UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA TARBIYA FANLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI

HAC
Google Scholar
To share
Atakov, I. . (2024). UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA TARBIYA FANLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI. Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27947
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada Umumta’lim maktablarining 5-6-sinflarda tarbiya fanini o‘qitishda o‘qituvchilarning darslarda pedagogik texnologiya, interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradigan fikrlar bayon qilingan.

Similar Articles


background image

UMUMIY O

RTA TA’LIMDA TARBIYA FANLARINI O‘QITISHNING DOLZARB MASALALARI.

Atakov Ibrat Rajabboyevich

1

1

Toshkent amaliy fanlar universiteti Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

e-mail:

ibrat@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10442488

ANNOTATSIYA

Maqolada Umumta’lim maktablarining 5-6-sinflarda tarbiya fanini o‘qitishda o‘qituvchilarning darslarda

pedagogik texnologiya, interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini
kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam
beradigan fikrlar bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

interfaol usullar, texnikaviy, axborotli, audiovizualli faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat,

majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom e'tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag‘rikenglik,
ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi.

KIRISH.

“Tarbiya” fani O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta'lim
muassasalarida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab
joriy qilindi. Ushbu fan Uzluksiz ma'naviy tarbiya
konsepsiyasining bir qismi sifatida o‘quvchilarda
“Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari” g‘oyasini
singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga
tayyorlash, faol fuqarolik pozitsiyasi, mas'uliyat,
majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran
dunyoqarash, sog‘lom e’tiqodlilik, ma'rifatparvarlik,
bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni
maqsad qilib qo‘ygan. Inson jamiyatda farovon
yashashi uchun u yaxshi ta’lim-tarbiya korgan
bo‘lishi

kerak.

Zero,

yurtboshimiz

ham

“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak
intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo‘lib,
dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi
sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol
topishi,

baxtli

bo‘lishi

uchun

davlatimiz

va

jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar
etamiz”

1

, deya ta’kidlaydilar. Tarbiya fanini

o‘qitishda didaktik o‘yinlardan, interfaol usullardan
foydalanish

ta'lim

jarayonida

o‘quvchilarni

o‘qitish,tarbiyalash va kamol toptirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Didaktika – ta'lim nazariyasi
hisoblanadi. Didaktik o‘yinlar esa o‘quvchilarning
ijodiy ish faoliyatini kuchaytiradi,ixtiyoriy diqqatini
jamlashga

yordam

beradi,shuningdek

xotirani

takomillashtiradi.

Didaktik

o‘yin

jarayonida

o‘quvchilar o‘zlari sezmagan holda juda ko‘p
harakatlarni,mashqlarni bajaradilar,turli masalalarni
yechadilar

2

.

1

Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik

O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.:
O‘zbekiston, 2016. –14-b.

2

Pirnazarova A. Tarbiya fanini o‘qitishda yangi

pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va unda ta’lim
va tarbiyaning uzviyligi: tarbiya fanini o'qitishda

METODOLOGIYA.
Tarbiya

fanini

o‘qitish

metodikasini

takomillashtirish quyidagilarni tashkil qiladi:

Birinchidan

, o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan

muhokama qilish va ulardan o‘quv usullarining
samarali

ishlayotganini

o‘rganish

orqali

foydalanishlari

tavsiya

etiladi.

O‘quvchilarning

qanday o‘rganishganlarini bilish va ulardan
ma'naviyatli foydalanishga intilish yordam beradi.

Ikkinchidan,

kompyuter

texnologiyalari,

internet va multimedia resurslaridan qoniqarli
foydalanish, o‘quvchilarni interaktiv ta'lim jarayonida
qatnashish

va

ularni

yangi

ma'lumotlarga

o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi.

Uchinchidan,

o‘quvchilarning o‘z o‘zlarini

o‘rganish va o‘qish usullarini boshqarishga imkon
beruvchi mudhish-fan metodikasi ishlatish tavsiya
etiladi. Bu, o‘quvchilarni o‘zlashtirish va o‘rganishga
qo‘shimcha ta'sir qiladi.

To‘rtinchidan

, o‘quvchilarni amaliyotlar

yaratishga va o‘quv materialini amaliyotlar orqali
o‘rganishga rag‘batlantirish yordamida ta'limning
ko‘proq interaktiv va amaliy usulga o‘tkazilishi
taqdim etiladi.

Beshinchidan

, o‘quvchilar orasida jamoaviy

va guruh ishlashni ta'lim jarayonida qo‘llash
yordamida ularni bir-birlari bilan o‘z fikrlarini
o‘zlashtirish va o‘rganishni oshirishga yordam beradi.

Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, aqliy,

ruhiy, axloqiy va ma’naviy sifatlarni shakllantirishga
qaratilgan pedagogik jarayondir. Insonning jamiyatda
yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega
bo‘lishini ta’minlash yo‘lida qo‘llaniladigan chora-
tadbirlar majmuasi tarbiyani tashkil qiladi. Tarbiya
insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va
abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham,
kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki
odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan
qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa

didaktik o'yinlar//Yangi Oʻzbekiston talabalari
axborotnomasi 2022. 77-78b.


background image

avlodga o‘tadi. Zamonaviy o‘quv dasturlari va
qo‘llanmalardan foydalanish, o‘quv materialini
tartibga

solish

va

o‘quvchilarning

mustaqil

o‘rganishiga

qo‘shimcha

yordam

beradi.

Takomillashtirilgan tarbiya fanini o‘qitish metodikasi
o‘quvchilarni o‘z fikrlarini ifodalash, tahlil qilish,
kreativ

fikrlash

va

jamoaviy

ishlashga

rag‘batlantiradi. Bu esa ularni mustaqil, fikriy va
jamiyatga foydali fuqarolar sifatida tayyorlashda
muhim ahamiyatga ega

3

.



NATIJA.

Pedagogik adabiyotlarda “tarbiya” atamasi keng

va tor ma’nolarda qo‘llaniladi.

Keng ma’noda

tarbiya

inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab
chiqarishi va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotida
faol ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha
ta’sirlar,

tadbirlar,

harakatlar

va

intilishlar

yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya
faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida
olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun
ijtimoiy tuzum,
uning yetakchi g‘oyalari va
san’atning barcha turlarini o‘z ichiga oladi.
Shuningdek, keng ma’nodagi tarbiya tushunchasi
ichiga ta’lim va ma’lumot ham kiradi.

Tor

ma’noda

tarbiya

shaxsning

jismoniy

rivoji,

dunyoqarashi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi va estetik
didi o‘stirilishiga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni
anglatadi. Bunda oila va tarbiyaviy muassasalar
hamda jamoat tashkilotlari tarbiya ishini amalga
oshiradi.

Ta’lim va ma’lumot olish tor ma’nodagi tarbiya

tushunchasi ichiga kirmaydi. Lekin har qanday
tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina
mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish
jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina
qolmay, balki, axloqiy-ma’naviy sifatlari qaror
topishi ham tezlashadi.

Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday

mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Yosh avlodning, umuman, jamiyat a’zolarining
tarbiyasi bilan yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat
turg‘unlik va inqirozga uchraydi. Negaki, o‘sishi va
rivojlanishi uchvun har qanday jamiyatda ham
moddiy va ma’naviy boyliklar qatorida tarbiya ham
rivojlanib boradi. Tarbiya nazariyasining umumiy
xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi: Mazkur
masalalar tarbiya nazariyasining negizi sifatida
O‘zbekistonda ta’sis etilgan yangi “Tarbiya” fani
asoslarini tashkil etadi. Shu sababli jamiyatda
tarbiyaning o‘rni, ahamiyati va amaliyoti odamlar
tomonidan yetarli darajada idrok etilmoqda. Mazkur
masala bo‘yicha

bo‘lajak

boshlang‘ich sinf

o‘qituvchilari nazariy bilim, kasbiy ko‘nikma va
amaliy kompetensiyalar bilan qurollanishi kerak.

3

Sapayev V. Tarbiya fanini o’qitishning ayrim

dolzarb masalalari// Oriental Renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 =
6.131 / ASI Factor = 1.7 3(8), August, 2023

“Tarbiya” fani amaldagi quyidagi fanlarni

qo‘shish hisobiga tashkil etildi:

Buning natijasida yangi fan shakllantirildi. Ushbu
“Tarbiya”

fanining metodologik

asoslarini

quyidagilar tashkil etadi: Mazkur fanni o‘zlashtirish
va

uni

o‘qitishning

metodikasini

takomillashtirish

zaruriyati

quyidagilar

bilan

belgilanadi: fanning asoslarini chuqur bilish; fanni
o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy pedagogik,
innovatsion

hamda

axborot

texnologiyalarini

egallash; tarbiya masalasiga doir ilmiy-tadqiqotlarni
o‘rganib borish; inson va jamiyat hayotida
tarbiyaning tutgan o‘rnini to‘liq idrok etish; fan
vositasida o‘quvchilarini tarbiyalash metodlari va
texnologiyalarini bilish; fanni o‘qitish bo‘yicha
individual pedagogik tajribaga ega bo‘lish. Shu
jihatdan “Tarbiya” fanini o‘qitishda quyidagilarga
e’tibor berish va ularni o‘zlashtirish zaruriyat
hisoblanadi:

davlat ta’lim standartlari talablari asosida

o‘quvchilar tomonidan odob-axloq, bilim, ko‘nikma,
malaka

va

kompetentsiyalarning

to‘liq

o‘zlashtirilishiga erishish; o‘quvchilarda mustaqil va
erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish; o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va
global

tafakkur

yuritish

kompetentligini

shakllantirish; umumta’lim fanlarini o‘qitishning
printsipial yangi metodologiyasi asosida tarbiyaning
uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash.

“Tarbiya” fanini o‘qitishda 5-6-sinflarning dars

jarayonidagi faolligini oshirishda ularni jamoaviy
ishlashga, fikr almashishga undaydigan interfaol
usullardan samarali foydalanish mazkur fanning sifat
va samaradorligini oshiradi.

MUHOKAMA.

Tarbiya darsini vijdon, insof, rostgo‘ylik

kabi muhim tushunchalarni anglatishdan boshlash
kerak. 6-sinf o‘quvchilari uchun rostgo‘ylik haqida
bilib olish muhim hayotiy ko‘nikma bo‘ladi.
Vijdonan yashash, halol va rostgo‘y bo‘lishi inson
uchun nihoyatda muhim.

1-Dars. Vijdonan yashash (2 soatga mo‘ljallangan)
Mashg‘ulotdan ko‘zlangan maqsad:

-rostgo‘y bo‘lish nimani anglatishini tushuntirish;

-

boshqalarga nisbatan halol va rostgo‘y
bo‘lishni o‘rgatish;

-

rostgo‘ylik

nima

uchun

kerakligini

anglatish.

1-topshiriq. Matnni sinchkovlik bilan o‘qing.

Matn

Siz qiyshiq oynalar mamlakatiga tushib

kolganingizni tasavvur qiling. Bu mamlakatda
yashovchilar na o‘ziga, na o‘zgalarga rost
so‘zlamaydilar. Qiyshiq oynalarda o‘z aksini topgan
mamlakat

hayoti

murakkab,

tushunarsiz,

muammolarga to‘la. Agar Siz bu o‘lkaga tushib
qolsangiz, na o‘zingizni tushunasiz, na boshqalarni,
duch kelgan voqealarini ham anglab yeta olmaysiz
Xattoki qiyshiq oynalarda o‘zingizni ko‘ra olmaysiz,
o‘zligingizni anglay olmaysiz.


background image

Biroq Sizni nafaqat bu mamlakatdagi

hayotingizni, balki xaqiqiy hayotingizni o‘zgartira
oladigan bir insoniy xislat bor. Bu rostgo‘ylik.
Agarda inson har doim rost gapirsa, uning hayoti
oson va yengil, sodda bo‘ladi. O‘z-o‘zini aldashga,
soxta bo‘lishga xarakat qilib, kuchlarni ketkazish
kerak bo‘lmaydi. Aslida nima bo‘layotganini
faqatgina rostgo‘ylik ochib beradi, voqelikdagi
hayotni ko‘rsatib beradi.

Rostgo‘ylik

– asosiy insoniy xislatlardan

biri bo‘lib, boshqa insonlar bilan muloqotda
bo‘lganda rostgo‘y, samimiy, halol bo‘lishni,
boshqalarni aladamaslikni, o‘zligini yuqotmaslikni,
o‘g‘irlikni inkor etish, soxta bo‘lmaslik, va’dalarni
berib bajarishda ishonchli bo‘lish demakdir.

Rostgo‘y odam o‘z xato va aybini tan oladi,

nohaq bo‘lsa o‘zini oqlamaydi, boshqalarni qanday
mezonlar bilan baholasa, o‘zini ham shunday
baholaydi. Bunday odam har qanday holatda ham
xaqiqatdan voz kechmaydi, o‘z nuqtai nazari va
munosabatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytadi, o‘g‘irlik qa
firibgarlik qilmaydi, ahloq meyyorlariga rioya qiladi,
qonunlarni buzmaydi.
1.O‘zgalar va o‘z oldida rostgo‘y bo‘lishdagi
sifatlarni jadvalga yozing.
2.O‘z oldida rostgo‘y bo‘lib, boshqalar bilan
yolg‘onchi bo‘lish mumkinmi? Yoki, aksincha,
o‘zgalar bilan rostgo‘y bo‘lib o‘z oldida yolg‘onchi
bo‘lish mumkinmi? Fikringizni ayting.
3.Siz uchun qay biri muhimroq: o‘zi oldidami yoki

o‘zgalar oldida?

Keys stadi: Vaziyatli tahlil 1:

Said hovlida

do‘stlari bilan o‘ynardi. O‘yin qiziqarli va hayajonli
edi. Vaqt tez o‘tib ketdi, kech kirdi. Said onasining
ovozini eshitdi, onasi uni uyga chaqirayotgan edi.
Said darhol koptokni qo‘ydi-da, kurtka va sumkasini
olib uyga chopib ketmoqchi ediyam-ki, uni Akmal
to‘xtadi:

– Qaerga? Ketma, biz hali o‘yinni

tugatmadik-ku! Bizning jamoamiz yutay deyapti-ku!

Men

ketishim

kerak.

Onamlarga

chaqirishingiz

bilanoq

kelaman

deb

va’da

berganman.

– Ketma, qol, o‘yinni tugataylik. Keyin

oyingga chaqirganingizni eshitmadim dersan?! – deb
taklif qildi Sardor.

– Ammo men eshitdim, siz ham eshitdingiz,

– deb javob berdi Said.

– Lekin oying eshitganingni bilmaydilar-ku!
– Ha, sen xaqsan, ular bilmaydilar, ammo

men bilaman-ku, dedi qat’iyatlik bilan Said va uyga
yugurib ketdi.
1.Rostgo‘ylik nima?
2.Said kimga nisbatan rostgo‘ylik qildi: o‘zi yoki

o‘zgalarga nisbatanmi? Javobingizni asoslab bering.
3.Rostgo‘ylik

so‘ziga

ma’nodoshi

va zid

ma’nolilarni yozing.

Rostgo‘ylik tushunchasi bilan yonma-yon

vijdon tushunchasi turadi. Vijdon har birimizda bor.
Vijdonni ichki to‘siq bilan solishtirish mumkin, biz
noto‘g‘ri

va

adolatsiz

xarakat

qilmoqchi

bo‘lganimizda bizga vijdon tusqinlik qiladi. U
go‘yoki bizni yomon xarakatlardan ogohlantiruvchi

va ahloqiy xamda ma’naviy qadr-qimmatlarga rioya
qilib yashashga undovchi ichki ovozdir. Vijdon – bu
bizning qudratli yo‘lboshchimiz, u bizga qaysi
tarafga yurishimiz lozimligini va to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri

yurayotganimizni

ko‘rsatadigan

sifatimizdir.

Vijdonan yashagan odam o‘ziga foydasi

tegmasa ham rostgo‘ylik bilan harakat qiladi.
“Vijdonim qiynalyapti”, “vijdon azobi” degan
iboralar

hammamizga

tanish.

Bu

– yolg‘on

gapirganimiz, soxta bo‘lganimiz, noto‘g‘ri, nojo‘ya
xarakatlarimiz natijasida paydo bo‘lgan ichki
bezovtalik, aybdordik hissi. Ba’zida bunday holat
shu qadar kuchli bo‘ladi-ki, inson tinch yashay
olmaydi, o‘qiy olmaydi, ishlay olmaydi. Vijdonimiz
o‘tgan ishlarga emas, kelajakda qiladigan ishlarimizni
baholab berishi lozim, ya’ni bizni achinishimizga
emas, balki noto‘g‘ri harakatni bajarishimizning
oldini olishi, ogohlantirishi, ezgulikka yo‘naltirishi
kerak.

Sezgirlik – bu boshqa insonlarni tushunish,

ularning kayfiyatini sezish, hissiyotlarini hurmat
qilish, xohishlariga ko‘ra ular bilan munosabatda
bo‘lish. Insonga ziyon yetkazmaslik, uning jismoniy
va ruhiy sog‘lig‘iga zara yetkazmaslik uchun
rostgo‘ylikdan

cheklanish

lozimligi

xaqida

yozilmagan ahloqiy qoidalar bor.

Vaziyatli tahlil 2:

Sinfga yangi qiz keldi.

Uning ismi Nigora edi. U uyatchan, kamgap,
muloqotga kirishishi qiyin edi. Biroz keyinroq
sinfdagilar unda tug‘ma til nuqsoni borligini bildi.
Nigora hayajonlanganida tutilib, duduqlanib gapirar
ekan. Lekin boshqalarni mensimagan, o‘ziga haddan
ziyod ishongan va tiliga kelganni qaytarmaydigan
dugonalar – Zamira va Asal Nigoraning oldiga kelib
uni savollarga tutdilar.

– Seni isming nima?– deb so‘radi Asal.

Sen bizning maktabga qaerdan

kelding? Sen a’lochimisan? Yoki yomon o‘qiysanmi?
Sochingdagi to‘g‘nog‘ichni kim bergan, oyingmi?

Nigoraga ketma-ket savollar berildi. U javob

berishga harakat qilar edi, ammo quruqlikda qolgan
baliqdek og‘zini ochib, yopar edi. Notanish joyda
hayajonlanib, o‘zini yo‘qotib qo‘ydi-da:

Eeee

Mmmmennni

iiiissssmiiiiim

Nnigoooora.

Vooy, sen duduqmisan? Anchadan

beri duduqlanasanmi? Logopedga borasanmi?
Tug‘ma duduqmisan? Yoki keyin duduqlanib
qolganmisan? Mening oyim logopedlar, ular tug‘ma
duduqlikni davolash juda qiyin deb aytadilar, seni
onam bilan tanishtirib qo‘yaymi? – deb aytdi
Zamira.

Nigora avvalgidek javob berishga harakat

qilib, og‘zini ochib yopar edi, uning ko‘zlaridan duv-
duv yosh oqar edi.
1.Zamira va Asal to‘g‘ri harakat qildimi?
2.Bunday vaziyatda nima ko‘proq kerak edi –
rostgo‘ylik yoki sezgirlikmi?
3.Bunday vaziyatda rostgo‘y bo‘lish shartmidi?
Nimaga?


background image

“Yolg‘on so‘zlovchi – o‘g‘ri kabi, o‘g‘ri

mulkingni chalsa, yolg‘onchi – aqlingni”. Ibrohim
Xusri.

“Nutqning haqiqatligi va sozligi yaxshidir,

ammo haqiqat so‘zlari nihoyatda go‘zaldir”. Alisher
Navoiy

“Chin so‘z mo‘tabar – yaxshi so‘z muxtasar”
“Shunday yashaginki, bolalaring xaqiqat va

adolat to‘g‘risida o‘ylaganida, seni eslashsin”.
Jekson Braun

“Yolg‘on

gapirayotganingni

bilsang,

gapdan to‘xtash hech qachon kech emas” A. Dyuma
(o‘g‘il).

Mustaqil tayyorlanish uchun vazifa

“Rostgo‘ylik – mening odatim!” mavzusida esse

yozing.

2-topshiriq

. Hikoyani diqqat bilan o‘qing.

Oxirini o‘ylab tugatib qo‘ying.

Uzoq kutilgan yoz keldi. Beshinchi sinf

o‘kuvchilari Karim va Salir birinchi marta yozga
lagerga yo‘l olishdi. Bolalar juda xursand ediki, ota-
onalarning barcha nasihatlarini eshitishmadi:

- Bolalar, bu tog‘ lageri, - dedi otasi, - juda

ehtiyot bo‘ling, tarbiyachining aytganlarini qilinglar,
eng asosiysi yaxshi dam olinglar!

Otaning

so‘nggi

so‘zlari

bolalarning

xotirasida qoldi, faqat yaxshi dam olish haqidagi
so‘zlar qoldi.

Lagerga kelgandan keyin bir necha kun

o‘tkach, Karim va Samir Guruhi baland toqqa
sayohatga chiqdi. Guruh erta tongda uyg‘ondi,
bolalar barcha zarur narsalarni yig‘ishdi va tarbiyachi
bilan birga yo‘lga tushishdi.

Guruh tushlikka to‘xtaganda, quyosh tikkaga

kelgan edi. Tarbiyachi gulxan yoqdi, bolalar pishirish
uchun kartoshkani olishdi. Bu orada Karim aylanib
kelmoqchi bo‘ldi. U kichik tog‘ daryosiga bordi. Kun
juda issiq edi va Karim suzishga qaror qildi. Bola uni
kutayotgan xavf haqida payqamadi ham.

Karimning g‘oyib bo‘lganini Samir payqadi.

U chaqira boshladi va butun Guruh bolani qidira
boshlashdi, lekin hech kim gulxan haqida o‘ylamadi
...

Savollar va topshiriqlar:

1. Matnda bolalarning otasi lagerda o‘zini

tutish haqida nasihat qilgan joyini toping. Nima
uchun bolalar ota-onalarning nasihatlariga quloq
solishmadi?

2. Guruh bolalari va ularning tarbiyachisi

qanday xatoga yo‘l quyishdi? Bunday xatolar qanday
oqibatlarga olib kelishi mumkin?

Yoz – bu hamma, ayniqsa uzoq o‘quv yilidan

keyin maktab o‘quvchilari imkoni boricha ko‘proq
vaqt tabiat qo‘ynida bo‘lishga, toza havodan nafas
olishga va kuch to‘plashga intilishadi. Buning uchun
kimdir dala hovliga, kimdir tabiat qo‘yniga, tog‘ga,
kimdir sog‘lomlashtirish lagerlariga boradi.

Ammo odam qaerga bormasin, u dam olish

vaqtida xavfsizlik va ahloq qoidalarini bilishi va
ularga rioya qilishi kerak. Aks holda, tuzatib
bo‘lmaydigan falokat yuz berishi mumkin.

3-topshiriq

. Nomlarga rasm tanlang:

Tabiatni iflos qilmang, daraxt shoxlarini

sindirmang, o‘simliklarni ildizlari bilan uzmang,
tanimaydigan

mevalarni

yemang,

yovvoyi

hayvonlarga

tegmang,

gulxanni

o‘chirishni

unutmang.

XULOSA.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,

“Tarbiya” fanini o‘qitish umumiy o‘rta ta’limda joriy
etilishi orqali o‘quvchini ma’naviy jihatdan yetuk
shaxsga aylantirish mumkin. Umuman, o‘qituvchi
tarbiya darsida o‘quvchini komil inson sifatida
farovon yashashi uchun zarur bo‘ladigan eng muhim
sifatlarni bosqichma-bosqich o‘rgatib borishi tavsiya
etiladi.Zero, mazkur fan imkoniyatlari o‘quvchida
uning uchun umri davomida har daqiqa zarur
bo‘ladigan axloqiy sifatlarni rivojlantirishga sharoit
yaratib berishi lozim. Mazkur maqolada vijdon,
rostgo‘ylik va insof kabi ma’naviy fazilatlar va
tushunchalar ochip berildi. Keyingi tadqiqotlarda
havas, hasad, muvaffaqiyat, mag‘lubiyatdan chiqish
kabi muhim tushunchalar haqida ilmiy izlanishlar
olib boriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

tushunishda va undan foydalanishda, muloqot ko'nikmalarini va madaniy kompetentsiyani rivojlantirishda, shu

bilan birga o'quv jarayonini yanada qiziqarli tashkil qilishda ijobiy ta'sir ko’rsatadi.


ADABIYOTLAR:

[1] Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.:
O‘zbekiston, 2016. –14-b.
[2] M.Quronov, Y,Risyukova, O.Tigay, O.Usmanova, S.Xafizov 5-sinf Tarbiya darsligi. T.G.Gulom
nomidagi nashriyot matbaa uyi. T. 2020 yil. 105 bet.
[3] M.Quronov, Y,Risyukova, O.Tigay, O.Usmanova, S.Xafizov 6-sinf Tarbiya darsligi. T.G.Gulom
nomidagi nashriyot matbaa uyi. T. 2020 yil. 108 bet.

[4] Pirnazarova A. Tarbiya fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va unda ta’lim va
tarbiyaning uzviyligi: tarbiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlar//Yangi Oʻzbekiston talabalari axborotnomasi
2022. 77-78b.


background image

[5] Sapayev V. Tarbiya fanini o‘qitishning ayrim dolzarb masalalari// Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(8), August, 2023
[6] M.E.Axmedova. Pedagogika Darslik.T. Tibbiyot matbaa nashriyot uyi 2022 y. 207 b.

[7]Axmedova M.E (hammualliflikda) Pedagogik mahorat va tibbiy pedagogikaning kasbiy kompetentligi.
O‘quv-uslubiy qo‘llanma T.: “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi MCHJ, 2021-62-63b.(126)
[8] Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari

(tilshunoslik

fanlari misolida).

Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.

[9]. Axmedova M. (hammualliflikda) –Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T.:, Fan va texnologiya nashriyoti. 2018.
— 393 b (102-b).

[10].Axmedova M.E.U.A.Tashkenbayeva., E.Suyunova Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti ( Darslik)
– T.: Tibbiyot matbaa, 2022.

[11].Qodirov

B.

Komil

inson

tarbiyasining

pedagogik

asoslari.

–T.: Mehnat, 2001. -195 b.

[12] Quronov M. Maktab ma’naviyati va milliy tarbiya. –T.: Fan, 1995. -118 b.

References

Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: O‘zbekiston, 2016. –14-b.

M.Quronov, Y,Risyukova, O.Tigay, O.Usmanova, S.Xafizov 5-sinf Tarbiya darsligi. T.G.Gulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. T. 2020 yil. 105 bet.

M.Quronov, Y,Risyukova, O.Tigay, O.Usmanova, S.Xafizov 6-sinf Tarbiya darsligi. T.G.Gulom nomidagi nashriyot matbaa uyi. T. 2020 yil. 108 bet.

Pirnazarova A. Tarbiya fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va unda ta’lim va tarbiyaning uzviyligi: tarbiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlar//Yangi Oʻzbekiston talabalari axborotnomasi 2022. 77-78b.

Sapayev V. Tarbiya fanini o‘qitishning ayrim dolzarb masalalari// Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(8), August, 2023

M.E.Axmedova. Pedagogika Darslik.T. Tibbiyot matbaa nashriyot uyi 2022 y. 207 b.

Axmedova M.E (hammualliflikda) Pedagogik mahorat va tibbiy pedagogikaning kasbiy kompetentligi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma T.: “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi MCHJ, 2021-62-63b.(126)

Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari (tilshunoslik fanlari misolida). Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.

. Axmedova M. (hammualliflikda) –Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T.:, Fan va texnologiya nashriyoti. 2018. — 393 b (102-b).

.Axmedova M.E.U.A.Tashkenbayeva., E.Suyunova Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti ( Darslik) – T.: Tibbiyot matbaa, 2022.

.Qodirov B. Komil inson tarbiyasining pedagogik asoslari.

–T.: Mehnat, 2001. -195 b.

Quronov M. Maktab ma’naviyati va milliy tarbiya. –T.: Fan, 1995. -118 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов