Abstract

This article describes in detail the concept of gender equality, the state and importance of gender equality in public administration today, the reforms implemented by the state and the decisions taken and their implementation.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1062

DAVLAT BOSHQARUVI SOHASIDA GENDER TENGLIKNING HOLATI

Jiyanova Shohidaxon Mahsumovna

Farg‘ona viloyati yuridik tehnikumi mahsus fan o'qituvchisi

3-darajali yurist, magistr

E-Pochta:

shokhidaxonjiyanova@gmail.com

Tel: 91-327-45-05

https://doi.org/10.5281/zenodo.10579400

Annotatsiya. Ushbu maqolada Gender tenglik tushunchasi, bugungi kunda davlat

boshqaruvida gender tenglikning holati va ahamiyati, bu borada davlat tomonidan amalga
oshirilayotgan islohotlar va qabul qilingan qarorlar va ularning ijrosi haqida batafsil yoritilgan.

Kalit so`zlar: Gender tushunchasi, ayol va erkak tengligi, ayollar huquqlari, erkaklar

huquqlari.

THE STATE OF GENDER EQUALITY IN THE FIELD OF PUBLIC

ADMINISTRATION

Abstract. This article describes in detail the concept of gender equality, the state and

importance of gender equality in public administration today, the reforms implemented by the state
and the decisions taken and their implementation.

Key words: Concept of gender, equality of women and men, women's rights, men's rights.

СОСТОЯНИЕ ГЕНДЕРНОГО РАВЕНСТВА В СФЕРЕ

ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ

Аннотация. В данной статье подробно описано понятие гендерного равенства,

состояние и значение гендерного равенства в государственном управлении сегодня,
реформы, проводимые государством, а также принятые решения и их реализация.

Ключевые слова: Понятие пола, равенство женщин и мужчин, права женщин,

права мужчин.


KIRISH

Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu

oilada va jamiyatda erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan
tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar.

Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, gender tengligi — bu patriarxal tizimdan keyingi

ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichidir. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs
sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barcha ijtimoiy toʻsiqlarni oʻrganish va yoʻq qilish,
shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng
ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat tushunchadir.

Oʻzbekiston gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni

boshladi. 2019-yil holati boʻyicha Oʻzbekistonning gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatdagi 189
mamlakat ichida 62-oʻrinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik
jamgʻarmasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol
gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming oʻspirin qiz uchun tugʻish
koʻrsatkichi 23,8 ni tashkil qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1063

Gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxati boʻyicha 62-oʻrinda Oʻzbekiston bilan bir qatorda

Kosta-Rika va Urugvay ham 0,288 koʻrsatkichi bilan qayd etilgan. Oʻrta Osiyo davlatlari oʻrtasida
Qozogʻiston 44-chi, Qirgʻiziston 82-chi, Tojikiston 70-chi oʻrinlarni egallashgan, Turkmanistonda
esa bu roʻyxatda hech qanday maʼlumot koʻrsatilmagan.

Yurtimizda 2019-yil 2-sentabrda 562-sonli Oʻzbekiston Respublikasi “Xotin-qizlar va

erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilingan.

Mamlakatimizda Gender tenglik boʻyicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib

keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni
taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasining raisi hisoblanadi.

Shuningdek, 2019-yil 2-sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng

huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni xotin-
qizlarning jamiyatdagi o‘rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma’qullandi.

Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak o‘rtasidagi

tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb bo‘lib kelgan huquqiy munosabatlarning
nechog‘lik dolzarbligiga qaratilgan qonundir. Jumladan, qonunning 1-moddasida qayd
etilganidek, qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni
ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

To‘g‘ri, hozir biz yashayotgan davr yangilanayotgan O‘zbekistonning islohotlarida inson

manfaatlarining ustunligiga qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi
erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlari shuningdek, ayrim holatlarda
jamiyatda ham xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga yetarlicha ahamiyat berilmayotgani
haqiqatdir.

Ana shunday salbiy holatlarga qarshi mazkur qonunning 2-moddasida “Xotin-qizlar va

erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu
Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining

xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma
qoidalari qo‘llanilishi” belgilangan.

Shuningdek, qonunda gender tushunchasi ham qayd etilgan bo'lib, unga ko‘ra, gender —

xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha
sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilm-fan
sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati ko‘rsatilgan. Demak, gender tushunchasi faqat
ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining o‘z orzu va maqsadlari sari
dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos.
Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining
ta’minlanishidadir.

Bugun O‘zbekiston ayollari har bir jabhada o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotganini barchamiz

bevosita amalda ko‘rib, chuqur his etmoqdamiz. O‘tgan yili yurtimiz tarixida birinchi marta milliy
parlamentda ayollar soni bugungi ko‘rsatkichga ko‘tarilgani ham buning yorqin tasdig‘idir. Gap
shundaki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32
foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Senatda esa bu ko‘rsatkich qariyb 25 foizga yetdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1064

Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi ham jonkuyar, faol ayollardir. Ana shunday

natijalar tufayli O‘zbekiston parlamenti ayol deputatlar soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy
parlament o‘rtasida 37-pog‘onaga ko‘tarildi. Holbuki, bundan 5 yil ilgari 128-o‘rinda edik.
Bunday keskin ijobiy o‘zgarishlar parlament saylovlari shunchaki o‘tkazilmagani, “Yangi
O‘zbekiston — yangi saylovlar” shiori hayotda bevosita o‘z inʼikosini topganini anglatadi.

Kimlardir ayol kishining rahbar bo‘lganining nimasi yaxshi, deyishi mumkin. Bunday

savolga javob aniq: nozik hilqat sohibalari ijtimoiy masalalarga ko‘proq yurakdan his qilib
yondashadi, dilidan o‘tkazib qarorlar qabul qiladilar.

Ijtimoiy masalalar esa, bu — xalqning dardi, xalqning muammosi, shu kecha-kunduzda

uning boshidan o‘tayotgan muammolar bilan uzviy bog‘liqdir. Ayol buni ko‘proq, teranroq
tuyishining yana bir sababi u oila bekasi, bolalar tarbiyachisi, ularning sog‘lig‘i uchun
qayg‘uradigan shifokordir. Siyosiy hayotda faol bo‘lgan xotin-qizlarimiz aynan mana shunday
xislatlari tufayli qonunlarning yanada hayotiy bo‘lishi uchun kurashadilar, ularda aniq masalalar,
muammolarning yechimlarini ifodalash uchun jon kuydiradilar.

Binobarin, O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasiga juda katta eʼtibor qaratilyapti. Ularning

huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari Konstitutsiyamiz, qonunlarimizda mustahkamlab
qo‘yilgan. Tan olish kerak, orada bu boradagi islohotlarning ko‘pi qog‘ozda qolib ketdi. Ayrim
holatlarda ayollar o‘zlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar kamlik qildi, stereotiplar to‘siq
bo‘ldi. Masalan, ayol tadbirkorlik qilaman, desa, preferensiyalar berish tizimi yo‘q edi. Umuman,
ularga imtiyozlar yaratish bo‘yicha huquqiy baza yaratilgan bo‘lsa-da, shularni ro‘yobga chiqarish
bo‘yicha aniq “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilmagan edi. Oqibatda jamiyatning aslida faol bo‘lishi
kerak bo‘lgan mazkur qatlami tobora passivlashib ketdi.

Bir tomondan bu mentalitetga ham bog‘liq bo‘lgan, deb o‘ylayman.Birgina taʼlim sohasini

oladigan bo‘lsak, bizda qizlar va o‘g‘il bolalarning bilim olishlari, kasb tanlashlari bo‘yicha
kelajaklarini taʼminlashda farqlar bor edi, hali ham bunday dunyoqarash uchrab turibdi. To‘g‘ri,
hamma bolalar maktabda o‘qitiladi. Biroq keyinchalik kasb tanlash, oliy o‘quv yurtida tahsil
olishga kelganda, ko‘proq eʼtibor va ustunlik o‘g‘il bolaning taʼlim olishiga, uning uchun barcha
sharoitni yaratishga qaratiladi. Chunki baʼzi insonlarda faqat o‘g‘il bolaga bilim berish kerak,
o‘qitish kerak, chunki u bizning boquvchimiz, degan qarashlar ustunlik qiladi.

Qiz bolaga kelganda, bu boshqacha tus oladi. Maktab taʼlimi majburiy bo‘lgani bois

o‘qiydi. Ammo keyin “bu birovning xasmi, kerak bo‘lsa turmush o‘rtog‘i boqib oladi”, degan
tushunchaga urg‘u beriladi.

Vaholanki, qiz bola oliy maʼlumotli bo‘lsa, qanchalik bilim va salohiyat olsa, buni

kelgusida farzandlariga ham “yuqtiradi”, har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish
masalasiga masʼuliyat bilan yondashadi. Yurtning kelajagi esa mana shunday dunyoqarashga ega
onalar tomonidan yaratiladi.

O‘z navbatida, bugun jamiyatimizda o‘ta bilimli, qobiliyatli bo‘lsa-da, o‘zini oilasiga,

turmush o‘rtog‘i va farzandlariga bag‘ishlagan ko‘plab ayollarni bilaman. Zero, oilaning taʼminoti
uchun turmush o‘rtog‘i yetarli mablag‘ni topsa, ayolning o‘zi ham bor vaqtini, mehnatini bolalari
uchun sarflasa, nima uchun biz uni majburlab ishga olib chiqishimiz kerak? Bu ham ularning o‘z
huquqi, tanlovi aslida.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1065

Demak, xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida, birinchi navbatda, ota-onalarning

munosabati katta rol o‘ynasa, ikkinchisi, oliy taʼlimda ularni qamrab olish imkoniyati muhim o‘rin
tutadi. Masalan, talaba qiz turmushga chiqsa, o‘qishni qiynalib davom ettirishga majbur bo‘ladi.
Qo‘llab-quvvatlaydigan qaynota bilan qaynonaning qo‘liga tushsa-ku yaxshi, ammo “o‘qib nima
bo‘larding”, deydigan oilaga kelin bo‘lsa, buyog‘ini tasavvur qilavering. Yillar davomida
to‘planib qolgan shu kabi muammolar, oliy o‘quv yurtlariga yoshlarni qamrab olish
ko‘rsatkichining to‘qqiz foiz ekanligi oliy maʼlumotli, keng tafakkur va dunyoqarashi bor ayollarni
tarbiyalashda katta to‘siq bo‘ldi.

Quvonarlisi, bugungi kunda zamonaviy fikrlaydigan ota-onalar, qaynota-qaynonalar,

kuyovlar ko‘payib boryapti. O‘z navbatida, xotin-qizlarning taʼlim olishi, kasbli bo‘lishi uchun
qog‘ozda emas, real hayotda katta qulayliklar, yengilliklar yaratilmoqda. Bugun gender tenglik
degan demokratik tamoyil haqida ochiq-oydin gapirilayotgani, bu borada izchil chora-tadbirlar
olib borilayotgani fikrimizga misol bo‘la oladi.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Gender masalalari yuzasidan O‘zbekiston

Markaziy Osiyo davlatlari orasida ancha ilg‘or siyosat yuritmoqda. Shu bois BMT Markaziy
Osiyodagi gender platformasini O‘zbekistonda tuzish bo‘yicha amaliy takliflarni ko‘rib chiqyapti.

Natijada ushbu nufuzli xalqaro tashkilot va qo‘shni davlatlar bilan hamkorlikda gender

tenglikni faol ilgari surayotgan mamlakat sifatida Markaziy Osiyo platformasini yaratish ishlari
yangi bosqichga ko‘tariladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘ylab
gender masalasida olib borayotgan saʼy-harakatlarimizni taqdim etish hamda qardoshlar bilan
o‘zaro bilim, fikr va tajriba almashishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini
“Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi
to‘g‘risida”gi Farmonida ham xotin-qizlarimizning haq-huquqlarini himoya qilish, ularni oliy
taʼlimga yana-da ko‘proq qamrab olishga alohida eʼtibor qaratilgani ham bejiz emas.

Mana shunday g‘amxo‘rlik mevasi ham shirin bo‘ladi. Qizlarimiz, ertaga ishlagan yoki

ishlamagan taqdirda ham, oliy maʼlumotli bo‘lsa, oqilalik libosini kiyadi, qo‘pol gapirmaydi, bir
qo‘lida qaynonasi, bir qo‘lida turmush o‘rtog‘ini ko‘tarib yuradi, chiroyli oilaning dilbar va dono
bekasiga, o‘zaro munosabatlarda mohir diplomatga aylanadi. Mustahkam oila qurishda aynan shu
jihatlar nihoyatda muhim ekanligini yigitlar ham yaxshi tushunadi, ular ham, o‘z navbatida, o‘ziga
yaqin bo‘lgan turmush o‘rtog‘i va onasini hurmat qiladi, eʼzozlaydi.

REFERENCES

1.

https://strategy.uz/index.php?news=879&lang=uz

2.

” Ma`muriy huquq” E.Hojiyev,T.Hojiyev Toshkent 2008.

3.

https://yuz.uz/uz/news/yangilanayotgan-ozbekistonda-gender-tenglikning-huquqiy-asoslari

4.

Xudoyberdiyeva V.J., Xojiyev Ye.T. Ma’muriy huquq.0‘quv qo'llanma.— Т.: TDYuI
nashriyoti, 2005.

5.

Бахрах Д.Н., Россинский Б.В., Старилов Ю.Н. Административное право: Учебник для
вузов. — М.: «Норма»,2004.

References

https://strategy.uz/index.php?news=879&lang=uz

” Ma`muriy huquq” E.Hojiyev,T.Hojiyev Toshkent 2008.

https://yuz.uz/uz/news/yangilanayotgan-ozbekistonda-gender-tenglikning-huquqiy-asoslari

Xudoyberdiyeva V.J., Xojiyev Ye.T. Ma’muriy huquq.0‘quv qo'llanma.— Т.: TDYuI nashriyoti, 2005.

Бахрах Д.Н., Россинский Б.В., Старилов Ю.Н. Административное право: Учебник для вузов. — М.: «Норма»,2004.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов