THE EFFECT OF FERTILIZERS ON THE YIELD AND SOIL FERTILITY OF CEREALS AND LEGUMES UNDER TYPICAL GRAY SOIL CONDITIONS

HAC
Google Scholar
f
244-246
0
0
To share
Karlibaev, S. (2024). THE EFFECT OF FERTILIZERS ON THE YIELD AND SOIL FERTILITY OF CEREALS AND LEGUMES UNDER TYPICAL GRAY SOIL CONDITIONS. Modern Science and Research, 3(2), 244–246. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30545
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article reports on the effect of humic fertilizers to increase the productivity of grain-leguminous crops under conditions of typical gray soils. Humic fertilizers are organic-mineral fertilizers, consisting of organic matter and mineral compounds chemically or adsorbably bound to it. Humic fertilizers improve seed germination, yield and soil composition.


background image


244

TIPIK BOʻZ TUPROQLAR SHAROITIDA DON-DUKKAKLI EKINLARINING HOSIL

KOʻRSATKICHLARIGA VA TUPROQ UNUMDORLIGIGA GUMINLI

OGʻITLARNING TA’SIRI

Karlibaev Sultanbay Mirazizovich

Tayanch doktorant

Toshkent davlat agrar universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10902372

Annotatsiya.

Bu maqolada, tipik boʻz tuproqlar sharoitida don-dukkakli ekinlarining

unumdorligini oshirish uchun guminli ogʻitlarning ta’siri haqida ma’lumot berilgan. Guminli

oʻgʻitlar - organik-mineral oʻgʻitlar, organik modda va u bilan kimyoviy yoki adsorbsion

boglangan mineral birikmalardan iborat.

Guminli oʻgʻitlar -urugʻlarning unib chiqishini,

hosildorligini va tuproq tarkibini yaxshilaydi.

Kalit soʻzlar:

Don-dukkakli ekinlarining

unumdorligini guminli ogʻitlardan foydalanish

orqali oshirish usullari, oʻgʻitlar, ekish muddati, unumdorlik.

THE EFFECT OF FERTILIZERS ON THE YIELD AND SOIL FERTILITY OF

CEREALS AND LEGUMES UNDER TYPICAL GRAY SOIL CONDITIONS

Abstract.

This article reports on the effect of humic fertilizers to increase the productivity

of grain-leguminous crops under conditions of typical gray soils. Humic fertilizers are organic-

mineral fertilizers, consisting of organic matter and mineral compounds chemically or adsorbably

bound to it. Humic fertilizers improve seed germination, yield and soil composition.

Keywords:

Methods of increasing the productivity of grain and leguminous crops by using

humic fertilizers, fertilizers, planting period, productivity.

ВЛИЯНИЕ УДОБРЕНИЙ НА УРОЖАЙНОСТЬ И ПЛОДОРОДИЕ ПОЧВЫ

ЗЕРНОВЫХ И БОБОВЫХ В ТИПИЧНЫХ УСЛОВИЯХ СЕРОПОЧВЕННЫХ

Аннотация.

В статье приведены сведения о влиянии гуминовых удобрений на

повышение урожайности зерновых и зернобобовых культур в условиях типичных

сероземов. Гуминовые удобрения – это органоминеральные удобрения, состоящие из

органического вещества и минеральных соединений, химически или адсорбционно

связанных с ним. Гуминовые удобрения улучшают всхожесть семян, урожайность и

состав почвы.

Ключевые слова:

Способы повышения урожайности зерновых и зернобобовых

культур применением гуминовых удобрений, удобрения, сроки посева, урожайность.


background image


245

Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha 2017-2021 yillarga

moʻljallangan Harakatlar strategiyasida «Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish,

mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi

sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy

agrotexnologiyalarni joriy etish» va boshqa vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalardan kelib

chiqqan holda, aholining don va don mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirishda turli ekologik

sharoitlarga mos noʻxat navlarini tanlash, ularni yetishtirish texnologiyasini nav xususiyatlari

asosida muvofiqlashtirish muhim hisoblanadi.(1)

Ekish muddati va meʼyorini toʻgʻri tanlash orqali oʻsimlikning qishga chidamliligini

oshirish, ulardan yuqori va sifatli don hosiliga erishish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Noʻxat muhim oziq-ovqat ekinlaridan biridir. Dunyo qishloq xoʻjaligida noʻxat 13-14 million

gektar maydonda yetishtiriladi va don-dukkakli ekinlar orasida sayyorada uchinchi oʻrinda turadi.

Respublikamizda don ekinlari bilan birgalikda dukkakli - don ekinlarini ekish, ularning

maydonlarini kengaytirish va hosildorligini oshirish shu kunning dolzarb masalalaridan boʻlib

hisoblanadi. Koʻpgina mamlakatlarda oʻsimlik oqsilining eng muhim manbalari dukkakli-don

ekinlari hisoblanadi. Dukkakli - don ekinlari bir vaqtning oʻzida 3 ta vazifani hal qiladi.

Birinchidan, don yetishtirishni koʻpaytirishning muhim omili hisoblansa, ikkinchidan,

chorvachilikda yem-xashak muammosini hal etish imkonini yaratadi va nihoyat uchinchidan,

tuproq unumdorligini oshirishning manbai hisoblanadi. Ana shunday ekinlar orasida alohida

oʻrinni koʻk noʻxat egallaydi. Oʻzbekistonda dala koʻk noʻxatining “Vostok-55”, “Vostok-84”,

“Usatiy-90” navlari ekiladi. (2)

Koʻk noʻxat (gorox) barcha ekinlar uchun yaxshi yoʻldosh ekin boʻlib, tuproqda 30 kg/ga

atrofida azot toʻplaydi. Agar koʻk noʻxatning har gektaridan 30 s/ga hosil olinsa, 90 kg azot, 30 kg

fosfor va 70 kg kaliyni oʻzlashtiradi. U oʻzining dastlabki rivojlanish fazalarida oziq moddalarni

koʻp oʻzlashtiradi. Gullash davri tuganakda kaliy 60-100%, fosfor 30-65% oʻzlashtiradi. Koʻk

noʻxat asosan fosforli va kaliyli oʻgʻitlarni oʻzlashtirib, azot oʻzlashtiruvchi bakteriyalarning

faoliyatini yaxshilaydi. Agar koʻk noʻxat forsforli oʻgʻitlar bilan yaxshi oziqlantirilsa, ularning

donining pishishi tezlashadi. Koʻk noʻxatga daraxtlarning kulini solish ham yaxshi natija beradi.

Kaliyli tuzlar ham koʻk noʻxatga ijobiy ta’sir etadi. Koʻk noʻxatning tuproqda azot toʻplashi bilan

birga ularning ildizida tuganak bakteriyalar yaxshi rivojlungacha 10-20 kg/ga hisobida azotli oʻgʻit

berilsa samarabordigi yuqori boʻladi. Agar goʻng berilsa oʻsishi juda tezlashib koʻk massasi oshadi

va pishishi kechikadi. Shuning uchun goʻngni koʻk noʻxatdan oldin ekilgan ekinga berilsa yaxshi

samara beradi. Shu bilan bir qatorda tuproqda chirindi miqdori kam boʻlsa, goʻng va mineral


background image


246

oʻgʻitlar aralashtirilib toʻgʻridan toʻgʻri uning oʻziga berilganda ham samarasi yuqori boʻladi. Koʻk

noʻxatni urugʻi nitragin bilan yoki 50-100 gr molebden tuzini 2 litr suvda eritilib koʻk noʻxatni

urugʻi ishlanib ekilsa, hosildorligi oshadi. U oʻrtacha qumoq mexaniq tarkibi unchalik ogʻir

boʻlmagan va tarkibida fosfor va kaliy yetarlicha boʻlgan yerlarda yaxshi oʻsadi. Ayniqsa, kislotali

tuproqlar koʻk noʻxat uchun umuman yaroqsiz hisoblanadi. Koʻk noʻxat uchun neytral va kuchsiz

ishqorli (pH 0,6-7,0) yerlar yaxshi yerlar hisoblanadi. Bunday yerlarda tuganak bakteriyalar yaxshi

rivojlanib azot toʻplashni yaxshilaydi. (3)

Xulosa.

Bir tonna urugʻ va tegishli barg - poya yetishtirish

uchun 45-60 kg sof modda

hisobida azot, 16-20 kg fosfor, 30 kg kaliy, 25-30 kg kalsiy, 8-13 kg magniy sarflanadi. Erkin

azotni oʻzlashtirish xususiyatini nazarda tutib gektariga 20-30 kg azot, 60-80 kg fosfor va 30-40

kg kaliy sof modda hisobida solish tavsiya qilinadi. Fosforli va kaliyli oʻgʻitlar yer haydashdan

oldin solinadi, azotli oʻgʻit ekishdan oldin va oʻsuv davrida solinadi. Don-dukkaklarning 60-70%

yetilganda hosil

oʻriladi, don kombaynlar yordamida yanchiladi. Dukkagi chatnamaydigan navlar

kech oʻrilishi mumkin. Toʻla pishgan davrida oson yanchiladi. Doni 14-16% namlikda saqlanadi.

REFERENCES

1.

I.H.Hamdamov, S.B.Mustanov. Sugʻoriladigan yerlarda noʻxat yetishtirshning ilmiy

asoslari.

2.

Isaqov K.T., Umurzaqov A.A. Noʻxatni erta ekish-moʻl hosil garovi. // Oʻzbekiston qishloq

xoʻjaligi jurnali. - Toshkent, 2019. - № 3. - B. 10

3.

Спицына, С. Ф., & Павлова, А. В. (2012). Вынос микроэлементов компонентами

горохо-овсяной смеси. Вестник Алтайского государственного аграрного

университета, 87 (1), 14-17

References

I.H.Hamdamov, S.B.Mustanov. Sugʻoriladigan yerlarda noʻxat yetishtirshning ilmiy asoslari.

Isaqov K.T., Umurzaqov A.A. Noʻxatni erta ekish-moʻl hosil garovi. // Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi jurnali. - Toshkent, 2019. - № 3. - B. 10

Спицына, С. Ф., & Павлова, А. В. (2012). Вынос микроэлементов компонентами горохо-овсяной смеси. Вестник Алтайского государственного аграрного университета, 87 (1), 14-17

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов