ILLUMINATION OF THE HISTORY OF THE BUKHARA KHAN IN THE TOURIST AND EMBASSY MEMORIALS: THE EXAMPLE OF JAPANESE GOVERNMENT SOURCES

HAC
Google Scholar
To share
Norbekov, J. . (2023). ILLUMINATION OF THE HISTORY OF THE BUKHARA KHAN IN THE TOURIST AND EMBASSY MEMORIALS: THE EXAMPLE OF JAPANESE GOVERNMENT SOURCES. Modern Science and Research, 2(10), 381–383. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24371
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

It is known from the researches that the history of the Bukhara khanate was also studied in Japan. This can be learned from the information of Hisao Komasu, a professor of the Tokyo University of Foreign Languages, an expert on the history of Uzbekistan. This article discusses the history of Bukhara Khanate in Japan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

381

SAYYOH VA ELCHILIKNING ESTALIKLARIDA BUXORO XONLIGI TARIXINING

YORITILISHI: YAPONIYA DAVLATI MANBALARI MISOLIDA

Jaxongir Norbekov

O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti

"Tarix" yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8430888

Annotatsiya.

Tadqiqotlardan ma’lumki, Buxoro xonligi tarixi Yaponiya davlatida ham

o‘rganilgan. Bu haqida Tokio chet tillar universiteti professori, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha
mutaxassis Xisao Komasu ma’lumotlaridan ham bilish mumkin. Ushbu maqolada Yaponiya
davlatida Buxoro xonligi tarixiga nazar muhokama etiladi.

Kalit so‘zlar:

Buxoro xonligi, Xisao Komasu, Yaponiya, Toru Saguchi, Xitoy davlati, Chin

sulolasi.

ILLUMINATION OF THE HISTORY OF THE BUKHARA KHAN IN THE

TOURIST AND EMBASSY MEMORIALS: THE EXAMPLE OF JAPANESE

GOVERNMENT SOURCES

Abstract.

It is known from the researches that the history of the Bukhara khanate was also

studied in Japan. This can be learned from the information of Hisao Komasu, a professor of the
Tokyo University of Foreign Languages, an expert on the history of Uzbekistan. This article
discusses the history of Bukhara Khanate in Japan.

Key words:

Bukhara Khanate, Hisao Komasu, Japan, Toru Saguchi, Chinese state, Chin

dynasty.

ОСВЕЩЕНИЕ ИСТОРИИ БУХАРСКОГО ХАНА В ТУРИСТИЧЕСКИХ И

ПОСОЛЬСКИХ МЕМОРИАЛАХ: НА ПРИМЕРЕ ЯПОНСКИХ

ПРАВИТЕЛЬСТВЕННЫХ ИСТОЧНИКОВ

Аннотация.

Из исследований известно, что история Бухарского ханства изучалась

и в Японии. Об этом можно узнать из информации Хисао Комасу, профессора Токийского
университета иностранных языков, знатока истории Узбекистана. В данной статье
рассматривается история Бухарского ханства в Японии.

Ключевые слова:

Бухарское ханство, Хисао Комасу, Япония, Тору Сагути,

китайское государство, династия Цинь.


KIRISH

Yaponiyaning Sankt-Peterburgda favqulodda muvaqqat ishlar vakili bo‘lib ishlagan, o‘sha

davrda yosh diplomat bo‘lgan Nishi Tokujiro (1847–1912) Yaponiyaga qaytgach, 1880-yilda
taxminan to‘rt oy davomida Rossiya Turkistonida ko‘p sayohat qildi. Diplomat hatto 1880- yil
sentabrida Rossiya protektorati ostidagi Buxoro xonligiga tashrif buyurganida, u amir
Muzaffarning o‘zi bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ldi.

Amirning Yaponiya bilan savdo qilish imkoniyati haqidagi savoliga yosh Nishi shunday

javob qaytardi: “Bu juda qiyin. Biz bilan Buxoro o‘rtasidagi masofa juda uzoq, ammo Yaponiya
Fors bilan savdo-sotiqni ochib, Fors orqali Turkistonga boradigan karvon yo‘llari ta’minlansa,
savdo-sotiqni ochish mumkin bo‘ladi”. [1]

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Professor Xisao Komasu yaponiyalik diplomatning rasmiy hisobotlari Yaponiyaning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

382

Markaziy Osiyo bilan dastlabki aloqalari Yaponiyaning Markaziy Osiyodagi siyosiy
manfaatlarining dastlabki misollaridan biri deb hisoblaydi.

Demak, Buxoro xonligiga qiziqish o‘sha davrlarning o‘zidayoq boshlangan.
Professor Xisao Komasu Toshkentga bir necha marta tashrif buyurganida u bilan Buxoro

xonligi tarixiga Yaponiyada qanday munosabat bildirishlari haqida suhbatlashgan edim. Professor
o‘sha davrda o‘zi bu masala bilan maxsus shug‘ullanmaganligi va Yaponiyaga qaytsa albatta bu
haqida surishtirishi mumkinligini aytgan edi, oradan vaqt o‘tib professor menga bir kitob
jo‘natdilar, buning uchun professordan minnatdorman.

Bu kitob yapon tadqiqotchisi Toru Saguchining “Qo‘qon xonligining sharqiy savdosi”

nomli tadqiqoti bo‘lib, XX asr 60 yillarida “Toyo Bunko ilmiy departamenti esdaliklari”da e’lon
qilingan ekan [2].

U aslida Toru Saguchining “XVIII-XIX asrlardagi Sharqiy Turkistonning ijtimoiy tarixi”

deb nomlangan tadqiqotidan olinib, ingliz tilida chop etilgan edi

.

[3].

T.Saguchining “Qo‘qon xonligining sharqiy savdosi” tadqiqoti 3 bo‘limdan iborat bo‘lib,

unda asosan Qo‘qon xonligining Xitoy bilan savdo aloqalari aks ettirilgan bo‘lib, jumladan Buxoro
amirligi bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar ham tilga olingan [4].

U o‘z tadqiqotida Xitoy tarixiy hujjatlari – Xitoy sulolasi solnomalaridagi ma’lumotlarni

A.Berns ma’lumotlari bilan qiyosan o‘rganib, o‘z xulosalarini beradi.

T.Saguchi foydalangan hujjatlardan biri-Qoshg‘ardagi Xitoy diplomtik korpusining

imperial

komissioneri

(savdo

ishlarida

vositachi)

Na-uan-cheng

(Na-yen-sh-

eng)

hisobotlaridir

.

[5]. Mazkur hisobot Na-uan-cheng muharrirligida 1834 yilda nashr etilgan.

Buxoroning Sharqiy Turkiston bilan savdosi 1760 yilda Badaxshon elchisi o‘zining yo‘lida

vatanidan to Pekingacha safar qilgan vaqtida boshlangan bo‘lib, elchilar Xitoyning topshirig‘iga
ko‘ra Hindiston va Buxoroga savdo qilish taklifi bilan jo‘natilgan edi.

Hujjatlarda aytilishicha, bu vakillar hukumat nomasi va sovg‘alarni Buxoro boshlig‘iga

topshirishga jo‘natilgan edi.

Xsiyu tuchix (Hsi-yu tuchih)ning hisobotiga ko‘ra: Buxoro (Pu-ha-erh) Badaxshon (Pa-ta-

k‘o-shan) ning g‘arbida joylashgan. Chin sulolasi zabt etilgan Sharqiy Turkiston (Hui-pi) ga 1760
yilda Buxoroga hadyalar bilan elchi jo‘natdi. 1764 yilda Buxoroning boshlig‘i A-pu-le- ko-erh
(Abulxayr) Chinga Badaxshonning sulton shohi orqali Navro‘zbek (No-lo-ssi pieh-ko) va
Toyirbeklarni (Ta-ya-erh pieh-ko) elchilar sifatida jo‘natdi. T.Saguchi : “albatta, 1816 yilda
Buxoroning xiroj topshirganligi to‘g‘risidagi birinchi rasmiy xabarni qayd etishimiz lozim”-deb
yozadi, hamda Xsiu- kun (Hsiu-kun) ning 1821 yildagi hisobotini keltiradi: “Said amir Haydar
(Se-i-te e-mi-erh-ai-ta-erh), Buxoroning begi (amiri - M.O.) Qashg‘arning begi Hakimga maktub
jo‘natib, unda bundan avvalroq 1816 yilda Buxoroning begi qashg‘ardagi Xitoy hukumatiga
o‘lpon (xiroj) jo‘natganligi, ammo haligacha Xitoy imperatori a’lo hazratlaridan rasmiy hukumat
maktubi yoki sovg‘alar qabul qilingaligi haqidagi xabarni olmadik”.

Shu o‘rinda B.Ahmedovning quyidagi fikrlarini eslatish o‘rinli: ”O‘rta Osiyo bilan Sharqiy

Turkiston hamda Xitoy o‘rtasida XVII- XVIII asrlarda mavjud bo‘lgan o‘zaro munosabatlar
to‘g‘risida Z.M.Boburning “Boburnoma”, Mahmud ibn Valining “Bahr ul- asror”, Sang
Muhammad Badaxshiyning “Tarixi Badaxshiy”, Mirzo Olim Toshkandiyning “Ansob us-salotin
va tavorix ul-xavoqin”, Niyoz Muhammad Xo‘qandiyning “Tarixi Shohruhiy”, Qurbon Ali
Ayog‘uziyning “Tavorixi hamsai sharqiy” asarlarida noyob ma’lumotlar uchratamiz. Yuqorida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

383

zikr etilgan asarlarning guvohlik berishicha, Xitoy davlatining hukmdorlari Sinsyanda
mustahkam o‘rnashib olib, O‘rta Osiyo xonliklariga ham o‘zlarining siyosiy ta’sirini o‘tkazishga
harakat qilganlar.

Mazkur asarlardagi ma’lumotlar orasida 1757 yilda Chin imperiyasi tomonidan Sharqiy

Turkistonning istilo etilishi, Chin qo‘shinlarining Abdulkarimxon davrida O‘rta Osiyoga bostirib
kirishi, shuningdek 1825-1864 yillarda naqshbandiya – xojagon tariqatiga mansub qashg‘arlik
xojalar: xoja Jahongir (1825-1826), Muhammad Yusufxoja (1830), Eshonxon to‘ra (Kattaxon
to‘ra), tarixda “Yetti xojalar isyoni” nomi bilan mashhur bo‘lgan Valixon To‘ra boshchiligidagi
Chin imperiyasiga qarshi qo‘zg‘olon (1857) larni alohida ta’kidlash mumkin.

XULOSA VA MUNOZARA

Dunyoning turli mamlakatlarida Buxoro xonligi (amirligi) tarixining turli masalalariga

taalluqli maqola, rasmiy xabar, adabiy, tarixiy asarlar nashr etilgan, ilmiy tadqiqotlar olib borilib,
disertatsiyalar himoya qilingan, Yaponiya davlati ham bundan mustasno emas. Yaponiyada
Buxoro xonligi tarixiga qiziqish o‘tgan asrlardayoq boshlangan.

REFERENCES

1. Hisao Komatsu. Abdurreshid Ibrohim va Yaponiyaning Markaziy Osiyoga yondashuvlari,

Selchuk Esenbel nashri, Yaponiya Ipak yo'lida: Evrosiyoda siyosat va madaniyatning
uchrashuvlari va istiqbollari, Leiden-Boston:-Brill, 2018, 145-154-betlar.

2. Saguchi T. Xo‘qon xonligining Sharqiy savdosi. VI bob. Toyo Bunko tadqiqot bo'limi

xotiralari (Sharq kutubxonasi). Tokio.2005. №24.

3. Saguchi T. Sharqiy Turkistonning 18-19-asrlarda ijtimoiy tarixi (yapon tilida).Tokio 1963

yil.

4. Masalieva O. Buxoro amirligi va Xitoyning XVIII-XIX asrlardagi o‘zaro munosabatlari

(T.Saguchi asari asosida) // Ijtimoiy fikr. 2004 yil.

5. Jahon tarixida Markaziy Osiyo. S.A.Adshead tomonidan.-Yangi Zelandiya, 2015.-P.196-

197.

References

Hisao Komatsu. Abdurreshid Ibrohim va Yaponiyaning Markaziy Osiyoga yondashuvlari, Selchuk Esenbel nashri, Yaponiya Ipak yo'lida: Evrosiyoda siyosat va madaniyatning uchrashuvlari va istiqbollari, Leiden-Boston:-Brill, 2018, 145-154-betlar.

Saguchi T. Xo‘qon xonligining Sharqiy savdosi. VI bob. Toyo Bunko tadqiqot bo'limi xotiralari (Sharq kutubxonasi). Tokio.2005. №24.

Saguchi T. Sharqiy Turkistonning 18-19-asrlarda ijtimoiy tarixi (yapon tilida).Tokio 1963 yil.

Masalieva O. Buxoro amirligi va Xitoyning XVIII-XIX asrlardagi o‘zaro munosabatlari (T.Saguchi asari asosida) // Ijtimoiy fikr. 2004 yil.

Jahon tarixida Markaziy Osiyo. S.A.Adshead tomonidan.-Yangi Zelandiya, 2015.-P.196-197.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов