EXPRESSION OF ANTONYMOUS RELATIONSHIP IN ARTICLES

HAC
Google Scholar
To share
Uzoqova, Y. (2024). EXPRESSION OF ANTONYMOUS RELATIONSHIP IN ARTICLES. Modern Science and Research, 3(2), 1248–1250. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29676
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The emotional power and charm of the Uzbek language is reflected in the proverbs and sayings of our people. Concepts of value in proverbs are often expressed by antonyms. The use of proverbs with an antonymic feature expands their scope. This article is dedicated to the analysis of such proverbs.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1248

MAQOLLARDA ANTONIMLIK MUNOSABATINING IFODALANISHI

Uzoqova Yulduzxon Dilshodbek qizi

Andijon davlat universiteti

Filologiya fakulteti II bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10724622

Annotatsiya.

O‘zbek tilining emotsional kuchi, jozibasi xalqimizning maqol, matallarida

o‘z aksini topgan. Maqollardagi qadriyat tushunchalari, ko‘pincha, antonim so‘zlar bilan
ifodalangan. Antonimik xususiyatga ega bo‘lgan maqollardan foydalanish ularning ta’sir
doirasini kengaytiradi. Ushbu maqola aynan shunday maqollar tahliliga bag‘ishlangan.

Kalit so‘zlar:

maqollar, antonim so‘zlar, oppozitsiya, leksema, kontekstual antonimiya,

affiksal antonimiya, semasiologiya, lingvistik tahlil.

EXPRESSION OF ANTONYMOUS RELATIONSHIP IN ARTICLES

Abstract.

The emotional power and charm of the Uzbek language is reflected in the

proverbs and sayings of our people. Concepts of value in proverbs are often expressed by
antonyms. The use of proverbs with an antonymic feature expands their scope. This article is
dedicated to the analysis of such proverbs.

Key words:

proverbs, antonyms, opposition, lexeme, contextual antonymy, affixal

antonymy, semasiology, linguistic analysis.

ВЫРАЖЕНИЕ АНТОНИМНЫХ ОТНОШЕНИЙ В СТАТЬЯХ

Аннотация.

Эмоциональная сила и очарование узбекского языка отражены в

пословицах и поговорках нашего народа. Понятия ценности в пословицах часто
выражаются антонимами. Использование пословиц с антонимическим признаком
расширяет их сферу применения. Анализу таких пословиц посвящена данная статья.

Ключевые слова:

пословицы, антонимы, оппозиция, лексема, контекстуальная

антонимия, аффиксальная антонимия, семасиология, лингвистический анализ.

Borliqdagi barcha hodisalar o‘rtasida oppozitsiya mavjud. Qarama-qarshiliklar olamni

anglashda asosiy mezonlardan biridir. Bu hodisa tilshunoslikda antonimiya nomi ostida talqin
qilinadi. Antonimiya - til birliklarining semantik jihatdan o‘zaro zid, qarama-qarshi bo‘lish
hodisasi.

1

Antonim so‘zlar til birliklaridan biri bo‘lib, badiiy adabiyotda, publisistikada,

shuningdek, maqol va matallarda keng qo‘llaniladi. Maqollar insonlar o‘rtasida muloqot
jarayonida ma’lum bir voqelikka nisbatan bildirilayotgan fikrni ifodalaydi, ularda antonimlardan
foydalanish lingvistik tahlilning, antonimiyaga oid bir qator lug‘atlar, izlanishlarning oshishini
ko‘rsatadi. Antonimlarning maqollar tarkibida uchrashini tahlil qilsak, bunday so‘zlar bir qancha
ma’nolarni qamrab olishini ko‘rishimiz mumkin.

Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan musulmon dinidan.

Ushbu maqolda ‘‘yaxshi’’, ‘‘yomon’’ so‘zlari antonimlik hosil qilmoqda. Maqolda

ishlatilgan ‘‘ilon’’ obrazi aslida xavfli hayvon bo‘lsa-da, bu obraz tagida salbiy xarakterli insonlar

1

Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати.- ТОШКЕНТ: ‘‘ЎЗБЕК МИЛЛИЙ

ЭНЦИКЛОПЕДИЯСИ’’ ДАВЛАТ ИЛМИЙ НАШРИЁТИ.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1249

qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Maqoldagi ‘‘yaxshi’’ so‘zining izohli lug‘atda bir qancha ma’nolari
keltirilgan, mazkur maqolda uning - ijobiy sifatga ega bo‘lgan, biror talabga to‘la javob beradigan,
kishiga yoqadigan, ma’qul bo‘ladigan

2

ma’nosi ifodalangan. Bunga zid ma’noda ‘‘yomon’’

so‘zining salbiy, noxush, odob doirasiga sig‘maydigan ibora ma’nolari ifodalangan. Umuman,
ushbu antonim juftlik ishtirok etgan maqollar talaygina:

Yaxshi oshini yer, Yomon - boshini;
Yaxshi bilan yo‘ldosh bo‘lsang, yetasan murodga,
Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang, qolasan uyatga;
Yomon yashar, yaxshi qaqshar;
Yaxshilikni unutma, yomonlikni ko‘zda tutma;
Yaxshi o‘zar, yomon to‘zar -

shu va boshqa maqollarni misol sifatida keltirishimiz mumkin.

Achchiq haqiqat shirin yolg‘ondan yaxshiroq.

Mazkur maqolda antonim so‘zlar sifatida

‘‘achchiq’’, ‘‘shirin’’ so‘zlari qo‘llanilgan. ‘‘Achchiq’’ va ‘‘shirin’’ so‘zlari asli sifat so‘z
turkumiga tegishli bo‘lib, maqolda antonim juftlikni hosil qilmoqda. Maqolda, asosan,
leksemalarning ko‘chma ma’nosi ifodalangan bo‘lib, haqiqat har doim hammaga ham xush
kelavermagani uchun uni achchiq ya’ni kishiga qattiq tegadigan, noxush bo‘lsa-da, kishiga huzur
baxsh etadigan, lekin tag zamiri asliyatdan yiroq shirin yolg‘ondan ko‘ra afzalligi ifodalangan.
Shuni ta’kidlash kerakki, ‘‘achchiq’’, ‘‘shirin’’ so‘zlari nutqimizda keng qo‘llanilib, o‘z va
ko‘chma ma’nolarda ham qarama-qarshiliklarni ifodalab keladi. Shuningdek, ushbu paremiologik
birligimizda kontekstual antonimiya hodisasi ham aks etgan. Kontekstual antonimiya o‘zaro zid
ma’no ifoda etmagan leksemalarning ma’lum konteks ichida so‘zlovchi yoki muallif tomonidan
antonimlik munosabatlariga kiritilishidir.

3

Yuqorida keltirilgan maqol tarkibidagi ‘‘haqiqat’’,

‘‘yolg‘on’’ so‘zlari tilda aynan antonimlar emas, ammo qo‘llanish doirasida zid ma’nolarni
ifodalab, kontekstual antonimiya hosil qilgan.

Nodon do‘stdan dono dushman afzal.

Ushbu maqoldagi ‘‘do‘st’’, ‘‘dushman’’ so‘zlari

o‘zaro bir grammatik turkumga mansub bo‘lib, nutqda faol qo‘llaniladigan antonim so‘zlar
hisoblanadi. Shuningdek, konteksdagi ‘‘nodon’’ va ‘‘dono’’ leksemalari ham antonimlik hosil
qilmoqda. Ilm-ma’rifatdan xabari yo‘q, ongi past, qoloq do‘stdan aql-zakovatli, oqil dushman
afzalroq degan fikr ilgari surilgan. Insonda nodon do‘st bo‘lsa, u, albatta, pand berishi mumkin,
har qalay foyda bermaydi, lekin dono dushmandan yomonlik kutilsa-da, undan ibrat, tajriba olish
mumkin. Zero, ‘‘Aqlli dushman bilan kengashish mumkin, lekin johil do‘stning maslahatidan
qochish kerak’’.

4

Shuningdek, maqollarda affiksal antonimiyani ham ko‘rishimiz mumkin. Affiksal

antonimiya - qo‘shimchalar o‘rtasidagi zid ma’nolilik. Asosan, sifat so‘z turkumidagi
qo‘shimchalarda ko‘p uchraydi. Masalan:

Bilim

li

ning bilimi yuqar,

Bilim

siz

ning nimasi yuqar.

Bilimlining leksemasidagi

-li a

ffiksi asosdan anglashilgan

narsaga egalik ma’nosini, bilimsizning so‘zi tarkibidagi -

siz

affiksi shu narsaga ega emaslik

2

@savodxon.uz izohli lug‘at.

3

https://azkurs.org - internet sayti.

4

Ali ibn Abu Tolib (r.a). https//islom ziyouz.com.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1250

ma’nosini ifodalaydi. Ya’ni -li va -siz affikslari o‘zaro qarama-qarshi qo‘yilmoqda. Tilimizda
bunday affiksal antonimiya hodisasi uchraydigan xalq maqollarimiz miqdori salmoqli:

El

li

yer - bozor,

El

siz

yer - mozor;

Mehnat

li

non - shakar,

Mehnat

siz

non - zahar.

Mehnat

li

osh osh bo‘lur,

Mehnat

siz

osh - tosh.

Mard o‘zar,

no

mard to‘zar.

O‘zbek tilshunosligida antonimiya hodisasi haqidagi ilk ilmiy qarashlar S.Mutallibov,

S.Usmonov kabi olimlarning maqolalarida o‘z aksini topgan.

5

Xulosa qilib aytganda, o‘zbek xalq maqollari tarkibidagi antonimlarning leksik-semantik,

funksional xususiyatlarini o‘rganish shu xalq madaniyati, dunyoqarashi, qadriyatlari haqida
muhim ma’lumotlar berishi bilan, qolaversa, o‘zbek tili leksikologiyasi, semasiologiyasiga doir
bir qancha xulosalar bera olishi bilan ham ahamiyatlidir. Shuningdek, antonim, sinonim lug‘atlarni
va leksemalarning semantik taraqqiyotiga oid bilimlarni boyitishda muhim manba o‘laroq xizmat
qiladi.

REFERENCES

1.

Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати.-ТОШКЕНТ: ‘‘ЎЗБЕК
МИЛЛИЙ ЭНЦИКЛОПЕДИЯСИ’’ ДАВЛАТ ИЛМИЙ НАШРИЁТИ.

2.

Раҳматуллаев Ш, Маматов Н, Шукуров Р. Ўзбек тили антонимларининг изоҳли
луғати.-Тошкент: Ўқитувчи,1980.

3.

Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик.-Жиззах. 2006.

4.

Komilova G. ‘‘Antonim so‘zlar vositasida qadriyat va bahoning ifodalanishi’’ maqolasi.

5.

https://azkurs.org.

6.

https://islom ziyouz.com.

7.

@savodxon.uz. izohli lug‘at.

5

Komilova G. ‘‘Antonim so‘zlar vositasida qadroyat va bahoning ifodalanishi’’ maqolasi

References

Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати.-ТОШКЕНТ: ‘‘ЎЗБЕК МИЛЛИЙ ЭНЦИКЛОПЕДИЯСИ’’ ДАВЛАТ ИЛМИЙ НАШРИЁТИ.

Раҳматуллаев Ш, Маматов Н, Шукуров Р. Ўзбек тили антонимларининг изоҳли луғати.-Тошкент: Ўқитувчи,1980.

Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик.-Жиззах. 2006.

Komilova G. ‘‘Antonim so‘zlar vositasida qadriyat va bahoning ifodalanishi’’ maqolasi.

https://azkurs.org.

https://islom ziyouz.com.

@savodxon.uz. izohli lug‘at.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов