Основные направления системной организации охраны окружающей среды

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
486-490
7
7
Поделиться
Абдуллаева, Н. (2023). Основные направления системной организации охраны окружающей среды . in Library, 22(4), 486–490. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/21769
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Данная статья посвящена антропогенному воздействию на окружающую среду в процессе глобализации и его негативным последствиям, анализу основных направлений системной организации охраны природы.

Похожие статьи


background image

BARQAROR TARAQQIYOT MAQSADLARIGA ERISHISHDA UNIVERSITETLARNING ROLI

486

ORCID ID:

https://orcid.org/0000-0001-8095-141X


ATROF-MUHIT MUHOFAZASINI TIZIMLI TASHKIL QILISHNING ASOSIY

YO‗NALISHLARI

Annotatsiya.

Ushbu maqolada globallashuv jarayonida atrof-muhitga antropogen ta‘sir

va uning salbiy oqibatlari, tabiatni muhofaza qilishni tizimli tashkil qilishning asosiy
yo‗nalishlarini tahliliga e‘tibor qaratilgan.

Kalit so‗zlar:

Atrof-muhit, ekologiya, muhofaza,ekologik tanazzul,qadriyatlar, ekologik

gumanizm

УДК:504.75: 17 (575.1)

Абдуллаева Насиба Бурановна.

Доктор философских наук.,профессор

Национального университета Узбекистана

E-mail:

nasiba.abdullayeva.1969@mail.ru

ORCID ID:

https://orcid.org/0000-0001-8095-141X

ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ СИСТЕМНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ОХРАНЫ

ОКРУЖАЮЩЕЙ СРЕДЫ

Аннотация.

Данная статья посвящена антропогенному воздействию на

окружающую среду в процессе глобализации и его негативным последствиям, анализу
основных направлений системной организации охраны природы.

Ключевые слова:

Окружающая среда, экология, сохранение природы,

экологическая деградация, ценность, экологический гуманизм

UDC: 504.75: 17 (575.1)

Abdullayeva Nasiba Buranovna.

Doctor of Philosophy, Professor

National University of Uzbekistan

E-mail:

nasiba.abdullayeva.1969@mail.ru

ORCID ID:

https://orcid.org/0000-0001-8095-141X

THE MAIN DIRECTIONS OF THE SYSTEM ORGANIZATION OF

ENVIRONMENTAL PROTECTION

Annotation.

This article is devoted to the anthropogenic impact on the environment in

the process of globalization and its negative consequences, the analysis of the main directions of
the systematic organization of nature protection.

Keywords:

Environment, ecology, nature conservation, ecological degradation, value,

ecological humanism

Kirish.

Hozirgi kunda global barqaror xavfsizlikni ta‘minlashga mo‗ljallangan ekologik

siyosatning

integratsiyalashuvi,

xalqaro

ijtimoiy-siyosiy

munosabatlarni

insonparvarlashtirishning muhim yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Chunki har qanday darajada
ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar va siyosiy o‗zgarishlarning pirovard maqsadi ham, inson
ehtiyojlarini qondirish va manfaatlarini himoya qilish uchundir. Bu haqda O‗zbekiston Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning 24 yilligiga bag‗ishlangan tantanali yig‗ilishda: ―Inson
manfaatlarini ta‘minlash uchun esa, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning
dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak‖,
[Shavkat Mirziyoyevning O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24
yilligiga bag‗ishlangan tantanali marosimdagi ma‘ruzasi. //Xalq so‗zi. 2016 yil 8 dekabr.] deb
alohida ta‘kidlagan edi.

Маteriallar va metodlar.

Atrof-muhit muhofazasi, ekologik inqirozlarni oldini olish

masalasi butun dunyoda dolzarb bo‗lib turibdi, sohaga oid ilmiy tadqiqotlar ham ko‗payib
bormoqda. O‗zbekistonda ham tabiatnini asrash borasida oshirilayotgan islohotlar, ularning
inson va jamiyat manfaatlariga, hayotiga ta‘siri masalalarini falsafiy tadqiq etish muhim


background image

BARQAROR TARAQQIYOT MAQSADLARIGA ERISHISHDA UNIVERSITETLARNING ROLI

487

ahamiyatga ega. Sohaga oid ko‗plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va bugun ham izlanishlar
davom etmoqda. Jumladan, E.S.Xashimova, S.Mamashakirov, S.Sanginova, N.Xakimov,
M.N.Abdullayeva,

A.K.Berdimuratova,

E.M.Izzetova,

O.Ata-Mirzayev,

M.Ganiyeva,

O‗.Tilavov ishlarida ekologiya, atrof-muhit himoyasi bilan bog‗liq muammolar u yoki bu
darajada tahlil etilgan.

MDHda XX asrda V.I.Vernadskiy, E. V.Girusov, F.D.Demidov, V.A.Losev, K.S.Losev,

V.V.Mantatov, N.G.Oldak, G.V.Platonov, A.L.Romanovich, A. D.Ursul kabi olimlar ishlari
diqqatga sazovor.

Аsosiy qism.

Ekologik xavfsizlik muammosi milliy va mintaqaviydan chiqib, butun

insoniyatning

umumiy

muammosiga

aylandi.

Global

miqyosda

ijtimoiy-siyosiy

munosabatlarning rivojlanishi bilan odamlarning tabiiy resurslarga munosabati dolzarb bo‗lib
bormoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlarida, jumladan, O‗zbekistonda tabiatni muhofaza qilishga
oid Qonunchilik rivojlanmoqda va takomillashtirilmoqda, genofondni barqaror rivojlantirish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta‘minlovchi xalqaro konvensiyalar, bitimlar va
hujjatlarga integratsiyalashuv davom etmoqda. O‗zbekistonning ekologik xavfsizlik strategiyasi
dunyoda xalqlarning an‘anaviy tarzda o‗rnatilgan umumiy ekologik turmush tarzi, ularning
milliy xavfsizlik, suverenitet manfaatlarini hisobga olgan holda insonparvarlik va demokratik
tamoyillarga asoslangan yondashuv zarurligini ko‗rsatadi.

Bugun ekologik muammolar inson hayotiga jiddiy xavf tug‗dirayotganini kuzatishimiz

mumkin va achinarlisi shundaki bu muammolar insoniyat tomonidan yuzaga keltirilmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimiz ekologik muammolarni bartaraf etish va ularning salbiy
oqibatlarini oldini olish bo‗yicha ma‘lum tajriba to‗pladi. Ammo joylardagi vazifalar ko‗lami
mamlakatimiz va mintaqamizdagi ekologik vaziyatni yaxshilash muammolarini har tomonlama
hal etishni, davlat organlari, jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning
ushbu yo‗nalishdagi sa‘y-harakatlarini birlashtirishni talab qiladi.

Global ekologik tanazzulning asosiy sababi sifatida nafaqat insoniyatning iqtisodiy

o‗sishi va iste‘mol salohiyatining oshishi, balki tabiatga bo‗lgan g‗ayriinsoniy munosabat bilan
ham izohlanadi. Ekologik inqiroz munosabati bilan insonning yer ekotizimidagi o‗rni masalasi
ekologlar, faylasuflar, madaniyatshunoslarning diqqat markazida bo‗lgan mavzuga aylandi.
Texnologiyalarning rivojlanishi, atrof-muhitga antropogen ta‘sirining kuchayishi tabiatdan
foydalanish va uni muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqishni talab qila boshladi. Ushbu
muammolarni hal qilish, inson va tabiatning uyg‗un rivojlanishi muayyan axloqiy va huquqiy
normalarni talab qiladi.

Bugun insonning tabiatga bo‗lgan munosabatining axloqiy jihatlari bo‗lgan tabiatga

muhabbat, uni saqlash, himoya qilishning nazariy asoslariga urg‗u berish bilan bog‗liq. Tabiatni,
ekologiyani asrash tizimli ish olib borishni taqozo etadi.

Birinchidan, milliy qadriyatlarga sof ekologik mazmun beradigan, shu bilan ekologik

tarkibdagi tarixiy an‘analarimizdan foydalanish zarur, ayniqsa odamlarni tabiatni muhofaza
qilishga undaydigan milliy tarbiyaning tarixan shakllangan asoslari ham muhim rol o‗ynaydi.
Xalqimiz sof ekologik mazmundagi bir qator tarixiy an‘analarga ega. Masalan keng mazmundagi
"uvol" (isrofgarchilik) tushunchasi yaxshi misoldir. Har qanday moddiy ne‘matlardan
isrofgarchilik bilan foydalanish, tabiiy resurslarni - yer osti boyliklarini, suvni, yerni, o‗simlik va
hayvonlarni yo‗q qilish jinoyat va gunoh hisoblangan. "uvol" tor ma‘noda non, suv, tuzdan
tejamkor foydalanishni ifodalaydi, keng ma‘noda butun tabiat resurslaridan oqilona
foydalanishni aks ettiradi.

Yana biri esa "taganak"deb nomlangan. Ushbu an‘anaga ko‗ra, tog‗larda va tog‗

etaklarida yashovchilar erta bahorda yig‗ilib, ariq va jilg‗alar yo‗lini shoxlardan, sel oqimlaridan
tozalashadi va quritilgan daraxt shoxlarini kesishadi. Bugungi kunda shu kabi an‘analarni
nafaqat tog‗ va qishloqlar balki shaharlarda qayta tiklash lozim. To‗g‗ri shaharda toza ozodalikni
ta‘minlash, ko‗chat ekash, shu kabi ishlar bilan shug‗ullanuvchi obodonlashtirish tashkiloti bor,
ammo o‗zi yashayotgan mahalla tozaligi, obodonligi, dov-daraxtlarni asrashga har birimiz
mas‘ulligimizni oshirish lozim. Bugun plastik butilkalar, axlatlarni yig‗ish tashabbus bilan


background image

BARQAROR TARAQQIYOT MAQSADLARIGA ERISHISHDA UNIVERSITETLARNING ROLI

488

chiqayotgan fuqarolarimizni ko‗rib har birimiz ularda o‗rnak olishimiz kerak, bu har birimizni
qo‗limizdan keladigan ish, shu orqali tabiatni asrashga hissa qo‗shamiz. Axir, tabiat va inson bir-
biri bilan chambarchas bog‗liq, inson o‗simlik va hayvonot dunyosisiz yashay olmaydi, tabiat
nafaqat odamlar uchun yaratilgan, balki uni jamiyatdan tashqarida umuminsoniy qadriyat sifatida
hurmat qilish kerak.

Ikkinchidan, iste‘molchilik psixologiyasining ustunligi, bugungi kunda ekologiya

tafakkurining yo‗q qilinishi ekologik ta‘lim va tarbiyaga beparvolik bilan bog‗liq. Aholining
ekologik ongining yuzakiligi ekologik ta‘lim tizimining samarali va samarali emasligidadir.
Hamma ham ekologik muammolarni tushunmaydi, chunki ko‗pchilik ekologiya haqida
ma‘lumotni ommaviy axborot vositalaridan yoki atrof-muhitdan eshitgan narsalaridan oladi.
Shuning uchun ekologik bilim va ta‘limni muntazam ravishda tashkil etish taqozo etiladi va bu
axloq darajasi bilan bog‗liq. Demak, etika fani dasturlarida alohida mavzular kiritilish lozim.
Insonda tabiatga muhabbat uyg‗onmaguncha, u tabiatga vaqtincha iqtisodiy, moddiy
manfaatlarni afzal ko‗radigan iste‘molchi bilan munosabatda bo‗ladi: atrof-muhit ifloslangan
bo‗lsa ham, odamlar zaharli chiqindilardan kasal bo‗lib qolishadi, fabrikalar, ustaxonalar yoki
firmalar egalari tabiatni zaharlashda davom etadilar. Tabiat ajralmas tizim sifatida o‗ziga
nisbatan oqilona munosabatni talab qiladi. Faqat tabiat bilan uyg‗unlikda yashash, uning
qonunlariga muvofiq ishlash, inson va tabiatning dialektik birligi kelajakdagi rivojlanishni
ta‘minlashi mumkin.

