Mualliflar

  • Alijon Xusanov
    Andijon davlat universiteti
  • Saidaxon Tillayeva
    Andijon davlat universiteti
  • Muhammadyusuf Jo‘rayev
    Andijon davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.universaljurnal.110680

Kalit so‘zlar:

Prociphilus oleae Olea europaea O‘rta yer dengizi hasharotlar morfologiya bioekologiya.

Annotasiya

Ushbu maqolada O‘rta yer dengizi havzasi hududlarida keng tarqalgan Prociphilus oleae (Leach ex Risso 1826) turining O‘zbekiston hududida ilk bora qayd etilganligi hamda uning tarqalishi va bioekologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

117

PROCIPHILUS OLEAE (LEACH EX RISSO, 1826) TURINING O‘ZBEKISTONDA

ILK BOR QAYD ETILISHI

Xusanov Alijon Karimovich

1

., Tillayeva Saidaxon Toxirjon qizi

2

., Jo‘rayev

Muhammadyusuf Shavkatbek o‘g‘li

3

Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi mudiri, b.f.d., professor.

a_xusanov75@adu.uz

Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi tayanch doktoranti

saidatillayeva37@gmail.com

Andijon davlat universiteti Zoologiya va biokimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, b.f.f.d.

jorayevmuhammadyusuf@adu.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572670

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘rta yer dengizi havzasi hududlarida keng tarqalgan

Prociphilus oleae

(Leach ex Risso 1826) turining O‘zbekiston hududida ilk bora qayd etilganligi

hamda uning tarqalishi va bioekologiyasi haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar: Prociphilus oleae

,

Olea europaea

, O‘rta yer dengizi, hasharotlar, morfologiya,

bioekologiya.

Аннотация

:

В

статье

сообщается

о

первой

находке

вида

Prociphilus oleae

(Leach ex Risso

1826),

широко

распространенного

в

бассейне

Средиземного

моря

,

на

территории

Узбекистана

,

а

также

сведения

о

его

распространении

и

биоэкологии

.

Ключевые

слова

: Prociphilus oleae

,

Olea europaea

,

Средиземное

море

,

насекомые

,

морфология

,

биоэкология

.

Abstract:

The article reports the first discovery of the species

Prociphilus oleae

(Leach ex

Risso 1826), widespread in the Mediterranean basin, on the territory of Uzbekistan, as well as
information on its distribution and bioecology.

Key words: Prociphilus oleae

,

Olea europaea

, Mediterranean Sea, insects, morphology,

bioecology.

Dunyo afidofaunasida Prociphilus urug’ining 50 ta turi ma’lum. Bu urug’ vakillari hayotiy

jarayoni davomida murakkab hayot siklini namoyon etadi. Ushbu urug’ vakillari uchun Rosaceae,
Caprifoliaceae va Oleaceae kabi o‘simlikar oilalari vakillari asosiy ozuqa manbai hisoblanadi va
ikkilamchi ozuqa o‘simliklari sifatida esa ignabargli o‘simliklar muhim sanaladi [6].

Prociphilus oleae

– turi tengqanotli-xartumli hasharotlar turkumiga mansub, trofik

ixtisoslashuviga ko‘ra monofag bo‘lib, zaytun (

Olea europaea

) o‘simligida uchrovchi yagona shira

turi hisoblanadi. Uning vatani O‘rta yer dengizi havzasi regioni bo‘lib, dunyoning boshqa
hudbudlarida xususan, Osiyoning Janubiy Koreya va Turkiya davlatlarida, Yevropaning Xorvatiya,
Fransiya, Gretsiya, Italiya, Sitsiliya, Sloveniya va Ispaniya kabi davlatlarida keng tarqalgan [7].

Prociphilus oleae

haqidagi dastlabki ma’lumotlar 2000-2002 yillarda olib borilgan ilmiy

izlanishlar natijasida Turkiya davlatining Bursa shahrida aynan zaytun daraxtidan ilk marotaba 152
ta namuna yig‘ilgan yagona tur sifatida qayd etilgan [2].

Keyinchalik bu tur haqida 2018-yilning iyun oyida Xorvatiyada va Sloveniyada olib borilgan

tadqiqotlar bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Unga ko‘ra ushbu tur zaytun o‘simligining barg va tana
qismida yashab zarar keltirishligi takidlangan. Berilgan ma’lumotga ko‘ra zaytun o‘simligi yaqinida
uzumzorlar ham mavjud bo‘lib, bu tur uzum o‘simligida uchratilmagan. Ayni tur laboratoriya
aniqlash ishlari asosida tasdiqlangan bo‘lsa-da, bundan avvalgi yillarda faqat vizual kuzatuvlarga
asoslangan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan. Sloveniyada ham turning ilk laboratoriya asosidagi
tekshiruvlar ham ayni shu yilga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda

Prociphilus oleae

turi Xorvatiya va

Sloveniya hududlarida zaytun o‘simligida uchraydi, lekin bu turni o‘simlik uchun zarari yuqori
darajada emasligi aniqlangan [3].


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

118

Prociphilus oleae

turi 2021-yilning aprel oida Janubiy Koreaning Jeju shahrida ham zaytun

o‘simligida ilk bor kuzatilgan [1].

Ushbu tur po‘stloq, ya’ni floemada yashab, voyaga yetgan davri va lichinkalari may oyida

o‘simlikning novda hamda mayda shoxlarining po‘stlog‘ini teshib, o‘simlik shirasini so‘rib
oziqlanadi. Uning asosiy ozuqa o‘simligi zaytun hisoblansa-da, keng bargli filirea (

Phillyrea latifolia

)

dan ham qayd etilgan, Sitsiliyada esa

Vitis viniferaning

ildizlarida topilgan qanotsiz shakllari ushbu

turning ikkilamchi ozuqa o‘simligi bo‘lishi mumkinligidan dalolat beradi [2].

Turning

morfologiyasi

haqidagi

keyingi

malumotlar

Monako

(1987) va

Peres

(2003)lar tomonidan tavsiflangan. Unga ko‘ra shiralar tanasi oq mum bilan qoplangan. Tana uzunligi
taxminan 3,2-3,5 mm (qanotli formalarida 3,7-4 mm) keladi. Boshida beshta segmentdan iborat 1
mm uzunlikdagi mo‘ylovlari bor. Shiralarning ko‘krak bezida to‘rtta, qorin qismida esa lateral va
sublateral holatda joylashgan bir qancha bezlar mavjud [7].

Keying tadqiqotlar 1982-yilda H.L.G.Stroyan ishlari bilan bevosita bog‘liq. Olim kuzatishlari

davomida shiralarning qanotsiz formalari va voyaga yetmagan vakillarini ko‘rib, bularni oq mum
qobiq ichida hayot kechirishligini izohlab o‘tgan [7].

P. oleae

turining to‘liq rivojlanish sikli hali ham unchalik aniq emas va bu borada faqat bir

nechta qisqa kuzatuvlar mavjud. Eng ko‘p kuzatuvlar Roberti va Monako (1987)lar tomonidan
amalga oshirilgan bo‘lib, ular may oyining birinchi 10 kunida asoschi lichinka va uning keyingi
avlodlarini to‘pganliklari haqida xabar berishadi. Koloniyalar taxminan 50-60 ta individdan iborat
bo‘lib, uzunligi taxminan 2-5 sm ga yetadi. Sloveniyada olib borilgan tadqiqotlarda esa asoschilar
mart oyida paydo bo‘lishi kuzatilgan [4, 5]. Ikkinchi avlod aprel oxiridan may oyi davomida paydo
bo‘ladi va birinchi asosiy ozuqa o‘simligidan ikkilamchi ozuqa o‘simliklarining ildizlariga migratsiya
qiladi, noyabr va dekabr oylarida esa asosiy ozuqa o‘simligiga qaytadi.

P. oleae

koloniyalari odatda

ikki yillik yoki uch yillik novdalarning bazal qismida yashaydi va daraxtning taxminan to‘rt metr
balandligigacha, lekin ko‘pincha yer yuzasidan bir yarim metrdan ikki yarim metrgacha bo‘lgan
balandlikda uchraydi. Koloniyalar odatda 50 taga yaqin individdan iborat bo‘lib, ularga asoschilar,
qanotli va qonotsiz formalar va lichinkalar kiradi. Har bir novdada odatda bitta koloniyaning bo‘lishi
kuzatiladi [3]. Asoschilar odatda zaytun o‘simligining po‘stlog‘idagi yoriqlarda, poyaning tagiga
yaqin joylashadi, ikkinchi avlod esa esa deyarli faqatgina poyaning tagidan o‘sayotgan yovvoyi
novdalarda yashaydi va ular deyarli hech qachon asosiy tanada uchramaydi [3].

Janubiy Koreyada esa erta bahorda zaytun shoxlari uchlaridagi yosh novdalarida oz sonli

lichinkalar uchrab, ular asta-sekin koloniyalar hosil qilgan. Nimfalar o‘sib ulg‘aygan sari, ular asta
sekin oq mumli g‘ubor ajratib, butun tana qismini qalin qoplagan. Zaytun o‘simligida ko‘p miqdorda
yangi kurtaklar paydo bo‘lganda, yangi kurtaklarning oq mumli g‘ubor bilan qoplanishi, barglarning
burishishi, yangi kurtaklar o‘sishining sekinlashishi kabi zararlanish belgilari kuzatilgan [1].

1-rasm. Prociphilus oleae (Leach, 1826) (original)

P.oleae O‘zbekistonda ilk marotaba Farg’ona vodiysida (Andijon, 20.04.2025) Olea europaea

(zaytun) o‘simligi tanasida aniqlandi. Bu holat, mazkur turning respublika hududiga adventiv tur
sifatida kirib kelganidan dalolat beradi. Andijon sharoitida P.oleae aprel oyining o‘rtalarida qanotsiz
shakllari aniqlandi va katta yoshli zaytun o‘simligidan kichik yoshli zaytun o‘simligiga o‘tib


background image

“ZAMONAVIY BIOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI VA

RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”

xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari

adu.uz

universaljurnal.uz

119

zararlagani kuzatildi. Kuzatishlarimizga ko‘ra P.oleae turi ozuqa o‘simligining pastki shoxlarida
uchradi yangi kurtaklar va barglarda hech qanday zararlanish kuzatilmadi va may oyining boshlarida
qanotli formalari hosil bo‘ldi.

Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlar asosida,

Prociphilus oleae

turi O‘zbekiston, xususan

Farg‘ona vodiysi (Andijon)da ilk marotaba aniqlangani ushbu turning mamlakat entomofaunasi
uchun yangi ekanligini ko‘rsatadi. Olingan kuzatuvlar natijasida turning biologik xususiyatlari, ozuqa
o‘simligidagi yashash joylari va rivojlanish bosqichlari haqida muhim ma’lumotlar qayd etildi.

Zaytun shirasini tarqalishini doimiy monitoring qilish, bioekologik xususiyatlarini chuqur

o‘rganish va ehtimoliy zararlanish holatlariga nisbatan zaruriy fitosanitar choralarni ishlab chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kyung San Choi, Sang-Wook Goh, Hyeonseok Oh, Hyojoong Kim, Sora Kim Jeong Joon

Ahn. Olive pests in Jeju, Korea // Korean Journal of Applied Entomology. 2023. 62(2), 103-107.

2. Kovanci B., Kumral N. A. Insect pests in olive groves of Bursa // (Turkey). Acta Horticulturae.

2008. 791, 569-575.

3. Masten Milek T., Simala M., Pintar M. Lisna us

Prociphilus oleae

(Leach ex Risso, 1826)

na maslini //Glasilo biljne zastite. 2019. 19(6), 617–623.

4. Roberti D., Monako R. Prociphilus oleae (Leach ex Risso) in Apulia (Homopt. Aphidoidea).

(Il Prociphilus oleae (Leach ex Risso) in Puglia (Homopt. Aphidoidea).) //

Bollettino dell'Istituto di

Entomologia della Università degli Studi di Bologna.

