PEDAGOGICAL MECHANISMS OF ELIMINATING THE PROBLEMS OF SOCIALIZATION IN CHILDREN DEPRIVED OF PARENTAL CARE

HAC
Google Scholar
To share
Ayosova, Z. (2024). PEDAGOGICAL MECHANISMS OF ELIMINATING THE PROBLEMS OF SOCIALIZATION IN CHILDREN DEPRIVED OF PARENTAL CARE. Modern Science and Research, 3(1), 24–27. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28850
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, some information is given about the problems of children growing up in dysfunctional families and their forms, problems in the process of socialization, solutions to problems and the mechanisms and mechanics of the pedagogue in finding solutions.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

24

OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALARDA

IJTIMOIYLASHUV MUAMMOLARINI BARTARAF ETISHNING MEXANIZMLARI

Ayosova Zarina Qurbonovna

Buxoro Innovatsiyalar Universiteti Magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10620936

Annotatsiya. Ushbu maqolada noto‘liq oilalarda ulg‘ayayotgan bolalardagi muammolar

va ularning shakllari, ularda uchraydigan ijtimoiylashuv jarayonidagi muammolar,
muammolarning yechimi va yechim topishda pedagogning mexanizmlari va mexanikalari haqida
bir qancha ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

Kalit so`zlar: Noto‘liq oilalar, chin yetim, tirik yetim, vasiylik, hamkorlik.

PEDAGOGICAL MECHANISMS OF ELIMINATING THE PROBLEMS OF

SOCIALIZATION IN CHILDREN DEPRIVED OF PARENTAL CARE

Abstract. In this article, some information is given about the problems of children growing

up in dysfunctional families and their forms, problems in the process of socialization, solutions to
problems and the mechanisms and mechanics of the pedagogue in finding solutions.

Key words: Incomplete families, true orphan, living orphan, guardianship, cooperation.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ УСТРАНЕНИЯ ПРОБЛЕМ

СОЦИАЛИЗАЦИИ У ДЕТЕЙ, ЛИШЕННЫХ РОДИТЕЛЬСКОЙ ПОМОЩИ

Аннотация. В данной статье даны некоторые сведения о проблемах детей,

растущих в неблагополучных семьях, и их формах, проблемах в процессе социализации,
способах решения проблем и механизмах и механике работы педагога в поиске решений.

Ключевые слова: Неполные семьи, истинная сирота, живущий сирота, опека,

сотрудничество.

KIRISH

Har qanday davlatda, har qanday jamiyatda ham ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar

bo`lgan, xozir ham mavjud va keyin ham bo‘ladi. Bunday xollarda davlat bu bolalarning
rivojlanishi va tarbiyalanishi masʼuliyatini o`z zimmasiga oladi.

Afsuski, barcha oila ham ota-ona va ular dunyoga keltirgan farzandlar bilan to`liq

bo`lavermaydi. Taqdir taqozosi bilan ayrim oilalarda nizolar kelib chiqadi va uning oqibati sifatida
nikoh barbod bo`ladi. Olimlar nikohning barbod bo`lishini o`rganib, uning sabablari turlicha
bo`lishi mumkinligi to`g’risida o`z nazariy qarashlarini bayon etganlar. Masalan, ayrim
psixologlar ajrimlarni “turtki” kontseptsiyasi orqali tushuntirishga urinadilar.

Ya’ni, yaxshi tinch-totuv yashayotgan oilada birdan shunday holat yuz beradiki, masalan,

xiyonat, o`lim, xastalik, rashk va shunga o`xshash voqealar turki bo`ladi-yu, oila ustuni qulaydi.
Aslida hayotda qo`qqisdan shunday bir silkinish yoki turtki bilan oila birdan buzilib ketishi kam
uchraydi. Ana shunday vaziyatlarda oilalardagi farzandlar yetim bo‘lib qoladilar. Bolalar bunday
vaziyatda yo onasini yoki otasini tanlashga majbur bo‘lishadi. Bu esa bola uchun juda ham og‘ir,
chunki bola hech qachon yo otasi bilan yoki onasi bilan yashashni xoxlamaydi. Ularning har
ikkalasi bilan bola to‘kisdir.

Ko‘pincha ota-onalar ajrimi kuzatilgan bolalar psixologiyasida turli-tuman psixologik

muammolar va o‘zgarishlar kuzatiladi. Ularning o‘qishida jamiyatda o‘zini tutishida, odamlar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

25

orasiga qo‘shilishida ko‘plab qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bumday bolalarda tormozlanish, ajralib
qolish, e’tiborsizlik, qo‘rqoqlik va xarakter xususiyatiga ko‘ra atrofdagilarning munosabatiga
ko‘rsatadigan reaksiyasi ham o‘zgarib boradi.

Xo‘sh bunday holatlar faqatgina ajrimni boshdan kechirgan bolalarda kuzatiladimi yo‘q

albatta. Shunday oilalar mavjudki to‘liq bo‘lishoga qaramay bolada turli ruhiy zo‘riqishlar,
psixologik travmalar kuzatiladi. Bu oiladagi muhitga ham bog‘liqdir.

Manbalarda oiladagi mavjud muhitning, oila a’zolarining bir-birlari bilan o‘zaro

munosabatiga ko‘ra quyidagi turlari ko‘rsatilgan:

1)

Tinch, baxtli oilalar (ularda vazifalar muvaffaqiyatli bajariladi, oila a’zolari o‘rtasida

o‘zaro ziddiyatlar yuzaga kelmaydi;har bir ishni bajarishdan oldin maslahatlashiladi, agarda
muammolar yuzaga kelsa, birgalikda, hamjihatlikda hal qilinadi);

2)

2)Ijtimoiy xavf mavjud bo‘lgan oilalar (farzandlarni tarbiyalashda muammolar ko‘zga

tashlanadi);

3)

Notinch oilalar (doimiy janjallar hukmron bo‘lib, farzand tarbiyasida katta qiyinchiliklar

seziladi);

4)

asotsial oilalar (ota-onalar axloqsiz hayot kechirishadi; oilada sanitariya-gigiena

qoidalariga amal qilinmaydi, bolalar nazoratsiz qoldiriladi).

Mamlakatimizda ota-onasidan mahrum bo‘lgan bolalar, chin yetimlar va yo otasidan yo

onasidan mahrum bo‘lgan bolalarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishida, ijtimoylashuvida yordam
ko‘rsatish, aqsadida ko‘plab qarorlar qabul qilinmoqda. Bundan tashqari ko‘plab islohotlar va
tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan

mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida"gi qonun loyihasini regulation.gov.uz
saytiga muhokamaga qo‘ydi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston

Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi dolzarbligi, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan

bolalarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha mexanizmlarini ishlab chiqish zaruriyati
bo‘lganligi bilan ahamiyatli.

Har yili 400 nafardan ko‘proq Mehribonlik uylari bitiruvchilarining 60 nafari oliy o‘quv

yurtlarida o‘qishni davom ettirmoqda. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni
uy-joy bilan ta’minlash hamda huquqini tiklash masalalari to‘liq hal qilinmagan.

Ushbu toifadagi bolalarni ijtimoiy himoya qilish turli xil normativ-huquqiy hujjatlar bilan

tartibga solingan. Lekin ularning ta’lim olish, ish bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish, uy-
joy va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanish kabi turli xil hayotiy vaziyatlardagi ijtimoiy
himoyasini to‘liq ta’minlash imkonini bermaydi.

Qonun loyihasi 3 ta bob va 24 ta moddadan iborat. Qonun loyihasining birinchi bobida—

umumiy qoidalar, qonunda qo‘llanilgan asosiy tushunchalar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, yetim, shuningdek, ota-ona
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, yomon muomala,
beparvolik, ekspluatatsiya hamda zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish o‘rin olgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

26

Ikkinchi bob— yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar

huquqlarining asosiy kafolati, ta’lim olishi, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlarni
olish, ro‘yxatdan o‘tish joyi va fuqaroligidan qat’iy nazar, yashash joylari, mulk, mehnat, davlat
organlariga murojaat qilish, huquqiy yordam, sud himoyasi, fuqarolik, uy-joy, mulk, mehnat,
huquqini o‘z ichiga oladi.

Uchinchi bob— yakuniy qoidalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni

moliyaviy ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar tartibini va ushbu qonun loyihasida belgilangan
nizom qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan

bolalarni ijtimoiy himoya qilishning barcha jihatlari va ularning huquqiy ahamiyatini oshirishga
xizmat qiladi.

Mamlakatimizda bunday qarorlar va qonunlarning tasdiqlanishi jamiyatimizda psixologik

zo‘riqishlarsiz, yot unsurlarsiz, deviat xulqli bolalar sonining kamayishiga va jamiyatda noto‘liq
oilalar keltirib chiqargan kamchiliklarni bir muncha bartaraf etadi.

XULOSA

Hozirgi kunda O‘zbekistonda oilaviy ajrim dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ajrashishlarning sabablari o‘rganilib, yoshi katta onaxonlar, mahalla faollari muammolarni

hal etish yo‘llarini izlashlari lozim. Chunki Islom dinida har bir buzilgan nikoh uchun arshi a’lo
larzaga kelishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Oiladagi bolalarning tirik yetim bo‘lib qolishi, jamiyatda
tirik yetimlar sonining oshishi taraqqiyotga salbiy ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Yana alohida
ta’kidlash lozimki, farzandini har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda ota-ona zimmasiga juda
katta mas’uliyat yuklatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida “Ota-onalar o‘z farzandlarini

voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har
tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”, deb ta’kidlangan.

Arzimagan vajlar tufayli oilani barbod qilish, albatta, bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir etadi.

“Bolaning uvoli tutadi” degan gaplar ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan, albatta. Afsuski, uvol-
savobni bilmaydigan, norasidalarning yetim qolishini o‘ylamaydigan ota-onalar ham oramizda
yo‘q emas.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, har birimiz o‘z ishimizga mas’ul bo‘lib, oilaviy ajrim

yoqasidagi oilalarni barvaqt aniqlasak va ularga, ularning farzandlariga manzilli yordamni o‘z
vaqtida ko‘rsata olsak, ko‘p oilaviy ajrimlarning oldini olgan bo‘lamiz. Sog‘lom va mustahkam
oila – sog‘lom kelajak poydevori. Oilada sog‘lom ma’naviy muhit, oila a’zolarida o‘zaro hurmat-
ehtirom ruhini yaratish, axloqiy va ma’naviy qadriyatlarimizni saqlab qolish, kelajak avlodlarimiz
ongiga sog‘lom turmush tarzini singdirish asosiy vazifamiz ekanligini yoddan chiqarmasligimiz
lozim.


REFERENCES

1.

Axloq-odobga oid hadis namunalari. – Toshkent: Fan, 1990.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.

3.

Madieva R. Oilalarni saqlab qolishga har birimiz mas’ulmiz. Internet ma’lumoti //https://
yuz.uz/news/ ijtimoiy hayot (17.01. 2022).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

27

4.

Statistika agentligi xabarlari. Internet ma’lumotlari // https: // stat. uz/ 20.05.2023.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis
va O‘zbekiston xalqiga murojaati. Internet ma’lumoti:

https://www.xabar.uz/

.

6.

https://ijtimoiy.uz/2541/

7.

https://lex.uz/ru/docs/-5695154?ONDATE=14.08.2023

References

Axloq-odobga oid hadis namunalari. – Toshkent: Fan, 1990.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.

Madieva R. Oilalarni saqlab qolishga har birimiz mas’ulmiz. Internet ma’lumoti //https:// yuz.uz/news/ ijtimoiy hayot (17.01. 2022).

Statistika agentligi xabarlari. Internet ma’lumotlari // https: // stat. uz/ 20.05.2023.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaati. Internet ma’lumoti: https://www.xabar.uz/.

https://ijtimoiy.uz/2541/

https://lex.uz/ru/docs/-5695154?ONDATE=14.08.2023

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов