1044
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
NAVRO’Z-QADIMIY AN’ANALAR VA MILLIY MEROS UYG’UNLIGI
Rasulova Mohichehra Maston qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti
“Tarix va filologiya” kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15070352
Annotatsiya.
Bahor fasli turli-tuman bayram va marosimlarga to‘la palla hisoblanib, bu
davrlardagi marosimlarda o‘zbeklarning tabiat bilan bog‘liq qadimiy falsafiy qarashlari o‘zini
yaqqol namoyon etadi, shu sababli bunday urf-odat va marosimlar doimo tadqiqotchilarning
diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. Quyidagi maqolada bahor ayyomi hisoblanmish
“Navro’z” bayramining paydo bo’lishi va u bilan bo’gliq urf-odat, qadriyatlarni tarixiy-
etnografik ma’lumotlarga asoslangan holda bayon etilgan.
Kalit so’zlar:
Navro’z, zardushtiylik, Navsard, sumalak, halim, halisa, ilik uzildi, muchal,
qozon to’ldi, “qizil gul” sayli, hashar.
NAVRUZ - THE HARMONY OF ANCIENT TRADITIONS AND NATIONAL
HERITAGE
Abstract.
The spring season is considered a time full of various holidays and ceremonies,
and the ancient philosophical views of the Uzbeks regarding nature are clearly manifested in the
ceremonies of these times, therefore such traditions and ceremonies have always attracted the
attention of researchers. The following article describes the emergence of the spring holiday
"Navruz" and the traditions and values associated with it based on historical and ethnographic
data.
Keywords:
Navruz, Zoroastrianism, Navsard, sumalak, halim, khalisa, ilik uzildi, muchal,
qazan toldi, "kizil gul" sayli, hashar.
НАВРУЗ – ГАРМОНИЯ ДРЕВНИХ ТРАДИЦИЙ И НАЦИОНАЛЬНОГО
НАСЛЕДИЯ
Аннотация.
Весенний сезон считается временем, насыщенным различными
праздниками и обрядами, а обряды этих периодов ярко отражают древние философские
воззрения узбеков относительно природы, поэтому подобные обычаи и обряды всегда
привлекали внимание исследователей. В статье на основе исторических и
этнографических данных описывается возникновение весеннего праздника «Навруз», а
также связанные с ним традиции и ценности.
Ключевые слова:
Навруз, зороастризм, Навсард, сумаляк, халим, халиса, костный
мозг был разрезан, мучал, горшок был полон, песня «красный цветок», хашар.
1045
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
An’anaviy bayramlar qadimdan odamlar hayotida katta o’ringa ega bo’lgan va barchaga
o’gacha qiziqish uyg’otib kelgan. An’anaviy bayramlar bugungi kunda ham o’ta dolzarbligini
saqlab qolgan, unda xalqning bosib o’tgan yo’li, o’tmishi,kelajakka bo’lgan umidi, ajdodlardan
qolgan qadriyatlari o’z aksini topgan bo’lib, insoniyat madaniyatining boshlang’ich shakli
desak adashmagn bo’lamiz. Ular qadimda kishilarning Ona tabiatga bo’lgan munosabatlarini
aks ettirib, ularning diniy va mifologik e’tiqodlarini ifodalagan bo’lsa, hozirgi davrda ijtimoiy-
siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan ulkan ma’naviy ko’zgudir. Ularni tadqiq va tahlil etish
davomida o’zbek xalqining an’anaviy bayramlari bilan bog’liq ma’lumotlar turli davrlarda
yashagan olimlarning asar va tadqiqotlarida bayon etilganligiga amin bo’lamiz.
Sharq xalqlarining mushtarak ijodi – Navro’z uzoq moziydan bugunga qadar yetib kelgan
muqaddas qadriyatlardan biri, baynalminal bayramdir. Bashariyat tarixida Navro’zdan
qadimiyroq bayramni topish qiyin. Hozirda ham katta tantanalar bilan nishonlanuvchi ulug’
bayram – Navro’z sharq xalqlari orasida makon va zamon haqidagi dastlabki tasavvurlar paydo
bo’lgan zamonlardan boshlab shakllangan. O’sha davr qarashlariga ko’ra, yil qish va yozdan
iborat bo’lib, uzoq davom etgan sovuq va ochlikdan so’ng issiq kunlarning boshlanishi o’zgacha
kayfiyatda, katta tantanalar bilan kutib olingan hamda bayram qilingan. Zardushtiylikning
barcha marosimlari, jumladan, Navro’z, Mehrjon bayramlarida ona zaminga, dehqonchilik,
chorvachilik va vatanga bo’lgan muhabbat ruhi, ayniqsa, ulkan qudrat bilan yaqqol ko’rinadi
1
.
Navro’zning kelib chiqishi haqida ko’plab rivoyatlar va afsonalar mavjud. Jumladan,
zardushtiylar davridagi ba’zi bir tushunchalarga qaraganda, ezgulik ilohi Ahuramazda bahor-
yozda, yomonlik ilohi Ahriman kuzda va qishda hukmdorlik qilar emish. Bahorning birinchi
kunini yaxshilik xudosi yomonlik xudosi ustidan g’alaba qozongan muqaddas sana deb uni
bayram qilishgan. Boshqa qadimiy afsonaga qaraganda, Odam Ato va Momo Havo uchrashgan
kun “Navro’z bayrami” deb tan olingan emish.
2
O’rta asr yozma manbalarida sharq xalqlarining tarixi, madaniyati, turmush tarzi, diniy
e’tiqodlari, urf-odatlari, marosimlari o’zida aks ettirilgan. Jumladan buyuk qomusiy olim Abu
Rayxon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" nomli tarixiy-etnografik asari
alohida e’tiborga sazovordir. Ushbu asarda islomgacha bo’lgan davrdagi xorazmliklar,
so’g’diylar, eronliklarning hayitlari - bayramlar tog’risidagi o’ta muhim ma’lumotlar bayon
etilgan. Ayniqsa, allomaning Navro’z, Mehrjon, “Uzum bayrami” yil taqvimi bilan bog’liq
bayram va marosimlari to’g’risidagi ma’lumotlari hozirgi zamon uchun ham muhim ahamiyatga
ega. Mazkur bayramlarning barchasida tabiatda yuz beradigan turli-tuman o’zgarishlar aks etgan.
1
Ashirov A. Avestodan qolgan marosimlar. T. 2011.12-bet
2
Ashirov A. Avestodan qolgan marosimlar. T. 2011.12-bet
1046
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Sharq mamlakatlari hayotida muhim o’rin tutgan hamda tadqiqotchilar tomonidan turli
tarixiy davrlarda keng ko’lamda o’rganilgan va turlicha talqin qilingan Navro’z bayramida
o’zbeklarning asrlar davomida shakllanib kelgan falsafiy, tarixiy va milliy qarashlari namoyon
bo’ladi
3
. Hozirda ham katta tantanalar bilan nishonlanuvchi ulug’ bayram – Navro’z sharq
xalqlari orasida makon va zamon haqidagi dastlabki tasavvurlar paydo bo’lgan zamonlardan
boshlab shakllangan. Shu o’rinda Navro’z bayrami haqidagi o’rta asrlar yozma manbalariga
yuzlanadigan bo’lsak, bu bayramning ildizi uzoq o’tmishga borib taqalishi va navro’z
bayramining paydo bo’lishi to’g’risida turli afsona va rivoyatlarni bilib olamiz. Yuqorida
aytilgan nomi zikr etilgan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar” asarida keltirilishicha:
“Navsard. Bu oyning birinchi kuni (so’g’diylar) navro’zi
bo’lib, bu katta navro’z.” ya’ni,
Markaziy Osiyo aholisi ham amal qilgan quyosh taqvimi
bo’yicha bahorgi teng kunlik (21-mart)dan boshlangan yangi yil bayrami - Yilboshi
(so’g’diylarda - Navsard, xorazmliklarda - Novsor-ji), Navro’z {Nav - Yangi, ro’z - kun) nomlari
bilan aytilgan.Bundan ko’rinib turibdiki , bu bayram so’g’diylar yashagan davr miloddan
avvalgi 1-mingyilliklar paydo bo’lgan degan mulohazani beradi.
O’rta asrning mashhur muarrixlaridan biri Muxammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi”
nomli asarida ham Navro’z bayrami va olov bilan bog’liq marosimlar o’tkazilganligi qayd
qilingan. “Siyovush ibn Kaykovus o‘z otasidan qochib Jayhun darosidan o‘tib Afrosiyobning
oldiga keldi. Afrosiyob uni yaxshi qabul etdi va o‘z qizini unga xotinlikka berib, aytishlaricha,
barcha mulkini ham unga topshirdi. Bu viloyat o‘ziga vaqtincha berib qo‘yilgan joy ekanligi
tufayli, Siyovush bu yerda o‘zidan bir yodgorlik qoldirishni istadi Shunday qilib, u Buxoro
hisorini bino qildi va ko‘proq vaqt o‘sha joyda turar edi. (Kimlardir) u bilan Afrosiyob o‘rtasida
yomon gap yurgizdi va (natijada) Afrosiyob uni o‘ldirdi hamda ana shu hisorda sharqiy
darvozadan kiraverishingda «Darvozayi g‘uriyon” deb atalgan somonfurushlar darvozasining
ichkarisiga dafn etdilar.Shu sababli Buxoro otashparastlari o‘sha joyni aziz tutadilar va unga atab
har bir erkak kishi har yili navro‘z kuni quyosh chiqishidan oldin o‘sha joyda bittadan xo‘roz
so‘yadi. Buxoro aholisining Siyovushning o‘ldirilishiga bag‘ishlab aytgan marsiyalari bo‘lib, u
barcha viloyatlarga mashhurdir. Kuychilar unga moslab kuy tuzganlar va qo‘shiq qilib aytadilar.
Qo‘shiqchilar uni «otashparastlar yig‘isi” deydilar. Bu gaplar bo‘lganiga hozir uch ming
yildan ortiqroq vaqt o‘tdi”
4
bu ma’lumotga asoslanib Narshaxiy yashagan davrni hisobga
oladigan bo’lsak, Navro’z ayyomi 3,5- 4 mingyillik tarixga ega ekanligini guvoh bo’lamiz.
Beruniyning “qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida esa
“Navro’zni hayit qilish
to’g’risida bunday ham deyilgan.
3
Isoqov B. An’analarni abadiyatga aylantirgan ayyom. Namangan. 2013. 15-bet
4
Abu Bakr Narshaxiy. Buxoro tarixi. 15-bet
1047
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
“Jamshid arava yasab olgach, o’sha kuni aravaga chiqdi, jinlar va shaytonlar uni havoga
ko’tarib, bir kunda Dunbovanddan Bobilga olib bordilar. Odamlar bu ajoyib voqeani ko’rgach,
o’sha kunni hayit qildilar va Jamshidning (aravada uchishiga) taqlid qilib arg’imchoqlarda
uchdilar.
Ba’zilarning gumonida, Jamshid shaharlarni aylanib yurishni yaxshi ko’rar edi. U
Ozarbayjonda bo’lishni istab, tilladan yasalgan taxtga o’tirdi va odamlar taxtni yelkalariga
ko’tardilar. Jamshidga Quyosh nuri tushdi, odamlar uni ko’rgach, ulug’ladilar va shodlanib o’sha
kunni hayitga aylantirdilar”
5
deb qayd etilgan.
Umar Xayyomning “Navro’znoma” asarida esa “Navro’zning joriy qilinishini sababini
aytsak, u shundan iboratki, u oftobning ikki aylanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob
har uch yuz oltmish besh kunu kecha-kunduzning to’rtdan birida Hamal burjining birinchi
daqiqasiga chiqib ketgan paytining o’zida yana qaytib keladi va har yli bu davr kamaya boradi.
Jamshid bu kunni tushungandandan keyin Navro’z deb atadi va bayram qilishni odatga
aylantirdi.”
6
Bunda koinot va tabiat qonuniyatlari nuqtayi nazaridan yondashilganligi haqida
bilib olamiz.
Bugungi kunda Navro’z bayrami bundan 3,5—4 ming yil burun bizning o’lkamizda
paydo bo’lganligi ilmiy nuqtai nazardan isbotlangan. “Navro’z”ning yuzaga kelishi har
tomonlama ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, ya’ni Quyoshning hamal burjiga
kirishi, kecha va kunduzning har jihatidan barobarlashishi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda
jonlanishning boshlanishi, bahorning kelishi bilan bog’liqdir. Qolaversa, zardushtiylarda
boychechakning chiqishi, lolaqizg’aldoqlarning ochilishi, bodomning gullashi, umuman bahor
bilan tabiatning go’zallashib borishi — ezgulik ruhining tantanasi bilan ularning har biri katta
shodiyonalarga sabab bo’lgan
7
.
Navro’z azaldan katta tayyorgarlik bilan kutib olingan. Har yil bayram arafasida hovli-
joylar tozalanib, mahalla-ko’ylarda hashar yo’li bilan ko’cha va xiyobonlarni supurib-sidirish,
ariq-zovurlarni tozalash, turli-tuman meva va tok ko’chatlari ekish odat tusiga kirgan. Bu
bayramda kattalar ham, bolalar ham o’zgacha bir zavq, shodonlik bilan kutib olib, nishonlaydi.
Umar Xayyom o’z «Navro’znoma”sida yozganiday: «Kimki Navro’z kuni bayram qilsa
va quvonsa, yanagi Navro’zgacha ana shunday yayrab, farog’atda yashaydi”, — degan aqidaga
asrlar davomida amal qilinib, turlicha udumlar yaratilgan va ular xalq ongiga singib qolgan
Bahor ayyomi bo’lgan Navro’z bayrami bilan bog’liq asrlar davomida saqlangan shunday
urf-odat, qadriyatlarimiz borki, ulardan ayrimlari haqida so’z yuritamiz.
5
Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. 256-bet
6
Umar Xayyom. Navro’znoma. 11-bet
7
Ashirov A. Avestodan qolgan marosimlar. Toshkent. 2011. 12-bet
1048
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bahor kirib kelishi bilan
Buxoroda “Guligardoni bulbulxon”, “Guli surx”, Zarafshonda
“Boychechak guligardoni” sayllar o‘tkazib kelingan.Jumladan,
Buxoroda o’tkaziladigan “Qizil
gul” sayli xalqimizning yilboshi-Navro‘z bayrami bilan bog‘liq mavsumiy marosimlari
tizimining an’anaviy uzvlaridan biridir. U tabiatning ko‘klamgi uyg‘onishi, yangi mehnat
yilining boshlanishi, hosildorlik va baraka tilash tantanasi sifatida o‘tkazib kelingan. Bu saylning
qadimiy asoslari yovuzlik kuchlari zimiston qa’riga chekinib, ezgulik tantana qiladigan
kuni sifatida bayram qilish an’anasi bilan bevosita aloqadordir
8
.
Navro’z ayyomi bilan bog’liq turli voqea-hodisalar, ularning talqinlari juda ko’p bo’lib,
barchasi insonlarning o’zaro do’stona, tinch- totuv va osoyishta yashashlari, obodonchilik, mo’l-
ko’lchilik yo’lida mehnat qilishlari, tabiat va jamiyatdagi yangilanishlardan xayratlanib va
quvonib, shodon turmush kechirishlariga, bir-birlariga yaxshilik istab yashashlariga chorlaydi.
Aynan shunday g’oya Umar Xayyomning «Navro’znoma” asarida ham o’z aksini topgan:
«Podshohlarning bir odati bor: yil boshida ular yaxshilikka fatvo berish va sanalarni belgilash
hamda maishat uchun ma’lum marosimlar o’tkazishi zarur. Kimki Navro’z kuni bayram qilib
quvonsa, keyingi Navro’zgacha xurram bo’ladi va farog’atda yashaydi. Podshohlar uchun bu
odatni olimlar belgilab berishgan”
9
.
Navro’z kunlari yurtimiz shahar va qishloqlarida muchal marosimi ham o’tkaziladi.
Navro‘z kirishi bilan yangi yil qaysi jonivorning nomi bilan atalishiga qarab, odamlar o‘z
muchalini
marosim
sifatida
nishonlashga
odatlanishgan.
Ushbu
marosimni
ba’zi
tadqiqotchilarimiz 12 yoshni to‘ldirib, 13 yoshga qadam qo‘ygan yigit va qizlarimizni alqovchi
marosim deyishsa, boshqalari esa muchal yoshi nafaqat 13 yoshda, balki 25, 37, 49, 61, 73, 85
yoshlarda ham maxsus nishonlanilgan oilaviy tadbir deb ta’kidlaydi.
10
Buxoroda bu marosimni
«mo’ljar” yoki «mo’ljardaroyon” deb atashadi. O’tmishda bola muchali qaysi yilga to’g’ri kelsa,
fe’li ham o’shanga mos bo’ladi, degan aqidaga ishonganlar. Marosim uchun qizga ham, o’g’il
bolaga ham boshdan-oyoq, yangi oq, sarpo qilish an’anaga aylangan. Bu bilan muchali
nishonlanayotgan o’g’il va qiz kelajagining porloq, va baxtli bo’lishi istalgan.
11
Xalqimizning qadimiy udumiga binoan, navro’z bayrami hut oyining oxirgi kechasi,
ya’ni 20 martdan 21 martga o’tar kechasi oila davrasida o’tkaziladigan qozon to’ldi an’anasi
bilan boshlangan. Bunda har bir oilada o’z imkoniyatidan kelib chiqqan kelib chiqqan holda
tansiq taom (ko’pincha, palov), ko’k somsa, bo’g’irsoq pishiriladi va ovqat pishirilayotganda
8
https://etnotravel.uz/maqola/qizil-gul
9
Isoqov B. An’analarni abadiyatga aylantirgan ayyom. Namangan. 2013. 25-bet
10
Qurbonova M. Muchal buxoroliklarning taqvimiy, qadrli marosimi. //Islom tafakkuri ilmiy-ma’rifiy jurnal.2020.
49-52-betlar
11
Oxunjon Safarov, Mels Mahmudov . Oila ma’naviyati. 2009.161-162-betlar
1049
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
qozonning to’la bo’lishiga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek, o’tgan ajdodlar haqqiga “is”
chiqaradilar.
“Qozon to’ldi” oqshomida tayyorlangan taomlar va pishiriqlar qo’ni –qo’shilarga,
qarindosh-urug’larga ham ulashilgan. Bu orqali bu ayyom insonlar o’rtasida mehr-oqibat,
yaqinlarga g’amxo’rlik, saxovat rishtalarini bog’lashga xizmat qiladi.
Navro’z deganimizda barchaning ko’z oldida uning lazzatli taomi - sumalak jonlanadi.
«Sumalak sayli” (yoki «Sumalak bazmi”) Navro’zning «shohona taomi” - sumalak tayyorlash,
sumalakxo’rlikka bag’ishlangan marosimdir. Ba’zi tadqiqotchilar «Sumalak” kalimasini «sharbat
uchun undirilgan arpa” yoki bug’doy ma’nolarini anglatuvchi qadimiy turkiy so’z «suma”dan
kelib chiqqan deb ta’kidlashadi.
Xalq e’tiqodiga ko’ra, sumalak taomini birinchi Bibi Fotima tomonidan pishirilgan
deyiladi. Bibi Fotimaning bu muqaddas oshi o’zgacha mehr, o’zgacha ahillik, o’zgacha
hamjihatlik asosida tayyorlangan va bu hodisa asrlar osha davom etib kelayotgan an’anaga
aylangan. Folklorshunos olim M.Jo’rayevning aniqlashicha, «hatto milodning I—II asrlarida
yashab o’tgan mashhur yunon olimi Plutarx midiyaliklarning bahoriy udumlari to’g’risida
yozarkan, ular ilk ko’klamda bug’doydan maxsus taom pishirganlarini alohida qayd qilib o’tgan.
O’rta Osiyoda istiqomat qilgan ajdodlarimiz ham bundan ming yillar muqaddam
ko’klamni sumalak pishirish bilan kutib olganliklarini XI asrning buyuk olimi Mahmud
Qoshg’ariy ham ta’kidlagan edi.
Xalq orasida yurgan yana ba’zi rivoyatlar borki, ularda xalqimizning yashash tarzi,
tabiat bilan hamohang qarashalr aks etgan. Shulardan birini keltirib o’tamiz. Dehqon urug’likka
olib qo’ygan donini erta bahorda tezroq ekish niyatida hammadan oldin suvga ivitib qo’yadi.
Lekin, beqaror ob-havo birdan buzilib, qor yog’a boshlaydi. Bug’doy bo’lsa ivitilgan
idishda nish urib o’sishda davom etavergan. Oila a’zolari tomonidan «ilik uzildi”
12
davriga
zo’rg’a yetib kelingan paytda bug’doyni butunlay nobud bo’lishiga yo’l qo’ymaslik choralari
qidiriladi. Dehqon bo’lsa tavakkal qilib, nish urgan va ancha bo’y ko’targan bug’doy maysalarini
qiymalaydi hamda uy bekasidan bundan taom pishirishini aytadi. Beka maysa qiymasini
qozonga solib, uzoq vaqt qaynatadi. Hidi yoqimli, o’zi to’yimli, mazasi esa tanovul qilgan
kishining uzoq vaqt esida qoladigan darajadagi yangi taom dunyoga keladi. Natijada, ularda
kelgusi yil ko’klamida ham yana shunday taomdan bahramand bo’lish ishtiyoqi tug’iladi.
Ushbu taom esa el orasida keng tarqalib, bahorning eng lazzatli taomiga aylanadi.
13
12
Odamlarda ko’pincha qish oxiriga borib holsizlik, darmonsizlik seziladi. Hozirgi zamon ifodasi bilan aytganda,
vitaminlarga kuchli ehtiyoj paydo bo’lib, ko’katlar va ho’l mevalarga zarurat seziladi. Bunday holat xalq orasida
«ilik uzildi” payti deb ham ataladi.
13
Isoqov B. An’analarni abadiyatga aylantirgan ayyom. Namangan. 2013. 35-36-betlar
1050
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
Bundan tashqari Buxoroda Navro’z sayllarida halim
14
, kabob, halisa
15
, kabi tansiq
taomlar ham pishirilganki, bu o’z navbatida, Buxoro pazandaligida mavjud barcha taomlarni
sifatli tayyorlashning o’ziga xos ko’rigiga aylangan. Aytaylik, faqat palovning qobili,
ko’kapalov, sofipalov, chalov, xazipalov, xomtokpalov, xaltapalov, no’xatpalov, moshpalov,
so’kpalov, bug’doypalov, jo’xoripalov, qovurmapalov, kishmishpalov, bedanapalov,
kaklikpalov, tovuqpalov, sitorapalov, qozpalov, turshakpalov, dovchapalov singari yuzdan ziyod
turi tayyorlangan.
Xulosa qilib aytganda, asrlarosha o’zbek xalqi an’anaviy bayramlarining eng uzoq tarixga
ega bo’lgan Navro’z qadimiy va diniy odatlar o’zida mujassam etib, ular odamlar o’rtasida
mehr-oqibat, izzat-hurmat, qadr-qimmat, muruvvat kabi insoniy fazilatlarning ravnaq topishiga
katta xizmat qilib kelgan. Shuningdek, insonparvarlikni barqaror etuvchi va aholining ma’naviy
kamol topishiga xizmat qiladigan muhim omil sifatida namoyon bo’ladi.
REFERENCES
1.
Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Qadimgi xalqlar qolgan yodgorliklar. Toshkent,
1968
2.
Umar Xayyom. Navro’znoma. Toshkent. 1990
3.
Abu Bakr Narshaxiy. Buxoro tarixi.
4.
Qurbonova M. Muchal buxoroliklarning taqvimiy, qadrli marosimi. //Islom tafakkuri
ilmiy-ma’rifiy jurnal.2020
5.
Isoqov B. An’analarni abadiyatga aylantirgan ayyom. Namangan. 2013
6.
Oxunjon Safarov, Mels Mahmudov . Oila ma’naviyati. Toshkent. 2009.
7.
A.Ashirov . Avestodan qolgan marosimlar. Toshkent. 2011
8.
https://etnotravel.uz/maqola/qizil-gul
9.
Rasulova, M. (2024). O’ZBEK XALQLARI FOYDALANGAN TAQVIMLAR.
Modern
Science
and
Research
,
3
(12),
949–954.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/58527
10.
Rasulova, M. (2025). MINORAI KALON.
Modern Science and Research
,
4
(1), 979–
984. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/64066
14
Buxoroda halim bug’doy yormasining sutda qaynatmasi asosida tayyorlanuvchu alohida xushxo’r taom.Bunga
go’sht solinmaydi. (Oxunjon Safarov, Mels Mahmudov . Oila ma’naviyati. 2009. 155-bet
)
15
Halisa O’zbekistonning ko’p joylarida tayyorlanadi.U ham bug’doy yormasining go’sht bilan qaynatmasidir
asidir. Boshqa joylarda uni halim deyish an’anaga aylangan. (Oxunjon Safarov, Mels Mahmudov . Oila ma’naviyati
.2009. 155-bet
)
1051
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
11.
Rasulova, M. (2025). ISMOIL SOMONIY MAQBARASI.
Modern Science and
Research
,
4
(2), 1422–1428. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
12.
Toshpo’latova, S. (2024). BUXORODAGI SAROYLAR. Modern Science and Research,
3(5), 522-529.
13.
Toshpo’latova, S. (2024). O’RTA ASRLARDA OILA PEDAGOGIKASIGA OID
FIKRLAR. Modern Science and Research, 3(12), 353-361.
14.
Toshpo’latova, S., & Xudoyqulov, S. (2024). History And Ethnology Of Olot District.
Modern Science And Research, 3(5), 148-151.
15.
Toshpo’latova, S., & Jo’rayeva, M. (2024). HISTORY AND ARCHITECTURAL
MONUMENTS OF JONDOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 447-450.
16.
Qizi, R. S. S., Shukhratovna, T. S., & Karamatovna, M. A. (2024). Implementation of
Education and Protection of Children's Rights in the age of Technology. SPAST Reports,
1(7).
17.
Shuhratovna, T. S. (2024). Linguistic Anthropology. European Journal Of Innovation In
Nonformal Education, 4(3), 432-437.
18.
Toshpo‘latova, S. S., & Naimov, I. N. (2023). MS ANDREYEV–O’RTA OSIYO
XALQLARI ETNOGRAFIYASINING YIRIK OLIMI. Innovations in Technology and
Science Education, 2(8), 1214-1222.
19.
Toshpo’latova, S., & Tursuntoshova, S. (2024). Khoja Abdulkholiq Gijduvani. Modern
Science and Research, 3(2), 87-93.
20.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics Of Ethnologies Of Bukhara. Modern Science
and Research, 3(2), 1004-1011.
21.
Toshpo’latova, S. (2024). Ethnolinguistics. Modern Science and Research, 3(2), 500-
507.
22.
Toshpo’latova, S. (2024). Religious Anthropology. Modern Science and Research, 3(1),
504-510.
23.
Shakhnoza Shuhratovna, T. (2023). MS Andreyev’S Way Of Life. American Journal of
Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993-2769), 1(10), 655-659.
24.
Shuhratovna, T. S. (2023). Ethnological Analysis Of National Costumes And Rituals Of
Tajiks In The Works Of MS Andreyev. International Journal Of History And Political
Sciences, 3(12), 42-47.
25.
Toshpo’latova, S. (2023). MS Andreyev-Scientific Career. Modern Science and
Research, 2(12), 801-807.
1052
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
26.
Shuhratovna, T. S. (2023). Etymology Of Tajik Marriage Ceremony. International
Journal Of History And Political Sciences, 3(11), 17-23.
27.
Toshpo’latova, S., & Ashurova, G. (2023). THE HISTORY AND DESCRIPTION OF
THE WORK OF MS ANDREYEV-" ARK BUKHARI". Modern Science and Research,
2(9), 404-409.
28.
Toshpo’latova, S. (2023). ETHNOLOGICAL ANALYSIS OF CALENDRICAL
CALCULATION AND LENGTH MEASUREMENTS OF KHUF VALLEY TAJIKS IN
THE RESEARCHES OF MS ANDREYEV. Modern Science and Research, 2(10), 291-
299.
29.
Toshpo’latova, S. (2023). A STUDY OF THE WEDDING CEREMONY OF THE
TAJIKS OF AFGHANISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 84-89.
30.
Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). Marriage Ceremony Of Tajiks In The Work Of
Mikhail Stepanovich Andreyev “Tadjiki Dolini Khuf”. International Journal of
Intellectual Cultural Heritage, 3(1), 12-16.
31.
Toshpo‘latova, S. S. (2023). Tojiklar Milliy Kiyim-Kechaklari Va “Beshmorak”
Marosimining Etnologik Tahlili. Scholar, 1(28), 395-401.
32.
Toshpo’latova, S., & Hoshimova, M. (2025). BERUNIY VA UNING DIDAKTIK
QARASHLARI. Modern Science and Research, 4(1), 344-351.
33.
Toshpo’latova, S. (2024). ILK UYG’ONISH DAVRI NAMOYONDALARNING
DIDAKTIK QARASHLARI ASOSIDA O’QUVCHILARNI TARIX FANIGA
QIZIQTIRISH METODIKASI. Modern Science and Research, 3(12), 643-651.
34.
Muyiddinov, B., Toshpo‘latova, S., & Gadayeva, M. (2025). TEMURIYLAR DAVRIDA
KUTUBXONACHILIK, HUJJATCHILIK VA ISH YURITISHNING O’ZIGA XOSLIGI.
Modern Science and Research, 4(2), 97-105.
35.
Toshpo‘latova, S., Gadayeva, M., & Muyiddinov, B. (2025). BO’LAJAK
O’QITUVCHILARNING
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
TAYYORGARLIGINI
TARKIB TOPTIRISH MODELI. Modern Science and Research, 4(2), 106-116.
36.
Gadayeva, M., Toshpolatova, S., & Muyiddinov, B. (2025). TARIX DARSLARINI
OQITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI. Modern Science and
Research, 4(2), 87-96.
37.
Yuldosheva, F. (2024). MIRZO ULUG’BEK KUTUBXONASI VA BUGUNGI
TAQDIRI. Modern Science and Research, 3(12), 741–749. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/-research/article/view/58564
1053
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
38.
Yuldosheva F. (2024). BOLA TUG’ILISHI BILAN BOG’LIQ MAROSIMLAR
O’ZBEK XALQI HAYOTINING AJRALMAS QISMI SIFATIDA. Modern Science and
Research, 3(11), 788–791. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-
39.
Yuldosheva F. Y. qizi. (2023). LEV NIKOLAYEVICH GUMILYOVNING “QADIMGI
TURKLAR” ASARIDA KOʻKTURKLAR YODGORLIKLARI XUSUSIDA. GOLDEN
BRAIN,
1(16),
338–342.
Retrieved
from
https://researchedu.org/index.php//article/view/3908
40.
Yuldosheva F. (2025). MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY – MILLATNING O‘Z
TAQDIRINI ANGLASHIDA YORQIN YULDUZ VA MILLIY UYG‘ONISH
DAVRINING RAMZI. Modern Science and Research, 4(1), 420–427. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/scienceresearch/article/view/60832
41.
Yuldosheva, F. .& Abdihamidova F. (2025). BEHBUDIYNI KIM O’LDIRGAN?.
Modern
Science
and
Research,
4(1),
359–366.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/63681
42.
Yuldosheva, F. (2025). IBN BATTUTANING “SAYOHATNOMA” ASARI MUHIM
MANBA SIFATIDA. Modern Science and Research, 4(2), 573–580. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/scienceresearch/article/view/66954
43.
Yarashova, M., Yuldosheva, F., & Haqqulov, M. (2025). TA’LIM OLISH TARTIBI:
YANGILANISH VA O’ZGARISHLAR. MASOFAVIY, DUAL VA INKLYUZIV
TA’LIM. Modern Science and Research, 4(2), 73–80. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70712
44.
Haqqulov,
M.,
Yarashova,
M.,
&
Yuldosheva,
F.
(2025).
ТARIXIY
KARTOGRAFIYANING
ASOSIY
YO‘NALISHLARI,
SHAKLLANISHI
VA
TARAQQIYOTI. Modern Science and Research, 4(2), 81–91. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/70714
45.
Yuldosheva, F., Haqqulov, M., & Yarashova, M. (2025). QADIMGI TURKIY
XALQLARDA “QUT” MAROSIMI XUSUSIDA.
Modern Science and Research
,
4
(3),
132–136.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/scienceresearch/article/view/72375
46.
Sayfutdinov, F. (2025). 1918-1920 YILLAR XALQARO MUNOSABATLAR
TARIXIDA
VERSAL
–
VASHINGTON
KANFRENSIYALARINING
AHAMIYATI.
Modern Science and Research
,
4
(2), 1066–1073. Retrieved from
https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/68491
1054
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
47.
Sayfutdinov F., & Sharipov D. (2025). CENTRAL ASIAN INTEGRATION:
HISTORICAL DEVELOPMENT AND PROSPECTS.
Journal of Universal Science
Research
,
3
(1(Special
issue),
300–304.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/65623
48.
Ilniyazovich, S. F. (2023). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TARIX FANINI
O'QITISHDAGI AHAMIYATI.
49.
Ilniyoz o'g'li, S. F. (2023). ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA QORAQALPOQ
XALQINING YORITILISHI.
50.
Ilniyazovich, S. F. (2024). The Formation of Preliminary Knowledge about the People of
Karakalpak.
EUROPEAN
JOURNAL
OF
INNOVATION
IN
NONFORMAL
EDUCATION
,
4
(3), 149-155.
51.
Sayfutdinov, F. (2024). BUXORO AMIRLIGINING QURILISH TARIXI: MADANIY
VA ARXITEKTURA TARAQQIYOTI MEROSI.
Modern Science and Research
,
3
(12),
852-858.
52.
Sayfutdinov Feruz Ilniyoz o’g’li. (2023). XX ASR 2-YARMI XXI ASR BOSHLARI
ZARAFSHON VOHASIDA ETNOSLARARO MUNOSABATLAR.
TA’LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
3
(9), 1–5. Retrieved from
https://sciencebox.uz/index.php/ajed/article/view/7941
53.
Sayfutdinov F. (2024). ILLUMINATION OF THE SPIRITUAL LIFE OF THE
KARAKALPAK PEOPLE IN RESEARCH.
Journal of Universal Science Research
,
2
(5),
441–452.
Retrieved
from
https://inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-
research/article/view/34891
54.
Sayfutdinov F. (2024). MANG’IT AMIRLARI DAVRIDA BUXORO AMIRLIGI
ME’MORCHILIK SOHASI RIVOJI.
Modern Science and Research
,
3
(10), 620–629.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/45335
55.
Ilniyazovich, S. F. (2024). Historiography of Various Expeditions and their Results in the
Regions Inhabited by Karakalpaks in the First Half of the 20th Century.
EUROPEAN
JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION
,
4
(9), 159-165.
56.
Xayrullayev, U. (2024). THE IDEA THAT MADE THE OTTOMAN STATE GREAT
(RED APPLE II). Modern Science and Research, 3(2), 1071-1073.
57.
Xayrullayev, U. (2024). BRIEFLY ABOUT THE" RED APPLE" MYTHOLOGY OF
THE TURKS. Modern Science and Research, 3(1), 568-572.
58.
Umidjon, X. (2024). Literacy and Information Exchange in the Ancient East and West.
EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3),
179-183.
1055
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 3
59.
Xayrullayev, U. (2024). THE POSITION OF CENTRAL ASIAN GOVERNORSHIPS
DURING THE PERIOD OF THE TURKISH KHANATE AND THE ARAB INVASION.
60.
Xayrullayev, U. (2024). EFTALLAR DAVLATI VA TURK XOQONLIGIDA
HUKMDORLIK LEGITIMATSIYASI. Modern Science and Research, 3(12), 843-851.
61.
Xayrullayev, U. (2024). TURK XOQONLIGI VA ARABLAR BOSQINI DAVRIDA
O’RTA OSIYO HOKIMLIKLARINING MAVQEYI. Modern Science and Research,
3(12), 339-343.
62.
Xayrullayev, U., Sayfutdinov, F., & Rahmonova, S. (2025). SHAYBONIYLAR
DAVLATI VA USMONLI TURKLAR DAVLATI O’RTASIDAGI DASTLABKI
ALOQALAR TAVSIFI. Modern Science and Research, 4(1), 147-154.
63.
Xayrullayev, U. (2025). BUXORO VILOYATINING IQTISODIY HOLATI (1990-1991
YILLAR). Modern Science and Research, 4(1), 1018-1024.
64.
Umidjon, X. (2023). 1918-1939-yillarda Polshaning ichki siyosatidagi o'zgarishlar.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 42(42).
65.
Xayrullayev, U. F. (2023). 1918-1939 YILLARDA POLSHANING ICHKI
SIYOSATIDAGI O ‘ZGARISHLAR. SCHOLAR, 1(28), 337-340.
66.
Xayrullayev, U. (2025). MUSTAQILLIK YILLARIDA BUXORO VILOYATIDAGI
IJTIMOIY HOLAT. Modern Science and Research, 4(2), 1186-1193.
