CATEGORIES FORMING THE COMMUNICATIVE-PRAGMATIC CONTENT OF THE TEXT

HAC
Google Scholar
To share
Abdurasulova, D. (2023). CATEGORIES FORMING THE COMMUNICATIVE-PRAGMATIC CONTENT OF THE TEXT. Modern Science and Research, 2(10), 225–231. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25076
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article compares the similar and different opinions of world and Uzbek linguists about text units, text semantics, and analyzes with the help of examples taken from works and attitudes to the current problems of linguistics. Also, in the article, the expression of a number of concepts such as allusion, proposition, presupposition, tagmano is explained using examples.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

225

MATN KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK MAZMUNINI SHAKLLANTIRUVCHI

KATEGORIYALAR

Abdurasulova Dilnoza Qodirjon qizi

Mustaqil izlanuvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10086972

Annotatsiya.

Ushbu maqolada matn birliklar, matn semantikasi haqida jahon va o’zbek

tilshunoslarining o’xshash va farqli fikrlarini taqqoslagan holda tilshunoslikning dolzarb
muammolariga munosabat va asarlardan olingan misollar yordamida tahlillar keltirilgan.
Shuningdek,

maqolada

allyuziya,propozitsiya,

presuppozitsiya,

tagmano

kabi

qator

tushunchalarnung nutqda namoyon bo’lishiga misollar yordamida izoh berilgan.

Kalit so’zlar:

referensiya, propozitsiya, presuppozitsiya,tagma’no, allyuziya, implikatura,

referent.

CATEGORIES FORMING THE COMMUNICATIVE-PRAGMATIC CONTENT

OF THE TEXT

Abstract.

This article compares the similar and different opinions of world and Uzbek

linguists about text units, text semantics, and analyzes with the help of examples taken from works
and attitudes to the current problems of linguistics. Also, in the article, the expression of a number
of concepts such as allusion, proposition, presupposition, tagmano is explained using examples.

Key words:

reference, proposition, presupposition, implication, allusion, implicature,

referent.

КАТЕГОРИИ, ФОРМИРУЮЩИЕ КОММУНИКАТИВНО-

ПРАГМАТИЧЕСКОЕ СОДЕРЖАНИЕ ТЕКСТА

Аннотация.

В данной статье сравниваются сходные и разные мнения мировых и

узбекских лингвистов о текстовых единицах, семантике текста, анализируются на
примерах из произведений и взгляды на современные проблемы языкознания. Также в
статье на примерах поясняется выражение ряда понятий, таких как аллюзия, пропозиция,
пресуппозиция, тагмано.

Ключевые слова:

референция, суждение, пресуппозиция, импликация, аллюзия,

импликатура, референт.


Tabiat va jamiyatda har bir hodisa, voqelik muayyan sabab asosida yuzaga keladi. Bu

sababiy bog‘lanish falsafiy jihatdan sabab va oqibat kategoriyalarini tashkil etadi. Til va nutqiy
faoliyatda ham har bir lisoniy dalil muayyan sabab natijasidir. Bu sabab zarurat, maqsad, o‘zaro
munosabat, zidlanish, miqdor va sifat o‘zgarishlari xarakterida bo‘lishi mumkin. Har qanday
muloqot markazida, albatta, shaxs turishi yuqorida ham aytildi. Nutqiy faoliyatda gapirish va
tushunish, nutq hosil qilish va uni idrok qilish jarayonlari almashinib turadi

1

. Mazkur jarayonlar

davomida matn mazmuni shakllanadi, axborot еtkazish va anglash bosqichlarida matn
mazmunining yashirin hamda oshkora jihatlari uzatiladi, idrok etiladi.

Yuqorida ham ta’kidlaganimizdek, matn tilning barcha imkoniyatlari: leksik-semantik,

uslubiy, grammatik, kommunikativ-pragmatik, diskursiv, antropotsentrik xususiyatlari

1

Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmеdov A., Solixo‘jaеva S. O‘zbеk tilining mazmuniy sintaksisi. − Toshkеnt: Fan, 1992. – B. 3.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

