THE ROLE OF JADIDS IN THE HISTORY OF THE DEVELOPMENT OF THE EDUCATIONAL SYSTEM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar

Abstract

This article reflects on the role and importance of jadids in the development history of the educational system of the Republic of Uzbekistan.


background image



153

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TA'LIM TIZIMINING RIVOJLANISH

TARIXIDA JADIDLARNING O’RNI

Jiyanova Shohidaxon Mahsumovna.

Farg'ona viloyati yuridik tehnikumi mahsus fan o'qituvchisi. 3_darajali yurist. Magistr.

shokhidaxonjiyanova@gmail.com

tel:91 327 45 05.

Аkbarova Zilola Xayrullo qizi

Sud-huquqiy faoliyati, 23-22 guruh o'quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8411667

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimining rivojlanish

tarixida jadidlarning o’rni va ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Kalit So’zlar:

jadidlar, isloh, taraqqiyparvar kuchlar, Jadidchilik harakati.

THE ROLE OF JADIDS IN THE HISTORY OF THE DEVELOPMENT OF THE

EDUCATIONAL SYSTEM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract.

This article reflects on the role and importance of jadids in the development

history of the educational system of the Republic of Uzbekistan.

Keywords:

jadids, reform, progressive forces, Jadidist movement.

РОЛЬ ДЖАДИДОВ В ИСТОРИИ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ

РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Аннотация.

В данной статье рассматривается роль и значение джадидов в

истории развития системы образования Республики Узбекистан.

Ключевые слова:

джадиды, реформа, прогрессивные силы, джадидистское

движение.

Jadidlar kim bo‘lganini tushunib olish uchun o‘sha davr tarixini juda yaxshi bilish zarur.

Jadidchilik XIX asr oxiri – XX asr boshida paydo bo‘ldi. Agar biz jadidchilik paydo bo‘lishining

tarixiy sabablarini tushunishni istasak, tarixga birox chuqurroq kirib borishimiz, XIX asrdagi

falsafa va ma'rifatning kuchayishi, qanchalik g‘ayritabiiy ko‘rinmasin, O‘rta Osiyo xonliklarining

XVI asrda Buyuk ipak yo‘li zaiflashib qolgani bilan bog‘liq tarzda yuzaga kelgan qoloqligi

ob'ektiv sabablarini anglab olishimiz kerak bo‘ladi

Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi: Turkistonni oʻrta asrlarga xos

qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa maʼrifat tarqatish,

Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy


background image



154

monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va

farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish. Toshkent,

Fargʻona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyparvar kishilarning ayrim guruhlari

tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik

harakati shakllandi.

Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari —

hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga

qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish — siyosiy-maʼrifiy jabhadan boshlashga qaror

qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish

uchun oʻziga qulay zamin topdi.

Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon

mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil

koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun

kurashida asosan quyidagi yoʻnalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmogʻini kengaytirish;

qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish;

gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda

milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina

bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.

Adabiyotdagi bunday uygʻonish, ayni vaqtda, shu davr madaniy hayotida ham roʻy berdi.

Jadidlar oʻzbek xalqi hayotiga tom maʼnodagi milliy teatrni olib kirdi. Milliy matbaaning vujudga

kelishi bilan kitob bosish ishi yoʻlga qoʻyila boshlandi. Yevropa koʻpovozli musiqa sanʼati bilan

tanishgan jadidlar oʻzbek anʼanaviy musiqa uslublarini ham isloh qilishga daʼvat etishgan. 1919-

yilda Toshkentning Eski shahar qismi (hozirgi „Turon“ kutubxonasi yonidagi bino)da jadidlar

tashabbusi bilan Turkiston xalq konservatoriyasining milliy (eski shahar) boʻlimi tashkil etildi.

Shu tarzda jadidlar sanʼat vositasi bilan millat qadrini koʻtarish, sanʼatning deyarli barcha turlarini

yuksaltirishga intildilar. „Oʻzbekiston Respublikasi“ maxsus jildining tegishli boʻlimlariga —

adabiyoti, teatri, musiqasiga jadidchilikning aksar vakillari yoshlarga dastavval diniy taʼlim bilan

bir qatorda dunyoviy fanlarni oʻqitish masalasini kun tartibiga qoʻydilar. Ular musulmon

maktablarining taʼlim usuli va dasturlarini isloh qilib, yangicha usuldagi maktablarni ochdilar.

Behbudiy, Munavvarqori, Abdulvohid Burhonov, Abdulla Avloniy va boshqalar yangi usul

maktablari uchun darsliklar yozib, nashr etishgan.

Jadidchilik harakatining soʻnggi yillari faol siyosiy kurashlar bilan ajralib turmaydi. Bu

davrda sovet rejimi turli siyosiy ishlar („Oʻn sakkizlar guruhi“, „Inogʻomovchilik“,


background image



155

„Qosimovchilik“, „Badriddinovchilik“ va boshqa) tuzib, milliy ziyolilarni ommaviy ravishda

qatagʻon qilishga kirishdi. 1929-yil noyabrda Munavvarqori boshchiligidagi 38 kishining

qamoqqa olinishi (keyinchalik ularning soni 87 kishiga yetgan) bilan jadidchilik harakatiga kuchli

zarba berildi.

Jadidchilik harakati siyosiy maʼrifatparvarlikdan jadid taraqqiyparvarlar firqasi darajasiga

koʻtarila oldi. Bu harakat hamda firqa aʼzolari oʻz faoliyati va dasturiga koʻra, shoʻro

adabiyotlarida aytilganidek, „bir hovuch boylar manfaatiga xizmat qiluvchi liberal burjuaziya

vakillari“ emas, balki Turkistonning barcha xalqlari taqdirini oʻylab ish koʻrgan demokratik

jarayonning namoyandalari edi.

Jadidchilik harakatining barcha taniqli namoyandalari (Sadriddin Ayniydan tashqari) 30-

yillarda sovet mustabid rejimi tomonidan amalga oshirilgan qirgʻin natijasida halok boʻldi.

Jadidchilik harakatiga sovet davrida „millatchilik“, panturkizm, panislamizm tamgʻalari bosilib,

qoralandi. Jadid adabiyotini oʻqish taqiqlandi.

Sovet davrida yozilgan adabiyotlarda jadidchilikka „burjua-liberal harakat“ deb taʼrif

berilgan. SSRI parchalanib ketganidan keyin jadidchilik harakati va uning namoyandalari nomi

qayta tiklandi. Tarixchi, adabiyotshunos, tilshunos, faylasuf, huquqshunos, sanʼatshunos va

pedagog olimlar jadidlarning ilmiy va adabiy merosini oʻrganishda dastlabki natijalarni qoʻlga

kiritishdi. Mustaqillik yillarida Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Avloniyning 2 jildli, Behbudiy, Abdulla

Qodiriy, Sidqiy Xondayliqiy, Ibrat, Ajziy, Soʻfizodaning 1 jildli, shuningdek, Fayzulla Xoʻjayev,

Munavvarqori, Polvonniyoz hoji Yusupovning asarlari chop qilindi. Jadidlarning 20 ta mashhur

vakili kiritilgan „Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari“ (Toshkent, 1999)

albom-kitobi nashrdan chiqdi. Ularning faoliyati darslik va qoʻllanmalarga kiritildi.

1999-yil 16-18-sentabrda Toshkentda „Markaziy Osiyo 20-asr boshida: islohotlar,

yangilanish, taraqqiyot va mustaqillik uchun kurash (Jadidchilik, Muxtoriyatchilik, Istiqlolchilik)“

mavzuida xalqaro konferensiya oʻtkazilib, unda AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya,

Niderlandiya, Turkiya, Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlardan kelgan nufuzli olimlar

jadidchilik va istiqlolchilik harakatlari toʻgʻrisida jahon ilm-fanida toʻplangan soʻnggi xulosalar

yuzasidan oʻzbekistonlik hamkasblari bilan oʻzaro fikr almashdilar. Jadidchilik harakati

jahonshumul ahamiyatga molik hodisa ekanligi eʼtirof qilindi. Konferensiyada ushbu muammoni

tadqiq qiluvchi xalqaro ilmiy kengash tuzildi.

Bugungi kunda Jadid marifatlarimizning nomlarini xalq chuqur hurmat-ehtirom bilan tilga

olmoqda. Ularning merosi hamda taqdiri esa Germaniya, Turkiya, Amerika, Yaponiya, Oʻrta

Osiyo davlatlari va albatta, oʻz Vatani olimlarining tadqiqot mavzuiga aylangan.


background image



156

Soʻnggi yillarda milliy qadriyatlarimizni qadrlash, ardoqlash borasida zalvarli ishlar

amalga oshirilmoqda. Qanchadan-qancha tarixiy meʼmoriy obidalarimizning tiklangani, ular

xalqimizning chinakam muqaddas ziyoratgohiga aylangani maʼnaviyatimizni mustahkamlashga

munosib hissa boʻlib qoʻshilmoqda.

Shular sirasida birgina 2020-yili buyuk bobokalonimiz Mahmudxoʻja Behbudiyning 145

yilligi keng nishonlangani, ushbu maʼrifatparvar insonning ibratli hayoti va ijodiga bagʻishlangan

ulkan badiiy polotno — bebaho filmning yaratilishi maʼnaviyatimiz dargʻalaridan biri haqida

xalqimiz yangi maʼlumotlarga ega boʻlishida muhim ahamiyat kasb etdi. Oʻz navbatida, bu

millatimiz qadriyatlarini qadrlash bardavom ekaniga, inson shaʼni va qadrini ulugʻlashga

qaratilgan tub islohotlar yoʻlidan ortga qaytmaslikka ishonch bagʻishladi.

References

references

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов