FOLKLORE IN KARAKALPAK ETHNO-CULTURE THEORETICAL SIGNIFICANCE OF HIS SONGS.

HAC
Google Scholar
To share
Abatova, G. (2023). FOLKLORE IN KARAKALPAK ETHNO-CULTURE THEORETICAL SIGNIFICANCE OF HIS SONGS. Modern Science and Research, 2(12), 164–171. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26568
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The peculiarities of Karakalpak ethnoculture, historical sources of Karakalpak folk songs, their role and importance in the national way of life are described in the scientific-theoretical study.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

164

QORAQALPOQ ETNO MADANIYATIDA FOLKLORDAGI QO‘SHIQLARINING

TEORIYALIK AHAMIYATI

Abatova Gulnaz Maksetbaevna

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali assistent o‘qituvchisi

https://dоi.оrg/10.5281/zenodo.10297274

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

qoraqalpoq etnomadaniyatining o‘ziga xosligi, qoraqalpoq

folklor qo‘shiqlarining tarixiy manbaаlari, ularning xalq turmush tarzidagi tutgan o’rni va
ahamiyatini ilmiy nazariy o‘rganilishi bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

madaniyat, folklor, etno, qo‘shiq, jirov, baxshi, san’at,

musiqa.

FOLKLORE IN KARAKALPAK ETHNO-CULTURE THEORETICAL SIGNIFICANCE

OF HIS SONGS.

Abstract.

The peculiarities of Karakalpak ethnoculture, historical sources of Karakalpak

folk songs, their role and importance in the national way of life are described in the scientific-
theoretical study.

Keywords:

culture, folklore, ethno, song, jirov, bakshi, art, music.

ФОЛЬКЛОР В КАРАКАЛПАКСКОЙ ЭТНОКУЛЬТУРЕ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ

ЗНАЧЕНИЕ ЕГО ПЕСЕН.

Аннотация.

В данной статье описываются своеобразие каракалпакской

этнокультуры, исторические истоки каракалпакских народных песен, их роль и значение в
быту народа.

Ключевые слова:

культура, фольклор, этно, песня, жиров, бахши, искусство,

музыка.


Qoraqalpoq

akademigi

J.Bazarbaev

qoraqalpoq

folklor

asarlarini

xalqning

etnomadaniyatidagi tutgan o’rni bo‘yicha quyidagicha ta’rif beradi: “…Bobolarimizning ongi va
donoligi bilan yaratilgan dastlabki tosh yozuvlar va bitiklar, xalq og‘zaki namunalaridan tortib,
bugungi kunda kutubxonalarimizning xazinalarida saqlanib kelinayotgan ming-minglab
qo‘lyozmalar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Buningdek katta me’rosga ega bo‘lgan xalq
dunyoda kamdan-kam uchraydi.

1

Etnomadaniyat biror xalqning kelib chiqishi, uning madaniyati, turmush tarzi, ma’naviy-

ma’rifiy xususiyatlarini tarixiy jarayon (davr)larda ravnaq topib, hozirgi kunimizgacha rivojlanib
kelayotgan ma’naviy hamda madaniy merosini о‘rganish jarayonlarini о‘z iсhiga oladi.

Etnomadaniyat atamasi ikki iboradan tashkil topgan bо‘lib: etno va madaniyat sо‘zlari

qо‘shilmasidir. Etno – yunoncha – elat, xalq demakdir va shu bilan birga, ma’lum bir elat yoki
xalqga bо‘lgan ishora, kо‘rsatuv.

Madaniyat - arabcha Madina (shahar, kent) sо‘zidan kelib chiqqan deyiladi

2

. Shahar

ma’nosida kelgan madaniyat sо‘zining talqini kishilar hayotini ikki turdagi kо‘rinishi, ya’ni
kо‘chmanchi-dashtu-sahrolarda yashovchi xalqlar hamda shaharda yashab, shaharga xos turmush
tarzida yashovchi xalqlarga nisbatan ishlatilib kelingan. Maqolada madaniyatshunoslik nuqtai-
nazaridan qoraqalpoq xalqi madaniyatida folklor qo’shiqlarining tutgan o’rni nazariy jihatdan
o’rganilib ahamiyati ko’rsatib o’tiladi:

1

J.Bazarbaev. “Milliy ideya-bizin ideyamiz”.No’kis ;Bilim, 2003. 235-bet

2

Vatan tuyg‘usi. Toshkent, О‘zbekiston 1996 - y. 114 -115 -b. b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

165

Etnomadaniyat quyidagi tamoyil va sifatlarni yoritishni о‘zida aks ettiradi: etnomadaniyat

tarixiy jarayon sifatida tarkib topib davrlar mobaynida ma’lum bir yutuq va kamchiliklarni о‘zida
namoyon bo‘lganligini etnomologik sifat masalasida jamiyat ma’naviy-madaniy hayotini
avloddan-avlodga yetkazib, uning kelajagi uchun zamin yarata olganligini;

- о‘tmish madaniyatni ongli ravishda о‘rganish, uni о‘rganib olmasdan turib madaniy

merosni yangi jamiyat farovonligi yo‘lida qo‘llashga asos bo‘lmasligini;

- diniy, Islomiy merosni chuqur o‘rganish, uning milliy ma’naviyat va madaniyatning oliy

sifati ekanligini;

- Markaziy Osiyo hududi moddiy-ma’naviy madaniyatning shakllanish va taraqqiyot

markazi ekanligini;

- Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviyatining tarixiy taraqqiyoti va uning mohiyatini to‘g‘ri

tushunishni;

- Sharqiy xalqlari ma’naviy madaniyatining asosiy tub negizlarini to‘laligicha (tadqiqotlar

asosida) o‘rganish kabilarga e’tibor qaratadi.

Etnomadaniyat sifat va tamoyillarni har tomonlama o‘rganish va kundalik faoliyatga tadbiq

etish maqsadida:

Birinchidan - ajdodlarimizning tarixiy evolutsiya davrlarida qo‘lga kiritgan yutuqlarini;
Ikkinchidan - xalqimizning madaniy-ma’rifiy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari,

rasm-rusmlarini;

Uchinchidan - xalqimizning odob- axloq saboqlaridan namunalarni mukammal

o‘zlashtirishdir.

Milliy madaniyatimizning yanada rivojlantirishda etnomadaniyatning о‘rni katta bo’lib,

mustaqillikka erishgan har bir davlatning ma’naviy poydevori mustahkam bо‘lgandagina, u
baquvvat bо‘lib, keng kо‘lamda rivojlana oladi. Buning uchun esa ajdodlarining ming yillar
davomida yaratgan bebaho merosi: xalq madaniyati an’analarini tiklashi, taraqqiy ettirishi va
undan aql idrok bilan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Ming asrlar mobaynida shakllanib, bugungi kungacha yetib kelgan qoraqalpoq folklor

san’ati o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Folklor san’ati- chin ma’noda xalqning tilidir. Chunki
folklor asarlari xalq tomonidan yaratilgan bo‘lib, xalqning turmush tarzini, orzu-umidlari,
istaklarini o‘zida mujassam etib bugungi kungacha avlodtan-avlodga yetib kelgan.

“Qoraqalpoq folklorini o‘zida jamlagan 100 to’mlik to‘plamni nashrdan chiqarildi. Ushbu

toplamda baxshichilik san’ati, qoraqalpoq dostonlarni, ularni kuylash shakllari bayon qiligan
bo’lib, tom ma’noda qoraqalpoq xalqi tarixi, voqealari, turmush tarzi aks ettirilgan she’rlarda xalq
san’atidir,

- deydi

"Nuroniy" jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari Xusniddin Sharof.