Uchinchidan, ta‘lim tizimida maktabgacha ta‘lim tizimida jonli burchaklar tashkil qilish,

bolalarga axlatni maxsus idishlarga tashlash, jonivorlarga rahm-shafqatli munosabatda bo‗lishni
singdirish va o‗rgatib borish zarur. Maktabda tabiatshunoslik, biologiya darslarida maxsus
mavzular kiritish, bolalarni tabiat qo‗yniga, hayvonot bog‗lari, botanika bog‗lariga sayohat
uyutirish va maktab atrofini tozalash, plastik butilkalarni yig‗ish bilan bog‗liq tadbirlar tashkil
qilish, oliy ta‘limda atrof-muhit muhofazasiga oid maqolalar tanlovi, uysiz jonivorlar
saqlanadigan joylarga tashrif buyurish, ularga ko‗maklashish, an‘anaviy tarzda oliy o‗quv
yurtlari atrofini tozalash shanbaliklari o‗tkazish lozim.

To‗rtinchidan, davlat va nodavlat tashkilotlari jumladan, ekopartiyalar ham bevosita

amaliy ishlarga o‗tish, nodavlat tashkilotlar faoliyatini matbuotda keng yoritish va OAVda ham
ekologiya, atrof muhitni asrashga oid ko‗rsatutv, bloglar, eshittirishlarni ko‗paytirish lozim.

Beshinchidan, inson ekologik faoliyatida tadrijiy o‗zgarishlarni gumanizm tamoyillari

nuqtai-nazardan olib qarash, tabiatni muhofaza qilish amaliyotini – ekologik gumanizm
hodisasini XX1 asrda globallashuv sur‘atlarini, texnologik taraqqiyot va demografik jarayonlarni
inobatga olgan holda yangicha talqin qilishni taqozo qiladi. Shuning uchun O‗zbekiston
Ekologik partiyasi Dasturida: ―inson hamda uning manfaatlari himoyasi, birinchi navbatda,
sog‗lom va musaffo atrof-muhitga ega bo‗lish huquqini ta‘minlash amalga oshirilayotgan barcha
islohotlarning o‗zagini tashkil etgan zamonaviy O‗zbekiston uchun zarur bo‗lgan atrof tabiiy
muhitni asrab avaylashni va uni sog‗lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‗ydi‖, deb bu
institutning gumanistik xarakteri alohida qayd etilgan. [http://eco.uz/uz/kutubkhona/dasturij-
uzhzhatlar/12-zbekiston-ekologik-arakati-dasturi]

Oltinchidan, bu borada xalqaro tajribadagi ilg‗or mexanizmlarni qo‗llash va halqaro

tashkilotlar bilan samarali hamkorlik olib borish taqozo etiladi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini qayta

tashkil etish maqsadida, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan
O‗zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi O‗zbekiston Respublikasi
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi etib qayta tashkil qilindi. Davlat
ekologiya qo‗mitasining asosiy vazifa va funksiyalari ‒ekologiya va atrof-muhitni muhofaza
qilish ishlarini muvofiqlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash
sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish, resurslarni tejash borasida chora-tadbirlarni ishlab
chiqish hamda amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta‘minlashdan iborat.

O‗zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish qo‗mitasi sohasida butunjahon

deklaratsiyalari, konvensiyalari va BMTning boshqa bitimlarida aks etgan vazifalarni amaliyotga


background image

BARQAROR TARAQQIYOT MAQSADLARIGA ERISHISHDA UNIVERSITETLARNING ROLI

489

tatbiq etish bilan bir qatorda global tabiat muhofazasi siyosatining ham faol ishtirokchisiga
aylandi. Barqaror rivojlanish sohasidagi xalqaro huquq me‘yorlariga amal qilingan holda,
shuningdek, Konstitutsiyaning nizom va asosiy qat‘iyat(prinsip)laridan kelib chiqib, ekologiya
va atrof-muhit muhofazasi sohasida qonunchilik islohoti o‗tkazildi. Unda jahon standartlariga
mos keladgan yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilindi, mavjudlari esa takomillashtirildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida
davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‗g‗risida»gi farmoni, «O‗zbekiston Respublikasi
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi faoliyatini ta‘minlash chora-
tadbirlari to‗g‗risida»gi qarori qabul qilindi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, bioxilma-xillikni asrab-avaylash, ozon qatlamini

yemiruvchi moddalardan voz kechish bo‗yicha, shuningdek, iqlim o‗zgarishi sohasida ham ilk
tashabbusga ega muhim ahamiyatga molik dasturlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‗mitasi bilan birgalikda ekologik
xavfsizlikni ta‘minlash, soha qonunchiligini takomillashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda aholining bu boradagi madaniyatini yuksaltirish
bo‗yicha harakatlar dasturi tasdiqlandi. Shu asosda ekologiya hamda atrof-muhitni muhofaza
qilish borasidagi hujjatlarni takomillashtirish, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda
atrof-muhitni muhofaza qilishda ular faolligini kuchaytirish, sohaga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish, jamoatchilik ekologik nazorati tizimini rivojlantirish,
jamoatchi nazoratchilarni o‗qitish va ular malakasini oshirish, chiqindilar bilan bog‗liq
muammolarni hal etish bo‗yicha bir qator samarali ishlar olib borilmoqda. [Tilavov O‗. Global
barqaror taraqqiyot tizimida ekologik partiyalar faoliyatini takomillashtirish strategiyasi.
Monografiya. Rennesans, Toshkent 2021 B.88 ]

2030-yilgacha bo‗lgan davrda O‗zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza

qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‗g‗risida Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat
siyosatining ustuvor yo‗nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun
hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini
joriy etish, respublika aholi punktlarining sanitariya va ekologik holati uchun davlat organlari,
xo‗jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va fuqarolarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish,
shuningdek, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarga erishishni ta‘minlash
maqsadida katta ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. O‗zbekistonda jamiyatni
demokratlashtirish va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik tobora takomillashitirilib,
buning natijasida ushbu sohadagi xalqaro hamkorlik uyg‗unlashib, jamoatchilikning ekologik
muammolarga bo‗lgan qiziqishi ortib bormoqda. Yildan-yilga nodavlat jamoat ekologik
tashkilotlari tarmoqlari kengaymoqda. Ular aholi orasida ekologik tafakkurni shakllantirish
hamda yovvoyi tabiatni saqlab qolish masalalari borasida davlat muassasalari bilan faol
hamkorlik qilmoqda.

So‗nggi vaqtlarda OAVda ham ekologiya muammolarini yoritishga qiziqishi ortib

bormoqda. Buni 1995-yilda O‗zbekiston ekologik byulletenining ilk soni chop etilishi va
ekologik yangiliklarga bo‗lgan o‗sib borayotgan ehtiyojni to‗laroq qondirish hamda
jamoatchilikning mavjud va yuzaga kelayotgan ekologik muammolar borasidagi xabardorligini
oshirish maqsadida ekologik nashrlar bilan shug‗ullanuvchi ―Chinor ENK‖ kompaniyasini
vujudga kelishi bilan ham asoslash mumkin.

―O‗quvchilarni O‗zbekistonda ekologiya sohasida yuz berayotgan so‗nggi yangilik va

voqealardan o‗quvchilarni tezkor xabardor qilib borish maqsadida ―Chinor ENK‖ veb-portali
(www.ekonews.uz)ni ishga tushirdi. Ushbu saytdan o‗quvchilar turli mavzularga oid, jumladan,
qayta tiklanuvchi energiya manbalari (www.energy.ekonews.uz), chiqindilarni qayta ishlash
(www.waste.uz) hamda ekologik ta‘lim (www.ekomaktab.uz) haqidagi xabar va yangiliklarni
topishlari mumkin. ekolog.uz, ekobarqaror.uz, sreda.uz, eko.uz, uznature.uz, ecosan.uz, obod.uz
saytlari – O‗zbekistondagi ekologiya mavzusida faoliyat yurituvchi onlayn OAVning qisqacha
ro‗yxati shundan iborat. Onlayn OAV oldida turgan dolzarb vazifa ekologiya hamda barqaror
rivojlanish mavzusidagi ruknlarni, tele, va radiodasturlarni ko‗paytirishdan iborat.[Nargis


background image

BARQAROR TARAQQIYOT MAQSADLARIGA ERISHISHDA UNIVERSITETLARNING ROLI

490

Qosimova, Qosimova N. Global iqlim o‗zgarishi va jurnalistika. Toshkent., ―Turon-iqbol‖, 2016
y.]

Bu yil BMT tomondan ta‘sis etilgan Butunjahon atrof-muhit kunining 50 yilligi

nishonlanadi. O‗tgan yillar mobaynida Butun jahon atrof-muhiti kuni ekologik xabardorlikni
oshirish va ekologik harakatni rag‗batlantirish uchun global platformaga aylandi. Bugun dunyo
bo‗ylab millionlab kishilar turli tadbir va aksiyalarda ishtirok etishmoqda.Tabiatga, atrof-
muhitga axloqiy munosabatni shakllantirishga, shuningdek, yoshlar o‗rtasida ekologik axloqiy
fikrlashni rivojlantirishda jamoatchilik hamkorligini, ekologik xavfsizlik manfaatlari nuqtai
nazaridan ishlab chiqarishni texnik va texnologik takomillashtirish uning barqaror rivojlanishini
saqlash va mustahkamlashning zaruriy shartidir.

BIBLIOGRAFIYA

8.

Шавкат

Мирзиѐевнинг

Ўзбекистон

Республикаси

Конституцияси

қабул

қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. //Халқ
сўзи. 2016 йил 8 декабрь.

9.

http://eco.uz/uz/kutubkhona/dasturij-uzhzhatlar/12-zbekiston-ekologik-ҳarakati-dasturi

10.

Тилавов Ў. Глобал барқарор тараққиѐт тизимида экологик партиялар фаолиятини

такомиллаштириш стратегияси. Монография. Rennesans, Тошкент: 2021.

11.

Қосимова Н. Глобал иқлим ўзгариши ва журналистика. Тошкент., ―Turon-iqbol‖,

2016 й.

UDK 6 1-37,5

Alikulov Xusniddin Akbarovich

Tadqiqotchi

Oʻzbekiston milliy universiteti

E-mail:

husniddinbest@gmail.com

ORCID ID: http: orcid.org/0000-0001-6887-2470

OʻZBEKISTON SHAROITIDA EKOLOGIK XAVFLARNI BOSHQARISH

METODOLOGIYASINI OPTIMALLASHTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Annotatsiya:

maqolada Oʻzbekiston sharoitida ekologik xavflarni boshqarish

metodologiyasini optimallashtirishning konseptual asoslari tahlil qilingan. Oʻzbekistonda
ekologik xavfsizlik sohasidagi milliy siyosatning asosiy yoʻnalishlari, ekologik vaziyatni
barqarorlashtirishning institutsional tizimi ijtimoiy-falsafiy kontekstda yoritilgan. Ekologik
xavflarni aniqlash va baholashning tashkiliy, funksional jihatlari turli ilmiy-tadqiqot usullar
orqali tahlil etilgan. Ekologik xavflarni boshqarish yoʻnalishida xulosa va takliflar ilgari surilgan.

Kalit soʻzlar:

ekologik xavf, ekologik xavflarni boshqarish, ichki va tashqi ekologik

xavflar, identifikatsiyalash vositalari, ―yashil‖ iqtisodiyot, ekologik xavflarni aniqlash va
baholash, ekologik xavflarni boshqarish metodologiyasi.

УДК 6 1-37,5

Аликулов Хусниддин Акбарович

Исследователь

Национальный университет Узбекистана

E-mail:

husniddinbest@gmail.com

ORCID ID: http: orcid.org/0000-0001-6887-2470

КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ОПТИМИЗАЦИИ МЕТОДОЛОГИИ

УПРАВЛЕНИЯ ЭКОЛОГИЧЕСКИМИ РИСКАМИ В УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация:

в статье анализируются концептуальные основы оптимизации

методологии управления экологическими рисками в условиях Узбекистана. В социально-
философском контексте освещены основные направления государственной политики в
области экологической безопасности Узбекистана, институциональная система

Библиографические ссылки

Шавкат Мирзиѐевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. // Халқ сўзи. 2016 йил 8 декабрь.

http://eco.uz/uz/kutubkhona/dasturij-uzhzhatlar/12-zbekiston-ekologik-ҳarakati-dasturi

Тилавов Ў. Глобал барқарор тараққиѐт тизимида экологик партиялар фаолиятини такомиллаштириш стратегияси. Монография. Rennesans, Тошкент: 2021.

Қосимова Н. Глобал иқлим ўзгариши ва журналистика. Тошкент., ―Turon-iqbol‖, 2016 й.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов