ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
913
O‘QITUVCHI VA TALABALARDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA
QARATILGAN ILMIY YONDASHUVLAR VA TEXNOLOGIYALAR
Shamshidinova Mushtariy Pattojon qizi
And QXAI talabasi
Elektron pochta:
shamshidinovamushtariy@gmail.com
+998948099005.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10890196
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘qituvchi va o‘quvchilarning nutq madniyatini
shakllantirishga qaratilgan ishlar, bilim, ko‘nikma, malakalar va texnologiyalar, nutq
madaniyatini to‘g‘r rivojlantitish bo‘yicha qilinishi lozim bo’lgan ishlar bo’yicha ilmiy
ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
pedagok, o‘qituvchi, talaba, yoshlar, nutq, til, o‘zbek tili, nutq madaniyati,
jamiyat, to‘g’rilik, aniqlik, soflik, adabiy, badiiy.
SCIENTIFIC APPROACHES AND TECHNOLOGIES FOR THE FORMATION
OF SPEECH CULTURE IN TEACHERS AND STUDENTS
Abstract.
This article contains scientific information on the work aimed at forming the
speech culture of teachers and students, the work that should be done on the proper development
of knowledge, skills, skills and technologies, speech culture.
Key words:
pedagogue, teacher, student, youth, speech, language, Uzbek language, speech
culture, society, correctness, accuracy, purity, literary, artistic.
НАУЧНЫЕ ПОДХОДЫ И ТЕХНОЛОГИИ ФОРМИРОВАНИЯ КУЛЬТУРЫ
РЕЧИ У ПЕДАГОГИ И СТУДЕНТОВ
Aннотация.
В данной статье содержатся научные сведения о работе,
направленной на формирование речевой культуры учителей и учащихся, о работе, которую
следует проводить по правильному развитию знаний, умений, умений и технологий,
культуры речи.
Ключевые слова:
педагог, учитель, ученик, молодежь, речь, язык, узбекский язык,
культура речи, общество, правильность, точность, чистота, литературный,
художественный.
Kirish
Dunyoda har bir kasbni egallashda nutq madaniyati muhim qurol hisoblanadi. Chunki o‘z
nutqini ravon gapira olmagan va fikrini erkin bayon qila olmagan mutaxasis o‘zining egallagan
kasbiga loyiq emas, befarq hisoblanadi. Jamiyatning rivojlanish darajasini bilish uchun, uning til
madaniyati qanchalik rivojlanganligiga e’tibor qaratish lozimdir. Nutqni aniq, ravon, to‘gri bayon
etish, ta’sirchanligi va sofligini oshirish har bir millatning mutaxasislariga, talaba-yoshlariga
bog’liq jarayon hisoblanadi.
O‘zbek tilini yanada rivojlantirish, uning taraqqiy etishi uchun hamma imkoniyatlarni
yaratib berish dolzarblik kasb etayotgan bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bo‘g’inlarida
o‘zbek tilini o‘qitish sifatini yaxshilash, o‘quvchi va talabalarni o‘zbek tilida to‘g’ri va ravon
so‘zlashga o‘rgatish, ularning nutqi madaniyatini takomillashtirish zarurligini davrning o‘zi
ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun nutq madaniyatini rivojlantirish maqsadida o‘zbek tilini chuqur
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
914
o‘rganish, shu tilde so‘zlash mahoratini oshirishga qaratilgan markazlarning tashkil etilishi, oliy
ta’lim muassasalarida “Nutq madaniyati”, “O‘zbek tili” fanlarining kiritilishida tilimiz rolini
yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
Nutq madaniyati-til normalarini egallamoq ya’ni talaffuz urg’u, so‘z ishlatish, gap tuzish
qonunlarini yaxshi bilmoq, shuningdek, tolning tasviriy vositalardan har xil sharoitlrga mos va
maqsadga muvofiq foydalana olish, ifodali o‘qish va so‘zlay olish madaniyatini egallash
demakdir.
Nutq madaniyati amaliy jihatdan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan
bo‘lib,chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til, til normalari, nutq, nutqnng sifatlari,
nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo‘lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning
ko‘rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.
Odam nutq yordamida o‘zining his-tuyg’ulari, fikrlarini bayon etadi va boshqalarning
fikrlari, his-tuyg’ularini anglab oladi.
O‘qituvchilar va talabalarning nutq madaniyati shakllanishi uchun turli xil badiy asarlar,
hikoyalar, roman va she’riy janrlarga oid kitoblar o’qishi lozim. O’qilgan badiiy asarlar yuzasidan
bir-biri bilan fikr almashinishi, xulosa chiqarishi va o‘z fikrlarini bayon qilishi nutqiy madaniyatni
shakllantirishda eng yaxshi texnologiya hisoblanadi. Nutq madaniyatini pedagokdan ayro holda
tasavvur etib bo‘lmaydi, Zotan, nutq madaniyati sohiblik malakalari ta’lim va tarbiya jarayonlarida
shakllantiriladi. Nutq madaniyati yetuk kadrlar tayyorlash uchun tilshunoslik faniga e’tiborni
yanada oshirish, turli ilmiy loyihalar ishlab chiqish va talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng
targ’ib qilish muhim yondashuvlardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytadigan bo‘lsak, o‘qituvchilar va talabalardagi nutq madaniyatini
rivojlantirish, to‘g’ri va sofligini taminlash, adabiy me’yorlariga mos holda gapirish va fikrimizi
aniq bayon qilib bera olishimiz jamiyatimizning qanchalik rivojlanganlik darajasini belgilab
beradi. Kadrlar tayyorlashda ham nutqiy madaniyatimizga shakllariga alohida e‘tibor berishimiz
tilimizning boyishiga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
Nutq madaniyati
D.M.Teshabayeva, M.N.Kamalova Toshkent-2018
2.
Nutq madaniyati o‘quv qo‘llanma
T.T.Jo‘rayev, S.G’.Halimov Samarqand-2021
3.
O‘qituvchi nutqi madaniyati
A.Hamidov Termiz-2013
4.
Bekzod Umarov Baxtiyorjon o’g’li, Shamshidinova Mushtariy Pattojon qizi “Grunt
suvinining hosil bo’lishi va gidrogeologik jihatlari”
5.
Mutaxassis tayyorlashda kasbiy psixologiya fanining o’rni va ahamiyati AQXAI
assistenti-Bekzod Umarov Baxtiyorjon o’g’li
6.
Bekzod Umarov Baxtiyorjon o’g’li, Shamshiddinova Mushtariy “Grunt suvining
ekologiyaga salbiy ta`siri “
7.
B. Umarov - Eurasian Journal of Research, Development and..., 2022
8.
Bekzod Umarov Baxtiyorjon o’g’li, Maxamadaliyev Muhammadsodiq Iqboljon o’g’li
“Yurtimizda amalga oshirilayotgan yashil makon loyihasi”