Xalq og‘zaki ijodiyoti kitobining birinchi nusxalari o‘tgan asrning 30-yillarida chop etilgan

bo’lib barcha dostonlarni birma-bir to‘plash va xalqqa yetkazish murakkab jarayondir.

Qoraqalpoq folklor asarlarining tematikasi xilma-xil bolganligi sababli uning musiqa janri

tomonidan murakkabligi bilan chambarchas rivojlanib keladi. Folklor qo‘shiqlari xalqning hayot
tarzida, madaniyatida shunchalik muhim ahamiyatga egaki, ularni bir-biridan ajratib ko‘rishimiz
mumkin emas. Bu haqida filologiya ilmlarining doktori N.Dawqaraev “…Qoraqalpoq xalqi-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

166

o‘zining qayg‘uli kunlarida ham quvonchli kunlarida ham qo‘shiqsiz, musiqasiz, og‘zaki
poeziyasiz yashay olmaydi. ”-deb ta’kidlab ko‘rsatadi.

3

Qo‘shiq insonga tug‘ilishi bilanoq hamroh boladi. Rus tadqiqotshisi A.Belyaev 1903 yili

Sanktpeterburg universititetida talabalik davrlaridanoq folklorni yig‘ish va tadqiqot ishlari bilan
qoraqalpoq ovullaridan boshlagan bo‘lib, xalqning folklor asarlarini eshitib,

tan berish ularni

“Qoraqalpoqlar sahro bulbulari” deb bekorga ta’rif bermagan.

Qoraqalpoq xalqining o‘ziga xosligi etno madaniyatini ko‘rsatuvchi xalq qo‘shiqlari,

milliy urf-odatlari, marosim va tomosha san’ati, xalqning kundalik hayotiga singib ketgan.
Masalan: Salt-da’stur jırları xalq poeziyasida qanday ahamiyatli o‘rin egallasa, musiqa folklori
ham shunday qimmatli o‘ringa ega. Chunki, har bir qo‘shiq o‘zining ovozi bilan mos bo‘lib,
qancha irg‘aqlarga boy bo’lsa, xalqning yuragiga shunchalik yaqin keladi. Shuning uchun qadimgi
davrlardan buyon dastur jirlarining xalqning yodida unutilmay saqlanib qolayotganining o‘zi ham
musiqa folklorining doimiyligiga bog‘liqdir.

Qoraqalpoq dastur jırları xalning urf-odati, o‘yin-zavq va milliy belgilarini o‘zida

jamlagan, uning tarixiy rivojlanish protsesi bilan zich bog’liqlikda yaratilgan. Dastur jırlarıda
odamzod dunyoga kelib chillaxonada yotgandan boshlab, uylanish, qiz uzatish, to‘y qilish va
shunga o‘xshagan xalqning etnografik dasturlarining hammasida ham ushbu qo‘shiqlar ijro
etilgan.

Ona o‘z farzandini qo‘liga olib “Alla” aytsa, qiz yigitlar bazmlarda bir-birini maqtab,

hazillashib qo‘shiq aytishgan. Musibat tushgan xotin-qizlar yo’qlov aytsa, yoshlar kechalari uyma-
uy kirib ramozon qoshiqlarini aytgan. Bularning hammasi ham musiqasiz aytilmay, xalq eng
yaxshi musiqalarni ularga bag‘ishlagan. Dástúr jırınıń ko‘p aytiladigan turlaridan biri bu “alla”dir.
Alla qoraqalpoqlarda “ha‘yyiw”, “besik jiri” deb ataladi.

“Besik jırı”- u xalqning og‘zaki poetikasida uzoq davrlardan beri aytilib kelayotgan nozik

turlardan biri. Ona o‘z bolasiga yupatish maqsadida uning kelajagi haqida o‘zining eng yaxshi
tilaklarini bolasiga musiqa orqali bayon qiladi.“Besik jırı”nda bolakayni chaqaloqlik paytidan
boshlab, qo‘shiqni hirgoya qilish orqali musiqa eshitish iste’dodini tarbiyalab boradi.Chunki, xalq
har bir qo‘shiqni o‘ylanmasdan aytgan emas, unga o‘z davrining eng yaxshi axloqiy
xususiyatlarini singdirib kuylagan.

Sharqning taniqli olimi Abu Ali Ibn Sino o‘zining “Tib qonunlari” asarida bola tarbiyasiga

alohida e’tibor qaratib quyidagicha fikr aytadi: “Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki
narsani qo‘llamoq kerak. Biri, bolani asta-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun aytish odat
bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan
badantarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo‘lgan iste’dodini hosil qiladi deb ko‘rsatadi.

4

Shu ikkalasini qabul qilish mig‘doriga qarab, bolaning tanasi bilan jismoniy tarbiyaga va

ruhi bilan musiqaga bo‘lgan qobiliyatini paydo qiladi.
Shuningdek, “ha‘yyiw” qoraqalpoq xalqida erkaklar, asosan buvalar tomonidan ham ijro qilinib,
u “ǵań-ǵań” yoki “ha‘nnay” deb ataladi. Buvalar repertuaridagi “ha‘yyiw” xalq orasida
“termishlar” deb yuritiladi. Uning namunasi quyidagicha:

3

A.Nadirova. Qaraqalpaq muzika tarixi. 2018 Tashkent.6-bet

4

Asqar.F. Musiqa va inson manaviyati .Toshkent.2000. 18-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

167

Alaǵat bult ay bolmas,
Alań kewlim jay bolmas,
Alti ulustiń balasi,
Alpaǵima say bolmas,

Hánnay, hánnay, hán-na.nay....

5

Dastur qo‘shiqlarining yakka turida xo’r bo‘lib aytiladigan turi “Ha‘wjar”.“Ha‘wjar” yoki

“yor-yor” to‘yda ommaviy bo‘lib, to‘y boshlangan paytida ijro qilingan.“Ha‘wjar” bilan “yor-yor”
ikkalasi bir so‘z. Turk tilida so‘zlashuvchi xalqlarning “J” bilan so‘zlashuvchilari “Ha‘wjar” degan
bo‘lsa, “Y”bilan so‘zlashuvchilari “yor-yor” deb ataganlar.“Ha‘wjar” ilgari “o‘lan” deb ham
atalgan.

Buni dastur bo‘yicha ko‘pincha uzatiladigan qiz o‘zining ota-onasi, qarindoshlari va

tug‘ilib o‘skan eli bilan xayrlashish uchun aytiladi.

Óz ákemiń esigi,
Jupar esik háwjar,
Kirsem-shiqsam shashimdi,
Siypar esik háwjar.
Qayin atamniń esigi,
Sheńgel esik háwjar,
Kirsem-shiqsam shashimdi,
Jular esik háwjar.

6

Qo‘shiqning musiqasi juda oddiy tuzilgan, uning diapozoni kvintadan oshmaydi.
Qoraqalpoq xalq afsonalarida “To‘y boshlab o‘lan aytdi” degan gapni ko‘p eshitamiz.

Chindan ham to‘yni boshlovchi terme aytib, yoki o‘lan qo‘shiq ko‘rinishida boshlaydi, qoraqalpoq
tilida o‘lan so‘zi so‘nggi davrlarda aktiv qo‘llanilmaydi, bu faqat qozoq, o‘zbek tilida saqlangan.

To‘y boshlashni kasb qilib yurgan ayrim so‘z chevarlari ham bo‘lgan. To‘y boshlovchi

o‘zining o‘rganib olgan to‘y boshlash qo‘shig‘ini aytib, yana unga o‘zining shoirligini qo‘shib to‘y
beruvchini ko‘tarmalab maqtaydi. Háwjarni xalq dostonlarida ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan,
Alpomish dostonidagi Gulshin cho‘ri bilan Qultayning háwjar aytishi xalq salt-jırlarıning
gavdalanishi bo‘ladi. Háwjar qo‘shig‘ining namunalari quyidagicha bo‘lib keladi:

Jılama úkem, jılama,
Toy seniki yar-yar.
Toqsan baslı aq orda,
Úy seniki yar-yar.
Baǵda bedew kisneydi,
At boldım dep yar-yar,
Uzatqan qız jılaydı,
Jat boldım dep yar-yar.

5

Paxratdinov.Q. Mádeniyat hám sport., 23.04.2011. -№ 15-16 (448-449). 7 bet.

6

Nizanov.M. Qaraqalpaqlar. Ekinshi kitap., Bilim.2020. 273-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

168

To‘y boshlab, ha‘wjar aytib, jır-jırlap, ko‘pchilikga o‘yin-zavq ko‘rsatgan so‘z chevari

o‘zining poetik so‘zga ustaligiga qarab gapirgan gapini aytgan qo‘shig‘ini irg‘oqga solib, yig‘ilgan
ko‘pni og‘ziga qaratadi.

7

Bet ashar. Betasharni shoir odam, so‘zga chevar qo‘shiqchilar boshlaydi.Bet ashar ikki hil

bo‘ladi. Birinchisi “aytim”, ikkinchisi “bet shar”. Betasharning aytim turi-kelinchak el chetiga
kelib, ovul orasi bilan, yurib kelayotganida kelinchak kelganligini, to‘yning bo‘lishini xalqga
ovoza qilish maqsadida aytilgan.Bu aytimning namunasi qu‘ydagicha bo‘ladi:

Kelinshek keldi kórińiz,
Kórimligan berińiz,
Alaǵula demeńiz,
Atin aytip qoymańiz.

8

“Bet ashar” tugagandan so‘ng kelinchakning yuzidagi ro‘mol ochiladi. Baxchi-jirov

musiqalari, kurash tushish, ko‘pkari singari o‘yin-tomoshalar bilan davom ettiriladi.

Shu bilan bir qatorda qoraqalpoq og’zaki ijodi da yo’qlov qo’shiqlari ham saqlangan bo’lib

xalq og’zaki ijodining namunasi sifatida yashab kelmoqda.

“Ómir bar jerde ólim bar”, “Shayqalmaytuǵın teńiz, terbelmeytuǵın taw bolmaydı”

deyilgan xalq donolik so‘zlari bo’lib, odamlar “alla” aytib bola o‘stirib, “háwjar”(yor-yor)aytib
qiz uzatsa, “yo‘qlov” aytib odamni so‘nggi manzilga jo‘natgan. Qoraqalpoq adabiyotida bunday
qo‘shiqlar “muń-sher”qo’shiqlari deb yuritiladi.

“Yo‘qlov”lar yaqin qarindoshlaridan ayrilgan, boshiga ayriliq musibati tushgan odamga

ko‘ngil aytish, unga tasalli berish uchun aytilgan. “Yo‘qlov”ning boshqa qo‘shiqlardan farqi uni
faqat ayollar ijro etadi. Musibat tushkan uyning eng jonkuyar odami yoki bo‘lmasa professional
yo‘qlovchi ayollarni chaqirtib, yo‘qlov ayttiradigan bo‘lgan. Aksincha, yengil yo‘qlovni duch
kelgan ayollar shu odamni yoki o‘zining avvalgi o‘lgan qarindoshlari uchun yig‘lagan.“Hárkim óz
ólisin aytıp jılaydı” degan gap ham shunga bog‘liq aytilgan.

“Yo‘qlov” aytish qoraqalpoq xalqida azaldan mavjuddir.“Yo‘qlov” namunalarini

“G‘o‘rug‘li” dostonida ham ko‘rishimiz mumkin. G‘o‘rug‘li o‘lmay turib, men o‘lganda meni
eslab qanday yig‘laysiz? deganida:

Ag‘a yunis peri:
Shamli belden at qashqirdiń izi joq,
Qiriq jigitke shúlen berdiń duzi joq,
Góruǵliniń uli túwe qizi joq,
Dúnyadan biyperzent o‘tken sultanim. – deyishi ham yo‘qlov qoraqalpoq xalqining eski

dasturlaridan ekanligidan dalolat beradi. (Qaraqalpaq folklori)

“Bádik”. Qadimda odamlar qo‘shiqning kuchi bilan tanasiga toshgan “bádik” yarasini

(вегреняя оспа)bolani tuzatmoqchi bo‘lishgan. Kasal bo‘lgan bolani kun botmasdan oldin, o‘rtaga
yotqizib qo‘yib, jamoa bo‘lib qo‘shiq aytishgan:

Bádik ala,
Bádikti kóshire kór, “alla tala”,

7

Ayımbetov Q. Xalıq danalıǵı., 14-bet.

8

Ayimbetov Q. Xaliq danaliǵi., 15-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

169

Izińnen jiberermen otli shala,
Qáyerinde turadi bádil qurǵir,
Otirayin degende shipa turǵir,
Quwirǵanda jiǵilip moyni sinǵir.

Qoraqalpoq xalq folklori va musiqa merosida tarixiy mavzu yoritilgan qo‘shiqlar katta

o‘rin egallaydi. Bunday mazmundagi qo‘shiqlar xalqning boshidan o‘tgan tarixiy voqealarga
qurilgan bo‘lib, ular xalq ijrochilari tomonidan uzoq zamonlardan buyon jirlanib yani ijro qilinib
kelingan. Shuning uchun ham bunday musiqalar “tarixiy jirlar” yoki “tarixiy qo‘shiqlar” deb
ataladi. Ushbu turkumga kiruvchi musiqalarni qoraqalpoq tilida “jirlar” deb atalishini ko‘plab
uchratamiz.
Qoraqalpoq xalqida tarixiy jirlar qisqacha qu‘ydagilardan iborat:

Xulosa qilib aytganda bugungi yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda, manaviyatini

yuksaltirishda ko’plab usullar va vositalar, metodlar mavjud, biroq bu usul va metodlar birinchi
navbatda etnomadaniyatning ibtidosi sanalgan folklor namunalariga suyanilgan holda amalga
oshirilsa, yanada samarali va ta’sirchan bo‘ladi. Ma’lumki har bir san’at turi o‘zi rivojlanish tarixi
va nazariyasiga egadir.Muayyan san’at turlari bilan bog‘liq bo‘lgan adabiyotshunoslik,
teatrshunoslik, musiqashunoslik, madaniyatshunoslik, tasviriy san’atshunoslik kabi fan sohalari
ham mavjuddir. Ularning folklor bilan munosabati qanday degan savol uyg‘onadi. Folklor bilan
san’at turlarining nazariyalari ortasida o‘z ora ilmiy munosabat mavjud. San’at turlarining
nazariyalari o‘z rivojlanish jarayonlarining tub ildizlari xalq ijodiyotining nazariy
metodologiyasiga asoslanadi.

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, taraqqiy etib borayotgan Yangi

O‘zbekistonimizda milliy o‘zlikni o‘zida mujassam etgan boy folklor san’ati zamonaviy
imkoniyatlar bilan boyitilib, rivojlanib bormoqda. Zero o‘tmishi buyuk elning, kelajagi buyukdir.
Shunday ekan biz tadqiqotchilar, xalqimizning durdona merosini o’zidn olib yoshlar ongiga
singdirsak va ko’plab tadqiqotlar olib borib ilmiy nazariy xulosalar bersak yaxshi natijaga erishish
mumkin.

REFERENCES

1.

Ayimbetov.Q. “Xaliq danaliǵi”.

2.

“Vatan tuyg‘usi”. Toshkent, О‘zbekiston.1996.

3.

J.Bazarbaev. “Milliy ideya-bizin ideyamiz”. No’kis; Bilim. 2003.

4.

A.Nadirova. “Qaraqalpaq muzika tarixi”. Tashkent.2018.

5.

Paxratdinov.Q. “Mádeniyat hám sport”., 23.04.2011.

6.

Nizanov.M. “Qaraqalpaqlar”. Ekinshi kitap., Bilim.2020.

7.

Asqar.F. “Musiqa va inson manaviyati” .Toshkent.2000.

8.

Allambergenovna A. R. THE MANIFESTATION OF EUROPEAN AND NATIONAL
TRADITIONS IN THE OPERA" GULAYIM" //International Journal of Philosophical
Studies and Social Sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 185-187.

9.

Абатбаева Р. А. ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН МУСИҚА МАДАНИЯТИНИ
РИВОЖЛАНИШИДА МАШХУР БАСТАТОР Н. МУҲАММЕДДИНОВНИНГ
ЎРНИ //Oriental Art and Culture. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 648-653.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

170

10.

АБАТБАЕВА Р. КОМПОЗИТОР НАЖИМАДДИН МУХАММЕДДИНОВ
ИЖОДИДА ТАРИХИЙ СИЙМОЛАР //Journal of Culture and Art. – 2023. – Т. 1. –
№. 1. – С. 60-66.

11.

SEGIZBAEVA G., ABATBAEVA R. QORAQOLPOGʻISTONDA FORTEPIANO
JANRINING RIVOJLANISHIDA DILBAR ERNIYAZOVANING TUTGAN OʻRNI
//Journal of Culture and Art. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 110-114.

12.

Abatbaeva, R. (2023). BALLAD GENRE BY COMPOSER NAJIMADDIN
MUHAMMEDDINOV. Modern Science and Research, 2(10), 340–343.

13.

Abatbaeva, R. "International Scientific Journal Theoretical & Applied Science
manifestation of european and national traditions in the karakalpak ethno-opera
«gulayym» SOI: 1.1/TAS DOI: 10.15863/TAS http." T-Science. org 18 (2022).

14.

GAYIPOVA M., ABATBAEVA R. QORAQALPOQ AKADEMIK QO ‘SHIQCHILIK
SAN’ATIDA BAZARBAY NADIROVNING TUTGAN O ‘RNI //Journal of Culture and
Art. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 84-88.

15.

Abatbaeva, R. (2023). KOMPOZITOR NAJIMADDIN MUXAMMEDDINOV
DÓRETIWSHILIGINDE ERTEK JANRÍ (Toǵız tońqıldaq bir shińkildek ertegi
tiykarında). Вестник музыки и искусства, 1(2), 46–51.

16.

Gaybullaeva, X., & Abatbaeva , . R. (2023). THE EMERGENCE AND
DEVELOPMENT OF A NEW CREATIVE FOLK SONG ORCHESTRA IN NEW
UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(10), 163–170.

17.

Allambergenovna A. R. Historical Image of" Alpamys" In Karakalpak Music (Example
in the Works of Nazhimaddin Muhammeddinov) //Best Journal of Innovation in Science,
Research and Development. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 138-144.

18.

Allambergenovna A. R. Historical Image of" Alpamys" In Karakalpak Music (Example
in the Works of Nazhimaddin Muhammeddinov) //Best Journal of Innovation in Science,
Research and Development. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 138-144.

19.

YOʻLDASHEV A., ABATBAEVA R. USTOZIM NESIPBAY ALEKEEV
TURSINBAEVICHNING IJODIGA BIR NAZAR //Journal of Culture and Art. – 2023. –
Т. 1. – №. 3. – С. 123-129.

20.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

21.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

22.

Sag’inbaevna T. S. Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence //Spanish
Journal of Innovation and Integrity. – 2023. – Т. 18. – С. 39-41.

23.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science
and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

24.

Saginbaevna T. S. Management and study of culture and art. – 2022.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

171

25.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

26.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.


References

Ayimbetov.Q. “Xaliq danaliǵi”.

“Vatan tuyg‘usi”. Toshkent, О‘zbekiston.1996.

J.Bazarbaev. “Milliy ideya-bizin ideyamiz”. No’kis; Bilim. 2003.

A.Nadirova. “Qaraqalpaq muzika tarixi”. Tashkent.2018.

Paxratdinov.Q. “Mádeniyat hám sport”., 23.04.2011.

Nizanov.M. “Qaraqalpaqlar”. Ekinshi kitap., Bilim.2020.

Asqar.F. “Musiqa va inson manaviyati” .Toshkent.2000.

Allambergenovna A. R. THE MANIFESTATION OF EUROPEAN AND NATIONAL TRADITIONS IN THE OPERA" GULAYIM" //International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 185-187.

Абатбаева Р. А. ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН МУСИҚА МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНИШИДА МАШХУР БАСТАТОР Н. МУҲАММЕДДИНОВНИНГ ЎРНИ //Oriental Art and Culture. – 2022. – Т. 3. – №. 1. – С. 648-653.

АБАТБАЕВА Р. КОМПОЗИТОР НАЖИМАДДИН МУХАММЕДДИНОВ ИЖОДИДА ТАРИХИЙ СИЙМОЛАР //Journal of Culture and Art. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 60-66.

SEGIZBAEVA G., ABATBAEVA R. QORAQOLPOGʻISTONDA FORTEPIANO JANRINING RIVOJLANISHIDA DILBAR ERNIYAZOVANING TUTGAN OʻRNI //Journal of Culture and Art. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 110-114.

Abatbaeva, R. (2023). BALLAD GENRE BY COMPOSER NAJIMADDIN MUHAMMEDDINOV. Modern Science and Research, 2(10), 340–343.

Abatbaeva, R. "International Scientific Journal Theoretical & Applied Science manifestation of european and national traditions in the karakalpak ethno-opera «gulayym» SOI: 1.1/TAS DOI: 10.15863/TAS http." T-Science. org 18 (2022).

GAYIPOVA M., ABATBAEVA R. QORAQALPOQ AKADEMIK QO ‘SHIQCHILIK SAN’ATIDA BAZARBAY NADIROVNING TUTGAN O ‘RNI //Journal of Culture and Art. – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 84-88.

Abatbaeva, R. (2023). KOMPOZITOR NAJIMADDIN MUXAMMEDDINOV DÓRETIWSHILIGINDE ERTEK JANRÍ (Toǵız tońqıldaq bir shińkildek ertegi tiykarında). Вестник музыки и искусства, 1(2), 46–51.

Gaybullaeva, X., & Abatbaeva , . R. (2023). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF A NEW CREATIVE FOLK SONG ORCHESTRA IN NEW UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(10), 163–170.

Allambergenovna A. R. Historical Image of" Alpamys" In Karakalpak Music (Example in the Works of Nazhimaddin Muhammeddinov) //Best Journal of Innovation in Science, Research and Development. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 138-144.

Allambergenovna A. R. Historical Image of" Alpamys" In Karakalpak Music (Example in the Works of Nazhimaddin Muhammeddinov) //Best Journal of Innovation in Science, Research and Development. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 138-144.

YOʻLDASHEV A., ABATBAEVA R. USTOZIM NESIPBAY ALEKEEV TURSINBAEVICHNING IJODIGA BIR NAZAR //Journal of Culture and Art. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 123-129.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Sag’inbaevna T. S. Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence //Spanish Journal of Innovation and Integrity. – 2023. – Т. 18. – С. 39-41.

Tajimuratova S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 841-849.

Saginbaevna T. S. Management and study of culture and art. – 2022.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов