O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/1 2023
- 35 -
UDK:130.2:17.023(575.1)
Nasiba ABDULLAYEVA,
O
‗
zbekiston Milliy universiteti
Falsafa va ma’naviyat asoslari kafedrasi prof. v.b.,
falsafa fanlari doktori
E-mail:nasiba.abdullayeva.1969@ mail.ru
O
‗
zMU professori, fal.fan.dok N.Shermuhamedova taqrizi asosida
SPIRITUAL AND EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF THE HERITAGES OF MAHMUDHOJA BEHBUDI
Annotation
The article analyzes the contribution to the development of spiritual culture of the educator Mahmudhoja Behbudi, who was one
of the outstanding leaders of the national revival movement that emerged in Turkestan in the XX century, who played an
important role in awakening the public consciousness of the Uzbek people at that time. Possessing a broad outlook and deep
knowledge, he has always opposed conservatism and ignorance and in his works called for the correct understanding and
interpretation of the Islamic religion. His goal was to enlighten the people and bring them to the level of highly developed
peoples of the world, to build an advanced society in all respects, a state based on the unshakable principles of humanism and
democracy. In the legacy of Mahmudhoja Behbudi, attention is paid to highlighting the issues of science, morality, the influence
of art on the spiritual culture of youth, on the understanding of national identity. In satya, the modern meaning of Behbudi's work
is investigated.
Keywords:
jadidism, spiritual culture, science, religion, enlightenment, morality, politics, art, spiritual perfection.
ДУХОВНО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ НАСЛЕДИЯ МАХМУДХОДЖИ БЕХБУДИ
Аннотация
В статье анализируется вклад в развитие духовной культуры просветителя Махмудходжи Бехбуди, который был одним
из выдающихся лидеров движения национального возрождения, возникшего в Туркестане в XX веке, сыгравшего
важную роль в пробуждении общественного сознания узбекского народа в тот период. Обладая широким кругозором и
глубокими знаниями, он всегда выступал против консерватизма и невежества и в своих произведениях призывал к
правильному пониманию и толкованию исламской религии. Он ставил перед собой цель просветить народ и вывести его
на уровень высокоразвитих народов мира, построить передовое во всех отношениях общество, государство основанное
на незыблемых принципах гуманизма и демократии. В наследии Махмудходжа Бехбуди уделяется внимание освещению
вопросов науки, морали, влияния искусства на духовную культуру молодежи, на понимание национальной
идентичности. В сатье исследована современное значение произведения Бехбуди.
Ключевые слов:
джадидизм, духовная культура, наука, религия, просвещения, мораль,политика, исскуство, духовное
совершенство.
MAHMUDXO’JA BEHBUDIY MEROSINING MA’NAVIY-MA’RIFIY AHAMIYaTI
Annotatsiya
Maqolada XX asrda Turkistonda vujudga kelgan milliy uyg‗onish harakatining atoqli rahbarlaridan biri bo‗lgan, o‗sha davrda
o‗zbek xalqi ijtimoiy ongining uyg‗onishida muhim rol o‗ynagan ajdodimiz jadid ma‘riftparvari Mahmudxo‗ja Behbudiyning
ma‘naviy madaniyat taraqqiyotiga qo‗shgan hissasi tahlil qilingan.
Keng dunyoqarash va chuqur bilimga ega bo‗lgan Behbudiy o‗z asarlarida islom dinini noto‗g‗ri talqin etilmasligi, ma‘rifiy
jihatlariga e‘tibor qaratishga chaqirgan. Behbudiyning maqsadi xalqni ma‘rifatli qilish va ularni dunyoning yuksak rivojlangan
xalqlari darajasiga olib chiqish, har tomonlama rivojlangan jamiyat, insonparvarlik va demokratiyaning mustahkam tamoyillariga
asoslangan davlat qurish edi.
Maqolada Behbudiy merosida ilm-ma‘rifat, axloq, san‘atning yoshlar ma‘naviy madaniyati, milliy o‗zlikni anglashga ta‘siri
masalalarining yoritilishiga e‘tibor qaratilgan, asarlarining zamonaviy ahamiyati ko‗rsatib o‗tilgan.
Kalit so‘zlar:
jadidchilik, ma‘naviy madaniyat, ilm, ma‘rifat, din, axloq, san‘at, siyosat, ma‘naviy barkamollik.
Kirish.
XX asrda yashab faoliyat olib borgan jadid-
ma‘rifatparvarlar merosi tarixchi, adabiyotshunos, filolog,
faylasuf, pedagog olimlar tomonidan o‗rganilgan, ko‗plab
ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, Mahmudxo‗ja
Behbudiy publitsistikasi, ma‘rifiy--pedagogik qarashlari
yurtimiz olimlari tomonidan keng o‗rganilgan bo‗lsada,
ma‘naviy merosi va uning ma‘naviy madaniyatga ta‘siri
yetarlicha tadqiq etilmagan. «Buyuk ajdodlarimizning
betakror va noyob ilmiy-ma‘naviy merosi biz uchun doimiy
harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‗lmas
meros hamisha yonimizda bo‗lib, bizga doimo kuch-quvvat va
ilhom bag‗ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta‘lim tizimini
ana shunday ruh bilan sug‗orishimiz kerak», – deb ta‘kidlab
o‗tgan O‗zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev [1] yoki Shu
nuqtai nazardan Behbudiy asarlarining ma‘naviy madaniyatga
ta‘sirini tadqiq etish, ilm-ma‘rifat tafakkurni uyg‗otishning
asosiy yo‗llaridan biri ekanligiga oid qarashlarini zamonaviy
jihatdan asoslash lozim.
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature
review).
Jadidlar chor Rossiyasi davrida ham, sovet
hokimiyati davrida ham qoralanib kelindi. Faqat xalqimiz
mustaqillikka erishganidan keyin jadid ma‘rifatparvarlari
faoliyatini keng ko‗lamda o‗rganila boshlandi. Turkiston
jadidchilik harakati va uning ma‘naviy-ma‘rifiy asoslarining
mohiyati, jadidlarning xalq tafakkurini o‗stirish, ma‘naviyatini
boyitish yo‗lida olib borgan kurashlari, jadidchilik
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/1]
ISSN 2181-7324
FALSAFA
https://science.nuu.uz/
Social sciences
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/1 2023
- 36 -
g‗oyalarining Turkistonga tarqalishida milliy matbuot, badiiy
adabiyot va teatrning ahamiyati masalalariga doir ko‗plab
tadqiqotlar olib borildi.
Amerikalik olim E.Olvort ―Padarkush‖ dramasi haqida
―Dramada ilgari surilgan jiddiy muammolar ta‘lim va
tarbiyani kuchaytirish, xalqni asriy jaholat, qoloqlikdan
qutqarish, jinoyat va jazo, majburiyat va mas‘uliyat singari
ijtimoiy munosabatlar sodda va ta‘sirli ifodalangan. Dramada
ilk bora turkistonliklarga o‗z tilida, tipik obrazlar, tipik
xarakterlar orqali jiddiy hayotiy muammolar, ochiqchasiga
gapirilgan edi. Ilmsizlik, jaholat, to‗g‗ri yo‗ldan adashish
oilaga baxtsizlik, chinakam kulfat keltirishi ta‘sirli dialoglarda
aks ettirilgani uchun sahnadagi harakatlar tomoshabinni
hayratga solib, butun vujudini qamrab oladi. Sahnadagi
voqealarni to‗g‗ri idrok qilgan har qanday tomoshabin
Turkistonning asosiy fojiasi nimadan iborat ekanligini ko‗rib
yig‗laydilar, mamlakat yoshlarini o‗qitish orqali yangi hayotga
olib chiqish zarurligini tushunadilar [2] deb ta‘kidlaydi.
Olmoniyadagi Humboldt universiteti professori atoqli
turkshunos Ingeborg Baldauf
-
mashhur jadid adibi va
ma‘rifatchi Mahmudxo‗ja Behbudiyning haj safari kundalik-
larini o‗rgangan hamda olmon tiliga o‗girgan. Mutafakkir
ilmiy merosini tadqiq qilganimda ma‘rifatparvarligi bilan
birgalikda Behbudiyning buyuk tarbiyachi ustoz ekanini his
qilganman. Zero, islohot va ma‘rifat tarbiyadan boshlanadi.
Behbudiy xotin-qizlarning tarbiyada tutgan yuksak o‗rnini
o‗zining asarlarida muntazam qayd etadi. ―Oyina‖ jurnaliga
tarbiya mavzusida yozgan maqolalarida ham Behbudiy ayol va
onaning jamiyat rivojidagi mavqei baland ekanini qayta-qayta
ta‘kidlaydi. [3]
Adibning maqolalari va «Padarkush» dramasidagi
g‗oyalar filologiya fanlari doktori Begali Qosimov tomonidan
tadqiq etilgan. Alloma merosini o‗rganish, asarlarini to‗plash
va nashr etishda olimning xizmatlari katta. Begali Qosimov
«Behbudiy faqat dramaturgiyamiz emas, publitsistikamizga
ham poydevor qo‗ygan, umuman, yangi adabiyotni boshlab
bergan alloma ekanligini ta‘kidlaydi. [4]
Adabiyotshunos olim Naim Karimov ―Mahmudxo‗ja
Behbudiy XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan
milliy uyg‗onish harakatining atoqli rahbarlaridan biri bo‗lib,
shu davrda o‗zbek xalqi ijtimoiy ongining uyg‗onishida
muhim rol o‗ynaganligini ta‘kidlaydi. [5]
Tarix fanlari doktori Dilorom Alimova Mahmudxo‗ja
Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri masalalarini o‗rgangan.
Alloma tarix fanini insonning kamol topishi, jamiyatni
boshqarishda bu fanning o‗rni beqiyosligini ta‘kidlaydi.
Behbudiyning jamiyat rivoji va taraqqiyotida tarix fani qanday
o‗rin tutishi kerak degan qarashga bo‗lgan munosabati ilmiy
maqolalarida o‗z aksini topadi . [6]
Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
Jadidchilik harakatining ma‘rifatparvarlik asoslari, ularda
milliy g‗oya masalalari, jadid matbuotining shakllanishi, jadid
adabiyoti va san‘ati, jadid maktabi va maorifi, axloqiy va
estetik tarbiya masalalari tarixiy, filologik, falsafiy, pedagogik
jihatlari o‗rganildi. Behbudiyning deyarli barcha maqola va
asarlari nashr etilib, xalqqa taqdim etildi. Yangi usul maktabi,
milliy matbuot, adabiyot va teatr tarixini o‗rganishga
bag‗ishlangan ko‗plab asarlar maydonga keldi.
Filolologiya fanlari doktori Halim Saidov Mahmud-
xo‗ja Behbudiyning publitsistik va muharrirlik faoliyatini
tadqiq etar ekan ―Oyina‖ jurnali, ―Samarqanda‖, ―Xurshid‖,
―Tujjor‖ gazetalarini tashkil etilishi va nashr etilishidagi
xizmatlarini alohida ta‘kidlaydi[7]. Filologiya fanlari nomzodi
Normurodov
Avazov
Behbudiyning
ijodiy
faoliyati,
―Padarkush‖ dramasi va undagi ma‘rifiy-tarbiyaviy jihatlarga
e‘tibor qaratadi[8].
Pedagogika fanlari nomzodi Zebo Axrorova Beh-
budiyning milliy uyg‗onish davri pedagogikasi va voqeligida
tutgan o‗rnini tadqiq etar ekan, sharq tamaddunining ilg‗or
g‗oyalari jadid pedagogikasida aks etirilishi va ushbu
g‗oyalarning Behbudiy tomonidan rivojlanirilganini ta‘kidlab
o‗tadi. [9]
Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Jadid
mutafakkirlarimizning merosi, aynan jadidlar karvonboshisi,
asoschisi sifatida tarixda nom qoldirgan Behbudiy XX asr
boshlarida amalga oshirgan ishlar katta ahamiyatga ega. U
diniy va dunyoviy ilmlarni, tarixni chuqur bilgan, yozgan
maqola va asarlari ijtimoiy ahamiyatga ega. Jadid ma‘rifat-
parvarlarining
madaniyat
o‗zagi
bo‗lgan
ma‘naviy
madaniyatning rivojiga qo‗shgan benazir hissasi bugun ham
o‗z dolzarbligini yo‗qotmagan. Ayniqsa sharq mutafak-
kirlariga xos bo‗lgan qomusiylik Behbudiy faoliyatida ham
o‗z in‘ikosini topgan deyish mumkin. Buni vatanparvar
ziyolimizning faoliyati tasdiqlaydi. Bilim, axloq, din, san‘at,
siyosat kabi masalalariga doir maqolalari, ―Padarkush‖
dramasi, ―Kitobat-ul atvol‖ kabi maktab o‗quvchilari uchun
yozilgan darsliklarini keltirish mumkin.
Jadid ma‘rifatparvarlari ilm-ma‘rifatni xalqni jaholat-
dan qutqarish, tafakkurini uyg‗otish, taraqqiyotga erishishning
birdan-bir yo‗li deb qarashdi. ‖Boshqa millatlarg‗a qaralsa
ko‗rilurki, muntazam maktablari bor va avval maktabda diniy
ilm ustida dunyoviy ilm va fanlar ham o‗qilur. Chunki
dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur.
Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqa millatlarga
paymol bo‗lur.‖ [10] deydi Behbudiy.
M.Behbudiyning ―Muhtaram yoshlarga murojaat‖
maqolasida ta‘limni rivojlantirishning ahamiyati asoslangan.
Jahonda bilim asosiy intellektual resurs, ta‘lim milliy
farovonlikni yaratish manbai sifatida qadrlanayotgan bugungi
kunda ham mutafakkirning bu boradagi qarashlari g‗oyat
dolzarbdir. Zero, ta‘lim insonning ijodiy qobiliyatlarining
rivojlanishiga, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
munosabatlardagi ishtirokining chuqurlashuviga, jamiyat
rivojiga samarali hissa qo‗shish imkonini berishadi.
Behbudiy merosida ta‘lim va tarbiya uzviyligi
masalalariga
e‘tibor
qaratilgani
bilan
ahamiyatlidir.
Behbudiyning keng bilimga ega bo‗lganligi, eng murakkab
dunyo hodisalarini ham tafakkur qudrati bilan yechish,
tushuntirish, ifodalash yuksak iqtidori borligini ham uning
maqolalari orqali ham ko‗rish mumkin. Ma‘rifatparvar alloma
yoshlarni chet ellarda o‗qitish, yangi g‗oya va bilim bilan
qurollantirish lozimligini ko‗p bora ta‘kidlaydi. ―To‗y va
ma‘raka oqchasidan bolalarni hukumat maktablarig‗a berilsun
va bu oqchadan talabalarni Makka, Madina, Misr, Istanbulg‗a
va Rusiya dorilfunun va dorulsanoatlarig‗a yuborilib diniy va
dunyoviy va zamonaviy odamlar yetishdurmoqg‗a sa‘y
qilinsun. Bizni Turkistonda muallim ozdurki, to‗yu ma‘raka-
g‗a sarf qilinaturg‗on oqcha ila Kafkaz, Qirim, O‘runburg va
Qozong‗a usuli ta‘lim o‗rganmoq uchun bola yubormoq
kerakdur. [11] O‗zbekistonda zamonaviy ta‘limda ham yosh-
larni chet ellarda ta‘lim olishiga katta e‘tibor qaratilmoqda,
maxsus dasturlar asosida talabalar dunyoning yetakchi oliy
o‗quv yurtlarida tahsil olib kelishmoqda. Jadidlarimizning
ushbu g‗oyalari bugun ham dolzarb ekanligini ko‗rish
mumkin.
Ayniqsa, til masalalari Behbudiyning hamisha diqqat
markazida bo‗lgan, millatning taraqqiysi uchun bir necha til
bilishni shart hisoblagan. Yoshlarni til o‗rganishga, bilim
olishga chaqirdi. ―Oyina‖ jurnalning 1913 yil 20 avgust,
birinchi — nishona sonidayoq, «Ikki emas, to‗rt til lozim»
degan maqola bilan chiqqan edi. [12] Ayni paytda tilning
muhofazasiga doir (―Har millat o‗z tili ila faxr etar‖ —1914,
№ 35), (―Til masalasi‖ — 1915, № 11,12) maqolalar yozdi.
―Bizg‗a lozimki, o‗z naf‘imiz uchun ruscha bilayluk, hukumat
maktablarinda o‗quylik. Davlat mansablariga kirayluk.
Vatanimizga va o‗z dinimizga xidmat etayluk. Musulmon
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/1 2023
- 37 -
bulub turib taraqqiy qilayluk. Bu zamon tijorat ishi, sanoat va
mamlakat ishlari, hatto, dini islom va millatga xidmat ilmsiz
bo‗lmaydur. [13] Bugun chet tillarni o‗rganish va milliy tilni
asrashga doir Behbudiy maqolalari o‗z ahamiyatini
yo‗qotmadi, balki yanada dolzarblashdi deyish mumkin. Shu
bilan birgalikda, ―Risolai asbobi savod― (―Savod chiqarish
kitobi‖, 1904), ―Risolai jug‗rofiyai umroniy‖ (―Aholi
geografiyasiga kirish‖, 1905), ―Muntaxabi jug‗rofiyai
umumiy‖ ―Kitobi muntaxabi jug‗rofiyai umumiy va namunai
jug‗rofiya‖ darsligida, (―Qisqacha umumiy geografiya‖,
1906), ―Kitobat ulatfol‖ (―Bolalar xati‖, 1908), ―Amaliyoti
islom‖ (1908), ―Tarixi islom‖ (1909) kabi kitoblar va
Turkistonning tabiiy xaritasini chop etdi. Ko‗plab o‗quv
materiallari, o‗qish kitobi va diniy kitoblar, maktub yozish
qo‗llanmasini yaratdi.
―Oyina‖ jurnalida Behbudiy va uning zamondoshlari
hamda xorij sharqshunoslarining (xususan, Vyatkin)ning tarix,
geografiya, tilshunoslik, astronomiya, anatomiya, arxeologiya-
ga doir kuzatishlari e‘lon qilib borilgan: ―Sherdor
madrasasi‖(1913.№1.–B.), ―Tutun yoinki tamaki‖ (1913.№1.–
B.), ―Ulug‗bek rasadxonasinda‖(1913.№2.–B.), ―Jug‗rofiyo
chist?‖ (1913.№2.), ―Yer‖ (1913.№10.), ―Tarixi ixtiroi bashar
-
odamlarning
chiqargan
nimarsalari‖
(1914.№28),
―Hayvonotning umri‖ (1914.№11), ―Oftob‖ (1914.№49),
―Qamar -oy‖ (1914.№57), ―Qahva = kofe‖ (1914.№56)‖ [14].
Bu esa o‗sha davrda madaniyat, ma‘rifat, zamonaviy ilmiy
bilimlarni tarqatishda muhim ahamiyatga ega bo‗ldi.
Behbudiy
―Padarkush‖
dramasida
ilmsizlik,
ma‘rifatsizlikning millat va millatning har bir a‘zosi hayotiga
ko‗rsatajak fojiali zararini tasvirlab bergan. Asarning
―Padarkush yoxud O‘qimagan bolaning holi‖ deb nomlanishi
ham tasodifiy emas. ―Padarkush‖ asari hayotda ro‗y bergan
real hodisa ta‘sirida yozilgani xususida zamondoshlari
ta‘kidlab o‗tishgan. Bu fikrning haqiqatga qanchalik mos yoki
qanchalik zid ekanidan qat‘iy nazar, hech qachon dolzarbligini
yo‗qotmaydi. Behbudiy ―Padarkush"da nafaqat jaholat
botqog‗iga botgan ota balki farzandlarining hayoti ham fojia
bilan tugashi mumkinligini ko‗rsatib, ularning har ikkalasini
va umuman, XX asr boshlaridagi o‗zbek jamiyatini
ogohlantirishga intilgan. Jadidchilik tub mohiyatini ochuvchi
ma‘rifatparvarlik g‗oyasi asarning katta ijtimoiy va ma‘rifiy
ahamiyatini belgilab beradi hamda uning o‗sha davrning eng
muhim va dolzarb mavzusiga bag‗ishlangan. Asarda ilgari
surilgan jiddiy muammolar ta‘lim va tarbiyani kuchaytirish,
xalqni asriy jaholat, qoloqlikdan qutqarish, jinoyat va jazo,
majburiyat va mas‘uliyat singari ijtimoiy munosabatlar sodda
va ta‘sirli ifodalangan.
Behbudiy
Bayramali,
Ashxobod,
Krasnovodsk,
Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa,
Quddus, Bayrut, Yofa, Xalil ar-Rahmon, Port-Said, Shom
shaharlarida bo‗ladi. Ushbu sayohat asosida rivojlangan
davlatlarda madaniyat, ma‘rifat, texinka taraqqiyoti,
o‗lkamizni ham rivojlantirishga oid ko‗plab maqolalari
«Oyna» jurnalida bosilib turadi. ―A‘molimiz yoinki
murodimiz‖ sarlavhali maqolasida turli tadbir, to‗ylaridan
tortib milliy o‗yinlarigacha bo‗lgan har kunlik turmush tarzini
tahlil qilar ekan, xalqni ko‗zini ochib yon-tevaragidagi
millatlar ishlariga va qanday yashayotganlariga qarashga
chaqiradi. Mahalliy aholining taraqqiyotga to‗siq bo‗luvchi
eski
urf-odatlarini,
eskicha
qarashlardan
voz
kecha
olmayotgani,
qoloqlashib
ketgani,
musulmonlar
ham
taraqqiyotni, farovonlikni, ma‘rifatni istashi, yangilikka
intilishi, yangiliklarni o‗zlashtirish lozimligi, endi o‗tmishimiz
buyuk deb yuravermasdan, xatolarimizdan to‗g‗ri hulosalar
chiqarishimiz, rivojlanish yo‗llarini izlashimiz,boshqalar ham
bizni hurmat qilishi, ular bilan teng mavqeda muloqotga
kirishishimiz, musulmonlar manfaatlari himoyasi uchun
nimalar qilishimiz zarurligi haqida bosh qotirish vaqti keldi
degan g‗oyalarni ilgari surdi. U xalqni isrofli tadbirlardan voz
kechib, ularga sarf qilinadigan mablag‗ni iqtisodiyotning
barcha tarmoqlarida milliy kadrlar tayyorlash maqsadida
davlat ta‘lim muassasalarida bolalarni o‗qishi uchun
yo‗naltirishga da‘vat etadi. ―Bizni kemirguvchi illatlar‖
maqolasida ― bizni inqirozg‗a va tahlikag‗a va jahannamg‗a
yumalataturgon to‗y, azo ismindagi ikki qattol dushmanni
derman‖ [15] deya ta‘kidlaydi.
Din masalasi xususida ham Behbudiyning qator
maqolalari, ―Muxtasari islom‖ asari e‘lon qilingan. Shuni
ta‘kidlash lozimki, Behbudiy Samarqanddagi ma‘rifatparvar
sulolalardan biriga mansub bo‗lgan. Otasi Behbudxo‗ja
Solihxo‗ja Ahmad Yassaviyning avlodidan, bobosi va otasi
qori va imom-xatib bo‗lgan, tog‗asi mufti mulla Odil
Muhammad Siddiq mufti bo‗lgan. Behbudiy bolalikdan diniy
bilimlarga ega bo‗lib borgan keyinchalik tog‗asi huzurida
mirzolik vazifasini bajaradi, kozilik ishlari bilan ham tanishib,
muftilik uchun zarur bo‗lgan narsalarni o‗rganib oladi. ―Sobiq
Turkistonning har bir kent va dahasida qozixonalarning,
ularda xizmat qilgan qozi va muftilarning son-sanog‗i
bo‗lmagan. Biroq Behbudiydek barkamol shaxs – faqat diniy
bilimlargina emas, shu bilan birga zamonaviy ilmlarning zo‗r
bilimdoni, xalqni ma‘rifatli qilish uchun kurash yo‗lida o‗z
moddiy boyliklarini, hatto jonini ayamagan shaxsning misli
nihoyatda siyrakdir, hatto yaktodir. Fayzulla Xo‗jayevning
so‗zlari bilan aytganda, ―Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va
bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o‗sha vaqtdagi
jadidlaridan unga teng kiladigan kishi bo‗lmasa kerak‖. [16]
Fiqh kitoblari ustida tinimsiz ishlagani bois u tez
fursatda ―mufti‖ unvoniga erishgan. Mahmudxo‗ja umrining
oxirigacha Jomboyda muftilik qildi. Odatda shanba kunlari
haftada bir marta Jomboyga borib, qozilar bilan birgalikda
bahsli munozarali masalarni ijobiy tomonga xayrli hal
bo‗lishini ta‘minlaganligi xususida ko‗plab misollar bor. U
mufti va imom xatiblarning bilimdan, zamonaviy ilmlardan
ham xabardor bo‗lishini ta‘kidlagan.‖ Zotan islomiyat shunday
bir dini matin va qobili taraqqiydurki, na qadar ilmi zamoniy
ko‗b o‗qusa, insonni yana dini islomg‗a shuncha aqidasi
mustahkam bo‗lur. Chunonchi, ilmi zamoniy ko‗b o‗qug‗on
Ovrupo ulamolarini(ng) eng nomdor va davlatliklaridan
musulmon bo‗lub turgonlari jaridaxonlarg‗a ma‘lumdur. Bas,
sabab bo‗ldiki, ilmi zamoniy islomiyatg‗a zarar qilmoq nari
tursun, foyda etar, endi matlabg‗a kelayluk ‖Xalqning
jismoniy va ruhoniy tarbiyati ichin murabbiylarning, ya‘ni
ulamoning diniy va zamoniy ulum va fununni darajai kamolda
bilmalari, albatta lozimdir‖ [17]. Behbudiy muftilik vazifasini
oqilona, halol bajargan ―...zamonasidagi faqihlar – diniy
bilimdonlaridan hech biri fiqh ilmining kengligi jihatidan
Behbudiyga teng kelolmas edi.‖ [18] Behbudiy fiqhning biror
qoidasi yoki yo‗l-yo‗rig‗ini xalq manfaatlari va ijtimoiy
taraqqiyotga zarar keltiradigan tarzda talqin qilmagan. Oyat va
hadislarga tayangan holda mehnatkashlar manfaatini himoya
qilgan, ilm-ma‘rifatga chorlagan yevropaliklar bilan do‗stona
munosabatlarni rivojlantirishga chorlovchi fatvolar bergan.
Behbudiy iqtisodiy nizolarda kambag‗allar manfaatini himoya
qilgan, kambag‗allar foydasiga hal qilinishiga erishgan.‖
Favqulodda takfir‖,‖ Bizni hollar va ishlar‖ maqolalarida ham
Turkiston o‗lkasida ilmli, bilimli ulamolar kerakligi, ―Ikki
milyo‗n turkistoniylar madrasasig‗a Xudodan boshqa nozir
yo‗q. Bir raisi diniy va mumayizi ilmiy yo‗q. O‗zimizda esa
insof va xavfi haq yo‗q, aslo yo‗q. Va Olloh, na uchun
savodsiz qozi, ilmsiz mudarris, insofdan xabarsiz muftiy,
qiroatsiz imomlar olamni bosdi. Bunga sabab biror raisi diniy
va mumayizni ilmiga moli ko‗lmag‗animiz emasmu? deydi. U
ziyoli va taraqqiyparvarlarni birlashib, dini millat va
Vatanning rivoji uchun xizmat qilsak deb orzu qildi. Rossiya,
Turkiya, Misr kabi bir qancha mamlakatlarga sayohati va haj
safari davomida ularning hayoti, turmush tarzi, urf-odatlari,
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/1 2023
- 38 -
madaniyatini o‗rgandi va Turkiston o‗lkasi hayoti bilan
solishtirdi. ―To‗y va ta‘ziyaga sarf qilinaturgon oqchalarimizni
biz, turoniylar, ilm va din yo‗lig‗a sarf etsak, anqarib
ovrupoyilardek taraqqiy etarmiz va o‗zimizda, dinimizda
obro‗y va rivoj topar. Yo‗q, hozirgi holimizg‗a davom etsak,
din va dunyog‗a zillat va miskinatdan boshqa nasibamiz
bo‗lmaydur. [20]
Behbudiy yoshlarni zamonaviy ilmlarni o‗rganishga
da‘vat etadi.‖ Agarda jug‗rofiya o‗qumasak, dunyog‗a
taraqqiy qilolmaymiz. Dunyog‗a taraqqiy qilmasak, din
ishlarimizni barjoy keltirolmaymiz. Maafihi, jug‗rofiya
o‗qugonlar og‗iz ila, kitob va gazit ila bahs qilib, jug‗rofiya
vajhidin bizni dalil aqli ila mulzam qilib, oxiri dinimizg‗a
ta‘na beradur. Ilmi dinni kam bilaturgonlarimizni bo‗shatadur.
[21]
O‗zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bos-
qichida ta‘lim yoshlar tarbiyasining asosiy resurslaridan biriga
aylandi. Taraqqiyot strategiyasining ―Adolatli ijtimoiy siѐsat
yuritish, inson kapitalini rivojlantirish‖deb nomlangan
to‗rtinchi yo‗nalishida ham ta‘lim masalasiga alohida urg‗u
berilgan, maktablarda ta‘lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlar
bilim va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish asosiy
maqsad qilib belgilangan.
Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommenda-
tions).
Behbudiyning ma‘naviy merosi xorij va yurtimizda
keng o‗rganilgan bo‗lib turlicha konsepsiya va yondashishlar
asoslangan xolda tadqiq etilgan. Behbudiyning diniy
ma‘rifatga oid qarashlarini o‗rganish turli diniy konfessiyalar
mavjud bo‗lgan polietnik mamlakatda fuqarolar hamjihatligini
ta‘minlashga xizmat qiladi. Sharq va G‘arb ta‘limining
maqsadli, qadriyatli, axloqiy va metodologik jihatlariga ko‗ra
uyg‗un usullarini joriy etishga doir qarashlari milliy ta‘lim
tizimida qo‗llanishi zamonaviy ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR
1.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‗ishlangan tantanali
marosimdagi nutqi.1-oktyabr 2020 yil
2.
Edvort Olvort. Birinchi o‗zbek dramasi ―Jahon adabiyoti‖ jurnali, 2009 yil, 9-son.
3.
Ingeborg Baldauf XX asr o‗zbek adabiyotiga chizgilar. – Toshkent: Ma‘naviyat, 2001. –B.42.
4.
Qosimov B. Behbudiy, Maslakdoshlar, T., 1994 B.Qosimovning «Milliy uyg‗onish: jasorat, ma‘rifat, fidoyilik»
5.
Karimov N.Mahmudxo‗ja Behbudiy. https://docs.yandex.ru/docs/Ziyo uz kutubxonasi
6.
D.Alimova.Mahmudxo‗ja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri".Akademiya nashriyoti.T.1999
7.
Saidov H. Mahmudxo‗ja Behbudiyning publitsistik va muharrirlik faoliyati. Fil.fan.nom.diss. T.:1999 B.170
8.
Avazov N.Behbudiyning ijodiy faoliyati. Fil.fan.nom.diss. T.:1995 170 B
9.
Ahrorova Z.Mahmudxo‗ja Behbudiyning pdegogik qarashlari va ma‘rifiy-amaliy faoliyati. Pedagog. Fan.nomzodi.
diss.T.: 1997. 157
10.
Behbudiy M.Tanlangan asarlar // To‗plovchi , so‗zboshi va izohlar: B.Qosimov, 3-nashri . tuzatilgan va to‗ldirilgan. -T.:
«Ma‘naviyat» , 2006, – B. 200
11.
Behbudiy M. Tanlangan asarlar //To‗plovchi , so‗zboshi va izohlar: B.Qosimov, 3-nashri . tuzatilgan va to‗ldirilgan. - T.:
«Ma‘naviyat» , 2006, – (Istiqlol qahramonlari) -B.160
12.
Behbudiy M. Tanlangan asarlar // To‗plovchi , so‗zboshi va izohlar: B.Qosimov, 3-nashri . tuzatilgan va to‗ldirilgan. - T.:
«Ma‘naviyat» , 2006, – (Istiqlol qahramonlari) -B.160
13.
Behbudiy.Tanlangan asarlar. T an lan gan a s a r l a r // To‗plovchi , so‗zboshi va izohlar: B.Qosimov, 3-nashri .
tuzatilgan va to‗ldirilgan. - T.: «Ma‘naviyat» , 2006, – (Istiqlol qahramonlari) -B.160
14.
Abdirashidov, Zaynabidin.Mahmudxo‗ja Behbudiy va uning «Oyina» jurnali [Matn]: / Z.Abdirashidov, N.Egamqulova. –
Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2019. – 38 bet.
15.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. // To‗plovchi , so‗zboshi va izohlar: B.Qosimov, 3-nashri . tuzatilgan va to‗ldirilgan. - T.:
«Ma‘naviyat» , 2006, 2006, – (Istiqlol qahramonlari) -B.160
16.
Solih Qosimov. ―O‗zbekiston adabiyoti va san‘ati‖gazetasi 1990 yil 19 yanvar
17.
Behbudiy tanlangan asarlar. Behbudiy. Tanlangan asarlar. // To‗plovchi , so‗zboshi va izohlar: B.Qosimov, 3-nashri .
tuzatilgan va to‗ldirilgan. - T.: «Ma‘naviyat» , 2006, 2006, – (Istiqlol qahramonlari) -B.160
18.
Halim Saidov. Ma‘rifat libosidagi ozodlik. – Toshkent: Sharq, 2000. - B. 149
19.
Behbudiy tanlangan asarlar. Behbudiy. Tanlangan asarlar. // To‗plovchi , so‗zboshi va izohlar: B.Qosimov, 3-nashri .
tuzatilgan va to‗ldirilgan. - T.: «Ma‘naviyat» , 2006, B.148.
20.
Behbudiy tanlangan asarlar. Behbudiy. Tanlangan asarlar. // To‗plovchi , so‗zboshi va izohlar: B.Qosimov, 3-nashri .
tuzatilgan va to‗ldirilgan. - T.: «Ma‘naviyat» , 2006, B.1931asarlar. Behbudiy. Tanlangan asarlar. // To‗plovchi ,
so‗zboshi va izohlar: B.Qosimov, 3-nashri . tuzatilgan va to‗ldirilgan. - T.: «Ma‘naviyat» , 2006, B.231