Intizomiy jazo xodimlarning xizmat intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning mas’uliyatini oshirishga va faoliyat samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi. Biroq, rus olimi V.A. Obrazsov ta’kidlaganidek, intizomiy javobgarlikni qo‘llashda qonunchilikka qat’iy rioya qilish va xodimlarning huquqlarini himoya qilish muhim ahamiyat kasb etadi[1]. Shuningdek, fikrimizcha intizomiy jazo choralarini qo‘llashda inson huquqlarini himoya qilish hamda xizmat intizomini mustahkamlash o‘rtasidagi muvozanatni saqlab turish juda zarur hisoblanadi.