Oʻzbek bolalar adabiyotining shakllanishida usuli savtiya darsliklarining ahamiyati

HAC
Google Scholar
To share
Hamrakulova, X. . (2024). Oʻzbek bolalar adabiyotining shakllanishida usuli savtiya darsliklarining ahamiyati . Modern Science and Research, 3(1), 1–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27866
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada bolalar adabiyotining turli davrlarda tutgan oʻrni, xususan bolalar folklorining oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiga taʼsiri, mumtoz adabiyotda didaktik tamoyilning ustuvorligi, jadid adabiyotining bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanishiga qoʻshgan hissasi, hozirgi oʻzbek bolalar adabiyoti va bolalaradabiyoti.uz multimediali elektron platformasining bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati xususida bahs yuritiladi.

Similar Articles


background image

1

Oʻzbek bolalar adabiyotining shakllanishida usuli savtiya darsliklarining

ahamiyati

Xurshida Hamrakulova,

filologiya fanlari doktori, Toshkent amaliy fanlar universiteti professori, Toshkent, Gavhar ko‘chasi 1-uy, Tashkent

100149, O‘zbekiston

xamrakulova.xurshida@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439200

Annotatsiya:

Maqolada bolalar adabiyotining turli davrlarda tutgan oʻrni, xususan bolalar folklorining oʻzbek xalq ogʻzaki

ijodiga taʼsiri, mumtoz adabiyotda didaktik tamoyilning ustuvorligi, jadid adabiyotining bolalar
adabiyotining fan sifatida shakllanishiga qoʻshgan hissasi, hozirgi oʻzbek bolalar adabiyoti va
bolalaradabiyoti.uz multimediali elektron platformasining bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati
xususida bahs yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

bolalar adabiyoti, milliy pedagogika, jadid adabiyoti, darslik, alifbo, oʻqitish tizimi, didaktik asar, hikoya,

badiiy matn, usuli savtiya.


KIRISH

Bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanishi XX

asr boshlarida usuli jadid maktablarida yaratilgan ilk
alifbo va darsliklarga badiiy matnlar sifatida kirib
kelishi bilan boshlandi. Bolalar adabiyotining
rivojlanishida bolalar folklorining ahamiyati alohida
oʻrin tutadi. Bola tugʻilganidan to esini tanish
davrigacha boʻlgan vaqt oraligʻidagi aytimlar bolaning
chor atrofga munosabatini belgilash bilan barobar
bolalar folklorining yashovchanligiga ham xizmat
qiladi. Bolalar adabiyoti bolaning ruhiyati,
maʼnaviyatiga taʼsirini oʻtkazadigan, uni kamolot
bosqichiga tayyorlaydigan adabiyotdir. Shu bois
Sharq xalqlari adabiyotida bolalar adabiyoti alohida
oʻringa ega. Sharq maʼrifat maktabida “Kalila va
Dimna”, “Toʻtinoma”, Yusuf Xos Hojibning
“Qutadgʻu bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”,
Saʼdiy Sheroziyning “Guliston”, “Boʻston”,
Rabgʻuziyning

“Qisasi

Rabgʻuziy”,

Alisher

Navoiyning

“Mahbub

ul

qulub”,

“Xamsa”

turkumidagi dostonlari qaʼtiga singdirilgan pand-
nasihat tarzidagi hikmatlar, Xojaning “Gulzor”, Soʻfi
Olloyorning “Sabot ul-ojizin” kabi durdona asarlarida
inson maʼnaviyati, tarbiyasi, kamolot bosqichida
muhim oʻrin tutuvchi didaktik hikoyatlar, purhikmat
ifodalar oʻrin topganki, bu asarlar mutafakkirlarning
farzand tarbiyasiga beeʼtibor boʻlmaganini koʻrsatatdi.
Bolalar adabiyotining taraqqiyotida Sharq adabiyoti
oʻlchovsiz taʼsirga ega.

Bolalar adabiyotida didaktik funksiya yetakchilik

qilgani uchun taʼlim va tarbiya bilan birga olib
boriladi. Boshlangʻich sinflar “Oʻqish kitobi”
darsliklarida ham asosan bolalar adabiyotiga oid
materiallar izchil oʻrin oladi. Bolalar adabiyoti bola
ruhiyatining rivojlanishi hamda taʼlim va tarbiyada
quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.

Bu adabiyot bolani sharqona axloq bilan

tarbiyalanishida muhim ahamiyatga ega.

2.

Asar mazmuniga singdirilgan gʻoya bola

tafakkurini rivojlantiradi.
3.

Badiiy matndagi topqirlikka daʼvat qilingan

oʻrinlar bola xarakterida faollikni rivojlantiradi.
4.

Ramzlar vositasida ifodalangan obrazlar bola

tasavvur olamini kengaytiradi, bolani mantiqiy analiz
qilishga oʻrgatadi.
5.

Bolalar adabiyoti bolaning nutqini oʻstiradi,

hozirjavoblikka oʻrgatadi.
6.

Bolalar adabiyoti bolaning oʻzaro muomala-

munosabatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
7.

Bolalar adabiyoti xotirani kuchaytirishda

muhim

omil

hisoblanadi.

Shu

bois

milliy

adabiyotimizda bolalar adabiyoti oʻz oʻrniga ega.

MATERIAL VA METODLAR

Ushbu

maqolani

yoritishda Yoʻldosh

Abdullayevning

“Eski

maktabda

xat-savodga

oʻrgatish”, Ulugʻbek Dolimovning “Turkistonda jadid
maktablari”,

Moʻmin

Fattayevning

“Atoqli

pedagoglarimiz” kabi ilmiy kitoblarida keltirilgan
dastlabki alifbo va darsliklarga oid badiiy matnlar,
Hamzaning “Tanlangan asarlar” II jildiga kirgan
“Mevalar mojarosi”turkumi tahlil qilingan. Tahlilda
qiyosiy tipologik, sotsiologik va stilistik tahlil
metodlaridan foydalanilgan.

NATIJALAR VA ULARNING

TAHLILI

Bolalar adabiyotining maktab darsliklarida

oʻrinlashuvi usuli savtiyaga asoslangan maktablardan
boshlangani uchun mazkur maqolada shu davrga oid
asarlar va darsliklarga eʼtibor qaratildi. Bolalarning
psixologik olamini hisobga olib yaratilgan tom
maʼnodagi bolalar adabiyoti usuli jadid maktablari
uchun yaratilgan darslik va qoʻllanmalardan
boshlandi.


background image

2

Yangi usul maktabalari 1895-yildan ochila

boshlangan boʻlsa ham Turkistonda yangi usul
maktablarining soni 1905-yildan keyin tez koʻpaya
boshladi. Chor hukumati 1908-yilgacha yangi usul
maktablarini roʻyxatga olmagan. Bu turdagi maktablar
mavjud hukumatning va mahalliy din peshvolarining
ham maqsad-muddaolariga zid edi. 1908-yilga qadar
XX asr boshlariga qadar yurtimizda musulmon diniy
maktablari – eski maktab, yaʼni maktabxona, madrasa,
shuningdek, qorixona deb yuritilgan oʻquv yurtlari
mavjud edi. Qorixona va madrasaga maktabni bitirgan
oʻspirinlar qabul qilingan va taxsil har birida 3-4 yil
davom etgan.

Nafaqat bolalar adabiyoti, balki boshqa

dunyoviy fanlarni oʻqitish eski maktablarda koʻzda
tutilmagan.

Eski

maktabda

asosiy

darsliklari

hisoblangan “Haftiyak” va Chor kitob” arab imlosini
oʻrganish, Qurʼon suralarini yod olish, diniy
kitoblardan taʼlim olishga qaratilgan. Manbalardan
kuzatganimiz boʻyicha eski maktabning bola taʼlim va
tarbiyasiga, barkamol oʻsishiga toʻsiq boʻluvchi
quyidagi omillar bor edi:
1.Maxsus binoga ega boʻlmagan. Maktabxonalarning
aksariyati

sanitariya-gigena

talablariga

javob

bermagan.
2. Eski maktabni bitirgan qizlar uchun yuqoriroq
musulmon maktabi boʻlmagan.
3. Bolani maktabga necha yoshdan borishi qatʼiy
belgilanmagan. 5-8 yosh oraligʻida berilavergan.
Bolaning maktabga qabul qilinish vaqti ham
belgilanmagan. Qay faslda maktabga borsa qabul
qilinavergan.
4. Qishloqlarda bahordan to kech kuzgacha
oʻqitilmagan. Bolalar ish bilan band boʻlgan.
5. Maktabxonada dars boshlanish vaqti qatʼiy
boʻlmagan. Maktabdagi oʻqishlar qatʼiy dastur yoki
jadval asosida olib borilmagan.
6. Oʻqilayotgan matnning maʼnosini anglamasdan
takrorlashlik bolani oʻqishdan bezdirgan. Anglab
oʻqish boʻlmagan. Matn ustida ishlanmagan. “Ajnabiy
tillardagi kitoblar oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan,
oʻqilgan soʻz yoki gaplarning maʼnosini anglashga
urinish, ularni oʻzbekchaga tarjima qilishni talab etish,
oʻqilgan matn xususida savol berish, u haqda mustaqil
oʻylash gunoh hisoblangan. Bolalar gunohkor boʻlib
qolishdan juda qoʻrqqanlar. Aslida esa “Haftiyak”,
“Chorkitob” va boshqa oʻquv kitoblaridagi soʻz va
jumlalarning maʼnosini koʻp otinoyi va domlalarning
oʻzlari ham bilmas edi. “Qurʼon”ning maʼnosini arab
klassik adabiy tilini yaxshi bilgan kishilargina
tushungan. Oʻqitilayotgan kitoblar bolalar yoshiga
mos boʻlmagani, maʼlumotlar oʻzbek tilida emas, arab
va fors tilida boʻlgani uchun bolalarga oʻzlashtirish
nihoyatda murakkablik qilgan. Maktablardagina emas,
madrasalarda ham oʻzbek tilida hech narsa oʻqitilmas
edi.

7.Eski maktabda tan jazosi qoʻllangan. Bu

haqda Sadriddin Ayniy “Eski maktab” qissasida
batafsil toʻxtab oʻtgan.

8. Eski maktabda domlalar bolalar bilan

maktabxonadan tashqarida hech qanday ish olib

bormagan. Ayrim yerlarda Navroʻz sayliga olib
chiqilgan xolos.

9. Oʻqish va yozish bir vaqtda oʻrgatilmagan.

Baʼzan yozishni bilmay ham maktabni bitirishgan.
Oʻqish hijo usuli bilan oʻrgatilgan. Bu uch bosqichli
boʻlib, harflarning nomini yodlatish, boʻgʻin hosil
qilish, boʻgʻinlarni qoʻshishdan iborat boʻlgan.

Nafaqat bolalar adabiyoti, balki boshqa

dunyoviy fanlarni oʻqitish eski maktablarda koʻzda
tutilmagan.

Eski

maktabda

asosiy

darsliklari

hisoblangan “Haftiyak” va Chor kitob” arab imlosini
oʻrganish, Qurʼon suralarini yod olish, diniy
kitoblardan taʼlim olishga qaratilgan. Oʻqitilayotgan
kitoblar bolalar yoshiga mos boʻlmagani, maʼlumotlar
oʻzbek tilida emas, arab va fors tilida boʻlgani uchun
bolalarga oʻzlashtirish nihoyatda murakkablik qilgan.
Maktablardagina emas, madrasalarda ham oʻzbek
tilida hech narsa oʻqitilmas edi.

Yuqorida sanab oʻtilgan omillar taʼlimni

isloh qilish zaruratini paydo qildi. Islohot XX asrning
boshlarida jadidlar tomonidan amalga oshirildi.
Buning natijasida bir qancha darsliklar, fanlar yuzaga
keldi.

Jadid milliy pedagogikasinni sinchiklab

nazardan nazardan oʻtkazilsa, bolalarbop matnlarning
barchasida badiiy adabiyotning didaktik funksiyasi
yetakchilik qiladi. Albatta, Sharqning va milliy
adabiyotning sara asarlaridan oziqlangan bolalar
adabiyoti uchun didaktikaning ustuvorligi tabiiydir.
Bu, ayniqsa, milliy uygʻonish davri pedagogikasida
asosiy mezon boʻlib qoldi. Negaki, bolalar
adabiyotidagi matnlarning bola yoshiga mos boʻlishi,
yengil oʻzlashtirilishi, matn qatidagi maʼnoning
boʻrtib turishi, syujet rivojida birozgina kinoyaviy
ruhning mavjud ekanligi, bu ruh asarga kulgi baxsh
etishi yoxud asarni bola koʻz oʻngida jonli namoyish
qilishga xizmat qilishi (nihoyada, kinoya matndan
chiqarilgan xulosani tasdiqlashi lozim), obrazlarni
qiyoslash bola ixtiyoriga havola qilinishi, chiqarilgan
xulosa ongda jonlangan voqelikka mos kelishi
ularning

tasavvurini

boyitish

va

tafakkurini

kengaytirish imkonini bergan. Albatta, bolalar
adabiyotiga qoʻyilgan talablar kichik matn zamiriga
singib ketadi. Buni chuqur anglagan jadid pedagoglari
dastlabki darsliklarida ijodiy matnlarning kiritilishiga
eʼtibor qaratdilar. Bolaning kelajakda kim boʻlib
kamolga yetishuvi bolalar adabiyotining unga
koʻrsatgan taʼsiri bilan oʻlchanadi. Shuning uchun
bolalarga yoziladigan asarlar kattalarga yoziladigan
asarlardan koʻra qiyinroq, bolalar ijodkorlarining
masʼuliyati ikki hissa kattaroqdir.

Yangi usul maktablarida tez savod chiqarish

usuli maddiya, ayniqsa, usuli savtiya metodi orqali
amalga oshirilgach, bolalarning matnlarni sidirgʻasiga
oʻqib tushunish va qayta hikoya qilish, shu asnoda
yangi matnlar tuzishlari uchun albatta kichik
matnlarga zaruriyat sezilgan. Avvaliga rus-tuzem
maktablari

darsliklaridan

ijodiy

foydalangan

metodistlar keyinroq mustaqil tarzda oʻqish kitoblarini
yaratdilar. Har bir darslik muayyan mavzular
asosidagi matnlar bilan boyitildi. Eʼtiborlisi, bu
matnlarning aksari milliy turmush tarzimiz,


background image

3

qadriyatlarimiz asosida yaratildi. Izlanishlar tezda
oʻzining samarasini berdi, ammo pirovardida millat
oʻrtasida ham ikkiga boʻlinish yuzaga keldi. Yaʼni
“qadimchi”lar (eski maktab tizimini targʻib
qiluvchilar) va jadid pedagoglari oʻrtasida kechgan
janglar siyosiy tus oldi, jadidlar faoliyati hukmron
mafkuraga tahdid soldi. Garchi mavjud hokimiyat
usuli jadid maktablariga yon berishga majbur boʻlsa
ham, yangi usul maktablari ming mashaqqatlar bilan
faoliyatini davom ettirdilar. Keyinroq bu faoliyatga
ham batamom chek qoʻyildi. Shunga qaramay,
jadidlar millatning tafakkur oʻzanini yangi sarhadlarga
burib yubordi.

Oʻz-oʻzidan

bolalar

adabiyotiga

oid

manbalarni oʻqitish eski maktablarda koʻzda
tutilmagan. Bu yerda bola shaxsini rivojlantirish,
uning

tafakkur

va

tasavvurini

kengaytirishga

qaratilgan badiiy matnlar haqida gap ham boʻlmagan.
Savodga oʻrgatishning hijo metodi, notanish tildagi
asarlarni quruq yodlash albatta taʼlimni jiddiy isloh
etishni talab qilar edi

Jadid pedagogikasida bolalarni muayyan bir

vazifaga daʼvat etuvchi pand-nasihat mavzusidagi
asarlar asosiy oʻrin tutgan. Bolalar adabiyotining
tadqiqochisi

Rahmatilla

Barakayev

toʻgʻri

taʼkidlaganidek, “oʻzbek bolalar sheʼriyatining har bir
davrdagi mavzu koʻlami

muayyan davr xususiyati

bilan belgilanib, asosan oʻsha davr uchun dolzarb
boʻlgan mavzularni qamrab oladi”[2. B. 148].
Sharqona qadriyatlarga asoslangan didaktik ruhdagi
asarlarning oʻtgan asr boshi bolalar adabiyotiga xos
xususiyat boʻlgani tabiiydir. Uzoq asrlar mobaynida
xalq

sevib

oʻqigan

“Guliston”,

“Boʻston”,

“Qobusnoma”, “Kalila va Dimna”, “Gulzor”,
“Zarbulmasal” kabi asarlardan oziqlangan millat
tafakkuri oʻz-oʻzini taftish qiluvchi, oʻzini kashf
etishga qaratilgan keng asarlarni emas, aynan yangi
usul

darsliklarida

berilgan

hikoyatlar,

masal,

hikmatlarni oson qabul qilgan. Shu oʻrinda aytish
kerakki rus tuzem maktablarining oʻzbek sinflarida
Saʼdiyning “Guliston va “Boʻston” asarlaridan ham
foydalanilgan. Pand-nasihat mavzusi yetakchilik
qilgan asarlarda muallif shaxsi asosiy oʻrin tutadi.
Bunday asarlarda bolalik olami boʻrtib turuvchi
psixolik jihatlarga, bolaning qiziqishlari, uning
tafakkuri va tasavvuriga urgʻu berilmaydi. Hikoyachi
yetakchi mavqeda turadi. Natijada, badiiy matn bolaga
bir tomonlama taʼsir koʻrsatadi. Yaʼni bunda tashqi
taʼsir sezilarli oshadi. Bu tipdagi asarlarda ham
gʻoyadan kelib chiquvchi xulosalar asosiy oʻrin
egallaydi. Shunga qaramay, oʻtgan asr boshi millat
tafakkurini yangilash uchun bu kabi asarlarning
jasorat bilan darsliklarga tatbiq qilinishi katta voqelik
hisoblangan. Bolalarning yoshi va saviyasini hisobga
olib yaratilgan bolalar adabiyoti usuli jadid maktablari
uchun

yaratilgan darslik va qoʻllanmalardan

boshlangan.

Tovush

metodidagi

ilk

kitob

S.Saidazizovning “Ustodi avval” kitobidir. Yangi
zamon bolalar adabiyotining shakllanishiga aynan shu
kitob sabab boʻldi. Ilk oʻzbek alifbosi hisoblangan
“Ustodi avval”ning 1903-yildagi 2-nashrida “Tulki

birla echki”, “Yoʻlbars birla sichqon”, “Boʻri birla
laylak”, “Tulki birla xoʻroz”, “Tulki birla laylak”,
“Pashsha birla ari”, “Ayiq birla qishloqi”, “Boʻri birla
echki”, “Qurbaqa birla xoʻkiz”, “Bola va otasi” kabi
tarjima matnlar berilganiga qaramay, mana shu asarlar
orqali bolalar yoshi, ruhiyati, qiziqishlarining inobatga
olingani “Ustodi avval”ning bolalar adabiyotini
shakllantirishdagi

muhim

bosqich

boʻlganini

koʻrsatadi.

“Ustodi

avval”ning

birinchi

boʻlimi

hisoblangan alifbe davri yakunlangach, keyingi
boʻlimlarda bilimga targʻib qilish va tarbiya
xususidagi “Dunyoning yorugʻligi ilm birla. Ilmsiz aql
– yengsiz kiyim. Koʻp bil, oz soʻzla. Oʻylamay
soʻzlagan ogʻrimay oʻlur. Tilingni saqla oʻzingni
chaqmasun.

Birovni

gʻiybat qilmoq gunohlar

kattasidur. Nodon soʻzigʻa sukut javobdur. Avval
oʻyla keyin soʻyla” kabi maqollar, didaktik ruhdagi
sheʼr va hikoyalar berilgan.

Alifbo va oʻqish kitoblari muallimlarining

rus-tuzem maktablarida dars bergani, oʻsha yerdagi
muhitni yaxshi bilgani ham qaysidir darajada
bolalarbop

asarlarning

tarjimalaridan

keng

foydalanganiga sabab boʻlgan. Masalan, Ali Asqar
Kalininning 12 bobdan iborat “Muallimi soniy” asari
boshlangʻich sinflarning 3-4-boʻlimlari uchun
moʻljallangan. Bu asardagi badiiy matnlarning aksari
S.M.Gramenitskiy oʻqish kitoblaridagi badiiy
matnlarning tarjimasidan iboratligi ham avvalo shu
davrda bolalarga maxsus moʻljallangan asarlarning
boʻlmaganligi va tarjima qilingan asarlarning aynan
bolalarbopligi

bilan

belgilansa xato boʻlmas.

Shuningdek, dastlabki darslik kitoblarining chop
qilinish taqdiri rus arboblariga bogʻliq boʻlib turganda
shu yoʻl bilan millat taʼlimiga hissa qoʻshish ham katta
jasorat edi.

Ilk alifbo va kitoblar nafaqat oʻzbek , balki

tojik tilida ham chiqa boshlagan. Samarqand va
Buxorodagi ijtimoiy sharoit shuni talab qilgan. Tojik
tilidagi ana shunday kitoblardan biri 1907, 1911-
yillarda Abduqodir Shakuriy tomonidan boshlangʻich
maktabning ikkinchi sinfi uchun xrestomatiya sifatida
tuzilgan “Jomeul-hikoyat” (“Hikoyalar toʻplami”)
kitobidir. Bu kitob muallifning maktab oʻquvchilari
uchun

tuzgan

ikkinchi

kitobidir.

(Birinchisi

“Rahnamoi savod” (“Savod chiqarish rahbari”) –
soʻzlarni

boʻgʻinlarga

boʻlib

oʻqish

uchun

moʻljallangan kichik xrestomatiya hisoblangan). Unda
Firdavsiy, Nizomiy, Saʼdiy, Jomiy asarlaridan olingan
hikoya, gʻazal va masallar bilan bir qatorda, rus
yozuvchilarining asarlaridan tarjima qilingan hikoya
va masallar ham berilgan. Jumladan, I.A.Krilovning
“Maymun va koʻzoynak”, “Qargʻa va tulki”,
L.N.Tolstoyning bolalar uchun yozilgan “Bobo va
nabira”, “Ikki oʻrtoq”, “Petr Birinchi” kabi hikoyalari
kiritilganki, buni shu davrda bolalar katta qiziqish
bilan oʻqiganlar. Muallif har bir hikoya oxiriga
mazmunli xulosalar bera olgan. Muallif asarlar
tarjimasida ham oʻziga xos yoʻl tutgan. Yaʼni
jumlalarning

soddaligiga,

xulosaning

mumtoz

adabiyotimiz anʼanalariga muvofiq sheʼriy yoʻlda
berilishiga eʼtibor bergan. Masalan, L.Tolstoyning


background image

4

“Ikki oʻrtoq” hikoyasi tarjimasi fikrimizning
toʻgʻriligini toʻla tasdiqlaydi.

“Ikki oʻrtoq oʻrmonda oʻtib ketar edi.

Toʻsatdan oldilaridan bir ayiq chiqib, ularga hamla
qildi. Ularning biri tezlik bilan yashirindi. Ammo
ikkinchisi ojizlik qildi. Qochishga ulgurolmay, yerga
yiqilib, oʻzini oʻlikka oʻxshatib harakatsiz yotdi. Ayiq
uning oldiga kelib, hamma joyini iskab koʻrdi va oʻlik
gumon qilib qaytib ketdi. Ayiq ketgandan keyin
yashiringan tashqari chiqdi va kulimsirab oʻrtogʻidan
soʻradi: “Ey doʻstim, ayiq sening qulogʻingga nima
dedi?”

L.Tolstoy oʻz hikoyasini “U menga xavf va

qiyinchilik vaqtlarida oʻz oʻrtogʻini tashlab ketgan
kishilar eng yomon odamdurlar” deb xulosalaydi.
Shakuriy boshqacha yoʻl tutdi: u Saʼdiyning misralari
bilan yakunlashni maʼqul koʻrdi:

Doʻst mashmor, on ki dar neʼmat zanad
Lofi yoriyu barodar xondagi.
Doʻst on boshad, ki girad dasti doʻst
Dar pareshonholiyu, darmondagi.

Yaʼni dasturxon ustida doʻstlik va

birodarlikdan lof urgan kishini doʻst sanama.
Parishon va nochor qolganda doʻstiga qoʻldosh
boʻlgan kishigina doʻst boʻladi [4. B. 17-19].

Aslida Tolstoy xulosasi berilsa ham darslik

yutqazmas edi. Ammo Shakuriy xulosani
yumshoqroq qilib, yaʼni eng “yomon odamdur” degan
keskin fikrni “doʻst sanama” degan shaklda bayon
etadi. Bu bilan bola tarbiyasida soʻzning ahamiyatini
oshiradi.

Shakuriy

ijodiy

pedagogik

faoliyatiga

qoʻshimcha qilib aytish mumkinki, Abduqodir
Shakuriy birinchilardan boʻlib maktabda kichik
yoshdagi oʻgʻil bola va qiz bolalarni birga oʻqitish
metodini joriy qilgan, uning tashabbusi bilan
Samaraqand maktablariga mehnat va musiqa darslari
kiritilgani, oʻz oʻquvchilarini qishloq xoʻjaligi va
bogʻdorchilikka oid ishlar bilan tanishtirishdan
tashqari, muqovachilik, duradgorlik va boshqa
hunarlarni ham oʻrgatishi va bu mashgʻulotlar uchun
maktab progorammasidan alohida soatlar ham
ajratgan, kattalar uchun kechki maktablar tashkil
qilgan [4. B. 21-30].

Milliy

uygʻonish davri pedagogikasini

chuqur oʻrgangan adabiyotshunos olim Ulugʻbek
Dolimov “Turon” jamiyati qoshidagi “Maktab
kutubxonasi” nashriyotida A.Avloniyning “Birinchi
muallim”, “Ikkinchi muallim” (keyingi nashrlari),
Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy”
(keyingi nashrlari), Rustambek Yusufbekhoji
oʻgʻlining “Taʼlimi avval”, “Taʼlimi soniy”, Mulla
Ahmadxoʻja eshon ibn Abdumoʻminxoʻja eshon
oʻgʻlining “Nasoyihul – atfol” (ikkinchi juzʼ) kabi
yigirmadan ortiq darslik va oʻquv qoʻlanmalari nashr
etilgani haqida maʼlumot bergan [3. B. 57].

Kuzatishlarimiz shuni koʻrsatadiki, bolalar

uchun tanlab olingan asarlar yoxud darslik uchun
maxsus yozilgan asarlarning tarbiyaviy koʻrsatmalari
Munavvar qori ishlab chiqqan yoʻriqnoma va nizom
bandlariga muvofiq keladi. Masalan, Munavvarqori
jadid maktablari uchun ishlab chiqqan maxsus 16

banddan iborat yoʻriqnomaning 10-bandida shunday
deyilgan: Muallim bolalar tarbiyasi va axloqiga
alohida eʼtibor berishi kerak. 12-bandida: Maktabda
oʻqitiladigan darslar, qilinadigan nasihatlar diyonat,
axloq, insoniyat doirasida boʻlishi kerak. Usuli jadid
maktabdorlari ham maʼlum qonun-qolida doirasida
harakat qilishlari uchun talabalar boʻysunishi shart
boʻlgan 11-moddadan iborat “Nizomnoma” bandlari
shu davr maktab darsliklaridagi adabiy matnlar
gʻoyasini oʻzida aks ettiradi [3. B. 97-98]. Bu borada
Munavvarqorining “Adib us soniy”, Avloniyining
“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy
Guliston yoxud axloq” kitoblari, Hamzaning “Yengil
adabiyot” “Oʻqish kitobi”, “Qiroat kitobi” kabi
pedagogik risolalarini misol qilib koʻrsatish mumkin.

Shunday qilib usuli jadid maktablarida

Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, Ali Asqar
Bayramali

Kalininning

“Muallimi

soniy”,

Munavvarqorining “Adibi avval”, “Adibi soniy”
Abdulla Avloniyning “Ikkinchi muallim”, “Adabiyot
yoxud milliy sheʼrlar”, Moʻminjon Muhammadjon
oʻgʻlining “Nasoyih ul atfol” (“Bolalarga nasihatlar”)
kitobining birinchi juzʼi (bu kitobda 36 soatlik dars
uchun pand nasihat mavzusida 36 matn berilgan),
Mulla Ahmadxoʻja Eshonning “Nasoyih ul atfol”
kitobining II juzʼi asosiy darslik sifatida oʻqitilgan.
Munavvarqorining saʼy-harakati bilan Kamiy,
Avloniy, Tavallo, Sidqiy, Miskin, Fikriy, Hamza kabi
zamonaviy shoirlarning sara sheʼrlari jamlangan
“Sabzavor”

sheʼriy

toʻplamidan

oʻqitishda

foydalanilgan [3. B. 98-99].

Jadid

pedagoglari

yaratgan

bolalarbop

asarlari orasida Hamza Hakimzoda Niyoziyning
“Mevalar mojarosi” nomli munozara janriga oid
turkum sheʼrlari alohida ajralib turadi. Bu turkumda
obrazlarning oʻzini namoyon etishi, tasvirda bayonga
yoʻl qoʻyilmagani, bu esa asarda hikoyachining emas,
qahramonning tasvirda asosiy oʻringa chiqishi,
natijada voqelikning jonlanishi kabi badiiylikning
muhim shartlari amalga oshadiki, bu bolalar sheʼriyati
yangi qirralari bilan oʻzgarishga yuz tutganini
koʻrsatar edi.

Hamzaning ilm-maʼrifat, maktab haqidagi

sheʼrlari, masallari tahlilga tortilgani holda “Mevalar
mojarosi” turkumi mustaqillik davrida yaratilgan
bolalar adabiyotiga oid darslik va qoʻllanmalarda tilga
olinmagan. Hamzaning “Tanlangan asarlar” I tomida
berilgan izohda shunday yozilgan: “Sanasi nomaʼlum
ushbu sheʼr qoʻlyozmasi H.Sulaymonov nomidagi
Qoʻlyozmalar instituti Hamza arxivida (inv. № 115)
saqlananadi. Katak daftar varaqlariga arab grafikasida
qora qalam bilan yozilgan. Avtografga sarlavha
qoʻyilmagan. Sheʼr “Tanlangan asarlar” (1949,
1979)da, “Asarlar” (1969)ning I tomida, va
mukammal asarlar toʻplamining II tomida nashr
qilingan. Nashrda qoʻlyozma asosiy matn qilib olindi”
[5. B. 527], – deb yozilgan. ziyouz.com kutubxonasi
saytida

mavjud

boʻlgan Hamza “Tanlangan

asarlar”ining 1-tomida (Oʻzbekiston davlat badiiy
adabiyot nashriyoti, Toshkent – 1958) bu turkum
yozilgan sana 1914 deb koʻrsatilgan [6. B. 36].


background image

5

Nazarimizda, Hamza ushbu sheʼrni maktab
oʻquvchilari uchun darsliklar yaratgan vaqtlarida
yozgan. Chunki, “Yengil adabiyot” tarkibidagi
sheʼrlarning qurilishi “Mevalar

mojarosi”dagi

sheʻrlarga oʻxshaydi. “Mevalar mojarosi” kabi asarlar
bolalarning tafakkurini kengaytirish va tasavvurini
boyitishda muhim ahamiyatga egadir.

Mevalar orasidagi munozaralar xalq ogʻzaki

ijodi, mumtoz adabiyotimizning sara asarlarida
uchraydi. Adabiyotshunos olim N.Rahmonov uning
dastlabki ildizlari miflar bilan bogʻliqligini taʼkidlab
oʻtgan [7. B. 257]. Hamza bu munozarani bolalar
tushuncha va anglamlariga mos tarzda yozgani uning
pedagogik mahorati ulkan soʻz ustasi ekanini bildiradi.
Oʻrik bilan boshlangan “Mevalar mojarosi”
mavsumiy mevalarning har turli jihatlarini oʻquvchiga
yetkazishni nazarda tutgan.

“Oʻruk oʻrnudan turub,

Rangini sargʻayturub, Keldi tutni boshiga, Shovqin
solib, tik turub”.

Misralarda takrorlangan “turub

maʼnoning turlanishiga sabab boʻlgan boʻlsa,
oʻrikning jonlantirilishi, tutning boshiga shovqin solib
kelish oʻrinlari oʻzgacha manzara hosil qilib
oʻquvchini oʻziga rom etadi.


Dedi: “Ey tut taltayib,
Dema har soʻz yalpayib,
Boshginangga bir uray,
Yerda qolgin shalpayib.

Tutga doʻq urish ohangiga mos ravishda

uygʻunlashib

kelgan

“taltayib”,

“yalpayib”,

“shalpayib” soʻzlari tutning shu paytdagi feʼl-atvorini
aks ettirgan. Ayniqsa,

“Boshginangga bir uray, yerda

qolgani shalpayib”

deyilganlagi holat bola koʻz

oʻngida muhrlanib qoladi. Hamza ilgʻor pedagog
sifatida bolaga sirtdan taʼsir emas, ichdan taʼsir qilish
maʼnosida obrazlarning oʻzini jonlantirgan, ularga
maʼno yuklagan.


Seni koʻp yegan kishi,
Badan qashimoq ishi,
Ortuqchadur ustiga
Yurakburuq tashvishi.

Muallif tutni koʻp yeganda yuz beradigan

badan qichishishi, yurakburuq boʻlishini ham misralar
orasiga joylaydiki, fanlar orasidagi integratsiya
masalasi Hamzaning ham diqqat markazida turgani
ayon boʻladi.


Ore, man sandan keyin,
Sandan yuz hissa shirin,
Aytub ado qilayin,
Qaysi husnumni birin.

Munozara shartiga koʻra soʻz olgan obraz

avval raqib etib tanlangan obrazni “doʻpposlab”
boʻlgach, oʻzini tavsif qilishga oʻtadi. Shuning uchun
oʻrik tutdan yuz hissa shirinligini aytib, husni bilan
maqtanishga oʻtadi. Bolalar uchun obrazlar
oʻrtasidagi qiyos asarni tez anglab olishlarida katta

oʻrin tutadi. Shuning uchun qadimdan munozara
tipidagi asarlarga qiziqish katta boʻlgan.


Oʻzum ming dardga davo,
Qurutsa andan bajo,
Hatto magʻzimni olub,
Solgay qandolat aro.

Oʻrik ming dardaga davo ekanligini,

qandolatdagi muhim ahamiyatini bayon etgach:

“Muxtasar aylay soʻzum, Meva ichra bir oʻzum, Bogʻ
ichini yorutar, Oppoq, oydindak yuzum”

, – deya

suhbatga yakun yasaydi. Mevalar mojarosi shu bilan
tugamaydi. Aks holda munozara sharti bajarilmagan
boʻladi. Chunki bahs bir taraflama boʻlmaydi. Shuning
uchun bahsga boshqa mevalar ham aralashadi.
Chunonchi,

“Gilos haddan oshiqib, Xafalikdan

toshiqib, Keldi oʻruk boshiga, Musht koʻtarib
shoshiqib”

kelishi mojaroning

davom etishiga ishora

qiladi.

Tomonlar bahsda yutishi uchun tezkorlik,

hozirjavoblik juda muhim. Bunday oʻrinlarda voqea-
hodisalar keskin tus oladi, ishtirokchilarning xotirjam
bahs olib borishiga chek qoʻyadi. Bu holat bolalar
oʻyinlaridagi vaziyatlarda ham yuz beradi. Demak,
bolalar ishtirokchilarning kayfiyatiga tez moslashadi.
Shuning uchun gilosning haddan oshishi, oʻrikning
boshiga

“Musht koʻtarib toshiqib”

kelishini oʻquvchi

tabiiy qabul qiladi.

«Ey oʻruk, san soʻzlama,
Maqtanmoqni koʻzlama!
Yonboshingga bir tepay,
Bogʻga hargiz yuzlama.

Gilos

oʻrikning

maqtanishiga

eʼtiroz

bildiradi. Uning eʼtirozi shunchalar kuchliki

,

“Yonboshingga bir tepay, Bogʻga hargiz yuzlama”

deyish darajasiga boradi. Mana shu misralardagi
soʻzlashuv uslubi asar dramatizmini oshiradi. Shundan
soʻng oʻquvchi gilosning oʻrikni kamsitishga
tayyorligini his qiladi. Kutilganidek, “

Gʻoʻrang

qursun kech bitar, Yegan kishi ich ketar, Pishkoning
shalpaytirib, Qurugʻingdan bod yetar”

degan

taʼnalar yogʻila boshlaydi.

Mana shu taʼnalar oʻrinli

ekanini bola sezib turadi. Shu tariqa har bir mevani
istemol qilishda meʼyorga amal qilish lozimligi ham
uqtirib boriladi.

Munozaraning oʻzini sifatlash, taʼriflash

qismida gilosning oʻziga xos sifatlari bayon etiladi:

Bilursan otim gilos, Suyar meni omu xos. Mani

koʻrgan kishilar, Oʻzga meva xohlamas”.

Shu tariqa

gilosning “asaldan shirinligi”, azaldan “ming kasal”ga
dori ekanligi ham taʼrifdan chetda qolmaydi. Ammo
gilos ancha kamtarin, u oʻzining “haddini biladi”.
Shuning uchun: “

Kaltaroq qilay soʻzim, Maqtasam

arzir oʻzim. Bogʻga kirgan koʻziga, Yoqutdek yonar
yuzim»,

– deya bahsdan chetlashadi. Hamza bahsda

ishtirok etgan oluchaning

“gezorib”, “Qonlar tomib,

qizarib”

kelishini

mevaning

rangi

moslaydi.

Boshdanoq

mevalar

rangining

tasvirlanishi

oʻquvchilarda ularning taʼmi bilan bogʻliq hislarini


background image

6

ham uygʻotadi. Shuning uchun

«Ey gilos, lof urmagil,

Achchigʻim kelturmagil! Tumshugʻingga bir solay,
Soʻngra yigʻlab yurmagil”

degan misralarni toʻgʻri

qabul qiladi.

Munozara qoidasiga koʻra qarshi tomonning

illatlari ham bir-bir bayon etilishi lozim. Bunga olucha
ham alohida eʼtibor qaratgan:

“Maza yoʻq, hukming

turush, Chun oʻlarsan yoʻq qurush. Sani yeganlar
boʻlur, Qoʻnich bezgak, ich burush”.

Oʻquvchi

mojaro orqali yana bir mevaning “illati”dan xabar
topadi.

Bu

esa

bolalarda

nafs

tarbiyasini

shakllantirishga xizmat qiladi.

Hamza xalq tabobatini yaxshi bilgan

mutaxassis sifatida oluchaning ishtahani ochuvchi,
yurakda paydo boʻlgan qurtni davolovchi dori
sifatidagi xislatini ham bayon etadi va nihoyat
bolalarga maʼqul boʻlgan mavzu bilan yakunlaydi:

“Maqtasam bir yil oʻtar, Bogʻbon hoʻllikda sotar.
Ortganimni qurutib, Qand bila qiyom etar...”

Kuzatilsa, mojaro ishtirokchilari boʻlgan

mevalar boshidanoq bir-biriga doʻq-poʻpisa qilishadi.
Bu holat bolalar tabiatiga begona boʻlmaganidek,
turkum sarlavhasini ham asoslashga xizmat qilgan.
Oʻrik tutning boshiga

“Shovqin solib, tik turub”

kelsa,

gilos “musht koʻtarib, shoshiqib”

keladi. Bu

bilan kifoyalanmay, oʻrikning yonboshiga bir tepishini
ham pisanda qilib oʻtadi. Yoki oluchaning gilosga

“Musht koʻtorib, bezorib”

turishida ham ularning

tabiati bilan bogʻliq jihatlar borki, muallif bolalar koʻz
oʻngida jonli tasvirni yuzaga chiqarishga erishgan.
Xususan, oʻrik pishganda yerga tap-tap tushishi uning
shovqin

solishi,

gilos

va

oluchaning

musht

koʻtarishlari mevalarning shakli bilan bogʻliq holda
tasvirni jonlantiradiki, bu Hamza badiiy mahoratining
bir yana bir qirrasi hisoblanadi. Misralarning sodda,
tushunarli soʻz va iboralardan tizilgani, hatto biroz
qoʻpol koʻringan birikmalarning bola kundalik
faoliyatidagi

voqea-hodisalarga

uygʻun

holda

muayyan obraz yaratishga xizmat qilgani muallifning
bola tabiatidan, uning ruhiyatidan yaxshigina boxabar
ustoz boʻlganiga ishontiradi.

Hamza oʻzining zamondoshlaridan farqli

tarzda bolalar adabiyotiga oid koʻplab sheʼrlarini
barmoq tizimida yozgan. Bu bolaning sheʼrni oson
yodlashi, undagi fikrlarni oʻzlashtirishiga qulaylik
tugʻdirgan. Hamza oʻz davridagi darsliklar bolalarga
ochiq va tushunarli boʻlishiga harakat qilgan edi. Shu
maqsadda 1914-1915- yillar oraligʻida bolalar uchun
“Yengil adabiyot”, “Oʻqish kitobi”, “Qiroat kitobi”
kabi bir qator darsliklar yaratgan. Boshlangʻich
taʼlimni nazarda tutilgan mazkur darsliklarda muallif
sheʼriy asarlarning oʻquvchiga oson va tushunarli
boʻlishi uchun barmoq tizimini maʼqul koʻrgan edi.
“Yengil adabiyot”dagi 45 saboqqa moʻljallangan 1-
30-darslaridagi sheʼrlar barmoq tizimining 7 boʻgʻinli
vaznida (4+3 turoq ) yozilgan edi. Oʻqish va yodlashga
oson boʻlgani uchun bolalar ijodkorlari hozirda ham 7
boʻgʻinli sheʼrlar yozishga koʻp eʼtibor berishadi. 7
boʻgʻinli misralar koʻtarinki kayfiyatni ifodalash,
harakat tezligini tasvirlashga qulay. Shu maʼnoda
Hamza “Mevalar mojarosi” turkumiga 7 boʻgʻinli

vaznni tanlaydiki, 4+3 turoq aynan mojaroning
tezlashgan oʻrinlariga tabiiylik bagʻishlagan.

XULOSA


Yuqorida sanab oʻtilgan asarlarga tanlangan

matnlar didaktik xususiyatlari bilan umumiylashadi.
Didaktik adabiyotda davrning axloqiy taʼlimiy
qarashlari oʻz ifodasini topadi. Ayniqsa, bolalarga
bagʻishlangan asarlarda didaktik xususiyatlar ancha
boʻrtiq holda namoyon boʻladi. Shuni ham aytish
lozimki, XX asr boshlari bolalar sheʼriyati, nasri
(hikoyatlar, masallar, ibrat va pandlar)ning mavzu
koʻlami nisbatan cheklanganligini kuzatish mumkin.
Maktab mavzusi (“Yengil adabiyot”ning 6-13-
darslaridagi sheʼrlar), ilm-maʼrifatga targʻib (“Yengil
adabiyot” 15-36-darslar) axloq-odob, vatanparvarlik
mavzusidagi (“Turkiy Guliston yoxud axloq”,
“Adibus-soniy”), tarbiyaviy mohiyat kasb etadigan
majoziy xarakterdagi asarlardan iborat edi.

Shuningdek, bu davr bolalar adabiyotiga

ajratilgan asarlar gʻoyasida millat bolalariga xitob, ilm
olishga daʼvat, jaholatning zarari, ota-onaga munosib
farzand, Vatanga muhabbat, axloq va tarbiya kabi
umumiy didaktik masalalar yetakchilik qildi.

Tashakkur

Ushbu

maqola

IL-402104474

raqamli

“bolalalar adabiyoti.uz” multimediali elektron
platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli
innovatsion loyiha doirasida yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʻlimning

filologiya, oʻzbek tili va adabiyoti, maktabgacha
taʼlim, boshlangʻich taʼlim, pedegogika, psixologiya
yoʻnalishi tahsil olayotgan bakalavr va magistratura
talabalari uchun, bolalar adabiyoti va folklori boʻyicha
tadqiqot olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar va keng
kitobxonlar

ommasi

uchun

moʻljallangan

“bolalaradabiyoti.uz”

multimediali

elektron

platformasi va uning mobil ilovasi ayni damda
Oʻzbekiston xalqi uchun maʼnaviy mulk boʻlib xizmat
qilmoqda. Mazkur platforma, avvalo, taʼlimga
muayyan darajada hissa qoʻshish va kitobxonlikni
rivojlantirish, bolalar adabiyoti, bolalar folklorini
targʻib va tashviq qilish, keng kitobxonlar ommasiga
maʼrifat va maʼnaviyat ulashish maqsadida tashkil
qilingan. “bolalaradabiyoti.uz” platformasi “Bosh
sahifa”, “Elektron kitoblar”, “Audio kitoblar”,
“Mualliflar”, “Yangiliklar”, “Loyiha haqida” kabi bir
necha boʻlimlardan iborat. Har bir boʻlim maʼlum
sahifalarda shu boʻlimning mohiyatini aks ettiruvchi
mavzularni oʻzida jamlagan. Turli yillarda nashr
etilgan bolalar adabiyoti va bolalar folkloriga oid
manbalarni tizimli ravishda bir yerga jamlash, bunga
hozirgi kun nafasini berish, yaʼni ularni elektron,
audio va video shakllarda umumlashtirish, yaxlit tizim
holatiga keltirish, shuningdek, bolalar adabiyoti
tadqiqotchilari va ijodkorlari haqidagi maʼlumotlarni
jamlash, tizimga solish va va ularni muayyan
boʻlimlarga aks ettirish, bolalar adabiyoti, taʼlim va


background image

7

tarbiyasiga oid maqolalarni doimiy ravishda yoritib
borish ushbu platformani yaratishda koʻzda tutilgan
maqsad hisoblanadi.

Elektron platforma quyidagi funksional

imkoniyatlarga ega:

Elektron platforma turli yillarda nashr

qilingan bolalar adabiyoti, bolalar folkloriga oid
badiiy adabiyotlar, darsliklar, xrestomatiyalar,
bolalar

ensiklopediyalari,

turli

janrlardagi

toʻplamlarni oʻzida aks ettira olgan.

“Audio kitoblar” sahifasida elektron

platforma uchun maxsus yaratilgan “Jajji
bolajon”, “Quvnoq bolajon”, “Zukko bolajon”,
“Bilimdon bolajon” ertak kitoblari seriyasida 3
yoshdan

12

yoshgacha

bolalarga

atalgan

ertaklarning audio shakllarini eshitish imkoni
mavjud. Mazkur ertak kitoblarning rus va ingliz
tillaridagi audio shakllari ham shu boʻlimdan joy
olgan.

“Bolalar qoʻshiqlari” kitobidan joy olgan

audio matnlarda bola tugʻilganidan esini tanigunga
qadar oraliqda aytiladigan turli aytim va
olqishlarning ham audio shaklini eshitish mumkin.

“Kitobxon bolajon” seriyasida 1-2-3-sinf

oʻquvchilari uchun amaldagi dastur asosida
muayyan mavzularga biriktirilgan badiiy adabiyot
namunalarining

audio

shakllarini

bolalar

ijodkorlari, yaʼni mualliflar tomonidan oʻqilgan
ovozli shakllarini ham eshitish mumkin. Bolalar
uchun yaratilgan “Sehrli soʻzlar lugʻati”da
berilgan milliy urf-odatlarga oid taklif-soʻz
gaplarning audio shaklarini ham eshitish mumkin.
Barcha audio matnlar maxsus rasmlar bilan
bezatilgan.

“Video materiallar” boʻlimida bolalar

tadqiqotchilari, bolalar ijodkorlarining hayot va
ijodiga oid maʼlumotlar, bolalar ijodkorlari haqida
tayyorlangan maxsus videolavhalar bilan tanishish
mumkin.

“Maqolalar” boʻlimida bolalar adabiyoti,

folklori, taʼlim va tarbiyasiga oid maqolalar bilan
tanishish mumkin.

“Yangiliklar” boʻlimida platforma uchun

maxsus

tayyorlangan

kitoblarning

elektron

shakllari oʻrin olgan. Bu kitoblar “Jajji bolajon”,
Quvnoq bolajon”, “Zukko bolajon”, “Bilimdon
bolajon” kabi oʻzbek tilidagi, “Malenkoye ditya”,
“Veselыe rebyatishki” kabi kitoblar rus tiliga,
“Little boy”, “Happy boy” singari ingliz tiliga
tarjima qilingan rasmli bezakli kitoblarning har bir
ertagi ovozlashtirilgan va QR kod bilan
belgilangan. “Kitobxon bolajon” (1-2-3-sinflar
uchun) kitoblari ham rasmli bezakli holda
ovozlashtirilgan va QR kod bilan ifodalangan,
Ushbu

kitoblar

amaldagi

dastur

asosida

tayyorlangan, sinfdan tashqari va toʻgarak
mashgʻulotlarida foydalanishga moʻljallangan. QR
kodni belgilash orqali 1-sinfda matn muallifi
tarjimayi holi bilan, 2-sinfda matn muallifi
tomonidan oʻqilgan ovozli asar haqida, 3-sinfda
matn muallifi hayoti va ijodiga oid turli mavzudagi
video lavha bilan tanishish mumkin.

Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun

yaratilgan, ilmiy asosga bir necha izohli lugʻatlar
ham mana shu boʻlimda aks etgan. Lugʻatlar
orasida fanlar kesimidagi, sinflar kesimidagi va
umumlashtirilgan maxsus atamalar va umumiy
soʻzlar lugʻatiga oid 10 ta lugʻat kitobi ham oʻrin
olgan. Izohli lugʻatlardan tashqari “Sehrli soʻzlar
lugʻati” (ovozlashtirilgan va har bir soʻz uchun QR
kod bosilgan), “Bolalarbop soʻzlar lugʻati” ham
mana shu boʻlimda aks etgan. Shuningdek, turli
mavzularni oʻzida birlashtirgan hamda 17 ta katta
boʻlimni oʻzida jamlagan “Onalar va bolalar”(4ta
boʻlim), “Ilm oldim – bilib oldim”(4ta boʻlim),
“Fasllar tarovati”(4ta boʻlim), “Men Vatanning
dilbandi”(5ta boʻlim) kabi 4ta yirik badiiy matnlar
toʻplami ham joy olgan.

“Oqil bolajon” deb nomlangan bolalar

uchun tanlab olingan maqollar toʻplami ham mana
boʻlimda joy olgan
Har bir toʻplam maxsus rasmlar bilan bezatilgan.
Yangiliklar boʻlimidagi kitoblar bilan yaxshi
tanishish, ularni oʻqish uchun bu kitoblar “Elektron
kitoblar” sahifasiga ham joylashtirilgan.

ADABIYOTLAR:

[1]

Abdullayev Y. Eski maktabda xat-

savodga oʻrgatish. – Toshkent: “Oʻrta va oliy maktab”,
1960. –152 b.

[2]

Barakayev R. Jadid maʼrifatparvarlik

harakatining gʻoyaviy asoslari.“Jadid maʼrifatparvarlarining
milliy taʼlim, matbuot, adabiyot va sanʼatni rivojlantirishga
qoʻshgan hissasi va uning Milliy gʻoya targʻibotidagi
ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani
materiallari. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2016.
B. 145-150.

[3]

Dolimov

U.

Turkistonda

jadid

maktablari. – Toshkent: Universitet, 2006. – 128 bet.

[4]

Fattayev M. Atoqli pedagoglarimiz. –

Toshkent: Oʻqituvchi, 1988. – 52 bet.

[5]

Niyoziy

Hamza

Hakimzoda.Toʻla

asarlar toʻplami. Besh tomlik. Ikkinchi tom. – Toshkent:
Fan, 1988. – 552 bet.

[6]

Mahkamova T. Madrasalar taʼlimida

adabiyot oʻqitish usullari. – T.: Mumtoz soʻz, 2017.

[7]

Кафарова С. Г. Азербайджанская

детская литература: общие вопросы. Ученые записки
Таврического национального университета им. В. И.
Вернадского

Серия

«Филология.

Социальные

коммуникации». Том 23 (62). № 3. 2010 г. С. 247-250.

[8]

Марьина О.В. Сухотерина Т.П.

Жанровое своеобразие текстов детской литературы
последней трети ХХ – начала ХХI вв. (к постановке
проблемы). Мир науки, культуры, образования. ISSN
1991-5497. № 3 (64) 2017

[9]

Мингазова Л. И. Татарская детская

проза 1920-60-х годов: тематика, проблемы, тенденции.
Филология и искусствоведение.

Вестник ЧГПУ 4’2011.

Стр. 246-253

[10]

Маатазимова

Г.Э.

Башталгыч

класстарда балдар адабиятын окутуунун зарылдыгы.
(Необходимость обучения детской литературы в
начальных классах). Известия вузов Кыргызстана.
DOI:10.26104/IVK.2019.45.557 № 4, 2019. 68-71-б.

[11]

Мустафаева Х. Б. Азербайджанская

детская литература в 20-30-е годы ХХ века / Х. Б.


background image

8

Мустафаева. — Текст : непосредственный // Молодой
ученый. — 2009. — № 5 (5). — С. 110-113. — URL:
https://moluch.ru/archive/5/392/

(дата

обращения:

29.10.2023).

[12]

http://bolalaradabiyoti.uz/


References

Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savodga oʻrgatish. – Toshkent: “Oʻrta va oliy maktab”, 1960. –152 b.

Barakayev R. Jadid maʼrifatparvarlik harakatining gʻoyaviy asoslari.“Jadid maʼrifatparvarlarining milliy taʼlim, matbuot, adabiyot va sanʼatni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi va uning Milliy gʻoya targʻibotidagi ahamiyati” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2016. B. 145-150.

Dolimov U. Turkistonda jadid maktablari. – Toshkent: Universitet, 2006. – 128 bet.

Fattayev M. Atoqli pedagoglarimiz. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1988. – 52 bet.

Niyoziy Hamza Hakimzoda.Toʻla asarlar toʻplami. Besh tomlik. Ikkinchi tom. – Toshkent: Fan, 1988. – 552 bet.

Mahkamova T. Madrasalar taʼlimida adabiyot oʻqitish usullari. – T.: Mumtoz soʻz, 2017.

Кафарова С. Г. Азербайджанская детская литература: общие вопросы. Ученые записки Таврического национального университета им. В. И. Вернадского Серия «Филология. Социальные коммуникации». Том 23 (62). № 3. 2010 г. С. 247-250.

Марьина О.В. Сухотерина Т.П. Жанровое своеобразие текстов детской литературы последней трети ХХ – начала ХХI вв. (к постановке проблемы). Мир науки, культуры, образования. ISSN 1991-5497. № 3 (64) 2017

Мингазова Л. И. Татарская детская проза 1920-60-х годов: тематика, проблемы, тенденции. Филология и искусствоведение. Вестник ЧГПУ 4’2011. Стр. 246-253

Маатазимова Г.Э. Башталгыч класстарда балдар адабиятын окутуунун зарылдыгы. (Необходимость обучения детской литературы в начальных классах). Известия вузов Кыргызстана. DOI:10.26104/IVK.2019.45.557 № 4, 2019. 68-71-б.

Мустафаева Х. Б. Азербайджанская детская литература в 20-30-е годы ХХ века / Х. Б. Мустафаева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2009. — № 5 (5). — С. 110-113. — URL: https://moluch.ru/archive/5/392/ (дата обращения: 29.10.2023).

http://bolalaradabiyoti.uz/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов