Abstract

In this article, I covered the topic of management bodies, management administration bodies and their tasks, as well as their role and importance in society.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1058

DAVLAT BOSHQARUVIDA MA’MURIY ORGANLARNING AHAMIYATI

Jiyanova Shohidaxon Mahsumovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi

3-darajali yurist, magistr.

E-Pochta:

shokhidaxonjiyanova@gmail.com

Tel: +998-91-327-45-05

https://doi.org/10.5281/zenodo.10579367

Annotatsiya. Ushbu maqolamda men boshqaruv organlari, boshqaruv ma’muriyati

organlari va ularning vazifalari hamda jamiyatda tutgan o‘rni va ahamiyati mavzusini
yoritganman.

Kalit so`zlar: Boshqaruv tushunchasi, ma’muriy organlar, rahbar tushunchasi, huquq

layoqati, muamala layoqati.

AUTHORITY OF ADMINISTRATIVE BODIES IN STATE MANAGEMENT

Abstract. In this article, I covered the topic of management bodies, management

administration bodies and their tasks, as well as their role and importance in society.

Key words: The concept of management, administrative bodies, the concept of a leader,

legal capacity, negotiation capacity.

ПОЛНОМОЧИЯ ОРГАНОВ АДМИНИСТРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ В

ГОСУДАРСТВЕННОМ УПРАВЛЕНИИ

Аннотация. В этой статье я затронул тему органов управления, органов

управления и их задач, а также их роль и значение в обществе.

Ключевые слова: Понятие управления, административные органы, понятие лидера,

правоспособность, переговорная способность.

KIRISH

“Ma’muriy huquq” atamasi lotincha “administratio” so‘zidan olingan bo‘lib, “boshqaruv

huquqi” ma’nosini anglatadi. Shu sababli, “Ma’muriy huquq” fanining mazmun-mohiyatini ochib
berishdan avval boshqaruv, davlat boshqaruvi tushunchalarining mohiyatini anglab olish lozim
bo‘ladi.

Boshqaruv davlat paydo bo‘lmasdan oldin vujudga kelgan bo‘lib, kimnidir yoki nimanidir

yoxud qandaydir faoliyatga “yo'naltirish, unga rahbarlik qilish” ma’nosini anglatadi.

Huquqshunos olim Y.N.Starilovning fikricha, boshqaruv — bu boshqaruv subyektining

boshqaruv obyektiga nisbatan maqsadga muvofiq va doimiy ta’sir etish jarayoni hisoblanadi.

1

Bunda boshqaruv obyekti sifatida turli xildagi hodisalar va jarayonlar, jumladan, inson,

jamoa, ijtimoiy jamoatchilik, mexanizmlar, texnologik jarayonlar va boshqalar namoyon bolishi
mumkin.

Boshqaruv subyektining obyektga nisbatan ta’siri boshqaruv tizimiga bevosita bog‘liqdir.

1

г Бахрах Д.Н., Россинский Б.В., Старилов Ю.Н. Административное право: Учебник для вузов. — М.:

«Норма», 2004. С. 19.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1059

Boshqaruv tizimi bu boshqaruv jarayonini ta’minlovchi mexanizm, ya’ni maqsadga

muvofiq va kelishilgan holda funksiyalanuvchi o‘zaro bog‘liq elementlardir. Boshqaruv
jarayonidagi bu elementlar orqaga qaytish prinsipi asosida yagona tizimga birlashadi.

Maʼmuriy huquq sohasi davlatni idora etish jarayonida, yaʼni ijro va farmoyish faoliyatini

amalga oshirishda yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar
majmuini oʻz ichiga oladi. Boshqaruv faoliyati turlarining xilma-xilligi Maʼmuriy huquqning keng
koʻlamli va koʻp tarmoqliligini taqozo etuvchi asosiy omildir. Maʼmuriy huquq meʼyorlari barcha
ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatini aniqlaydi hamda davlat boshqaruv organlarini
tuzish, ularni qayta tashkil qilish va tugatish tartibini belgilab beradi. Ular fuqarolarning davlat
boshqaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi, ijro etuvchi hokimiyat
organlarining faoliyati va mansabdor shaxslarning xulq-atvoriga yagona qonun-qoidalarni
belgilab beradi, maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik va uni qoʻllash tartibini koʻrib
chiqadi.

Maʼmuriy huquq meʼyorlari turli maʼmuriy-huquqiy munosabatlarning qatnashchilari

orasida yuzaga kelayotgan maʼmuriy-huquqiy munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasida Respublika Prezidenti, barcha darajadagi davlat boshqaruv

organlari, davlat xizmatchilari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jismoniy shaxslar (O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari, chet mamlakatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar)
maʼmuriy-huquqiy munosabatlarning qatnashchilari jumlasiga kiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy huquq tizimi umumiy va maxsus qismlardan iborat.

Umumiy qism meʼyorlari davlat boshqaruvining asosiy tomoyillarini, Maʼmuriy huquq
subʼyektlarining huquqiy holatini, davlat xizmati asoslarini boshqaruvining huquqiy shakllari va
usullarini davlat boshqaruv tizimidagi qonuniylik va izomni taʼminlash usullari va tartibini
mustahkamlaydi.

Turli davlat organlari tomonidan chiqariladigan meʼyoriy-huquqiy aktlar Maʼmuriy

huquqni bayon qilish shakli, uning manbalari boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasidagi mavjud meʼyorlarning aksariyat qismi bevosita maʼmuriy-huquqiy
yoʻnalishga ega boʻlgan eng muhim meʼyorlar jumlasidandir. Bular, ijro etuvchi hokimiyat
organlarining shakllanish va faoliyat asoslarini belgilab beruvchi hamda fuqarolarning davlat
boshqaruv tizimidagi huquq va erkinliklarini mustahkamlovchi konstitutsiyaviy meʼyorlar
sanaladi. Maʼmuriy huquq asosiy meʼyorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
taʼlim, mudofaa, joylardagi davlat hokimiyati, sanitariya nazorati va boshqa toʻgʻrisidagi
qonunlarida oʻz ifodasini topgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruv organlarini tuzish, ularni qayta

tashkil qilish va tugatish toʻgʻrisidagi, shuningdek, boshqaruv tizimlarini iqtisodiy, ijtimoiy-
madaniy, maʼmuriy-siyosiy qurilish va h.k. sohalaridagi, turli tarmoqlarni takomillashtirish
toʻgʻrisidagi koʻplab qarorlari maʼmuriy huquq manbalari boʻlib xizmat qiladi.

Davlat boshqaruvini tartibga solish ishi Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining, tarmoq

va tarmoqlararo davlat boshqaruv organlarining , shuningdek, joylardagi vakolatli va ijro etuvchi
organlarning meʼyoriy-huquqiy aktlari bilan amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasi davlat
boshqaruv organlarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi aktlarni qabul qiladi. Maʼmuriy
huquq manbalari qatoriga, jumladan, qarorlar, buyruqlar, tarmoq va tarmoqlararo boshqaruv


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1060

organlari (vazirliklar, mahkamalar, davlat qoʻmitalari, respublika agentliklari)ning turli xil
yoʻriqnomaviy materiallari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlarining qarorlari
kiradi.

Mustaqillik yillarida Maʼmuriy huquq meʼyorlari ancha yangilandi. Chunki, davlatning

iqtisodiy funksiyalari, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi va ular
faoliyatidagi asoslilik, omilkorlik singari jihatlar ham tubdan oʻzgardi. Markazlashmagan tizimga
oʻtish va umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlmagan qator vakolatlarning markaziy organlardan quyi
boʻgʻinlarga oʻtkazilishi jarayoni roʻy bermoqda.

Maʼmuriy huquqning ijro etuvchi hokimiyat tuzilishini tokomillashtirishda, davlat

xizmatining huquqiy asoslarini vujudga keltirishda, bozor iqtisodiyotini tartibga solishda,
fuqarolar va tadbirkorlik tizimlari qonuniy huquqlari va manfaatlarining qatʼiy himoya ostiga
olinishini taʼminlashda ahamiyati katta.

Maʼmuriy huquq meʼyorlarini takomillashtirish jarayoni ijro etuvchi hokimiyat organlarida

ikki yoʻnalishda ketmoqda. Bir tomondan, ijro etuvchi hokimiyatning markaziy va mahalliy
organlari orasidagi vakolatlarni chegaralash yoʻli bilan, ikkinchi tomondan esa — bajaradigan
vazifasiga ko‘ra bir xil tipdagi davlat boshqaruv organlarining huquqiy maqomini belgilashda bir
xillikni taʼminlash hamda davlat va ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi boshqaruv darajasini
yuksaltirish yoʻli bilan ushbu jarayon amalga oshirilmoqda.

Iqtisodiy munosabatlarni boshqarib borishning bozor mexanizmiga oʻtish sharoitida

maʼmuriy huquq meʼyorlari yangi iqtisodiy boshqaruv omillarining joriy etilishini nazarda tutadi
(litsenziyalash, kvota belgilash, soliq solish va undirish). Bozor iqtisodiyotining maʼmuriy-
huquqiy taʼminlanishi iqtisodiy va ijtimoiy sohalar rivojini prognozlash va dasturiy rahbarlik
qilish, Oʻzbekistonning ilmiy-texnikaviy salohiyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda
davlat mulkini samarali boshqarish va tadbirkorlikni ragʻbatlantirishga doir tadbirlar tizimini
ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimizning tashkiliy qurilish vazifalarini

hal qilishda ma’muriy huquqning ahamiyati katta. Davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish, davlat
apparatining ishini yaxshilash, boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan
tadbirlarning deyarli barchasi ma’muriy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi. Ya’ni
aynan ma’muriy huquq normalari boshqaruv organlari, korxona, muassasa va tashkilotlarni tashkil
etish, o‘zgartirish yoki tugatish qoidalarini belgilab beradi.

Ma’muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham taribga soladi.
Misol uchun, yo‘l harakati qoidalari, jamoat joyida yurish turish qoidalari, ov qilish, savdo,

sanitariya va yong‘indan saqlash qoidalari va h.k.

Shunday qilib, ma’muriy huquq normalari qanday qilmishlar (harakat yoki harakatsizlik)

ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishi, ma’muriy javobgarlik turlari va usulini, bunday
huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish tartibini o‘rnatadi.

Ma’muriy huquq fanining boshqa huquqiy fanlar bilan o‘zaro aloqalari, munosabatlariga

kelsak, shuni aytib o‘tish joizki ma’muriy huquq boshqa huquqiy fanlar bilan chambarchas
bog‘liq.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1061

REFERENCES

1.

Бахрах Д.Н., Россинский Б.В., Старилов Ю.Н. Административное право: Учебник для
вузов. — М.: «Норма», 2004. С. 19.

2.

2.” Ma’muriy huquq” E.Hojiyev,T.Hojiyev Toshkent 2008.

3.

3.https://fayllar.org/mavzu-mamuriy-huquq-asoslari-reja-mamuriy-huquq-tushunchasi-
va.html

4.

Xudoyberdiyeva V.J., Xojiyev Ye.T. Ma’muriy huquq.0‘quv qo'llanma.— Т.: TDYuI
nashriyoti, 2005.

5.

Бахрах Д.Н., Россинский Б.В., Старилов Ю.Н. Административное право: Учебник для
вузов. — М.: «Норма»,2004.

References

Бахрах Д.Н., Россинский Б.В., Старилов Ю.Н. Административное право: Учебник для вузов. — М.: «Норма», 2004. С. 19.

” Ma’muriy huquq” E.Hojiyev,T.Hojiyev Toshkent 2008.

https://fayllar.org/mavzu-mamuriy-huquq-asoslari-reja-mamuriy-huquq-tushunchasi-va.html

Xudoyberdiyeva V.J., Xojiyev Ye.T. Ma’muriy huquq.0‘quv qo'llanma.— Т.: TDYuI nashriyoti, 2005.

Бахрах Д.Н., Россинский Б.В., Старилов Ю.Н. Административное право: Учебник для вузов. — М.: «Норма»,2004.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов