Abstract

In this article, the features of the new version of the Labor Code, the importance of introducing the interdepartmental software-hardware complex “Uniform National Labor System”, as well as the international experience of regulating labor relations and establishing effective social protection of workers in Uzbekistan are analyzed explained about doing.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

260

YANGI MEHNAT QONUNCHILIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA

XALQARO TAJRIBA

Jiyanova Shohidaxon Mahsumovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

maxsus fan o‘qituvchisi. 3-darajali yurist. Magistr.

shokhidaxonjiyanova@gmail.com

Telefon: +998(91) 327 45 05

Аbdusalomov Avazbek Abdulhamid o‘g‘li.

Sud-huquqiy faoliyati, 23-22 guruh o‘quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8371695

Annotatsiya.

Mazkuz maqolada yangi tahrirdagi Mehnat kodeksning o’ziga xususiyatlari,

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilishning
ahamiyati shuningdek, Oʻzbekiston mehnat munosabatlarini tartibga solish va ishchilarni samaral
ijtimoiy himoya qilishni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib chiqib tahlil qilishi
haqida yoritilgan.

Kalit so‘zlar: “

Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi,

xalqaro mehnat tashkiloti, ijtimoiy sheriklik, jamoatchilik nazorati, mediator, xalqaro tajriba va
standartlar, gender tenglik, norezident.

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF NEW LABOR LEGISLATION AND

INTERNATIONAL EXPERIENCE

Abstract.

In this article, the features of the new version of the Labor Code, the importance

of introducing the interdepartmental software-hardware complex “Uniform National Labor
System”, as well as the international experience of regulating labor relations and establishing
effective social protection of workers in Uzbekistan are analyzed explained about doing.

Key words:

“Unified national labor system” interdepartmental software-hardware

complex, international labor organization, social partnership, public control, mediator,
international experience and standards, gender equality, non-resident.

ОСОБЕННОСТИ НОВОГО ТРУДОВОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА И

МЕЖДУНАРОДНОГО ОПЫТА

Аннотация.

В данной статье рассмотрены особенности новой редакции Трудового

кодекса, важность внедрения межведомственного программно-аппаратного комплекса
«Единая национальная система труда», а также зарубежный опыт регулирования
трудовых отношений и установления эффективной социальной защиты работников в
Узбекистан проанализированы, объяснили, что делать.

Ключевые слова:

межведомственный программно-аппаратный комплекс «Единая

национальная система труда», международная организация труда, социальное
партнерство, общественный контроль, посредник, международный опыт и стандарты,
гендерное равенство, нерезидент.


Har qanday jamiyat boyligining manbai, insoniyat tomonidan moddiy va ma’naviy boylik

yaratishning asosiy omili mehnatdir. Jamiyatning ijtimoiy shakli qanday bo’lishidan qat’i nazar,
mehnat moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarishda zarur faoliyat

bo‘lib qolaveradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

261

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o‘zgarishlarning

samarasi, birinchi navbatda, aholining moddiy ahvoli va farovonligiga, uning hayot darajasi va
sifatiga qay darajada ta’sir ko‘rsatayotgani bilan o‘lchanadi. Bu o‘zgarishlar, umuman, aholi
bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida dastlab
mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi milliy qonun va qonunosti hujjatlarni zamon talabi
asosida takomillashtirish, ularda umume’tirof etilgan tamoyillarni qamrab olishni taqozo etadi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksda mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va

mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat
sohasidagi ijtimoiy sheriklik, mehnat huquqlari ta’minlanishi va mehnat majburiyatlari
bajarilishining kafolatlangani hamda xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l
qo‘yilmasligi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog‘liq ijtimoiy
munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari sifatida belgilanishi uning o‘ziga xos
xususiyatlaridan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, kuchga kiradigan kodeks bandlik, individual mehnat munosabatlari,

xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar
mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat
nizolarini ko‘rib chiqish kabi normalarni o‘z ichiga oladi. Hujjatning 175-moddasiga xodimning
shaxsga doir ma’lumotlariga oid yangi normalar kiritildi.

Prezidentimizning 2019 yil 31 oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo

dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori

1

ga muvofiq, mehnat

shartnomasini tuzish va bekor qilish, shuningdek, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi
shartligi xodimning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda. Muhimi,
mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra yoki xodimning pensiya yoshiga
to‘lishi munosabati bilan bekor qilishni taqiqlash nazarda tutildi. Zotan, amaldagi kodeksda
mavjud bu boradagi bo‘shliqlar Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat va bandlik sohasidagi
kamsitishlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi konvensiyasiga mos kelmaydi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida ijtimoiy va huquqiy himoyaga muhtoj ishchilarning

ayrim toifalari – ayollar va oilaviy majburiyatlarni bajarish bilan shug‘ullanadigan shaxslar, 18
yoshga to‘lmagan ishchilar, nogironlar, o‘rindoshlik asosida ishlovchilar, yakka tartibdagi
tadbirkorlar mehnatini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan. Masalan, ish
beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal
(tug‘ruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘rik va boshqa
majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlarni
berishi lozim bo‘ladi.

Xodimning ish stajiga qarab ishdan bo‘shatish nafaqasini tabaqalashtirish va bunda aynan

ushbu tashkilotda ishlagan muddatini inobatga olish nazarda tutilgan. Deylik, 3 yilgacha ish stajiga
ega xodimlarga beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan, 15
yildan ortiq ish stajiga ega xodimlarga ajratiladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi esa o‘rtacha oylik

1

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi”

idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-son Qarori.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022 y., 06/22/112/0326-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

262

ish haqining 200 foizidan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan. Ish beruvchiga esa xodimlar
bilan muddatsiz mehnat shartnomasi tuzish, shuningdek, muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi
mumkin bo‘lgan maksimal muddatni 5 yildan 3 yilgacha kamaytirish huquqi beriladi.

Dam olish kunini davlat bayramlari (ishlanmaydigan bayram kunlari) kunlariga to‘g‘ri

kelgan taqdirda ko‘chirish qoidasi kiritildi. Mehnat ta’tilining minimal davomiyligi kalendar
kunlarda (15 ish kuni o‘rniga 21 kalendar kuni) belgilandi. Xodimni boshqa ish beruvchiga xizmat
safariga yuborish tartibi mustahkamlandi

2

.

Jamoaning muvaffaqiyati rahbarning salohiyati, boshqaruv uslubi va tashabbuskorligi,

zamonaviy fikrlashiga bog‘liq. Tashkilot, idorada qanday shaxs rahbar bo‘lishi doimo muhim
bo‘lib kelgan. Shu bois, yangi tahrirdagi kodeksda ayrim toifadagi xodimlar (rahbarlar, bosh
buxgalterlar) uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytirildi. Bunda amaliyotda rahbarning
o'zini ko'rsata olishi, jamoani bir maqsad atrofida birlashtira olishi uchun 3 oylik sinov muddati
kamlik qilayotgani inobatga olindi.

Yangi tahrirdagi kodeksda, avval bo‘lmagan, ya’ni ish bilan ta’minlash jarayonlarini

raqamlashtirish, elektron mehnat daftarchalarini yuritish, mehnat shartnomalarini tuzish va yagona
ma’lumot bazasida ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmlari ochib berilgan. Shuningdek,
moslashtirilgan ish vaqti rejimi belgilangani kuchga kiradigan kodeksning muhim jihatlaridan. Bu
ma’lum bir xodimlar yoki tashkilotning tarkibiy bo‘linmalaridagi xodimlar guruhlari uchun ish
kunining boshlanishi, tugashi va umumiy ish kuni muddatini xodimning o‘ziga tartibga solishga
ruxsat etgan holda ish vaqtini tashkil etish usuli hisoblanadi. Smenali ish, moslashuvchan ish vaqti,
ish kunini qismlarga bo‘lish, ish safari paytidagi ish vaqtlari va boshqalar hisobga olinadigan
bo‘ldi.

Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikka oid alohida bo‘limda mazkur munosabatlarning

huquqiy asosi ochib berilgan. Ijtimoiy sheriklik xodimlar, ish beruvchilar, ijro etuvchi hokimiyat
organlari o‘rtasidagi mehnat va u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hamkorlikni ta’minlashga
qaratilgan tizimni nazarda tutadi.

Kodeksda ish beruvchi sub’yektlar sifatida mulkiy va idoraviy mansubligidan qat’i nazar,

tashkilotlar, yollash huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlarning alohida tarkibiy bo‘linmalari hamda
jismoniy shaxslar belgilangan.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishdan olingan

saboqlarni hisobga olgan holda, xodimga qisman ish haqi bilan, lekin eng kam ish haqidan kam
bo‘lmagan ta’til berish imkoniyatini belgilaydigan, shuningdek, ish haqi to‘lanmagan ta’tilni 6
oygacha uzaytiradigan me’yorlar joriy etiladi.

Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish jarayonida jamoatchilik nazorati mexanizmlari aks

ettirildi. Yakka mehnat nizolari komissiyalarda yoki sudda hal etilishi holatlari ko‘rsatilgan, yakka
mehnat nizoni mediatorga yuborilishini joriy etish, mehnat arbitraji tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Nizolarni muqobil hal qilishning imkoniyatlari kengaytirilib, sudlardagi ish hajmi

kamaytirildi. Ayrim toifadagi xodimlarning mehnati huquqiy jihatdan tartibga solindi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda mehnat munosabatlarini tartibga solishda milliy

qonunchilik

bazasi

bilan

bir

qatorda

davlatimiz

tomonidan

imzolangan

xalqaro

2

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022

y., 02/22/798/0972-son


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

263

shartnomalar

hamda

Xalqaro

mehnat

tashkilotining (XMT)

Oʻzbekiston tomonidan

ratifikatsiya qilingan konvensiyalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada
Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro mehnat tashkiloti oʻrtasida imzolangan munosib
mehnat

bo‘yicha

2017/2019 yillarga

mo‘ljallangan

dastur,

shuningdek

Vazirlar

Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi Qarori bilan tasdiqlangan “2018-2020-yillarda Xalqaro
mehnat

tashkilotining

Oʻzbekiston

Respublikasi

tomonidan

ratifikatsiya

qilingan

konvensiyalari amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hujjat
ahamiyatlidir

3

.

Soʻnggi bir necha yil ichida Oʻzbekiston hukumati xalqaro tendensiyalar va

tajribalarni hisobga olgan holda mehnat qonunchiligini modernizatsiya qilish va
takomillashtirish

ustida

ishlamoqda.

Oʻzbekistondagi mehnat qonunchiligiga taʼsir

ko‘rsatgan xalqaro tajribalarning ba’zilarini misol tariqasida keltiramiz.

1. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT): XMT Birlashgan Millatlar Tashkilotining

ixtisoslashgan agentligi boʻlib, butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy adolatni targʻib qiluvchi va
munosib mehnat sharoitlarini targʻib qiladi. Oʻzbekiston 1992 yildan buyon XMT aʼzosi
boʻlib, uning mehnat huquqlariga, jumladan, bolalar mehnatini va majburiy mehnatga barham
berishga oid ko‘plab siyosatlari, tavsiyalari va konvensiyalarini qabul qilgan.

2. Yevropa Ittifoqi (YI): Oʻzbekistonda mehnat qonunchiligini shakllantirishda

Yevropa Ittifoqi ham muhim rol o‘ynaydi. Masalan, Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonga mehnat
amaliyotini yaxshilash, jumladan, Xalqaro mehnat standartlarini joriy etish borasidagi saʼy-
harakatlar uchun moliyaviy va texnik yordam ko‘rsatadi.

3. Xalqaro tajriba: Oʻzbekiston mehnat munosabatlarini tartibga solish va ishchilarni

samaral ijtimoiy himoya qilishni yoʻlga qoʻyish bo‘yicha tajribalarini o‘rganish maqsadida
boshqa mamlakatlar, jumladan, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreyaning mehnat
qonunchiligini oʻrganib chiqdi va tahlil qiladi.

Ushbu Xalqaro tajribalar Oʻzbekistonning mehnat qonunchiligini shakllantirishga

yordam berdi, bu esa mamlakat yanada iqtisodiy rivojlanish va jahon iqtisodiyoti bilan
integratsiyalashuv sari intilishda davom etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tajriba va standartlar asosida

fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Sanoat va savdo, qishloq xo‘jaligi, qurilish hamda boshqa barcha iqtisodiy va ijtimoiy

sohalarda mehnat va mehnatni muhofaza qilish, mehnat gigiyenasi tartib-tamoyillariga qatʼiy
rioya etilishini ta’minlash maqsadida, fuqarolar mehnat huquqlarini himoya qilish, ta’minlash
tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari deb quyidagilar belgilanadi.

An’anaviy usullar bilan bir qatorda mehnat qonunchiligi buzilishiga olib keluvchi

omillarni aniqlash, tahlil qilish va oldini olishga qaratilgan ogohlantiruvchi, manzili va

3

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “2018 — 2020-yillarda

Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini
amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 407-son Qarori. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/407/1295-son


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

264

nostandart

yondashuvga

asoslangan

ish

beruvchilar

konsultativ

va

metodologik

ko‘maklashishga qaratilgan samarali mexanizmni joriy etish va boshqalar.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat qonunchiligidagi tajribalari ham

xalqaro hamjamiyatga taqdim etilmoqda, jumladan; 2020 yil 2 iyuldagi Xalqaro mehnat
tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy sessiyasida Oʻzbekiston tajribasi
tinglandi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, mamlakatimizda aholi bandligi masalasi davlat

siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Prezidentimiz har bir chiqishida, hududlarga
tashrifida mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida
xalqimizning roziligiga erishish, tadbirkorlikka erkinlik berish orqali yangi ish o‘rinlarini
ko‘paytirishga asosiy e’tiborni qaratishi bejiz emas.

Mehnat bozorining kelajakdagi rivoji uchun xizmat qiladigan yangi tahrirdagi Mehnat

kodeksi mamlakatimizda ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish, jumladan, investitsiya
muhitini yaxshilash borasida mamlakatimiz mehnat qonunchiligini takomillashtirishning asosiy
yo‘nalishlarini belgilaydi. Mazkur kodeks istiqbolda kichik biznes sub’yektlari va yakka tartibdagi
tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan aholi mehnatini huquqiy tartibga solishga imkon beradi.
Rasmiy va norasmiy tarmoqda mavsumiy ish bilan band bo‘lganlarning mehnat huquqlarini
tartibga solishdagi bo‘shliqlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi. Mehnat munosabatlarida
korrupsiya xavfi kamayib, “Yagona milliy mehnat tizimi” raqamlashtiriladi.

Gender tenglik, neytrallik tamoyillari, imkoniyati cheklangan shaxslar, norezidentlarning

mehnat qilish huquqi ta’minlanadi. Ish beruvchilarning mehnat bozoridagi yangi mehnat turlaridan
foydalanish imkoniyati yaratiladi, mehnat shartnomasi turlari kengaytiriladi va norasmiy
tarmoqlarda ishlovchilarni legallashtirishga erishiladi.

Umuman olganda, ushbu hujjat mazkur sohadagi qator muammolarni, mehnat bozoridagi

vaziyatni inobatga olib, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, qonuniy hal qilishda,
ishlagan ishiga, ish beruvchi esa kiritgan sarmoyasiga munosib tarzda e’tibor va rag‘batga ega
bo‘lishini kafolatlaydigan muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son;

2.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
29.10.2022 y., 02/22/798/0972-son;

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son
Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son;

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktabrdagi “Yagona milliy mehnat
tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-4502-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022 y.,
06/22/112/0326-son;

5.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “2018 — 2020-
yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya
qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

265

407-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y.,
09/18/407/1295-son.

Internet saytlari

6.

www.lex.uz

7.

www.norma.uz

8.

www.huquqiyportal.uz

References

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023 y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022 y., 02/22/798/0972-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4502-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022 y., 06/22/112/0326-son;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi “2018 — 2020-yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 407-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/407/1295-son.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов