O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida zamonaviy vositalardan foydalanishning ahamiyati va ularga qo‘yiladigan talablar tahlil etiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim vositalarining didaktik tamoyillari, ularning professional ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada ta’lim vositalarining samaradorligini ta’minlash uchun mavjudlik, ilmiylik, tasviriylik, onglilik va ijodiy faollik kabi didaktik tamoyillar muhimligi ta’kidlanadi. Maqola o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim vositalaridan samarali foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan psixologik va pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Umuman olganda, maqola ta’lim tizimini zamonaviylashtirish va o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash uchun zamonaviy vositalardan foydalanishning ahamiyatini yoritadi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
112-117
45

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Haydarova, M. ., & Yaxiyaxonova, M. (2025). O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR. Наука и технология в современном мире, 4(10), 112–117. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/88244
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida zamonaviy vositalardan foydalanishning ahamiyati va ularga qo‘yiladigan talablar tahlil etiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim vositalarining didaktik tamoyillari, ularning professional ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada ta’lim vositalarining samaradorligini ta’minlash uchun mavjudlik, ilmiylik, tasviriylik, onglilik va ijodiy faollik kabi didaktik tamoyillar muhimligi ta’kidlanadi. Maqola o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim vositalaridan samarali foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan psixologik va pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Umuman olganda, maqola ta’lim tizimini zamonaviylashtirish va o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash uchun zamonaviy vositalardan foydalanishning ahamiyatini yoritadi.


background image

`

112

O‘QITISHNING ZAMONAVIY VOSITALARIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Haydarova Muxlisa Shodmonqul qizi

SHDPI MI-4-kurs talabasi

Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

SHDPI Matematika va TAT kafedrasi katta o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15393765

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida zamonaviy vositalardan

foydalanishning ahamiyati va ularga qo‘yiladigan talablar tahlil etiladi. Shuningdek,
zamonaviy ta’lim vositalarining didaktik tamoyillari, ularning professional ta’lim jarayonidagi
o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada ta’lim vositalarining samaradorligini ta’minlash
uchun mavjudlik, ilmiylik, tasviriylik, onglilik va ijodiy faollik kabi didaktik tamoyillar
muhimligi ta’kidlanadi. Maqola o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim vositalaridan samarali
foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan psixologik va pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantirishga
qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Umuman olganda, maqola ta’lim tizimini
zamonaviylashtirish va o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash uchun zamonaviy
vositalardan foydalanishning ahamiyatini yoritadi.

Kalit so‘zlar:

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, pedagogik metodlar,

o‘qituvchilar malakasi, ta’lim samaradorligi, elektron o‘quv materiallari, interfaol usullar,
didaktik tamoyillar, o‘quv jarayonini boshqarish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish.

Kirish.

Zamonaviy ta’lim tizimi o‘zgarib bormoqda, va bu o‘zgarishlar o‘qitishning vositalariga

ham ta’sir qilmoqda. Bugungi kunda ta’lim jarayonida foydalaniladigan vositalar
o‘qituvchilarning, o‘quvchilarning va ta’lim muassasalarining ehtiyojlariga mos ravishda
yangilanmoqda. Bu jarayon faqat texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq emas, balki
o‘qitishning mazmuni, metodologiyasi va pedagogik yondashuvlaridagi yangiliklarni ham o‘z
ichiga oladi. O‘qitishning zamonaviy vositalari nafaqat o‘quvchilarning bilim olish jarayonini
osonlashtiradi, balki ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ta’lim jarayonini
yanada interfaol va samarali qiladi. Shu sababli, zamonaviy o‘qitish vositalariga qo‘yiladigan
talablar ham yuqori va o‘ziga xos bo‘lishi kerak.

Zamonaviy o‘qitish vositalari texnologik, metodik va pedagogik jihatlardan o‘rganilishi

lozim. Birinchi navbatda, texnologik talablarga e’tibor qaratish zarur. O‘qitish jarayonida
internet, multimedia resurslari, interaktiv doskalar, ta’lim dasturlari va mobil ilovalar kabi
vositalardan foydalanish ta’lim jarayonini yanada jonlantiradi. Biroq, bu vositalar samarali
bo‘lishi uchun ularning ishlatilishi o‘qitishning maqsadlariga xizmat qilishi, o‘quvchilarga
bilimlarni o‘zlashtirishda yordam berishi kerak. Har bir texnologik vosita o‘qituvchining
maqsadli yondashuvi bilan bog‘liq bo‘lishi lozim, aks holda ularning qo‘llanilishi o‘qitishning
samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, o‘quvchilarni texnologik
vositalar bilan ishlashga tayyorlash, ularning axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish
ko‘nikmalarini rivojlantirish ham muhimdir.

Metodik jihatdan esa, zamonaviy o‘qitish vositalari o‘quvchilarning o‘zlashtirish

jarayonini ko‘proq interaktiv va ko‘rsatuvchan tarzda tashkil etishga imkon beradi.
O‘qitishning an’anaviy usullaridan farqli o‘laroq, interaktiv vositalar o‘quvchini faol
ishtirokchi holatiga keltiradi, uning fikrlash va analiz qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Zamonaviy vositalar yordamida o‘qituvchilar individual va guruhiy ishlash imkoniyatlarini


background image

`

113

kengaytiradi, shuningdek, o‘quvchilarga mustaqil ishlash va o‘z bilimlarini baholash
imkoniyatlarini yaratadi.

Pedagogik yondashuvlar esa zamonaviy o‘qitish vositalarining samarali qo‘llanishini

ta’minlaydigan asosiy omildir. O‘qituvchining pedagogik malakasi, uning texnologiyalarni o‘z
ta’lim jarayoniga moslashtirish qobiliyati, o‘quvchilarning ehtiyojlari va xohishlariga javob
berish imkoniyatlari bu vositalarning samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. O‘qitish vositalari
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. Har bir
o‘quvchi o‘ziga xos usulda o‘rganadi, shuning uchun zamonaviy vositalar har bir o‘quvchining
o‘zlashtirish jarayoniga mos keladigan shakl va metodlarni taqdim etishi lozim.

Adabiyotlar tahlili.

O‘qitishning zamonaviy vositalariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha

adabiyotlar tahlili, ta’lim jarayonida texnologik va metodik o‘zgarishlarni o‘rganishga
qaratilgan bir nechta tadqiqotlarga asoslanadi. Xorijiy va o‘zbek olimlarining tadqiqotlarida
bu vositalarning samarali qo‘llanilishi, ularning pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unligi va
o‘quvchilarning ta’limdagi rolini o‘zgartirishdagi o‘rni ko‘rsatilgan.

Amerikalik olimlar Jon D. Bransford, Ann L. Brown, and Rodney R. Cocking

– How People

Learn: Brain, Mind, Experience, and School o‘z tadqiqot ishida ta’lim texnologiyalari va
o‘qitishning zamonaviy vositalariga qo‘yiladigan talablar o‘rganilgan. Mualliflar o‘qitishning
yangi yondashuvlaridan foydalanish, o‘quvchilarni faol ishtirokchi holatiga keltirish va bilim
olish jarayonini individualizatsiya qilishni ta’minlashning ahamiyatini ta’kidlaydilar.
Tadqiqotda ko‘rsatilganidek, texnologik vositalar o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ammo ularni samarali ishlatish uchun o‘qituvchining metodik
va pedagogik malakasi zarur. Bransford va boshqalar o‘qitishda texnologiyalardan
foydalanishni pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish zarurligini bildiradilar. Bu
tadqiqot zamonaviy o‘qitish vositalariga qo‘yiladigan talablar, jumladan, interaktivlik,
moslashuvchanlik va o‘quvchilarni rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi.[1]

Shuningdek, Amerikalik olim Richard E. Mayer – The Cambridge Handbook of

Multimedia Learning. Mayerning tadqiqoti ko‘p tarmoqli o‘qitish metodlarini o‘rganadi va
multimedia vositalarining o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi samaradorligini tahlil
qiladi. U o‘quvchilarning ma’lumotni yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun ko‘rsatuvchi vositalar
va matnlarni birgalikda ishlatishni tavsiya etadi. Mayerning “multimedia yondashuvi”
zamonaviy o‘qitish vositalarining asosiy talabi sifatida ko‘riladi, bu yondashuv interaktiv
texnologiyalar va o‘quvchilarning turli sezgilariga ta’sir ko‘rsatish orqali ularning ta’limdagi
faoliyatini oshiradi. Ushbu tadqiqotda o‘qitish vositalarining ta’lim jarayoniga qo‘shgan
qiymati, ularning ko‘p sezgili yondashuvlar orqali bilimni samarali o‘zlashtirish imkoniyatini
yaratishi ta’kidlanadi.[2]

Jumladan o‘zbek olimi To‘xtayev – Zamonaviy ta’lim texnologiyalarining pedagogik

asoslari O‘zbek olimi To‘xtayevning tadqiqotida zamonaviy o‘qitish vositalari, ularning
pedagogik va metodik talablari, shuningdek, ta’lim texnologiyalarining samarali qo‘llanilishi
o‘rganilgan. To‘xtayev texnologik vositalarning ta’lim tizimiga integratsiyasini, o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv aloqani rivojlantirishni ta’kidlaydi. U o‘qitishda zamonaviy
texnologiyalarni qo‘llashda muhim bo‘lgan talablarni – o‘quvchilarni tanqidiy fikrlashga
undash, ularning shaxsiy rivojlanishiga yordam berish va axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri


background image

`

114

foydalanishni o‘rgatishni alohida qayd etadi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni
o‘qituvchilarning didaktik malakasiga mos ravishda qo‘llash zarurligini ta’kidlaydi.[3]

Shodmonov esa ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning pedagogik

asoslari Shodmonovning tadqiqoti ta’lim texnologiyalarining o‘qitish samaradorligini
oshirishdagi o‘rniga qaratilgan. U o‘qitishda texnologiyalarni qo‘llashda yuqori talablarni
keltirib chiqaradi, jumladan, texnologiyalarni metodik jihatdan to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilarning
ehtiyojlarini inobatga olish va o‘qituvchi tomonidan texnologik vositalarni samarali ishlatish
malakasini rivojlantirish zarurligini ta’kidlaydi. Shodmonov o‘qituvchilarni zamonaviy
texnologiyalar bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiya
qilishda metodik yondashuvlarning ahamiyatini ko‘rsatadi.[4]

Metod.

Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng

qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori
samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan
kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Interfaol metodlar deganda ta’lim oluvchilarning
faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayoning markazida ta’lim beruvchi
bo‘lgan metodlar tushuniladi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim
oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

Ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;

Ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;

Ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;

Ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va ehtiyojlariga muvofiqlashtirilishi.
Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘ziga xos

xususiyatga ega.

O‘qitishning zamonaviy vositalariga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish va tahlil qilishda

quyidagi metodlardan foydalanish samarali bo‘ladi:

Adabiyotlarni tahlil qilish. Mavzuga oid ilmiy maqolalar, kitoblar va boshqa nashrlarni

o‘rganish orqali mavjud tadqiqotlar va yondashuvlar haqida chuqur tushuncha hosil qilish
mumkin.

Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish. Zamonaviy o‘qitish vositalarini amaliyotda qo‘llash

orqali ularning samaradorligini baholash va o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini o‘lchash
mumkin.


background image

`

115

So‘rovnomalar va intervyular o‘tkazish. O‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlar

orqali ularning zamonaviy o‘qitish vositalariga bo‘lgan munosabati va tajribalarini o‘rganish.

Ta’lim jarayonini kuzatish. Darslarni kuzatib borish orqali o‘qitish metodlari va

vositalarining amaliy qo‘llanilishini baholash va ularning ta’lim samaradorligiga ta’sirini
aniqlash.

Ma’lumotlar tahlili. Yig‘ilgan ma’lumotlarni statistik usullar yordamida tahlil qilib,

zamonaviy o‘qitish vositalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlash.

Ta’lim jarayonini kuzatish metodi pedagogik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladigan usul

bo‘lib, o‘qitish va tarbiya jarayonlarining amaldagi holatini o‘rganish imkonini beradi. Ushbu
metodni samarali qo‘llash uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirish mumkin:
1.

Kuzatish obyektini aniqlash. Dars jarayonida o‘rganmoqchi bo‘lgan aspektlarni belgilab

olish zarur. Masalan, o‘qituvchining faoliyati, o‘quvchilarning qatnashuvi yoki ta’lim
vositalarining samaradorligi kabi jihatlar kuzatilishi mumkin.
2.

Rasmlardan foydalanish. Kuzatish jarayonini hujjatlashtirish va tahlil qilish uchun

rasmlar muhim vositadir. Rasmlar yordamida o‘quvchilarning faoliyatini, o‘qituvchining
uslublarini yoki ta’lim muhitini tasvirlash mumkin. Masalan, dars jarayonida o‘quvchilarning
guruhlarda ishlashini yoki interfaol metodlarning qo‘llanilishini aks ettiruvchi rasmlar olish
mumkin.

Natija

. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qitishning samaradorligini oshirish uchun

zamonaviy vositalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida axborot
texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga, bilimlarni
mustahkamlashga va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga,
o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ularga zamonaviy pedagogik metodlarni o‘rgatish
zarur.

Xulosa va takliflar

. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qitishning samaradorligini oshirish

uchun zamonaviy vositalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida axborot
texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga, bilimlarni
mustahkamlashga va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga,
o‘qituvchilarning malakasini oshirish va ularga zamonaviy pedagogik metodlarni o‘rgatish
zarur.

Zamonaviy o‘qitish metodlarini joriy etish. Ta’lim jarayonida interfaol usullar, loyiha

asosidagi o‘qitish va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali
o‘quvchilarning faolligini oshirish va bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishga erishish mumkin.


background image

`

116

Axborot texnologiyalarini integratsiya qilish. Darslarda multimedia vositalari, elektron

ta’lim platformalari va boshqa axborot texnologiyalarini qo‘llash o‘quvchilarning qiziqishini
oshiradi va ularning raqamli savodxonligini rivojlantiradi.

O‘qituvchilarni malaka oshirish dasturlarini tashkil etish. O‘qituvchilarga zamonaviy

pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘rgatish orqali ularning professional ko‘nikmalarini
oshirish va o‘quv jarayonini takomillashtirish mumkin.

Ta’lim resurslarini yangilash va boyitish. O‘quv qo‘llanmalarini, elektron kitoblarni va

boshqa ta’lim materiallarini zamonaviy talablar asosida yangilash va boyitish orqali
o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish imkonini yaratish zarur.

O‘quvchilarni mustaqil izlanishga yo‘naltirish. Darslarda o‘quvchilarning mustaqil

ishlashiga imkon beruvchi topshiriqlar va loyihalarni qo‘llash orqali ularning o‘z-o‘zini
rivojlantirishiga ko‘maklashish lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bransford, John D., Ann L. Brown, and Rodney R. Cocking, eds.

How People Learn: Brain,

Mind, Experience, and School

. Expanded ed., National Academy Press, 2000.

2.

Mayer, Richard E., ed.

The Cambridge Handbook of Multimedia Learning

. Cambridge

University Press, 2005.
3.

To‘xtayev, X. X.

Zamonaviy Ta’lim Texnologiyalarining Pedagogik Asoslari

. Toshkent

Davlat Pedagogika Universiteti, 2018.
4.

Shodmonov, A. A.

Ta’lim Jarayonida Zamonaviy Texnologiyalarni Qo‘llashning Pedagogik

Asoslari

. Farg‘ona Davlat Universiteti, 2020.

5.

Mahmudjanovna, Yahyokhonova Muhiba. "Increasing the Effectiveness of the Learning

Process for the Use of Information and Communication Technologies." Academicia Globe 2.04
(2021): 206-211.
6.

Maxmudjonovna, Yaxiyaxonova Muhiba. "Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari,

afzalliklari va kamchiliklari." Science Promotion 8 (2024): 228-233.
7.

Axmadova, Zahro, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "SUNʻIY INTELLEKT

VA EKSPERT TIZIM TUSHUNCHALARI. EKSPERT TIZIMLARINING INSTRUMENTAL
VOSITALARI. EKSPERT TIZIMLARIDA BILIMLARNI TASHKIL QILISH." Педагогика и
психология в современном мире: теоретические и практические исследования 4.1
(2025): 58-61.
8.

Safaraliyev, Ergash, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "SMM

PLATFORMALARI BILAN TANISHISH: YOUTUBE SAYTI." Молодые ученые 3.2 (2025): 27-32.
9.

Toshbadalova, Sevinch, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "IOT (INTERNET

OF THINGS) TEXNOLOGIYALAR." Молодые ученые 3.2 (2025): 33-38.
10.

Qobilova, Gulchiroy, Marjona Yusupova, and Muxiba Yaxiyaxonova. "Bioinformatikada

genomik maʻlumotlar tahlili va amaliyoti." Zamonaviy dunyoda fan va texnologiya 3 (2024):
95-98.
11.

Xudoyqulova, D., and M. Yaxiyaxonova. "Bulutli texnologiyalar va ularning


background image

`

117

afzalliklari." Models and methods in modern science 3.6 (2024): 155-163.
12.

Normuroda, Sadoqat, and Shaxina Asadova. "RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA

IJTIMOIY VA IQTISODIY JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISHNING USULLARI." Наука и
технология в современном мире 3.14 (2024): 25-29.
13.

Normurodova, Sadoqat, Gulshoda Ismatullayeva, and Shaxina Asadova. "AXBOROT

BO‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Прикладные науки в современном мире: проблемы и
решения 4.2 (2025): 76-79.
14.

Normurodova, Sadoqat, Dilshod Xolyorov, and Shaxina Asadova. "MATN VA GRAFIK

MUHARRIRLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Наука и инновация 3.4 (2025): 125-
127.
15.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Abdiroxmonova Zahro. "ZAMONAVIY DARS VA

DARS TAHLILLINI OʻTKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9.
2025.
16.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "MA’LUMOTLAR BAZASI BO ‘LIMINI O ‘QITISH

METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.
17.

Shuxratovich, Akbar Kodirov. "The importance and advantages of using information

technologies in education."

Galaxy International Interdisciplinary Research Journal

10.1

(2022): 46-50.
18.

Shuxratovich, Kodirov Akbar, Choriyeva Xursanoy Xusanovna, and Mirqobilov Bekzod

Abdulla o’g’li. "O’RTA TA’LIM MAKTABLARNING BOSHLANG’ICH TA’LIM SINFLARIDA
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O’QITISHDA MUAMMO, YECHIM VA
TAKLIFLAR."

Journal of new century innovations

43.4 (2023): 96-98.

19.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL ISHLOV

BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH."

Journal of new century innovations

43.4

(2023): 93-95.
20.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "VATANIMIZDA VENDING NUSXALASH MASHINASINI

AMALDA QO’LLASHNING SAMARADORLIGI."

Journal of new century innovations

43.4 (2023):

90-92.

Библиографические ссылки

Bransford, John D., Ann L. Brown, and Rodney R. Cocking, eds. How People Learn: Brain, Mind, Experience, and School. Expanded ed., National Academy Press, 2000.

Mayer, Richard E., ed. The Cambridge Handbook of Multimedia Learning. Cambridge University Press, 2005.

To‘xtayev, X. X. Zamonaviy Ta’lim Texnologiyalarining Pedagogik Asoslari. Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, 2018.

Shodmonov, A. A. Ta’lim Jarayonida Zamonaviy Texnologiyalarni Qo‘llashning Pedagogik Asoslari. Farg‘ona Davlat Universiteti, 2020.

Mahmudjanovna, Yahyokhonova Muhiba. "Increasing the Effectiveness of the Learning Process for the Use of Information and Communication Technologies." Academicia Globe 2.04 (2021): 206-211.

Maxmudjonovna, Yaxiyaxonova Muhiba. "Bulutli texnologiyalarning xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari." Science Promotion 8 (2024): 228-233.

Axmadova, Zahro, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "SUNʻIY INTELLEKT VA EKSPERT TIZIM TUSHUNCHALARI. EKSPERT TIZIMLARINING INSTRUMENTAL VOSITALARI. EKSPERT TIZIMLARIDA BILIMLARNI TASHKIL QILISH." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 4.1 (2025): 58-61.

Safaraliyev, Ergash, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "SMM PLATFORMALARI BILAN TANISHISH: YOUTUBE SAYTI." Молодые ученые 3.2 (2025): 27-32.

Toshbadalova, Sevinch, Malika Nurullayeva, and Muxiba Yaxiyaxonova. "IOT (INTERNET OF THINGS) TEXNOLOGIYALAR." Молодые ученые 3.2 (2025): 33-38.

Qobilova, Gulchiroy, Marjona Yusupova, and Muxiba Yaxiyaxonova. "Bioinformatikada genomik maʻlumotlar tahlili va amaliyoti." Zamonaviy dunyoda fan va texnologiya 3 (2024): 95-98.

Xudoyqulova, D., and M. Yaxiyaxonova. "Bulutli texnologiyalar va ularning afzalliklari." Models and methods in modern science 3.6 (2024): 155-163.

Normuroda, Sadoqat, and Shaxina Asadova. "RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA IJTIMOIY VA IQTISODIY JARAYONLARNI RIVOJLANTIRISHNING USULLARI." Наука и технология в современном мире 3.14 (2024): 25-29.

Normurodova, Sadoqat, Gulshoda Ismatullayeva, and Shaxina Asadova. "AXBOROT BO‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения 4.2 (2025): 76-79.

Normurodova, Sadoqat, Dilshod Xolyorov, and Shaxina Asadova. "MATN VA GRAFIK MUHARRIRLARI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Наука и инновация 3.4 (2025): 125-127.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat, and Abdiroxmonova Zahro. "ZAMONAVIY DARS VA DARS TAHLILLINI OʻTKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Xoliqulovna, Normurodova Sadoqat. "MA’LUMOTLAR BAZASI BO ‘LIMINI O ‘QITISH METODIKASI." Uz Conferences. Vol. 1. No. 9. 2025.

Shuxratovich, Akbar Kodirov. "The importance and advantages of using information technologies in education." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.1 (2022): 46-50.

Shuxratovich, Kodirov Akbar, Choriyeva Xursanoy Xusanovna, and Mirqobilov Bekzod Abdulla o’g’li. "O’RTA TA’LIM MAKTABLARNING BOSHLANG’ICH TA’LIM SINFLARIDA INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O’QITISHDA MUAMMO, YECHIM VA TAKLIFLAR." Journal of new century innovations 43.4 (2023): 96-98.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "KATTA MA’LUMOT BAZALARINI PARALLEL ISHLOV BERISH USULLARINI VA MODELLARINI O’RGANISH." Journal of new century innovations 43.4 (2023): 93-95.

Shuxratovich, Kodirov Akbar. "VATANIMIZDA VENDING NUSXALASH MASHINASINI AMALDA QO’LLASHNING SAMARADORLIGI." Journal of new century innovations 43.4 (2023): 90-92.