THE ROLE OF FOLK ORAL CREATION IN THE SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
To’rayev, X. (2023). THE ROLE OF FOLK ORAL CREATION IN THE SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS. Modern Science and Research, 2(4), 723–726. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19645
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article talks about theoretical and methodical study of works of folk art in elementary grades and the foundations of formation of spiritual and moral qualities in students.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

723

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINI MA`NAVIY-AXLOQIY

TARBIYALASHDA XALQ OG`ZAKI IJODINING O`RNI

To'rayev Xudoyberdi Eshdavlat o'gʻli

xudoyberditorayev2@gmail.com

+998888105197

Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(boshlangʻich ta'lim) mutaxasisligi

1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7880274

Annotatsiya.

Maqolada boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodi asarlarini nazariy va

uslubiy jihatdan o‘rganish va oʻquvchilarda ma'naviy- axloqiy fazilatlarni shakllantirish asoslari
haqida so‘z boradi.

Kalit so`zlar:

Xalq og`zaki ijodi, boshlang`ich sinf, tarbiya, kitob, folklor, ta`lim, ertak.

THE ROLE OF FOLK ORAL CREATION IN THE SPIRITUAL AND MORAL

EDUCATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS

Abstract.

The article talks about theoretical and methodical study of works of folk art in

elementary grades and the foundations of formation of spiritual and moral qualities in students.

Keywords:

folklore, elementary school, education, book, folklore, education, fairy tale.

РОЛЬ НАРОДНОГО УСТНОГО ТВОРЧЕСТВА В ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОМ

ВОСПИТАНИИ ШКОЛЬНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация.

В статье говорится о теоретико-методическом изучении

произведений народного творчества в начальных классах и основах формирования духовно-
нравственных качеств у учащихся.

Ключевые слова:

фольклор, начальная школа, воспитание, книга, фольклор,

воспитание, сказка.

Mamlakatimizda oʼquvchi-yoshlarni har tomonlama yetuk,barkamol avlod qilib

tarbiyalashda va mustaqil hayotga tayyorlashda koʼp asrlar davomida qoʼllangan usul va vositalar,
tadbir shakllari, uruf-odatlar, anʼanalar, tarbiya haqidagi gʻoyalar, hayotiy tajribalar oʼzbek xalq
pedagogikasida mujassamdir.Xalq tomonidan yaratilgan xalq ogʻzaki ijodi boʼlgan folklor asarlari
boshlangʻich sinf oʼquvchilarini maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb
etadi.Jumladan, xalq tomonidan yaratilgan og’zaki badiiy adabiyotga folklor deyiladi. “Folklor”
asli inglizcha so’z bo’lib, “Folk”-xalq, “Lore”-donolik so’zlaridan yasalgan bo’lib, “Xalq
donoligi”, “Xalq donishmandligi” ma’nolarini anglatadi. O’zbek xalq og’zaki ijodi xilma-xil
janrlardan tarkib topgan og’zaki so’z san’ati bo’lib, o’zbek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi,
ijodiy salohiyati, orzu va intilishlarini aks ettiradi. Xalq og’zaki ijodi ertak, doston, afsona, rivoyat,
qo’shiq, lapar, masal, maqol, topishmoq, latifa va naqllarni o’z ichiga oladi. Xalq og’zaki ijodi
materiallarida ijtimoiy hodisalar, kurashlar, vatanni dushmandan mudofaa qilish, xalqning orzu-
umidlari, urf-odatlari, rasm-rusmlari, marosimlari va boshqa turmush hodisalari ifodalanadi

1

.

Boshlang’ich sinf o’quv dasturlari o’qish darslari oldiga o’quvchilarni yaxshi o’qish sifatlariga ega
etishdek murakkab vazifani qo’yadi. Bunday vazifalarni to’laroq amalga oshirishda xalq og’zaki
ijodi materiallari katta ahamiyatga ega. O’quvchilar tabiatan maqol, topishmoq va ertaklarni
sevadilar, ularni zo’r qiziqish bilan o’qib o’rganadilar. Bundan tashqari xalq og’zaki ijodi
qadimdan tarbiya manbai hisoblangan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari eng avvalo ertaklar bilan
tan ishadilar. Ma’lumki, ertaklar xalq og’zaki ijodiyotining eng qadimiy, ommaviy va keng
tarqalgan janrlardan biridir. Ertaklar xalq og’aki ijodining epik turiga kiradi. Uning o’ziga xos

1

Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi

nashriyoti, 2006. 38-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

724

xususiyati-voqeabandligi, biron voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilinishidir. Ertaklar
turmush voqeligini ajoyib va g’aroyib, jozibali qilib aks ettiradi. Ertak folklor asari. Shuning uchun
ham xalq og’zaki ijodiga xos ijodiy maxsul bo’lib, ko’pchilik tomondan aytilishi, og’zaki yo’l bilan
tarqalishi, an’anaviylik, ijodchisining noma’lumligi-anonimlik, bir syujetning xalq orasida bir
qancha variantlarda ijro etilishi ertaklarga xosdir.

Boshlang`ich sinflarda o`qitilayotgan adabiy o`qish darslari o`zbek tili fanining tarkibiy

qismi hisoblanadi. Dasturlarning o`qish va nutq o`stirish bo`limida o`tkaziladigan mashg`ulotlar
mazmuniga; o`quvchilarni to`g`ri, ravon, ma`lum darajadagi tezlik bilan ifodali o`qishga o`rgatish;
o`quvchining ona - Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol
g`oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o`quvchilarning bilim, ko`nikma
va malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi.

Xalq og’zaki ijodida an’anaviy estetik jihatlarning umumiyligi boshlangʻich sinf

oʼquvchilarining bunday asarlarni tez va oson tushunishlariga imkon yaratadi. Jumladan, deyarli
hamma janrlardagi asarlar tilining soddaligi, ba’zan boshqa-boshqa janrlar namunalarining bir
mavzuga bag’ishlanishi (“Tohir va Zuhra” ertagi va dostoni), epik asarlar syujeti va
kompozitsiyasidagi yaqinliklar va, hatto, bir necha janrlarga oid namunalarda o’xshatish, sifatlash,
mubolag’a kabi tasvir vositalarining o’xshashligi fikrimizning dalilidir. Xalq og’zaki ijodi janrlari,
ularning tarkibi haqida gap borar ekan, janrlarning o’zaro munosabatlarini ham hisobga olish
lozimdir. Avvalo, janrlararo munosabatlar o’ta murakkab jarayon ekanini nazarda tutish kerak.
Ma’lumki, o’zbek xalq og’zaki ijodi dunyodagi eng qadimiy so’z san’ati namunasiga oid
asarlardan tashkil topgan. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, eramizdan keyingi ikkinchi ming
yillikning o’zida og’zaki ijodimiz mahorat jihatidan juda ko’p hayotiy sinovlarga duch kelgan.
Natijada, kichik janrlar deb atalmish maqol, matal, topishmoqlardan birikkan epik asarlar
maydonga kelgan bo’lishi mumkin. Ayni paytda, doston, ertak, qo’shiq kabi janrlarni o’rganish
bu turga mansub asarlarning ma’lum taraqqiyot bosqichi natijasi sifatida baholashga asos
bermoqda. Jumladan, dostonning shakllanishi va rivojlanishida mifologik dunyoqarash
elementlari, asar va rivoyat kabi qadimiy turlarning ta’siri aniq seziladi.

Xalq og’zaki ijodidagi asarlarda bir janrga mansub namunalarning boshqa hajm jihatidan

katta asarlarda uchrashi boshlangʻich sinf oʼquvchilarini asarni qayta-qayta oʼrganishga va uning
maʼno-mazmunini chuqurroq oʻrganishga undaydi. Masalan, “Alpomish” dostonida o’nlab maqol
va matallar qayd etilgan. Shuningdek, bir qator ertaklar borki, ularda turmushga chiqadigan
qizning shart qo’yishi bahonasi bilan topishmoq namunalari o’rin oladi. Ba’zan esa qoliplash
san’ati qo’llangan ertaklarda turli naql va afsonalar uchraydi. Hatto, ayrim ertak matnlarida lirik
qo’shiq namunalari keltirganiga guvoh bo’lamiz. Bu o’rinda “Yoriltosh ertagini esga olish
maqsadga muvofiqdir.

O’zbek xalq ertakchilari repertuarlarida hayvonlar haqidagi ertaklar anchagina o’rinni

tashkil etishi bejizga emas, chunki boshlangʻich sinf oʼquvchilari uchun majoziy maʼnoda
qoʼllangan ertak qahramonlarining fel-atvori, ularning oʼziga xos boʼlgan hatti-harakatlari
qiziqarli ekanligi barchamizga maʼlum. Hayvonlar haqidagi ertaklar qadim zamonlarda vujudga
kelgan bo’lib unda ibtidoiy tuzum davridagi insonning hayoti, mehnati, dunyoqarashi, tabiat
haqidagi tushunchalar ifodalangan. O’zbek xalq ertakchiligi repertuarida sehrli ertaklar ham katta
o’rin egallaydi. Bu xildagi ertaklar sehrli, fantastik uydirmalar asosida qurilganligi bilan ajralib
turadi. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo’lib, ildizi boshlang’ich jamiyatga
borib yetadi. Sehrli ertaklarning xatti-harakatlari-sehr, jodu, mo’jiza hayoliy obrazlar bilan
bog’lanadi. Ertaklarda qahramonning aniq xarakteristikasi berilmaydi. Faqat an’anaga aylangan
belgilargina ko’rsatiladi

2

. “Qiz o’n to’rt kunlik oydek to’lishgan”, u nihoyatda go’zal, hayoli, iboli,

2

Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect human category in the psychology.

European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 7(8). 16-22.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

725

mehnatsevar, yuksak an’ana namunalari jam bo’lgan, idrokli, tadbirkor, oqila qizdir. Har kuni o’tin
yorar, osh pishirar, qozon yuvar, uy tozalar ekan. Mazkur sifatlar sarguzasht davomida yana ham
oydinlashadi. Ertakda mavjud tilsim nohaqlik, ayyorlik, qonxo’rlik kabi yaramas illatlarni fosh
etib, adolat, mehnatsevarlik, ma’naviy go’zallikni ma’qullaydi. Botirlar obrazida odob va
muomalaning yuksak namunasi, odamiylik, mehnatsevarlik, donishmandlik, jasurlik va sezgirlik
kabi sifatlar barq urib tursa, zolim tekinxo’r kishilar qiyofasida mol-mulk yo’lida har qanday iflos
ishlardan qaytmaslik kabi xususiyatlar namoyon bo’ladi. Ko’rinadiki, ertaklar o’ziga xos
xususiyatlari bilan boshqa xalq og’zaki ijodi janrlaridan boshlangʻich sinf oʼquvchilarining
maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan ajralib turadi.
Ertaklar olamiga kishi bolalik chog’laridayoq sayohat qiladi, u dastlab hayvonlar haqidagi
ertaklarni eshitib, har xil toifa xarakterdagi aqlli va ahmoq, saxiy va qizg’anchiq, zolim va odil
odamlar dunyosi bilan tanishadi. Ertaklarda xalq hayoti, uning adolat, haqiqat yo’lidagi orzu-
umidlari, yovuz kuchlarga nisbatan qahr-g’azabi, yaxshilarga bo’lgan mehr-muhabbati
tasvirlanadi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilari xalq ertaklarini o’qib chiqqach, o’rtoqlari, aka-uka va
opasingillariga aytib beradi, muhimi o’quvchi o’zi sevib qolgan ijobiy qahramonlaridan o’rnak
olishga, halollikda, to’g’ri so’zlikda, mehnatsevarlikda ularga o’xshashga harakat qiladi. Salbiy
qahramonlardan esa, nafratlanib, o’xshamaslikka harakat qiladi

3

. Demak, boshlangʻich sinf

o’quvchilarning ham bilimga qiziqishini oshirishda, ham komil inson qilib tarbiyalashda xalq
ertaklaridan foydalanish ijobiy natija beradi. Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan xalq og’zaki
ijodi janrlaridan biri maqollardir. Maqollar xalq og’zaki ijodining eng ko’p tarqalgan janridir.
Maqollar xalqning hayoti, aql-farosati, turmush tajribasi, kurashi, mehnatining badiiy ifodasi
sifatida yaratilgan, maqollar yengil, ravon va jonli tilda yaratilgan bo’lib, ularda xalqning turmush
tajribasida tasdiqlangan chuqur ma’noli fikrlar ixcham obrazli qilib beriladi. Shuning uchun ham
maqol bir aytishdayoq yodda qoladi. Xalq og’zaki ijodi asarlarining oʻquvchi yoshlarimizni
ma’naviy yetuk, komil inson qilib tarbiyalashdagi o’rni beqiyos. O’qituvchi xalq og’zaki ijodi
materiallarining o’ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilsa, nazariy-ilmiy jihatdan bilimini oshirib
borsagina xalq og’zaki ijodi namunalarini ta’lim tarbiya bilan bog’lay oladi

4

.

Xulosa qilib aytganda, Xalq og`zaki ijodi – insoniyatga tengdosh eng qadimiy san`at.

O`zbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo`lgan og`zaki
badiiy ijodi hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma`naviy ozuqa
bo`lib xizmat qiladi. Yillar to`zonidan omon-eson o`tib, avlod-ajdodlardan meros qolgan folklor
janrlari boshlangʻich sinf oʻquvchilarini jismonan baquvvat, maʼnan yetuk va komol inson qilib
tarbiyalashda ma`naviy-ma`rifiy yo`nalishda yo`lboshlovchi vazifasini o`taydi. Xalqning turmush
tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o`z isbotini topgan maqollar, naqllarni
hayot maktabi darsligi desak mubolag`a bo`lmaydi. Mustaqil O`zbekistonda milliy qadriyatlar
tiklanayotgan hozirgi davrda xalq yaratgan merosini yosh avlod ongi shuurida tasavvur hosil qilish,
umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlama o`rgatish va tatbiq etish davr talabi.

Qolaversa, har bir shaxsning zimmasidagi mas`uliyati hisoblanadi. Ana shu mas`uliyatni his

qilgan inson kelajak avlodimizning yangi fikrlaydigan, izlanuvchan, mehr-oqibatli, yurtsevar,
elparvar egalarini yetishtirishda, tarbiyalashda o`z hissasini qo`shadi. Buyuk allomalarimizning
ibratomuz hayotlari, Vatan, xalq uchun qilgan xizmatlari haqida, aziz –avliyolarning ilmi-urfoni
haqida, mamlakat osoyishtaligi, tinchligi, xalq or-nomusi uchun kurashgan sarkardalar haqida,
qolaversa, Vatanning har bir go`shasi xususida ota-bobolarimiz yaratgan rivoyatlar o`zining ilmiy,
badiiy ahamiyati bilan qimmatlidir, ertaklar yordamida yaxshilik va yomonlik sahrolarida, adir-u

3

Нортожи Жумаевич Эшнаев. (2021). Маънавий-ахлоқий муаммоларни илмий тадқиқ этишнинг ўзига хос

жиҳатлари. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. Vol.2, no. 2. p. 364-369.

4

Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Haydarova Surayyo Abdusalomovna. . (2020)

“Defects in scientific research of the problems of spiritual and moral crisis and its solution”, IEJRD - International
Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, B. 6.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

726

tog`liklarida sayohat qiladilar. Ana shu davrdan boshlab nima yaxshi-yu nima yomon ekanligini
anglay boshlaydilar. Bolalar ulg`aygan sari o`zlaridan kichiklarga ertak aytib berishga, ularni aqlli,
vazmin bo`lishga, o`jar, injiq qiliqlarini tashlashga undaydilar. Ular ham o`zlarini kichik
tarbiyachilar sifatida tutadilar

5

.

Xalq og`zaki badiiy ijodi katta-yu kichik, yosh-u qari uchun birdek donishmandlik

majmuasi hisoblanadi. Asrlar o`tsada, buyuk allomalarimiz asarlarida ta`lim-tarbiya masalalari
badiiy ifodalansada, xalq tafakkurining mahsuli bo`lgan folklor asarlari ma`naviy jihatdan
olamshumul ahamiyat kasb etishda davom etaveradi. Xalq ogʻzaki ijodi naʼmunalari boshlangʻich
sinf oʻquvchilarida ma'naviy - axloqiy fazilatlarni shakllantirish, yuksaltirish va yangi
Oʻzbekistonimizni bunyod etishda muhim dastur-ul-amal boʻlib xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: O’zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006.

2.

Gafforova T., Nurullayeva Sh., Haydarova O. (2004). Boshlang'ich sinflar uchun o`zbek tili
va o`qishdan didaktik materiallar. –Toshkent: Ilm ziyo.

3.

Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect human
category in the psychology. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences. 7(8). 16-22.

4.

Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Haydarova Surayyo
Abdusalomovna. . (2020) “Defects in scientific research of the problems of spiritual and
moral crisis and its solution”, IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8,
B. 6.

5.

Нортожи Жумаевич Эшнаев. (2021). Маънавий-ахлоқий муаммоларни илмий тадқиқ
этишнинг ўзига хос жиҳатлари. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL
SCIENCES. Vol.2, no. 2. b. 364-369.

6.

www.ziyonet.uz

5

Нортожи Жумаевич Эшнаев. (2021). Маънавий-ахлоқий муаммоларни илмий тадқиқ этишнинг ўзига хос

жиҳатлари. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. Vol.2, no. 2. b. 364-369.

References

Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006.

Gafforova T., Nurullayeva Sh., Haydarova O. (2004). Boshlang'ich sinflar uchun o`zbek tili va o`qishdan didaktik materiallar. –Toshkent: Ilm ziyo.

Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect human category in the psychology. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 7(8). 16-22.

Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Haydarova Surayyo Abdusalomovna. . (2020) “Defects in scientific research of the problems of spiritual and moral crisis and its solution”, IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, B. 6.

Нортожи Жумаевич Эшнаев. (2021). Маънавий-ахлоқий муаммоларни илмий тадқиқ этишнинг ўзига хос жиҳатлари. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. Vol.2, no. 2. b. 364-369.

www.ziyonet.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов