FORMATION OF STUDENTS’ HISTORICAL THINKING

HAC
Google Scholar
To share
Berdiqulova, M. (2024). FORMATION OF STUDENTS’ HISTORICAL THINKING. Modern Science and Research, 3(1), 1267–1270. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28828
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this scientific article,the thoughts and opinions aimed at developing the student’s historical thinking,in particular,the understanding of national indentity,universal and national values,theoretical bases and analyzes,suggestion and recommendations were given on the formation of historical thinking in the process of education and upbringing.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1267

O’QUVCHILAR TARIXIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH

Berdiqulova Munira Muhiddin qizi

Osiyo Xalqaro

Universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10613012

Annotatsiya.

Mazkur ilmiy maqolada o’quvchilarning tarixiy tafakkurini rivojlantirishga

qaratilgan fikr va mulohazalar,xususan milliy o’zlikni anglash,umuminsoniy va milliy
qadriyatlar,nazariy asoslar va tahlillar keltirib o’tilgan.Shuningdek o’quvchi yoshlarning tarixiy
bilimlari tahlil qilinib,ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirish
bo’yicha taklif va tavsiyalar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Tarixiy tafakkur,tarixiy ong,milliy qadriyatlar,rivojlanish bosqichlari,ta’lim

islohatlari,ilg’or texnologiyalar.

FORMATION OF STUDENTS’ HISTORICAL THINKING

Abstract.

In this scientific article,the thoughts and opinions aimed at developing the

student’s historical thinking,in particular,the understanding of national indentity,universal and
national values,theoretical bases and analyzes,suggestion and recommendations were given on
the formation of historical thinking in the process of education and upbringing.

Key words:

Historical thinking,historical consciousness,stages of development of national

values,educational feformas,advanced technologies.

ФОРМИРОВАНИЕ ИСТОРИЧЕСКОГО МИШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ

Аннотация.

В данной научной статье передставленқ мысли и мнения,направленные

на раАннотация: В данной научной статье представлены мысли и мнения,направленные
на развитие исторического мышления студентов, в частности, понимания национальной
идентичности, общечеловеческих и национальных ценностей,теоретических основ и
анализов. Также были проанализированы исторические знания студентов, даны
предложения и рекомендации по формированию исторического мышления в процессе
обучения и воспитания.

Ключевые слова:

Историческое мышление, историческое сознание, этапы

развития национальных ценностей, образовательные реформы, передовые технологии.


Insoniyat yaralibdiki ma’lum bir tarixga asoslanadi.Tarixsiz kelajak ham mavjud emas.

Zaminimiz azaldan buyuk allomalar, mutafakkirlar yurti bo’lib kelgan. Avvalambor yurtimizda
tarixiy tafakkurni shakllantirish uchun qilinayotgan ishlar,olib borilayotgan islohatlar beqiyos. Shu
o’rinda tarixga nazar soladigan bo’lsak Abu Rayhon Beruniy,Al Xorazmiy,Imom Buxoriy,Imom
Termiziy, Ahmad Farg’oniy, Hakim Termiziy kabi allomalarimiz ilm-fan rivoji uchun o’zining
misli ko’rinmas asarlarini yozib qoldirgan. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki ilm-fan rivoji uchun
harakat qilgan buyuk shaxslar jadidchilik harakati a’zolari bo’lgan. Abdulla Qodiriy, Abdurauf
Fitrat, Cho’lpon, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy kabi bir qator jadidlarimiz istiqbolli
kelajagimiz uchun kurash olib borganlar.O’sha davrda mustamlakachilik zulmining asosiy
sabablari bu zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan bexabarlik deb qaradilar. Shu bois ham ular barcha
muammolar yechimi ta’lim islohati deb hisobladilar va yosh avlodga ta’lim tarbiya berishga asosiy
e’tiborlarini berdilar.Ayni vaqtda ular yangi maktablar, kutubxonalar ochdilar,darsliklar,o’quv
qo’llanmalari nashr etdilar va ommaga tadbiq qildilar.Yoshlarni ilm-fanga bo’lgan qiziqishini
yanada oshirish maqsadida turli xil ilm-fan kengashlarini ham olib bordilar. Shu asnoda ular ilm-
fanga o’zlarining beqiyos hissalarini qo’shdilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1268

Dunyodagi o’rganilishi lozim bo’lgan,kashf qilinishi kerak bo’lgan barcha narsalarning

ildizi tarix bilan chambarchas bog’liq.Misol tariqasida matematika fanini oladigan bo’lsak undagi
ilk bilimlarni o’zlashtirmasdan turib,murakkab masalalarni bajarishni uddasidan chiqib
bo’lmaydi.Huddi shuning uchun ham tarix fanining o’ziga tegishli bo’lgan bilimlarini har bir yosh
avlod ongiga va albatta boshlang’ich egallanayotgan bilimlari qatoriga qo’shish lozim.Nafaqat
insoniyat tarixi balki,har qanday yaratilayotgan yangi kashfiyotlar tarixi ham juda muhim.Biz
yoshlar tarix fanini o’rganar ekanmiz,ushbu fanni oddiy bir fan sifatida emas balki o’z
o’tmishimizga bo’lgan qiziqish sifatida o’rganmog’imiz lozim.

Hozirgi kunda yetishib chiqayotgan yosh pedagoglarimiz ham tarix fanini chuqurroq

o’rganishi muhimdir.Ushbu sohaning o’z bilim beruvchilari uchun ham individual ta’lim berish
usullarini yaratish muhim ahamiyatga ega.Zamonaviy yondashuvga ega malakali pedagoglarimiz
tomonidan dars olayotgan yosh o’quvchilarimiz aniq fanlar qatorida tarix fanidan ham o’z
bilimlarini oshirib borishlari kerak.O’z fikrini erkin namoyon qila oladigan,o’quvchilarning
tarixga bo’lgan qiziqishlarini oshira oladigan malakali o’qituvchilar har qanday o’quvichining
tarixiy tafakkurining oshishiga o’z hissasini qo’shish bilan bir qatorda,uning yanada rivojlanishiga
o’z hissasini qo’sha oladi albatta.Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlardan kelib chiqib,dars
jarayonida o’quvchilar tafakkurini yanada rivojlantirish maqsadida ilg’or innavatsion
texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi.Inteketual ta’lim resurslari ham
bundan mustasno emas.Matnli materiallar,video materiallar,audio materiallar va shu kabilar
o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini yanada oshiradi.

Shu o’rinda ta’kidlash joizki, O’zbekiston inson sha’ni,qadri ulug’lanadigan adolatli,erkin

va farovon,tinchlik hukum surgan ilg’or texnologiyalar davrida o’zining misli ko’rinmas ta’lim
islohatlarini ilgari surib rivojlanayotgan davlatdir.Ayni kunda o’quvchilar tarixiy tafakkurini
yanada rivojlantirish uchun ta’limda izchil o’zgarishlar bo’lmoqda,yangiliklar kiritilmoqda.

Milliy manaviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga

singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham ahamiyati katta. Afsuski, hozirgi paytda bu fanlar
rivoji zamondan ortda qolmoqda. Xususan,biz uchun nihoyatda dolzarb bo’lgan tarix fani ham
bundan mustasno emas.

Tarixga oid ilmiy-tadqiqot ishlari, asosan, bayonchilik publisistik usulda olib borilmoqda.

Natijada olis va yaqin o’tmishdagi ko’pgina voqealarning mazmun-mohiyati, ularni yuzaga
keltirgan omillar va tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda.

Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz kerak: milliy tarixni xalqimiz, ayniqsa,

yoshlarimizga milliy ruhda yetkazish, ularning qalbiga, shururiga singdirish kerak. Aks holda
uning tarbiyaviy ta’siri bo’lmaydi.

Ma’lumki el-yurtimiz o’zining qadimiy o’tmishi davomida qancha-qancha unitilmas

voqealarni,turli sinov va qiyinchiliklarni,zafarli davrlar bilan birga,fojiali kunlarni ham boshidan
kechirgan.Lekin bir haqiqatni ta’kidlash kerakki,Vatanimiz hududida mavjud bo’lgan har bir
davlatchilik tuzumi,har qanday ijtimoiy jarayon -u g’alaba yoki mag’lubiyat bo’ladimi,yuksalish
yoki tanazzul bo’ladimi – barcha-barchasi xalqimiz bosib o’tgan murakkab tarixiy yo’lning uzviy
va ajralmas qismidir.Shuning uchun ham biz tariximizning barcha bosqichlarini yaxlit holda qabul
qilib,har tomonlama chuqur o’rganishimiz zarur.

O’tmishdagi yutuq va g’alabalardan kuch-quvvat olib, xato va mag’lubiyatlaridan xulosa

va saboq chiqarib yashaydigan xalq o’zining taraqqiyot yo’li va kelajagini to’g’ri belgilay oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1269

Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o’rgatishimiz,ularni tarix

ilmi,tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zaruz.Buning uchun,avvalo,O’zbekiston tarix fanini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini samarali amalga oshirishimiz lozim.

O’zbek tilining davlat tili maqomini amalda kuchaytirish, xorijda va yurtimizda uni

o’rganish bo’yicha zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish dolzarb vazifadir.

Xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o’rtasida kitobxonlik darajasini oshirish borasidagi ishlarni

yanada kuchaytirishiz zarur.

Albatta keying yillarda “Besh muhim tashabbus”doirasida bu yo’nalishda ko’p ishlarni

amalga oshirdik.Lekin bugun ularni yangi bosqichga ko’tarishni vaziyatning o’zi talab etmoqda.

O’quvchilarda tarixiy tafakkurni shakllantirish uchun tarixiy ong,tarixiy xotira

tushunchalarini ham o’rgatib borishimiz lozim.Tarixiy ong,tarixiy xotira tushunchalarining ayrim
nazariy jihatlariga fikrimizni qaratishimiz kerak bo’ladi.Tarix insoniyat egallagan bilimlardan biri
sifatida ijtimoiy-hayotning turli jabhalarini qamrab oladi.Tarix insoniyat hayotining umumiy
tafsilotidir.Agar tarixni keng ma’noda tushunadigan bo’lsak,tarixit tadqiqot va izlanishlar doirasi
cheksizdir.Ammo tarixda alohida shaxs tarixiy vaziyatga ko’rinadi va sezilarli ta’sir eta olmaydi.

Diniy nuqtai nazardan qaraganda, tarixiy tarqqiyot,aynan tarixdan tashqarida

yotadigan,ammo unga hal qiladigan darajada ta’sir etkazadigan kuchlarga bog’liq.Ammo ko’pgina
hollarda ijtimoiy o’zgarishlarning ibtido sababchisi sifatida,ba’zida buyuk shaxs,ba’zida amorf
massa,”braun harakati”ko’rinishlarida inson tarixiy harakatning dalili bo’lib keldi.Tarix fan
sifatida alohida shaxsning ham,umuman jamiyatning ham ma’naviy rivojlanishiningajralmas
unsure hisoblanadi.

Tarix nafaqat insoniyat faoliyati va merosi, balki bu insoniyatning muayyan vaqt

oralig’idagi harakatlari va voqealar majmuidir.Tarix shu bilan birga vaqt uyg’unligidir,u faqat
vaqtda mavjuddir.Tarixiy ongda aks etgan tarixiy taraqqiyot,uning ziddiyatlari ala-quroq
ko’rinishi insoniyat tafakkurini doimo band qilib kelgan.

Tarixiy ong tushunchasi tarix falsafasining bosh mavzusidir. Insoniyatning tarixiy ongi

uzoq yo’lni bosib o’tgan o’z genezisiga ega. Tarixiy ong “Afrotida” dengiz ko’pigidan paydo
bo’lganidek”birdaniga paydo bo’lgan emas.Uning shakllanishi insoniyat iqtisodiy va siyosiy
taroqqiyoti bilan birgalikda boradi. Ijtimoiy ong, siyosiy mafkura,huquqiy ong
ahloq,din,fan,san’at falsafa shakllarida mavjud bo’ladi.Lekin tarixiy ong ijtimoiy ongning turli xil
shakllarida uning bir unsuri,bir parchasi sifatida chiqadi va bularning evolutsiyasi va xilma-xilligi
bilan belgilanadi.

Tarixiy ongning rivojlanishi qadimgi, o’rta asrlar bosqichlarida uni nazariy tahlili uchun

ilmiy asos unsurlari paydo bo’ldi, bu davrda ilmiy nazariy jihatdan tarixiy ongni tahlil qilish tarixni
fan sifatida teologik mafkura ta’siridan xalos bo’lishi bilan dastlabki qadamlar qo’yildi.

Shuningdek biz o’quvchi yoshlarning tarixiy bilimlarini yanada oshirish uchun milliy

qadriyatlarimiz, an’ana va urf odatlarimiz haqida ularga tushuncha berishimiz,ularning ongida
tariximizga bo’lgan muhabbatni oshirishimiz lozim.

Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash

tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi.

O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy

jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu
yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat
ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida
e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.

Xalqimiz o’zi tug’ilib o’sgan yer-zaminga qattiq bog’langan, uni e’zozlashni bolaligidan o’rganib,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1270

his qilib o’sadigan millat sanaladi. Demak, xalqimizning o’z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi
bilan bog’liq milliy an’ana va qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek,
xalqimizning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehmondo’stlik, yordamga
muhtojlarga shafqatli bo’lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini — oilasini asrash, maishiy
turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an’ana va qadriyatlari ham hayotning uzoq
sinovlaridan o’tgan o’lmas ma’naviy merosimiz sanaladi.

Xulosa qilib aytganda,hozirgi kunda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar,ta’lim islohotlari

kundan-kunga yangilanib rivoj topib bormoqda.Yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlardan
unumli foydalangan holda,biz yoshlar ham o’z tarixiy tafakkurimizni,tarixiy madaniyatimizni
yanada oshirib borishimiz lozim.Yangi O’zbekistonning yoshlar uchun berilayotgan
imkoniyatlardan keng foydalanib,o’z vatanimizning butun dunyo oldidagi obro’-e’tiborini yanada
yuksaltirishga,uning mavqeini ko’tarishga intilmog’imiz lozim.

REFERENCES

1.

Shavkat Mirziyoyev .Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To’ldirilgan ikkinchi
nashri.-Toshkent:”O’zbekiston”nashriyoti,2022.- 440 bet.

2.

R. Raxmonov, F. Fayziyev. Yoshlar dunyoqarashi shakillanishida tarixiy ong va tarixiy
xotira. T.:-O’zbekiston.2008.18-bet.

3.

История Узбекистана. Под.ред. В.Л.Гентшке и др. -Т.: Университет, 2002,4- стр.

4.

4.Tulenov J.T., Gafurov E. "Falsafa. T. "O’qituvchi " 1991-y. 60-bet.

5.

Jaloliddin

«Ko’kaldosh» o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi.



References

Shavkat Mirziyoyev .Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To’ldirilgan ikkinchi nashri.-Toshkent:”O’zbekiston”nashriyoti,2022.- 440 bet.

R. Raxmonov, F. Fayziyev. Yoshlar dunyoqarashi shakillanishida tarixiy ong va tarixiy xotira. T.:-O’zbekiston.2008.18-bet.

История Узбекистана. Под.ред. В.Л.Гентшке и др. -Т.: Университет, 2002,4- стр.

4.Tulenov J.T., Gafurov E. "Falsafa. T. "O’qituvchi " 1991-y. 60-bet.

Jaloliddin «Ko’kaldosh» o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов