ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
934
PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA HUQUQSHUNOSLIK FANLARINI
O‘QITISHNING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI
To‘yev Bahodir Baxtiyorovich
Buxoro viloyati yuridik texnikumi
“Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi.
Hayitov Mironshoh Nuriddin o‘g‘li
Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘quvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12527727
Annotatsiya.
Ushbu tezisda huquqiy professional ta’limni rivojlantirish imkoniyatlari,
shakllari, shuningdek, huquqiy ta’limdagi muammolar, ushbu muammolarni yechish usullari
haqidagi qarashlar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
huquqiy ta’lim, ta’limdagi muammolar, huquqiy ta’lim tizmini yanada
yaxshilash chora-tadbirlari.
THE COST AND IMPORTANCE OF TEACHING LEGAL SCIENCES IN THE
PROFESSIONAL EDUCATION SYSTEM
Abstract.
This thesis describes the views on the possibilities and forms of legal professional
education development, as well as problems in legal education and ways to solve these problems.
Key words:
legal education, educational problems, measures to further improve the legal
education system.
СТОИМОСТЬ И ЗНАЧИМОСТЬ ПРЕПОДАВАНИЯ ЮРИДИЧЕСКИХ НАУК В
СИСТЕМЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация.
В данной дипломной работе изложены взгляды на возможности и
формы развития юридического профессионального образования, а также проблемы
юридического образования и методы решения этих проблем.
Ключевые слова:
юридическое образование, проблемы образования, меры по
дальнейшему совершенствованию системы юридического образования.
Mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan,
texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib professional ta’limi tizimi uchun
kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish muhim hisoblandi. Professional ta’lim tizimini
mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va
texnologik taraqqiyot tendensiyalarni, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini
tadbiq qilgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil
etish, kasblar va mutaxassisliklar ta’lim standartlari talablariga javob beruvchi, ma'naviy
barkamol, mehnat va ta'lim xizmatlari bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash muhim
hisoblanib bu o‘z navbatida jamiyatimiz rivojining muhim bosqichidir. Mehnat bozorining
zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali
kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida
e’tibor qaratilmoqda. Respublika iqtisodiyotining barqaror va jadal taraqqiyotini ta’minlashda
kelajak uchun keng qamrovli, oqilona asoslangan ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning reja va dasturlari ishlab chiqilmoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
935
Mamlakatimizda shakllantirilayotgan, ko‘pgina jabhalarda chuqurlashib borayotgan
yangicha bozor munosabatlari uzluksiz ta’lim tizimiga, shu jumladan, iqtidorli, tashabbuskor
yuqori malakali kadrlar soni va salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgan professional ta’lim
muassasalari faoliyatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash davrida fuqarolar
daromadlari, turmush darajasi va respublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulot hajmini
oshirish, natijada yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish
maqsadida aholi bandligini ta’minlash uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, mehnat sharoitlarini
yaxshilash bilan birgalikda mehnat resurslari intellektual salohiyatini oshirish vazifalari ham
bugunning dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalari qatoridan o‘rin egallaydi.
Avvalo har bir inson, huquqiy tarbiyasini shakllantirish uchun davlat qomusuning
mohiyatini bilishi, konisitutsiyadagi har bir qonunga amal qilishi lozimdir.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida har bir inson o‘z
shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega ekani belgilandi
1
. Shaxsni kamol toptirish aynan
ta’lim orqali amalga oshiriladi, bilim olish jarayonida uning muhim sifat va fazilatlari shakllanadi.
Intiluvchanlik, mustahkam qadriyatlar tizimi, odamiylik, bilimga chanqoqlik, tanqidiy
fikrlash ko‘nikmalari shular jumlasidandir.
Mazkur normada aynan shu qoidaning mustahkamlab qo‘yilishi hisobiga mamlakat va
jamiyat rivojining hozirgi bosqichidagi eng muhim ustuvor maqsadlarimizdan biri belgilab
qo‘yildi, desak ayni haqiqat. Zero, aynan har bir shaxs kamoloti orqali jamiyat taraqqiy topadi, shu
tufayli oldimizga qo‘ygan eng oliy va ezgu niyatlarimizga yetishamiz.
Bundan tashqari, amaliy huquqiy tayyorgarlikka e’tibor kuchaytirilib, talabalar amaliyot
o‘tash va boshqa amaliy o‘quv imkoniyatlari orqali tajribaga ega bo‘lmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekistonda yuridik ta’limni modernizatsiya qilish
borasidagi sa’y-harakatlarning yana bir muhim jihati yangi yuridik maktablarning tashkil etilishi
bo‘ldi. Mamlakatimizda yuridik ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida xorijiy oliy o‘quv
yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga ham harakat qilmoqda. Masalan, 2019-yilda
Buyuk Britaniyaning Vestminster universiteti Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan
yangi huquq fakultetni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shartnoma imzoladi. Xuddi
shunday, Toshkent davlat yuridik universiteti Yevropa Ittifoqi, AQSH, Rossiya, Turkiya, Xitoy va
Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik qilib, talabalarga xalqaro taʼlim va hamkorlik
imkoniyatlarini taqdim etadi.
O‘zbekiston huquq tizimini, jumladan, yuridik ta’limni isloh qilish va modernizatsiya
qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar XXI asr talablariga javob bera oladigan yurist kasbini
shakllantirish yo‘lidagi ijobiy qadamdir. Yangi o‘quv dasturlarining joriy etilishi, hududlarda
huquq fakultetlarning tashkil etilishi, xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikning yo‘lga
qo‘yilishi natijasida mamlakatimizda huquqiy ta’lim sifati yaqin yillarda butunlay yangi bosqichga
ko‘tarilishi mumkin.
1
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
936
Umumiy qilib aytganda, yuridik ta’lim yurtimizda kuchli va samarali huquq tizimini
rivojlantirishning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Mamlakatimiz so‘nggi yillarda muvaffaqiyatga
erishgan bo‘lsa-da, yuristlarning mamlakat oldida turgan murakkab huquqiy muammolarni hal
qilish uchun etarli darajada tayyorlanishi hal qilinishi kerak bo‘lgan jiddiy muammolar mavjud.
Yuridik ta’limga sarmoya kiritib, bu muammolarni hal etish orqali O‘zbekiston o‘z huquq
tizimini mustahkamlashi, qonun ustuvorligini ta’minlashi, barcha fuqarolarning odil sudlovdan
foydalanishini ta’minlashi mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni ayta olamizki Respublikamizda imkoniyatlarning son-sanog‘i yo‘q,
yoshlardan talab etiladigan yagona talab esa bu o‘qish,o‘qish va yana o‘qishdir. To‘g‘ri bizning
yurtimizda talim sifatini yaxshilash va Yevropa standartlarini joriy etish uchun juda ko‘p islohotlar
amalga oshirilmoqda. Ammo bular o‘z samarasini berish uchun albatta yoshlar ham shunga mos
harakat qilishlari o‘qishlari va rivojlanishlari lozim.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim
tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–
5812-sonli
Farmoni.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 0.07.2023-y.,
07/23/216/0457-son;
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “Ozbekiston
Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son;
4.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi “O‘zbekiston
Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini
tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-son Qarori.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 09/23/648/0929-son;
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi “Professional
ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 163-son Qarori.
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2023-y., 09/23/647/0926-son.
Internet saytlari
6.
7.
8.