226

reallashadigan, axborot uzatish va ta’sir etish vazifalari uyg‘un tarzda amalga oshadigan tizim
hisoblanadi. E.Aznaurova ham ifodaning semantik-uslubiy va pragmatik mazmuni – komleks
tushuncha ekanligi, uni aniqlash jarayoni ko‘p bosqichliligini qayd etib, bu jarayon o‘z ichiga
quyidagilarni olishini ko‘rsatib o‘tadi: verbal kontekstda aks etgan birliklarning mazmuni va
kombinatorikasi bilan belgilanadigan kontekstual ma’noni ochib berish; bu bosqichda ifoda
“yopiq” tizim sifatida ko‘riladi. Ifoda yaxlit matnning bir qismi sifatida ko‘riladigan matnli
implikatsiyalar mazmunini anglash. Bunda retsipiyentning lingvistik malakasi faol ishga tushadi.
Pragmatik axborotning o‘zini aniqlash, ya’ni aniq bir KPV (kommunikativ-pragmatik vaziyat) va
uning parametrlari etnik sotsium a’zolarining qabul qilingan me’yoriy pozitsiyalari nuqtai
nazaridan jamiyatning institutsional va rolli strukturasi va ularning strukturaviy tarkibi haqidagi
tasavvurlarning aniqlanishi va nihoyat, nutqiy muloqotning aniq bir ishtirokchisiga kommunikativ
aktning aniq amalga oshirilish joyi, vaqtida “ko‘rinadigan” pragmatik ma’nolarni ajratib olish,
boshqacha aytganda kommunikatsiya ishtirokchilari tomonidan dunyo, jamiyat va insonning
talqin etilishini pragmatik mazmunini ochib berish

2

. Demak, matnda uzatiladigan axborotning

mazmuniy-pragmatik tuzilishini tahlil etish tadqiqotchidan semantik va pragmatik kategoriyalarni
chuqur bilishni talab etadi.

Matn mazmunining shakllanishi, strukturasining tarkib topishida uni tashkil еtuvchi har bir

lisoniy birlikning semantikasi va pragmatikasi muhim o‘rin tutadi. Matn mazmunini
shakllantiruvchi kategoriyalar haqida fikr yuritilganda

propozitsiya, referensiya, presuppozitsiya,

implikatura, tagma’no

kabi terminlar kuzatiladi. Propozitsiya va referensiya nutqiy birlikning

borliq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador, denotativ qismini tashkil etsa, presuppozitsiya,
implikatura, tagma’no kabilar bevosita ifodalanmagan, ammo umumiy bilish fondiga asoslangan
holda anglanishi lozim bo‘lgan axborotni qamrab oladi. Tilshunoslikda bunday ifodalanish
umumiy tarzda

implikatsiya, implikatura, yashirin ma’no

terminlari bilan yuritiladi.

Propozitsiya tushunchasi hozirgi tilshunoslikda keng qo‘llanib, muayyan sintaktik qurilma

vositasida ifodalangan obyektiv voqelikni ifodalaydi.

3

O‘zaro munosabatda bo‘lgan predmet,

hodisa, xususiyat, harakat va hokazo birligidan tashkil topgan ob’ektiv borliqning alohida
elementlari tilning asosiy birliklari – so‘zning, alohida elementlar ansambli esa gapning denotati
hisoblanadi.

4

Propozitsiya termini o‘z mohiyatiga ko‘ra gap semantikasida o‘z ifodasini topgan

obyektiv mazmunni bildiradi. Professor M.Hakimovning ta’kidlashicha, fikrlash faoliyati
natijasida noma’lum voqelikning ma’lum voqelikka aylanishi uchun ifodada yashirin semantik
komponent ishtirok etadi. Ifoda semantik tuzilishidagi hamma uchun ma’lum bo‘lgan axborot
oshkora (eksplitsit) mazmun deb qaraladi. Buni mantiqiy atama bilan propozitsiya deb ataladi.

5

Ma’lumki, propozitsiya nutqiy aktning denotativ tomonini tashkil etadi. Professor Sh.Safarovning
fikricha, gap ma’nosining asosini tashkil qiluvchi propozitsiya voqelikda yoki tasavvurda
kechayotgan hodisa-faktning semantik ramzidir. Matn mazmuniy markazi yoki, boshqacha
aytganda, uning semantik mohiyati – voqelik va uning nutqiy-tafakkur idroki jarayonida
tug‘iladigan tushuncha hamda lisoniy tuzilma o‘rtasidagi signifikativ ramzdir. Bunday lisoniy va

2

Qarang: Qazaqova N. A. G‘afur G‘ulom asarlarining pragmaligvistik tadqiqi: Filol. fanlari bo‘yicha falsafa d-ri (Doctor of philosophy)...diss. –

Namangan, 2019. – B.140 Aznaurova E. Pragmatika xudojеstvеnnogo slova. – Tashkеnt: Fan, 1988. – B. 80.

