Yangi O‘zbekistonda barqaror milliy taraqqiyotni taʼminlashda maʼrifat: ijtimoiy-falsafiy konsepuallashuv

HAC
Google Scholar
To share
Samarov, R., & Raxmonov, D. (2024). Yangi O‘zbekistonda barqaror milliy taraqqiyotni taʼminlashda maʼrifat: ijtimoiy-falsafiy konsepuallashuv. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28123
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Barcha taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning bugun kundagi taraqqiyotga erishishida taʼlim omili muhim rol o‘ynaganligi hech kimga sir emas. Taraqqiyot sari intilayotgan Yangi O‘zbekistonda taʼlim tizimi masalasidagi islohotlar davlat ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi sifatida qaralib, o‘tgan davr mobaynida sezilarli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etilib, ularning institutsional asoslar takomillashtirildi. Va bu jarayon uzluksiz davom ettirilib, tegishli xulosalar chiqarilmoqda. Mazkur maqolada aynan amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorlik masalasiga eʼtibor qaratilib, bunda taʼlim tizimidagi akademik mobillikni taʼminlash maqsadida malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish masalalari, buyurtmachilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va buyurtmachining talabi bo‘yicha klassifikatorlarni ishlab chiqish masalasi, taʼlim muassasasining moddiy bazasini zamonaviy tarzda barpo etishga doir masalalar, taʼlim muassasasini axborot-resurslari bilan taʼminlanganligini o‘rganish masalasi, taʼlim muassasasida talabalikka qabul qilish tizimini optimallashtirish va taʼlim muassasasi imijini shakllantirishga doir turli nazariy yondashuvlar tadqiq etilgan.


background image

Yangi O‘zbekistonda barqaror milliy taraqqiyotni taʼminlashda maʼrifat:

ijtimoiy-falsafiy konsepuallashuv


Samarov Rustamjon Sadriddinovich

1

, Raxmonov Dusmurod Abdinazarovich

2

1 Toshkent amaldiy fanlar universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori (DSc), O‘zbekiston, Toshkent 100149, Gavhar 1.

2 Toshkent amaldiy fanlar universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston, Toshkent 100149, Gavhar 1.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10466931

Annotatsiya

Barcha taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning bugun kundagi taraqqiyotga erishishida taʼlim omili

muhim rol o‘ynaganligi hech kimga sir emas. Taraqqiyot sari intilayotgan Yangi O‘zbekistonda taʼlim tizimi masalasidagi islohotlar davlat
ijtimoiy siyosatining ajralmas qismi sifatida qaralib, o‘tgan davr mobaynida sezilarli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq
etilib, ularning institutsional asoslar takomillashtirildi. Va bu jarayon uzluksiz davom ettirilib, tegishli xulosalar chiqarilmoqda. Mazkur
maqolada aynan amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorlik masalasiga eʼtibor qaratilib, bunda taʼlim tizimidagi akademik mobillikni
taʼminlash maqsadida malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish masalalari, buyurtmachilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va
buyurtmachining talabi bo‘yicha klassifikatorlarni ishlab chiqish masalasi, taʼlim muassasasining moddiy bazasini zamonaviy tarzda barpo
etishga doir masalalar, taʼlim muassasasini axborot-resurslari bilan taʼminlanganligini o‘rganish masalasi, taʼlim muassasasida talabalikka
qabul qilish tizimini optimallashtirish va taʼlim muassasasi imijini shakllantirishga doir turli nazariy yondashuvlar tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

taraqqiyot, taʼlim, konseptual, strukturaviy-funksional, ijtimoiy institut, barqarorlik, model, kognitiv, individual,

guruhiy.

1 KIRISH

Maʼrifat – ijtimoiy institut sifatida jamiyat

ravnaqini saqlovchi muhim omil hisoblanib, jamiyat
rivojlanishni taʼminlash va islohotlarni amalga oshirishda
sohaviyligi,

tarixiyligi

va

boshqa

jihatlari

bilan

institutsionallashadi. Maʼrifat, vazifadorligi jihatidan
jamiyatning har bir sohasini tizim tarzida amal qilishi va
rivojlanish dinamikasini taʼminlash uchun xizmat qilib,
yangi

texnologiyalarni

yaratish

va

tatbiq

etish,

takomillashtirish, ularni diagnostikasini amalga oshirish,
prognoz qilish, sohaviy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash,
ularni bartaraf etish usul va vositalarini qo‘llash yo‘llarini
belgilab beradi. Bu holat, o‘z navbatida ijtimoiy buyurtma
sifatida taʼlim oldida bir qator yangi vazifalarni qo‘yishni
taqozo etadi. Vazifalar milliy manfaatlar va ehtiyojlarni
qondirishni inobatga olgan holda belgilanishi lozimki,
Toshkent amaliy fanlar universitetida bu masala kadrlar
tayyorlashda muhim kasbiy sifatlarni shakllantirish, ilmiy
tadqiqotlar sohsida real muammolarni ilmiy o‘rganish
kabilarda

ifodalanmoqqda.

Negaki,

taʼlimning

shu

jumladan xususiy taʼlimning o‘tmishdagi (yuz yillikda)
muammosi – taʼlimni hammabopligini (barcha uchun)
taʼminlashdan iborat bo‘lsa, bugungi kun taʼlimining
muammosi – taʼlim sifatini barcha uchun taʼminlab,
kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotning
talab va ehtiyojlari asosida shakllantirishdan iborat.


2 METODLAR VA MAʼLUMOTLAR

Mazkur maqolani yoritishda kontent tahlil,

kontekstli

tahlil,

strukturaviy-funksional

tahlillardan

foydalanildi. Shuningdek, mazkur jarayonga taʼsir etuvchi
institutsional asoslari tadqiq etildi.

Shu bois, istiqbolda xususiy taʼlim tizimi oldida

vujudga keladigan muammo, bu har bir taʼlim oluvchi
uchun (individual) taʼlim sifatini taʼminlash (turi va sohasi

bo‘yicha) masalasi namoyon bo‘lishi natijasida:

a) malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish,

yaʼni akademik mobillikni taʼminlash;

b) buyurtmachilar bilan hamkorlikni yo‘lga

qo‘yib, buyurtmachining talabi bo‘yicha klassifikatorlar
ishlab chiqish;

v) taʼlim muassasasining moddiy bazasini

zamonaviy tarzda barpo etish (laboratoriyalar yaratish);

g) taʼlim muassasasini axborot-resurslari bilan

(yangi o‘quv adabiyotlari, kompyuter texnologiyalari va b.)
taʼminlash;

d) taʼlim muassasasida talabalikka qabul qilish

tizimini optimallashtirib, taʼlim muassasasi imijini
shakllantirish lozim bo‘ladi.

Mazkur konseptual masalalar o‘z navbatida bilim,

taʼlimiy axborot, tarbiya berish masalasiga ijtimoiy,
madaniy va maʼrifiy sohalarda namoyon bo‘layotgan
tahdidlarning xarakterini inobatga olgan holda yondashishni
taqozo etadiki, jahon va mintaqa mehnat bozori monitoringi
asosida uzluksiz takomillashtirishni talab etadi. 1-chizmada
taraqqiyotning asosini taʼlim tashkil etishi yaqqol
ifodalanganligi ko‘rsatilgan bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy va madaniniy sohalarini rivojlanishi
taʼlim, aniqrog‘i uning sifatiga bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgan











Milliy

taʼlim–

tarbiya
tizim sifatida

Inson

kamolotini

taʼminlash

Milliy
manfaat va
ehtiyojlar

Taʼlim–tarbiya
muassasalari

Taraqqiyot jarayoni


background image


1-

chizma.

Taraqqiyotni taʼminlashda

taʼlim (strukturaviy-funksional tuzilish).

Ijtimoiy institut sifatida taʼlimga turli xil

taʼlimotlar asosida munosabat bildirilmoqda, “Barqaror
taraqqiyotni taʼminlashda taʼlim” konsepsiyasi shular
jumlasidandir. Bu konsepsiyani ijtimoiy ahamiyatlilik
darajasining tahlilini

1

amalga oshirishdan oldin, barqarorlik

tushunchasiga oid munosabat bildirish mantiqan maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Chunki taʼlim ijtimoiy birlikning sifat,
son va mazmundorligini oshirish uchun xizmat qiladiki,
buning evazida jamiyat hayotining takomillashib, galdagi
rivojlanish bosqichiga erishishi uchun zamin yaratadi.

Barqarorlik tushunchasi qachon va nimaga

nisbatan qo‘llanilganligi haqida turli xil yondashuvlar
mavjud.

Umuman,

barqarorlik

tushunchasiga

oid

qarashlarni qiyosiy sharhini amalga oshirib, ularda ilgari
surilgan g‘oyalarning mazmunini inobatga olib, quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin:

birinchi guruh yondashuvi bo‘yicha,

barqarorlik

tushunchasi ekosferaga mansub bo‘lib, aholi sog‘lig‘ini
taʼminlash maqsadida atrof muhitning tozaligini saqlash va
himoya qilish, insoniyatni turli ekologik xatarlardan
himoyalab, uzluksiz ravishda uning monitoringini olib
borish, muhim chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga
joriy etish, ekologik madaniyatni yuqori darajada
tarbiyalashni inobatga olgan holda ilgari surilganligi bilan
tavsiflanadi;

ikkinchi guruh yondashuvi bo‘yicha,

barqarorlik

tushunchasi iqtisodiy sohaga mansub bo‘lib, bozor
iqtisodiyotini shakllantirish, tadbirkorlikni, kichik va o‘rta
biznesni rag‘batlantirib, mulkdorlar huquqini, xususiy
mulkni himoyalash, makroiqtisodiy, moliya, pul-kredit
tizimlarining barqarorligini taʼminlash, agrar sektorda tub
islohotlar o‘tkazib, mintaqa va jahon bozorining ehtiyojidan
kelib chiqqan holda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqish bilan bog‘liqdir. Bu yondashuv, fuqarolarning
iqtisodiy ongini rivojlantirish maqsadida maʼrifiy ishlarni
yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirishni inobatga
olgan holda ilgari surilgan qarash hisoblanadi;bilan
tavsiflanadi;

uchinchi guruh yondashuvi bo‘yicha,

barqarorlik

siyosiy sohaga mansub bo‘lib, milliy rivojlanish
strategiyasini belgilash, uni amalga oshirish uchun muhim
chora-tadbirlarni ishlab chiqish, siyosiy hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish, turli darajalarda xavfsizlikni taʼminlash hamda
tajovuzkor

fundamentalizm,

millatchilik,

ekstremizm

g‘oyalarining tarqalishiga, turli destruktiv guruhlarning
paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, zamonaviy axborot-
texnologiyalar dunyosiga kirib borishni taʼminlash, BMT
va YEXHT (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti)
hamda boshqa xalqaro tashkilotlarning turli tuzilmalari
ishida faol ishtirok etish, siyosiy partiyalar faoliyatini
takomillashtirishni inobatga olgan holda ilgari surilgan
qarash hisoblanadi;

to‘rtinchi guruh yondashuvi bo‘yicha,

barqarorlik

jamiyatning turli sohalarining hayotiga mansub bo‘lib,
jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlar
faoliyatini

yana-da

kuchaytirish,

fuqarolarning

1

Tahlil (

ليِلْهَت

), hal etish, yechish.

konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini davlat tomonidan
kafolatlanishini taʼminlash, davlat hokimiyat organlari
vakolatlarining bir qismini fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish

organlariga

berish,

mintaqaviy,

etnik,

konfessiyaviy hamda umumdavlat manfaatlar muvozanatini
taʼminlovchi meʼyorlarni barpo etish, ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy institutlar faoliyati samaradorligini taʼminlash,
aholining faolligini oshirish uchun “Hokimiyat↔Fuqaro”,
“Hokimiyat↔Nodavlat va notijorat tashkilot”lar kabi
munosabatlar tizimini takomillashtirishni inobatga olgan
holda ilgari surilgan qarash hisoblanadi.

Ko‘rsatilganlardan so‘ngi guruhga mansub qarashlar

keng qamrovligi, darajaviy tasnif etilishi mumkinligi
bo‘yicha ajralib turadi.

Retrospektiv tahlil hamda tushunchalarning qiyosiy

sharhi sifatida ko‘rsatib o‘tish lozimki, barqarorlik
tushunchasi Qurʼonning Aʼrof surasini 10-oyatida insonga
nisbatan qo‘llanilgan[1]. Shu

sababli,

barqarorlik

tushunchasini funksionalligi jihatidan mikro darajada inson
kamolotini (ijtimoiy-psixologiya nuqtai nazaridan, inson
kamolotining asosiy ko‘rsatkichi -inson psixikasi va
xulqida son, sifat va tuzilmaviy o‘zgarishlarda ifodalanadi.
Barqarorlik tushunchasi ijtimoiy mazmun kasb etib,
ijtimoiy mazmundorlikni o‘ziga xos majmua tarzida
ifodalanib, uni kamolotga erishish uchun xotirjamlikni
taʼminlash, farovonlikka erishish uchun tinchlikni saqlash,
turli darajalarda totuvlikni asrash tarzida mujassamlashgan.
Shu sababli, “barqarorlik, bu yaxlit ilmiy: -falsafiy,
iqtisodiy, psixologik, sotsiologik, huquqiy, tibbiy, biologik,
texnik toifa hisoblanib, har bir fan o‘z sohasi doirasida unga
taʼrif berishi, sharhlashi mumkin. Ammo, ularni
birlashtiruvchi yagona va muhim xossa (element), bu
tizimning funksional holatini (ishchanligini) saqlab turish,
qayta

tiklay

olish

qobiliyatining

mavjudligini

ko‘rsatishdadir” [2] -deb munosabat bildirish mumkin.

Ko‘rinib turibdiki, barqaror taraqqiyotni taʼminlash kabi

strategik masala birinchi navbatda taʼlim bilan, aniqrog‘i
uning vazifadorligiga taalluqlidir. Shu sababli bo‘lsa
kerakki, jamiyat taraqqiyotini taʼminlashda taʼlimga alohida
eʼtibor qaratilgan. Natijada taʼlimga oid turli taʼlimotlar
yaratilganki, anʼanaviy bixevioristik va zamonaviy kognitiv
taʼlimotlar (1-jadval) shular jumlasidandir. Bir qarashda bu
taʼlimotlarning faqatgina nomlanishida tafovut kuzatilsada,
ularning umumiyligi sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish
mumkin:

birinchidan

, har ikkala taʼlimotda taʼlimni

institutsionalligi haqidagi g‘oya yaqqol ifodalangan;

ikkinchidan

, har ikkala taʼlimotda taʼlim oluvchi

shaxsiga bilim va axborot berish (yaʼni, axborot va
bilim orasida tafovutlarning mavjudligiga) eʼtibor
qaratilgan;

uchinchidan

, taʼlim jarayonini tashkil etish,

boshqarishda taʼlimiy uslublarning o‘rni muhimligiga
tayanilgan.








background image


1 - jadval

.

Taʼlimni tashkil etishga oid taʼlimotlarning

qiyosiy tuzilishi

Т/Р.

Traditional

Behavioural theory

Anʼanaviy

bixevioristiktaʼlimot

Contemporary

Cognitive theory

Zamonaviy

kognitiv taʼlimot

1.

Taʼlim - axborot jamlash
va

ko‘nikmalarni

egallashdir

Taʼlim - axborot
jamlashdan

ko‘ra

ancha keng bo‘lgan
yaxlit jarayondir

2.

Ustoz

bevosita

talabalarga bilim bera
oladi

Taʼlim

oluvchilar

faol

tarzda

bilim

olishni va nuqtai
nazarga

ega

bo‘lishni
loyihalashtiradi

3.

Taʼlim, o‘qituvchi va
o‘quvchining hamkorligi
natijasida vujudga keladi

Taʼlim,

ijtimoiy

jarayon

bo‘lib

hamkorlikni

talab

etadi

4.

Taʼlim berishga alohida
eʼtibor qaratiladi

Taʼlim

jarayonini

(taʼlim

olish

va

taʼlim

berish)

taʼminlashga eʼtibor
qaratiladi

Anʼanaviy bixevioristik va zamonaviy kognitiv

taʼlimotlarning mohiyatini anglash uchun Pol Ramsdenning
universitet taʼlimi modelini keltirishni maʼqul topdik.
Negaki, bu modelda anʼanaviy bixevioristik va zamonaviy
kognitiv taʼlimotlarning tarkiblari o‘z aksini topgan, bular:

1. Axborot uzatish tarzida taʼlim berish;
2. Talabalarning o‘quv faoliyatini tashkil etish

(loyihalash) tarzida taʼlim berish;

3. Individual va guruhiy o‘qishni taʼminlash tarzida

taʼlim berish[3].

Taʼlimga oid bo‘lgan har qanday taʼlimotga

suyanishdan qatʼiy nazar, taʼlimiy axborot taʼlim beruvchi
va

taʼlim

oluvchilarning

faoliyatini

taʼminlovchi

ko‘pfunksional omil sifatida ishtirok etadi (ajralib turadi).
Uni mohiyatini anglash uchun taʼlimning vazifadorligi
jihatidan aloqadorligini ko‘rib chiqamiz. Bunda tizim
sifatida, diqqat chiqishga, yaʼni natijaga qaratilgan (2 –
chizma) bo‘lib, kasbiy bilim, kasbiy axborot va uni bilim
shakliga keltirish uchun texnikaga ega bo‘lish, hayotiy-
kasbiy muammolarni hal etish usulini o‘zlashtirish, kasbiy
ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish, jarayonlarni yuzaga
kelishi va kechishini sabab-oqibat aloqadorligini anglash
kabi funksional tarkiblarga alohida eʼtibor qaratilganligini
kuzatish mumkin.

2 - chizma.

Taʼlimning

vazifadorligi

jihatidan

aloqadorligi





Bu o‘z navbatida taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchining

hamkorlikdagi faoliyati muhimligini ko‘rsatadi[4]. Baʼzi bir
manbalarda taʼlim berish uslubi, taʼlimda yangi
texnologiyalarni qo‘llash, pedagogik mahoratga ega bo‘lish,
pedagogik faoliyat monitoringini amalga oshirish, taʼlim
berish jarayonida kompyuter texnologiyalarini qo‘llash
kabilarga urg‘u berib, taʼlim oluvchining shaxsiga taʼlim
jarayonining

ishtirokchisi

sifatida

yondashilmoqda.

Vaholanki, pedagogning o‘z funksiyalarini maromiga
yetkazib bajarishida taʼlim oluvchilarning roli asosiy manba
sifatida ishtiok etadi. Bunda ularni o‘quv motivi, institut
sifatida taʼlim jarayonidan kutishlari, qadriyatlari, tayanch
madaniyati,

maqsadini

to‘g‘ri

shakllanganligi,

maʼnaviyatlilik darajasi kabi shaxsiy xossalari taʼlim olish
va taʼlim berish jarayonini barqaror (maqsadli) kechishini
taʼminlaydi. Chizmadan ko‘rinib turibdiki, taʼlim berish
jarayoni ijtimoiy tizim tarzida kechadi. Bunda professor-
o‘qituvchilar va talabalarning hamkorligi, taʼlimni tashkil
etishga

ishtirok

etayotganlarning

layoqatmandligi

(kompetentligi), jamiyatda taʼlim olishga bo‘lgan ehtiyojni
namoyon bo‘lishi, ilmiy tadqiqotlar natijasini amaliyotga
joriy etish tezligi, ishlab chiqarish va fan-texnikaning
aloqadorligi kabi omillarning taʼsiri muhim hisoblanishini
ko‘rsatishdan iborat.

Malakali

mutaxassislarni

tayyorlash

sifatini

yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlar majmuasi ilmiy,
uslubiy, texnik, huquqiy, tibbiy, ekologik kabi tarkiblardan
iborat bo‘lib, bunda taʼlim beruvchi, yaʼni professor-
o‘qituvchilarning vazifadorligi jihatidan rolini alohida
ko‘rsatib o‘tish bilan birga, taʼlim oluvchilar, yaʼni
talabalarni taʼlim olish maqsadi, taʼlimdan kutishlari kabilar
ham alohida inobatga olinishi lozimligini ko‘rsatib o‘tamiz.
Mazkur, o‘z navbatida taʼlim muassasasini (shu jumladan
xususiy taʼlim muassasasini) faoliyatini takomillashtirish
uchun shartlardan biri hisoblanadi.

1.

XULOSA

2.

Barqarorlik ijtimoiy ahamiyat kasb etib, bunda inson

va uning kamolotiga erishish uchun xotirjamlikni
taʼminlash, farovonlikka erishish uchun tinchlikni saqlash,
turli darajalarda totuvlikni asrash orqali taraqqiyotga
erishish nazarda tutiladi va bunda taʼlim tizimida amalga
oshirilayotgan islohotlar omil sifatida bevosita ishtirok
etadi.

3.

Taʼlimning shu jumladan, xususiy taʼlimning

o‘tmishdagi (yuz yillikda) muammosi – taʼlimni
hammabopligini (barcha uchun) taʼminlashdan iborat bo‘lsa,
bugungi kun taʼlimining muammosi – taʼlim sifatini barcha
uchun taʼminlab, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni

amaliyotning
talab

va

ehtiyojlari
asosida
talabalarda
shakllantirish
dan iborat.

4.

Talaba

larga

bilim

berish

va

taʼlimiy
axborotlarni
yetkazishda,
shuningdek

Taʼlim jarayoni

ТАЪЛИМ -

Таълим

олиш

Taʼlim berish

Taʼlim berish

Билим;
Ахборот;
Касбий ахборотни билим шаклига
келтириш техникаси;
Муаммони ҳал этиш усули;
Кўникма;
Малака;
Сабаб-оқибат

алоқадорликни

англаш;
Маҳорат…


background image

tarbiya berish jarayonida ijtimoiy, madaniy va maʼrifiy
sohalarda kuzatilayotgan tahdidlarning xarakterini inobatga
olgan holda yondashish maqsadga muvofiq. Shu bois jahon
va mintaqa mehnat bozori monitoringi asosida oliy taʼlim
tizimini uzluksiz takomillashtirib borish lozim

5.

Bugungi kunda amal qilib kelayotgan zamonaviy

kognitiv taʼlimotga ko‘ra, taʼlim - axborot jamlashdan ko‘ra
ancha keng bo‘lgan yaxlit jarayon sifatida qarash va bunda
taʼlim oluvchilar faolligiga eʼtibor qaratish orqali ularda
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyaviy jihatlariga
eʼtibor qaratishni loyihalashtirish, ijtimoiy hamkorlikni
kuchaytirish, sifatli taʼlim olish va sifatli taʼlim berishni
taʼminlashni talab etadi.

ADABIYOTLAR

[1] Samarov R. Psixologik yordam ko‘rsatish: ilmiy muammo va
yondashuvlar // Taʼlim tizimida ijtimoiy- gumanitar fanlar. 2014.
[2] Samarov R. Siyosiy barqarorlik – demokratik islohotlar
mahsuli // Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yana-da
chuqurlashtirish va fuqarolik jamyatini rivojlantirish konsepsiyasi-
barkamol avlodni shakllantirish asosi // Respublika ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari. – Toshkent, 2011. - B. 208-212.
[3] Ramsden P. Learning to teach in Higher Education. Rautledge
Falmer, 2003.
[4] Biggs J., Tang C. Teaching for quality learning at
university. Open University Press, 2007.

References

[1] Samarov R. Psixologik yordam ko‘rsatish: ilmiy muammo va yondashuvlar // Taʼlim tizimida ijtimoiy- gumanitar fanlar. 2014.

[2] Samarov R. Siyosiy barqarorlik – demokratik islohotlar mahsuli // Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yana-da chuqurlashtirish va fuqarolik jamyatini rivojlantirish konsepsiyasi-barkamol avlodni shakllantirish asosi // Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2011. - B. 208-212.

[3] Ramsden P. Learning to teach in Higher Education. Rautledge Falmer, 2003.

[4] Biggs J., Tang C. Teaching for quality learning at university. Open University Press, 2007.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов