboyeva, M. (2023). INFLUENCE ON THE GROWTH, DEVELOPMENT AND YIELD OF COTTON WHEN USING THE STIMULATOR WITH A SUSPENSION. Modern Science and Research, 2(9), 287–291. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24150
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In our republic, the increase in the population and the increase in the demand for food products, obtaining a high yield at low cost and economic efficiency, as well as providing the population with sufficient food products, in cotton cultivation, early, fertile, external stress factors, disease and the development of agrotechnologies of treatment with new growth regulators in the cultivation of high and quality fiber that is resistant to pests is one of the urgent issues. Paragraph 3.3 of the Action Strategy for the further development of the Republic of Uzbekistan for 2017-2021 states "... consistent development of agricultural production, strengthening of the country's food security, expanding the production of environmentally friendly products, modern important tasks such as "introduction of agrotechnologies of application of swelling-regulating preparations" are defined. On this basis, it is also important to carry out scientific research on the development of optimal standards and periods of use of new growth regulators in the care of agricultural crops.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

287

UDK.634.2

STIMULYATORINI SUSPENZIYA BILAN QO’LLASHDA G‘O‘ZANING

O‘SIShI, RIVOJLANIShI VA HOSILIGA TA’SIRI.

Safarova Nilufar Rustambayevna

Toshkent davklat agrar universiteti asistenti.

nilufar@mail.ru

Tuxtayev Soatmurod Boysari o'g'li

Toshkent davklat agrar universiteti magistranti.

soatmurod@gmail.ru

Hamroyeva Sug'diyona O'ktam qizi

Toshkent davlat agrar universiteti magistranti.

sug’diyona@com.uz

Nazarboyeva Munira Farid qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8371980

Annotatsiya.

Respublikamizda aholi sonining ko‘payishi hamda oziq-ovqat

mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortishi, kam xarajat qilib yuqori hosil olish va iqtisodiy
samaraga erishish, oziq-ovqat mahsulotlari bilan aholini yetarlicha ta’minlash bilan birga
paxtachilikda ertapishar, serhosil, tashqi stress omillarga, kasallik va zararkunandalarga
bardoshli yuqori va sifatli tola yetishtirishda yangi o‘sishni sozlovchi moddalar bilan ishlov berish
agrotexnologiyalarini ishlab chiqish dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017–2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar
strategiyasining 3.3 bandida “...qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish,
mamlakat oziq

-

ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni

kengaytirish, zamonaviy o‘sishni sozlovchi preparatlarni qo‘llash agrotexnologiyalarini joriy
etish” kabi muhim vazifalar belgilangan. Shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlashda
yangi o‘sishni sozlovchi moddalarni qo‘llashning maqbul me’yorlari hamda muddatlarini ishlab
chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish ham dolzarb hisoblanadi.

Kalit so’zlari

:

Paxta hosili unib chiqishi, g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi suspenziya

qullash.

INFLUENCE ON THE GROWTH, DEVELOPMENT AND YIELD OF COTTON

WHEN USING THE STIMULATOR WITH A SUSPENSION

Abstract.

In our republic, the increase in the population and the increase in the demand

for food products, obtaining a high yield at low cost and economic efficiency, as well as providing
the population with sufficient food products, in cotton cultivation, early, fertile, external stress
factors, disease and the development of agrotechnologies of treatment with new growth regulators
in the cultivation of high and quality fiber that is resistant to pests is one of the urgent issues.
Paragraph 3.3 of the Action Strategy for the further development of the Republic of Uzbekistan
for 2017-2021 states "... consistent development of agricultural production, strengthening of the
country's food security, expanding the production of environmentally friendly products, modern
important tasks such as "introduction of agrotechnologies of application of swelling-regulating
preparations" are defined. On this basis, it is also important to carry out scientific research on the
development of optimal standards and periods of use of new growth regulators in the care of
agricultural crops.

Keywords

:

Germination of cotton crop, cotton growth, development, suspension

cultivation.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

288

ВЛИЯНИЕ НА РОСТ, РАЗВИТИЕ И УРОЖАЙНОСТЬ ХЛОПКА ПРИ

ИСПОЛЬЗОВАНИИ СТИМУЛЯТОРА С СУСПЕНЗИЕЙ

Аннотация.

В нашей республике увеличение численности населения и увеличение

спроса на продукты питания, получение высокого урожая при низких затратах и
экономической эффективности, а также обеспечение населения достаточным
количеством продуктов питания, в выращивании хлопка раннего, плодородного, внешнего
стрессовые факторы, болезни и разработка агротехнологий обработки новыми
регуляторами роста при выращивании высококачественного и устойчивого к вредителям
волокна является одной из актуальных проблем. В пункте 3.3 Стратегии действий по
дальнейшему развитию Республики Узбекистан на 2017-2021 годы указано
«…последовательное развитие сельскохозяйственного производства, укрепление
продовольственной безопасности страны, расширение производства экологически чистой
продукции, современные важные задачи, такие как определены «внедрение агротехнологий
применения препаратов, регулирующих набухание». Исходя из этого, важно также
проведение научных исследований по разработке оптимальных норм и сроков применения
новых регуляторов роста при уходе за сельскохозяйственными культурами.

Ключевые слова

:

Прорастание урожая хлопка, рост хлопка, развитие,

суспензионное возделывание.

Kirish.

Dunyo qishloq xo‘jaligida o‘tgan asrning 30-40 yillariga kelib o‘simliklarni

parvarishlashda AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Avstraliya kabi
davlatlarda o‘sishni sozlovchi moddalarga bo‘lgan extiyoj ortib, hozirgi kunda jahon bozoridagi
talab 2241 mln. AQSh dollariga tengdir. Bu esa dunyo qishloq xo‘jaligida mahsulotlar
yetishtirishda o‘sishni sozlovchi moddalardan keng foydalanilayotganini bildiradi. O‘sishni
sozlovchi moddalar nafaqat o‘simliklarni o‘sishini boshqaradi, shu bilan birga tuproqning
unumdorligini saqlash va oshirishda kechadigan agrokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi hamda
yaxshilaydi.

Dunyoda iqlimning global o‘zgarishi hamda yildan yilga ob-havoning noqulay sharoitlarda

o‘simliklarni parvarishlashda o‘sishni sozlovchi moddalarni ilmiy asoslangan holda qo‘llash ijobiy
natijalar bermoqda. Bunda, ob-havo noqulayliklari, suv taqchilligi, zararkunandalar va turli
kasalliklarning ko‘payishi uchragan mavsumda o‘sishni sozlovchi moddalar bilan ishlov berishni
ilmiy asoslash natijasida nihollarning unib chiqish hamda o‘sish rivojlanishida fiziologik
jarayonlarning tezlashishi, o‘simliklarning fotosintez mahsuldorligi ortishi, tashqi stress omillarga,
kasallik va zararkunandalarga bardoshliligi oshishi, ertagi, yuqori va sifatli hosil olish hisobiga
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ortib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash
imkonini bermoqda.

Keyingi yillarda respublikamiz sharoitida turli fiziologik faol moddalar bilan chigitga va g‘o‘za

vegetatsiyasi davrida o‘simlikka ishlov berilganda nihollar unib chiqishi tezlashib, bir tekis va sog‘lom unib
chiqishi, kasalliklarga chidamliligi ortishi, ildiz tizimi baquvvat rivojlanishi, o‘sishi va rivojlanishi jadallashib,
paxta hosili va tolasining sifati yaxshilanishi bo‘yicha qator tadqiqotlar o‘tkazilgan

Shu yo‘nalishdagi ishlardan biri 2017-2020 yillarda Toshkent viloyatining tipik bo‘z

tuproqlari sharoitida olib borildi va bunda Rossiyada ishlab chiqarilgan, ta’sir etuvchi moddasi
araxidon kislotasi bo‘lgan yangi Bioduks stimulyatorining g‘o‘zadagi samaradorligi o‘rganildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

289

Tadqiqotlar PSUEAITI tajriba dalalarida o‘tkazilib (Toshkent viloyati Qibray tumani),

tajriba variantlari 4 qatorli, g‘o‘za qator orasi 80 sm, variantlar eni 2,6 m, bo‘yi 28 m, tajriba
maydoni 80 m

2

ni tashkil qilib, 3 qaytariqda, joylashtirildi. Tajribada g‘o‘zaning Andijon-37 navi

ekildi. Bioduks stimulyatori bilan chigitga ekish oldidan namlash davrida 2,0-3,0-4,0 ml/t
me’yorlarda ishlov berilib, g‘o‘zaning gullash davrida 3,0 ml/ga me’yorda qo‘l purkagichda
sepildi. Taqqoslash uchun etalon sifatida Gumimaks stimulyatori bilan chigitga 0,9 l/t va gullash
davrida 0,4 l/ga me’yorlarda ishlov berilgan hamda umumiy nazorat variantlari olindi

1-jadval

Tajriba

variantlari

Chigitga ekish

ishlov berish vaqti

G‘o‘zaning gullashdan

oldin ishlov berish me’yori

1

Nazorat

Ishlov berilmaydi

2

Gumimaks

0,9 l/t

0,3 l/ga

3

Bioduks

3,0 ml/t

2,0 ml/ga

4

Bioduks

4,0 ml/t

2,0 ml/ga

5

Bioduks

5,0 ml/t

2,0 ml/ga


O‘tkazilgan tajribada chigitga ekish oldidan Bioduks stimulyatori bilan ishlov berilganda,

chigitning dala unuvchanligi g‘o‘za navining biologik xususiyati va ob-havo sharoitiga bog‘liq
holda turli ko‘rsatkichlarni namoyon qilgan. Dala sharoitida chigit unuvchanligini aniqlash
bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi kuzatuvda nazorat variantida unuvchanlik darajasi 45,4% ni tashkil
etgan bo‘lsa, Bioduks bilan ishlov berilgan variantlarda bu ko‘rsatkich 48,2-50,2% ekanligi
kuzatilgan.

Ta’kidlash lozimki, birinchi kuzatuvdayoq Bioduks stimulyatori bilan ishlov berilgan

variantlarda unuvchanlik ko‘rsatkichi nazorat variantiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.

Shuning bilan birga Bioduks stimulyatori bilan ishlov berilgan variantlarda chigit

unuvchanligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar keyingi muddatlarda o‘tkazilgan kuzatuvlarda

Tajribada Bioduks stimulyatorini g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ko‘rsatadigan

ta’sirini aniqlash maqsadida davriy ravishda o‘simlik holati biometrik kuzatuvlar orqali o‘rganilib
borildi. Bunda, chigitga hamda g‘o‘zaning rivojlanish davrida Bioduks stimulyatori bilan ishlov
berilgan variantlarda o‘simlikning o‘sishiga qulay sharoit yaratilishi sababli, uning ijobiy ta’siri
namoyon bo‘ldi deb hisoblaymiz

G‘o‘zaning gullash va hosil tugish davrlarida o‘tkazilgan kuzatuvlarda Bioduks bilan

chigitga va g‘o‘zaning o‘suv davrida turli me’yorlarda ishlov berilganda nazoratga nisbatan
o‘simlik bo‘yi va hosil elementlari to‘planishi maqbullashgani va yuqori ko‘rsatkichlar olingani
aniqlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

290

G‘o‘zaning o‘suv davri oxirida 2 sentabrda o‘tkazilgan kuzatuvda Bioduks stimulyatori

bilan chigitga 4,0 ml/t va gullash davrida 3,0 ml/ga me’yorda ishlov berilgan variantda o‘simlik
bo‘yi 98,2 sm, hosil shoxlari

15,0 dona, ko‘saklar soni 12,6 dona bo‘lgani holda bu ko‘rsatkichlar nazorat variantida

mos ravishda 89,5 sm, 15,8 va 8,9 donani tashkil etib, Bioduks ta’sirida g‘o‘zaning bo‘yi 8,1sm,
hosil shoxlar soni 1,4 donaga va ko‘saklar soni 1,9 donaga ko‘proq bo‘lganligi kuzatildi.

Paxta terimi oldidan 19 sentabrda o‘tkazilgan kuzatuvda ko‘saklarning ochilish darajasi

aniqlandi. Bunda nazorat variantida ochilgan ko‘saklar soni 3,7 donani yoki 36,4% ni tashkil etgan
bo‘lsa, Bioduks stimulyatori bilan turli me’yorlarda ishlov berilgan variantlarda 4,8-5,5 dona yoki
44,1-48,1% ga teng ekanligi hamda nazorat variantiga nisbatan ko‘saklarning ochilish darajasi 8,1-
1,7% ga tezlashgani kuzatildi.

Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi.

Toshkent viloyati sharoitida chigitni

ertagi va sog‘lom undirib olish, kasalliklardan himoya qilish, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishini
avjlantirish, yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirish uchun Natriy gumat, Obereg’, Fitovak,
Bioduks va Zamin-M stimulyatorlarini qo‘llashning maqbul me’yorlari va muddatlari ishlab
chiqilgan. G‘o‘za parvarishida yangi stimulyatorlarning maqbul me’yor va muddatlarini ishlab
chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari o’rganilgan.

Mamlakatimizda chigitga o‘stiruvchi moddalar bilan ishlov berish borasida ko‘plab ilmiy

tadqiqotlar o‘tkazilgan, ularni qo‘llash me’yorlari va muddatlari bo‘yicha tavsiyalar berilgan,
quyida ularga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

T.Abduraxmonov, A.Normuxammedovlar [54; 10 b.] ta’kidlashicha, Oksigumat

stimulyatori qo‘llanilganda ekstremal sharoitlar: issiq va past haroratda, suv taqchil
qurg‘oqchilikda va sho‘rlangan tuproqlarda, nitrat va zaharli ximikatlar to‘plangan joylarda hamda
har xil kasalliklarning o‘simliklarga nojo‘ya ta’sirini kamaytirishda yuqori samaradorlikka ega
hisoblanadi.

B.Muxammadiev, Sh.Abdualimovlar [81; 10 b.] tomonidan Xorazm viloyati sharoitida

o‘tkazilgan tadqiqotlarda urug‘lik chigitni ekish oldidan o‘stiruvchi moddalar: Vitavaks 200 FF,
T-86, GMK bilan ishlov berilganda, chigitning unib chiqishi tezlashgan, g‘o‘zaning o‘sish-
rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilgan hamda 1,7-2,9 s/ga qo‘shimcha hosil olingan. B.Muxammadiev,
Sh.Abdualimovlar [80; 396-398 b.] ning ilmiy manbalarida keltirilishicha o‘tloqi allyuvial
tuproqlar sharoitida chigitga turli stimulyatorlar bilan ishlov berilganda nihollarning unib chiqishi
tezlashib, g‘o‘zaning o‘sib rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilgan.

K.M.Tadjievning [98; 256-258 b.] tajribalarida chigitga Vitaros, Bronopol va P-4

preparatlari bilan ishlov berilganda, yosh nihollarni ildiz chirish va gommoz kasalliklaridan
himoya qilish bilan birgalikda o‘sishi va rivojlanishini tezlashib, mo‘l va sifatli hosil olish
imkonini bergan.

K.M.Tadjiev [95; 258-261 b.] ning ilmiy tadqiqotlarida Surxondaryo viloyati sharoitida

kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida ekilgan g‘o‘zaga Oksigumat stimulyatori shonalash
va gullash davrlarida 0,5 l/ga qo‘llanilganda, ko‘sakdagi paxta vazni va hosildorlik oshganligi
keltirilgan. Hozirgi kunda paxtachilikda ko‘plab innovatsion texnologiyalar ishlab chiqilmoqda va
amaliyotda keng joriy etilmoqda. Ma’lumki, har bir yangi ilmiy ishlanma iqtisodiy samara
bersagina, keng joriy etishga tavsiya etiladi. Shu sababli ilmiy tadqiqotlarda va ishlab chiqarish
sharoitida o‘tkazilgan tajribalar natijalari asosida Natriy gumat, Obereg’, Fitovak, Bioduks va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

291

Zamin-M kabi kimyoviy va mikrobiologik asosli yangi stimulyatorlarni paxtachilikda
qo‘llashning iqtisodiy samaradorligini aniqlash. Hisoblashlar natijalariga ko‘ra, Natriy gumat,
Obereg’ va Fitovak stimulyatorlari qo‘llanilgan tajribaning nazorat variantida o‘rtacha 3 yilda
olingan paxta hosili 29,1 s/ga ni tashkil etib, yil davomida agrotexnik tadbirlarga gektariga
4500000,0 so‘m sarflangan holda, yetishtirilgan va samaradorlikka erishilgan.

Xulosa.

Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari va noqulay tabiiy iqlim sharoitida chigitni

sog‘lom va ertagi undirib olish, kasalliklarga bardoshligini oshirish, g‘o‘zaning o‘sishi va
rivojlanishini jadallashtirish, paxtaning erta pishib yetilishini ta’minlash va yuqori hosil
yetishtirishda Natriy gumat, Obereg’, Fitovak, Bioduks va Zamin-M kabi kimyoviy va biologik
asosli yangi stimulyatorlarni chigitga ekish oldidan va g‘o‘zaning o‘suv davrida qo‘llashning ilmiy
va amaliy ahamiyati aniqlangan. G‘o‘zaning Navro‘z va Andijon-37 navlari chigitiga ekish
oldidan va shonalash-gullash davrlarida Natriy gumat, Obereg’, Fitovak, Bioduks va Zamin-M
stimulyatorlari bilan ishlov berilganda o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib,
bo‘yi 3,6-10,7 sm balandroq, hosil shoxlar soni 0,9-2,6 donaga va ko‘saklar soni 0,4-1,9 donaga
ko‘proq bo‘lgani holda ko‘saklarning ochilish darajasi 4,5-13,7% tezlashgan. Shuning bilan
birgalikda Zamin-M qo‘llanilganda g‘o‘zaning hosil elementlari to‘kilishi 5,2-11,9% gacha
kamaygani aniqlangan.

REFERENCES

1.

Abduraxmonov T., Normuxammedov A. Oksigumat “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnali.
Toshkent. 2007. № 6. B.10.

2.

Muxammadiev B., Abdualimov Sh. “Vitovaks-200 FF qo‘llanilganda chigitning unib
chiqishi va g‘o‘za hosildorligi”. Fermer xo‘jaliklarida Paxtachilik va g‘allachilikni
rivojlantirishning ilmiy asoslari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi
maqolalar to‘plami. Toshkent. 2006 y. 396-398 b.

3.

Tadjiev K.M. “Biostimulyatorni qo‘llab takroriy ekilgan g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil
yetishtirish”. O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining 80 yilligiga bag‘ishlangan
“Paxtachilikdagi dolzarb masalalar va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami. Toshkent. 2009 y.
258-261 betlar. Shamsiddinov F.R., Abdualimov.Sh.H. Namangan viloyati sharoitida
Gumimaks stimulyatorining g‘o‘zadagi samaradorligi. G‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi
ekinlarni parvarishlash agrotexnologiyalarini takomillashtirish. Respublika ilmiy-amaliy
anjumani ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami. O‘zPITI. -Toshkent, 2013. -B.169-172.

4.

Murodova S.S. Mahaliy rizobakteriyalar shtammlari asosida g‘o‘zaning stress sharoitlarga
chidamliligini oshiruvchi yangi, raqobatbardosh mikrob preparatlarini yaratish va ularning
amaliy ahamiyatini baholash. Biologiya fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. -
Toshkent, 2018. -B. 24.

References

Abduraxmonov T., Normuxammedov A. Oksigumat “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnali. Toshkent. 2007. № 6. B.10.

Muxammadiev B., Abdualimov Sh. “Vitovaks-200 FF qo‘llanilganda chigitning unib chiqishi va g‘o‘za hosildorligi”. Fermer xo‘jaliklarida Paxtachilik va g‘allachilikni rivojlantirishning ilmiy asoslari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami. Toshkent. 2006 y. 396-398 b.

Tadjiev K.M. “Biostimulyatorni qo‘llab takroriy ekilgan g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil yetishtirish”. O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Paxtachilikdagi dolzarb masalalar va uni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami. Toshkent. 2009 y. 258-261 betlar. Shamsiddinov F.R., Abdualimov.Sh.H. Namangan viloyati sharoitida Gumimaks stimulyatorining g‘o‘zadagi samaradorligi. G‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni parvarishlash agrotexnologiyalarini takomillashtirish. Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzalari asosidagi maqolalar to‘plami. O‘zPITI. -Toshkent, 2013. -B.169-172.

Murodova S.S. Mahaliy rizobakteriyalar shtammlari asosida g‘o‘zaning stress sharoitlarga chidamliligini oshiruvchi yangi, raqobatbardosh mikrob preparatlarini yaratish va ularning amaliy ahamiyatini baholash. Biologiya fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. -Toshkent, 2018. -B. 24.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов