LEGAL GUARANTEES OF THE ACTIVITIES OF THE LAWYER IN THE UPDATED CONSTITUTION

HAC
Google Scholar

Abstract

In this article, the legal status of the legal profession of a lawyer is analyzed scientifically-theoretically and legally, and the position of the Republic of Uzbekistan in this regard is fully covered. Also, in the updated constitution, it is the analysis of the rules of articulation with the activities of lawyers, the importance of the bar Institute today, the state of the lawyer in the Republic of Uzbekistan today that is briefly covered.


background image



162

YANGILANGAN KONSTITUTSIYADA ADVOKATURA FAOLIYATINING

HUQUQIY KAFOLATLARI

Jiyanova Shohidaxon Mahsumovna

Farg'ona viloyati yuridik texnikumi mahsus fan o‘qituvchisi, 3-darajali yurist, magistr.

e-pochta:shokhidaxonjiyanova@gmail.com

tel:91 327 45 05.

Аkbarova Zilola Xayrullo qizi

Sud-huquqiy faoliyati, 23-22-guruh o'quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8411779

Annotatsiya.

Mazkur maqolada advokatlik faoliyatining huquqiy maqomi ilmiy-nazariy va

huquqiy jihatdan tahlil qilingan boʻlib, bu borada Oʻzbekiston Respublikasining tutgan pozitsiyasi

to’liq yoritib berilgan. Shuningdek yangilangan Konstitutsiyada aynan advokatlar faoliyati bilan

bo’g’liq normalarning tahlili, advokatlik institutining bugungi kundagi ahamiyati, Oʻzbekiston

Respublikasida advokaturaning bugungi kundagi holati qisqacha yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

advokatlik tuzilmasi, advokatura, Konstitutsiya, fuqarolik jamiyati. Advokat,

yuridik yordam.

LEGAL GUARANTEES OF THE ACTIVITIES OF THE LAWYER IN THE

UPDATED CONSTITUTION

Abstract.

In this article, the legal status of the legal profession of a lawyer is analyzed

scientifically-theoretically and legally, and the position of the Republic of Uzbekistan in this

regard is fully covered. Also, in the updated constitution, it is the analysis of the rules of

articulation with the activities of lawyers, the importance of the bar Institute today, the state of the

lawyer in the Republic of Uzbekistan today that is briefly covered.

Keywords:

advocacy structure, advocacy, Constitution, civil society. Lawyer, Legal

Assistance.

ПРАВОВЫЕ ГАРАНТИИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ АДВОКАТУРЫ В

ОБНОВЛЕННОЙ КОНСТИТУЦИИ

Аннотация.

В данной статье проведен научно-теоретический и правовой анализ

правового статуса адвокатской деятельности, в полной мере освещена позиция

Республики Узбекистан в этом вопросе. Также в обновленной Конституции вкратце

освещены анализ норм, связанных именно с адвокатской деятельностью, значение

института адвокатуры на сегодняшний день, современное состояние адвокатуры в

Республике Узбекистан.


background image



163

Ключевые слова:

структура адвокатуры, адвокатура, Конституция, гражданское

общество, Адвокат, юридическая помощь.

Advokatura

- O’zbekiston Respublikasidagi fuqarolik jamiyatining eng muhim

institutlaridan biri, huquqiy davlat tizimining elementi bo’lib, usiz jismoniy va yuridik

shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoyalash ilojsizdir.

Yangilangan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida advokatura institutiga

konstitutsiyaviy maqom berildi. Ya’ni birinchi bor mamlakat Konstitutsiyasiga advokaturaga

bag‘ishlangan alohida bob kiritilib, advokatlar faoliyati mustaqilligining konstitutsiyaviy

kafolatlari kuchaytirildi. Xususan Konstititsiyaning XXIV bobi aynan “Advokatura” faoliyatiga

bag’ishlangan bo’lib, u 141-142 -moddalarni o‘z ichiga oladi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko’rsatish uchun advokatura

faoliyat ko’rsatadi.

Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o’zini-o’zi boshqarish prinsiplariga

asoslanadi. Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.”.

Aynan ushbu moddani tahlil qiladigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasida advokatlik

faoliyatining asosiy belgilari to’liq va tushunarli qilib bayon etilgan. Shuningdek advokat faoliyati

davomida faqat qonunga bo’ysunishi, jamiyatda adolat va qonuniylikni ta’minlashda o’z hissasini

qo’shishi belgilab berilgan. Uning faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash O’zbekiston

Respublikasi qonun va qonun osti hujjatlari bilan kafolatlab qo’yilgan.

Konstitutsiyada advokaturaning institutsional ahamiyati va tashkiliy mustaqilligi

qat’iyligidan tashqari fuqarolarga malakali yuridik yordam manbai bo‘lgan advokatning

faoliyatida belgilangan kafolatlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Jumladan,

Konstitutsiyaning

141-142- moddasi bilan qator yangi qoidalar nazarda tutildiki, ularning har biri advokatning

huquqiy va protsessual maqomi jiddiy mustahkamlanganidan dalolat beradi.

“Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga

yo‘l qo‘yilmaydi”.(O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 142-1-modda) Mazkur qoidaning

ahamiyati nimada?

Shubhasiz, bunday norma advokatlar faoliyati umumiy holatiga jiddiy ijobiy

ta’sir ko‘rsatadi. Albatta, aytish kerakki, advokatning guvohlik immuniteti va uning faoliyatiga

aralashish taqiqi advokatlik faoliyatiga oid qonunlar va protsessual qonunchilikda ham

belgilangan. Lekin mazkur qoidalarning konstitutsiyaviy darajada o‘rnatilishi ularning real ishlash

imkonini oshiradi, chunki bu yerda gap konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi haqida

bormoqda va bu qat’iy qoidalar jinoyat ishi yurituviga mas’ul bo‘lgan shaxslar tergovchi, prokuror


background image



164

va sud zimmasiga yuklatilib, ular advokatning mazkur kafolatlarini ta’minlab berishga majbur

ekanliklarini anglatadi! Nima uchun aynan ana shu sub’yektlarga ushbu majburiyatning

yuklatilishi muhim? Chunki sud-tergov amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, advokatlarning kasbiy

faoliyatiga aralashish, ularning himoya pozitsiyasini olib borishida turli bevosita va bilvosita

bosim holatlari aynan jinoyat ishi yurituvi jarayonida ko‘proq kuzatiladi.

Konstitutsiyaviy kafolat sharoitida esa advokat bunday xavflardan himoyalanadi, o‘z

vakolatlari doirasida dadil harakatlanadi, har qanday tazyiq va bosimlardan xoli bo‘ladi.

Mustaqil bo‘lgan, o‘z himoya yo‘nalishini mustahkam va barqaror olib boradigan advokat

tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam darajasi ham, albatta, yuqori bo‘lishi tayin.

“Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan to‘sqinliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar

berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi.”

Bu kafolat borasida gapiradigan bo‘lsak, aytish

muhimki, bu kafolatga bo‘lgan ehtiyoj jinoyat protsessida advokat ishtiroki eng boshlang‘ich

nuqtasining o‘zida – shaxs jinoyat sodir etishda gumonlanib ushlangan zahotiyoq yuzaga keladi.

Ya’ni shaxsning harakatlanish erkinligi cheklanishi bilan darhol unga advokat ta’minlanishi shart

hisoblanadi. Shuningdek, shaxs birinchi so‘roq o‘tkazilishidan avval himoyachi bilan xoli

uchrashishi qonunan kafolatlangan. Lekin shu bilan birgalikda ta’kidlash kerakki, tergov amaliyoti

jinoyat-protsessual qonunida belgilangan mazkur huquqlarni ta’minlashda qator muammolar

borligidan dalolat bermoqda. Ko‘plab advokatlarning asosiy e’tirozlaridan biri bu – tergov

organlari tomonidan advokat va uning himoyasi ostidagi shaxsni ayblov yuzasidan birlamchi

pozitsiyani shakllantirib olishga to‘sqinlik qiluvchi turli vaziyatlarning yaratilishidir. Masalan,

tergov hibsxonasi ichki tartib qoidalari vaji bilan uchrashuvning xoli bo‘lishiga imkon bermaslik,

turli bahonalar bilan uchrashuvlar vaqtini ortga surish yoki belgilangan uchrashuv joyini tez

fursatda o‘zgartirish, advokatlar xonasi yetishmasligi va boshqa advokatlar ham o‘z himoyasi

ostidagilar bilan uchrashishi kerakligi vajini aytib, uchrashuv vaqtini chegaralashga urinishlar va

boshqalar. Bunday to‘siqlar oqibatida advokat o‘z himoyasi ostidagi shaxs bilan birlamchi va eng

muhim bo‘lgan muloqotni qila olmay, mustahkam himoya pozitsiyasini qo‘ldan boy beradi, hibsda

saqlanayotgan shaxs esa jinoiy ta’qibning og‘ir ruhiy bosimi ostida iqrorlik ko‘rsatmalarini berish

ehtimoli yanada ortadi. Aynan ana shunday vaziyatlarga chek qo‘yish maqsadida ham “

advokatga

o‘z himoyasidagi shaxs bilan to‘sqinliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-

sharoitlar ta’minlanadi”

degan qat’iy konstitutsiyaviy qoida o‘rnatilganligi nihoyatda muhimdir.

“Advokat va uning kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi. Advokatning kasbiy

huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan muhofaza qilinadi”. Mazkur kafolatning mohiyati

nimadan iborat?

Bunday qoida orqali davlat advokatlar xavfsizligiga tahdid bo‘lgan holatlarda


background image



165

ularning himoyasini ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi, ularning o‘z kasbiy vazifalarini bajarishlari

uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlardan to‘liq foydalanishlariga shart-sharoit yaratadi.

Shu bilan birga, advokat kasbiy vakolatlari doirasida dalillar to‘plashi va ularni taqdim

etishi jarayonining davlat tomonidan himoyalangani advokatning erkin va mustaqil faoliyat

yuritishini ta’minlaydi. Bu borada advokatning sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan

muhofazalanishi alohida e’tirof etilgani nafaqat himoyasi ostidagi shaxsni, balki advokatning

o‘zini ham turli bosim va tahdidlardan, noqonuniy harakatlar ta’siridan himoya qiladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, mustaqil advokatura samarali odil sudlovni ta’minlashning

ajralmas shartidir. Zero sud protsessida taraflarning chinakam tortishuviga advokat va prokuror

o‘rtasida protsessual imkoniyatlar tengligi, sog‘lom bahs va kuchli pozitsiyalar muzokarasi

ta’minlanishi muhitidagina erishiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr, -T: “O‘zbekiston” nashriyoti,

2023 y

2.

“Advokatura to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 09.08.2023 y O‘RQ-862-son

3.

“Advokatura” darslik , TDYU mualliflar jamoasi. -T;.-2019 y, 11-b

4.

Kun.uz rasmiy kanali

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Rasmiy nashr, -T: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2023 y

“Advokatura to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni. 09.08.2023 y O‘RQ-862-son

“Advokatura” darslik , TDYU mualliflar jamoasi. -T;.-2019 y, 11-b

Kun.uz rasmiy kanali

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов