MAHALLIY DARAJADAGI EKOLOGIK FAVQULODDA HOLATLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Mazkur tesizda mahalliy darajadagi ekologik favqulodda holatlar va ularning jamiyat, atrof-muhit hamda inson salomatligiga ta’siri chuqur o‘rganilgan. Tesizda ekologik favqulodda holatlarning turlari - havo, suv, yer va biologik ifloslanish holatlari misolida ko‘rib chiqilgan. Bu hodisalarning asosiy sabablari texnologik xatoliklar, nazoratning sustligi, ekologik madaniyatning pastligi va korxonalardagi xavfsizlik choralarining yetarli emasligi tahlil qilinadi. Tesizda mahalliy ekologik favqulodda holatlarning oqibatlari, ya’ni aholi salomatligiga tahdid, tabiiy resurslarning isrof bo‘lishi, iqtisodiy zararlarga olib keluvchi holatlar yoritilgan. Shuningdek, ularni bartaraf etish va oldini olish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan: monitoring tizimini kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish, ekologik qonunchilikka amal qilish va aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish.