ISSUES OF RESTORATION OF MUSEUM OBJECTS RELATING TO THE ZOOLOGY COLLECTION IN MUSEUMS

HAC
Google Scholar
f
460-465
0
0
To share
Murodjon, N. (2023). ISSUES OF RESTORATION OF MUSEUM OBJECTS RELATING TO THE ZOOLOGY COLLECTION IN MUSEUMS. Modern Science and Research, 2(12), 460–465. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27412
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article provides information on the storage and restoration of museum exhibits related to the zoological collection and located in museum collections, as well as their specific aspects, problems and solutions.

Similar Articles


background image


460

MUZEYLARDA ZOOLOGIYA KOLLEKSIYASIGA OID MUZEY ASHYOLARINI

RESTAVRATSIYA QILISH MASALALARI

Norqobilov Murodjon Mirzoaliyevich

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi bo‘lim mudiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.10425553

Annotatsiya.

Ushbu maqolada muzeylar fondlarida saqlanayotgan zoologiya

kolleksiyasiga oid muzey ashyolarining saqlanishi va ularning restavratsiyasi, o‘ziga xos

tomonlari, muammolar va yechimlari haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Konservatsiya, restavratsiya, taksidermiya, taksidermist, tulum, eksponat.

ISSUES OF RESTORATION OF MUSEUM OBJECTS RELATING TO THE

ZOOLOGY COLLECTION IN MUSEUMS

Abstract.

This article provides information on the storage and restoration of museum

exhibits related to the zoological collection and located in museum collections, as well as their

specific aspects, problems and solutions.

Keywords:

Conservation, restoration, taxidermy, taxidermist, scarecrow, exhibit.

ВОПРОСЫ РЕСТАВРАЦИИ МУЗЕЙНЫХ ПРЕДМЕТОВ ЗООЛОГИЧЕСКОЙ

КОЛЛЕКЦИИ В МУЗЕЯХ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о хранении и

реставрации музейных экспонатов, относящихся к зоологической коллекции и находящихся

в музейных фондах, а также об их специфических аспектах, проблемах и решениях.

Ключевые слова:

Консервация, реставрация, таксидермия, таксидермист, чучело,

экспонат.

Tabiiy va tarixiy-o‘lkashunoslik muzeylari uchun xos bo‘lgan zoologiya kolleksiyasiga oid

muzey ashyolarini saqlash va ularni restavratsiya qilish birmuncha murakkab jarayondir. Sababi,

bunday turdagi ashyolarning asosi jonivorlar va qushlarning tulumlari bo‘lib, vaqt va turli omillar

ta’sirida tulumlarning patlari va junlari to‘kilishi, terisining yemirilishi yoki o‘zgarishga uchrashi

tabiiy jarayondir.

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi fondida ham bugungi kunda asosiy qismini hayvonlar,

qushlar va sudralib yuruvchilarning tulumlari tashkil etgan 1000 dan ortiq zoologiya

kolleksiyasiga oid bo‘lgan muzey ashyolari mavjud bo‘lib, ularning konservatsiya va

restavratsiyasini doimiy ravishda amalga oshirib borish muhim vazifa sanaladi.


background image


461

Zoologiya kolleksiyasiga oid bo‘lgan muzeyga kelib tushgan yangi ashyolar muzey

fondiga kiritilishidan oldin maxsus dizokameraga olinib, birinchi sanitariya ishlovidan o‘tkazilishi

shart. Bu orqali tulumda mavjud bo‘lgan turli zararli hashorot, zamburug‘ va bakteriyalarning

yo‘q qilinishiga va fonddagi boshqa muzey ashyolari ham zararlanishining oldi olinishiga

erishiladi. Muzey ashyolari maxsus ishlov jarayonlaridan o‘tkazilib, fond saqlov xonlariga

joylashtirilganda ularning to‘g‘ri saqlanishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Tulumlar saqlov

xonalarida +18-24 Cº haroratda, namlik 55-65% dan, yorug‘lik 75 lyuksdan oshmagan holatda

saqlanishi maqsadga muvofiq. Agarda saqlov xonalaridagi namlik me’yordan ortib ketadigan

bo‘lsa, tulumlarning terisi deformatsiyaga uchrashi mumkin. Shuningdek, ularga quyosh

nurlarining to‘g‘ridan-tog‘ri tushishi oqibatida tulumlar rangining o‘chishi, o‘zgarishi, hattoki

yonib ketishi kuzatiladi. Sababi, shahar sharoitida avtomobillar va turli korxonalardan havoga har

xil zararli kimyoviy birikmalarning ajralayotgan bo‘lishi tabiiy. Ulardan eng xavflisi oltingugurt

dioksidi bo‘lib, u namlik bilan qo‘shilib sulfat kislotaga aylanadi va har qanday muzey eksponatini

zararlashi mumkin. Shu sababli ham tulumlarning maxsus himoyalangan germetik vitrinalarda

saqlanishi talab etiladi.

Har bir tulum fond zahira xonalaridan olinib, ekspozitsiya va turli ko‘rgazmalarga

tayyorlanishi oldidan restavrator nazoratidan o‘tadi. Agar tulumlarda biror bir nuqson yoki

o‘zgarish aniqlansa ular tegishlicha hujjatlashtirilib, restavratsiyaga yuboriladi. Restavratsiya

jarayoni maxsus mutaxassis restavrator (taksidermist) tomonidan ashyo tegishli bo‘lgan muzey

fondinining muhofizi yoki fond saqlovchi bo‘limning mas’ul ilmiy xodimlari kuzatuvida amalga

oshiriladi.

Restavratsiya jarayoni taksidermistdan maxsus bilim, yuqori malaka va ko‘nikmalarni

talab etadi. Taksidermist ko‘plab mutaxassisliklar chorrahasida ish olib boradi. U biologiya,

fiziologiya va hayvonlar anatomiyasi bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lishi, ishlatiladigan xom

ashyolarning fizik va kimyoviy xususiyatlarini mukammal bilishi lozim. Shuningdek, taksidermist

yuqori tasviriy-badiiy mahoratga ham ega bo‘lishi kerak.

Biror bir nuqson aniqlangan hayvon tulumini restavratsiya qilishning dastlabgi jarayoni

uning tana tuzilishini yaxshilab o‘rganish hisoblanadi. Bu restavratsiya qilinayotgan hayvonning

shaklini (figurasini) bexato qayta yaratishga yordam beradi. Tulumlarning shikastlanganligiga

qarab har bir ashyoga turlicha yondoshuvdagi ta’mirlash ishlari olib boriladi. Kirlangan yoki chang

bilan qoplangan tulumlarni tozalash doimiy va rejali ravishda amalga oshirilishi lozim.

Restavratsiya qilishda taksidermistlar va restavratorlar odatda qo‘lqop va respirator bilan

ishlashadi. Lekin, XX asrning oxirida ko‘pgina eksponatlar zararli hasharotlardan himoya qilish


background image


462

maqsadida simob va mishyak bilan ishlov berilganligini hisobga olsak, yaxshi himoyalanmagan

vositalar bilan ish olib borish sog‘liq uchun birmuncha xavf tug‘diradi. Bu ayniqsa, tozalash

jarayonida tulumlardan uchib, havoda tarqalgan chang nafas yo‘liga tushib, zararlash ehtimoli bor.

Shu sababli, taksidermistdan yuqori sifatli va zamonaviy himoya vositalari bilan ish olib borish

talab etiladi.

Tulumlarni changdan tozalash uchun maxsus changyutgichdan yoki maxsus fenlardan

foydalaniladi. Shuningdek, quruq yoki nam momiq paxta bilan avaylab, qushlar tulumlari patlari,

hayvonlar tulumlari junlari ularning o‘sish yo‘nalishi bo‘yicha tozalanadi. Tulumlar tozalangach

zararkunandalarga qarshi maxsus preparatlar bilan ishlov beriladi.

Quyon tulumining tozalanishdan oldingi vakeyingi holati

Hayvonlar yoki qushlar tulumlarining ko‘zlari tushib ketgan bo‘lsa unga qo‘yish uchun

hayvon yoki qushga mos keladigan sun’iy shisha ko‘zlar ehtiyotkorlik bilan tanlanadi. Ko‘zlarni

tanlashda ko‘z qorachig'ining o‘lchami, rangi va shaklini mukammal darajada aniqlab olish lozim.

Sun'iy ko‘zlar uy hayvonlari do‘konlaridan sotib olinadi yoki ular maxsus ko‘z protezlari

fabrikasiga buyurtma qilinishi mumkin.


background image


463

Hayvon tulumiga ko‘zni o‘rnatish oddiy ishdek ko‘rinsada, undagi asosiy qiyinchiliklar ko‘zni

qovoqda joylashish chuqurligining aniq

o‘rnini topish, ko‘z olmasining boshga

nisbatan

to‘g‘ri egilish burchagini

aniqlash, ko‘zlar oralig‘idagi masofani

to‘g‘ri aniqlash, ko‘zlar orqali aynan shu

turga xos bo‘lgan va uni boshqa

hayvonlardan

ajratib

turadigan

xususiyatni aks ettirish hamda, ko‘z

orqali hayvonga jonli ifoda berish muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda tulumlarning faqatgina terisi tabiiy bo‘lib, deyarli qolgan hamma narsasi

sun’iydir. Shuning uchun ham, ko‘pincha hayvonning tish, tumshuq qismi, tirnoqlar, tuyoqlar,

panjalari asosan plastik xomashyolardan, tillari esa silikondan yasaladi. Masalan, yo‘lbarsning tili

restavratsiya qilinishida tilining tabiiy go‘shtdek ko‘rinishi uchun u silikondan qolipga quyilib,

shakl beriladi. Vaqt o‘tishi bilan terining qurib borishi hisobiga ba’zi hayvon va qush tulumlarining

tishlari va tirnoqlari qayrilib, ko‘zlari oldinga bo‘rtib chiqib qolishi kuzatiladi. Taksidermist

bunday holatlarda tirnoq, tish va ko‘zlarni restavratsiya ishlarini amalga oshirgach, tulumdagi

terini ham muvofiq o‘lchamlarda tuzatib, juda ham tarang tortib yubormasligi talab etiladi.

Qushlar tulumi dastlabki bosqichida texnologiyaga muvofiq tayyorlangan va yaxshi ishlov

berilgan bo‘lsa, unga turli zararkunandalar yaqinlashmaydi va u alohida parvarish talab

qilmaydi. To‘g‘ri saqlash orqali ularni uzoq muddat asrash mumkin. Agarda qushlarning patlari

to‘kilgan bo‘lsa shu qushning patlari rangiga mos keluvchi xomashyo sifatida olib qo‘yilgan

boshqa qushning patlaridan foydalanib qayta tiklanadi yoki suniy patlar ishlatiladi. Masalan

Janubiy Amerikada yashovchi mitti qush – Kolibrining zararlangan tulumini tiklash uchun Qirol

qushning patlaridan foydalaniladi.

Qirol qushi Kolibri


background image


464

Yirik, qalin junli hayvonlarning to‘kilgan junlarini tiklash uchun esa shu hayvonga yaqin

bo‘lagan boshqa bir hayvonning junlaridan yoki sun’iy jundan foydalanib tiklanadi. Masalan

babuyunning to‘kilgan junlarini itning tuklaridan foydalanish orqali tiklash mumkin.

Agar hayvonning terisi ot, zebra kabi junlari qalin bo‘lmasa, uning terisida hosil bo‘lgan

turli nuqsonlarni bartaraf etish uchun ehtiyotkorlik bilan maxsus bo‘yoq tanlanadi va airograf

yordamida rang sepilib, teridagi barcha tirnalishlar va nuqsonlar bartaraf etiladi. Ba’zi joylariga

jun qo‘shiladi, ranglanadi va quritiladi.

Ba’zan suv qushlari tulumlarining uzun bo‘yinlari tanasiga ulangan joyidan ajralishi,

yorilishi yoki sinib tushishi kuzatiladi. Bunday holatda tulumning bo‘yin qismi alohida ajratib

olinadi. Qush bo‘yni orqali tulum ichiga kiradigan sim yoki yog‘och konstruksiya qaytadan

mustahkamlanadi, singan bo‘yin qaytadan tanaga biriktirib yopishtiriladi, bitishgan joyning

atrofidagi patlarga ishlov berilib, qaytadan tozalanadi.

Hozirgi kunda texnologiyalarning rivojlanishishi natijasida 3d printerlar orqali turli

shaklga ega buyumlarni chop etish imkoniyati bor. Ba’zi turdagi restavratsiyaga muhtoj hayvon

va qushlar tulumlarining tumshuqlari, tirnoqlari, jag‘lari va panjalarini kerakli shaklga keltirib, 3D

bosmadan chiqazish orqali ham yaratish mumkin. Ilonlar va echkiemar, toshbaqa kabi hayvonlar

tulumlarini restavratsiya qilishda ham bu texnologiyadan foydalansa bo‘ladi. Shuningdek ular

tulumlarinini rangini yaxshilash uchun aerozol yordamida ishlov berilishi, laklanishi yoki turli

sinish kabi nuqsonlarni haykaltaroshlik texnikasida bartaraf etish ham mumkin.

Muzey fondlaridagi zoologiya kolleksiyasiga oid bo‘lgan ashyolarning saqlanish

muddatini oshirish uchun ularni o‘rnatilgan talablarga muvofiq saqlash, ularning holatini doimiy

nazorat qilib borish, restavrator tomonidan rejali ravishda tulumlarni tozalab turish, texnika

xavfsizligi qoidalariga amal doimiy amal qilinishi talab etiladi.

Hayvon tulumlarining muzey eksponatlari va turli ekspozitsiyalarda ko‘rgazma ob’yekti

sifatida namoyish etilishi tashrif buyuruvchilarga hayvonlarni yaqindan ko‘rish, hamda ularning

tashqi ko‘rinishini yaxshiroq o‘rganishga imkon beradi. Bunday imkoniyat ochiq tabiatda, hattoki,

hayvonot bog‘ida ham kam bo‘ladi. Bu orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod va jamiyatimizning

turli yoshdagi a’zolari orasida tabiatga va jonivorlarga bo‘lgan mehrini oshirish va ularni

asrab-avaylashga o‘rgatilib, targ‘ibot ishlari tashkil etiladi.


background image


465

REFERENCES

1.

Заславский М. А., Изготовление чучел, муляжей и моделей животных. Oбщая такс

идермия, Л., 1968. 352 с.

2.

М. Заславский. Изготовление чучел мелких зверей // журнал «Охота и охотничье

хозяйство», № 6, 1980. стр.16-17

3.

А Шкулёв.Таксидермия — ремесло и искусство. Ж. «Мордовский заповедник» № 7.

2014 г. 32с.

4.

Материалы Всероссийской конференции «Проблемы реставрации предметов из

естественноисторических коллекций. Теория и практика» (1–5 февраля 2012 г.,

Санкт-Петербург). – М.: ГДМ, 2014. 162 с.

5.

https://st-martin.ru/raznoe-2/kak-delayut-chuchela-zhivotnyx-kak-delayut chuchela-kak-

eto-sdelano.html

6.

https://hunts.in.ua/page138.html

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов