Bolalar tarbiyasida mumtoz adabiyot namunalarining ahamiyati

HAC
Google Scholar
To share
Hamrakulova , X., & Joʻrayeva, S. (2024). Bolalar tarbiyasida mumtoz adabiyot namunalarining ahamiyati. Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28172
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada mumtoz adabiyotimizda bolalar kitobxonligida muhim oʻrin tutgan ikki asar – “Kalila va Dimna” hamda Kaykovusning “Qobusnoma” asarlari hamda ularda qalamga olingan taʼlim va tarbiya bilan bogʻliq masalalar yoritilgan


background image

Bolalar tarbiyasida mumtoz adabiyot namunalarining ahamiyati

Hamrakulova Xurshida

1

, Joʻrayeva Sadoqat

2

1

filologiya fanlari doktori, Toshkent amaliy fanlar universiteti professori,

2

Toshkent shahar 261-maktab ingliz tili oʻqituvchisi.

xamrakulova.xurshida@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467058

Annotatsiya:

Mazkur maqolada mumtoz adabiyotimizda bolalar kitobxonligida muhim oʻrin tutgan ikki asar – “Kalila va
Dimna” hamda Kaykovusning “Qobusnoma” asarlari hamda ularda qalamga olingan taʼlim va tarbiya bilan
bogʻliq masalalar yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

bolalar kitobxonligi, “Kalila va Dimna”, “Qobusnoma”, axloq, taʼlim, tarbiya

Kirish

Farzand tarbiyasi Sharq adabiyotida alohida

oʻrin tutadi. Sharq maʼrifat maktabida “Kalila va
Dimna”, “Toʻtinoma”, Yusuf Xos Hojibning
“Qutadgʻu bilig”, Kaykovusning “Qobusnoma”,
Saʼdiy Sheroziyning “Guliston”, “Boʻston”,
Rabgʻuziyning

“Qisasi

Rabgʻuziy”,

Alisher

Navoiyning

“Mahbub

ul

qulub”,

“Xamsa”

turkumidagi dostonlari qaʼtiga singdirilgan pand-
nasihat tarzidagi hikmatlari, Xojaning “Gulzor”, Soʻfi
Olloyorning “Sabot ul-ojizin” kabi durdona asarlarida
inson maʼnaviyati, tarbiyasi, kamolot bosqichida
muhim oʻrin tutuvchi didaktik hikoyatlar, purhikmat
ifodalar oʻrin topganki, bu asarlar mutafakkirlarning
farzand tarbiyasiga beeʼtibor boʻlmaganini koʻrsatatdi.
Bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanishida
shubhasiz Sharq adabiyoti oʻlchovsiz taʼsirga ega.

Material va metodlar

Ushbu

maqolani

yoritishda

mumtoz

adabiyotning nodir namnulari boʻlgan “Kalila va
Dimna”,

Kaykovusning

“Qobusnoma”

kabi

kitoblardan hamda S.Gʻaniyevaning “Abadiyatga
daxldor yodgorlik” nomli maqolasidan foydalanildi.
Maqola qiyosiy-tarixiy, analitik, sotsiologik tahlil
metodlari bilan yoritildi.

Natijalar va ularning tahlili

“Kalila va Dimna” sharq didaktik adabiyotida

oʻziga xos oʻringa ega, oʻzi kabi didaktik asarlarning
yaratilishiga asos boʻlgan mumtoz asar hisoblanadi.
“Kalila va Dimna”ning tarjimoni atoqli adabiyotunos
olima Suyima Gʻaniyevanin taʼkidlashicha, asar
qadimgi hinf faylasuflari tomonidan yozilgan. Aslida
hind folklori asosida yaratilgan “Kalila va
Dimna”ning “Panchatantra”,”Xitopadeshe”lar bilan
ildizi bir. “Kalila va Dimna” VI asrda Eron shohi
Anushiravon davrida Hindistondan Barzuya hakim
tomonidan yashirincha keltirilgan boʻlib pahlaviy
tiliga tarjima qilingan. Bu tarjima yoʻqolib ketgan,
ammo paxlaviy tilidan suriya tiliga qilingan tarjima
nodir yodgorlik sifatilda saqlangan. “Kalila va Dimna”
abbosiylar xalifaligi davrida Ibn al Muqaffa
tomonidan arab tiliga tarjima qilingan va dunyo
xalqlariga ana shu tildagi tarjima tarqalgan.

X-XII asrlarda”Kalila va Dimna” Ibn al

Muqaffa tarjimasi asosida suriya tiliga, yunon,
slavyan, yaudiy va lotin tillaria tarjima qilinadi. Lotin
tilidagi tarjima asarning boshqa Gʻarb tillariga tarjima
qilinishiga asos boʻladi.

S.Gʻaniyeva asarning rus tiliga tarjimasi

I.Y.Krachkovskiy va uning shogirdi T.P.Kuzmin
tomonidan amalga oshirilgani, asar Y.E.Bertels
soʻzboshisi bilan 1957-yilda nashr qilingani xaqida
maʼlumot beradi [1. 3-4].

Arab va suriya tiliga tarjimasidan soʻng

Rudakiy tomonidan X asrda sheʼriy yoʻl bilan, XII
asrda Nizomiddin Abul Maoliy Nasrulloh nasriy yoʻl
bilan fors-tojik tiliga oʻgiradilar.

Husayn Voiz Koshifiy Husayn Boyqaro

topshirigʻi bilan fors tiliga qayta tarjima qilib, uni
“Anvori Suhayliy” deb atagan boʻlsa, boburiy
Akbarshohning vaziri Abul Fazl bin Muborakshoh
tomonidan “Anvori Suhayliy” til va uslub jihatdan
qayta ishlanadi va soddalashtirilib” “Iyyori donish”
deb nomlanadi. XVI asrda bu asar fors tilidan turkiy
tilga “Humoyunnoma” deb tarjima qilinadi va katta
shuhrat qozonadi.

XIX asrda Qozonda Gabdalgallam Fayzxon

oʻgli asarbchadan tatarchaga tarjima qiladi

“Kalila va Dimna” oʻzbek tiliga bir necha

marta tarjima qilingan. Asarning birinchi tarjimasi
XIII asrga toʻgʻri keladi. Asar tarjimoni Iftixoriddin
Muhammad Bakriy. XVIII asrda Mulla Temur
tomonidan “Anvori Suxayliy” asosida qilingan tarjima
“Osori Imomiya” deb atalgan. XIX asrda Olloqulixon
hukmronligi davrida Mulla Muhammad Niyoz
tomonidan forschadan oʻzbekchaga tarjima qilinadi.
1898-yilda Almaiy tomonidan amalga oshirilgan
tarjima xalq orasida koʻp shuhrat tutadi. Almaiy
taijimasi qisqa muddat — 1901-1913-yillar ichida uch
marta toshbosmada nashr etiladi.

“Kalila va Dimna” tarixini chuqur bilgan va

tarjimalarini qiyoslab oʻrgangan olima S.Gʻaniyeva
eron va ozarbayjon tarjimalariga asoslanib kitobni
oʻzbek kitobxonlariga taqdim qilgan.

Hind

faylasufi

Beydabo

podshoh

Dobshalimga “Kalila va Dimna” asarini taqdim qiladi.
Asar qushlar va hayvonlar tilidan naql qilinadi.
Mumtoz adabiyotda obrazlarning majoziy tarzda aks
etishi ham shu asar bilan bogʻliq.

Iskandarga qarshi kurashgan Hind shohi

Forek magʻlub boʻlgach, Iskandar podshoh qilib
koʻtargan shohni Iskandar ketgach, taxtdan tushirgan


background image

hindlar uning oʻrniga shahzoda Dobshalimni shoh
qilib koʻtaradilar. Ammo Dobshalim oʻz xatti-
harakatlari bilan koʻpchilikning xafsalasini pir qiladi.
Shunda faylasuf Beydabo uni toʻgʻri yoʻlga solish
uchun jonini xatarga qoʻyib unga taʼsir qiladigan
soʻzlar aytadi.
“ Senga davlat va lashkar meros qoldi, lekin
zimmangga

tushgan

vazifani

uddasidan

chiqmayapsan, hokimiyatni qolga olgan shohlardan
talab etilgan qonun-qoidaga rioya qilmayapsan. Yoʻq,
sen

haddingdan

oshding,

zulm

qilmoqdasan,

magʻrurlanding, raiyatga haqorat koʻzi bilan qarab,
unga yomonlikni ravo koʻrasan, jabr-zulmingning
son-sanogʻi yoʻqdir. Holbuki, senga munosib bolgan
sharafli vazifa — oʻz ajdodlaring yolidan, sendan
avval otgan shohlarning yolidan bormoq, senga meros
qolgan savob ishlarni davom ettirmoq, nomingni
bulgʻaydigan ishlardan qoʻl tortmoq edi. Sen oʻz
raiyating dodiga quloq berishing lozim, ular uchun
shunday qonunlar joriy qilmoglng kerak ediki, bu
qonunlar xotiralarda ilalabad

yashasin, zamon olgan

sari sening shuhratingni orttirsin: bu qonunlar abadiy
sulh va adolat ramzi bolib qolsin.

Shuhratparastlik

va

mansabparastlikka

berilib ish koʻrgan odam aqlli hisoblanmaydi.
Mamlakatni adolat bilan idora etadigan odam aqlli va
tadbirkor hisoblanadi. Shohim, sen yaxshilab oylab
koʻr, aytganlarim senga ogʻir botmasin. Axir, bu
soʻzlami aytishdan maqsad sening inʻoming yoki
marhamatingdan umidvor bolmoq emas. Yoʻq, men
sening huzuringga vijdon azobini chekayotgan
samimiy bir doʻst sifatida keldim”[1.20]. Beydabodan
gʻazablangan Dobshalim uni bir muncha vaqt
zindonga soladi, sal fursatdan keyin uni zindondan
chiqarib avval aytgan soʻzlarini yana qaytarishini
soʻraydi. Beydabo oʻsha soʻzlarni takrorlaydi. Aqlli
Dobshalim bu soʻzlarni oʻylab koʻradi va Beydaboni
vazir qilib oladi. Shu tariqa yurtga adolat qaytadi. Bir
kuni shoh Beydaboni huzuriga chaqiradi va unga
shunday deydi:

— Ey, Beydabo! Sen hind faylasufisan, hind

olimisan. Men oʻzimdan avval oʻtgan shohlaming
hikmat xazinalari bilan tanishib, koʻp narsa
tushundim. Men nomiga kitob baglshlanmagan va
oʻsha kitobda uning olib brogan janglari, hayoti,
oʻzining va saroy ahllarining fazilatlari haqida biror
narsa yozilmagan hech bir podsho topmadim.

Ularning ba’zilarini oʻz donishmandliklarini

koʻrsatmoq uchun shohlarning oʻzlari yozganlar,
ba’zilari esa faylasuflar tomonidan yozilgan. Ularning
boshiga tushgan savdo, ya’ni olim mening ham
boshimga tushadi, deb qoʻrqaman. Olimga chora
yoʻqdir. Shunda mening xazinamda shohlar uni oʻqib,
mening

kim

ekanligimni

va

qanday

ishlar

qilganligimni bilib oladigan biron kitob topilmasa
yaxshi bolmaydi. Istagim shuki, sen butun ilm-u
hunaringni ishlatib, mening haqimda bir ajoyib kitob
yozsang va unda xalqni qanday qilib idora etish va
tarbiyalash lozimligini oʻrgatsang, shohlarning axloqi
qanday bolishini, raiyat bilan qanday munosabatda
bolishi, raiyatning shohga qanday xizmat qilishi
zarurligini bayon etsang, balki shunda men uchun
davlat ishlarini boshqarish oson, raiyat uchun ham

yengil bolardi. Bu kitob kelajak asrlar uchun mendan
yodgor bolib qolishini istar edim”. Beydabodan rozilik
berib bir yil muhlat soʻraydi, shoh yana gapini davom
ettirdi.

“— Ey, Beydabo! Sen hamisha yuksak

aqling, yuksak fazilating tufayli shohning amr-
farmonlarini bajo keltirib nom chiqazgansan. Men seni
yaxshi bilaman. Sen butun imkoniyat va qobiliyatingni
ishga solib shunday bir kitob yozki, unda ham jiddiy
va hazil-mutoyiba soʻzlar, ham hikmat va falsafaga oid
fikrlar mujassamlashgan bolsin, aqlli odamlar undan
ham hikmat darsi olsinlar, ham kulgidan oʻzlarini
toʻxtatolmasinlar”.

“Kalila va Dimna” – insonni komillika

chorlovchi asar. Insonni komil sifatga erishtiruvchi
qudrat bu soʻzdir. Asarda soʻz va uning hikmati bilan
bogʻliq talay oʻrinlar mavjud. Asarda insonni
hayvondan ajratib turadigan toʻrt narsa – Beydaboning
shohga bergan birinchi taʼlimi edi – hikmat, aql,
qanoat, adolat toʻgʻri yashashning mezoni sifatida
taqdim qilingan. Toʻrt xususiyat toʻrt shartga amal
qilish bilan voqe boʻladi. “Ilm tahsil etmoq, savod
chiqarmoq va har narsani atroflicha tushuna bilmoq —
hikmatga; tadbir, sabr, nazokat, marhamat — aqlga;
hayo, olijanoblik, oʻzini qolga olmoq va oʻzining haq-
huquqini bilmoq — qanoatga; toʻgʻrilik, vaʻdaga vafo,
ezgu ishlar qilmoq va yaxshi xosiyatli bolmoq —
adolatga tegishlidir”. Asar boshdan oxir mana shu
falsafa asosiga qurilgan. Asarda keltirilgan hikmatlar
va ularga bogʻliq hikoyatlar podshohga qaratilgan
boʻlsa ham, zamirida insoniyatga berilgan adabiy
taʼlim edi. Hikmat haqtidagi mana bu fikrlar oʻzining
qimmatiga ega:

“Hikmat — bitmas va tuganmas xazinadir,

xaijlaganing bilan u kamaymaydi, asraganing bilan
unga nuqson yetmaydi. Hikmat shunday liboski,
kiyganing bilan eskirmaydi. U nihoyasi yoʻq
rohatdir”.

Kitobda soʻz haqida ham fikrlar bor. Naql

qilurlarkim, bir podsho maslahat uchun yoniga toʻrt
olimni chaqirib debdi: “Har biringiz shunday bi
rhikmatli soʻz aytingki, u tarbiyaning asosi
bolsin”.Birinchisi aytibdi: “Donishmand odamlarga
yarashadigan narsa soʻzlamaslikdir!” Ikkinchisi:
“Dunyoda eng foydalinarsa shuki, inson oʻz aqli bilan
maslahatiashmasdan soʻz boshlamasin”, debdi.
Uchinchisi aytibdi: “Inson uchun eng xayrli narsa
oʻylamasdan soʻzlamaslikdir. Toʻrtinchisi debdi:
“Inson uchun eng tinchi shuki, u oʻzini tole ixtiyoriga
topshirsin [1.18]”.

Deydilarki, bir kun Xitoy, Hind, Eron va Rum

podshohlari bir yerga yigʻilib: “Har birimiz shunday
bir soʻz aytaylikki, dunyo turguncha tursin”, deb
shartlashibdi. Xitoy shohi debdi: “Men aytgan
soʻzimni qaytarib olishdan koʻra, aytmagan soʻzni
ogʻizdan chiqarmaslikka harakat qilaman”. Hind shohi
debdi: “Men oʻz foydasini koʻzlab aytgan soʻzi zarar
bergan va oʻzini halok qilgan odamga hayron
qolaman”. Eron shohi debdi: “Ogʻzimdan chiqmagan
soʻzim — qulimdir, aytganim esa hojam”. Rum shohi
debdi: “Men aytmagan soʻzimdan hech vaqt
pushaymon bolmaganman, aytganimdan esa juda tez-
tez pushaymon bolaman. Shohlaming indamasligi


background image

foydasiz va bemaʻni suhbatlardan koʻra yaxshidir.
Inson har narsadan koʻproq oʻz tili tufayli baloga
yoliqadi[1.18-19]”

Odam bu dunyoda uch narsaga intiladi, bu

uch narsa esa toʻrt vosita bilan qolga kiritiladi. Bu uch
narsaning biri — yaxshi turmush kechirmoq,
ikkinchisi odamlar orasida yuksak mavqega ega
bolmoq, uchinchisi — oxirat savobini topmoq uchun
savobli ishlar qilmoqdir. Bu uch narsaga erishmoq
uchun vosita bolgan toʻrt narsa quyidagilardir: halol
mehnat bilan davlat toʻplamoq; qolga kiritilgan
davlatni saqlay bilmoq; isrofga yol qotymasdan
davlatini oʻzi, oilasi va aka-ukalari uchun xarjlamoq...
Nihoyat, mumkin qadar oʻzini ziyonli ishlardan
tiymoq. Bu toʻrt shartdan bittasini ham bajarmagan
odam oʻz orzusiga yetolmaydi. Chunki odamning
davlati bolmasa, u oʻzi yeb, boshqalami toydira

olmaydi; agar davlati bolsa-yu, lekin uni rasamadi
bilan xaijlamasa, sal oʻtmasdan bu davlat yoʻq bolib
ketadi. Shuning uchun debdurlarki, mol-davlatni qolga
kiritishdan koʻr a uni xaijlash qiyindir...

Asar voqealari Hind rojasining braxmandan

“xoin odamning yolgʻonchiligi, bo‘htonlari natijasida
ikki doʻst orasidagi sadoqat adovatga aylanib, bir-
birlaridan ajralib ketishgan bolsin”, degan istagi bilan
Kalila va Dimna haqidagi hikoyalarini boshlaydi. Bu
bob “Sher va Xoʻkiz bobi” deb nomlanib Kalila va
Dimna hikoyalari u bobga tegishlidir. Hikoyalarning
avvali braxmanning uch oʻgʻliga kasb-hunar oʻrganish
zarurligi haqidagi nasihati bilan boshlanadi.

Kitobning ikkinchi bobi “Chinkabutar, qargʻa

sichqon, toshbaqa, va oxu bobi” boʻlib, roja
braxmanga “samimiy doʻstlar haqida ulaming sadoqat
va birodarliklari toʻgʻrisida, bu sadoqat va
qardoshlikning fazilati borasida” soʻzlab berishini
istaydi.

Kitobning uchinchi bobi “Boyqush va qargʻa

bobi” deb atalgan. Bu bob hikoyalari rojaning
braxmandan dushman oʻzini zohiran yumshoq feʼli,
tavozekor,

marhamatli

va

lutf-karamli

qilib

koʻrsatishiga

qaramasdan,

uning

nayrangiga

uchmaslik va aldanmaslik haqida bir hikoya aytib
bersang” degan xohishiga koʻra tartiblangan. Bu
bobda qushlarni oʻzlariga shoh saylash haqidagi
mojarolar, u bilan bogʻliq hikoyatlar Farididdin
Attorning “Mantiq ut-tayr”, Alisher Navoiyning
“Lison ut-tayr” asarlarini yozga tushiradi.

Toʻrtinchi bob “Maymun va Toshbaqa” deb

nomalanib, rojaning braxmandan “Endi iltimos
qilardim, mumkin bolsa, shunday bir hikoya soʻzlab
bersangki, unda birov bir narsani qolga kiritmoq uchun
harakat qilsa-yu, lekin maqsadga yetgandan keyin
begʻamlik qilib uni qoldan berib qo“ygan bolsa” degan
iltimosiga koʻra hikoyalardan tartiblanadi.

Beshinchi bob “Zohid va latcha bobi” deb

atalgan. Unga koʻra rojaning “Endi shunday bir hikoya
aytib berki, unda doimo shoshiladigan, ishning orqa-
oʻngini oʻylamasdan harakat qiladigan bir odamning
ahvoli tasvir etilsin va uning oqibati nima bilan tugashi
koʻrsatilsin” degan iltimosiga koʻra hikoyalar aytib
beriladi. Oltinchi bob “Mushuk va kalamush bobi”
deya atalib roja har tomondan oʻrab olgan dushmanlar
hujumiga duchor bolib, olim, jar yoqasida qolgan va

oʻzini qutqarish uchun dushmanlaming biri bilan
doʻstlashgan, u bilan ahd-paymon tuzib, oʻz jonini
qutqarib qolgan kishi tasvir etilgan” hikoyalarni
eshitish istagi bilan paydo boʻladi. Shu tariqa
kitobdagi oʻn toʻrt bobning har biri muayyan istak
bilan paydo boʻlgan. Va hikoyalar hayotiy hikmatlarga
toʻla syujetlardan iboratdir. Kitobning birinchi bobi
Kalila va Dimna otliq shaqallar nomi bilan bogʻliq
boʻlgani uchun xalq orasida shu nom bilan mashhur
boʻlgan. Yana bir sababi bu bobda kuchli intirigalarga
sabab boʻlgan oʻtkir syujetlar ham borki, oʻquvchi
hech bir uzilishsiz asarni qiziqish bilan oʻqib chiqadi.

“XI asrning 82–83-yillarida Gʻarbiy Eron

podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandar oʻz
oʻgʻli Gilonshohga bagʻishlab “Nasihatnoma”sini
yaratadi va oʻsha davr anʼanasiga koʻra uni bobosi
podshoh

Shamsulmaoliy

Qobus

sharafiga

“Qobusnoma” deb ataydi.

“Qobusnoma asrlar mobaynida Gʻarb va

Sharq mutafakkirlarining eʼtiborlarini oʻziga jalb qilib
kelgan: 1702-1705-yillarda turk tiliga, 1786-87-
yillarda Muhammad Siddiq Rashidiy tomonidan
uygʻur tiliga, 1881-yilda qayum Nosiriy tomonidan
tatar tiliga hamda XIX asrdayoq ingliz, farang, olmon,
rus tillariga tarjima qilindi. 1935-yilda Tehron
dorilfununining

professori

Said

Nafisiy

“Qobusnoma”ni Tehronda chiqardi”[2.4].

1860-yilda “Qobusnoma” Ogahiy tomonidan

oʻzbek tiliga birinchi marta tarjima qilindi.
“Qobusnoma”ga

soʻzboshi

yozgan

Ulugʻbek

Dolimovning xabar berishicha, Ogahiy tarjimasining
qoʻlyozma

nusʼhasi

OʻzRFA

Sharqshunoslik

institutining qoʻlyozmalar fondida va Sankt-
Peterburgdagi Saltikov-Shedrin nomli kutubxonada
saqlanmoqda. Asarning oʻzbek tiliga sodda tabdilini
adabiyotshunos olim Subutoy Dolimov Ogahiy
tarjimasining qoʻlyozmasidan va E.Bertelsning rus
tilidagi tarjimasi hamda Said Nafisiy tomonidan
tayyorlangan Tehron nashridan foydalanib amalga
oshirgan.

Kitobning yozilish sababini Kaykovus

shunday izohlaydi: “Ey farzand, sena zamona
sitamining qoʻli yetmasdan burun hushing quloqi birla
mening soʻzimni eshitgil va pandlar bila ikki jahonda
nom chiqargʻil. Mening soʻzimni eshitmoqdin ibo
qilmagʻil. Agar mening soʻzimni qabul qilib, undan
bahra olsang, oʻzgalar dogʻim(yanada) qabul qilurlar
va unga yarasha ish shundogʻdurki, hech farzand
otasining pandin qabul etmagʻusidir, nedinkim yigitlar
gʻaflat yuzidin oʻz botinida oʻzlarini birdan-bir donish
fahm qilurlar va oʻz donishlarini qarilarning
donishidin afzal bilurlar. Garchi bu soʻz menga
maʼlumdiur, lekin otalik mehri meni xomush boʻlurga
qoʻymadi. Shul vojib bir qancha pandlarni oʻzum
yaratdim va uni qirq toʻrt bobga jam qildim, har bobida
bir necha soʻz zikr etdim”[2.13]. Shu tariqa Kaykovus
oʻzining hayotiy tajribalarini, turmushda koʻrgan-
kechirganlarini, oʻqigan va uqqanlarini oʻgʻli
Gilonshohga pand-nasihat tarzida bayon etadi.
Kaykovus oʻz otalik shartini bajo keltirilishini
Gilonshohning nasihatlarni qabul qilishida deb biladi.
Inson dunyodan orttirgan eng yaxshi narsasini
yaqinlariga qoldirib ketadi, Kaykovusning nazarida


background image

eng yaxshi narsa uning pandlari edi. Shuning uchun bu
pandlarni oʻgʻliga meros qoldirishni afzal koʻradi.
Kaykovus inson nasabi va asliga mos boʻlishini
avvalgi nasihatlarida bayon etadi.

“Aslingning qadru-

qimmatini bil va asli kam odamlardan boʻlmagil”

deya uqtiradi

. “Bu jahon bir ziroatgohdir, har nima

eksang, shuni oʻrasan va har na soʻz desang,
shuning javobini eshitasan”

deya uqtirgan ota

dunyoni “joyi foniy” ekanligini taʼkidlab oʻtadi.
Kitobning dastlabki uch bobi Allohni tanish,
paygʻambarlar xilqati zikri va Haq taoloning
shukrguzarligi taʼrifiga bagʻishlangan. Shu tariqa qirq
toʻrt bobning har biri hayotiy bir hodisaning inson
hayotiga taʼsiri masalasi hususida bahs etadi. Muallif
har bir fikrni keltirar ekan. Uning asosi uchun
muayyan bir hikoyatni keltiradi. Shunday qilib kitob
faqat pand-nasihatlar majmuasi boʻlibgina qolmay,
oʻzida bir necha didaktik hikoyatlarni jamlagan
mumtoz adabiy asarga aylangan.

Kitob faqat otaning oʻgʻliga nasihat deb

emas, balki butun insoniyat undan ibrat olishi va
hayotiga tatbiq qila olishi kerak boʻlgan hayotiy
zarurat deb bilishi lozim. Bu oʻrinda soʻz haqida
quyidagi fikrlarini misol sifatida keltirish joiz:

1. Hech kishining oldida ifrot (haddan oshish)

qilmagʻil va ifrotni shumliq deb bilgil. Har ishda
miyona (oʻrtacha) boʻlgʻil, soʻz aytmoqda va ish
qilmoqda...

2. Xaloyiqning

orasida bir kishining

qulogʻiga soʻz aytish yaxshi emasdur. Agar bu soʻz
garchand yaxshi boʻlsa ham, tashqarisindin uni yomon
soʻz deb gumon qiladilar va koʻp odamlar bir-biridan
dargʻumon boʻladilar.

3.Gar soʻz demoqchi boʻlsang, shunday soʻz

degulki, soʻzingning rostligʻiga guvohlik bersunlar.

4. Har soʻzni andisha bilan boshlagʻil, toki

aytgʻon soʻzingdin pushuaymon boʻlmagʻaysan.

5. Sovuq soʻzlik boʻlmagil.
6. Koʻp bilib oz soʻzlagil va kam bilib koʻp

soʻzlamagil.

7. Yolgʻon va behuda soʻz aytmak

devonalikning bir qismidur. Har kishiga soʻz aytur
boʻlsang qaragʻil, ul sening soʻzingga xaridormu yoki
xaridor emasmu? Agarda uni soʻzingga xaridor
topsang, unga soʻzingni sotgʻil. Yoʻq ersa, ul soʻzni
qoʻyib, shundoq soʻz degulkim, unga xush kelsin va
sening soʻzingga xaridor boʻlsin.

Shuningdek, “

Anushervon pandlarini yod

olmoq zikrida

” deb nomlangan sakkizinchi bobida

Anushervon aytgan oʻttiz uchta nasihatni keltiradi.
Aslida

bu

Anushervonga

nisbat

berilgani

Kaykovusning ham tanbehlari edi.

Muallif taom yemak odobi, mehmon olmoq

va mehmon boʻlmoq odobi haqida ham qimmatli
fikrlarni bayon etadi:

1. “Ey farzand, bilgilkim, har kun begona

odamlarni mehmon qilmagʻil, nedinkim, har kun
mehmon olsang, mehmonga loyiq ishlarni koʻngul
murodicha qila olmagʻungdir.

2. Har vaqt mehmonlaring uyingga oyoq

qoʻysalar, sen barcha odamlaring bila ularning
oldilariga chiqqil va yaxshi soʻz bila muloqot qil, to
ular sening shukringni aytsinlar.

3. Agar meva vaqti boʻlsa, taom yemasdin

avval meva kelturgʻil, to bahuzuridil yesunlar.

4. Mehmondil boʻlgil va mehmonga taʼna

qilmagil, har vaqt ochiq yuzlik boʻlgil, toki har
kishikim mehmoning boʻlsa, shodlik bila taomingni
yesin.

5. Agar mehmon boʻlsang, har kishinikiga

mehmon boʻlib boravermagil, chunki hashmat
shavkatingga ziyon yetkarursan. Agar mehmon boʻlub
borsang, koʻp och boʻlub bormagʻil va tez yurub
bormagʻilkim, taom yemakdin maʼzur boʻlub borsang,
mezbon ozor topar. Agar taomni koʻp yesang, koʻziga
yomon koʻrinur.

Ota-ona haqini bilmak zikrida

” deb

nomlangan beshinchi bobda “sen ota-onangga nima
ish qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq
ish qilur, chunki odam mevaga, ota-ona daraxtga
oʻxshaydur. Daraxtni qancha yaxshi tarbiyat qilsang,
mevasi shuncha yaxshiroq va shirinroq boʻlur. Ota-
onaga izzat va hurmatni qancha koʻp qilsang, ularning
duosi shuncha tezroq mustajob boʻlur”[2.25] kabi
farzand tarbiyasi bilan bogʻliq qimmatli fikrlar borki,
bu kabi hikmatli ifdalar kitobning asrlar osha yetib
kelishiga sabab boʻlgan. “

Agar molsizlidan qashshoq

boʻlsang, aqldan boy boʻlmoqqa sayʼ koʻrguzgilki,
mol bila boy boʻlgʻondin, aq bila boy boʻlgʻon
yaxshiroqdur, nediknkim aql bila mol jam etsa
boʻlur, ammo mol bila aql oʻrganib boʻlmas”. “Bas
aar aqling boʻlsa, hunar oʻrgangʻil, nedinkim
hunarsiz aql – boshsiz tan, suratsiz badandekdir”.

“Hunar afzunligʻi bila baland qadr va oliy

tabʼ boʻlmoq zikrida

”deb nomlangan oltinchi bobda

hunarning afzalligi, soʻz va til, yaxshilik qilmoq
xususida fikr bildiriladi. “Ey farzand, ogoh boʻlki,
hunarsiz kishi hamisha foydasiz boʻlur va hech kishiga
nafʼ yetkurmas. Bilursanki xori mugʻilon (tikanli
buta)ning tani bordur, ammo soyasi yoʻqdur. Hunarsiz
kishi ham xori mugʻilon yangligʻ na oʻziga va na
oʻzgaga foyda berur”[2.26]. Shu tariqa mana shu
bobda soʻz xususida ham qimmatli fikrlar bildiriladi.
“...tilingni yaxshi hunar bila oʻrgatgil va muloyim
soʻzdan boshqa narsani odat qilmagʻil. Nedinkim,
tilga har nechuk soʻzni oʻrgatsang, shuni aytur, soʻzni
oʻz joyida ishlatgil, soʻz agar yaxshi boʻlsa, ammo
nooʻrin ishlatilsa, garchand u har nechuk yaxshi soʻz
boʻlsa ham yomon, nobop eshitilur. Shuning uchun
behuda soʻzlamagilki, foydasizdur. Bunday befoyda
soʻz ziyon keltirur va har soʻzki undan hunar isi
kelmasa, bunday soʻzni gapirmaslik lozim”. “Ammo
soʻralmagʻon soʻzni aytmagʻil va behuda soʻzdan
parhez qilgʻil, har bir soʻzni soʻrasalar, rost aytgʻil.
Sendan talab qilmasa kishigʻa nasihat qilmagʻil, pand
bermagil, xususan seni tinglamagon kishiga hech soʻz
dema, chunki bunday kishilar pandni eshitmagʻaylar.
Koʻp kishining orasida bir kishigʻa pand-nasihat
qilmagʻil”. “Agar biror kishi kajlik(qingʻirlik,
yolgʻonchilik)ka odat qilgʻon boʻlsa, uning yoniga
bormagilki, u hargiz rost soʻzlamas. Nedinkim, bir
daraxt egri boʻlsa, to uni chopib yoʻnmaguncha, u
toʻgʻri boʻlmas”[2.27].

Asarda xaloyiq toʻrt navga boʻlib beriladi:

“Biri ulkim, bilur va bilgʻonin ham bilur. Ul olimdur,
unga tobe boʻlmoq kerakdur. Biri uldirkim, bilmas va


background image

bilmagʻonin bilur, ul qobildur, unga oʻrgatmoq
kerakdur. Biri uldurkim, bilur va bilgʻonin bilmas, ul
uyqudadur, uni bedor qilmak kerakdur. Biri uldurkim,
bilmas va bilmagʻonin ham bilmas, ul johildur, undan
qochmoq kerakdur”[2.37].

Asarda 50 ga yaqin hikoyat boblar tarkibida

kelgan boʻlib, bob mohiyatini ochishda, adib
yetkazmoqchi boʻlgan fikrlarni mustahkamlashda
qoʻllanilgan. Har bir hikoyat oʻzida muayyan
mazmunni ifodalagan va ulardan pirovardida xulosalar
chiqarilgan.

“Qarilik va yigitlik zikri sifatida”

bobida (9-

bob) qisqa bir hikoya beriladi. Unda odobsiz yigit
hamda topqir va zukko qariya timsolida ularning
qiyofasi ochib beriladi. “Undoq eshitibmankim, yuz
yil yashagʻon va qaddi yoydek xam boʻlgʻon bir qari
9-bobkishi qoʻliga aso tutib borur edi. Bir yigit uni
masxara qilib dedi: ”Ey shayx, ushbu yoyni necha
tangaga olding? Aytgʻil, to men ham olurman”. Shayx
dedi: “Agar umr topsang va sabr qilsang, bu yoyni
senga tekinga berurlar”[2.46].

“Doʻst tutmoq zikrida”

deb nomlangan 28-

bobda doʻstlikni mahkam tutish haqidagi fikrlari
ahamiyatlidir:

1.Har kishi doʻstlarni yod qilmasa, doʻstlar

ham yod qilmagusidur va ul kishi hamisha doʻstsiz
qolgusidur.

2. Hamma vaqt doʻst tutmoqni odat qilgʻil,

zeroki, har kishining doʻsti koʻp boʻlsa, ayblari
shuncha sir tutilur va fazilati koʻpayur.

3. Har vaqt yangi doʻst topsang, koʻhna

doʻstlarni tark etmagʻil va ulardin yuz oʻgurmagil, toki
hamisha doʻsting koʻp boʻlsun.

4. Yaxshi doʻst kishiga ulugʻ ganjdur.
5. Doʻstlarning doʻstlari ham doʻstlaringdur.

Ehtimolki, uning oʻsha odamgʻa doʻstligʻi sening
doʻstligingdin koʻproqdur. Agar doʻsting sening
dushmaningni sevsa, bunday doʻstdan ehtiyot boʻl,
nedinkim, bunday doʻst dushman tarafidin senga
yomonlik qilishdan ham andisha qilmagʻay. Sening
doʻstingga dushman boʻlgʻon doʻstdin ham parhez
qilgʻil.

6. Oʻzingga loyiq doʻst axtargil.
7. Agar doʻstingning koʻngli hech gunohsiz

sendan qolsa, uni qaytib kelurga mashgʻul boʻlmagʻil,
nedinkim, taʼmagir, kekchi doʻstdin uzoq boʻlgʻil,
uning doʻstligi haqiqiy ermasdur, balki taʼma
uchundur.

“Javonmardlik haqida”

berilgan

qirq

toʻrtinchi bobda muallif qanoat hususida fikr bildirib
quyidagi keltiradi:

“Shundoq eshitibmanki, shayx Shibli bir kun

bir machitga bordi va ikki rakat namoz oʻqib, biroz
vaqt osoyish topdi. Ul machitda yosh oʻgʻlonlar jam
boʻlib, kitob oʻqir erdilar. Oʻgʻlonlarning taom
yeydigʻon vaqtlari boʻlib qoldi. Bularning orasida bir
boyning oʻgʻli ham bor erdi va bir faqirning ham oʻgʻli
bor edi. Boyning oʻgʻli unga dedi: “Agar halvo yemak
tilasang, mening itim boʻl, shundin soʻng halvo
berurman”. Faqirning oʻgʻli dedi: “Men sening
itingman”. Boyning oʻgʻli dedi: “Shundoq boʻlsa,
itdek hurgʻil”. U bechora it yangligʻ hurdi, shundin
keyin boyning oʻgʻli bir boʻlak halvo berdi. U har vaqt

itdek hurardi va bir boʻlak halvo olardi. Shayx Shibli
har vaqt ularga qarab yigʻlar edi. Bir kuni muridlari
undan soʻradilar: “Ey shayx, ne vajdin yigʻlarsan?”
Shayx dedi: “Koʻringlarki, beqanoatlik va tamagirlik
odamning boshiga na savdolarni solur. Agar bu
oʻgʻlon quruq nonga qanoatli boʻlib, undin halvo
tilamasa

edi,

oʻzidek

bir

oʻgʻlonning

iti

boʻlmasdi”[2.164].

“Qobusnoma” Sharq adabiyotida didaktik

mezonlar aks etgan asardir.

Xulosa

“Kalila va Dimna” xalq donoligi aks etgan

adabiy-badiiy qoliplovchi asar hisoblanadi. Asarda
koʻp hikoyatlar keyinchalik boshqa didaktik asarlarga
koʻchib oʻtgan. Masalan Kalila aytan maymun va
duradgor haqidagi hikoyasi”, toshbaqa bilan chayon
haqidagi hikoyalar Gulxaniyning “Zarbulmasal”
asarida “Maymun va najjor” nomi bilan, Dimna
tomonidan aytilan toshbaqa va chayon haqidagi
hikoya “Toshbaqa va Chayon” nomi bilan uchraydi.

“Kalila va Dimna”da oʻndan ortiq bolalarbop

hikoyatlar uchraydi. Ular orasida oʻz makr-xiylasi
tufayli halok boʻlgan baliqchi qush va qisqichbaqa,
quyonning xiylasiga uchib, quduqqa kalla tashlab
halok boʻlgan sher, uch baliq, tovuq va lochin, sodda
va xiylagar, suvoriy va ilon haqidagi hikoyalar, qargʻa,
sichqon, kabutar, toshbaqa va ohu masali shular
jumlasidandir. Bularning koʻpi allaqachon xalq
ertaklariga aylanib ulgurgan.

Moʻjaz rivoyatlar, ixcham latifalar, kichik

hikoyatlardan tuzilgan “Qobusnoma” asari kitobning
oʻqishli boʻlishini taʼminlagan.

Foydalanilgan adabiyotlar

[1].

Kalila va Dimna. – T.: Yangi asr avlodi, 2019.

[2].

Kaykovus.

Qobusnoma.

Oʻzbekiston

Respublikasi Matbuotni qoʻllab quvvatlovchi
Jamgʻarmaning “Istiqlol” noshirlik markazi.
Xalqaro Sharof Rashidov Jamgʻarmasi. –
Toshkent, 1994.

References

Kalila va Dimna. – T.: Yangi asr avlodi, 2019.

. Kaykovus. Qobusnoma. Oʻzbekiston Respublikasi Matbuotni qoʻllab quvvatlovchi Jamgʻarmaning “Istiqlol” noshirlik markazi. Xalqaro Sharof Rashidov Jamgʻarmasi. – Toshkent, 1994.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов