STUDYING THE LEGACY OF ANCESTORS AS THE MAIN CRITERION OF PATRIOTISM IN SHAPING THE COMPETENCIES OF MILITARY SERVICEMEN AND SERVICEMEN

HAC
Google Scholar
To share
Sultonov, U., & To’rayev, L. (2024). STUDYING THE LEGACY OF ANCESTORS AS THE MAIN CRITERION OF PATRIOTISM IN SHAPING THE COMPETENCIES OF MILITARY SERVICEMEN AND SERVICEMEN. Modern Science and Research, 3(2), 64–67. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30681
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Through this article, we know that it is impossible to build the future without the past, and this study of the scientific heritage left by the ancestors is to reflect the national pride in the minds of young people.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

64

AJDODLAR MEROSINI - HARBIY XIZMATCHI VA XIZMATCHILARNING

KOMPETENSIYALARINI SHAKILLANTIRILISHIDA VATANPARVARLIKNING

BOSH MEZONI SIFATIDA O`RGANILISHI

Sultonov Ulug`bek

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 5-bosqich

kursanti

L.To'rayev

O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi

G va IIF kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10925766

Annotatsiya.

Ushbu maqola orqali bilamizki o’tmishsiz kelajakni barpo etish mumkin

bo’lmasligi, bu esa ajdodlar qoldirgan ilmiy merosini o’rganilishi birga milliy iftixorni yoshlar
ongida aks etishdan iborat.

Kalit so‘zlar:

Amir Temur, vatanparvarlik, kompetensiya, diplomatiya, milliy meros,

harbiy xizmatchi va xizmatchilar.

STUDYING THE LEGACY OF ANCESTORS AS THE MAIN CRITERION OF

PATRIOTISM IN SHAPING THE COMPETENCIES OF MILITARY SERVICEMEN

AND SERVICEMEN

Abstract.

Through this article, we know that it is impossible to build the future without the

past, and this study of the scientific heritage left by the ancestors is to reflect the national pride in
the minds of young people.

Key words:

Amir Temur, patriotism, competence, diplomacy, national heritage, military

servicemen and servicemen.

ИЗУЧЕНИЕ НАСЛЕДИЯ ПРЕДКОВ КАК ОСНОВНОГО КРИТЕРИЯ

ПАТРИОТИЗМА В ФОРМИРОВАНИИ КОМПЕТЕНЦИЙ ВОЕННОСЛУЖАЩИХ

И ВОЕННОСЛУЖАЩИХ

Аннотация.

Благодаря этой статье мы знаем, что невозможно построить

будущее без прошлого, и данное изучение научного наследия, оставленного предками,
призвано отразить национальную гордость в сознании молодежи.

Ключевые слова:

Амир Темур, патриотизм, компетентность, дипломатия,

национальное наследие, военнослужащие и военнослужащие.

Barchamizga ma'lumki Markaziy Osiyo uzoq ming yillik tarixi davomida avlodlarga

ajdodlarimiz tomonidan vatanparvarlik,xalqparvarlik kabi fazilatlarni singdirilishiga alohida
e'tibor qaratilib kelingan.Bunga Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi,Temur Malik, Zahiriddin
Muhammad Bobur kabi ajdodlarimizni yaqqol misol qilib olsak mubolag'a bo'lmaydi.Nega
deganda davlatimiz rahbarining 2022-2026 yillarda milliy rivojlanish yo’lida ortirilgan
tajribalarga asoslanib “Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi dasturi”da muhim vazifalarni
ta’kidlab o’tdilar. Mazkur taraqqiyot strategiyasida sifatli ta’lim-tarbiya masalasiga va milliy
qadriyatlarga nisbatan yoshlarni hurmat e’tiborini oshirish kerakligi ta’kidlanadi.

Azal-azaldan ma’lum o’zbek xalqi tarixiga, madaniy merosiga hurmat-bu; uning

yaratuvchilariga, rivojlantiruvchilariga va davomchilariga izzatikrom, mehr-oqibatli hisblanib


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

65

kelgan. O’tmishdoshlarimizga biz qanday munosabatda bo’lsak, farzandlarimizdan bizga shunday
javob qaytishligini talabalarimizga tushuntirish masalaning muhim jihatlaridan biri sifatida
qaraymiz. O’tmishimizni qanchalik yaxshi bilsak va e’zozlasak, hozirgi davrni, mustaqillikning
istiqbolini shunchalik chuqur anglaymiz. Asosaiysi mustaqillik tufayli xalqimizning madaniy-
ma’naviy taraqqiyotiga keng yo’l ochildi. Hozirda milliy meros mohiyatini anglashgina emas, shu
bilan birga uni rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Juda ko’plab ilmiy, badiiy, tarixiy,
falsafiy asarlar, qadimiy qo’lyozmalar ketma-ket qayta nashr qilinmoqda. Noyob tarixiy
yodgorliklarni saqlash va ta’mirlash ishlari boshlangan.

Buyuk allomalar tomonidan yaratilgan va har xil sabablar bilan respublikadan tashqariga

tashib ketilgan, milliy boylik, o’zbek xalqining milliy iftixori bo’lgan san’at asarlarini bugungi
kun harbiy xizmatchi va xizmatchilarning kompetensiyalarini shakillantirilishida muhum alohida
ahamiyat kasb etadi.

Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar oʻrtasidagi

tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki uzoq va yaqin
Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri
bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qoʻshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va
Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatdi. Tarixshunos
S.R.Moralez “The Diplomat in Spain” gazetasining internet saytida chiqargan maqolasida
quyidagilarni bayon qilgan:

“O‘zbek diplomatiyasi haqiqatdan chuqur tarixiy ildizga ega. Ayniqsa, Sohibqiron Amir

Temur davriga kelib, Yevropa davlatlari bilan hamkorlik aloqalari yanada rivojlana bordi. O‘zbek
xalqi bu yil Amir Temur tavalludining 679-yilligini nishonlamoqda. Temur kabi sohibqironning
tug‘ilishi nafaqat o‘sha zaminda, balki butun Yevropa va Osiyo davlatlarining siyosiy, iqtisodiy
va ijtimoiy hayotida tub burilish sodir etdi”

(1)

.

Amir Temur umrining ko‘p qismini jangu jadallarda o‘tkazdi. Yangi hududlarni egallagan

va o‘lkalarni dushman tasarrufidan ozod qilganda, shu yerlarni obod qildi, shu bilan bir qatorda,
dastavval kuch ishlatmasdan sulh tuzish yo‘li bilan chora ko‘rdi. Bu uning diplomatiyasidagi
o‘ziga xos xususiyat hisoblanadi. Nizolarni kuch ishlatmasdan hal qilish hozirgi zamon diplomatik
munosabatlarining asosiy tamoyili hamdir. Islom Karimov ham “elchilarning yutug‘i urushni
boshlamasidan turib uni yutishda” deb aytgan so‘zlari Amir Temurning diplomatik hislatini
namoyon qiladi.

(2)

Shu bilan bir qatorda, Amir Temur o‘zining “Tuzuklari”da “qaysi ishni chora-

yu tadbir bilan bitirishning iloji bo‘lsa, unda qilich ishlatmadim” degan so‘zlari fikrimiz dalilidir.

(3)

1.

1

Moralez S.R. Ruy González de Clavijo, un madrileño en el reino del Gran Tamerlán. “The Diplomats in Spain”

gazetasining internet sayti, 2015. Veb: http://thediplomatinspain.com/ruy-gonzalez-de-clavijo-un-madrileno-en-
el-reino-delgran-tamerlan/

2.

2

Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va kelajagi yo‘lida xizmat – eng oliy saodatdir. – T: O‘zbekiston, 2015.

300-301-betlar.

3.

A. Sog‘uniy, H. Karomatov. Temur Tuzuklari. Forschadan tarjima. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa birlashmasi, 1991.



background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

66

Bundan tashqari, qaysi mamlakatni zabt etgan bo‘lsa, ularning odamlariga katta ehtirom

ko‘rsatdi va ular uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. U o‘z “Tuzuklari”da shunday deb yozadi:
“Qaysi mamlakatni zabt etgan bo‘lsam, o‘sha yerning obro‘e’tiborlik kishilarini aziz tutdim,
sayidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyihlariga ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga
suyurg‘ol vazifalar in’om etib, maoshlarini belgiladim, o‘sha viloyatning ulug‘larini bo‘lsa, o‘z
farzandlarimdek ko‘rdim. Mazkur mamlakatlarning sipohlari uchun dargohim eshigi ochiq edi.
Hammani qo‘rquv va umid orasida saqladim”.

(4)

O’zbek xalqiga avlod-ajdodlardan buyuk an’ana, milliy meros bo’lib o’tib kelayotgan ilm-

fanga o’chlik, madaniyatga talpinish, odob-axloq qoidalarini chuqur o’zlashtirib hayotga tatbiq
etishga intilish, bilimini oshirish, tafakkurini o’stirib borish kabi xislatlar – millatning faxri,
iftixoridir. Bu esa turli mavzudagi ajdodlar tarixini o’rganish hozirgi kun harbiy xizmatchi va
xizmatchilar uchun kompetensiyalarni shakillantirilishida balki yosh avlodning kimning avlodidan
ekanligini bilish ibrat, faxriftixor namunasi bo’lib xizmat qiladi. Kompetensiyaga ega bo‘lish
shunchaki bilim, ko‘nikmalarni egallab olishnigina anglatmasdan kishining shu bilimlarni hayotda
aniq maqsadlar asosida qo‘llay olishini bildiradi.

Milliy istiqlol g‘oyasini, sharqona tarbiyani shakllantirish; shaxsni ma’naviy boyitishdan

iborat. Tarixni o‘rganish orqali kelajakda vatanparvar kadrni tayyorlash ko`zda tutilgan.

Bu jarayonda harbiy xizmatchilar va xizmatchilarda kompetensiyaviy yondashuvga

asoslangan holda ta’lim berish o’zining kutilgan samarasini beradi. Masalan, maqsadi Vatanni
himoya qilish uchun tayyorlikni ta’minlaydigan fikr, ishonchini, dunyoqarashni shakllantirish,
unga bor kuchni, kerak bo’lsa hayotini ham berish. Bo’lajak jangchilarning ma’naviy-ruhiy,
axloqiy-intizomiy, jangovar xislatlarini tarbiyalashdan iborat. Shuningdek, o‘zbek xalqining
madaniy merosi hisoblangan san’at, tarixiy va me’morchilik yodgorliklarini asrab-avaylash,
ularning tarixi hamda bugungi kundagi ahamiyatini bilish talab etiladi. Zero, bir necha asrlar
davomida yaratilgan obidalarimiz - machit, madrasa, saroy, abservatoriya, qasrlar, osmono‘par
minoralar, maqbaralar, boy, qo‘hna va navqiron tariximiz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent,
Turkiston yodgorliklari kimlarni hayratga solmagan deysiz. Ular yoshlar qalbida ham o‘tmish
tariximizga, ajdodlarimizning yuksak ilm va kasb mahoratiga cheksiz hurmat, ular bilan faxrlanish
tuyg‘usini uyg‘otadi. millatiga, ona-Vataniga, imoniga sodiq bo‘lishni o‘rgatishi, ularda sog‘lom
kuch, tafakkur, imon va pok vijdonni shakllantirish, Vatan oldidagi mas’uliyat, millat manfaati
bilan yashash, Vatan taraqqiyoti, millat obro‘siga hissa ko‘shish, foyda keltirish, fidoyilik va
halollik bilan sidqidildan mehnat qilish, xalqning shon-shuhratini, manfaatini o‘ylash, insonparvar
bo‘lishiga da’vat etishning turli usul va vositalarini ham topishga harakat qilgandagina yoshlarda
vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga keng imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Harbiy xizmatchilar
va xizmatchilarda kompetensiyalarini shakllantirish uchun yangi kasbiy tayyorgarlik
texnologiyasining barcha ko‘rinishlaridan foydalanish, uning yangi-yangi shakllarini izlab topish
va yaratish, eng avvalo, harbiy xizmatchilar va xizmatchilarni mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka
o‘rgatish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va yanada rivojlantirilishi
kerak deb o‘ylayman. Harbiy xizmatchilar va xizmatchilarda

tarixni o’rganish jarayonida

4. A. Sog‘uniy, H. Karomatov. Temur Tuzuklari. Forschadan tarjima. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa birlashmasi, 1991.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

67

ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarining boshlang’ich tushuncha va dunyoqarishi shakllanadi,

harbiy xizmatchilar va xizmatchilarda

ijtimoiy rivojlanishning shart sharoitlari, iqtisodiy

to’zumning rivojlanishi, jang xususiyatlari va harbiy xizmatning rivojlanishi hamda ushbu
faoliyat bilan bog’liqligi haqida dastlabki bilimlarni shakillantiradi.

Tarix fan dasturi

harbiy xizmatchilar va xizmatchilarda

harbiy xavf-xatar davrimiz

haqiqati ekanligi haqidagi ilk bilimlar bilan qurollantiradi.

"Bizni o’rab turgan notinch dunyoda do’stlar hamda O’zbekistonni o’z ta’siri

sohasiga jalb qilmoqchi bo’lganlar yetarli. Bunda ular barcha ommabop, Shu qatorda harbiy
bo’lgan uslublarni qo’llashi mumkin, Shuning uchun biz harakatchan, Yaxshi o’rganilgan va
jihozlangan, chegaramiz, mustaqilligimiz himoyasini ta’min qila oladigan armiyaga ega
bo’lishimiz kerak” deb ta’kidlagan edi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov. Tarix darslarida butun dunyoda tinchlikni saqlash, barcha mamlakatlar bilan
do’stona munosabatlar o’rnatish, davlatimiz tashqi siyosati mohiyati va xususiyatini ochib
berishdagi O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning o’rni kattaligini
ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq.

Harbiy xizmatchilar va xizmatchilarda

tarixiy materialni tahlil qilish va

umumlashtirishga o’rganishlari, alohida voqea va dalillar mohiyati va ahamiyatini
aniqlashlari, o’tish va hozirgi ijtimoiy holatlarni taqqoslash va baholash uchun nazariy
bilimlarni tadbiq qilishlari kerak.

Harbiy xizmatchilar va xizmatchilarda

tarixiy jarayonga aloqadorlik hissiyotini

uyg’otish, atrofda sodir bo’layotgan voqealarga mas’uliyat sezish katta o’rin tutadi. Buning
uchun esa ta’lim jarayonida nafaqat o’tmishdagi buyuk kishilar, balki vatanimiz oddiy
mehnatkashlari hamda uning himoyachilari hayoti va faoliyatini ochib berish zurur.

REFERENCES

1.

Moralez S.R. Ruy González de Clavijo, un madrileño en el reino del Gran Tamerlán. “The
Diplomats

in

Spain”

gazetasining

internet

sayti,

2015.

Veb:

http://thediplomatinspain.com/ruy-gonzalez-de-clavijo-un-madrileno-en-el-reino-delgran-
tamerlan/

2.

Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va kelajagi yo‘lida xizmat – eng oliy saodatdir. –
T: O‘zbekiston, 2015. 300-301-betlar.

3.

A. Sog‘uniy, H. Karomatov. Temur Tuzuklari. Forschadan tarjima. – T.: G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.

4.

A. Sog‘uniy, H. Karomatov. Temur Tuzuklari. Forschadan tarjima. – T.: G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.

5.

www. Ziyo.net

6.

www.wikipediya.uz


References

Moralez S.R. Ruy González de Clavijo, un madrileño en el reino del Gran Tamerlán. “The Diplomats in Spain” gazetasining internet sayti, 2015. Veb: http://thediplomatinspain.com/ruy-gonzalez-de-clavijo-un-madrileno-en-el-reino-delgran-tamerlan/

Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va kelajagi yo‘lida xizmat – eng oliy saodatdir. – T: O‘zbekiston, 2015. 300-301-betlar.

A. Sog‘uniy, H. Karomatov. Temur Tuzuklari. Forschadan tarjima. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.

A. Sog‘uniy, H. Karomatov. Temur Tuzuklari. Forschadan tarjima. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.

www. Ziyo.net

www.wikipediya.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов