PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF CREATIVITY QUALITIES IN STUDENTS OF GENERAL EDUCATION SCHOOLS

HAC
Google Scholar
To share
Kurbonova, G., Jumanov , M., & Matrasulov, Ǵ.J. (2024). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF CREATIVITY QUALITIES IN STUDENTS OF GENERAL EDUCATION SCHOOLS. Modern Science and Research, 3(2), 221–225. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30524
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, there are proposals for studying the pedagogical and psychological aspects of the development of creativity in schoolchildren.

Similar Articles


background image


221

UMUMTA’LIM MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KREATIVLIK SIFATLARNI

RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Kurbonova G.S.

Jumanov M.A.

Matrasulov Ǵ.J.

Qoraqalpoq davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10899254

Annotatsiya.

Ushbu

maqolada

maktab

o‘quvchilarda

kreativlik

sifatlarni

rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlarini o‘rganish bo’yicha takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

pedagogik amaliyot, ta’lim, texnologiya, o‘quvchi, idrok, kasbiy kreativlik,

faoliyat, rivojlanish, novatorlik.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF

CREATIVITY QUALITIES IN STUDENTS OF GENERAL EDUCATION SCHOOLS

Abstract.

In this article, there are proposals for studying the pedagogical and

psychological aspects of the development of creativity in schoolchildren.

Key words:

pedagogical practice, education, technology, student, perception, professional

creativity, activity, development, innovation.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЗВИТИЯ

ТВОРЧЕСКИХ КАЧЕСТВ У УЧАЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ

Аннотация.

В данной статье имеются предложения по изучению педагогических и

психологических аспектов развития творческих способностей школьников.

Ключевые слова:

педагогическая практика, образование, технология, студент,

восприятие, профессиональное творчество, деятельность, развитие, новаторство.

Fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlari ishlab chiqarish bilan birga, ta’lim sohasiga

ham sezilarli o‘zgarishlar, yangiliklar va o‘qitishning zamonaviy vositalarini olib kirish ikmonini

berdi. Bu yutuqlarning ta’lim sohasiga kirib kelishi uning an’anaviy vazifalariga nisbatan ham

sezilarli o‘zgartirishlar kiritish zaruratini qo‘ydi. Shu asnoda ta’limdagi islohotlar mohiyatini

tushunish va anglab yetish uchun zaruriy pedagogik shart-sharoit va ijodiy muhitni yaratish

muammosi yuzaga keldi.

Ta’lim tizimini modernizatsiyalash va uni shaxs imkoniyatlariga to‘liq moslashtirishga

ko‘maklashuvchi zamonaviy ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan biri ham, ta’lim oluvchilarda


background image


222

tashabbuskorlik, mustaqillik, kreativlik sifatlarini qaror toptirish va rivojlantirishdan iborat etib

belgilangan.

Turli yondashuvlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilik davri shaxsni o‘z o‘zini

namoyon etishi, hayotiy tajribadagi xilma xillik, qadriyatlar yo‘nalganligining shakllanishi,

dunyoqarashning shakllanishi bilan bog‘liq holda tavsiflanadi. Shu bilan birga, mazkur yosh

davrida ijtimoiy faollikning ortishi, kasbiy o‘z-o‘zini anglash va o‘quv faoliyatining kreativlikka

yo‘naltirilganligi alohida ahamiyat kasb etadi.

G.S.Altshuller to‘g‘ri va tadqiqotchilik vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan, erkin va

ijodiy ta’lim muhiti orqali har qanday yosh davrida kreativlikni shakllantirish mumkin degan fikrni

ilgari suradi.

Ta’lim tizimida o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy

mexanizmi sifatida o‘quv jarayonini ular shaxsiga yo‘naltirish nazarda tutiladi. Bu esa, o‘z

navbatida, o‘quvchilarni axloqiy hamda kasbiy yetuklik, faollik, mustaqillik, nazariy-tahliliy

faoliyatga undash imkonini beradi. Buning natijasida o‘quvchilarda o‘z-o‘zlarini rivojlantirish,

yaratuvchilik, mustaqillik, hayotiy faoliyatga o‘zini tayyorlash va moslashtirish kabi layoqatlarni

tarkib toptiradi.

O‘quvchining idroki o‘qituvchilar tomonidan asosiy qadriyat sifatida e’zozlanib, unga

bo‘lgan munosabat doirasida bolalarning qiziqishlari, ichki olami, ehtiyojlari, layoqatlari,

imkoniyatlari hamda o‘ziga xos xususiyatlarini bilish bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy-shaxsiy

layoqatining ijtimoiy ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

O‘quvchilar kreativ qobiliyatlarini rivojlantiruvchi omillar sirasiga quyidagilarni kiritish

mumkin bo‘ladi:

- ta’lim jarayonini o‘quvchilardagi kasbiy kreativlikni rivojlantirishga yo‘naltirish;

- o‘quvchilarga shaxs va bo‘lajak yetuk mutaxassis sifatida yondashish, shu tariqa ularni

o‘quv jarayoni, kasbiy kreativ va hayotiy faoliyat sub’ekti sifatida rivojlantirish;

- o‘quvchilarning shaxsiy-kasbiy kreativ faoliyat sub’ekti sifatida rivojlanish mayllarini

shakllantirish;

- o‘quv jarayonining izlanuvchilik hamda muammoli tadqiqotchilik yo‘nalishlarini

kuchaytirish;

-o‘quvchilarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik faoliyatlarini rivojlantirish

vaziyatlarini tashkil etish;

- o‘quvchilarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi kasbiy

faoliyat mazmunining tarkibiy qismi sifatida yondashishlariga erishish;


background image


223

- o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish jarayonini zamonaviy

metodlar va texnologiyalar ustida ishlash asosida rivojlantirishga yo‘naltirish, ularda mustaqil

ijodiy faoliyat ko‘rsatish, mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini bilish, o‘z

mavqeiga ega bo‘lish, o‘z-o‘zini namoyon etish qobiliyatini tarkib toptirish;

- madaniy-ta’limiy jarayonlarda o‘quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash;

- o‘z-o‘zini mustaqil kasbiy rivojlantirish jarayonida shaxsiy nuqtai nazarlarini

dolzarblashtirish, o‘z mavqeini aniqlash sohasidagi shaxsiy tajribalarini oydinlashtirish, o‘z

faoliyatini tatbiq etish, o‘zining kreativligini namoyon qilish va o‘z-o‘zini tarbiyalash;

- pedagogik amaliyot va tadqiqotchilik faoliyatida o‘zining ijodiy quvvatlarini namoyon

qilish;

- o‘quvchilarning darsdan va sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda ijtimoiy shaxsiy

qadriyatlarni egallashga ularni yo‘naltirish;

- o‘quvchilarning mustaqil ishlash layoqatlarini faollashtirish, bu jarayonda ularning

kreativ fikrlashlariga erishish;

- o‘z-o‘zini boshqarish prinsipiga tayanish asosida o‘quvchilarni ijtimoiy ahamiyatli

faoliyatga jalb etish;

- o‘quvchilarning kreativ layoqatlarini namoyon qilishlari uchun qulay pedagogik muhitni

vujudga keltirish;

- jamoaviy hamda hamkorlikka asoslangan ish shakllaridan foydalangan holda

o‘quvchilarda ijodiy – yaratuvchilik faolligini tarkib toptirish kabilar.

O‘quvchilarni kreativlikka yo‘naltirishning tashqi omili o‘z-o‘zini tarbiyalash va mustaqil

bilim olish layoqatini shakllantirishdan iborat. O‘quvchilarda kreativlikni shakllantirish jarayoni

individual xarakterga ega. Bu jarayonning samarasi ko‘p jihatdan o‘quvchining psixologiyasiga

bog‘liq.

O‘quvchilarda kreativlikni shakllantirishning uchta o‘zaro aloqador bosqichlarini ajratib

ko‘rsatish mumkin:

1) o‘z faoliyati mohiyatini bilish;

2) o‘z faoliyatini dasturlashtirish;

3) o‘z faoliyati natijalariga ijodiy ta’sir ko‘rsatish kabilar.

Kreativlik bo‘yicha o‘zining tizimli ilmiy-tadqiqotlarini olib borgan P.Torrens ta’lim

oluvchilardagi kreativlik qobiliyatlarining rivojlanishida ulardagi ijodiy faollikka nisbatan

motivatsiyaning qaror topganligi, ijodiy ish natijalarini ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatliligi,


background image


224

shuningdek o‘z-o‘zini doimiy kasbiy rivojlantirish ehtiyojini shakllanganligi muhim omillardan

ekanligini ta’kidlaydi.

O‘quvchilarda kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmunidan kelib chiqqan holda, uni

rivojlantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1. Reproduktiv-motivatsion bosqich. Bu bosqich o‘quvchilarda kreativ faoliyat, kreativ

faollik va ijodkorlikka bo‘lgan moyillikni qaror toptirish, ta’limdagi innovatsiyalarning mohiyatini

anglash va yangi g‘oyalarning tug‘ilishi, shakllanishi bilan tavsiflanadi.

2. Ijodiy izlanish bosqichi - o‘quvchilardagi tadqiqotchilik, ijodiy faollik, nostandart

tafakkur, bilish mustaqilligi, improvizatsiya, yangilik yaratish ko‘nikmalarining shakllanishi bilan

belgilanadi.

3. Novatorlik bosqich. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llash, baholash, tahlil qilish,

omalashtirish va uni keng tatbiq etish hamdaistiqbolga yo‘naltirilgan strategik rejalarni tuzish

bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga oladi.

Ko‘rsatib o‘tilgan bosqichlarda intergrativ yondoshuv talablari asosida o‘quvchilar

kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy masalalari bo‘lgan bilim, malaka va

ko‘nikmalar, ijodiy qobiliyatlarni, bilish mustaqilligi, yangicha dunyoqarash, yangiliklarni

yaratish va ommalashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish vazifasiga alohida e’tibor qaratiladi.

Yuqoridagi fikrlar asosida xulosa qilish mumkinki, o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini

rivojlantirishda ularning psixologik xususiyatlarini ham inobatga olish maqsadga muvofiq.

O‘quvchilarda kreativlikni shakllantirishning muhim pedagogik sharti – uni mustaqil bilim olish

va ijodiy fikrlashga yo‘naltirishdan iborat. Shaxs ijodiy faoliyatining asosini kreativlik tashkil

etadi.

Shuningdek, kreativlik insonning borliqni bilish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan ongli,

maqsadli faoliyati bo‘lib, uning natijasida yangi, betakror, ilgari mavjud bo‘lmagan jamiyatning

moddiy va ma’naviy hayotini yaxshilashga qaratilgan buyumlar va boshqalar yaratiladi. Shu

nuqtai-nazardan, kreativlik inson aql zakovatiniing barcha ijobiy sifatlarini o‘zida

mujassamlashtirgan, yangilik yaratish bilan bog‘liq alohida faollik kasb etgan mustaqil faoliyat

turi hisoblanadi. Shaxsning kreativligi nafaqat fan – texnika, madaniyat, san’at va ishlab chiqarish

sohalarida balki, ta’lim-tarbiya jarayonida ham yaqqol namoyon bo‘ladi.


background image


225

REFERENCES

1.

Алтшуллер, Г.С. Найти идею: Введение в ТРИЗ – теорию решения изобретателских

задач / Г.С. Алтшуллер. – 2-е изд. – М: Алпина Бизнес Букс, 2008. – 400 с.

2.

Маслоу А. Самоактуализatsiя // Психология личности: Тексты. – М., 1982. – С.108-

118.

3.

Мусурмонова О. Маънавий qадриятлар ва ёшлар тарбияси. – Тошкент: Ўқитувчи,

1996. – 97 б.

4.

Очилов М. Янги педагогик технологиялар / Ўqув qўлланмаси. – Qарши, Насаф, 2000.

– 80 б.

5.

Раченко И.П. Технология развития педагогического творчества: Принципы и

методы организatsiи педагогической деятелности: Уч. Пособ. - Пятигорск. 1997.

6.

Сластенин В.А., Подымова Л.С. Педагогика: Инновatsiонная деятелност. М.: ИЧП

«Издателство Магистр», 1997. – 224 с.

7.

Хуторской

А.В.

Ключевые

компетенции

как

компонент

личностно-

ориентированной парадигмы образования / Доклады 4-й Всероссийской

дистанционной

августовской

педагогической

конференции

"Обновление

российской школы" (26 августа - 10 сентября 2002 г.). -

http://www.eidos.ru/conf/

8.

Jumanov M.A., Matrasulov Ǵ.J., Kurbonova G.S. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va

o‘quvchilarda kreativ sifatlarni rivojlantirish / Фан ва жамият. №4. 2023. 3-6 б.

9.

Jumanov M., Kurbonova G. Scientific and pedagogical aspects of creative ability

development in students / European Journal of Humanities and Educational Advancements

(EJHEA). Vol. 4 No.10, October 2023. ISSN: 2660-5589. 102-104 Р.

10.

Torrance.E.P/ Developing creative thinking through scool experience//- N.Y., 1962. –

С..215.

References

Алтшуллер, Г.С. Найти идею: Введение в ТРИЗ – теорию решения изобретателских задач / Г.С. Алтшуллер. – 2-е изд. – М: Алпина Бизнес Букс, 2008. – 400 с.

Маслоу А. Самоактуализatsiя // Психология личности: Тексты. – М., 1982. – С.108-118.

Мусурмонова О. Маънавий qадриятлар ва ёшлар тарбияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996. – 97 б.

Очилов М. Янги педагогик технологиялар / Ўqув qўлланмаси. – Qарши, Насаф, 2000. – 80 б.

Раченко И.П. Технология развития педагогического творчества: Принципы и методы организatsiи педагогической деятелности: Уч. Пособ. - Пятигорск. 1997.

Сластенин В.А., Подымова Л.С. Педагогика: Инновatsiонная деятелност. М.: ИЧП «Издателство Магистр», 1997. – 224 с.

Хуторской А.В. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированной парадигмы образования / Доклады 4-й Всероссийской дистанционной августовской педагогической конференции "Обновление российской школы" (26 августа - 10 сентября 2002 г.). - http://www.eidos.ru/conf/

Jumanov M.A., Matrasulov Ǵ.J., Kurbonova G.S. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va o‘quvchilarda kreativ sifatlarni rivojlantirish / Фан ва жамият. №4. 2023. 3-6 б.

Jumanov M., Kurbonova G. Scientific and pedagogical aspects of creative ability development in students / European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA). Vol. 4 No.10, October 2023. ISSN: 2660-5589. 102-104 Р.

Torrance.E.P/ Developing creative thinking through scool experience//- N.Y., 1962. – С..215.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов