CONSIDERATIONS ON THE ORGANIZATION OF THE SOMONI STATE

HAC
Google Scholar
f
74-78
0
0
To share
Nabiyev, M. (2024). CONSIDERATIONS ON THE ORGANIZATION OF THE SOMONI STATE. Modern Science and Research, 3(2), 74–78. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29784
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the situation that arose as a result of the creation of an independent state as a result of the aggravation of the political situation in Movarunnahr and Khorasan in the 9th-10th centuries AD, as well as the weakening of the Arab caliphate is studied. The article provides information about the Somani state - its establishment, rulers, state administration. At the same time, the foreign policy conducted by the Somonites is analyzed.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

74

SOMONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI HAQIDA

MULOHAZALAR

Nabiyev Muxammadali

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti,

Sharq sivilizatsiyasi va tarix fakulteti 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10775165

Annotatsiya.

Ushbu maqolada milodiy IX-X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda siyosiy

vaziyatning keskinlashuvi, shuningdek, Arab xalifaligining zaiflashuvi natijasida mustaqil davlat
tuzishga yuzaga kelgan tarixiy sharoit o‘rganiladi. Maqolada Somoniylar davlati – uning tashkil
topishi, hukmdorlari, davlat boshqaruvi haqida ma’lumotlar beriladi. Shu bilan birga Somoniylar
tomonidan olib borilgan tashqi siyosat tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Arab xalifaligi, Movarounnahr, Xuroson, Buxoro, Samarqand, Ahmad, Nasr,

Ismoil, devonxona, dirham.

CONSIDERATIONS ON THE ORGANIZATION OF THE SOMONI STATE

Abstract.

In this article, the situation that arose as a result of the creation of an independent

state as a result of the aggravation of the political situation in Movarunnahr and Khorasan in the
9th-10th centuries AD, as well as the weakening of the Arab caliphate is studied. The article
provides information about the Somani state - its establishment, rulers, state administration. At
the same time, the foreign policy conducted by the Somonites is analyzed.

Key words:

Arab caliphate, Movarounnahr, Khurasan, Bukhara, Samarkand, Ahmed,

Nasr, Ismail, devankhana, dirham.

СООБРАЖЕНИЯ ПО ОРГАНИЗАЦИИ ГОСУДАРСТВА СОМОНИ

Аннотация.

В статье рассматриваются исторические условия создания

независимого государства в результате обострения политической ситуации в
Моваруннахре и Хорасане в IX-X веках нашей эры, а также ослабления Арабского
халифата. В статье представлены сведения о соманском государстве - его создании,
правителях, государственном управлении. При этом анализируется внешняя политика,
проводимая сомонитами.

Ключевые слова:

Арабский халифат, Моваруннахр, Хорасан, Бухара, Самарканд,

Ахмед, Наср, Исмаил, деванхана, дирхам.

KIRISH

Arab xalifaligi qo‘l ostida bo‘lgan Movarounnahr va Xurosondagi doimiy xalq

qo‘zg‘olonlari markaziy hokimiyatning zaiflashuviga, bu yerdagi nazoratning arab noiblari
qo‘lidan chiqib ketishiga, mahalliy zodagonlarning asta-sekinlik bilan boshqaruv ishlariga jalb
qilinishiga olib keldi. Ana shunday bir vaziyatda Somoniylar sulolasi vakillari tarix sahnasiga
chiqdi. Arab xalifaligidagi taxt uchun kurashda Somoniylarning ishtiroki ularga xalifa tomonidan
ma’lum imtiyozlarning berilishi, viloyatlar boshqaruvining topshirilishi, Tohiriylar orqali xalifalik
xazinasiga soliq to‘lab turishi bilan tugaydi. Bu vaqtda Movrounnahr va Xuroson xalifalikka
nomigagina bo‘ysunib, amalda mustaqil bo‘lib oladilar.

ASOSIY QISM


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

75

Milodiy 809-yilda Xalifa Horun ar-Rashid vafotidan so‘ng, Arab xalifaligida taxt uchun

kurash boshlanib ketadi. Dastlab taxtga xalifaning katta o‘g‘li Amin o‘tkaziladi. Ammo, Horun ar-
Rashidning kichik o‘g‘li Ma’mun (Ma’mun laqabi, asl ismi Abdulla) ham taxt uchun da’vogar
hisoblanardi. Shu sababli 811-yildan aka-ukalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash shiddatli tus
oldi. Hirotdagi Bo‘shang shahri hokimi bo‘lgan Tohir ibn Husayn taxt uchun kurashda Ma’munni
qo‘llab-quvvatlaydi va uning qo‘shinlariga boshchilik qiladi. Natijada, 813-yilda xalifalik taxti
egallanib Ma’mun hukmronlik (813-833) davri boshlandi. Tohir ibn Husayn xalifa oldidagi
xizmatlari uchun 815-yilda xalifalik qo‘shinlari bosh qo‘mondoni etib tayinlandi. 821-yilda
Ma’mun Tohir ibn Husaynni Xuroson viloyatiga noib etib tayinlaydi. Viloyat markazi sifatida
Nishopur shahri tanlanadi. U Xuroson va O‘rta Osiyo viloyatlarini (Tabariston, Ray, Jurjon,
Kirmon, Seyiston, Xuroson, Movarounnahr janubi) boshqaradi.

1

Xalifa tomonidan bunday katta

ishonch bildirilishining o‘zi ham Tohir ibn Husaynning davlat boshqaruvida kuchli siyosiy va
harbiy ta’sirga ega ekanligidan dalolat beradi.

Aynan shu omillar uni Abbosiylardan mustaqil faoliyat olib borishiga turtki bo‘ldi. 822-

yilda xalifa nomini xutba namozidan chiqarib tashladi, lekin ko‘p o‘tmasdan vafot etdi. Xalifalik
taxtiga Ma’munning kelishida Somoniylarning ham yordami katta edi. Narshaxiyning asarida
yozilishicha, xalifa buyrug‘i bilan Nuh ibn Asadni Samarqandga, Ahmad ibn Asadni Marvga amir
qilib tayinladi. Bu (voqea) ikki yuz ikkinchi yilda (20 iyul 817—9 iyul 818) bo‘lgan edi.

2

Keyinroq, Ahmad ibn Asad Farg‘onaga, Yahyo Shosh va Usturshonaga, Ilyos esa Hirotga

noib etib tayinlanadi. O‘z navbatida somoniylar tohiriylar orqali xalifalik xazinasiga soliq to‘lab
turishgan. Sug‘d hududi 326 ming dirham soliq to‘lashgan, Farg‘ona – 280 ming dirham, Shosh –
607 ming, Usturshona – 50 ming soliq to‘lagan. Bu iqtisodiy yuksalish harbiy qudratni ham
belgilagan.

Movarounnahrda 600 ming suvoriy va piyoda qo‘shin bo‘lgan. Bu ma’lumotlarning o‘zi

ham Movarounnahrning xalifalikka nomigagina bo‘ysunib, amalda mustaqil hudud sifatida ajralib
chiqa boshlaganligini ko‘rsatadi. IX asrning birinchi yarmida turk-o‘g‘uzlar Movarounnahr
shimolidan hosildor voha hududlariga tez-tez hujum uyushtira boshladi. Ulardan himoyalanish
uchun mustahkam mudofaa istehkomlari Buxoroda (Kampir devor) va Samarqandda (Qiyomat)
devorlar bunyod etiladi. Yahyo va Nuh ibn Asad 840-yilda Isfijobning turk hokimiga qarshi yurish
qiladilar va g‘alabaga erishadilar.

3

Dastlab, Asadning katta o‘g‘li Nuh ukalarining mulklarini birlashtirib, xalifalikdan

mustaqil davlat barpo etish siyosatini boshlaydi. Chunki, manbalarda Nuh nomidan tangalar zarb
qilingani ma’lum. Uning vafotidan so‘ng ukasi Ahmad Movarounnarni birlashtirish ishlarini
davom ettiradi, tohiriylar unga qarshilik ko‘rsata olmaydilar. 865-yilda Ahmadning vafotidan
keyin uning ishlariga Nasr boshchilik qiladi. Nasr davlatni Samarqanddan turib boshqargan.

Buxoroga noib etib Nasr o‘zining ukasi Ismoilni tayinlaydi. Ammo, Ismoil akasiga

itoatsizlik qilib Samarqandga o‘lpon yubormay qo‘yadi. 886-yilda bo‘lgan dastlabki to‘qnashuvda
Ismoil mag‘lubiyatga uchraydi va noiblikdan tushiriladi. Oradan ikki yil o‘tib, 888-yilda bo‘lib

1

Eshov B. – O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. Birinchi kitob – T:Yangi asr avlodi. 2019. 259-b.

2

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy – BUXORO TARIXI. – Fors tilidan A. Rasulеv tarjimasi, Mas’ul

muharrir A. O‘rinboyev.

www.ziyo.uz.com

kutubxonasi 43-b.

3

R.Shamsutdinov, R.Karimov. – Vatan tarixi. Birinchi kitob. – T:‘‘Sharq”, 2010. 166-169 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

76

o‘tgan ikkinchi jangda akasi Nasr qo‘shinlarini tor-mor etadi. 892-yilda akasining vafotidan so‘ng
Ismoil Somoniy Movarounnahrning to‘laqonli hukmdoriga aylanadi. Poytaxt Samarqand
shahridan Buxoroga ko‘chiriladi.

4

Ismoil Somoniy – o‘z davrining yirik, aqlli va tadbirkor hukmdorlaridan biri edi. U

milodiy 849-yilda Farg‘onada tavallud topgan. 14 yoshida otasi vafot etib, akasi Nasr qo‘lida
qoladi. Ismoil Somoniyning siyosiy faoliyati 874-yildan boshlanib 907-yilgacha davom etadi.

Manbalar tili bilan aytganda Ismoil Somoniy “aqlli, adolatli, shafqatli, fikr va tadbir egasi”

edi. Ismoil 893-yilda ko‘chmanchi turk qabilalari ustiga yurish qiladi. Bu yurishda u katta tarixiy
g‘alabani qo‘lga kiritadi. Taroz (hozirgi Jambul) shahrini egallab, turklarning xonini 10 ming
askari bilan asirga oladi. Bu jangda shunchalik katta o‘lja qo‘lgha kiritiladiki, har bir jangchiga 10
ming dirhamdan boylik ulashib beriladi. Ismoil Somoniy Tarozdagi xristian qasrini musulmon
masjidiga aylantiradi. Albatta, bu o‘zgarishlar xalifa Mutazzidga (892-902) va Xuroson hukmdori
Amr ibn Laysga (879-900) yoqmadi. Xalifa Ismoilni Movarounnahr hukmdorligidan tushirib,

Amr ibn Laysni Xuroson va Movarounnahr ustidan hokimligi to‘g‘risida farmon chiqardi.

Xalifaning bundan ko‘zlagan maqsadi ikki o‘rtada urush chiqarish va amalda mustaqil

bo‘lib olgan bu hududlarni yana o‘zining tasarrufiga qaytarish edi. Ammo, xalifaning bu rejalari
amalga oshmay, 900-yilda bo‘lib o‘tgan jangda Ismoil Somoniy g‘alaba qozondi va Xuroson
hududlarini ham o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi. Ismoil Somoniy o‘z davrida shunday kuchli va

4

Eshov B. – O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. Birinchi kitob – T:Yangi asr avlodi. 2019. 267-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

77

qudratli davlat barpo eta oldiki, endilikda mamlakatni himoya qilish uchun mudofaa devorlari
kerak bo‘lmay qoldi. O‘zining qudratli qo‘shinlariga ishongan Ismoil:

<<

Men – Buxoroning

devoriman

>>

deb aytgan edi. Ismoil Somoniy mamlakat manfaatlari yo‘lida hizmat qiladigan

amaldorlarni atrofiga yig‘di va mamlakatni Arab xalifaligidan to‘liq mustaqil tarzda idora qila
boshladi. Mamlakat mudofaasini tashkil etishda yetakchi mavqeyni turk sarkardalari va g‘ulomlari
qo‘llariga olishgan edi. Ammo, ularga doim ham ishonib bo‘lmas, istalgan vaqtda hukmdorga
qarshi bosh ko‘tarishlari mumkin edi. Shuningdek, Sejiston, G‘uzg‘on, G‘azna, Garjiston, Isfijob,
Xorazm, Tojikistonning tog‘li viloyatlari: Chag‘oniyon va Rashtani somoniylar o‘zlariga to‘liq
bo‘ysundira olmadilar. Bu hokimliklar rasmiy hokimiyatni tan olsalar-da, amalda mustaqil siyosat
yurgizardilar.

Somoniylar davlati.

5

Ismoil Somoniy o‘z davlatida boshqaruv tizimini markazlashtirishga harakat qildi. Bu

tizim asosini asosini hukmdor dargohi (saroyi) va devonlar (vazirliklar) majmui tashkil etgan. Oliy
hukmdor amir unvoniga ega edi. Shu sababdan yozma manbalarda Amir Ismoil, Amir Ahmad kabi
ta’kidlarni uchratamiz. Bundan tashqari Xoris amiri lavozimi ham bo‘lib, u oliy hukmdorning
barcha hukm va topshiriqlarining ijrosini nazorat qilgan. Dargoh hamda boshqa muhim
idoralarning xavfsizligi Bosh Hojib va uning xodimlari tomonidan ta’minlangan.

Dargohning xo‘jalik yumushlari faoliyati bilan Vakil shug‘ullangan. Bundan tashqari,

dargohda dasturxonchi, eshik-og‘asi, sharbatdor kabi xizmatchilar bo‘lgan. Devon boshqaruvi 10
ta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, poytaxt Buxoroda alohida binolarda joylashgan. Viloyatlar hokimlari
hokim, shahar hokimi esa rais deb atalgan. Davlat ishlariga qabul qilishda ma’lum bir talablar
o‘lchovi bo‘lgan: davlat tilini mukammal bilish, zamona huquq me’yorlaridan to‘liq xabardorlik,
tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlaridan bilimdonlik kabilar.

Harbiy lashkar ikki toifaga bo‘lingan: doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi saralangan

(gvardiya) va zarur hollarda yig‘iladigan ko‘ngillilar. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish
mumkinki, somoniylar davrida davlat boshqaruvi va harbiy siyosatning o‘z davri uchun murakkab
va salohiyatli tizimi tashkil topgan. Boshqaruv tizimiga alohida e’tibor berilganligini shundan
bilsam ham bo‘ladiki, davlatning umumiy yillik daromadi 45 million dirhamni tashkil qilgani
holda, shundan 20 million dirhami davlat boshqaruvi va lashkarlarga sarflangan. Somoniylar
hukmronligi davrida Movarounnahr, Xorazm, Xurosonda dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-
sotiq, tog‘-kon sohalari gullab-yashnadi, bunga asosiy sabab esa markazlashgan davlatning tashkil
topganligida va mamlakat aholisining xavfsizligi ta’minlanishida edi.

6

XULOSA

Arab xalifaligining zaiflashuvi Movarounnahrning mustaqil davlat sifatida ajralib

chiqishiga imkoniyat yaratdi. Somoniylar sulolasi vakillari tomonidan boshqarilayotgan viloyatlar
asta-sekinlik bilan yagona markazga birlashdi. Albatta, bu jarayon uzoq davom etdi, Somoniylar
birlashuv jarayonida ichki va tashqi kuchlarning qarshiligiga duch keldi. Somoniylar davlatini
to‘liq mustaqil va yagona markazlashgan davlat sifatida tarix sahnasiga olib chiqa olgan shaxs –
Ismoil Somoniy hisoblanadi. Uning qat’iyatli siyosati natijasida markazlashgan davlat asoslari

5

www.Shosh.uz

saytidan olindi.

6

R.Shamsutdinov, R.Karimov. – Vatan tarixi. Birinchi kitob. – T:‘‘Sharq”, 2010. 174-176 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

78

yaratildi. Somoniylar davlati O‘zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega va bu davrning
chuqurroq o‘rganilishi biz uchun noma’lum bo‘lgan tarixiy ma’lumotlarni yuzaga chiqaradi.


REFERENCES

1.

Eshov B. – O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. Birinchi kitob – T:Yangi
asr avlodi. 2019.

2.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy – BUXORO TARIXI. – Fors tilidan A.
Rasulеv tarjimasi, Mas’ul muharrir A. O‘rinboyev.

www.ziyo.uz.com

kutubxonasi.

3.

R.Shamsutdinov, R.Karimov. – Vatan tarixi. Birinchi kitob. – T:‘‘Sharq”, 2010.

4.

www.Shosh.uz

sayti.



References

Eshov B. – O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. Birinchi kitob – T:Yangi asr avlodi. 2019.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy – BUXORO TARIXI. – Fors tilidan A. Rasulеv tarjimasi, Mas’ul muharrir A. O‘rinboyev. www.ziyo.uz.com kutubxonasi.

R.Shamsutdinov, R.Karimov. – Vatan tarixi. Birinchi kitob. – T:‘‘Sharq”, 2010.

www.Shosh.uz sayti.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов