A HISTORICAL VIEW OF THE LIFE AND WORK OF LEONARDO DA VINCI

HAC
Google Scholar
To share
Ваҳидов S. (2023). A HISTORICAL VIEW OF THE LIFE AND WORK OF LEONARDO DA VINCI. Modern Science and Research, 2(9), 292–296. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24151
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The life of Renaissance thinkers in Italy represents one of the most complex historical problems. Because the lives of these scientists are not fully illuminated. Those described are not complete. Leonardo da Vinci is one such historical figure and this article aims to explore his life and work.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

292

LEONARDO DA VINCHINING HAYOT VA IJODIGA TARIXIY NAZAR

Vahidov Suxrobjon Olimjon o’g’li

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod”
respublika bolalar maktabi Hududlar bilan ishlash va monitoring qilish

bо‘limi uslubchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8372058

Annotatsiya.

Italiyadagi uyg’onish davri mutaffakkirlari hayoti eng chigal tarixiy

muammolardan biri hisoblanadi. Chunki ushbu olimlarning hayoti to’la yoritilmagan.
Yoritilganlari esa to’liq emas. Leonardo da Vinchi shunday tarixiy shaxslardan biri bo’lib, mazkur
maqolada uning hayoti va ijodini o’rganish maqsad qilingan.

Kalit so’zlar:

Yevropa, Italiya, Leonardo da Vinchi, inkvizitsiya, san’at, rassomchilik.

A HISTORICAL VIEW OF THE LIFE AND WORK OF LEONARDO DA VINCI

Abstract.

The life of Renaissance thinkers in Italy represents one of the most complex

historical problems. Because the lives of these scientists are not fully illuminated. Those described
are not complete. Leonardo da Vinci is one such historical figure and this article aims to explore
his life and work.

Keywords:

Europe, Italy, Leonardo da Vinci, Inquisition, art, painting.

ИСТОРИЧЕСКИЙ ОБЗОР ЖИЗНИ И ТРУДА ЛЕОНАРДО ДА ВИНЧИ

Аннотация.

Жизнь мыслителей Возрождения в Италии представляет собой одну

из сложнейших исторических проблем. Потому что жизнь этих ученых освещена не
полностью. Те, что описаны, не являются полными. Леонардо да Винчи – одна из таких
исторических фигур, и данная статья призвана изучить его жизнь и творчество.

Ключевые слова:

Европа, Италия, Леонардо да Винчи, инквизиция, искусство,

живопись.

KIRISH

Yevropada uyg’onish davrining yirik mutaffakkirlaridan hisoblangan Leonardo da Vinchi

1452-yil 15-aprelda Toskanada tavallud topadi. Uning otasi Pyero da Vinchi o’z davrining
mashxur insonlaridan edi. Vinchilar oilasi tarixi XIII asrga borib taqalib, otasi shu oiladan chiqqan
notarius edi. Pyeroning ko’pgina farzandlari nikohsiz dunyoga kelardi. Bu ko’pincha
xizmatkorlardan dunyoga kelardi. Bu bolalarga xuddi qonuniy farzanddek muomalada bo’lardi.
Atrofdagilar ham bunga ko’z yumardilar [1].

Leonardo tavallud topishi bilan uni otasi darhol tan olgan va cherkovda cho’qintirilgan.

Dastlab oilada u ham istiqomat qilgan, ammo tez orada uni Katerina bilan birgalikda Vinchi
shaharchasidan uncha uzoq bo’lmagan Axiano shaharchasiga yashashga jo’natiladi. O’sha joyda
to’rt yil Leonardo onasi bilan istiqomat qiladi. Leonardoga to’rt yarim yosh bo’lganda uni otasi
onasidan ajratib olib o’zining oilasiga qo’shadi. Endi u otasining uyida istiqomat qila boshladi.
Ammo 1457-yili Leonardo Pyeroning noqonuniy o’g’li deb e’lon qilindi [2].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Leonardoning bolalik yillari to’g’risida ma’lumot juda kam. U bolalik yillarida asosan

botanika, geologiyaga qiziqqan bo’lsa, qushlarning parvozini kuzatishni xushlagan. Bu shuni
ko’rsatadiki, Leonardoning yoshlik yillari asosan ochiq havoda shahar ko’chalarini kezgan holda
o’tgan. Monte Albano tog’ining etagida Leonardoning yoshligi kechgandi. Uning bolaligi Arno


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

293

vodiysida o’tgan edi. Bu vodiy ushbu tog’ning etagidagi juda havobaxsh vodiy hisoblanadi. Arno
vodiysidan Florensiyaning joylashuvi aniq ko’rinib turadi. Arno vodiysi tasviri ham Leonardoning
ijodi cho’qqilaridan biri hisoblanadi. U 1473-yilda chizilgan tasvirdir.

Leonardoning o’z qo’lyozmalari ham mavjud bo’lib 7 ming varoqdan iborat kundalik va

tasvirlar, chizmalar mavjud bo’lib, bugungi kungacha yetib kelgan. Ammo ushbu kundalik
chizmalarda ham shaxsiy hayotga oid ma’lumotlar juda kam hisoblanadi. Ayniqsa, bolalik yillari
haqida umuman ma’lumot mavjud emas. Shaxsiy ma’lumotlardan faqat bolaligining ma’lum qismi
o’tgan Anxiano shahrigina qayt etilgan. Demak, Leonardo bolaligi haqida asosan rasmlar
orqaligina ma’lumotlarni qoldirgan hisoblanadi. Bu rasmlar orqali uning bolaligi o’tgan
hududlarni bilib olish mumkin.

Leonardoning muvaffaqiyatlari faqatgina rаssomchilik bilan emas, balki, inson

faoliyatidagi boshqa sohalar bilan ham bog’langandir. Ammo sermahsul bo’lish bilan birgalikda
u yana bir ish bilan uzoq mashg’ul bo’lishi ham mumkin edi. Masalan yeti yil davomida bor yo’g’i
o’n ikkita rasm yaratgani yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Uning asarlarini o’rganuvchilar bir
necha guruhlarga bo’linadi. Ulardan biri asarlar tarixini o’rganuvchilar guruhi bo’lsa, ikkinchi
guruh kritik analizchilar hisoblanishadi. Bu guruh vakillari o’z navbatida Leonardo da Vinchi
ijodini ijodiy tahlil qiladilar. Yani yaratilgan asarning qiymati, mavzusi, bezaklari, mazmuni
haqida baxs-munozara olib boradilar. XXasrning ikkinchi yarmiga kelibgina Leonardoningijodini
to’liq o’rganish uchun keng yo’l ochildi va qator ilmiy izlanishlar olib borildi [3].

Leonardo haqida Vazari o’zining qaytlarida: «Leonardo men aytganimdek, bolaligida

messer Pyero tomonidan o’qitish uchun Andreo del Verokkioga beradi. Verokkio bir qancha vaqt
o’qitganidan so’ng Leonardoga o’zining bir suratida farishtani chizishni topshirgan. “Isoning
cho’qintirilishi” asarida shu farishta tasvirlanishi kerak edi. Ushbu suratda Isoni cho’qintiruvchi
Ioann tomonidan cho’qintirish marosimida farishta obrazini yaratish yosh Leonardoning
zimmasiga tushadi. U jada ham yosh edi. Ammo surat kutilganidan shu darajada ajoyib chiqdiki,
qolgan Andreo tomonidan bajarilgan suratdagi siymolardan ko’ra ushbu farishta obrazi alohida
ajralib turar edi. Shu voqeadan so’ng Andreo Verokkio qaytib bo’yoq va qalam ushlamay qo’yadi.
Ushbu holat san’at tarixidagi eng mashxur kulgili voqeaga aylanadi va bu haqda barcha
san’atkorlar xabardor edilar. “Cho’qintirish”dagi ushbu holatni Vazari yana boshqacha ham talqin
qiladi [4].

Andreo Verokkio o’z davrining yani XV asrning eng mashxur ijodkorlaridan biri edi. Yirik

ko’rinishlarni o’z asarida juda yorqin ranglar bilan talqin qilib bera oladi. Uning asarlaridagi siymo
ortida o’ziga xos manzara joylashgan bo’lar edi. Masalan, daraxtlar, ishlayotgan mehnatkash
dehqonlar, fonda bu juda ajoyib ko’rinishga ega bo’lar edi. Tepaliklar va tog’lar fonda o’ziga xos
ahamiyat kasb etardi. Shuning uchun ham Leonardoning surati o’zini mohir deb bilgan nozik did
sohiblaridan biri bo’lmish Verokkioni xafa qilgan edi. U yuksak didli ijodkor bo’lgani uchun ham
qaytib mo’yqalamni qo’liga olmagan edi. Chunki u o’zi yaratgan asardan ortiq ko’ngli to’lmasligi
aniq edi. Ushbu surat bugungi kunda Florensiyaning Uiffitsi galereyasida saqlanmoqda. “Isoning
cho’qintirilishi” surati galereyaga 1472-yilda, Leonardoga yigirma yil bo’lganda hadya qilingan
edi.

Leonardo “Cho’qintirish” suratida ham o’zining ijodkorligini namoish eta oldi. Suratda

tuman va sharsharalarning uyg’unligida soyalarning o’ynoqi holati asarni o’zgacha chiqishiga
sabab bo’lgan. Bu sehrli hissiyotni ifodalovchi peysajni yana “Mona Liza” suratida ham ko’rish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

294

mumkin. Leonardo qo’llagan bu yangi uslubning afzalligi shunda ediki, u rasmni biroz
chekkalaridan xiraroq o’ziga xos manzaralarni noaniqliklar bilan tasvirlashga erishadi. Bu o’sha
davr musavvirligidagi yangicha uslub edi hamda Leonardoga katta shuhrat olib keldi.
Leonardo o’zining portret ortidagi peysaji bilan inson tabiatning bir bo’lagi sifatidagi ko’rinishini
uning atrofini o’rab turgan jismlar bilan ko’rsatishga harakat qiladi. Bu bilan u peysajni oddiy
suratdagi bezovchi fon emas ekanligini ko’rsatdi. Bu san’at darajasiga ko’tarildi. Leonardo
o’zining bolaligidan beri chizib kelayotgan g’oyalarining chizmasida bir necha yildan so’ng peysaj
va portretni o’zaro ajratmaydigan asn’atkor Sandro Bottichelli ijodidagiga o’xshash qilib tasvir
beradi. Leonardo tabiatan og’ir inson bo’lgani uchun u suratlari ma’lum muddat nom qo’ymagan.
Shuning uchun ham juda ko’p ishlari chala qolib ketishiga olib kelgan. San’at bilimdonlarining
fikricha egasiz qolib ketga shu davr barcha rasmlarini Leonardoning asarlari deb atasharkan. U
doimo muammolardan, baxs-munozalardan o’zini olib qochishga harakat qilgan. Hattoki unga
yosh raqobatchisi Mikelanjelo haqorat bilan murojaat qilganda ham: “Komil inson o’zida sabr-
toqatni tarbiyalay bilishi kerak”, - deb javob bergan edi. So’zining davomida: “Aynan shu joyda
bosiqroq”, - deb yozadi Leonardo.

“Cho’qintirish” suratidan so’ng Leonardo nemis izlanuvchilariga juda yaxshi ma’lum

bo’lgan Lyugvig Xeydenrayx “birinchi haqiqiy san’atdagi peysaj” deb baho bergan suratini
yaratadi. Arno vodiysining yuqoridan ko’rinishi kechinmasini beradi. Buning ustiga surat sharq
uslubida bo’yalgandir. U harakatlar bilan liq to’la holda chizilgandir. Bu holatlarning o’ta jonli
qilib chiza olish Leonardoning naturada chizgani bilan xarakterlanadi. U bu suratida harakatlar va
bulutlarning zo’r tasvirlovchisi sifatida gavdalanadi. Ushbu suratning ostida “Muqaddas
Mariyaning qordagi kuni” deb yozilgan edi va sana “1473-yil 5-avgust” deb qatr etilgan. Ko’rinib
turibdiki ushbu suratdan shaxsan Leonardoning o’zini ham ko’ngli to’lgan. Agar rasm o’ziga
yoqmaganida uning ostiga qaytlarni yozib qoldirmagan bo’lardi [5].

Ushbu uchinchi asardan so’ng Leonardo hayotida palapartish asarlarni yaratish

boshlangan. San’atshunoslarning fikricha u o’z asarlariga nimagadir avvalgi diqqatini yo’qotadi.
Bundan tashqari u endi Отaarlaridagi chuqur falsafiy va badiiy bezaklarni tasvirlashda qator
kamchiliklarga hamda avvalgi asarlariga qaraganda umrining oxirlaridagi barcha asarlari shunday
tarzda chizilgan degan xulosa kritiklarda bugungi kunda xulosani keltirib chiqargan. Bu
tortishuvlar haligacha o’z tasdig’ini topmagan bo’lsada, ammo ushbu asarlardagi noaniqlik
avvalgilaridan keskin farq qilishi kuzatiladi. Leonardo asarlari haqidagi asarlar ichida eng klassik
baho bergani bu – Britaniya imperiya kolleksiyasi saqlovchisi Kannet Klark hisoblanadi. Ushbu
kolleksiya ham “Leonardo da Vinchi” nomi bilan ataladi. Klarkning fikricha Leonardoning asarlari
eng yuqori saviyadagi asarlar bo’lib, ular hech qachon o’z qiymatini yo’qotmagan.

“Hayrli tufha” birinchi ilk san’at davrining eng yorqin asari sifatida baholanadi. U ham

bugungi kunda Florensiyaning Uiffid galereyasida saqlanmoqda. Suratda juda qo’rqib ketgan
Mariya chap qo’lini qo’ygancha turishi, Medichi daxmasidagi manzarani esga soladi. Bu daxma
San Lorenso cherkovida joylashgan. Daxmani Verokkio ustalari va shogirtlari 1472-yilda barpo
etishgan hisoblanadi. Leonardo shu maqbaradagi Mariya suratidan o’ziga nusxa sifatida
foydalanib, siymoni har qachongidan ham chiroyli chiza olgan. Bu suratga hozirgacha
Leonardoning ichki dunyosining tashqi ko’rinishi sifatida baho beriladi.

Jenevri de Benchi portreti 1473-1474-yillarda yaratilgan hisoblanadi. Bu surat

hozirgidagiday to’ydan keyin ikki yoshga to’ylaridan esdalik sifatida berilishi kerak edi. Ushbu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

295

to’y 1474-yilning yanvarida bo’lib o’tgan edi. Ushbu portretdagi ayolning qo’llari o’ttiz yil keyin
chizilgan Madonna qo’llariday ustma-ust qo’yilgan holda tasvirlangan. Jinevra tabiatan ancha
sovuq bo’lsada Leonardoning shaxsan o’ziga bu surat yoqqan va uning tabassumini biroz
Leonardoning o’zi vujudga keltirgan. Bu surat har jihatdan bir necha yillar davomida yaratilgan
Mona Liza uchun asos bo’lib xizmat qilgan.

Jinevra portretidan so’ng Leonardo Madonna siymosi mavzusidagi ijodiy izlanish davri

sifatida o’tdi. Taxminan 1476-yildan 1480-yilgacha (yigirma to’rt — yigirma olti yil) shu
masaladagi nusxalarni tayyorlaydi. Ularning bir qanchasi suratga va qolganlari esa eskizligicha
qolib ketdi. «Madonna gul bilan» (Myunxen muzeyi), «Madonna Litta» va «Madonna Benua»
(ikkilasi Peterburgda) suratlaridagi detallar Leonardo to’g’ri deb hisoblagan tarzda
joylashtirilgandi yani tasvirlangandi. Ular peysajli suratlardan hisoblanadi. Barcha suratlarda shu
an’ana takrorlangan. Ammo ular eng cho’qqi ijodiy suratlardan hisoblanib, Leonardoning ichki
dunyosi va ayol obrazi qanday bo’lishi kerak degan savolga javob beradi [6]

XULOSA

Rassomlik san’atini Leonardo da Vinchi san’atning asosiy turi deb hisoblar edi. U

rassomlik san’ati yordamida odamlar dunyoni bilib oladi deb, bu san’atga tadqiqotchi sifatida
yondashdi. Buyuk olim inkivizitsiyaning g’azabiga uchrashidan qo’rqmay, rasmlarda odamning
gavdasini to’g’ri tasvirlash uchun uning tana tuzilishini bilib olishga harakat qildi. Leonardo da
Vinchi chizgan rasmlarida uning o’zi sevgan va kuzatgan hayot tasvirlangan.


REFERENCES

1.

Джорджо Вазари. 12 Жизнеописаний - royallib.ru c. 47.

2.

Гастев А.А. «Леонардо да Винчи», Москва: «Молодая гвардия», 1982 г с. 13.

3.

Волынский А. Л. Жизнь Леонардо да Винчи. — М.: Алгоритм, 1997. — 525 с.

4.

Лазарев В. Н. Леонардо да Винчи: (1452—1952) / Оформление художника И. Ф.
Рерберга; Институт истории искусств АНР. — М.: Изд-во Академии наук, 1952. с.
60.

5.

Цёльнер Ф. Леонардо да Винчи 1452—1519: Полное собрание живописи и графики
/ Пер. с англ. И. Д. Глыбиной. — М.: Taschen; Арт-родник, 2006. — 695 с.

6.

Свен Ортоли, Никола Витковски Ванна Архимеда: Краткая мифология науки. —
Москва: Колибри, 2007. с. 72.

7.

Сайфуллаев, Б. Д. Ў. (2022). ЎЗБЕКИСТОН ВА ҲИНДИСТОН: ОЛИЙ ТАЪЛИМ
СОҲАСИДА АЛОҚАЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 595-
601.

8.

Sayfullayev,

B.

(2022).

ЎЗБЕКИСТОН-ҲИНДИСТОН:

СТРАТЕГИК

ШЕРИКЧИЛИКНИНГ

ЯНГИ

ФОРМАТДА

РИВОЖЛАНИШИ.

ИЛМИЙ

ТАДҚИҚОТЛАР САММИТИ.

9.

Sayfullayev, B. (2022). AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA DASTURIY
MAHSULOTLAR

ISHLAB

CHIQARISHDA

XALQARO

HAMKORLIK:

O

‘ZBEKISTON VA HINDISTON MISOLIDA. АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ

ВА

ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЯЛАРИ

СОҲАСИДА


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

296

ЗАМОНАВИЙ МУАММОЛАР ВА ЕЧИМЛАР РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ТЕХНИК
АНЖУМАНИНИНГ МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ.

10.

Sayfullayev, B. (2021). Ўзбекистон-Ҳиндистон: икки томонлама ҳамкорликнинг янги
саҳифалари. ХОРАЗМ МАЪМУН АКАДЕМИЯСИ АХБОРОТНОМАСИ.

11.

Sayfullayev, B. (2021). ЎЗБЕКИСТОН-ҲИНДИСТОН: ҲАРБИЙ СОҲАДА ИККИ
ТОМОНЛАМА МУНОСАБАТЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИБ БОРИШИ. ЎзМУ
ХАБАРЛАРИ. ВЕСТНИК НУУз. ACTA NUUz.

12.

JO’RABOYEV, N. Y., & SAYFULLAYEV, B. D. O. G. L. (2021). KO’HNA VA
NAVQIRON TOSHKENT BOZORLARI. In Uzbek Conference Publishing Hub (Vol. 1,
No. 01, pp. 83-86).

13.

Sayfullayev, B. D. (2022). Development of Bilateral Political Relations between
Uzbekistan and India. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced
Sciences, 1(3), 54-56.

References

Джорджо Вазари. 12 Жизнеописаний - royallib.ru c. 47.

Гастев А.А. «Леонардо да Винчи», Москва: «Молодая гвардия», 1982 г с. 13.

Волынский А. Л. Жизнь Леонардо да Винчи. — М.: Алгоритм, 1997. — 525 с.

Лазарев В. Н. Леонардо да Винчи: (1452—1952) / Оформление художника И. Ф. Рерберга; Институт истории искусств АНР. — М.: Изд-во Академии наук, 1952. с. 60.

Цёльнер Ф. Леонардо да Винчи 1452—1519: Полное собрание живописи и графики / Пер. с англ. И. Д. Глыбиной. — М.: Taschen; Арт-родник, 2006. — 695 с.

Свен Ортоли, Никола Витковски Ванна Архимеда: Краткая мифология науки. — Москва: Колибри, 2007. с. 72.

Сайфуллаев, Б. Д. Ў. (2022). ЎЗБЕКИСТОН ВА ҲИНДИСТОН: ОЛИЙ ТАЪЛИМ СОҲАСИДА АЛОҚАЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТЕНДЕНЦИЯЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 595-601.

Sayfullayev, B. (2022). ЎЗБЕКИСТОН-ҲИНДИСТОН: СТРАТЕГИК ШЕРИКЧИЛИКНИНГ ЯНГИ ФОРМАТДА РИВОЖЛАНИШИ. ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТЛАР САММИТИ.

Sayfullayev, B. (2022). AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA DASTURIY MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHDA XALQARO HAMKORLIK: O ‘ZBEKISTON VA HINDISTON MISOLIDA. АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЯЛАРИ СОҲАСИДА ЗАМОНАВИЙ МУАММОЛАР ВА ЕЧИМЛАР РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ТЕХНИК АНЖУМАНИНИНГ МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ.

Sayfullayev, B. (2021). Ўзбекистон-Ҳиндистон: икки томонлама ҳамкорликнинг янги саҳифалари. ХОРАЗМ МАЪМУН АКАДЕМИЯСИ АХБОРОТНОМАСИ.

Sayfullayev, B. (2021). ЎЗБЕКИСТОН-ҲИНДИСТОН: ҲАРБИЙ СОҲАДА ИККИ ТОМОНЛАМА МУНОСАБАТЛАРНИНГ РИВОЖЛАНИБ БОРИШИ. ЎзМУ ХАБАРЛАРИ. ВЕСТНИК НУУз. ACTA NUUz.

JO’RABOYEV, N. Y., & SAYFULLAYEV, B. D. O. G. L. (2021). KO’HNA VA NAVQIRON TOSHKENT BOZORLARI. In Uzbek Conference Publishing Hub (Vol. 1, No. 01, pp. 83-86).

Sayfullayev, B. D. (2022). Development of Bilateral Political Relations between Uzbekistan and India. Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(3), 54-56.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов