SOVET VA ZAMONAVIY OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA METODOLOGIYA MUAMMOSI

HAC
Google Scholar
To share
Mengliyev, B. . (2024). SOVET VA ZAMONAVIY OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA METODOLOGIYA MUAMMOSI. Modern Science and Research, 3(1), 1–7. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27908
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Sovet tuzumi kommunizm qurishning asoslaridan biri sifatida sovet xalqini moʻljal qildi. Sovet xalqi kommunizm davrida millatlar unifikatsiyasi natijasi boʻlishi lozim edi. Millatlar unifikatsiyasi tillar unifikatsiyasini taqozo etar edi. Tillar unifikatsiyasi esa SSSR xalqlari tillarining qurilishi jihatdan “bir xillashuvi”ni taqozo etar, barcha milliy tillarning qurilishi sunʼiy ravishda rus tili qurilishi qoliplariga solingan edi. Buning uchun milliy tilshunosliklar rus tilshunosligi metodologiyasi asos ish koʻrdi. Milliy tillarda rus tili xususiyatlari boʻrttirildi. Bu, ayniqsa, tillarning tipologik xususiyatlari namoyon boʻladigan fonetika va grammatikada yaqqol koʻzga tashlandi. Boshqa milliy respublikalar kabi Oʻzbekiston ham mustaqillikka erishgandan soʻng oʻzbek tilshunosligi ham milliylasha boshladi. Bu oʻzbek tili fonetik-grammatik qurilishning milliy talqin etilishida, sharq tasavvuf falsafasining lingvistik tadqiq metodologiyasi sifatida ilmiy muomalaga kirishida namoyon boʻldi. Tasavvuf falsafasidagi zot va tajalli kategoriyasi tilga sistema sifatida yondashuvda, oʻzbek tilida lison va nutqni farqlashda katta metodologik rol oʻynadi.

Similar Articles


background image

SOVET VA ZAMONAVIY OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA METODOLOGIYA MUAMMOSI

Baxtiyor Rajabovich Mengliyev

Toshkent amaliy fanlar universiteti, tadqiqot professori, Gavhar koʻchasi 1-uy, Tashkent 100149,

Oʻzbekiston

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439763

Annotatsiya.

Sovet tuzumi kommunizm qurishning asoslaridan biri sifatida sovet xalqini moʻljal qildi. Sovet xalqi kommunizm davrida

millatlar unifikatsiyasi natijasi boʻlishi lozim edi. Millatlar unifikatsiyasi tillar unifikatsiyasini taqozo etar edi. Tillar
unifikatsiyasi esa SSSR xalqlari tillarining qurilishi jihatdan “bir xillashuvi”ni taqozo etar, barcha milliy tillarning qurilishi
sunʼiy ravishda rus tili qurilishi qoliplariga solingan edi. Buning uchun milliy tilshunosliklar rus tilshunosligi
metodologiyasi asos ish koʻrdi. Milliy tillarda rus tili xususiyatlari boʻrttirildi. Bu, ayniqsa, tillarning tipologik xususiyatlari
namoyon boʻladigan fonetika va grammatikada yaqqol koʻzga tashlandi. Boshqa milliy respublikalar kabi Oʻzbekiston ham
mustaqillikka erishgandan soʻng oʻzbek tilshunosligi ham milliylasha boshladi. Bu oʻzbek tili fonetik-grammatik
qurilishning milliy talqin etilishida, sharq tasavvuf falsafasining lingvistik tadqiq metodologiyasi sifatida ilmiy muomalaga
kirishida namoyon boʻldi. Tasavvuf falsafasidagi zot va tajalli kategoriyasi tilga sistema sifatida yondashuvda, oʻzbek tilida
lison va nutqni farqlashda katta metodologik rol oʻynadi.

Kalit soʻzlar:

sovet tuzumi, kommunistik mafkura, sovet xalqi, millatlar unifikatsiyasi, tillar unifikatsiyasi, rus tili qoliplari, rus tilshunosligi,

milliy tilshunoslik, metodologiya, lingvistik tadqiq metodologiyasi, fonetika, grammatika, tasavvuf falsafasi, zot, tajalli,
subtansiya, aksidensiya, umumiylik, xususiylik, mohiyat, hodisa, tilga sistema sifatida yondashuv, lison, nutq


OʻZBEK SOVET TILSHUNOSLIGIDA

METODOLOGIYA MUAMMOSI

.

Ilmiy tadqiqotlarda metodologiya masalasi,

odatda, falsafada muhokama qilinadi. Xususiy
fanlarda empirik tadqiqotchilar esa koʻpincha bu
muammodan

qochishadi.

Holatni

nazariyotchi

tilshunos E.Koseriu lingvistikadagi nazariy va amaliy
tadqiqotlar orasidagi uzilishlar misolida quyidagicha
tavsiflagan edi: “tilshunoslik nazariyotchilari aniq til
dalillaridan kelib chiqishga kam eʼtibor bergani kabi
empirik tilshunoslar ham til hodisalari tadqiqida
falsafiy asoslar haqida oʻylamaydilar” [26, 6-7].
Bunday fikr oʻzbek tilshunosligida ham bir necha
marta aytilgan [11;3;26;10]. Uzoq yillar davomida
oʻzbek lingvistlarining metodologik masalalarga
murojaati, asosan, ishning kirish qismida marksizm-
leninizm taʼlimotidan olingan ayrim iqtiboslar bilan
cheklanar edi. Ularda ilgari surilgan gʻoyalar aslida
tadqiqotning mazmuni bilan bogʻlanmas edi.
Tadqiqot usuli esa borliqni dialektik talqin qilish deb
tan olinardi. Ammo tadqiqotning oʻzi empirik
tavsifdan nariga oʻtmas, tadqiqot va uning tayinlangan
metodologiyasi orasida uzilish vujudga kelar edi.
Metodologiya masalalariga alohida diqqat qilingan
nazariyotchilar ishlarida esa yuqorida E.Koseriu
taʼkidlagan nuqson boʻrtib turar edi. V.Solnsev,
A.Chikabova, P.Uorf, S.Ulman, E.Sepir, N.Chomskiy
kabi tilshunoslarning asarlari – buning yorqin dalili
[26].

XX asr yevropa tilshunosligi qatʼiy bir

metodologik mezonlarga tayangan muayyan tillar
lingvistikasi

bilan

faxrlana

olmaydi.

Ayni

tadqiqotlarda bir vaqtning oʻzida bir necha
metodologik prinsip qoʻllangan. Bu jihatdan XIX asr
tilshunosligi birmuncha ijobiy holatda edi. Masalan,
XIX

asrda

faoliyat

koʻrsatgan

A.Shleyxer,

V.Humboldt,

Ya.Grimm,

F.Bopp,

A.Potebnya,

V.Vostokov, F.Fortunatov kabi tilshunoslarning har
xil

tillar

tavsifiga

bagʻishlangan

mukammal

tadqiqotlarida

bir

xil

metodologik

asoslarga

tayanilganligini koʻramiz [26].

Oʻzbek sistemaviy tilshunosligida ham bir xil

metodologik tamoyillar asosida bajarilgan ishlarni
uchratish mumkin. Bu holat, ayniqsa, S.N.Ivanov,
H.Gʻ.Neʼmatov va ularning izdoshlari tadqiqotlarida
koʻzga tashlanadi. Biroq ularda yaxlit oʻzbek tilining
emas, balki ayrim sathlarining sistemaviy xususiyati
oʻz tavsifini topgan, xolos.

Oʻtgan asrda oʻzbek tili rus tili qonuniyatlari

asosida oʻrganilib keldi. Rus tilshunosligi metodologik
asos vazifasini oʻtadi. Shu boisdan metodologiya
masalasi kun tartibiga chiqmadi. Maʼlumki, bir tilni
boshqa tillar qolipi asosida oʻrganish har doim ham
oʻzini oqlamagan. Ayniqsa, bu holat turli qurilishli
tillar haqida gap ketganda yaqqol namoyon boʻladi.
XX asrning 60-yillaridayoq ilgʻor tilshunoslar,
jumladan, rus tilshunoslari bu metodologik asosning
gʻayriilmiy va gʻayritabiiy ekanligini taʼkidlashgan
edi.

Buni

S.N.Ivanov,

V.Guzev,

D.Nasilov

tadqiqotlarida koʻramiz [11, 6-10].

Kommunistik mafkura hukmronligi sharoitida

oʻzbek tilshunoslari yuzaga kelgan mavjud holatni
tanqid qilish huquqidan maʼnan mahrum edilar. Faqat
mustaqillik tufayli bu nuqsonlar ochib berila boshladi.
Bunda

A.Hojiyev,

A.Nurmonov,

N.Mahmudov,

M.Mirtojiyev,

Gʻ.Zikrillayev,

Yo.Tojiyev,

R.Sayfullayeva kabi tilshunoslarning bildirgan fikrlari
diqqatga sazovor [21; 29]. Oʻzbek tilshunosligi
dadillik bilan ushbu kamchilikdan qutulish yoʻllarini
axtardi. Sovet davlati va mafkurasi barbod boʻlgandan
soʻng Oʻzbekiston Respublikasining tajriba-tayanch

maktablarida 1998-99 oʻquv yilida sinalgan va bugun
taʼlim tizimiga joriy etilgan ona tili taʼlimi dasturi bu
yoʻldagi dastlabki amaliy qadamlardan boʻldi. Bunga
shu asosda amin boʻlish mumkin. Oʻtgan asrning 50-
60 yillarida oʻzbek tilshunosligida oʻzbek tilida
ajratilgan unlilar sistemasi, singarmonizm hodisasi,
morfemalar,

soʻz

turkumlari,

morfologik

kategoriyalar, gap boʻlaklari, sodda va qoʻshma gaplar


background image

rus tilidagi shunday hodisalar bilan aynan deb
qaralgan. Mazkur dasturda oʻzbek tilining oʻziga xos
xususiyatlari yorqin aks ettirilgan va zikr etilgan
hodisalar rus tilidagidan tubdan farq qilishini
koʻramiz. Masalan, oʻzbek tilidagi taqlidlarni olaylik.
Ularning gap boʻlagi boʻlib kelishi tilshunos
R.Qoʻngʻurov tomonidan atroflicha tavsiflangan.
Biroq sovet davrida aksar turkiyshunoslar rus tili soʻz
turkumlari tarkibi va tasnifi anʼanalarini buzishga
jurʼat eta olmadilar. Maʼlumki, flektiv tillarda taqlidlar
miqdori juda kam va borlari ham nutqda bu tillarning
tipologik tabiatiga mos ravishda feʼlga xos fleksiyalar
bilan namoyon boʻladi:

myaukat, taraxtet, myaukaniye

kabi. Turkiy tillarda esa asl holat butunlay boshqacha:

birinchidan

, turkiy tillarda taqlidlar miqdoran

juda koʻp va ular muhim ifoda va tasvir vositasi;

ikkinchidan

, taqlidlar turkiy tillarda qoʻshimcha

qabul qilmasdan barcha gap boʻlagi vazifasida kela
oladi.

Toʻgʻri, taqlidlar – maʼnoviy jihatdan

gʻayrioddiy, boshqa soʻz turkumlariga oʻxshamaydi.
Biroq bu ularni mustaqil soʻzlar sirasidan chiqarishga
asos boʻla olmaydi. Unda gʻayrioddiy semantikaga
ega olmoshlar masalasini ham oʻylab koʻrish kerak
boʻlar edi.

Demak, taqlidlarni mustaqil soʻzlar sirasiga

kiritish – oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatidan
birini xolis baholash demakdir. Shuningdek, uni

ot,

sifat, son

atamalari qatorida birikma holatisiz (yaʼni

taqlid soʻzlar

demasdan)

taqlid

deb ishlatish

maqsadga muvofiq. Bu va bu kabi misollarni koʻplab
keltirish mumkin. Umuman, yuqorida zikr etilgan
dasturda oʻzbek tilining ontologik xususiyati talqini
oʻz ifodasini topgan.

Yana bir misol. Maʼlumki, oʻzbek tilida rod

kategoriyasi yoʻq. Biroq 50-60 yillarda oʻzbek tilida
ham rod kategoriyasini ajratishga urinishlar boʻlgan
(12;14;15). Ammo hech bir oʻzbek tilshunosi “nega
oʻzbek tilida rod kategoriyasi boʻlishi kerak” degan
savolni qoʻymagan. Chunki “andoza” tilda rod
kategoriyasi mavjud edi. Shu boisdan oʻzbek tilida
ham rod kategoriyasiga aloqador nimanidir axtarib
topishga harakatlar boʻlgan. Oʻzbek tilidagi

Salim –

Salima, shoir – shoira

yoki

xoʻroz – tovuq, sigir –

buqa

kabilar mohiyatan ruscha rod kategoriyasiga

yaqin boʻlganidan ular bu kategoriyaga nisbat
berilgan. Natijada oʻzbek tilida rod uch koʻrinishda:
morfologik (

shoir – shoira

), leksik (

sigir – buqa

), va

sintaktik (

ayol oʻqituvchi – erkak

oʻqituvchi

) yoʻl

bilan hosil qilinadi degan gʻayriilmiy daʼvolar ham
paydo boʻlgan [14].

Koʻrinadiki,

tadqiq

metodologiyasining

ahamiyati, barcha fanlar oʻrganish manbaida
boʻlganidek, lisoniy sistema tadqiqida ham behad
katta. Notoʻgʻri va nomaqbul metodologiyaga
tayanishning

zararli

oqibatlarini

oʻzbek

tilshunosligining oʻtgan asr holatida ochiq-oydin
kuzatamiz.

Shu

boisdan

quyida

tadqiq

metodologiyasining ahamiyatini alohida va chuqurroq
koʻrib chiqish lozim deb topildi.

Tadqiqot uchun metodologiya, ilmiy tadqiqot

gʻoyasi dasturulamal, yoʻlchi yulduz vazifasini oʻtaydi
[17; 3; 26; 8; 31; 7; 27]. Agar tadqiqotchi zarur

metodologik asoslarni uqib olmasa va tadqiq
manbaiga onglilik bilan tatbiq etmasa, hech qachon
manbaning ontologik xossalarini xolis baholay
olmaydi. Uning uchun zarur metodologik omillar
oʻrnini esa boʻlmagʻur eklektik qarashlar egallaydi.

Tadqiqotchilar

fanlar,

ayniqsa,

tabiiyotshunoslik

tarixida

falsafadan

qutulish

yoʻllarini axtarganliklarini taʼkidlashadi. Biroq ular
falsafani qanchalik haqorat qilishmasin, oʻzlari
shunchalik boʻlmagʻur, qoloq, vulgar falsafiy
qarashlarning quliga aylanib qolganliklarini qayd
qilishgan [26, 3]. Sharq donishmandlari ham
madaniyat va maʼnaviyatda metodologiyaning beqiyos
roliga alohida ahamiyat berishgan. Sharq maʼrifiy
adabiyotida metodologiyasiz yoki uni ongsiz qabul
qilgan tadqiqotchi koʻr yoki qorongʻulikdagi kishiga
qiyoslangan.

Sharq tasavvufshunoslari, xususan, Alisher

Navoiy qarashlarida bilishning umummetodologik
prinsiplari tajalli (aksidensiya)lar orqali zot (Haq) ni
anglash jarayoniga qiyosan bayon qilinadi. Buyuk
mutafakkir Alisher Navoiy “Lisonut-tayr” dostonidagi
“Maʼrifat vodiysining vasfi” faslida bilish, bilishning
murakkabligi, bilish manbaini tadqiq etish usulining
turli-tumanligi va ularning koʻpincha bir-biriga zid
kelishini bayon etadi. Zero, bilish manbai serqirra va
bilish usullari ham rang-barang. Shuningdek, hodisani
turli tomondan har xil tadqiq usuli bilan oʻrganish
mumkin va zarurligi ham haqiqat. Bir usul orqali
qoʻlga kiritilgan natija ikkinchi usul natijalariga zid
kelganda, tadqiqotchi oʻz natijasini ustun qoʻyishi hali
uning metodologik kamolot darajasiga yetmaganidan
dalolat beradi.

“Lisonut tayr” dostonidagi “Koʻrlar va fil

hikoyati”da bilish jarayonining ikki – fahmiy
(empirik) va idrokiy (nazariy) bosqichi va ularning
oʻzaro munosabati mahorat bilan tasvirlangan.
Maʼlumki, koʻrlar faqat paypaslash, yaʼni hissiy bilish
imkoniyati bilan cheklangan. Shoir tashqi alomatlar
asosida hosil qilingan bilimlarni fahmiy (empirik)
bilim va uning sohiblarini “koʻrlar” deb ataydi. Zero,
narsaning tashqi alomatlari bilan shugʻullangan
tadqiqotchilar hech qachon mohiyatga “shoʻngʻiy
olmaydi” – uni koʻra olmaydi. Koʻrlar filning barcha
aʼzolarini yaxlit idrok qilishga qodir emas. Demak, bu
oʻrinda “koʻrlik” – umumlashtirish qobiliyatiga ega
emaslik.

Boshqacha

aytganda,

“koʻr”

soʻzi

“mukammal

bilish,

mohiyatni

anglash

metodologiyasidan yiroq” maʼnosida qoʻllanadi.
Mohiyatni anglash esa “orif”ga – metodologiya bilan
qurollangan tadqiqotchiga xos. Shoir orifni koʻrlarga
qarama-qarshi qoʻyadi. Orif – “ komili biyno”, yaʼni
mohiyatni koʻra oladigan yetuk inson. Shu bois fil
hissiy bilimlar bilan cheklangan koʻrlarga nisbatan
“komili biynogʻa chun erdi yaqin” (Alisher Navoiy).
Koʻrlar filning oldida turishsa-da, hissiy bilimlarning
quliga aylanib qolganliklari sababli, uni turlicha
tasavvur etadilar.

Umuman olganda, Alisher Navoiyning bilish

haqidagi fikrlaridan quyidagi umumiy metodologik
xarakterdagi xulosalarga kelish mumkin:

1)

bilish oʻta murakkab va mashaqqatli

jarayon;


background image

2)

bilish manbai oʻta serqirra va rang-barang,

tadqiqotchi ulardan ayrim tomonlarnigina toʻla
oʻrganishga erishadi;

3)

manbani turli tomondan va turli usulda

oʻrganish mumkin;

4)

bilishda tadqiqotchi dunyoqarashi katta

ahamiyatga ega [22].

Koʻrinadiki, sharq va gʻarb falsafasida ilmiy

bilish metodologiyasiga munosabat birday va tom
maʼnodagi ilmiy bilish va metodologiya dialektik
aloqadorlikda, biri ikkinchisini taqozo etish holatida.

Xoʻsh, ushbu metodologiyaga munosabat

nuqtayi nazaridan oʻzbek tilshunosligi qanday
baholanmogʻi lozim?

Oʻtgan asrning 40-60 yillarida shakllangan

oʻzbek grammatik taʼlimotining asoschilari ham
metodologiyadan xoli emas edilar. Biroq ular uchun
metodologiya vazifasini milliy tillarning rus tiliga
yaqinligini “ilmiy” asoslashga qaratilgan taʼlimot oʻtar
edi. Bu metodologik tamoyillarga I.Stalinning
“Marksizm i voprosы

yazыkoznaniya” asarida asos

solingan edi. Natijada 60-70-yillarda sobiq shoʻro
tuzumi hududidagi yuzdan ortiq millat va elatning
yagona xalq – sovet xalqiga aylanayotganligi haqida
tarixiy uydirmalar vujudga keldi. Barcha ijtimoiy-
gumanitar fanlar boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-
tadqiqot ishlarining maqsadi ham mana shu soxta
“haqiqat”ni asoslashga qaratilgan edi. Bu esa milliy
tillar qurilishi tadqiqida ham oʻz aksini namoyon qila
boshladi.

Hatto

“grammatika internatsionaldir”

qabilidagi uydirma tezislar vujudga keldi [30, 28-50].
Shuning uchun hukmron kommunistik mafkura milliy
ilmiy kadrlarning oʻz tadqiqotlari metodologik asoslari
bilan chuqur shugʻullanishlarini xohlamas, ularning
tayyor qilib berilgan metodologik asoslarning koʻr-
koʻrona tatbiqi bilangina cheklanib qolishlari tarafdori
edi. Shu tarzda oʻzbek tilshunosligida rus tili qurilishi
andozaliligi oʻrnashdi va bugungi kungacha fanda bu
chayir illat mustahkam oʻrnashdi. Shuning uchun
millatning

barqaror

sifatlarini

tadqiq

qiluvchi

tilshunoslik, adabiyotshunoslik, psixologiya, tarix kabi
fanlarning haqiqiy rivoji olimlar tomonidan ilmiy
tadqiq metodologiyasini chuqur anglashlari, ularning
tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalariga munosabatini
teran uqishlari, tadqiq manbaiga ongli va izchil tatbiq
etishi bilan uzviy bogʻliq.

Tasavvufda, shuningdek, dialektik falsafada

har qanday tadqiq manbaining serqirra ekanligi, shu
bois tadqiq manbai va predmetini aynanlashtirishdan
chekinish tadqiq jarayonidagi muhim omillardan [20;
25; 32; 22]. Tadqiq manbaining serqirraligi bilan
uning mustaqilligi, haqqoniyligi, obyektivligi va
murakkabligi xossalari chambarchas bogʻlangan.
Zotan, maʼlum bir til tavsifiga oʻzga tillar mezonlari
asosida yondashish ilmiy subyektivizmni vujudga
keltiradi.

Muayyan bir til, deylik, oʻzbek tili – tadqiq

manbai sifatida oʻziga xos ontologik xususiyatga ega
haqqoniy mavjudlik. Uni oʻzga til mezoni bilan
oʻlchash va baholash tadqiq xolisligiga putur
yetkazadi. Qiyoslashni oʻlchash bilan aynanlashtirish
esa metodologik nuqtayi nazardan qoʻpol xato [34; 16;
13]. Albatta, maʼlum bir til tavsif va talqin etilar ekan,

tilshunos tilning umumiy qurilish xossalari, lisoniy
birliklarning umumiy tabiati, tilning qurilish, yashash
va rivojlanish qonuniyatlari oʻlchovi asosida tadqiq
manbaiga yondashishi lozim.

Maʼlum bir til qurilishining haqqoniy va

xolisona talqini esa til haqidagi falsafiy-metodologik
nuqtayi nazardan toʻgʻri ishlab chiqilgan taʼlimot
asosidagina berilishi mumkin.

OʻZBEK

ZAMONAVIY

TILSHUNOSLIGIDA

METODOLOGIYA

MUAMMOSI

.


Milliy mafkuraning shakllanishi millatning

oʻzligini anglashi bilan bogʻliq. Millatning oʻzligi
bevosita uning madaniyati, tarixi, psixologiyasi, milliy
ongi kabilarda oʻz ifodasini topadi.

Jahon fanida til va ongning oʻzaro aloqadorligi,

tilning inson mohiyatini belgilovchi omil, tafakkur
mahsulini moddiylashtiruvchi vosita ekanligi hamda
uning ijtimoiy ahamiyati masalalariga bagʻishlangan
rang-barang fikr koʻp. Tilshunoslik fani ham maʼlum
bir davrlarda buni oʻzining asosiy muammosi sifatida
qaragan. Biroq sovet fani milliylik bilan bogʻliq
masalaning birortasini ham kun tartibiga qoʻymagan.
Oʻzbekistonda faqat milliy mustaqillik tufayli milliy
ong va fikrlash muammo oʻlaroq vujudga keldi. Til
orqali borliqni idrok etishning ahamiyati va oʻziga
xosligi masalasiga jiddiy eʼtibor berila boshladi.

Til

tilshunos

va

amaldorlar

hukmiga

boʻysunmaydi. Uni gʻayritabiiy qolipga solish yoki
uni tozalashga urinish doim samarasiz boʻlgan. Til
oʻzining tabiiy qonuniyatlariga ega, u har xil tavsif va
tadqiqlarga

befarq.

Uning

oʻz

sohibiga

boʻysunmasligini targʻib qiladigan naturalizm oqimi
tilshunoslik fanining mustaqil yoʻnalishi sifatida uzoq
yillar hukm surganligi – buning yorqin dalili. Jahon
tilshunosligining taniqli namoyandalari boʻlgan
Avgust Shleyxer, Maks Myuller, Moriso Rapp,
Vilgelm Uitni kabi olimlar asarlari bu oqim ilgari
surgan gʻoyalarni oʻzida mujassamlashtirgan.

Tadqiq manbaining, masalan, oʻzbek tilining

murakkabligi unga falsafa va tasavvufning juzv va
kull, zamonaviy falsafaning butun va boʻlak,
umumiylik

va

xususiylik

dialektikasi

asosida

yondashilgandagina toʻliqroq ochilishi mumkin.
Oʻrganish

manbai

murakkabligi

masalasi,

murakkablik hodisasining ontologik tabiati ham
falsafiy adabiyotlarda atroflicha oʻrganilgan [22; 8; 2;
9; 6].

Maʼlumki, butunlik boʻlaklardan iborat. Biroq

uni oddiy “yigʻindi” darajasida joʻnlashtirish
tadqiqotchini adashtiradi. Misol sifatida quyidagi toʻrt:

1)

A_______ B

2)

B_______ C

3)

C_______ D

4)

A_______ D

toʻgʻri chiziqdan tashkil topgan geometrik figuraga
diqqat qilaylik (1-chizma):

1-chizma


background image

Bu figuralar garchi bir xil tashkil etuvchi

unsurga ega boʻlsa-da, har bir butunlik (figura)ning
oʻziga xos qonuniyat va munosabatlari mavjud.
Demak, aytish mumkinki, bir qarashda oʻzbek tilidagi

-lar

qoʻshimchasi

l

,

a

,

r

tovushlarining oddiy

yigʻindisiga,

toʻgʻri

chiziqlarning

mexanik

birlashuviga oʻxshaydi. Xolbuki

,

-lar

morfemasining

mohiyati uni tashkil etuvchi tovushlar mohiyatidan
tubdan farq qiladi. Fonema va morfema oʻrtasidagi

bunday tafovut barcha tilshunoslar uchun ayon. Biroq

uylar

soʻzshakli

uy

va

-lar

qoʻshimchalarining

yigʻindisimi degan savolning qoʻyilishi ham tabiiy.
Aytilganidek, har bir tilshunos

-l + -a + -r

# -lar

morfemasi tengsizligining haqqoniyligini eʼtirof
qilgani holda,

-uy + -lar

# uylar

tengsizligida ham

ushbu holatni koʻrishdan tiyiladi. Bu tengsizlik
muammosi oʻzbek tilshunosligida shu kungacha
qoʻyilmagan. Vaholanki, tilshunoslikda koʻp hollarda
soʻzshakllarning oʻzak va qoʻshimcha, soʻz birikmasi
va gapning soʻzlar yigʻindisi sifatida eʼtirof etilishi
tadqiqotchi

ongida

metodologik

“boʻshliq”

mavjudligidan dalolat beradi. Metodologik nuqtayi
nazardan bu kabi har xil tengsizliklar esa mohiyatan
bir xil. Ularni jadvalda quyidagicha umumlashtirish
mumkin:

Tadqiqotchi “butun boʻlaklarning yigʻindisiga

teng emas” tezisidan kelib chiqqan holda jadvaldagi
butunliklar mohiyatini uning tarkibiy qismlaridan
emas, balki boshqa – yuqoriroq sathdan izlashi va
boshqa sistemada ochishi lozim.

Lisoniy sistema tadqiq qilinar ekan, uning

sathlarini ajratishda barcha tilshunoslar hamfikr. Biroq
morfemalar mohiyatini ochishda mutlaqo mustaqil
holda ish yuritiladi. Ularni tashkil etuvchi fonemalar
mohiyatiga eʼtibor qaratilmaydi. Boshqa nutqiy
birliklar – soʻzshakl, soʻz birikmasi va gap mohiyatini
ochishda

bevosita

ularni

tashkil

etuvchilarga

tayaniladi.

Bu

esa

falsafiy

nuqtayi

nazardan

metodologik xato. Zotan, har bir lisoniy birlikning
mohiyati oʻz sathi doirasida ochiladi. Biroq sathlar
boʻylab yana bir pogʻona yuqoriga koʻtarilish asosida
butunlay yangi muammo yuzaga chiqadi.

Lisoniy sistemaning oʻzi ham alohida

murakkab butunlik. Unda ham sathlarning oddiy
arifmetikasini koʻrish tadqiq metodologiyasiga, yaʼni
[

til

# fonetik sath + morfologik sath + leksik sath +

sintaktik sath + uslubiy sath

]

ga zid.

Til – tarkibiy qismlari majmuidan ancha katta

boʻlgan oʻziga xos butunlik. Uning mohiyati tarkibiy
qismlari mohiyatidan keltirib chiqarilishi mumkin
emas. Shuningdek, morfema fonemalardan, soʻz
birikmasi hamda gap leksema va morfemalardan
uzilmaganidek, til ham butunlik sifatida oʻz sathlariga
qismlar sifatida munosabatda boʻladi. Shu oʻrinda
geometriyaning juda oddiy, biroq asrlar davomida

mutaxassislar eʼtiborini jalb qilib kelayotgan
muammoli bir hodisasiga diqqat qilish zarur. U:

figurasidagi AB toʻgʻri chizigʻining oʻzi mansub
butunliklarga munosabati masalasi. Bu figuraga xos
[AB] chizigʻi uchburchakning tomoni sifatida
uchburchak

qonuniyatiga

boʻysunadimi

yoki

kvadratning tomoni sifatida kvadrat qonuniyatigami?
Bu savol tadqiq etilayotgan muammoga bevosita
daxldor. Muammoni

2 + 3 = 5

arifmetik hodisasida

ham koʻrish mumkin. Boshqacha aytganda, bu yerda

5

soni

2

va

3

sonlarining yigʻindisi, biroq faqat shu

yigʻindigina

5

ni hosil qilmaydi. Zero,

1

va

4, 10-5, (

25

,

6

25

,

6

)

va shu kabi minglab amal

vositasida mazkur yigʻindi – natijani keltirib chiqarish
mumkin. Muammoning yechimi shundaki,

5

oʻziga

xos alohida butunlik, u, jumladan, (faqat emas)

2

va

3

yigʻindisiga ham teng boʻla oladi. Biroq tarkibiy
qismlar asosida yondashuv

5

ning mohiyatini

oydinlashtira olmaydi.

5

soni – birlik sonlar tizimidagi

4

va

6

raqamlari orasidagi butun son. Bu tizimda

mazkur birliklar orasida

5,1

yoki

5,8

miqdorlari yoʻq.

Ular kasr sonlar turkumiga mansub. Oʻz navbatida,
alohida butunlik sifatida olinganda butun va kasr son
yigʻindisi oʻlaroq qaralishi ham mumkin emas.

Tarkibiy qismlar yigʻindisi # butunlik

hodisasini bevosita lisoniy hodisalarda koʻrishga

harakat qilamiz. Chizmada berilgan butunliklar –
morfema, soʻzshakl, soʻz birikmasi, gap va, umuman,
tilning mohiyatini, ularning tarkibiy qismlariga
munosabatini anglash ehtiyoji masalaga matematik
hodisalar

misolida

yondashishni

taqozo

etadi.

Chizmada aks etgan butunliklar mohiyati ham
ularning tarkibiy qismlari orqali emas, balki oʻzlari
mansub tizim birliklari orasida tutgan oʻrni asosida
oydinlashtirilishi lozim. Moddiy tomoni

l

,

a

,

r

tovushlari yigʻindisidan iborat -

lar

morfemasining

mohiyati morfemalar tizimida,

uy

+ -

lar

soʻz va

qoʻshimchalari yigʻindisi soʻzshakllar tizimida,

bola

,

uyqu

soʻzshakllaridan tashkil topgan

bola uyqusi

soʻz

birikmasining mohiyati soʻz birikmalari tizimida,

bola

va

uxlamoq

soʻzlari birikishidan hosil boʻlgan

Bola

uxladi

gapining mohiyati esa gap tizimidagina

ochiladi. Dialektik falsafa va mantiqning umumiylik
va xususiylik, mohiyat va hodisa, imkoniyat va
voqelik, sabab va oqibat kategoriyalari asosida
tushuniladigan bu xususiyatlar tilshunoslikda lison va
nutq

hodisalarini

ongli

va

izchil

farqlash

metodologiyasida oʻz aksini topgan. Eʼtiboringizga
chizmalar asosida havola etilgan morfem butunlik –
tilning morfemalar tizimi birligi. Shuning uchun
tovushlarning oddiy birikishiga teng emas.

Uylar, bola

uyqusi, bola uxladi

hosilalari butunlay boshqa

bosqich – nutq hodisalari. Ular lisoniy birliklar –

Mohiyatlar
voqelanishi

Boʻlaklar

yigʻindisi

Munos

abat

Butunlik

Fonemalar

l+a+p

#

-

lar

Morfemalar

-lar+-

imiz

#

-

larimiz

Leksemalar

bola+uyq

u

#

bol

a uyqusi


background image

morfema va leksemadan farqlanadi.

Uylar

soʻzshakli –

uy

leksemasi va

-lar

qoʻshimchasi voqelanishi asosida

vujudga kelgan nutqiy hosila. Shuning uchun

uylar

soʻzshaklining mohiyati hodisa sifatida soʻzshakl
mohiyatidan qidirilishi lozim. Soʻzshakl esa nutqning
tovush (harf), boʻgʻin, soʻz, soʻz birikmasi, gap va
matn kabi nutqiy birliklar tizimida mohiyatini
namoyon

qiladi.

Ushbu

tizimda soʻz nutqda

qoʻllangan eng kichik atov birligi xossasiga ega.

Demak,

uylar

soʻzshakli lisoniy birliklar

majmui emas, balki nutqda namoyon boʻlgan hodisa.
Qiyoslang:

2+3

qoʻshilmasidan hosil boʻlgan

5

oʻz

birliklari tizimida

4

va

6

oraligʻidagi butun son.

Uylar

hosilasi (yoki

5

) shu muayyan holatda

uy

va -

lar

(yaʼni

2

va

3

) morfemalarining nutqiy voqelanishi. U

uy

tub soʻzi va -

lar

koʻplik son qoʻshilmasining oʻzaro

birikishi, yaʼni munosabatga kirishishdan tashkil
topgan. Shuning uchun

uylar

soʻzshakli mohiyatini

aniqlash uchun dastlab lisoniy va nutqiy birliklar
mohiyatini ochish zarur. Bu yana lison va nutq
oppozitsiyasi sari undaydi. (Ushbu oʻrinda ikki
terminga izoh berish lozim: 1)

lison

termini mohiyatan

davr tilshunosligi, xususan, F.de Sossyur qoʻllagan

langue

termini qiymatiga muvofiq keladi. Oʻzbek

tilshunosligida oʻtgan asrning 70-90- yillarida rus
tilidan tarjima qilingan

til

koʻp maʼnoli soʻzi

langue

termini maʼnosini ifodalash uchun qoʻllanib keldi
[24]. Ushbu maʼnoning qoʻllanish doirasi kengayishi
bilan nutqiy noqulaylik vujudga kela boshladi. Shu
bois tilning tizimiy qurilishi maʼnosidagi

langue

terminini

lison

bilan berish birmuncha afzalliklarga

ega: a)

lison

soʻzi

zamiridagi

maʼno

muayyanlashadi, koʻp maʼnoli

til

soʻzining umumxalq

ongidagi maʼnosi esa bunga toʻsqinlik qilar edi; b)

oʻzbek tilida

-

iy

qoʻshimchasi orqali yasalgan

lisoniy

sifati vositasida hosil qilingan soʻz

birikmalariga ilmiy nutqda koʻproq zarurat seziladi; 2)

ixtilof

terminini falsafa va fandagi

dialektika

termini

oʻrnida qoʻllash maqsadga muvofiq. Sharq tasavvuf
falsafasiga metodologik omil sifatida tayanilar ekan,
undagi zarur terminlarni ham oʻzlashtirish lozim
boʻladi.

Bugungi kunda “lison” va “lisoniy birlik”

tushunchalari oʻzbek tilshunosligi uchun yangilik
emas. Maʼlumki, har bir lisoniy birlikda umumiylik,
yaʼni lisonning mohiyati oʻz aksini topishi va
muayyanlashish

lozim.

Bu

dialektikaning

umumiylik va xususiylik ziddiyatiga qoʻyadigan
asosiy talabi [33; 1]. Shuning uchun aytish mumkinki,
har bir lisoniy birlik yuqorida aytilgan umumlisoniy
xususiyat – oʻz sathining kategorial xususiyatlari
hamda oʻzining xususiy maʼno va vazifasiga ega
butunlik (bu haqda qarang: [18; 19; 23; 20; 25; 28].
Tilshunoslar zimmasidagi vazifa har bir lisoniy
birlikning muayyan maʼnosidan boshlab unda aks
etuvchi umumlisoniy xossasigacha aniqlashdan iborat.
Shundagina lisoniy birlikning mohiyati ochilganligi
haqida hukm chiqarish mumkin.

Nutq – lisonning voqelanishi, bunda u yaxlitlik

sifatida namoyon boʻladi. Boshqacha aytganda, har bir
nutqiy voqelanishda leksik, morfologik, sintaktik,
uslubiy sathlardan iborat boʻlgan yaxlit tizim oʻzining
barcha

xossalaridan

“namuna”

olgan

holda

voqelanadi.

Bir

sath

ikkinchisining

nutqiy

voqelanishida “koʻmakchi” maqomida boʻladi.

Koʻrinadiki, nutqdagina lisoniy sathlararo

ziddiyat bartaraf boʻladi. Ziddiyat oʻrnini uygʻunlik
egallaydi. Har bir nutqiy parcha – tilning bevosita
voqelanishi hamda “soʻngan” lisoniy ziddiyat sifatida

barcha

zaruriy

sathlarning

hamkorlikda

voqelanishi

mahsuli. Lisonning butunligi uni oʻz

tarkibiy qismlari yigʻindisidan kattaroq alohidalik
sifatida qarashni talab qiladi. Yaʼni nutqiy
voqelanishda

bu

zaruriy

qismlarning

oʻzaro

hamkorligini anglash tadqiqotchidan butun-boʻlak
dialektikasini

in abstracto

holatida emas qabul qilishni

emas, balki anglash va qoʻllay bilishni, shuningdek,
bilish dialektikasining ikki bosqichini teran idrok
qilishni taqozo etadi.

Bilishning biri ikkinchisini taqozo etish

munosabatidagi bosqichlari va ularning tabiati haqida
sharq

tasavvuf

dialektikasida

ham

qimmatli

maʼlumotlar

bor.

Maʼlumki,

mashhur

sharq

faylasuflari Ibn Rushd, Ibn Arabiy, Abu Nasr Forobiy,
Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy,
Abdurahmon Jomiy kabilar fahm va idrok, ularning
ixtilofli munosabati, ular asosida hosil qilinadigan
bilimlar haqida oʻz davri uchun ham, bugun uchun
ham qimmatli fikrlarni bayon etishgan. Afsuski, bu
haqdagi maʼlumotlar bugungi fan va amaliyot uchun
bevosita ularning oʻz asarlari orqali emas, balki ular
ishlarining

yevropa

tillariga

tarjimalari

orqali

“kantcha” va “hegelcha” rivojlantirish va talqinlar
asosida kirib keldi. Vaholanki, tasavvufda zot (shartli
maʼnoda

substansiya

) va tajalli (shartli maʼnoda

aksidensiya

) ziddiyati vositasida nafaqat borliqning

mohiyati, balki uni oʻrganish usullari, bilishning
fahmiy

(tajallining

tashqi

belgi-xususiyatlarini

tavsiflash) va idrokiy (zotni ochish) bosqichlari turli
saviyadagi oʻquvchi uchun rang-barang shaklda bayon
etilgan. Mohiyatan sharq donishmandlari Yusuf Xos
Hojibning “Qutadgʻu bilig”, Ahmad Yugnakiyning
“Hibatul-haqoyiq”,

Nizomiy

Ganjaviyning

“Mahzanul-asror”, shuningdek, minglab “majoz
suvratida

haqiqat

sirlari”ni

oʻzida

jamlagan

hikoyalardan iborat “Mantiq-ut-tayr”, “Ilohiynoma”,
“Ushturnoma”, “Lisonut-tayr” kabi asarlarning
maqsadi

ham

fahmiy

va

idrokiy

bilimlar

dialektikasini, juzv va kull, zot va tajalli ixtilofini
oʻquvchilarga yetkazishdan iborat.

Bilishning bir-birini taqozo etuvchi empirik va

nazariy bosqichi haqidagi taʼlimot – aslida zamonaviy
dialektika uchun sharq tasavvuf falsafasidan meros.
Tasavvufda nazariy bilishning oʻzi yana ichki yetti
bosqichga ajratiladi. Buni mutafakkir Alisher Navoiy
gʻazallari va ularning umumlashmasi boʻlgan
“Lisonut-tayr” dostonida yuksak badiiy mahorat bilan
tasvirlaydi. Navoiyning tassavvuf gnoseologiyasi
haqidagi qarashlarini qisqacha quyidagicha tavsiflash
mumkin:

1)

talab bosqichi.

Zot (Haq) va tajalli

(borliq) munosabatini bilishga boʻlgan talab, Zotni
bilishga ehtiyoj bosqichi;

2)

ishq bosqichi.

Zot va tajalli orasidagi farqni

anglab, Zotga intilish ishtiyoqi;


background image

3)

maʼrifat bosqichi.

Zot va tajalli munosabati

asosida Zotning mohiyatini anglash;

4)

istigʻno

bosqichi.

Zotning

barqaror

sifatlaridan boshqa narsani tan olmaslik;

5)

tavhid bosqichi.

Zotda tajallini, tajallida

Zotni koʻrish, ularni “bir varaqning ikki tomoni” kabi
anglash;

6)

hayrat bosqichi.

Zot va tajallining aslida bir

narsa ekanligidan hayratlanish;

7)

fano bosqichi.

Tajallining yoʻq ekanligi, u

aslida Zot ekanligini anglash darajasiga yetish.

Aytilganlar

asosida

zamonaviy

oʻzbek

tilshunosligining

metodologik

asosi

va

uning

omillarini quyidagicha umumlashtirib berish mumkin:

1)

zot butunlik sifatida.

Har qanday

butunlik alohida bir zot (invariant), oʻz navbatida,
tarkiban murakkab, tashkil etuvchi qismlaridan katta,
oʻziga xos butunlik sifatida alohida obyektiv va
gnoseologik qiymatga ega;

2)

zot yaxlitlik sifatida.

Butunlikning

mohiyati

(zot,

invariant)

bevosita

kuzatishda

berilmagan, u aqliy tahlil – idrok asosida oʻzi mansub
sathning birliklari bilan munosabatlaridagina ochilishi
mumkin. Zot (invariant, lisoniy birlik) tajalli (variant,
nutqiy birlik)da moddiylashadi va tadqiqotchiga
bevosita kuzatishga berilgan boʻladi. Har bir tajallida
qator muvaqqat, oʻtkinchi (mohiyatni belgilamaydigan
va unga aloqador hisoblanmaydigan) belgi-xususiyat
bilan birga, tajalli inʼikosi boʻlgan zotning barqaror
sifatlari ham aks etgan boʻladi;

3)

zot tarkibiy qismlari hamkorligi

sifatida.

Mohiyatan murakkab zot bevosita kuzatishda

berilgan tajallilar shaklida voqelanganda zot tarkibiy
qismlarining barchasi hamkorlikda shu tajallilarda aks
etadi. Shu bois har bir nutqiy birlikda lisonning
tarkibiy

qismlari

boʻlgan

fonologik,

leksik

(semasiologik) morfologik, sintaktik va stilistik
sathlarning oʻzaro hamkorligini koʻrish mumkin.

ADABIYOTLAR

[1]

Apresyan Yu.D. Idei i metodы sovremennoy

strukturnoy lingvistiki. – M.: Prosveщeniye, 1966. – 301 s.

[2]

Afanasyev V.G. Osnovы filosofskix znaniy.

– M.: Mыsl, 1987. – 399 s.

[3]

Bazarov O. Oʻzbek tilida darajalanish. Filol.

fanlari dokt... diss. avtoref. – Toshkent, 1997. – 51 b.

[4]

Gʻiyosov S.T. Oʻzbek tilida subyektiv baho

sifatlarining semik tahlili // Oʻzbek tili va adabiyoti. – 1986.
– № 2. – B. 28-33.

[5]

Giyasov S.T. Semanticheskaya struktura i

komponentnыy analiz kachestvennыx prilagatelnыx v
uzbekskom yazыke, Avtoref. diss. ...kand. filol nauk. –
Tashkent, 1983. – 26 s.

[6]

Gryadovoy D.I. Filosofiya. Strukturnыy kurs

osnovы filosofii. Uchebnoye posobiye. – M.: Щit – M,
1999. – 266 s.

[7]

Dialektika, logika i metodologiya nauki //

Mejvuzovskiy sbornik / Red. kollegiya: P.P.Chupin (otv.
red.) – Sverdlovsk, 1978. – 159 s.

[8]

Dialekticheskaya logika / Pod red. Z.M.

Orudjeva A.P. Щeptulina. – M.: Izd. Moskov. un-ta, 1986. –
296 s.

[9]

Dialekticheskiy i istoricheskiy materializm /

Pod obщ. red. A.P. Щeptulina . – M.: Politizdat, 1985. – 414
s.

[10]

Jabborov N., Neʼmatov H. Nazariy bilish

metodologiyasi // Oʻqituvchilar gazetasi. – 1989. 3-yanvar.

[11]

Ivanov

S.N.

Tyurkskiye

atributivnыe

konstruksii s pokazatelem otnositelnoy svyazi // Uchenыe
zapiski Leningr. un-ta. Seriya vostokovedcheskix nauk. vыp.
11. 1959. – S. 191-197.

[12]

Kamolov F. Hozirgi zamon oʻzbek tili.

Leksika. Fonetika. Grafika va orfografiya. Morfologiya. –
Toshkent: OʻzSSR FA nashriyoti, 1957. – 527 b.

[13]

Kedrov B.M. Yedinstvo dialektiki, logiki i

teorii poznaniya. – M.: Gospolitizdat, 1963. – 295 s.

[14]

Kononov A.N. Grammatika sovremennogo

uzbekskogo literaturnogo yazыka. – M. – L.: Izd-vo AN
SSSR, 1960. – 446 s.

[15]

Kononov A.N. Grammatika uzbekskogo

yazыka. – Tashkent: Uchpedgiz, 1948. – 282 s.

[16]

Kopnin

P.

V.

Gnoseologicheskiye

i

logicheskiye osnovы nauki. – M.: Nauka, 1974. – 568 s.

[17]

Qoʻshoqov Sh.S. Dialektika. Rivojlanish

konsepsiyasi. Oʻquv qoʻllanma. – Samarqand: Samarqand
un-ti nashri, 1996. – 86 b.

[18]

Lomtev

T.P.

Predlojeniye

i

yego

grammaticheskiye kategorii. – M.: Izd-vo Moskov. un-ta,
1972. – 198 s.

[19]

Lomtev T.P. Prinsipы postroyeniya formulы

predlojeniya // Filologicheskiye nauki. 1965. – № 5. – S. 56-
68.

[20]

Madrahimov I. Soʻzning serqirraligi va uni

tasnif qilish asoslari. Filol. fanlari nomz. ...diss. avtoref. –
Toshkent, 1994. – 24 b.

[21]

Mahmudov N., Mirtojiyev M. Til va

madaniyat. – Toshkent: Oʻzbekiston, – 1992. – 110 b.

[22]

Navoiy

A.

Lisonut–tayr.

– Toshkent:

Adabiyot va sanʼat nashriyoti. – 1991. – 255 b.

[23]

Narziyeva M. Semanticheskaya struktura

imen

suщestvitelnыx

vozrastnoy

xarakteristiki

litsa

vuzbekskom yazыke. Avtoref. diss.... kand. filol nauk. –
Tashkent, 1992. – 24 s.

[24]

Neʼmatov H., Bozorov O. Til va nutq. –

Toshkent: Oʻqituvchi, 1993. – 32 b.

[25]

Neʼmatov H., Rasulov R. Oʻzbek tili sistem

leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1995. –
127 b.

[26]

Nigmatov X.G. Funksionalnaya morfologiya

tyurkoyazыchnыx pamyatnikov XI – XII vv. – Tashkent:
Fan, 1989. – 192 s.

[27]

Nurmonov A., Sarimsoqov B. Til sistemasida

soʻzning oʻrni va soʻzlarni turkumlarga ajratish muammolari
// Oʻzbek tili va adabiyoti. – 1995. – № 4. – B.23-26.

[28]

Raspopov

I.P.

Stroyeniye

prostogo

predlojeniya v sovremennom russkom yazыke. – M.:
Prosveщeniye, 1970. – 191 s.

[29]

Sayfullayeva R., Abuzalova M. Gapning eng

kichik qurilish qoliplari haqida // Oʻzbek tili va adabiyoti. –
1991. – № 5. – B. 42-47.

[30]

Sayfullayeva R.R. Hozirgi oʻzbek tilida

qoʻshma gaplarning formal-funksional talqini. – Toshkent:
Fan, 1994. – 360 b.

[31]

Spirkin A.G. Osnovы filosofii. Ucheb. pos. –

M.: Izd-vo politicheskoy lit – rы, 1988. – 592 s.

[32]

Chikobava A.S. Yazыka, kak predmet

yazыkoznaniya. Na materiale zarubejnogo yazыkoznaniya. –
M.: Uchpedgiz, 1959. – 179 s.

[33]

Shahobiddinova

Sh.

Oʻzbek

tili

morfologiyasi

umumiylik

va

xususiylik

dialektikasi

talqinida. Maxsus kurs uchun maʼruzalar. – Andijon:
Nashriyotsiz, 1994. – 34 b.


background image

[34]

Elementы dialektiki. Pod obщ. red. Kedrova

B.M. – M.: Nauka, 1965. – 512 s.

References

Apresyan Yu.D. Idei i metodы sovremennoy strukturnoy lingvistiki. – M.: Prosveщeniye, 1966. – 301 s.

Afanasyev V.G. Osnovы filosofskix znaniy. – M.: Mыsl, 1987. – 399 s.

Bazarov O. Oʻzbek tilida darajalanish. Filol. fanlari dokt... diss. avtoref. – Toshkent, 1997. – 51 b.

Gʻiyosov S.T. Oʻzbek tilida subyektiv baho sifatlarining semik tahlili // Oʻzbek tili va adabiyoti. – 1986. – № 2. – B. 28-33.

Giyasov S.T. Semanticheskaya struktura i komponentnыy analiz kachestvennыx prilagatelnыx v uzbekskom yazыke, Avtoref. diss. ...kand. filol nauk. – Tashkent, 1983. – 26 s.

Gryadovoy D.I. Filosofiya. Strukturnыy kurs osnovы filosofii. Uchebnoye posobiye. – M.: Щit – M, 1999. – 266 s.

Dialektika, logika i metodologiya nauki // Mejvuzovskiy sbornik / Red. kollegiya: P.P.Chupin (otv. red.) – Sverdlovsk, 1978. – 159 s.

Dialekticheskaya logika / Pod red. Z.M. Orudjeva A.P. Щeptulina. – M.: Izd. Moskov. un-ta, 1986. – 296 s.

Dialekticheskiy i istoricheskiy materializm / Pod obщ. red. A.P. Щeptulina . – M.: Politizdat, 1985. – 414 s.

Jabborov N., Neʼmatov H. Nazariy bilish metodologiyasi // Oʻqituvchilar gazetasi. – 1989. 3-yanvar.

Ivanov S.N. Tyurkskiye atributivnыe konstruksii s pokazatelem otnositelnoy svyazi // Uchenыe zapiski Leningr. un-ta. Seriya vostokovedcheskix nauk. vыp. 11. 1959. – S. 191-197.

Kamolov F. Hozirgi zamon oʻzbek tili. Leksika. Fonetika. Grafika va orfografiya. Morfologiya. – Toshkent: OʻzSSR FA nashriyoti, 1957. – 527 b.

Kedrov B.M. Yedinstvo dialektiki, logiki i teorii poznaniya. – M.: Gospolitizdat, 1963. – 295 s.

Kononov A.N. Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazыka. – M. – L.: Izd-vo AN SSSR, 1960. – 446 s.

Kononov A.N. Grammatika uzbekskogo yazыka. – Tashkent: Uchpedgiz, 1948. – 282 s.

Kopnin P. V. Gnoseologicheskiye i logicheskiye osnovы nauki. – M.: Nauka, 1974. – 568 s.

Qoʻshoqov Sh.S. Dialektika. Rivojlanish konsepsiyasi. Oʻquv qoʻllanma. – Samarqand: Samarqand un-ti nashri, 1996. – 86 b.

Lomtev T.P. Predlojeniye i yego grammaticheskiye kategorii. – M.: Izd-vo Moskov. un-ta, 1972. – 198 s.

Lomtev T.P. Prinsipы postroyeniya formulы predlojeniya // Filologicheskiye nauki. 1965. – № 5. – S. 56-68.

Madrahimov I. Soʻzning serqirraligi va uni tasnif qilish asoslari. Filol. fanlari nomz. ...diss. avtoref. – Toshkent, 1994. – 24 b.

Mahmudov N., Mirtojiyev M. Til va madaniyat. – Toshkent: Oʻzbekiston, – 1992. – 110 b.

Navoiy A. Lisonut–tayr. – Toshkent: Adabiyot va sanʼat nashriyoti. – 1991. – 255 b.

Narziyeva M. Semanticheskaya struktura imen suщestvitelnыx vozrastnoy xarakteristiki litsa vuzbekskom yazыke. Avtoref. diss.... kand. filol nauk. – Tashkent, 1992. – 24 s.

Neʼmatov H., Bozorov O. Til va nutq. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1993. – 32 b.

Neʼmatov H., Rasulov R. Oʻzbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1995. – 127 b.

Nigmatov X.G. Funksionalnaya morfologiya tyurkoyazыchnыx pamyatnikov XI – XII vv. – Tashkent: Fan, 1989. – 192 s.

Nurmonov A., Sarimsoqov B. Til sistemasida soʻzning oʻrni va soʻzlarni turkumlarga ajratish muammolari // Oʻzbek tili va adabiyoti. – 1995. – № 4. – B.23-26.

Raspopov I.P. Stroyeniye prostogo predlojeniya v sovremennom russkom yazыke. – M.: Prosveщeniye, 1970. – 191 s.

Sayfullayeva R., Abuzalova M. Gapning eng kichik qurilish qoliplari haqida // Oʻzbek tili va adabiyoti. – 1991. – № 5. – B. 42-47.

Sayfullayeva R.R. Hozirgi oʻzbek tilida qoʻshma gaplarning formal-funksional talqini. – Toshkent: Fan, 1994. – 360 b.

Spirkin A.G. Osnovы filosofii. Ucheb. pos. – M.: Izd-vo politicheskoy lit – rы, 1988. – 592 s.

Chikobava A.S. Yazыka, kak predmet yazыkoznaniya. Na materiale zarubejnogo yazыkoznaniya. – M.: Uchpedgiz, 1959. – 179 s.

Shahobiddinova Sh. Oʻzbek tili morfologiyasi umumiylik va xususiylik dialektikasi talqinida. Maxsus kurs uchun maʼruzalar. – Andijon: Nashriyotsiz, 1994. – 34 b.

Elementы dialektiki. Pod obщ. red. Kedrova B.M. – M.: Nauka, 1965. – 512 s.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов