MAKTAB MUHITIDA PSIXOLOGIK ZO'RAVONLIK VA O'QUVCHILARNING STRESGA CHIDAMLILIGI
mazkur maqolada maktab muhitida uchraydigan psixologik zo‘ravonlik holatlari va ularning o‘quvchilarga ta’siri, xususan, stresga chidamlilik darajasi o‘rganiladi. Psixologik zo‘ravonlik turlari, omillari va uning salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning stressga nisbatan bardoshliligi, unga ta’sir etuvchi ijtimoiy va psixologik omillar yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, stressga chidamli o‘quvchilarda ijtimoiy moslashuv yuqori bo‘lib, zo‘ravonlikdan kelib chiqadigan salbiy ta’sirlar nisbatan kamroq kuzatiladi.