1987. 41(3-4) 23-28.

5. Tzanakakis M.E., Prophetou-Athanasiadou D.A. Characteristics of infestation of olive trees

by Prociphilus oleae (Leach ex Risso) (Homoptera: Pemphugidae) //

Entomologia Hellenica

. 1988.

649-54.

Foydalanilgan internet manbalari

6. Korea Citation Index (KCI). – https://www.kci.go.kr (10.05.2025).
7. Centre

for

Agriculture

and

Bioscience

International

(CABI)-

https://www.cabidigitallibrary.org (10.05.2025)

Bibliografik manbalar

Kyung San Choi, Sang-Wook Goh, Hyeonseok Oh, Hyojoong Kim, Sora Kim Jeong Joon Ahn. Olive pests in Jeju, Korea // Korean Journal of Applied Entomology. 2023. 62(2), 103-107.

Kovanci B., Kumral N. A. Insect pests in olive groves of Bursa // (Turkey). Acta Horticulturae. 2008. 791, 569-575.

Masten Milek T., Simala M., Pintar M. Lisna us Prociphilus oleae (Leach ex Risso, 1826) na maslini //Glasilo biljne zastite. 2019. 19(6), 617–623.

Roberti D., Monako R. Prociphilus oleae (Leach ex Risso) in Apulia (Homopt. Aphidoidea). (Il Prociphilus oleae (Leach ex Risso) in Puglia (Homopt. Aphidoidea).) // Bollettino dell'Istituto di Entomologia della Università degli Studi di Bologna. 1987. 41(3-4) 23-28.

Tzanakakis M.E., Prophetou-Athanasiadou D.A. Characteristics of infestation of olive trees by Prociphilus oleae (Leach ex Risso) (Homoptera: Pemphugidae) // Entomologia Hellenica. 1988. 649-54.

Foydalanilgan internet manbalari

Korea Citation Index (KCI). – https://www.kci.go.kr (10.05.2025).

Centre for Agriculture and Bioscience International (CABI)- https://www.cabidigitallibrary.org (10.05.2025)

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Alijon Xusanov , Xurshidbek Mamatov , TINIQQANOTLI KAPALAKLAR (LEPIDOPTERA, SESIIDAE)NING ADABIYOTLARDA O’RGANILISHIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov, Tabassumoy Mamajonova , BEDA QANDALASI (ADELPHOCORIS LINEOLATUS GOEZE.)NING BIOEKOLOGIYASI VA UNGA QARSHI KURASH , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Shoxruxbek Anvarjonov , Abdumuxtor Yaxyoyev , QORADARYO XAVZASIDA TARQALGAN GIDROBIONT HAYVONLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4 (2025)

Alijon Xusanov , Nargizaxon Toshtemirova, TERMITLAR (INSECTA: ISOPTERA) BO`YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLARGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Shoxsanamxon Mo‘ydinova , PISTA (PISTACIA VERA L.) ZARARKUNANDALARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Zilolabonu Muqimova , Mushtariy Sayfutdinova , INTENSIV URUG‘ MEVALI O‘SIMLIKLAR ZARARKUNANDALARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Mavjuda Abdishayidova , Zafarbek Turdiyev , Mushtariy Sayfutdinova , CREONTIADES PALLIDUS TURINING BIOLOGIYASI VA ZARAR YETKAZISH XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , OLIMNING OLAMCHA OBROʻSI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

Alijon Xusanov , Shoxruxbek Anvarjonov , Abdumuxtor Yaxyoyev , QORADARYO XAVZASIDA TARQALGAN GIDROBIONT HAYVONLARNING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARIGA OID , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4 (2025)

Alijon Xusanov , Mavjuda Abdishayidova , Zafarbek Turdiyev , Mushtariy Sayfutdinova , CREONTIADES PALLIDUS TURINING BIOLOGIYASI VA ZARAR YETKAZISH XUSUSIYATLARI , Universal xalqaro ilmiy jurnal: Jild 2 № 4.4 (2025)

1 2 > >>