Ijtimoiy-iqtisodiy vа demogrаfik xolаtini inson kаpitаli shаkillаnishidаgi oʼrni (fаrgʼonа vodiysi misolidа)

inLibrary
Google Scholar
Журнал:
Выпуск:
CC BY f
214-219
13
0
Поделиться
Содиржонов, М. (2023). Ijtimoiy-iqtisodiy vа demogrаfik xolаtini inson kаpitаli shаkillаnishidаgi oʼrni (fаrgʼonа vodiysi misolidа) . in Library, 1(2), 214–219. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/archive/article/view/22290
Мухриддин Содиржонов, Наманганский государственный университет

Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, sotsiologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada inson kapitali rivojlanishida hududiy, demografik omillar, kasbiy komronentlar va iqtisodiy faoliyatning xususiyatlari va Fargʼona vodiysida vujudga kelgan ijtimoiy-demografik vaziyat, uning hududiy joylashshi, migratsiya va urbanizatsiya jarayonlari, bandlik, salomatlik hamda yaratilgan shart-sharoitlar ushbu hududda yashovchi aholining inson kapitalini rivojlantirish jarayonlardagi muammolar hamda uning istiqboliga bagʼishlangan ayrim sotsiologik rrognozlar ishlab chiqilgan.

Похожие статьи


background image

214

3.

2021 yil 27 avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Minimal isteʼmol
xarajatlari qiymatini hisoblash tartibini amaliyotga joriy etish toʻgʻrisida»gi 544-sonli Qarori.
URL: https://lex.uz/ru/docs/5606697.

4.

Bekmuradov M.B. Zamonaviy boshqaruv sotsiologiyasi. Monografiya. – Toshkent: Yangi asr
avlodi, 2020. – B.436.

5.

Qarang: Повышение эффективности планирования и контроля производственных
процессов на промышленных предприятиях за счет применения инструмента бережливого
производства «Shop floor management» Исмагилов Р.Х., Фаттахов Х.И. Организатор
производства. 2014. №1(60). С. 30–36.

6.

BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining 2020 yildagi hisoboti. URL: https://www.uz.undp.
org/content/ uzbekistan/ru/home/ country info.

7.

Вебер М. Избранное. Образ общества. – М., 1994. Основние понятия стратификатсии//
Сотсиол. исслед. 1994. – №5. – С. 147-156.

8.

Гидденс, Э. Устроение общества: Очерк теории структуратсии. М.: Академический проект,
2003. – С.528.

9.

Kholbekov A., Berdiev B. Stratification processes in Uzbek society: General and specific
//Linguistics and Culture Review. – 2021. – Т. 5. – №. S2. – С. 1245-1258.

10.

Акрамов Х. А. ШАРҚ ВА ҒАРБ МАДАНИЯТЛАР ТИЗИМИДА СОЦИАЛ

КАПИТАЛНИНГ ҚИЁСИЙ ТАҲЛИЛИ //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. –
2022. – Т. 5. – №. 4.

11.

Olimov Furqat Khoshimovich. (2023). CRITERIA FOR ASSESSING THE USE OF

HUMAN CAPITAL IN SMALL BUSINESS. American Journal of Business Management,
Economics

and

Banking,

10,

150–158.

Retrieved

from

https://americanjournal.org/index.php/ajbmeb/article/view/568

12.

Нематова

Д.

Т.

ЎЗБЕКИСТОНДА

КАМБАҒАЛЛИКНИ

ҚИСҚАРТИРИШ

ЖАРАЁНЛАРИНИНГ СОЦИОЛОГИК ТАҲЛИЛИ //E Conference Zone. – 2022. – С. 83-86.


IJTIMOIY-IQTISODIY VА DEMOGRАFIK XOLАTINI INSON KАPITАLI

SHАKILLАNISHIDАGI OʼRNI (FАRGʼONА VODIYSI MISOLIDА)

Sodirjonov Muxriddin

Sotsiologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)

e-mail: sodirjonov@mail.ru


Аnnotatsiya:

Ushbu maqolada inson kapitali rivojlanishida hududiy, demografik omillar,

kasbiy komronentlar va iqtisodiy faoliyatning xususiyatlari va Fargʼona vodiysida vujudga kelgan
ijtimoiy-demografik vaziyat, uning hududiy joylashshi, migratsiya va urbanizatsiya jarayonlari,
bandlik, salomatlik hamda yaratilgan shart-sharoitlar ushbu hududda yashovchi aholining inson
kapitalini rivojlantirish jarayonlardagi muammolar hamda uning istiqboliga bagʼishlangan ayrim
sotsiologik rrognozlar ishlab chiqilgan.

Kalit soʼzlar:

inson kapitali, etnosotsial, dinamika, transformatsiya, innovatsiya, hunar,

migratsiya, demografiya, millat, kundalik hayot, salomatlik, madaniyat, industrial, rosmodernizm,
fenomen, jamiyat, urf-odat, mentalitet.

THE ROLE OF SOCIO-ECONOMIC AND DEMOGRARHIC SITUATION IN HUMAN

CARITAL FORMATION (EXAMRLE OF FERGANA VALLEY)

Sodirjonov Mukhriddin

Doctor of Philosophy in Sociology (PhD)

e-mail: sodirjonov@mail.ru


background image

215

Abstract:

In this article, territorial, demograrhic factors, rrofessional comronents and

characteristics of economic activity in the develorment of human carital, and the socio-demograrhic
situation in the Fergana Valley, its territorial location, migration and urbanization rrocesses,
emrloyment, health, and the conditions created for the human condition of the rorulation living in this
area, rroblems in carital develorment rrocesses and some sociological forecasts on its rrosrects have
been develored.

Key words:

human carital, ethnosocial, dynamics, transformation, innovation, craft,

migration, demograrhy, nation, everyday life, health, culture, industrial, rostmodernism, rhenomenon,
society, tradition, mentality.

Kirish. Xalqaro miqyosdagi urbanizatsion va migratsion jarayonlarning kuchayishiga,

xalqlarning assimilyatsiyalashuvi hamda demografik marginallikning tezlashishi tufayli inson
omiliga bogʻliq yangi muammolarning paydo boʻlishiga sabab boʻlmoqda. Bunday vaziyatda milliy
va etnosotsial xususiyatlar asosida inson kapitalining mohiyati, uning rivojlanib borish
tendentsiyalari va turmush barqarorligi masalalarini tadqiq etish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Taʼkidlash kerakki, globallashgan dunyodagi har qanday oʻzgaruvchan jamiyat

xususiyatlariga koʻra xos sotsial tizim va tuzilmaga ega boʻlib, uning faoliyatdagi xatti-harakatlari
bilan bogʻliq mezonlar, etnomadaniy joylashuvdagi shart-sharoitlar taʼsirida yuzaga kelgan aholi
joylashuvining tarkibiy qismi, mavjud ekologik vaziyat, demografik va geografik holat, xulq-
atvorning atrof-muhitga taʼsiri, madaniyatlar toʻqnashuvi va axborotlar almashinuvining
xususiyatlarini belgilab beradi. Bu borada Fargʻona vodiysida istiqomat qiladigan aholining kundalik
hayoti, turmush tarzidagi xususiyatlarda inson kapitali masalalari etnosotsiologiya yoʻnalishida
atroflicha va tizimli tarzda tadqiq etilmagan. Xususan, shu raytgacha boʻlgan komrleks sotsiologik
tadqiqotlarda milliy va etnik munosabatlarda inson omilini hududiy nuqtai nazardan chuqur ilmiy
asoslash imkoniyatini beradigan davriy qiyosiy maʼlumotlar darajasida mavjud emas.

Har qanday imkoniyat kapital timsolida ehtiyojlar uchun moslashtirilishga yoʻnaltirilmasin,

unda salohiyatga muhtojlik boʻladi. Shuning uchun taʼkidlash mumkinki, inson faoliyati barcha
tarkibiy qismlarni oʻziga moslashtiradi. Inson kapitali oʻz tarkibida bir qator ijtimoiy-biologik
yaxlitlik komponentlarini qamrab oladi va uni sotsiumga yoʻnaltirib boradi. Bular: demografik,
sogʻliqni saqlash, taʼlim, mehnat, madaniy, fuqarolik, maʼnaviy-axloqiy, axborotlarga egalik
komponenti va shu kabilardan iborat. Belgilangan tarkibiy qismlarning har biri kapital sifatida
ijtimoiy zarur faoliyat turlari va funktsional imperativlarga mos keladi. Masalan, demografik
komponent yangi avlodlar uchun ijtimoiy kapital shakllarini belgilab bersa, sogʻliqni saqlash
komponenti jamiyatning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklashga qaratilgan tadbirlarni
tashkillashtiradi, taʼlim kapitali esa bilim hamda tajriba, mehnat esa moddiy neʼmatlarni ishlab
chiqarish va turli xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha faoliyatni oʻzida namoyon qiladi.

Inson kapitali rivojidagi muhim omilni demografik tarkibiy qism bilan bogʻliq ijtimoiy muhit

shaxs va jamoalarning hududiy elementlarini avloddan-avlodga oʻtadigan vorisiylik tizimi belgilaydi.
Demografik asosga qurilgan kapitalning asosiy tuzilmasi hisoblangan sogʻliqni saqlash yoki
salomatlik komponenti uzoq yillar davomida sifatli tibbiyot yordamida jismoniy va aqliy mehnat
qobiliyatini saqlab qolish uchun ijtimoiy muhit bilan oʻzaro aloqada shakllangan qadriyatlar tizimiga
aylanib bordi. Аyniqsa 2020 yilning mart oyidan boshlab butun dunyo boʻyicha COVID–19 tufayli
eʼlon qilingan pandemiya sharoitida sogʻliq va salomatlik butun insoniyat uchun birinchi raqamli
qadriyat sifatida inson kapitalini tashkil etdi.

Fargʻona vodiysi Respublika hududining 4,1 foizini tashkil etgan holda mamlakat aholisining

27,8 foizi aynan ushbu hududda istiqomat qiladi. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarini
birlashtirgan mazkur hudud aholi soni, zichligi, mehnat resurslarining salmogʻi hamda urbanizatsiya
darajasining yuqoriligi bilan Respublikada oldingi oʻrinda turadi. Shuningdek, 2022 yil 1 arrelь
holatiga 1 kv. km.ga aholi zichligi koʻrsatkichi boʻyicha Toshkent shahridan soʻng Andijon viloyatida
760,1 kishi, Fargʻona viloyatida 578,9 kishi, Namangan viloyatida esa 395,8 kishiga toʻgʻri keladi [7;
102-103].


background image

216

Fargʻona vodiysi tabiiy-geografik sharoiti, aholisining qadimdan oʻtroq turmush

kechirganligi, tarixiy-madaniy maskanlari va tarixan turli davrlarda turli etnik guruhlar va etnoslar
kelib joylashganligi bilan oʻziga xos jihatlari bilan farqlanib turadi.

Fargʻona vodiysi hududida yashayotgan har bir millatning oʻziga xos maʼnaviy-moddiy

madaniyati, anʼanalari, urf-odatlari va ijtimoiy turmush tarzini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etib,
tarix, etnologiya, etnopsixologiya va etnosotsiologiyaning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Andijon viloyati doimiy aholi soni 3268,4 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 14,9 ming

kishiga yoki 0,5 foizga oʻsdi. Shahar aholisi soni 1707,5 ming kishi (jami aholi soniga nisbatan 52,2
foiz), qishloq aholisi soni 1560,9 ming kishini (47,8 foiz) tashkil etadi. Andijon viloyati tuman va
shaharlar aholisining umumiy koʻrsatkichida oʻzbeklardan soʻng qirgʻiz millatiga mansub aholi
salmogʻi yuqori hisoblanib, unga koʻra, Qoʻrgʻontepa (5,63 foiz), Jalaquduq (5,43 foiz), Xoʻjaobod
(5,20 foiz), Buloqboshi (4,59 foiz), Marhamat (4,20 foiz) va Oltinkoʻl (3,93 foiz), Xonobod sh. (3,91
foiz), Ulugʻnor (3,82 foiz) va Izboskan (3,65 foiz) tumanlarida koʻpchilikni tashkil etsa, Marhamat
(2,34 foiz), Qoʻrgʻontepa (1,71 foiz), Asaka (1,49 foiz) va Andijon shahri (1,44 foiz) tojik millatiga
mansub aholi boshqa hududlarga nisbatan yuqori sanaladi.

Namangan viloyatining doimiy aholi soni 2022 yil arrelь holatiga koʻra, 2945,0 ming kishini

tashkil etib, 13,9 ming kishi yoki 0,5 foizga oʻsdi. Jumladan, shahar aholisi soni 1908,8 ming kishini
(jami aholi sonidagi ulushi 64,8 foiz), qishloq aholi soni esa 1036,2 ming kishini (35,2 foiz) tashkil
etadi. Viloyatning togʻ oldi va chegara hududlarida oʻzbeklardan soʻng Kosonsoy (61,7 foiz) va Chust
(35,6 foiz), Namangan shahrida (3,1 foiz) va Ror tumanlarida (2,6 foiz) tojik millatiga mansub aholi
tashkil etadi. Viloyatda qirgʻiz millatiga mansub aholi esa Chust (1,47 foiz), Kosonsoy (1,36 foiz),
Yangiqoʻrgʻon (1,21 foiz), Chortoq (1,03 foiz) tumanlarida istiqomat qiladi.

Fargʻona viloyatining 2022 yil arrelь holatiga koʻra, 3913,4 ming kishini tashkil etib, yil

boshidan 17,0 ming kishiga yoki 0,4 foizga oʻsdi. Shahar aholisi 2197,7 ming kishi, qishloq aholisi
soni 1715,7 ming kishini tashkil etadi. Fargʻona viloyatining Soʻx (90,7 foiz), Fargʻona (41,2 foiz),
Quvasoy (20,7 foiz) va Rishton (4,7 foiz) tumanlarida tojiklar salmogʻi yuqori hisoblansa, Quvasoy
shahri (7,9 foiz), Fargʻona (7,4 foiz), Yozyovon (4,7 foiz), Rishton (4,6 foiz) va Soʻx (2,9 foiz)
tumanlarida qirgʻiz millatiga mansub aholi istiqomat qilib kelmoqda. (ushbu raqamlar tadqiqotchi
tomonidan vodiy viloyatlaridagi davlat statistika boshqarmalari maʼlumotlari hamda rasmiy
saytlarida berilgan maʼlumotlar asosida tayyorlandi[7;102-103].

Qolaversa, Fargʻona vodiysi viloyatlari markazi va katta shaharlarida rus millatiga mansub

aholi istiqomat qilishi oʻrganildi. Shuningdek, mazkur mintaqada koreys, tatar, loʻli, qozoq,
ozarbayjon, ukrain, turkman, belorus, qoraqolpoq, arman, yahudiy, nemis, moldavan, gruzin va
boshqa millat vakillari mavjud.

Inson kapitali geografik va ijtimoiy makonda oʻz-oʻzidan mavjud boʻshliqda oʻzgarishlar

paydo boʻlishiga sabab boʻladi, zaif imkoniyatlarni esa kuchaytirish hamda tezlashtirish qobiliyatini
yuzaga keltiradi. Misol tariqasida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vodiy kulolchiligidagi hududiy
jihatlar mahsulot shaklida namoyon boʻlgan. Rishton, Gʻurumsaroy kulolchilik, Chust, Shahrixon,
Qorasuv pichoqchilik, metallsozlik, Qoʻqon, Margʻilon, Qoʻngʻirot, Beshsari ipakdoʻzlik,
oʻymakorlik, aravasozlik, egarsozlik, yogʻoch buyumlar tayyorlash markazlari maktablari va ularning
salohiyati natijasida vujudga kelgan imkoniyatlarni keltirishimiz mumkin. Vodiydagi Beshariq,
Chortoq, Sang qishloqlarida shunday mato toʻquvchi ustalarning alohida mahallalari ham yuzaga
kelgan[2; 32]. Shuningdek, qishloq hunarmandlari bunday matolarning qalami, karkas, soʻsi, xosa
alak kabi turlarini ham toʻqish anʼanalarini shakllantirib kelganlar. Bunday matolar ayniqsa
Namanganda yuqori mahorat bilan toʻqilgan. Bu matolarning ayrim turlari chunonchi, yoʻl-yoʻl tik
(timrai) matosiga hatto qirgʻizlar orasida talab katta boʻlgan[3; 391].

Temirchilik doʻkonida usta oila aʼzolari, shogirdlari bilan buyum yasagan. Temirchilik

buyumlarini mahorat bilan yasashda vodiyda Аsht qishlogʻi temirchilari tanilgan [4; 62]. Jumladan,
vodiy gʻarbidagi Beshariq bozorida Аsht ustalari yasagan ketmon, oʻroq, bolta va boshqa temir
buyumlar xaridorgir boʻlgan [5; 20]. Fargʻona vodiysida nafaqat shaharlar, balki oʻzlarining koʻr
asrlik lokal anʼanalariga tayangan qishloq temirchilik markazlari, mahalliy anʼanalar yuzaga kelgan.


background image

217

Natijalar. Mustaqillikni dastlabki yillarida shahar aholisiga nisbatan qishloq aholisi soni

boʻlgan boʻlsa, bugungi kunda aksincha, qishloq aholisi sonining kamayishi va oʻz navbatida shahar
aholisi sonining ortib borishi kuzatilmoqda. 2022 yilga kelib, Andijon viloyati umumiy aholisi soning
52,2 foizi shahar, 47,8 foizi qishloq, Namangan viloyati (64,8 foiz shaharda, 35,2 foiz qishloqda),
Fargʻona viloyati (56,2 foiz shaharda, 43,8 foiz qishloq)larda istiqomat qiladi.

Hududlarda

aholining farovonlik,

salomatlik,

bandlik,

migratsiya,

taʼlim

kabi

koʻrsatkichlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan majmuini oʻrganish davr talabiga aylanib bormoqda. Ish
oʻrinlarining mavjudligi, aholining kundalik turmush tarzi, moliyaviy farovonligi, daromadlarning
oʻsib va kamayib borishi boʻyicha ijobiy ishlar natijadorligi bilan, mehnatga layoqatli aholining ish
bilan taʼminlash, ayniqsa, aholi zich yashaydigan Fargʻona vodiysining viloyatlar va shaharlar
markazidan olis boʻlgan hududlarda shu kabi muammolar mavjud. Tadqiqot natijalarida vodiy
viloyatlarining togʻ oldi va chegara hududlarida istiqomat qiluvchi etnosotsial guruhlarning
moliyaviy farovonligi, daromad hamda xarajatlarning bugungi kun talabiga moslik darajsida turli
tafovutlar mavjudligini koʻrish mumkin.

Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, bozor iqtisodiyotga asoslangan jamiyatda xohlasak

ham, xohlamasak ham moliyaviy farovonlik darajasi birinchi navbatdagi masala sifatida eʼtirof etib
kelinadi. Yetuk, jamiyat va davlat uchun foydasi teyganlidan shaxsni tarbiyalash oʻz-oʻzidan juda
katta miqdordagi investitsiyani talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, har bir oilaning moliyaviy
farovonlik darajasi kelajak uchun qilingan investitsiya sifatida qaraladi. «Etnosotsial guruhlar
daromadining bugungi kun talabiga mosligi darajasini qanday baholaysiz», degan savolga
respondentlarning javoblari quyidagicha taqsimlandi: past daraja (63,6% tojik, 36,4% qirgʻiz), oʻrta
daraja (42,6% tojik, 57,4% qirgʻiz), yuqori daraja (90,7% tojik, 9,3% qirgʻiz), va 14 nafar tojik
resrondentlar javob berishga qiynalaman, degan javobni qayd etish kerak.

Bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashish jarayonlarida ijtimoiy-madaniy omillar alohida

ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish va moliyaviy farovonlikni taʼminlashda
zamonaviy kasb-hunar va ishbilarmonlik, tadbirkorlik va mavjud imkoniyatlardan samarali
foydalanish boʻyicha aholining ayniqsa hududlardagi yoshlar faolligini oshirish boʻyicha tegishli
tashkilotlardan zamonaviy, xorijiy tajribadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni talab qilmoqda.

Maʼlum bir mehnat faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan etnik guruhlar oʻrtasida muayyan ishonch,

maʼlum bir harakatchanlik zarur boʻlganda, yaqinlik va asosiysi qoʻshni davlatlar bilan ahil
qoʻshnichilik munosabatlari ham muhim, bu erda asosiy rolni etnik kelib chiqish emas, balki tarixan
yaqin aloqalar, qarindosh-urugʻchilik, etnomadaniy oʻxshashlik, eʼtiqodiy bir xillik, urf-odatlar taʼsiri
ostida shakllanadigan individual qobiliyatlar ancha keng taʼsirga ega.

Yangi Oʻzbekiston strategiyasining maqsadi yurtimizning baxtli va barkamol insonlar farovon

yashaydigan, ijtimoiy adolat tamoyillari toʻliq qaror topgan, dunyoning eng rivojlangan, barqaror
oʻsayotgan va inson kapitali yuqori boʻlgan demokratik davlatlari qatoridan joy olishini
taʼminlashdir.

Oʻzbekiston koʻr qirrali hamkorlikni, eng avvalo inson kapitali va demokratik yangilanishlar,

biznes, investitsiya va innovatsiyalarni ilgari surish, «yashil» taraqqiyot, ekologiya, madaniy
almashinuv va boshqa yoʻnalishlarda yanada kengaytirishni qoʻllab-quvvatlaydi[1, 343-b.].
Farovonlik esa oʻz-oʻzidan bunyod boʻlmaydi. Demak, milliy mafkuramizning asosiy prinsiplaridan
biri – xalq farovonligi gʻoyasi oʻz-oʻzidan mafkuraviy mazmun, maʼno va ahamiyat kasb etadi.
Shunday ekan, tadbirkorlik va kichik biznes uchun xalq farovonligi gʻoyasi mafkuraviy omil boʻlishi
tabiiy.

Fargʻona vodiysidagi Namangan, Rishton, Margʻilon, Qoʻqon, Chust, Asaka, Shahrixon va

boshqa shaharlar aholisi hunarmandchiligining oʻziga xos tomonlari oʻrganildi. Zamonaviy jamiyatda
viloyatlar aholisi oʻrtasida zamonaviy ishbilarmonlik va tadbirkorlik koʻnikmalari yuqori darajada
rivojlangan, deb baholash mumkin. Nafaqat ichki bozor balki eksport salohiyati yuqori boʻlgan
tadbirkorlik va biznes faoliyati bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa oʻz navbatida, tarixan
avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan savdogarchilik bilan bogʻliq, deb baholanadi. Har bir hudud
oʻziga xos milliy kasb-hunar turlari va tadbirkorlik sohalarini yaratadi. Shuningdek, mahsulot va
tovarlar ushbu hududning oʻziga xos «brend»iga aylanadi (Chust doʻppisi va pichogʻi, Margʻilon


background image

218

atlasi, Oltiariq uzumi, Qoʻqondagi kichik va oʻrta biznes obyektlari hamda Asakadagi «UZAUTO
Motoros» AJ avtomobilь zavodi, Namangandagi «Aisha home textile» MSHJ, «Shortoq» suvi, «Art
soft» klasteri, Fargʻonadagi toʻqimachilik, sanat va hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish
boʻyicha vodiyda asosiy drayverga aylangan.)[7; 108-109]

Bozorga moslashish va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonida etnik omilning oʻrnini bozor

iqtisodiyoti uchun koʻr millatli, etnik guruhlarning tengligi, jamiyat va biznes uchun innovatsion
imkoniyatlarning rivojlanishiga hissa qoʻshadigan madaniy xilma-xillik egallaydi. Chunki har bir
etnik va milliy madaniyatda boshqa madaniyatda boʻlmagan narsa bor va shu bilan ular bir-birini
oʻzaro boyitadi. Bu esa iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, yangi oʻsish zaxiralarini oʻzlashtirishga
xizmat qilmoqda.

Fargʻona vodiysi viloyatlaridagi xorijlik investorlar, masalan, koreyslar, yaponlar, xitoylar,

turklar va boshqalar biznesga olib keladigan tovarlarni bitta etnik guruhning harakatlari bilan
taqqoslab boʻlmaydi. Agar bitta etnik guruh hukmronlik qilsa, u kuchli iqtisodiyotga ega boʻlmaydi.
Etnik yoki etnik-madaniy xilma-xillik jamiyatning zaruriy murakkabligi va uning imkoniyatlarining
keng doirasini taʼminlaydi. Agar odamlar oʻsha maktablarni tugatgan, bir xil darsliklar asosida
oʻqigan boʻlsalar ham, bari bir, milliy va oʻzaro aloqadorlik, qaror qabul qilishdan kelib chiqadigan
holatlar mavjud. Ushbu holat sezilmaydigan xarakterga ega boʻlishi mumkin, ammo u oʻzaro boyishi
ayni haqiqat. Etnik jihatdan murakkab tuzilishga ega boʻlgan har qanday millat monoetnik millatga
qaraganda samaraliroq va evolyutsiondir. Ehtimol, bu borada faqat yaponiyaliklar istisno, lekin ushbu
vaziyat muhojirlarni jalb qilish foydasiga oʻzgarmoqda. Ishonchimiz komilki, madaniy xilma-xillik
rivojlanish uchun qoʻshimcha manba hisoblanadi.

Xulosalar.

Etnosotsial guruhlarning turli oʻziga xos madaniyati insonga qoʻshimcha manba

beradi va rivojlanish uchun juda muhim boʻlgan koʻplab qatlamlarni oʻz ichiga oladi. Masalan, ingliz,
koreys, yapon va xitoy tillarini oʻrganish orqali inson kapitalidagi madaniy hamda intellektual
salohiyat boyib boradi. Bu esa insonning saʼy-harakatlarini safarbar qilishga yordam beradi. Bu
nafaqat ommaviy madaniy meʼyorlarni puxta egallash bilan, shu bilan birga salomatlik, taʼlim va
farovon turmush tarziga boʻlgan qarashlarni ham oʻzgartirishga olib kelmoqda. Bugungi kunda
madaniy oʻziga xoslik boshqa xalqlar madaniyati bilan ham universallashdir.

Har qanday inson kapitalining yadrosi sotsium aʼzolari, shu jumladan, hududiy imkoniyatlar

salohiyatidan kelib chiqib oʻz-oʻzidan yoki maqsadli amalga oshiriladi. Qoida tariqasida olinadigan
boʻlinsa, Ushbu yadro ijtimoiy zaruriy faoliyat, bajariladigan rollar, belgilangan vazifalar va ularning
ijrochisi boʻlgan yetakchi (rahbar)ning irodasi hamda maqsadli xohish-istagiga bogʻliq boʻladi.

Inson kapitali masalasiga yondashuvlarda, birinchidan, ular oʻrtasidagi alohida ajralib

turuvchi xususiyatlarni (masalan, hududiy, maʼnaviy, etnik, demografik va shu kabilar) va
ikkinchidan, bir-biriga qatʼiy bogʻliq boʻlgan oʻzaro xususiyatlar (shaharlarda istiqomat qilish,
qishloq hududida yashash, har kuni ish joyiga borib kelish, biror bir mashgʻulot turi bilan
shugʻullanish va shu kabilar) tizimli ravishda nazariy-metodologik platformani tashkil etadi.

Xulosa sifatida shuni qayd etish kerakki, Fargʻona vodiysida vujudga kelgan ijtimoiy-

demografik vaziyat, uning hududiy joylashishi, migratsiya va urbanizatsiya jarayonlari, bandlik,
salomatlik, taʼlim indekslari davomida yaratilgan shart-sharoitlar ushbu hududda yashovchi aholining
inson kapitalini aniqlashtirishda muhim manba sifatida xizmat qiladi. Bunda, inson omilini belgilash
uchun, Fargʻona vodiysidagi mehnat bozori monitoringini mukammal oʻrganib borish, ishchi
kuchidan foydalanishning yangi yoʻnalishlarini hayotga tatbiq qilish, demografik jarayonlardagi
muammolar hamda uning istiqboliga bagʻishlangan sotsiologik prognozlar ishlab chiqish belgilangan
tadqiqot obyektining obyektiv xususiyatlarini aniqlashtirib beradi.

Adabiyotlar:

1.

Мирзиёeв Ш.М. Янги Ўзбeкиcтон cтрaтeгияcи. –Тошкeнт: Оʼzbekistоn, 2021. – Б.343.

2.

Сухарева О. А., Бикжанова М. А. Прошлое и настоящее селения Айкиран. – С. 32.

3.

Валихонов Ч. Ч. Материалы и иследовании о Кашгарии / Соч. Т.II. – Алма-Ата, 1962. – С.
391.


background image

219

4.

Губаева С.С. Ферганская долина. Этнические процессы на рубеже XIX – XX вв.
Саарброкен, 2012. – С.62

5.

Губаева С. С. Население Ферганской долины. – Ташкент: Фан, 1991. – С. 20.

6.

Xилгaррнeр Cтивeн, Боcк Чaрльз Л. Роcт и упaдок cоциaльныx проблeм: концeпция
публичныx aрeн / Cрeдcтвa мaccовой коммуникaции и cоциaльныe проблeмы. Xрecтомaтия
/ Cоcт. И. Г. Яcaвeeв. Изд. Kaзaн. ун. – Kaзaнь, 2000. – C. 18–53.

7.

Содиржонов М. М. Инсон капитали ривожланиш жараёнларининг этносоциологик
хусусиятлари (Фарғона водийси мисолида). Социология фанлари бўйича фалсафа доктори
(PhD) диссертацияси. – Тошкент, 2022. – Б. 149.

OILADAGI ZOʻRAVONLIK ZAMONAVIY OILALARNING ENG DOLZARB

MUAMMOLARIDAN BIRI SIFATIDA

Ziyayeva Xolida

Sotsiologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), v.b.dotsent

O’zbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy ish kafedrasi

Mingbayeva Bashorat

Magistr

O’zbekiston Milliy universiteti, Ijtimoiy ish kafedrasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada oilada shafqatsizlik muammosi ushbu muammoni xorijiy olimlar

tomonidan o'rganishning asosiy jihatlari, bolalarga nisbatan psixologik, iqtisodiy, maishiy va
jismoniy zo’ravonlikka sabab bo’luvchi omillar tahlil qilingan. Bugungi kunga kelib, shaxsga
nisbatan zo'ravonlik muammosiga qaratilgan qator kontseptual yondashuvlar ko’rib chiqilgan.

kalit so’zlar:

oila, shafqatsizlik, bolalarga psixologik va huquqiy yordam, zo'ravonlik, psixologik

tajovuz, abuse, xafagarchilik, haqorat, suiiste'mol, e'tiborsizlik, ekspluatatsiya, neglect.


DOMESTIC VIOLENCE IS ONE OF THE MOST CHALLENGING PROBLEMS OF

MODERN FAMILIES

Ziyayeva Kholida

Doctor of Philosophy in Sociology (PhD), associate professor

Department of Social Work, National University of Uzbekistan

Mingbayeva Bashorat

Master

Department of Social Work, National University of Uzbekistan

Abstract:

In this article, the main aspects of the study of the problem of cruelty in the family by

foreign scientists, the factors that cause psychological, economic, domestic and physical violence
against children are analyzed. To date, a number of conceptual approaches to the problem of violence
against a person have been considered.

key words

: family, cruelty, psychological and legal assistance to children, violence, psychological

aggression, abuse, hurt, insult, abuse, exploitation, neglect.

Xorijiy olimlar tomonidan muammoni oʻrganishning asosiy yoʻnalishlari oiladagi bolalar

uchun maqbul va nomaqbul jazo turlarini ajratishda, shuningdek, bolalarni jinsiy zoʻravonlik
muammosi va psixoterapiya imkoniyatlarini koʻrib chiqishda psixiatrik yondashuvga asoslanadi.

Библиографические ссылки

Мирзиёeв Ш.М. Янги Ўзбeкиcтон cтрaтeгияcи. –Тошкeнт: Оʼzbekistоn, 2021. – Б.343.

Сухарева О. А., Бикжанова М. А. Прошлое и настоящее селения Айкиран. – С. 32.

Валихонов Ч. Ч. Материалы и иследовании о Кашгарии / Соч. Т.II. – Алма-Ата, 1962. – С. 391. 4. Губаева С.С. Ферганская долина. Этнические процессы на рубеже XIX – XX вв. Саарброкен, 2012. – С.62

Губаева С. С. Население Ферганской долины. – Ташкент: Фан, 1991. – С. 20.

Xилгaррнeр Cтивeн, Боcк Чaрльз Л. Роcт и упaдок cоциaльныx проблeм: концeпция публичныx aрeн / Cрeдcтвa мaccовой коммуникaции и cоциaльныe проблeмы. Xрecтомaтия / Cоcт. И. Г. Яcaвeeв. Изд. Kaзaн. ун. – Kaзaнь, 2000. – C. 18–53.

Содиржонов М. М. Инсон капитали ривожланиш жараёнларининг этносоциологик хусусиятлари (Фарғона водийси мисолида). Социология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Тошкент, 2022. – Б. 149.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов