
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/4 2023
- 148 -
UDK: 316.347(575.121)
Muxriddin SODIRJONOV,
Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
E-mail: sodirjonov@mail.ru
NamDU dotsenti, (PhD) Q. O. Mahkamov taqrizi asosidа
ZAMONAVIY O‘ZBEK JAMIYATIDA IJTIMOIY KAPITAL RIVOJLANISHINING ETNOSOTSIAL OMILLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek jamiyatida ijtimoiy kapitalning rivojlanish bosqichlari va etnosotsial hususiyatlari haqida
ayrim mulohazalar berilgan. Shuningdek, bugungi kunda ijtimoiy kapitalning tarkibiy qismlari va rivojlantirish omillari tadqiq
etilgan.
Kalit so‘zlar:
Inson omili, inson kapitali, insoniy munosabatlap, ijtimoiy kapital, ijtimoiylashuv, jamiyat, ishonch, axloq,
ma’naviyat, iste’dod, qobiliyat, birdamlik, transformatsiya, mentalitet, identetlik, sotsial mobillik, kundalik hayot, tolerantlik,
ijtimoiy kayfiyat.
ЭТНОСОЦИАЛЬНЫЕ ФАКТОРЫ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНОГО КАПИТАЛА В СОВРЕМЕННОМ
УЗБЕКСКОМ ОБЩЕСТВЕ
Аннотация
В данной статье даны некоторые комментарии об этапах развития социального капитала и этносоциальных
особенностей в современном узбекском обществе. Также сегодня исследуются составляющие и факторы развития
социального капитала.
Ключевые слова:
Человеческий фактор, человеческий капитал, человеческие отношения, социальный капитал,
социализация, общность, доверие, нравственность, духовность, талант, способность, солидарность, трансформация,
менталитет, идентичность, социальная мобильность, повседневность, толерантность, социальное настроение.
ETHNO-SOCIAL FACTORS OF THE DEVELOPMENT OF SOCIAL CAPITAL IN MODERN UZBEK SOCIETY
Annotation
This article provides some comments on the stages of development of social capital and ethno-social characteristics in modern
Uzbek society. Also today, the components and factors of the development of social capital are being studied.
Key words:
Human factor, human capital, human relations, social capital, socialization, community, trust, morality, spirituality,
talent, ability, solidarity, transformation, mentality, identity, social mobility, everyday life, tolerance, social mood.
Kirish.
Ijtimoiy
kapital
davlatning
ijtimoiy
pivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib, kishilap o‘ptasidagi
xatti-hapakatlap nopmalapi va o‘zapo ijtimoiy ta’sip
mexanizmlapini yapatadi. “Yangi O‘zbekistonni dunyoning
tapaqqiy topgan, ijtimoiy-iqtisodiy bapqapop o‘sayotgan va
inson kapitali yuqopi bo‘lgan demokpatik davlatlapi qatopiga
kipishini ta’minlash – bapqapop pivojlanish stpategiyamizning
mazmun va mohiyatini tashkil etadi [2]. Ijtimoiy aloqalap
negizini tashkil qiluvchi ushbu hodisalapning asosi bo‘lgan
“inson
omili”,
“inson
kapitali”
hamda
“insoniy
munosabatlap”ga bo‘lgan ilmiy yondashuvlap yangicha
mazmun-mohiyat
kasb
etib,
milliy
va
etnomadaniy
xususiyatlapning ijobiy tpansfopmatsiyalashuvi esa o‘z
navbatida muayyan bip makonda istiqomat qilayotgan
aholining tupmush tapzidagi sifat o‘zgapishlapi bilan
izohlanadi. Shuning uchun ham inson kapitaliga bo‘lgan
ehtiyoj davlat siyosati va jamiyat manfaatlapi asosida
bapqapop pivojlanishiga ta’sip ko‘psatuvchi omillap va uning
etnosotsiologik xususiyatlapini tadqiq etish dolzapb ahamiyat
kasb etmoqda.
Jamiyatning
ijtimoiy
barqarorligi,
iqtisodiy
rivojlanishi, tinchligini ta’minlash, inson sog‘lom va farovon
hayot kechirishi uchun davlat kuchli ijtimoiy siyosat olib
boradi.
Shularni
inobatga
olganda,
“O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi” [1] dastlabki bosqichlaridan aholining turmush
arovonligi hamda hayot sifatini ta’minlash yuzasidan katta
yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda davlat
budjetining 60 foizidan ortig‘i ijtimoiy sohani rivojlantirishga
yo‘naltirilmoqda.
“Ijtimoiy kapital” iqtisodiy adabiyotlarda juda keng
qo‘llanilgan tushunchalardan biridir. Chunki, ijtimoiy kapital
davlatning ijtimoiy rivlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
Ilmiy adabiyotlarda
“Ijtimoiy kapital” atamasini L. J. Xanifan [3] tomonidan
birinchi bo‘lib 1916-yilda kichik qishloq jamoalaridagi
ijtimoiy munosabatlar tarzida talqin qilingan. 1980-yilga kelib,
fransuz sotsiologi, etnolog va faylasufi P. Burde [4] “Ijtimoiy
kapital” atamasining siyosiy hamda sotsiologik talqini ilmiy
nazariy asosini yaratdi. Shuningdek, amerikalik olimlar
siyossiy tadqiqotchi J. Kaulman (1990), sotsiolog A. Portes
(1986), R. Patnemlar (2000) ijtimoiy kapitalni fenomeni,
shakllanish va rivojlanish manbalarini tadqiq etishgan.
Shuningdek, ijtimoiy kapital sotsial fenomen sifatida E. Smit,
J. Tepnep va T. Kun [5] kabi olimlap tomonidan inson omili
masalalapi bilan bog‘langan holda tadqiqotlar olib borilgan.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
“ijtimoiy kapital” tushunchasi va nazariyalarida uchta asosiy
yondashuvdan iborat:
– P. Burde yondashuviga ko‘ra, ijtimoiy kapital – turli
manfatlar asosi bo‘lgan ijtimoiy aloqalar tizimidir [6];
– J. Kolman nazariyasiga ko‘ra, ijtimoiy kapital
kelgusida foyda olish maqsadida shaxslar tomonidan ishlab
chiqarilgan jamoat ne’matidir [7];
– R. Patnema asosiy uchta omil nazariyasiga
asoslanib, ijtimoiy kapital – ijtimoiy aloqalar, ijtimoiy
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4]
ISSN 2181-7324
FALSAFA
https://science.nuu.uz/
Social sciences

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/4 2023
- 149 -
meyorlar va ishonch tizimi sifatidagi konsepsiyasiga
asoslangan [8].
Ilmiy adabiyotlarda “Ijtimoiy kapital” tushunchasiga
berilgan ta’riflarda farovonlik va rivojlanish omillari sifatida
axloq-odob normalari, ishonch hamda samarali hamkorlikdagi
faoliyatlarga e’tibor qaratilgan. O‘z o‘rnida shuni ta’kidlash
ham kerakki, ishonch har qanday ijtimoiy kapitalning umumiy
xususiyatidir. Ishonch – ijtimoiy kapitalning asosiy va zarur
sharti hisoblanadi. To‘plangan ijtimoiy kapital shaxsning
jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy maqomini belgilashda ham
qo‘llaniladi. Zamonaiy jamiyatda stratifikatsiya tizimi
faqatgina iqtisodiy omillar bilan o‘lchanmay, balki ijtimoiy
omillar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, nemis
faylasufi N. Lumanning ta’kidlashicha, ishonch ijtimoiy
mexanizm sifatida noaniq sotsial munosabatlarni boshqaradi
va tavakkalchilikni kamaytiradi [9].
Tadqiqot metodologiyasi.
F. Fukuyama tomonidan
ishonchga asoslangan ijtimoiy kapital tushunchasi kiritilgan:
“Ishonch” – bu kishilarning ma’lum bir maqsad va natija
uchun o‘zaro kelishgan holda, ehtiyojlarning qondirishga
qaratilgan ijtimoiy hodisa hisoblanadi. Ijtimoiy kapital va
resurslar manbalarini vujudga kelishida oilaning roli
beqiyosdir [10]” deya ta’rif beradi.
Buyuk
mutafakkirlarning
inson
va
uning
ijtimoiylashuvi haqidagi qarashlari ham turlicha. Xususan,
Abu Ali ibn Sino: “Inson boshqalarning ehtiyojlarini
qondirishi sababligina inson bo‘ladi, boshqalar ham shunday
yo‘l tutadi. Birov ekin ekadi, boshqa odam non yopadi,
uchinchisi kiyim tikadi, to‘rtinchisi igna yasaydi va hamma
bir-birining ehtiyojini qondirish uchun to‘planadi [11]”, deb
ko‘rsatgan.
Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida
jamiyat (“inson jamoasi”)ning kelib chiqish sabablarini ilmiy
jihatdan asoslab beradi: “Har bir inson o‘z tabiati bilan
shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka
erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, uning bir o‘zi
bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish
kishilik jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi... Shu sababli, yashash
uchun zarur bo‘lgan, kishilarni bir-biriga yetkazib beruvchi va
o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p kishilarning birlashuvi
orqaligina odam o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka
erishuvi mumkin. Bunday jamoa a’zolarining faoliyati bir
butun holda ularning har biriga yashash va yetuklika erishmoq
uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun
inson ko‘paydi va yerning aholi yashaydigan qismiga
o‘rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi” [12].
Tahlil va natijalar.
Ijtimoiy kapital-insonlarning
o‘zaro ijtimoiylashuvi natijasidir. Kishilar o‘rtasidagi xatti-
harakat normalari va o‘zaro ijtimoiy ta’sir mexanizmlarini
yaratadi. Ijtimoiy kapital keng ma’noda jamiyatdagi moddiy
va ma’naviy qadriyatlar majmuidir. Shuningdek, jamiyatda
insonlarning
umuminsoniy
axloq
qoidalari
tizimidagi
ishonchli foliyat ko‘rinishidir.
Ijtimoiy kapital rivojlanishida quyidagi tushunchalar
muhim ahamiyat kasb etadi:
Birinchi,
o‘zaro ishonch – har bir inson ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonida o‘zaro ishonch
omili asosida milliy urf-odatlar va ularning zamirida
mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash kabi
g‘oyalarni rivolantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi,
ijtimoiy kapitalda ijtimoiy kelishuvchanlikni
quyidagicha ta’minlash mumkin, ijgimoiy hamjihatlik,
millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va etnik
munosabatlardagi mo‘tadillikka erishiladi.
Uchinchi,
ijtimoiy birdamlik – ijtimoiy kapitalning
muhim komponentini tashkil etadi. Kishilik tarixi va
rivojlangan davlatlar tajribasida (“yapon xarakteri”, “koreys
tabiati”) ham ushbu omil o‘zini oqlagan. Ijtimoiy birdamlikni
ta’minlash – ijtimoiy ziddiyat va tengsizliklarning o‘zlarini
adolatsiz ravishda hamma narsadan bebahra bo‘lib qolgan
yoki haq-huquqlari kamsitilgan deb hisoblovchi butun-butun
aholi guruhlari va tabaqalari vujudga keladigan darajaga borib
yetmasligiga erishish demakdir.
To‘rtinchi,
ijtimoiy adolat jamiyat hayotning barcha
sohalarini o‘z ichiga qamrab oladi. Fuqarolik jamiyatida inson
o‘z shaxsiy hayoti va jamoaviy turmush tarzida adolat
tamoyillarining
namoyon
bo‘layotganligini
ko‘rib,
adolatparvarlikni idrok etgandagina, uning insonparvar
ijtimoiy tuzum ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin
bo‘ladi. Lekin, ushbu jarayonda ijtimoiy adolat tamoyillari
inson haq-huquqlari, umuminsoniy qadriyatlar qonunlariga
to‘la rioya qilishini ham taqozo etadi.
Ijtimoiy kapitalning ta’sir doirasini aniqlash makro,
mezo va mikrodarajalar (1-rasm) bilan farqlanadi hamda
ularning har birida uning rivojlanishiga o‘ziga xos omillarni
aniqlash mumkin.
(1-rasm).
Ijtimoiy kapital rivojlanish jarayonida quyidagi
muammolarga duch kelishi mumkin:
– mamlakatda olib borilayotgan siyosatning xalq
manfaatlariga yo‘naltirilmaganligi;
– axloqiy qadriyatlarning o‘zgarib borishi;
– yagona ijtimoiy mafkuraning yo‘qligi;
–
qonunchilik
va
huquqiy
normalarning
nomukammalligi;
– moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalanishdagi
tengsizlik;
– etnik va milliy nizolar tahdidi;
– turli yuqumli va irsiy kasalliklar;
– hududlardagi ekologik muammolarning ortib
borishi;
– ijtimoiy kayfiyatdagi tushkunlik;
– umidsizlik va o‘zaro ishonchsizlik;
– milliy birdamlikning zaiflashuvi;
– iqtisodiy sohada halol va sog‘lom raqobatning tushib
ketishi;
– ijtimoiy ma’suliyat, daxldorlik va javobgarlikning
yo‘qligi;
– zamonaviy ilm-fanga e’tiborning sustligi va sun’iy
“ziyolilik”;
– oilaviy qadriyatlarning zaiflashuvi.
Ijtimoiy kapitalning vujudga keltiruvchi etnosotsial
xususiyatlari va rivojlantiruvchi bir nechta omillar mavjud
[13]:
1. Oila – har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga
xos tarzda aks ettiradi. Shunga ko‘ra, oilaning bolaga ta’siri
spetsifik va o‘ziga xos bo‘lgani uchun uning ma’naviy-axloqiy
qiyofasining
shakllanishi
ham
o‘ziga
xos
hamda
takrorlanmasdir. Ijtimoiy kapital va resurslar manbalarini
vujudga kelishida oilaning roli beqiyosdir.
2. Maktab – ijtimoiy-madaniy rivojlanishning muhim
bosqichi.
3. Mahalla – to‘y-hasham, hashar, urf-odatlar
tarannumi, marosim va an’analardagi ishtiroklar asosida
vorisiylik omili taraqqiy etib boradi.
4. Etnik guruhlar va munosabatlar – aholining o‘zlikni
anglash darajasi, fuqarolarning hayot mazmuni, kundalik
turmush tarzi, millatga xos mentalitet meyorlari.
Ijtimoiy
harakatlar,
ijtimoiy
institutlar,
jamoat
tashkilotlari – ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va
sport sohalarini rivojlantirivchi dastur hamda harakatlar.
Shuningdek,
ijtimoiy-siyosiy
sharoitlar
hamda
jamoat
tashkilotlari va ko‘ngillilar uyushmalarining o‘zaro samarali
ijtimoiy aloqalari tizimidan tashkil топади. Натижада,
жамият ўзининг kommunikatsiyalari, mamlakatning iqtisodiy
va siyosiy sohalariga tegishli prinsiplardan farq qiladigan,

O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FALSAFA
1/4 2023
- 150 -
o‘ziga xos qonuniyatlar – tenglik, birdamlik, ochiqlik, o‘zaro
hurmat hamda ishonch asosida shakllantiriladi.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy
kapitalning nazariy-metodologik asoslari ijtimoiy aloqalar,
tarmoqlar, normalar, qoidalar, ishonch, e’tiqod, majburiyat va
shu kabilarning tahlili bilan amalga oshiriladi. U jamoaviy va
yakka tartibdagi ijtimoiy subyektlarning o‘zaro sherikchilik
asosida tashkil etilishi, birlashishi, o‘zaro yordam elementlarini
ta’minlash komponentlari hisobiga amalga oshiriladi. Inson
kapitalini hosil qiluvchi ijtimoiy faktorlar inson salohiyati,
birinchi navbatda, uning tarmoq tarkibiy qismiga tayanib,
o‘zaro ijtimoiy aloqalarni yaratadi va uni butun faoliyat
mobaynida qo‘llab-quvvatlaydi.
Har bir jamiyatning
uzoq
tarixiy
jarayonlari,
insonlarning ijtimoiy hamkorlik va an’analari zamirida
rivojlanadi. Rivojlantirish esa o‘zaro ishonch, ijtimoiy
qadriyatlar, davlat va nodavlat tashkilotlarda ko‘ngilli
ishtiroklari, faollik hamda tashabbuskorlik kabi omillarida
namoyon bo‘ladi. Buning uchun esa zamonaviy o‘zbek
jamiyatida insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni mobillashtirish
va o‘zaro ishonchni ortirishga yordam beruvchi, turli faktorlar
individul hamda jamoaviy hamkorlik, muloqot, umumiy
munosabatlar o‘rnatish yo‘li orqali ijtimoiy kapitalni
jamiyatning muayyan potetsial va uning ajralmas qismiga
aylantiriladi.
Shakllangan ijtimoiy kapital asosida ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalarni bajarishga
kirishish, birinchi navbatda, ijtimoiy adolat tamoyillarini
ijtimoiy hayotga to‘la tadbiq etishni talab qiladi. Bu mehnatga
ongli ijodiy munosabatda bo‘lish, uning samarasi va sifatiga
qarab baholashni, mehnat jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish
qonuniga rioya qilishni taqozo etadi. Agar yuqoridagilarning
hammasi ijtimoiy hayotga joriy etilsa, unda inson jamiyatdagi
fuqarolik burchlarini to‘liq ado etgan bo‘ladi.
ADABIYOTLAR
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони / ЎзР Қонун ҳужжатлари тўплами. – 2017. – №6. 70-модда.
2.
Мирзиёев Ш. М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Тошкент: О‘zbekistоn, – 2021. – Б. 206.
3.
Hanifan L. J. The Rural School Community Centr // Аnnaks of the American Academy of Political and social Sciences. –
1916. – Pp. 130–138.
4.
Bourdie P. The forms of capital // Handbook of theory and research for sociology of Edication / Ed. by Richardson J.. –
New York: Greenword Press, 1986.
5.
Смит Э. Национальная идентичность. – Москва: Основы, 1994; Кун Т. Структура научных революций. – М., 2009;
Тернер Дж. Структура социологической теории. – Москва: Прогресс, 1985.
6.
Bourdieu P. [Forms of capital]. Ekonomicheskaya sotsiologiya, 2002, vol. 3, iss. 5, pp. 60–74 (In Russ.) URL:
https://ecsoc.hse.ru/data/2011/12/08/ 1208205039/ecsoc_ t3_n5.pdf#page=60.
7.
Coleman J. S. Social Capital in the Creation of Human Capital. Obshchestvennye naukii sovremennost' = Social Sciences
and Contemporary World, 2001. – №3. – Рp. 121–139. URL: http://ecsocman.hse.ru/data/217/076/1232/011kOULMAN.
pdf (In Russ.).
8.
Putnam R.D. Chtoby demokratiya srabotala. Grazhdanskie traditsii v sovremennoi Italii[MakingDemocracy Work: Civic
Traditions in Modern Italy]. – Moscow, Ad Marginem Publ., 1996, 287 p. URL: https://edu.kpfu.ru/pluginfile.php/
113782/mod_ resource/content/1/R_PatnemChtoby_demokratia_srabotala.pdf.
9.
Luhmann N. Trust and Power. – Willy, 1979. – P. 1–3.
10.
Фукуяма Ф. Доверие: социальнқе добредетели и путь к процветанию / Пер. с. анг. – М., 2008. – С. 64.
11.
Рахимов С. Р. Психолого-педагогические взгляды Абу Али ибн Сино. – Т.: Ўқитувчи, 1979. – С. 120.
12.
Абу Наср. Форобий Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, 1993. – Б. 4–5.
13.
Содиржонов М.М. Инсон капитали pивожланиш жаpаёнлаpининг этносоциологик хусусиятлаpи (Фаpғона водийси
мисолида). Социология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. – Тошкент, 2022. – Б. 43.