3

Usmonova H.O‘zbеk tilida gap bo‘laklarining pozitsion strukturasi: filol. fanlfari d-ri… diss. – Toshkеnt, 2010. – B. 67.

4

Nurmonov A., Mahmudov N., Ahmеdov A., Solixo‘jaеva S. O‘zbеk tilining mazmuniy sintaksisi. − Toshkеnt: Fan, 1992. – B. 35.

5

Hakimov M. O‘zbеk pragmalingvistikasi asoslari. – Toshkеnt: Akadеmnashr, 2013. – B. 74.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

227

ruhiy-mantiqiy bog‘liqlik propozitsiya ko‘rinishini oladi hamda ushbu turdagi propozitsiya faqat
kechayotgan voqea haqidagi xabargina bo‘lib qolmasdan, yеtkazilayotgan xabarning tasdig‘i
hamdir

6

.

Matn semantikasi haqida so‘z borganda referensiya hodisasi ham qayd etiladi. Referensiya

haqida tilshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar referensiya va propozitsiya
terminlarini ma’nodosh tarzda qo‘llaydilar. Jumladan, G.Frege har qanday gapda fikr (mazmun)
sathidan referensiya sathiga (ma’noga) qadam qo‘yiladi, shu bilan birga, ayrim ma’nolarning
tasdiq yoki inkor qilish akti sodir bo‘ladi, deydi. Referent sath uchun propozitsiya terminini
ishlatadi. Referensiya zamonaviy tilshunoslikda til belgisining tildan tashqaridagi real borliqdagi
obyektlar va vaziyatlar bilan munosabati jarayoni sifatida aniqlanadi. Referensiya hodisasi ham
denotativ semantika doirasida talqin qilinadi va an’anaga binoan nomlovchi lisoniy birliklarning
borliqdagi obyektga munosabati va u bilan bog‘liq tushunchalar sifatida tavsiflanib kelinmoqda.
Aslida, lisoniy nomni voqelik bilan bog‘lashda so‘zlovchining (yoki lisondan foydalanuvchi
shaxsning) maqsadi, lisoniy faoliyat niyati muhim o‘rin egallaydi

7

. Referent esa referensiya

jarayonida til belgisi yo‘naltirilgan obyekt, voqelikdagi hodisani ifodalaydi. Referent termini
tilshunoslikda denotat tushunchasiga ma’nodosh sifatida ham qo‘llanadi. Ba’zi tilshunoslar bu ikki
tushunchaning farqli jihatlari borligini qayd etadilar. Referent, yana bir ta’rifga ko‘ra, inson ongida
atrofdagi voqelik obyektlari va hodisalarini aks ettiruvchi nutqni yo‘naltiruvchi mental qurilmadir.

Referensiya hodisasi matn mazmuni uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, voqelik

bayonining uzluksizligini va davomiyligini ta’minlab, uning qismlari o‘rtasidagi anaforik va
kataforik munosabatlarni hamda retrospektiv va prospektiv bog‘liqliklarni namoyon qiladi. Matn
mavzusiga oid axborot bayoni jarayonida oldinroq ma’lum qilingan yoki xabar qilinishi
kutilayotgan axborot, ma’lumotlarga murojaat qilishga majbur bo‘linadi. Bunday turdagi
axborotlar vositasida predmet va hodisalarni o‘xshatish, ma’lumotlarni aniqlashtirish, odingi yoki
kutilayotgan ma’lumotlarga murojaat, aytilgan fikrni rivojlantirish, asoslash kabi maqsadlar
amalga oshiriladi. Matn referensiyasi axborotni umumlashtirish va qayta to‘plash, retrospektiv
tahlil etish imkonini yaratib, yangi ma’lumotlarni oldindan tahlil qilish, anglash sharoitini hosil
qiladi.

8

Masalan, referensiya tushunchasi ayrim tadqiqotlarda propozitiv mazmun asosida

aniqlanadigan qo‘shimcha axborotlar sifatida talqin qilinadi.

Professor S. Boymirzayeva matn referensiyasining ikki ko‘rinishini qayd etadi:
1) matn elementlari tizimli munosabatga kirishib, tizimli strukturani tashkil qiladi va bu

tizim asosida matnning ichki referensiyasi hosil bo‘ladi; 2) matnda tasvirlanayotgan voqelik
ob’ektiv borliqdagi predmet-hodisalar bilan taqqoslanadi va shu yo‘sinda tasavvurdagi “matn
dunyosi”ga baho berish yo‘li bilan tashqi referensiya hosil bo‘ladi

9

. Ichki referensiya informativ

mazmun yеtakchilik qiladigan matnlarda kuzatilsa, tashqi referensiya badiiy va publitsistik
matnlarda yеtakchilik qiladi. Tashqi referensiya intertekstuallik, allyuziya kabi hodisalar orqali
reallashadi.

6

Boymirzaеva S. O‘zbеk tilida matnning kommunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi katеgoriyalar: filol. fanlari d-ri ... diss. avtorеf.–

Toshkеnt, 2010. – B. 16.

7

Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkеnt, 2008. – B. 118.

8

Boymirzaеva S.

O‘zbеk tilida matnning kommunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi katеgoriyalar: Filol. fanlari d-ri... diss. avtorеfеrati.

– Toshkеnt, 2010. – B.18.

9

Boymirzaеva S. O‘zbеk tilida matnning kommunikativ-pragmatik mazmunini shakllantiruvchi katеgoriyalar: Filol. fanlari d-ri... diss. avtorеfеrati.

– Toshkеnt, 2010. – B 19.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

228

Har qanday gap, shuningdek, yirik sintaktik birliklar semantikasi haqida so‘z borganda,

uning mazmunida propozitiv, modal va kommunikativ aspektlar ishtirok еtishi ma’lum. Modal va
kommunikativ jihatlar sintaktik birlikning pragmatik tomonini tashkil etadi. Tilshunoslar
tomonidan e’tirof etilishicha, ayrim gaplar, nutqiy tuzilmalarda propozitsiya, ya’ni denotativ qism
aniq mavjud bo‘lmasa, gap semantikasi obyektiv borliqdagi muayyan predmet bilan bog‘lanmasa-
da, unda modal va kommunikativ jihatlar shakllangan bo‘lishi mumkin. Chunki har qanday nutqiy
tuzilma so‘zlovchining ichki niyatini reallashtirish uchun yuzaga keladi.

Ma’lumki, muloqot jarayoni murakkab bo‘lib, har qanday nutqiy tuzilmaning mohiyati

aynan uni ifodalayotgan grammatik asoslarga, semantikaga, propozitsiyaga muvofiq kelmasligi,
bu esa so‘zlovchi yoki muallifning mo‘ljali va kommunikativ strategiyasi asosida shakllanishi
mumkin. Aynan shu holatda matn implikaturasi yuzaga keladi. Implikaturaning ikki turi
kuzatiladi: grammatik implikatura (implikatsiya), semantik implikatura (implikatsiya). Grammatik
implikatsiya nutqiy jarayonda keng kuzatiladigan hodisa bo‘lib, tilning tejamkorlik tamoyili
natijasidir.

Pragmalingvistika uchun semantik implikatsiyalashuv ahamiyatli bo‘lib, referensial

tagma’no, presuppozitsiya, allyuziya kabilar implikatsiyalashuv ko‘rinishlari sifatida ko‘rsatiladi.

Allyuziya

(lat.allusio hazil) uslubiy figura sifatida tarixiy shaxslar, voqea-hodisalarga

ishora qilish, mashhur shaxslarning nutqlaridan parcha keltirish san’ati bo‘lib, tilshunoslik nuqtai
nazaridan intertekstuallikning bir ko‘rinishini ifodalaydi. Tarixiy shaxslar, diniy-mifologik
qarashlar bilan bog‘liq qahramonlar, asar personajlariga ishora qilish, ularning nutqidan vaziyatga
mos parcha keltirish, shu orqali yashirin ma’no ifodalash allyuziyaning mohiyatini tashkil qiladi.
Masalan:

Hay-hay-hay! Ismu nasablarindan aylanayin: ehtimol birlari – Dodaxo‘jamikinlar, yana

birlari kimsan – Abonosirning shaxsan o‘zlari deymanov.

(Tanlangan asarlar,8-jild, “Ikki

afandi”,79-bet). Muallif maqsadi, albatta, asar qahramonlarining tashqi qiyofasini bo‘rttirib,
ta’sirli ifodalash. O‘quvchidan bu jarayonda esga olingan asar qahramoni haqida ham tasavvurga
ega bo‘lish talab qilinadi. O‘quvchi yoki tinglovchi matndagi assotsiativ bog‘lanishdan xabardor
bo‘lmasa, uning mazmun-mohiyatini yеtarlicha anglay olmaydi. Masalan:

Ta’kid joizkim, mazkur

“mo‘ylab” atamoq otlig‘ tuklarg‘a ikki mas’ul vazifa yuklang‘ondir. Ya’nikim, erkak sanalmish
ul zotg‘a husn berib turmog‘i va yanakim, sho‘rpo ichular damda har biri Olovuddinning g‘orini
eslatg‘uchi burun kataklarini ixota qilmoqluk

(Tanlangan asarlar,8-jild,“Ikki afandi”,79-bet).

Sharq ertaklaridagi Olovuddin va u bilan bog‘liq voqealardan bexabar kitobxon bu allyuziv
nomning qo‘llanishini to‘liq tushuna olmaydi.

Tohir Malik allyuziyani qo‘llashda ham o‘zining individual uslubidan kelib chiqqan holda

yumoristik ruhni ifodalovchi kontekstdan foydalanadi. Masalan:

“Sizning ishqingizda shoir bo‘lib

ketdim”, debdilar-a! She’rlari biram g‘alatiki... bitta o‘qishda yodlanib qolsa-ya!”Qani Layli
bilan Shirin, ulardan noz o‘rgangin, qani o‘sha Farhod bilan majnun deganlari men ularga ishqni
o‘rgatib qo‘yayin”

(Tanlangan asarlar,8-jild,239-bet).

Tilning pragmatik vazifasini ko‘rsatuvchi hodisalardan yana biri presuppozitsiyadir. Bu

hodisa gapning to‘g‘ri anglanishi uchun eng zarur komponentdir. Chunki presuppozitsiya gapning
vaziyat, kontekst hamda so‘zlovchi va tinglovchilarning oldindan ma’lum bo‘lgan umumiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

229

bilimlari kabi elementlarni o‘z ichiga oluvchi hodisadir. Shuning uchun har qanday gap
presuppozitsiya hodisasi asosida tahlil etilmasa, to‘g‘ri baholanmaydi

10

.

Presuppozitsiya hodisasiga nisbatan tagbilim termini ham qo‘llanadi. Chunki

presuppozitsiya fon bilimga tayanadi. Presuppozitsiya ko‘pincha lisoniy shakl bilan bog‘liq bo‘lib,
muayyan shakl presuppoziya signali vazifasini bajaradi. O‘zbek tilshunosligida A. Nurmonov, N.
Mahmudov, U.Rahimovlarning ilmiy tadqiqotlarida mazkur hodisaning mohiyati va turlari tahlil
qilingan. Ma’lumki, presuppozitsiya hodisasi nutqiy tejamlilikni ta’minlovchi hodisalardandir.
Professor N.Mahmudovning ta’kidlashicha, har qanday tekst presuppozitsiyaga ko‘ra formal
jihatdan ixchamlashib, qisqarib boradi. Til taraqqiyotining еtakchi tendensiyasi bo‘lgan til
vositalarining ekonomiyasi tendensiyasi presuppoziyalarini formal tasvirlanishi lozim bo‘lsa, unda
tekst hajman kattalashadi. Nutq temasi bilan tinglovchi (o‘quvchi) tanish bo‘lmagan holatlarda
zaruriy ravishda shunday qilinadi ham, ya’ni ayni nutq bilan bog‘liq presuppozitsiyalar birin-ketin
eksplitsit tasvirlanadi

11

.

Professor A. Nurmonovning fikricha, faqat ma’lum tashqi signallar (grammatik

ko‘rsatkichlar) orqali anglashilgan presuppozitsiya lingvistik presuppozitsiya hisoblanishi kerak.
Masalan,

Ahmad ham keldi

gapida ikki propozitsiya: birinchisi Ahmadning kelganligi, ikkinchisi

yana boshqasining (Karim, Halim, Salim va boshqalar) kelganligi mavjud bo‘lib, ikkinchisi
lingvistik presuppozitsiyadir. Chunki bu propozitsiyaga ishora qiluvchi maxsus signal – ham
yuklamasi ishtirok etyapti

12

.

Tadqiqotchi U.Rahimov presuppozitsiyaga ishora qiluvchi vositalarni morfologik,

sintaktik, prosodik va ekstralingvistik vositalarga ajratadi. Morfologik vositalar qatoriga mustaqil
va yordamchi so‘z turkumlari, mustaqil so‘z turkumlaridagi kategoriyalar, sintaktik vositalar
sirasiga so‘roq gaplar, o‘xshatishli qurilmalar ishtirok etgan gaplar, so‘z tartibi kabilarni,
ekstralingvistik vositalarga hayotda mavjud bo‘lgan turli vaziyatlar, paralingvistik vositalar,
sotsial vositalarni kiritadi

13

.

Presuppoziya tahliliga oid tadqiqotlardan ma’lumki, yordamchi so‘zlar presuppozitsiya

ifodalashda eng sermahsul vositalardan hisoblanadi. Chunki yordamchi so‘zlar nutqning mazmun
va formal jihatdan shakllanishida juda muhim vazifalar bajaradi. A.Pardayev yuklama qatnashgan
jumlaning semantik strukturasi yuklama qatnashmagan jumlaga nisbatan murakkabligi bilan
ajralib turishini, yuklamalarning jumla mazmuniy tuzilishini murakkablashtirishdagi ta’siri
presuppozitsiya orqali namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi

14

.

Ko‘makchilar ham presuppozitsiya ifodalashda yеtakchi vositalardan bo‘lib, o‘zbek tilida

boshqa, bo‘lak, o‘zga, tashqari, ko‘ra, qaraganda, keyin, so‘ng, burun, oldin, ilgari, bilan, binoan,
asosan, kabi, singari, yanglig‘, buyon, beri, nari, qaramay, qaramasdan, sayin, sari, sababli,
tufayli, orqali, chog‘li, osha, bo‘yicha, bo‘yi, chamasi, haqida, to‘g‘risida, holda, yo‘sinda, tomon,
qadar, qarshi, qarab, yarasha, loyiq, muvofiq, qarata, boshlab, tortib kabi

ko‘makchi va

ko‘makchi vazifasidagi so‘zlar presuppozitsiya anglatish uchun vosita bo‘la oladi

15

.

10

Rahimov U. O‘zbеk tilida yuklamalar prеsuppozitsiyasi: filol. fanlari nomzodi ... diss. Samarqand, 1994. – B. 3.

11

Mahmudov N. Prеsuppozitsiya va gap // O‘zbеk tili va adabiyoti. – 1986. – №6. – B. 31.

12

Nurmonov A. Ko‘makchili konstruksiyalar prеsuppozitsiyasi // Tanlangan asarlar. 3-jild. – Toshkеnt: Akadеmnashr, 2013. – B. 239.

13

Rahimov U. O‘zbеk tilida yuklamalar prеsuppozitsiyasi: filol. fanlari nomzodi ... diss. – Samarqand, 1994. – B. 21.

14

Pardaеv A. Yuqorida ko‘rsatilgan asar. – B. 145.

15

Rahimov U. Yuqoridagi dissеrtatsiya. – B. 26.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

230

So‘z turkumlari orasida eng murakkab kategoriya sanaluvchi fe’llarning presuppozitsiya

ifodalashi masalasi ham tilshunoslar e’tiborini jalb etgan. Jumladan

, yuvmoq, topmoq, qidirmoq,

qutulmoq, ozod bo‘lmoq, saqlab qolmoq, omon qolmoq, qaytarmoq, shoshmoq, eshitmoq, qurimoq

kabi fe’llarning fakultativ ma’no komponentlari asosida presuppozitsiyaga yo‘l ochiladi. Chunki
fe’llarning nutqiy vaziyat talabi bilan presuppozitsiyani ifodalashi ularning semantik imkoniyati
bilan bog‘liq tarzda yuzaga keladi.

Ko‘p hollarda so‘zlovchi o‘zi uchun muhim bo‘lgan axborot ko‘rinishlaridan birini

oshkora bayon qilishni istamaganligi uchun yoki nutqning ta’sir kuchini yanada oshirish uchun
uni matn ichiga tagma’no sifatida joylashtiradi. O.S.Axmanova tagma’noga “ichki, ko‘zda
tutilgan, so‘z bilan ifodalanmagan fikr, matn” deb ta’rif beradi.

16

O‘zbek tilshunosligida

tagma’noning yuzaga kelishi, nutqdagi ahamiyati va turlari haqida turlicha qarashlar, xususan,
tagma’no va presuppozitsiya terminlarini aralash holda qo‘llash mavjud. Pragmatik lingvistika
bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar muallifi M.Hakimov har ikki hodisa o‘zaro umumiy jihatlarga ega,
lekin farqli tushunchalar ekanligini ta’kidlaydi: ”Jumladan, tagma’noning muhim xususiyatlari
shundaki, bayon qilingan jami propozitsion axborotning umumiy yakuni so‘zlovchi nazarda tutgan
tagma’no hisoblanadi. So‘zlovchi nazarda tutgan tagma’no ko‘rinishi o‘zida baho mazmunini
ifodalaydi. So‘zlovchi bu bilan tinglovchining xatti–harakatlariga va so‘zlariga o‘z munosabatini
ifodalaydi”

17

. Presuppozitsiya tagma’no bilan bir necha umumiy jihatlariga qaramay, “istalgan

matn semantik tuzilishining mantiqiy tahlili yordamida aniqlanishi mumkin”

18

.

Professor Sh.Safarov implikaturani umuman yashirin ma’no emas, maqsadli, nutqiy

yashirin ma’no sifatida tushunib, bu hodisa presuppozitsiyaga yaqin tursa-da, o‘zaro farq qilishini
aytib o‘tadi. Implikatura doimiy bo‘lmagan, matnda tez o‘zgarib turadigan, hatto yo‘qolishi
mumkin bo‘lgan ma’no, mazmun elementidir. Presuppozitsiya esa, aksincha, matnda
yo‘qolmaydigan, doimiylik xususiyatiga ega bo‘lgan mazmuniy hodisadir. Bu ikki hodisaning
yana bir farqi shundaki, presuppozitsiya ko‘pincha lisoniy shakl bilan bog‘liqdir, implikatura
butunlay ma’no doirasiga kiradi va lisoniy shaklning o‘zgarishi unga qariyb ta’sir o‘tkazmaydi,
deb ikki hodisaning farqli tomonlariga izoh beradi

19

.

Badiiy matn mazmunini shakllantiradigan implitsit ifodaning yuzaga kelishida kamida

uchta axborot mazmuni ishtirok etadi: bu birinchidan, matndagi lisoniy vositalar orqali
ifodalangan axborot – propozitsiya, ikkinchidan, kitobxonga avvaldan ma’lum bo‘lgan, matnni
tushunishda yordam beradigan fon bilimlar, uchinchidan, ifoda mazmunidan va lisoniy usullardan
kelib chiqadigan va idrok etilishi zarur bo‘lgan yangi axborot. Shundan kelib chiqqan holda matn
tilshunosligi bo‘yicha yirik mutaxassis I.R.Galperin matndagi parallel, lekin ikki sathda
ifodalangan axborotning eksplitsit shaklini tema, yashirin shaklini rema deb yuritadi

20

.

Matn pragmatik mazmunini shakllantirishda modallik kategoriyasi muhim o‘ringa ega.

Chunki “...modallik harakatdagi tilga, ya’ni nutqqa xos kategoriya va shu sababli u kommunikativ

16

Qarang: Qazaqova N. A. G‘afur G‘ulom asarlarining pragmaligvistik tadqiqi: Filol. fanlari bo‘yicha falsafa d-ri (Doctor of philosophy)...diss. –

Namangan, 2019. –B. 140. Axmanova O. Slovar lingvistichеskix tеrminov. – Moskva, 1966. – S. 320.

17

Hakimov M. O‘zbеk pragmalingvistikasi asoslari. – Toshkеnt: Akadеmnashr, 2013. – B. 112.

18

Hakimov M. Yuqoridagi asar. – B. 116.

19

Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkеnt, 2008. – B. 132.

20

Qarang: Qazaqova N. A. G‘afur G‘ulom asarlarining pragmaligvistik tadqiqi: Filol. fanlari bo‘yicha falsafa d-ri (Doctor of philosophy)...diss. –

Namangan, 2019. –B. 140. Galpеrin I. R. Tеkst kak ob’еkt lingvistichеskogo isslеdovaniya.– Moskva, KomKniga, 2006. – S. 44.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

231

jarayonning asosidir”

21

. Modallik matnning o‘ziga xos mazmuniy xususiyatlaridan biri bo‘lib,

uning voqelanishi muloqot jarayonining muhim talablaridan biri sanaladi. Matn modalligi ayni
matnning o‘zida mavjud bo‘ladigan ham ontologik, ham gnoseologik xarakterli mazmuniy hodisa
va

uning

shakllanishi

bilish

faoliyati

jarayonida

predmet-hodisalarning

ontologik

xususiyatlarining e’tiborga olinishini taqozo etadi. Tilning kommunikativ va gnoseologik
vazifalarining o‘zaro munosabati asosida matnda modallik kategoriyasi shakllanadi...Subyektiv
modallik mazmunining asosida muallif intensiyasi turadi, zero, matn yaratayotgan shaxs o‘zgalar
tafakkuriga, ularning his-tuyg‘ulariga ta’sir o‘tkazish maqsadini ko‘zlaydi

22

.

Modallik umumlisoniy kategoriya sanaladi va turli vositalar: grammatik shakllar, leksik,

frazeologik, sintaktik, intonatsion, uslubiy vositalar orqali ifodalanadi.

Demak, matn mazmuniy tuzilishida propozitsiya, referensiya hodisalari informativ qismni,

presuppozitsiya, tagma’no, allyuziya, modallik kabilar pragmatik qismni tashkil etadi.

REFERENCES

1.

Abdurahmonov H., Mahmudov N. So‘z estetikasi. –Toshkent: Fan, 1981. – 59 b.

2.

Akbarova Z. O‘zbek tilida murojaat shakllari. – Toshkent: Akademnashr, 2015. – 88 b.

3.

Ahmedova N. O‘zbek tili murojaat birliklari.−Toshkent, 2009.

4.

Ibragimova E. O‘zbek tili leksikasining aksiologik tadqiqi. – Farg‘ona, 2018.

5.

Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. – Toshkent, Fan, 2007. –
123 b.

6.

Қазақова Н. А. Ғафур Ғулом асарларининг прагмалигвистик тадқиқи: Филол. фанлари
бўйича фалсафа д-ри (Doctor of philosophy)...дисс. – Наманган, 2019. 140-b.

7.

Mamajonov A., Abdupattoyev M. Matn nazariyasi. – Farg‘ona, 2016. – 112 b.

8.

Маслова А. Введение в прагмалингвистику. – Москва: Флинта, 2010.– 152 с.

9.

Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi.– Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010. – 288 b.

10.

Rahmatullayev Sh. Til qurilishining asosiy birliklari. – Toshkent: Universitet, 2002. – 28 b.

11.

Safarov Sh. Pragmalingvistika. –Toshkent, 2008. –318 b.

12.

Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. – 133 b.

13.

O‘zbek tili grammatikasi. 2 tomlik. 2-tom. – Toshkent: Fan, 1975. – 560 b.

14.

O‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 1981. – 304 b.

15.

Lutfullayeva D., Boboxanov L. O‘zbek tilining ayrim morfopragmatik vositalari tahlili //
O‘zbek tili va adabiyoti. 2010. – №3. –B. 63-66.

16.

Hakimov M. O‘zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari: Filol. fanlari
nomzodi ... diss. – Farg‘ona, 1996. – 165 b.

17.

Hakimov M. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filol.fanlari d-ri ... diss. –Toshkent,
2001. – 265 b.

21

Galpеrin I. R. Yuqoridagi asar. – B. 113.

22

Boymirzaеva S. O‘zbеk tilida matnning kommunikativ–pragmatik mazmunini shakllantiruvchi katеgoriyalar: Filol. fanlari d–ri... diss.

avtorеfеrati. –Toshkеnt, 2010. – B. 17.

References

Abdurahmonov H., Mahmudov N. So‘z estetikasi. –Toshkent: Fan, 1981. – 59 b.

Akbarova Z. O‘zbek tilida murojaat shakllari. – Toshkent: Akademnashr, 2015. – 88 b.

Ahmedova N. O‘zbek tili murojaat birliklari.−Toshkent, 2009.

Ibragimova E. O‘zbek tili leksikasining aksiologik tadqiqi. – Farg‘ona, 2018.

Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. – Toshkent, Fan, 2007. –123 b.

Қазақова Н. А. Ғафур Ғулом асарларининг прагмалигвистик тадқиқи: Филол. фанлари бўйича фалсафа д-ри (Doctor of philosophy)...дисс. – Наманган, 2019. 140-b.

Mamajonov A., Abdupattoyev M. Matn nazariyasi. – Farg‘ona, 2016. – 112 b.

Маслова А. Введение в прагмалингвистику. – Москва: Флинта, 2010.– 152 с.

Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi.– Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010. – 288 b.

Rahmatullayev Sh. Til qurilishining asosiy birliklari. – Toshkent: Universitet, 2002. – 28 b.

Safarov Sh. Pragmalingvistika. –Toshkent, 2008. –318 b.

Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. – 133 b.

O‘zbek tili grammatikasi. 2 tomlik. 2-tom. – Toshkent: Fan, 1975. – 560 b.

O‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 1981. – 304 b.

Lutfullayeva D., Boboxanov L. O‘zbek tilining ayrim morfopragmatik vositalari tahlili // O‘zbek tili va adabiyoti. 2010. – №3. –B. 63-66.

Hakimov M. O‘zbek ilmiy matnining sintagmatik va pragmatik xususiyatlari: Filol. fanlari nomzodi ... diss. – Farg‘ona, 1996. – 165 b.

Hakimov M. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filol.fanlari d-ri ... diss. –Toshkent, 2001. – 265 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов